IKKI IGNADONLI MASHINALARIDA XALQA XOSIL QILISH JARAYONINING O’ZIGA XOSLIGI
Yuklangan vaqt
2025-02-02
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
90,1 KB
IKKI IGNADONLI MASHINALARIDA XALQA XOSIL QILISH
JARAYONINING O’ZIGA XOSLIGI
Lastikli xalqa xosil qilish jarayoni.
Ikki ignadonli aylana ignadonli mashinalarda xalqa xosil qilish jarayoni ketma-
ketligi va moxiyati.
Xalqa hosil qilishning to’quv usulida asosan tilchasi bor ignali ikki ignadonli
mashinalar ishlaydi [10, 13]. Bu mashinalarda xalqa hosil qilish taqsimlash yo’li
bilan yoki ketma-ket bajarilishi mumkin. Misol tariqasida lastik aylana to’quv
mashinalarida xalqa hosil qilish jarayonini ko’rib chiqamiz. Bu mashinadagi silindr
ignalarida xalqalar ketma-ket taqsimlash yo’li bilan hosil qilinadi. Dastlab xalqalar
silindr ignalarida, so’ngra ripshayba ignalarida hosil qilinadi. Shunga ko’ra
mashinaning silindr ignadoni aktiv ignadon, ripshayba ignadoni esa passiv ignadon
deb hisoblanadi. Silindr ignadoni ignalaridagi xalqalar iping ortiqchasini ripshayba
ignalari olishini hisobga olib, silindr ignalarida katta o’lchamli xalqalar hosil
qilinadi. Shunday qilib, ripshayba ignalari katta o’lchamdagi silindr ignalari xalqalar
ipini ikkita bir-biriga teng xalqalarga taqsimlaydi, u xalqalardan biri silindr ignasida
ikkinchisi ripshayba ignasida hosil qilinadi. Tilchali ignalarda xalqa hosil qilish
jarayoni to’quv usulida xalqa hosil qilishning bajarilish tartibi kabi amalga oshiriladi
va har bir ignadonda o’nta operatsiyadan iborat bo’ladi.
1. Tugallash
6. Xalqalarning birlashishi
2. Ipni qo’yish
7. Ipni egish
3. Ipni kiritish
8. Eski xalqani yangi xalqa ustiga tashlash
4. Siqish
9. Shakllantirish
5. Eski xalqani surish
10. Tortish
Tugallash (3.2, a-rasm). Tugallash jarayonini bajarishda silindr ignalari 1
yuqoriga ko’tariladi, ripshayba ignalari 2 esa mashina markazidan oldinga suriladi.
Ularning surilish darajasi shu bilan aniqlanadiki, bunda eski xalqalar 1 va 2 ignalar
ilgaklari ostidan chiqishlari va ularning ochiq tilchalaridan igna o’zagiga o’tishlari
lozim.
Ipni qo’yish (3.2, b-rasm). Tugallash jarayonidan keyin silindr ignasi pastga
tusha boshlaydi, ripshayba ignasi esa mashina markazi tomon qaytadi. Ip esa ip
yo’naltirgich (нитенаправитель) yordamida silindr va ripshayba ignadonlarining
aylanma harakati davrida avval silindr ignalariga, keyin ripshayba ignalariga
qo’yiladi.
Siqish (3.2, d-rasm). Silindr ignasida siqish jarayoni ignaning pastga tushishi
davomida, eski xalqa igna tilchasini yopishi bilan amalga oshiriladi. Yangi qo’yilgan
ip yopiq tilcha ostiga joylashadi.
Ipni kiritish. Eski xalqani surish. Ipni kiritish jarayonini bajarishda tsilindr
ignasi pastga harakatlanishini davom ettiradi. Ip asta-sekin ilgak ostiga surila
boshlaydi.