IKKI YOSHGACHA BO`LGAN BOLALARNING O`SISHI VA TARBIYASI (Ikki yoshgacha bo`lgan bolalarning tarbiyasi, Ikki yoshgacha bo`lgan bolalar hayotining mazmuni va ular faoliyatini yo`lga qo`yish)
Yuklangan vaqt
2024-05-03
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
24,0 KB
Ilmiybaza.uz
IKKI YOSHGACHA BO`LGAN BOLALARNING O`SISHI VA
TARBIYASI
Reja
1. Ikki yoshgacha bo`lgan bolalarning tarbiyasi
2. Ikki yoshgacha bo`lgan bolalarni tarbiyalash vazifalari
A) Kundalik tartib
B) ovqatlanish, uyquni o`tkazish qoidalari
3. Ikki yoshgacha bo`lgan bolalar hayotining mazmuni va ular faoliyatini
yo`lga qo`yish.
Ilmiybaza.uz
Tayanch so`zlar. Yosh davr, faoliyat, tarbiya, rivojlanish, bolalar,
shaxs, 6yin, mashg`ulotlar, jismoniy tarbiya, ilk yosh, xususiyat, kun tartibi,
analizatorlar
1.Ikki yoshgacha bo`lgan bolalar hayotida ancha o`zgarishlar ro`y beradi.
Bir qator xususiyatlarga ko`ra bola hayotining ikki yoshgacha bo`lgan davri
ikki bosqichga bo`linadi: 1 yoshdan 1 yosh-u 5-6 oylikkacha va 1 yosh-u 5-6
oylikdan 1 yosh-u 10-2 yoshgacha. Bolalarni tarbiyalashning konkret vazifalari
va metodik usullari har bir bosqichda xilma-xil bo`ladi.
Ikki yoshga qadam qo`ygan bolalarning rivojlanishi, garchi bir
yoshgacha bo`lgan davrdan ancha sekinlik bilan bo`lsa-da, intensiv suratda
davom etadi. Og`irligi bir oy davomida 170-190 grammdan, bo`yi 1 sm dan
oshib boradi. Ikki yashar bolaning o`rtacha og`irligi 12,0-12,7 kg ga, bo`yi 85-
86 sm ga etadi. Ikki yoshga to`lganda bolaning 20 ta sut tishi chiqqan bo`ladi.
Nerv sistemasining ishlash qobiliyati ortadi, buning natijasida 1 yosh-u 6 oylik
bolaning uyg`oq yurish davri 4-4,5 soatga etadi.
Bu yoshdagi bolalar, agar ular sog`lom bo`lsalar, juda harakatchan, ruhan
tetik bo`ladilar, ularning chug`ur-chug`urlari ancha ko`payadi, hadeb
kulaveradilar, kattalar bilan munosabatda bo`lganda juda yayrab ketishadi.
Bola bir yarim yoshga to`lgunga qadar unda asosan bir yoshga to`lish
oldidan hosil bo`lgan malakalar takomillashib va mustahkamlanib boradi.
Avvalo yaxshi yuradigan bo`ladi. Bola mustaqil yurishga o`rganganidan so`ng,
dastlabki 3-4 oylarda uyg`oqlik vaqtini harakatlar bilan o`tkazadi: qo`liga
birorbuyumni ushlagan holda ko`p yuradi. So`zlarga taqlid qilish malakasi
takomillashadi.
So`zning
buyum
bilan
bog`lanishi
ham
ancha
mustahkamlanadi, buning natijasida esa nutqni tushunishi tez o`sib boradi.
Umumlashtirish qobiliyati o`sadi, bu esa tafakkurning rivojlana boshlashini
ko`rsatadi. Buyumlar bilan ish ko`rish-bularni bolalar bir yoshdalik davrida
uqibolgan bo`ladi-ancha uyg`unlashgan buladi: bolalar biri ikkinchisining
ichiga joylashadigan uiinchoqlar, kubiklar bilan bemalol o`ynaydigan bo`lib
Ilmiybaza.uz
qoladilar. Ular ko`rsatiladigan ish-harakatlarga osongina taqlid qiladilar.
