Ijtimoiylashuv omillari va vositalari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

21,8 KB


Ijtimoiylashuv omillari va vositalari
Reja:
1. Ijtimoiylashuv atamasi va ijtimoiylashuv jarayoni.
2. Ijtimoiylashuvga taʼsir etuvchi tashqi va ichki omillar. Mikro, mezo va
makro omillar
3. Shaxsga ta’sir etuvchi omillar.
Tayanch tushunchalar:  Ijtimoiylashuv, omil, mikro, mezo, makro, siyosiy,
iqtisodiy,  ekologik,
 Ijtimoiylashuv  jarayoni,  Ijtimoiylashuv  vositalari,
Ijtimoiylashuv  agentlari,  Megaomillar,  Makroomillar  Mezoomillar,  Ijtimoiy
omillar, biologik omillar.
1. Ijtimoiylashuv atamasi va ijtimoiylashuv jarayoni. “Ijtimoiylashuv” soʻzi
dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan.  U siyosiy-iqtisodiyotda yer, ishlab
chiqarish vositalarining umumiylashuvi maʼnosini anglatgan.
“Ijtimoiylashuv” atamasining muammoli deb bu atamani “Ijtimoiy nazariyasi”
(1987)  kitobida  hozirgiga  yaqin  maʼnoda  qoʻllagan  amerikalik  sotsiolog
F.G.Keddings hisoblanadi. Uning zamonaviy maʼnosi-“ ijtimoiy tabiat yoki individ
xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir.
XX asr  oʻrtalarida  ijtimoiylashuv  inson  rivojlanishini  uning  butun  umri
mobaynida oʻrganuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli
Logotip
Ijtimoiylashuv omillari va vositalari Reja: 1. Ijtimoiylashuv atamasi va ijtimoiylashuv jarayoni. 2. Ijtimoiylashuvga taʼsir etuvchi tashqi va ichki omillar. Mikro, mezo va makro omillar 3. Shaxsga ta’sir etuvchi omillar. Tayanch tushunchalar: Ijtimoiylashuv, omil, mikro, mezo, makro, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, Ijtimoiylashuv jarayoni, Ijtimoiylashuv vositalari, Ijtimoiylashuv agentlari, Megaomillar, Makroomillar Mezoomillar, Ijtimoiy omillar, biologik omillar. 1. Ijtimoiylashuv atamasi va ijtimoiylashuv jarayoni. “Ijtimoiylashuv” soʻzi dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy-iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumiylashuvi maʼnosini anglatgan. “Ijtimoiylashuv” atamasining muammoli deb bu atamani “Ijtimoiy nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin maʼnoda qoʻllagan amerikalik sotsiolog F.G.Keddings hisoblanadi. Uning zamonaviy maʼnosi-“ ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir. XX asr oʻrtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini uning butun umri mobaynida oʻrganuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli
konsepsiyalarining tahlili uni shartli raivshda ikki asosiy yondoshuvga ajratish
imkonini beradi:
-subʼektiv-obʼektiv.  Unda  insonga  jamiyat  taʼsirining  passiv  isteʼmolchisi
sifatida qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons)
-subʼektiv-subʼektiv.  Bunda  ijtimoiylashuv  jarayonida  insonning  faol  oʻrni,
uning hayotiy holatlarga taʼsir etish qobiliyati nazarda tutiladi.
Jamiyat va  ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi  talablariga
ikkinchi yondashuv koʻproq mos tushadi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv
insonning madaniyatni oʻzlashtirish jarayonidagi rivojlanish va oʻzgarishi bilan
aniqlanadi.
