Ijtimoiy xoʻjalik shakllari. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi
Yuklangan vaqt
2024-07-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
427,3 KB
Ijtimoiy xoʻjalik shakllari. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor
iqtisodiyoti shakllanishi
Reja
1. Ijtimoiy xoʻjalik shakllari. Natural va tovar ishlab chiqarishning belgilari va
farqlari. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanishi sabablari.
2. Tovar va uning xususiyatlari. Tovarning nafliligi va ayirboshlanish
qobiliyati (qiymati). Tovar qiymatining miqdori.
3. Individual va ijtimoiy zaruriy naflilik. Individual va ijtimoiy-zaruriy mehnat
sarflari. Ijtimoiy- zaruriy ish vaqti. Mehnatning ikki yoqlama tavsifi: aniq mehnat
va abstrakt mehnat. Mehnat unumdorligi va intensivligining tovar qiymati
miqdoriga taʼsiri.
4. Qiymatning mehnat nazariyasi. Qiymat qonuni. Tovar qiymati va narxining
oʻzaro farqlanishi shart-sharoitlari. Keyingi qoʻshilgan miqdor nafliligi
nazariyasi. Umumiy va aniq naflilik. Naflilikning pasayib borishi.
Ijtimoiy xoʻjalik shakllari. Natural va tovar ishlab chiqarishning belgilari va
farqlari. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanishi sabablari.
O’z ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish - natural ishlab
chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo’jalik esa - natural xo’jalik
deb ataladi. Bunday xo’jaliklarda iste’mol hajmi va tarkibi ko’pincha ishlab
chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog’lanishi bir
xo’jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday muno
sabatlar eng awalo ibtidoiy jamoada, keyinchalik patriarxal dehqon xo’jaligi, feodal
pomestyalarida hukm surgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy
jarayonlarni bir xo’jalik doirasida qat’iy cheklab qo’yadi, tashqi xo’jaliklararo
aloqalar uchun yo’l ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo’jalikka juda qattiq
biriktirib qo’yiladi va ko’chib yurish imkoniyatidan mahrum bo’ladi. Natural
xo’jalik shakllarining xuddi shu xususiyatlari qishloq xo’jalik jamoalarini ming
yillar davomida barqaror saqlanib qolishining «siri»ni ochib beradi. Natural xo’jalik
ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyatda cheklab, hajmi va turi jihatidan kam bo’lgan
ehtiyojlami qondirishga bo’ysungan. Shuning uchun ham jamiyat rivojlanish yo’lida
asta-sekinlik bilan natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tadi.
Hozirda ijtimoiy xo’jalik yuritish shakli sifatida natural xo’jalik deyarli barham
topgan. Shunga qaramay, hali u qadar rivojlanmagan hamda jahon hamjamiyati
iqtisodiy aloqataridan ajralib qolgan qoloq mamlakatlarda natural xo’jalik
ko’rinishlari hamon saqlanib qolgan. Shuningdek, tovar ishlab chiqarish ommaviy
tus olishiga qaramay, ijtimoiy hayotning ba’zi bir jabhalarida natural ishlab
chiqarish elementlarini uchratish mumkin. Masalan, oiladagi shaxsiy ehtiyojlarni
qondirish uchun uy bekalari tomonidan ovqatlar, turli xil konserva mahsulotlarining
tayyorlanishi, kir yuvish, dazmollash, uylarni tozalash kabi xizmatlarning
bajarilishi,
shaxsiy tomorqada turli xil sabzavot va rezavor mevalarning
yetishtirilishi kabilar shular jumlasidandir. Biroq, shunga qaramay, kishilik jamiyati
taraqqiyotining yuksalib borishi bilan, natural ishlab chiqarish miqyoslari qisqarib,
o’z o’rnini tovar ishlab chiqarishga bo’shatib beradi.