Tarbiya to`g`ri yo`lga qo`yilgan bo`lsa, bolalarda bir yoshlaridayoq
mustaqillikka intilish yaqqol ko`rinib turadi.
1 yosh-u 5-6 oylikdan 2 yoshgacha bo`lgan davrda avvallari hosil
bo`lgan malakalar ortib boradi, yangi malakalar ortib boradi, Yangi
malakalar paydo bo`ladi. Bolalar jismoniy jihatdan ancha baquvvat bo`lib
boradilar. Nerv sistemasining ishlash qobiliyati ortadi. Ularning uyg`oqlik
vaqti 5-5,5 soat davom etishi mumkun. Bolalar 1 esh-u 6-8oylik
bo`lganlaridan keyin Yangi sharoitlarga oson moslashadilar.
Bolalarning sensor va aqliy rivojlanishlarida ham katta o`zgarishlar
ro`y beradi bolalar buyumlarni asosiy sifatlari- rangi, shakli, katta-kichikligi,
taktil hususiyatlariga ko`ra taqqoslay va o`hshashlik tamonlarini aniqlay
boshlaydilar. Ularning tafakkur ko`rsatma Amaliy harakterda bo`ladi.Bolalar
tevarak-atrofni yahshi biladilar,bir qator mustahkam ko`nikmalarga ega
bo`ladilar.
Bolalar nutqining rivojlanishida jiddiy o`zgarishlar ro`y beradi. 1 esh-
u 5-6 oylikda aktiv nutqning o`sishida katta o`zgarishlar kuzatiladi bola har
kuni deyarli yangi so`zlarni bilib oladi.
2. Ikki yoshgacha bo`lgan bolalarni tarbiyalash vazifalari
Ikki yoshgacha bo`lgan bolalar bilan olib boriladigan ishlardagi asosiy
vazifalar qo`yidagilardan iborat;
a) bolalarning sog`lig`ini saqlash, organizimini chiniqtirish, asosiy
harakatlarni (yurish, emaklab o`tish, yugurish,qo`llarni harakatlantirish)
o`stirish;
b) bolalarning tetik, aktiv va quvnoq kayfiyatda bo`lishi uchun
sharoitlar yaratish;
v) batartiblik va o`z – o`ziga hizmat ko`rsatish yuzasidan eng oddiy
malakalar hosil qilish;
Ilmiybaza.uz
g) bolalarning passiv va aktiv nutqlarini o`stirishga, tevarak – atrofdagi
kishilarning nutqini tushinishga, o`z fikr va istaklarini so`z bilan, keyinchalik
esa qisqa - qisqa gaplar bilan ifodalay bilishiga alohida etibor berish;
d) idroklarni (ko`rish, eshitish, sezgi) takomillashtirish tevarak –
atrofdagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish.
Tarbiya programmasi bir eshdan 1 esh – u 5 – 6 oylikkacha va 1 esh –
u 5 – 6 oylikdan 2 ehgacha bo`lgan davrda bolalarda qanday malaka, hulq -
atvor hususiyatlari ko`nikmalar hosil qilishini, tevarak – atrofga bo`lgan
munosabat tarkib toptirishni nazarda tutadi.
Ikki eshgacha bo`lgan bolalar haetini yo`lga qo`yish (kundalik tartib,
ovqatlantirish, tualet, uyquni tashkil etish qoydalari va tarbiyaviy ishlar).
Kundalik tartib.
Qatiy belgilangan kundalik tartib ikki eshgacha bo`lgan bolaning
sog`lig`iga va jismoniy o`sishiga, o`zini yahshi his qilishiga va hatti –
harakatiga
katta
tasir
kursatadi
hamda
bolalarning
o`z
vaqtida
ovqatlanishini,uyqu bilan hilma – hil faoliyatining to`g`ri navbatlashib
turishini taminlaydi.
Bolalarning nerv sistemasi o`sishi munosabati bilan ikki eshgacha
bo`lgan bolalar kundalik tartibida uyg`oq yurish vaqti uzaytiriladi va
kunduzgi uyquga ajratilgan vaqt qisqartiriladi.
