Mavzu:Ijtimoiy tarbiyada mahallaning
õrni
Reja:
1. Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni.
2. Mahalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida.
3. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni.
O’zbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimov 2003
yilni “Obod mahalla” yili deb e'lon qildilar obod so`zi
keng qamrovli, chuqur ma'noli so`zdir. Mahallaning
obodligi birinchi navbatda mahallaning tozaligini
nazarda tutsa, ikkinchidan, undagi tinchlik,
xotirjamlik, mahalla aqlining jipsligi hamda
hamjihatligini o`z ichiga oladi. Aynan shu mahalla
yosh nihol uchun norasmiy muloqati orqali tarbiya
o`chog`i sanaladi.
Respublika vazirlar Mahkamasining 2002 yil
16-maydagi 162-sonli qarori asosida
mahallalarda pedagog-tarbiyachilar shtati
tashkil etildi. Ularning militsiya tayanch
punktlarida faoliyat yuritishi profilaktika
inspektorlari tomonidan hisobga olingan
tarbiyasi og`ir bolalar va o`smirlarni to`g`ri
yo`lga solishda birmuncha qo`l keladi.
Mahalladagi pedagog-tarbiyachiga 30
yoshgacha bo`lgan, jismonan baquvvat,
kamida 5 yildan kam bo`lmagan pedagogik
stajga ega bo`lgan, sport va biznesni yaxshi
tushunadigan, mahalladagi yoshlarni yoki
tarbiyasi og`ir bolalarni, voyaga
yetmaganlarni o`z orqasidan ergashtirib, ular
bilan shug`ullanadigan shaxs bo`lishi lozim.
Bu ishlarni amalga oshirishda “Mahalla”
jamg`armalari, yoshlarning “Kamolot”
ijtimoiy harakati, sport qo`mitalari
o`rtasidagi hamkorlikni tashkil etish muhim
ahamiyat kasb etadi.
, “Bir bolaga yetti mahalla-ota ona” degan
naqldan kelib chiqib, kelajak avlodni
tarbiyalashda kichik Vatan bo`lmish oila va
mahallaning o`rni beqiyosdir.
Oilada bolalarni tarbiyalash o`zining bir
qancha milliy xususiyatlariga ega. Ular
xalqning shakllangan oilaviy an`analari,
urf-odatlari, xalqning ruhiyati, hayoti va
turmush tarzidir.
Yosh avlod tarbiyasining muvaffaqiyati biron-
bir alohida olingan usullarga emas, balki
o`ylab va yaxshi tashkil etilgan uslublar
tizimiga bog`liqdir. Oilada qo`llanilgan u yoki
bu usullar haqida gap ketganda, shuni esda
saqlash lozimki, agar oilaning hayot tarzi,
turmushi va axloqiga monand usullar
tanlansa, tarbiyaviy samaradorlik oshishi eki
mos kelmasa, aksincha bolishi hayotda
ko`plab kuzatilgan.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida
davlatimizning birinchi raxbari I.Karimov
tomonida ilgari surilgan besh tamoyilga
asoslangan ”O`zbek modeli” ning bosqichma-
bosqich hayotga tadbiq qilinishi asnosida
xalqimizning turmush farovonligini oshirib,
hayot sifati yuksalishiga erishildi.