Mahsulot va xizmatlami o’z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki
bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarish - tovar ishlab chiqarish, bunday
ishlab chiqarishga asoslangan xo’jalik esa - tovar xo’jaligi deyiladi. Tovar
xo’jaligida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati
mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo’ladi. Tovar ishlab chiqarish natural
xo’jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o’sishi natijasida paydo
bo’ladi. Natural va tovar xo’jaliklarining bir-biridan farqini 1-jadval orqali ko’rish
mumkin.
1-jadval.
Natural va tovar xo’jaligining asosiy farqlari
Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi
munosabatlarning, mehnatni o’lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga
kiritishning o’ziga xos usulidir. Natural xo’jalikni siqib chiqarish va tovar
ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab
chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi
asosida individual xo’jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o’tish yo’li
bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlami ishlab chiqarishga ixtisoslashuv ulami
turli xil ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. Ayni
paytda ixtisoslashuv mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak, tovar
ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo’lib ham boradi. Vaqtni va
moddiy resurslami tejash tovar xo’jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi
kuchi bo’lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar
tobora bir-birlariga ko’proq bog’lanib boradilar. Dastlabki davrlarda tovar
xo’jaliklari jamoalar, quldorlik latifundiyalari, feodal va dehqon xo’jaliklari
o’rtasida aloqalar o’rnatilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman
jamiyatning rivojlanishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar ochgan.
Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining
barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi.
Tovar xo’jaligining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy
asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
1) ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi. Bunda ishlab chiqaruvchilar u
yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o’z
navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo’yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam
muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi;
2) shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi va rivojlanishi. Bunda ular
o’z mulklari hamda mehnat natijalarini o’zlari tasarruf qiladilar;
3) ishlab chiqaruvchilaming iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Iqtisodiy
alohidalik xo’jalik faoliyatiga oid barcha qarorlami ishlab chiqaruvchining o’zi hal
qilishini bildiradi. Xuddi shu uch holat tovar ishlab chiqarishni zarur qilib qo’yadi
va bozor iqtisodiyoti vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli
tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga,
ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi. Tovar ishlab
chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning asosiy unsuri
bo’lgan tovaming xususiyatlarini ко‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Tovar va uning xususiyatlari. Tovarning nafliligi va ayirboshlanish qobiliyati
(qiymati). Tovar qiymatining miqdori.
Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovaming mazmunini, uning
xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Tovarga ta’rif berishda ham
iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov
ta’rifiga ko’ra
«Tovar-bu
bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida
ayirboshlashga mo’ljallangan, mehnat orqali Yaratilgan ijtimoiy naflilikdir».
Bundan ко ‘rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat»
va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning
maxsus shakli bo’lib hisoblanishi ko’rsatib berilgan: «Tovar -bu ayirboshlash uchun
ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat». Bu va boshqa qator olimlaming fikrlari
asosida ta’kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega
bo’lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida turli mamlakatlarda
ishlab chiqarilayotgan millionlab turdagi mahsulotlar va ko’rsatilayotgan
xizmatlar tovar shaklini olgan. Jumladan, O’zbekistonda ham ishlab
chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning asosiy qismi tovar shaklida oldi-sotdi
jarayonidan o’tadi. Mamlakatimizda yaratilgan ko’plab turdagi tovarlardan
ba’zilarini misol keltirish mumkin (2-jadval).
O’zbekistonda ishlab chiqarilgan ba’zi tovar turlari
Mamlakatimizda
tovar
ishlab
chiqarish
va
ayirboshlashning
rivojlanayotganligini chakana savdo aylanmasi va pullik xizmat ko’rsatishning
yildan-yilga oshib borishida ham ko’rish mumkin. 2015-yilda chakana savdo
aylanmasi 14,4 foizga, xizmatlar hajmi esa 12,5 foizga, to’qimachilik buyumlari,
kiyim va charm mahsulotlari 11,7 foizga, oziq-ovqat mahsulotlari 10,8 foizga,
farmatsevtika mahsulotlari 23,7 foizga, ximyoviy mahsulotlar 29,7 foizga o’sdi.