1 yosh – u 6 oylikkacha bo`lgan bolalar 2 marta 2 – 2,5 soatdan
uhlaydilar va 3,5 – 4 soat uyg`oq yuradilar, 1 yosh – u 6 oyga to`lgandan
keyin bir marta 2,5 – 3 soat uhlaydilar va 4,5 – 5 soat uyg`oq yuradilar.
Bir gruppada tarbiyalanaetgan bolalar uchun ikkita kundalik tartib
o`rnatiladi; 1 esh – u 6 oylikkacha bo`lgan bolalar uchun alohida va 1 esh –
u 6 oylik bo`lgan katta bolalar uchun alohida kundalik tartib joriy qilinadi.
Har bir bola uchun kundalik tartib belgilashda faqat ularning eshi va
salomatligini hisobga olib qolinmay,balki uning umumiy ham hisobga
olinadi. 1 esh – u 6 oylikdan boshlab, agar u sog`lom bo`lsa va uhlashga
etqizish oldidan o`zini juda tetik sezib yurgan bo`lsa, u holda bola faqat bir
Ilmiybaza.uz
marta uhlatiladi. Bir marta uhlashga ko`chirilgan bolada bir qancha vaqtdan
keyin charchash alomatlari sezilsa, u holda uni vaqtincha, 2 -3 hafta
davomida, kunduzi ikki marta uhlashga ko`chirmoq kerak.
Bolani yangi kundalik rejimga ko`chirish vaqtida u odatlanmagan
ovqatni berish tavsiya etilmaydi. Avval boshdan uni katta gruppa uchun
tayerlangan menyu bo`yicha ovqatlanishga odatlantirmoq kerak, so`ngra esa
yangi kundalik tartibga ko`chirish eki aksincha bulishi kerak, ammo har ikki
tartibni bir yo`la amalga oshirmaslik lozim.
Kichik bolalar uchun ularning uyg`oq yurishining birinchi qismida
nonushtadan keyin 15 – 20 minut o`tgach, bitta mashg`ulot o`tkaziladi.
Uyg`oq
yurishlarining
ikkinchi
qismida
esa
ikkita
mashg`ulot
o`tkaziladi,chunki bu qismda bolalarning o`yin va mashg`ulot uchun vaqtlari
ko`proq qoladi. Uyg`oq yurishining uchunchi qismida, ertalabdagi kabi bitta
mashg`ulot o`tkaziladi,shunda ham faqat kech – tushki ovqatdan keyin uyiga
ketmaydigan,balki gruppada 18 – 19 soatgacha qoladigan bolalar bilan
o`tkaziladi.
Katta gruppa bolalari bilan ularning ertalabki uyg`oqlik vaqtida ikki
mashg`ulot va kechki uyg`oqlik vaqtida bir mashg`ulot o`tkaziladi, lekin bu
mashg`ulot bunda ham kech – tushki ovqatdan keyin darhol uyiga
ketmaydigan bolalar bilan o`tkaziladi.
Havo sovuq kunlarda kichik bolalar har ikki galda ham kunduzi ochtq
havoda uhlaydilar va faqat ota – onalari bilan sayr qiladilar. Bolalar
muassasida esa bir yarim eshgacha bo`lgan bolalar bilan havo sovuq
kunlarida sayr qilinmaydi, chunki qish kiyimini kiygan bolalar harakat
qilishga qiynaladilar.
Katta bolalar kunduzi ochiq havoda uhlaydilar va kuniga ikki marta
ertalab ,bolalar muassasasida «tahminan bir soatcha», ikkinchi marta
kechqurun ota – onalari bilan sayr qiladilar.
Yoz oylarida, tegishli sharoitlar mavjud bo`lsa, bolalar butun kun
bo`yi ochiq havoda bo`ladilar.