Ijtimoiylashuv jarayoni.  Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy
moslashuvi  uning  hamma  narsani  egallashga  boʻlgan  obʼektiv  ehtiyoji
jarayonidapaydo boʻladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola  boshqa bir obʼektiv
ehtiyoj -oʻziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola  uni yuzaga
chiqarish uchun  turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida
uning  individuallashuvi  roʻy  beradi.  Bu  hodisa  shunda  namoyon  boʻladiki,
shaxsning  ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli
tarzda namoyon boʻladi, uning  ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega
boʻladi.  Shunday  qilib  bolaning   ijtimoiy  rivojlanishi  ikki  oʻzaro  bogʻliq
yoʻnalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni
oʻzlashtirish)  va  individuallashuv  (mustaqillik,  nisbiy  oʻziga  xoslikni  qoʻlga
kiritish).  Shu  tarzda  ijtimoiylashuv  tushunchasi  zamonaviy  fanda  moslashuv
(birlashish)  va  individuallashuv  jarayonlari  bilan  bogʻliq  ijtimoiylashuv
jarayonining  mazmuni  inson(bola)ning  aniq  bir  jamiyat  sharoitlariga
moslashuvidir. moslashuv subʼekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv
jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
 Ijtimoiy  moslashuv  esa  ijtimoiy  muhit  talablariga  insonning  munosabat
bildirishidir.  Shunday  qilib,  ijtimoiylashuv  (moslashuv)  individning  ijtimoiy
mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir. 
Logotip
konsepsiyalarining tahlili uni shartli raivshda ikki asosiy yondoshuvga ajratish imkonini beradi: -subʼektiv-obʼektiv. Unda insonga jamiyat taʼsirining passiv isteʼmolchisi sifatida qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons) -subʼektiv-subʼektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol oʻrni, uning hayotiy holatlarga taʼsir etish qobiliyati nazarda tutiladi. Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv koʻproq mos tushadi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni oʻzlashtirish jarayonidagi rivojlanish va oʻzgarishi bilan aniqlanadi. Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi uning hamma narsani egallashga boʻlgan obʼektiv ehtiyoji jarayonidapaydo boʻladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir obʼektiv ehtiyoj -oʻziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi roʻy beradi. Bu hodisa shunda namoyon boʻladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon boʻladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega boʻladi. Shunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki oʻzaro bogʻliq yoʻnalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni oʻzlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy oʻziga xoslikni qoʻlga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) va individuallashuv jarayonlari bilan bogʻliq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. moslashuv subʼekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj). Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir.
Indivuallashuv insonning yoshligidayoq paydo boʻladigan obʼektiv ehtiyojlari
bilan bogʻliq jamiyatdagi oʻz-oʻzini egallashdir. Bu ehtiyoj:
a) oʻz qarashlariga ega boʻlish;
b) oʻziga xosliklariga ega boʻlish;
v) unga  tegishli boʻlgan masalalarni hal qilish, uning oʻz darajasini aniqlab
olishiga  xalaqit  beradigan  hayotiy  holatlarga  qarshi  turish  xohishi  sifatida
namoyon boʻladi.
Agar  shaxsning  jamiyatga  kirishida  ijtimoiylashuv  va  individuaalashuv
jarayonlari oʻrtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi roʻy
beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning oʻzaro taʼsir etish ham sodir
boʻladi.  Shunday  qilib,  muvaffaqqiyatli  ijtimoiylashuv  moslashuv  va
individuallashuv oʻrtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin.
Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi:
- faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qoʻlga kiritish,
erkin moʻljal olish.
- muomala-muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish,
xulq-atvor meʼyorlarini oʻzlashtirish.
-  anglash-shaxsiy  men  obrazini  faoliyatning  faol  ishtirokchisi  sifatida
shakllantirish, oʻz ijtimoiy mansubligi va oʻrnini anglash, oʻziga baho berishni
shakllantirish.