2016-yilning o’zida sanoat mahsulotlarining 80 foizdan ortig’i yangi turi
o’zlashtirildi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
davom etib turgan sharoitda tovar ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiyotni
modemizatsiyalash va diversffikatsiyalash jarayonlarini kuchaytirishni taqozo
etadi.
Ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy
jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-
tadbirlami o’z ichiga oluvchi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayoni
pirovardida tovarlar miqdorining oshishi, sifatining takomillashuvi va turlarining
ko’payishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, ishlab chiqarishning samaradorligini
oshirish, mahsulot va xizmatlami sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq
va korxonalar faoliyat
sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar
assortimentlarini ko’paytirish, ulaming sifatini takomillashtirishdan iborat
diversifikatsiya jarayoni tovar ishlab chiqarishni kengaytirishning muhim
yo’nalishlari bo’lib hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, har qanday ishlab chiqarilgan narsa ham tovar bo’lishi
uchun unda ikki xususiyat mavjud bo’lishi shart.
Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning biror-bir
narsaga bo’lgan ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa
buyumlarga ayirboshlana oladigan, ya’ni oldi-sotdi jarayonidan o’ta oladigan
buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka (iste’mol qiymatiga) va
qiymatga egadir.
Buyumning iste’mol qiymati uning kishilar uchun nafli ekanligi, muayyan naf
keltirishi orqali namoyon bo’ladi. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish
vositalari sifatida kishilarning biron-bir narsaga bo’lgan ehtiyojini qondiradi.
Individual va ijtimoiy zaruriy naflilik. Individual va ijtimoiy-zaruriy mehnat
sarflari. Ijtimoiy- zaruriy ish vaqti. Mehnatning ikki yoqlama tavsifi: aniq
mehnat va abstrakt mehnat. Mehnat unumdorligi va intensivligining tovar
qiymati miqdoriga taʼsiri.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha
yondashuvlar
mavjud.
Masalan,
maijinalizm maktabi asoschilari ham, ulaming keyingi davomchilari ham tovarlar
nafliligini aniqlashda alohida olingan individning xayolidagi psixologik yondashuv
bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo’lmagan o’rmondagi cholning yoki kimsasiz
orolda bir o’zi qolib ketgan Robinzonning xayoli bilan aniqlash usulini qo’llaydilar.
Holbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o’rtasida, gavjum bozor qatnashchilari
o’rtasida real qaynoq hayot jarayonida sodir bo’ladi. Ular naflilikning negizida
obyektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning
birikishi natijasida, to’g’rirog’i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining
xususiyatlari o’zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o’ylab ham o’tirmaydilar.
Albatta, tabiatda mavjud bo’lgan yoki inson mehnati bilan Yaratilgan har qanday
narsa ham naflilikka ega bo’lavermaydi. Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida
ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va real bozor har qanday
naflilikni emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.
Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdori va sifatiga mos keladigan
miqdor va sifatdagi naflilikka aytiladi.
Ne’matlar tovar boiishi uchun, ular ayirboshlashga moijallangan, ma’lum
mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan boiishi zarur. Shunga ko’ra, tovar
mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o’z iste’moli uchun emas, balki
boshqalaming iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan
mahsulotdir. Tovarning natural-buyum va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari
ana shundan kelib chiqadi.
Tovarning almashuv qiymati - bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi
naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg
donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida
ularning almashuv qiymati ifodalanadi. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari
fikriga ko’ra, tovarlar qiymatining umumiy asosi boiib mehnat hisoblanadi, shu
sababli ular ma’lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Tovarlarning og’irligi,
hajmi, shakli va shu kabi tabiiy xususiyatlaridan birortasi qiymatning umumiy asosi
bo’la olmaydi. Ayirboshlashning zarur sharti bolib tovarlarning turlicha nafliligi
hisoblanadi. Biroq, turli tovarlarning nafliligi sifat jihatidan farq qilish bilan birga
miqdoriy oichamga ega emas. Miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud
bolgan umumiy narsa - ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.