Ilmiybaza.uz
Ovqatlanish, uyqu va tualetni o`tkazish qoidalari. Kichik va katta
gruppa bolalari alohida – alohida ovqatlantiriladi, chunki kichik bolalar
mustaqil suratda ovqatlana olmaydilar, ularni kattalar ovqatlantirib
qo`yishlariga to`g`ri keladi.
Bola bir eshga to`lgandan keyin uning ovqatlanishi ancha o`zgaradi –
u ko`krakdan ajrat iladi va etarli miqdordagi hilma – hil quyuqroq va to`yimli
ovqatlar eya boshlaydi.
Bolalarni ovqatlantirish uchun tegishli sharoit yaratish zarur. Enaga
oshhonadan ovqat keltirgandan so`ng, bolalarning qo`llarini yuva
boshlaydilar. qo`llarini yuvaetganda, katta eshdagi kishilar bolalar bilan
gaplashib, ularning hatti – harakatlarini rag`batlantiradilar. Tarbiyachi
bolalarning qaysi birini birinchi navbatda ovqatlantirish kerakligini aniqlash
uchun, u bolalardan kim vaqtli uyg`onganligini va uyda qay vaqtda nonushta
qilganligini bilish lozim. Asosiy qoida bo`yicha bolalarni uyg`onganidan
keyin kamida bir soat o`tgach ovqatlantirish kerak.
Kichik gruppa bolalari ovqatlanish vaqtida unchalik baland
bo`lmagan stol va oeq tiragichi bo`lgan tayanma kursichaga o`tkazib
qo`yilish kerak. Tarbiyachi bolalarning qo`liga qoshiqni berib, oldiga ovqat
qo`yib ovqatlanishini taklif etadi.Agar bolani uning eshiga muafiq keladigan
ishlarni bajarishga jalb qilinsa, u 1 esh – u 6 oylik bo`lganda faqat quyuq
ovqatni emas, balki suyuq ovqatlarni ham mustakqil eyaveradi. Ikki eshlarda
esa mustaqil ovqatlanish bilan birga ancha batartib ovqatlanadi.
Katta eshdagi kishilarning esh bolalarning oaqatlanishiga rahbarlik
qilishi ularga bevosita yordam ko`rsatishda, ya'ni: bolaning ko`lidagi
qoshiqni to`g`rilab qo`yish, qoshiqqa ovqat olishda yordamlashish, piyolani
ikki qo`llab to`g`ri ushla shva hokazolarda ifodalanadi. Ovqatlanish
protsessida kattalar o`z harakatlarini va bolalarning xatti-harakatlarini so`z
bilan ifodalab turadilar.
Katta guruh bolalari o`zlarining bo`ylariga mos bo`lgan to`rt o`rinli
stollarda ovqatlanadilar. Bolalar ovqatni kutib qolmasliklari kerak. Bolalar
Ilmiybaza.uz
stol atrofiga o`tirishlari bilanoq enaga ovqat keltiradi va ovqatlanishni taklif
etadi. Bu yoshdagi bolalar tarbiyachi, enaganing: «Nonni tishlab egin»,
«piyolani ikki qo`llab ushla» va shu kabi ko`rsatmalariga muvofiq ish ko`ra
oladilar. Har bir bola ovqatlanib bo`lgach, stoldan turadi va unga o`ynashga
ruxsat beriladi.
Enaga katta guruh bolalarini ovqatlantirish bilan band bo`lgan vaqtda,
tarbiyachi kichik guruh bolalari bilan mashg`ulot o`tkazadi , so`ngra ularni
uxlatishga tayyorlaydilar. Odatda, birinchi bo`lib kichik yoshli bolalarni
uxlatish kerak. Biroq katta guruhda tez charchaydigan, kamquvvat bolalar
bo`lsa, yoshidan qat'iy nazar, ularni boshqalardan oldin uxlatish zarur.