Ijtimoiylashuv  vositalari.  Inson  ijtimoiylashuvi  u  yoki  bu  jamiyat  ijtimoiy
qatlamlariga  xos  boʻlgan  universal  vositalar  orqali  amalga  oshiriladi,  ularga:
goʻdakni emizish va gʻamxoʻrlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish
qoidalari,  insonni  oʻrab  turuvchi  moddiy  madaniyat  mahsulotlari,  maʼnaviy
madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni,
shuningdek  oilada  jazolash  va  mukofotlash  uslublari,  insonning  hayotiy
faoliyatidagi  koʻp  sonli  munosabatlari-muloqot,  oʻyinlar,  maʼnaviy-amaliy
faoliyat, sport bilan shugʻullanish kiradi. Har bir jamiyat, davlat,  ijtimoiy guruh
ijobiy va salbiy taʼqiqlar-man etish, ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini
Logotip
Indivuallashuv insonning yoshligidayoq paydo boʻladigan obʼektiv ehtiyojlari bilan bogʻliq jamiyatdagi oʻz-oʻzini egallashdir. Bu ehtiyoj: a) oʻz qarashlariga ega boʻlish; b) oʻziga xosliklariga ega boʻlish; v) unga tegishli boʻlgan masalalarni hal qilish, uning oʻz darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon boʻladi. Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuaalashuv jarayonlari oʻrtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi roʻy beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning oʻzaro taʼsir etish ham sodir boʻladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv oʻrtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi: - faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qoʻlga kiritish, erkin moʻljal olish. - muomala-muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor meʼyorlarini oʻzlashtirish. - anglash-shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, oʻz ijtimoiy mansubligi va oʻrnini anglash, oʻziga baho berishni shakllantirish. Ijtimoiylashuv vositalari. Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos boʻlgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: goʻdakni emizish va gʻamxoʻrlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni oʻrab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, maʼnaviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi koʻp sonli munosabatlari-muloqot, oʻyinlar, maʼnaviy-amaliy faoliyat, sport bilan shugʻullanish kiradi. Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy taʼqiqlar-man etish, ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini
ishlab chiqshadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul
qilingan meʼyoriy qadriyatlarga moslashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar, tengdoshlar
va boshqalar  bilan)  hamda faoliyat  (oʻyin, oʻqish,  ijod, sport)dir. Psixologik-
pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos
kelishi aniqlangan.
Bolaning meʼyorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala.
Muomala  va  faoliyatning  yetakchi  turlariga  nisbatan  quyidagi  yosh  davrlari
qoʻllaniladi:
-goʻdaklik davri-bevosita hissiy-ruhiy;
-goʻdaklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat;
-maktabgacha davr-rolli oʻyinlar;
-ilk maktab davri-oʻquv faoliyati;
- oʻsmirlik davri-kasb taʼlimi faoliyati;
-oʻspirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati.
Ijtimoiylashuv  agentlari.  Insonning  voyaga  yetishida,  uning  shakllanishi
jarayonida, u bevosita munosabatda boʻlgan kishilar muhim oʻrin tutishadi. Ularni
ijtimoiy  pedagogikaga  oid  adabiyotlarda  ijtimoiylashuv  agentlari  deb  ham
nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turli boʻladi. Bolalar va
oʻsmirlar  uchun  ota-ona,  aka-uka,  opa-singillar,  qarindoshlari,  tengdoshlari,
qoʻshnilar  agent  boʻlishlari  mumkin.  Yoshlik  davrig  kelib  agentlar  qatoriga
turmush  oʻrtogʻi,  hamkasblari  ham  qoʻshilishlari  mumkin.  Ijtimoiylashuvdagi
tutgan oʻrinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham
farqlanadi: faol taʼsir etuvchi va faol taʼsir koʻrsatmaydigan.
11.2. Ijtimoiylashuvga taʼsir etuvchi tashqi va ichki omillar. Mikro, mezo va
makro omillar. Ijtimoiylashuv bolalar, oʻsmirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga
taʼsir qiluvchi koʻp sonli shart-sharoitlar bilan oʻzaro munosabatida yuzaga keladi.
Insonga taʼsir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham
aniqlanmagan.  Oʻrganilgan  omillar  haqida  bilimlar  yetarli  emas.