Tovarlar olchovdosh bolishining boisi shuki, bularning hammasi umuman
inson mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushaklari, asablari va
hokazolari sarfining mahsulidir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat
uning qiymatini tashkil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko’rinadi,
shuning uchun almashuv qiymati (ya’ni iste’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati)
qiymat shakli bolib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov
tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovaming alohida asosiy xususiyatlari
sifatida ajratilib ko’rsatilishida namoyon bo’ladi. «Qiymat - bu tovar ishlab chiqarish
va uni sotish (ko’pincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar)
qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab
chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o’z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda
boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ulami boshqa ko’rsatkich -
almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy
nisbatdir». Tovarning o’zi esa ikki tomon - naflilik va qiymatning uzviy birligidan
iboratdir. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan
yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo’l qo'yiladigan yanglish
fikrlardan ham holi emas. Ya’ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan
ayniylashtirilishini u tomonidan yo’l qo’yilgan xatolik deb hisoblaymiz. Aslida,
ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo’lib, aksariyat hollarda miqdor
jihatidan qiymatdan kam bo’ladi.
Tovar qiymatining miqdori ijtimoiy-zaruriy ish vaqti orqali hisoblanadi.
Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida
va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadalligi darajasi o’rtacha
bo’lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish
vaqtidir.
Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab,
malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni
hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko’paytirilgan yoki darajaga ko’tarilgan
oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat
ko’p miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.
Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab tovar ishlab chiqarivchi
mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Tovarda gavdalangan mehnat bir
tomondan, bu-muayyan turdagi aniq mehnatdir. Shuning uchun, naflilikni
yaratadigan mehnat aniq mehnat deb nom olgan.
1-rasm. Mehnatning ikki yoqlama tavsifidan kelib chiquvchi tovarning ikki
xil xususiyati
Aniq mehnat deb-ma’lum maqsadga qaratilib, muayyan bir shaklda sarflanadigan,
aniq turdagi iste’mol qiymatni (naflilikni) vujudga keltiradigan mehnatga aytiladi.
Masalan, nonvoyning non yopishga, duradgoming stol yoki stul yasashga,
chevaming do’ppi tikishga, tikuvchining ko’ylak yoki kostyum tikishga qaratgan
mehnat aniq mehnatdir.
Ikkinchi tomondan, ushbu mehnat - aniq shaklidan, turi va yo’nalishidan qat’iy
nazar, umuman tovarlaming hamma turida gavdalangan inson mehnatidir, jami
ijtimoiy mehnatning bir qismidir. U o’zining shu sifatida abstrakt mehnat deb
ataladi. Bu mehnat esa tovar qiymatini yaratadi. Qiymat tovarning emas, balki faqat
mehnatning ijtimoiy tavsifi bo’lib, unda tabiat ashyolarining birorta ham molekulasi,
zarrachasi yo’qdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini
bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab
chiqaruvchilar mehnati o’zining ijtimoiy xususiyatini faqat mehnat mahsullarini
ayirboshlash orqali ko'rsatadi.
Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab o’zgaradi. Mehnat
unumdorligi deb mehnatning vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarish
qobiliyatiga aytiladi. U ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan
mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun
sarflangan ish vaqti bilan o’lchanadi. Misol uchun, duradgor bir ish kuni
davomida 4 ta stol yasadi. Agar ish kunini 8 soatdan iborat, deb olsak, u holda 1
ta stol yasash uchun 2 soat vaqt sarflangan. Ya’ni, duradgorning 1 soatlik mehnat
unumdorligi 0,5 ta stolga teng. Mehnat unumdorligining o’zgarishi tovar birligi
qiymatining o’zgarishiga sabab boladi. Mehnat unumdorligi o’ssa, tovar birligining
qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining
qiymati oshadi. Misolimizdagi duradgor yasagan bitta stolning qiymati 2 soatlik
mehnat sarfiga teng edi. Deylik, uning mehnat unumdorligi ikki baravar ortib, bir
ish kunida 8 ta stol yasash darajasiga yetdi. U holda, bitta stolning qiymati ham
ikki baravar pasayib, 1 soatlik mehnat sarfiga teng boiadi.