1 yosh-u 6 oylikkacha bo`lgan bolalar, garchi ularda ba'zi bir malaka
va mustaqil ish ko`rishga urinish istagi bo`lsa ham, o`zlari echina olmaydilar
shu sababli ularga echinishga yordam berish lozim. Bolalarni uyg`onishiga
qarab, bittadan turg`izib kiyintirish, hamma bolalarning uyg`onishini kutib
o`tirmay, 3-4 bolani stol atrofiga o`tqazib ovqatlantirish kerak. Bolalar
mustaqil bo`lganlarida (1 yosh-u 6 oylikdan boshlab) dastlab uyqudan
turgazish hamda guruh bolalarini bir vaqtda ovqatlantirish zarur.
Bolalarni echintirish va kiyintirishda bir xildagi izchillikka rioya qilish
juda muhimdir.
Katta guruh bolalarini echinish vaqtida o`z-o`ziga xizmat ko`rsatishga
doir ko`ldan keladigan ishlarni bajarishga odatlantirish, ya'ni stulchani olib
kelish, bog`ichlari bo`shatilgan botinkani echish va stul tagiga qo`yish,
tugmalari echilgan ko`ylak yoki kamzulni, ishton, paypoqlarni echish va
stulga qo`yish.
Agar bolada mustaqillikka intilish aloiatlari ko`rinayotgan bo`lsa,
tarbiyachining o`zi uning qo`lidan keladigan ishlarni bajarishga undashi
kerak. Bolalarga qoshiqni qanday ushlash kerakligini, stol atrofida qanday
o`tirish zarurligini, sochiq bilan artinish va hokazolarni chidam bilan ko`p
marta ko`rsatish, ishni mustaqil ravishda oxiriga etkaza olmaydigan
yokicharchagan bolalarga yordam berish lozim.
Ilmiybaza.uz
1 yosh-u 4-5 oylikkacha bo`lgan bolalarni, odatda, tarbiyachining o`zi
kiyintiradi, echintiradi, yuvintiradi va hokazo, ular esa ayrim ishlardagina
ko`maklashishlari mumkin. Biroq, 1 yosh-u 4-5 oylardan keyin ham agar
bola charchagan bo`lsa, uni ovqatlantirish yoki uxlashidan oldin echintirib
qo`yish kerak.
Tarbiyachi o`zining va bolalarning xatti-harakatlarini, albatta, so`z
bilan ifodalab borishi lozim.
3. Ikki yoshgacha bo`lgan bolalar hayotining mazmuni va ular
faoliyatini yo`lga qo`yish.
Bola ikki yoshga qadam qo`yganda uni ng uyg`oqlik vaqti ancha
ortadi. Bu esa bola faoliyatining yanada mazmunli va xilma-xil bo`lishiga
imkon yaratadi.
Yurishni o`rgangan bolalar ko`proq harakatchan bo`ladilar. Yurish
ularning ehtiyojiga aylanadi. Bolalar xonasi etarlicha keng bo`lishi kerak,
chunki tarbiyachi o`yin vaqtida bolalarni turli xil harakatlarga undaydi. O`yin
uchun bolalarga turli kattalikdagi koptoklar, keng gardishlar, aravachalar,
piramidalar, yig`ma o`yinchoqlar, mayda-cho`yda narsalar solingan
qutichalar va boshqa shu kabilarni berish lozim.
Bolalar mustaqil yura boshlaganlarida ular bilan maxsus harakatli
o`yinlar va gimnastika mashqlari o`tkazib turiladi.
Bir
yoshga
to`lish
oldida
bollarda
payqash
reaktsiyasi,
qiziquvchanlik ortadi. Bola hayotining ikkinchi yilida payqash reaktsiyasi
asta-sekin faoliyatining alohida turi- kuzatishga aylanadi. Ammo bolalardagi
bu kuzatuvchanlik hali mukammal bo`lmaydi. Bola ko`p narsani faqat yuzaki
ko`radi xolos. Shuning uchun u kuzatayotgan, ko`rgan narsasining asosiy
mazmunini so`zlar bilan tushuntirish kerak. Bolaning ko`rgan narsasiga
bo`lgan qiziqishini ko`chaytirish va uning diqqatini tevarak-atrofdagi narsa
va hodisalarga jalb qilish lozim: «Mashina kelyapti. Qushcha uchib ketdi.
Gulnora xola pol yuvmoqda».