Ijtimoiylashuvning omillari 4 guruhga boʻlinadi;
Logotip
ishlab chiqshadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan meʼyoriy qadriyatlarga moslashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (oʻyin, oʻqish, ijod, sport)dir. Psixologik- pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan. Bolaning meʼyorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala. Muomala va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qoʻllaniladi: -goʻdaklik davri-bevosita hissiy-ruhiy; -goʻdaklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat; -maktabgacha davr-rolli oʻyinlar; -ilk maktab davri-oʻquv faoliyati; - oʻsmirlik davri-kasb taʼlimi faoliyati; -oʻspirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati. Ijtimoiylashuv agentlari. Insonning voyaga yetishida, uning shakllanishi jarayonida, u bevosita munosabatda boʻlgan kishilar muhim oʻrin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turli boʻladi. Bolalar va oʻsmirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qoʻshnilar agent boʻlishlari mumkin. Yoshlik davrig kelib agentlar qatoriga turmush oʻrtogʻi, hamkasblari ham qoʻshilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan oʻrinlariga, inson uchun qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: faol taʼsir etuvchi va faol taʼsir koʻrsatmaydigan. 11.2. Ijtimoiylashuvga taʼsir etuvchi tashqi va ichki omillar. Mikro, mezo va makro omillar. Ijtimoiylashuv bolalar, oʻsmirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga taʼsir qiluvchi koʻp sonli shart-sharoitlar bilan oʻzaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga taʼsir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan. Oʻrganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari 4 guruhga boʻlinadi;
1.Megaomillar (mega-eng katta) — kosmos, planeta, dunyo, shuningdek bularga
demografik, ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa boʻladi.
Ular boshqa omil guruhlari orqali yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga
taʼsir koʻrsatadi. 
2.Makroomillar  (makro-katta)-davlat,  xalq,  jamiyat.  Bu  omillar  muayyan
hududda yashovchi aholi ijtimoiylashuviga taʼsir qiladi. 
3.Mezoomillar (mezo-oʻrta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari,
auditoriya, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga  koʻra ajratilgan guruhlarning
ijtimoiylashuvi  shart-sharoitlari.  Mezoomillar  etnik  qurilmalarni  shakllantirish
jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga taʼsir qiladi. 
4.  Ijtimoiylashuvga  mezoomillar, mikroomillar  orqali  taʼsir  qiladi.  Mikro
omillarga muayyan shaxslarga taʼsir qiluvchi omillar-oila, qoʻshnilar, tengdoshlar
guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar
kiradi.
Shaxs tugʻilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium
deyiladi. 
11.3. Shaxsga ta’sir etuvchi omillar.
Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida
biologik va ijtimoiy va maqsadli omillar ajratib koʻrsatiladi.
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini
aniqlaydi.  Irsiyat  deganda  ota-onalardan  bolalarga  turli  belgi,  oʻxshashlik,
xususiyatlarning  oʻtishi  tushuniladi.  Irsiyatga  koʻra  bolaga  ota-onasidan  inson
organizmi, asab tizimi, miya va xis tuygʻu organlari, shuningdek, qomat tuzilishi,
soch, teri rangi oʻtadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi
omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat boʻyicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan
nerv xusuiyatlari ham oʻtishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida
biror bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini koʻzda tutadi.
Psixologik  maʼlumotlarga  koʻra  qobiliyat  insonning  tabiiy  xususiyati  boʻla
olmaydi.  Bola  qobiliyatlarining  namoyon  boʻlishi  uning  hayot,  ta’lim-tarbiya
jarayonlariga bogʻliq. Ota-onadan bolaga oʻtuvchi bir qator kasalliklar mavjud qon
Logotip
1.Megaomillar (mega-eng katta) — kosmos, planeta, dunyo, shuningdek bularga demografik, ijtimoiy siyosiy, ekologik, planetar jarayonlarni ham kiritsa boʻladi. Ular boshqa omil guruhlari orqali yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga taʼsir koʻrsatadi. 2.Makroomillar (makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat. Bu omillar muayyan hududda yashovchi aholi ijtimoiylashuviga taʼsir qiladi. 3.Mezoomillar (mezo-oʻrta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, auditoriya, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga koʻra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga taʼsir qiladi. 4. Ijtimoiylashuvga mezoomillar, mikroomillar orqali taʼsir qiladi. Mikro omillarga muayyan shaxslarga taʼsir qiluvchi omillar-oila, qoʻshnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi. Shaxs tugʻilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. 11.3. Shaxsga ta’sir etuvchi omillar. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy va maqsadli omillar ajratib koʻrsatiladi. Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, oʻxshashlik, xususiyatlarning oʻtishi tushuniladi. Irsiyatga koʻra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis tuygʻu organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi oʻtadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat boʻyicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xusuiyatlari ham oʻtishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini koʻzda tutadi. Psixologik maʼlumotlarga koʻra qobiliyat insonning tabiiy xususiyati boʻla olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon boʻlishi uning hayot, ta’lim-tarbiya jarayonlariga bogʻliq. Ota-onadan bolaga oʻtuvchi bir qator kasalliklar mavjud qon
kasalligi, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni
ginetika oʻrganadi.
Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi
tashqi omillar ham salbiy taʼsir koʻrsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli
boʻlib tugʻilayogan bolalar soni koʻpaymoqda. Bunday bolalarning muomalaga
kirishishi  va faoliyat yuritishi  nihoyatda ogʻir kechadi. Shuning uchun ularga
oʻqitishning  yangi  metodlari  joriy  qilinmoqda  va  bu  metodlar  ularning  aqliy
rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus
pedagoglar  shugʻullanishadi.  Bu  bolalar  oʻz  tengqurlari  bilan  muomalaga
kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga
integratsiyalashuvlarini  qiyinlashtiradi.  Shuning  uchun  bunday  bolalar  bilan
ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan
aloqa qilish kanallarini ochishdir. 
 Ijtimoiy  omillar. Insonning  biologik  mavjudotdan   ijtimoiy  subʼektga
aylanishi, uning ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir boʻladi.
Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan
qadriyat,  ijtimoiy  norma,  xulq-atvor  namunasi  orqali  amalga  oshadi.
Ijtimoiylashuv  insonning  butun  hayoti  davomida  kechadigan  koʻp  qirrali
jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi.
Chunki  aynan  bolalikda  asosiy  ijtimoiy  meʼyorlar  oʻzlashtiriladi.  Bola
ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-
sekinlik bilan oʻzlashtiradi. Agar bola tugʻilgandan keyin asosan oilada rivojlansa,
uning  keyingi  rivojlanishi  yangi  va  yangi  muhitlar-maktabgacha  taʼlim
muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli koʻngilochar
maskanlarda  kechadi.  Yosh  ulgʻaygan  sari  ijtimoiy  muhit  “hududi”  kengayib
boradi.  Bola  qanchalik  koʻp  muhitlarni  oʻzlashtirsa,  u  shunchalik  keng  doira
hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo oʻzi uchun qulay boʻlgan uni
yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda boʻladigan muhitni izlashga
urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga koʻchib yuradi. Muhit
bolaning  shakllantirishida,  uning  ijtimoiy  tajriba  toʻplashida  ijtimoiylashuv
Logotip
kasalligi, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika oʻrganadi. Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi tashqi omillar ham salbiy taʼsir koʻrsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli boʻlib tugʻilayogan bolalar soni koʻpaymoqda. Bunday bolalarning muomalaga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda ogʻir kechadi. Shuning uchun ularga oʻqitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar ularning aqliy rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shugʻullanishadi. Bu bolalar oʻz tengqurlari bilan muomalaga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir. Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy subʼektga aylanishi, uning ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir boʻladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, ijtimoiy norma, xulq-atvor namunasi orqali amalga oshadi. Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan koʻp qirrali jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki aynan bolalikda asosiy ijtimoiy meʼyorlar oʻzlashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta- sekinlik bilan oʻzlashtiradi. Agar bola tugʻilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi yangi va yangi muhitlar-maktabgacha taʼlim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli koʻngilochar maskanlarda kechadi. Yosh ulgʻaygan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik koʻp muhitlarni oʻzlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo oʻzi uchun qulay boʻlgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda boʻladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga koʻchib yuradi. Muhit bolaning shakllantirishida, uning ijtimoiy tajriba toʻplashida ijtimoiylashuv
jarayoni  uchun muhim ahamiyatga ega. Muhit  tushunchasi  turli fan vakillari-
sotsiologlar,  psixologlar,  pedagoglarning  oʻrganish  obyekti  hisoblanadi.  Ular
muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi taʼsirini
oʻrgandilar. 