Mehnat intensivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat miqdori
orqali tavsiflanuvchi ko’rsatkich hisoblanadi. Mehnat intensivligi deganda ish
vaqti birligi davomida mehnat sarfining oshib borishi, ya’ni mehnatning
jadallashishi tushuniladi. Mehnat intensivligining oshishi muayyan vaqt davomida
ko’proq qiymat yaratilishiga imkon beradi. Mehnat intensivligi oshganda vaqt birligi
ichida Yaratilgan tovar miqdori oshishi mumkin. Lekin qiymat ham oshganligi
tufayli uning bir birligiga to’g’ri keladigan qiymat o’zgarmay qolishi mumkin.
Qiymatning mehnat nazariyasi. Qiymat qonuni. Tovar qiymati va narxining
oʻzaro farqlanishi shart-sharoitlari. Keyingi qoʻshilgan miqdor nafliligi
nazariyasi. Umumiy va aniq naflilik. Naflilikning pasayib borishi.
Tovar qiymatining negizini aniqlash doimiy ravishda tortishuvlar va
munozaralarga sabab bolib, bu borada quyidagi ikki asosiy yo’nalish mavjud:
1) qiymatning mehnat nazariyasi;
2) qiymatning naflilik yoki keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi.
Qiymatning mehnat nazariyasi asoschilari Uilyam Petti, Adam Smit, David
Rikardolar hisoblanadi. U.Petti - qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki
asoschisi bolib, u qiymatning manbai mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi
tovar qiymati miqdorini belgilab berishini ko’rsatib o’tgan. Biroq, U.Petti tovarning
iste’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni ko’ra olmagan. U tovarning qiymati
faqat qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali
yaratiladi, deb hisoblagan. A.Smit o'zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari
to’g ‘risida tadqiqotlar» (1776) nomli asarida tovaming iste’mol va almashuv
qiymatini farqlab bergan. U tovar qiymatining yagona manbai bo’lib moddiy ishlab
chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga
kelgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas,
balki jamiyat uchun zamr bo’lgan o’rtacha mehnat belgilab berishini ko’rsatib
o’tgan.
D.Rikardo qiymatning yagona mezoni bo’lib tovar ishlab chiqarishga
sarflangan hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mehnat hisoblanishini
isbotlab bergan. U tovaming iste’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni aniq
ko'rsatib, har qanday ishlab chiqarishda tovaming qiymati sarflangan mehnat orqali
aniqlanishini ta’kidlagan. Demak, yuqorida ta’kidlaganimizdek, qiymatning mehnat
nazariyasi tarafdorlarining fikricha, tovarlami ayirboshlash ulaming qiymati asosida
amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, tovarlaming har bir birligini ishlab
chiqarishga ijtimoiy zamriy mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti
bilan o’lchanadi. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish
sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi aloqalami, ijtimoiy mehnatni
taqsimlash va rag’batlantirishni tartibga soluvchi obyektiv qiymat qonunining
mavjudligini e’tirof etadilar. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqarish va
ayirboshlash uning qiymati asosida amalga oshishini, qiymatning o’zi esa
ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari orqali oMchanishini ifodalaydi.
Qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat sarfidan kamroq
bo’lgan ishlab chiqamvchilami rag’batlantiradi. Bu bilan ishlab chiqaruvchilaming
mehnat unumdorligini oshirishga undaydi. Aks holda ular bozordan siqib
chiqarilishlari yoki xonavayron bo’lishlari mumkin.
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqamvchilami tabaqalashtiradi, mehnat va