Ijtimoiylashuv  jarayonida  muhitning  oʻrni.  Ijtimoiy  pedagogikada  jamiyat,
ijtimoiy muhit avvalambor bolaning yangi muhitlarga integratsiyalashuvi nuqtayi
nazaridan oʻrganiladi. Shu nuqtayi nazardan inson va unga taʼsir qiluvchi tashqi
omillarning jamiyatdagi oʻzaro munosabati hamkorlik xarakteriga ega ekanligi
muhimdir. Muhit-inson kirishishi, oʻzini qulay sezishi uchun  joylashuvinigina
yetarli bilishi lozim boʻlgan koʻcha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu
alohida oʻzaro munosabatlar  tizimi va qoidalari  bilan xarakterlanadigan inson
jamoalari  hamdir.  Shuning  uchun  inson  muhitga  yangilik  kiritadi,  muayyan
darajada taʼsir qiladi hamda oʻzgartiradi va oʻz oʻrnida muhit ham inson oldiga oʻz
talablarini qoʻyadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor
qilishi ham mumkin. Muhitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi,
uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa boʻladi. Insonning xulq-
atvori uning jamiyatda tutgan oʻrni bilan belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtning
oʻzida bir qancha mavqeʼlarni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham
ona, ham ustoz mavqeʼlarini egallashi mumkin. Har bir mavqeʼ insonga muayyan
talablarni qoʻyadi va shu bilan birga unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning
jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlar bilan xarakterlanadigan mavqeʼi
ijtimoiy maqom deyiladi. Insonda tugʻma maqomlar boʻlishi mumkin. Insonning
ijtimoiy  maqomiga  millati,  tugʻilgan  joyi,  familiyasi  va  boshqa  omillar  taʼsir
koʻrsatishi  mumkin.  Bunday  maqomlarga  odatda  tugʻma  maqom  deyiladi.
Boshqalari  esa  inson  jamiyatda  nimalarga  mustaqil  erishganligiga  qarab
belgilanadi. Masalan,  ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi
oʻquv muassasasida taʼlim olgan va bu soha boʻyicha diplomga ega boʻlgan shaxs
erishishi  mumkin.  Yuqoridagi  maqomni  qoʻlga  kiritilgan  maqom  desak
adashmagan  boʻlamiz.  Maqom  insonning  jamiyatdagi  xulq-atvorini  muayyan
vaziyatlarda oʻzini shu maqomdagilar holatiga koʻra belgilaydi. Atrofdagilar u
Logotip
jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega. Muhit tushunchasi turli fan vakillari- sotsiologlar, psixologlar, pedagoglarning oʻrganish obyekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi taʼsirini oʻrgandilar. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning oʻrni. Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit avvalambor bolaning yangi muhitlarga integratsiyalashuvi nuqtayi nazaridan oʻrganiladi. Shu nuqtayi nazardan inson va unga taʼsir qiluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi oʻzaro munosabati hamkorlik xarakteriga ega ekanligi muhimdir. Muhit-inson kirishishi, oʻzini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli bilishi lozim boʻlgan koʻcha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu alohida oʻzaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan xarakterlanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada taʼsir qiladi hamda oʻzgartiradi va oʻz oʻrnida muhit ham inson oldiga oʻz talablarini qoʻyadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin. Muhitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa boʻladi. Insonning xulq- atvori uning jamiyatda tutgan oʻrni bilan belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtning oʻzida bir qancha mavqeʼlarni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqeʼlarini egallashi mumkin. Har bir mavqeʼ insonga muayyan talablarni qoʻyadi va shu bilan birga unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlar bilan xarakterlanadigan mavqeʼi ijtimoiy maqom deyiladi. Insonda tugʻma maqomlar boʻlishi mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tugʻilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bunday maqomlarga odatda tugʻma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustaqil erishganligiga qarab belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi oʻquv muassasasida taʼlim olgan va bu soha boʻyicha diplomga ega boʻlgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni qoʻlga kiritilgan maqom desak adashmagan boʻlamiz. Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda oʻzini shu maqomdagilar holatiga koʻra belgilaydi. Atrofdagilar u