IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLAR, TURLARI: ANIQLOVCHI, TO‘LDIRUVCHI, ULARNING TURLARI VA IFODALANISHI.
Yuklangan vaqt
2024-10-01
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
22,8 KB
IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLAR, TURLARI: ANIQLOVCHI,
TO‘LDIRUVCHI, ULARNING TURLARI VA IFODALANISHI.
REJA:
1. Aniqlovchi
a) sifatlovchi aniqlovchi;
b) qaratqich aniqlovchi;
c) izohlovchi.
2. To‘ldiruvchi
a) vositasiz to‘ldiruvchi
b) vositali to‘ldiruvchi
GAPNING IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLARI
Aniqlovchi
Predmet ma’nosini bildiruvchi so‘zni izohlaydigan va uning belgisini
anglatadigan ikkinchi darajali bo‘lakka aniqlovchi deyiladi.
Aniqlovchi predmetning xususiyatini, qarashliligini va shu kabilarni
ifodalaydi. Aniqlovchi leksik-semantik va grammatik jihatdan uch xil bo‘ladi:
sifatlovchi, qaratuvchi, izohlovchi.
1. Sifatlovchi aniqlovchi
Aniqlovchining bu turi ot bilan ifodalangan bo‘lakka odatda bitishuv yo‘li
bilan bog‘lanib, otdan anglashilgan predmetning belgi-xususiyatini, sifatini,
miqdorini, o‘ringa munosabatini bildiradigan aniqlovchining bir turidir. U qanday?,
qanaqa?, qaysi?, qancha?, necha?, nechanchi?, qachongi?, qayerdagi?
so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Sifatlovchi bog‘lanib kelgan so‘z sifatlanmish deb ataladi.
Sifatlovchi turli so‘z turkumlari bilan ifodalanadi:
1) sifat bilan: Quyoshning issiq, tansiq nurlari odamlarga xush yoqadigan bo‘lib
qoldi. (O‘.Hoshimov). Rang-barang gullar, har xil ekinlar, bog‘lar, suvlar quyoshda
yashnab tovlanadi (Oybek). Yaxshi so‘z, yaxshi muomala, ishq-muhabbat – insonni
insonga, qalbni qalbga bog‘laydigan sehrli ip. (Sh.Ubaydullayev).
2) son bilan: Ikkita zog‘ora non bilan to‘rtta turshakni dasturxonga qo‘yib tamaddi
qilgan bo‘ldim. (O‘.Hoshimov). Birinchi qor ham shu tepalik boshiga yog‘adi,
birinchi maysalar ham Xirmontepa bag‘rida ko‘karadi. (O‘.Hoshimov). Uch-to‘rtta
yirik-yirik qora qushlar nimanidir mo‘ljalga olib shoshilmay aylanishadi.
(P.Qodirov).
3) olmosh bilan: Allaqaysi dengiz qushlarining odati qiziq ekan. (O‘.Usmonov) Har
bir qiyinchilikdan so‘ng bir rohat bor. (Maqol).
4) ot bilan: Asfalt ko‘chaning u er bu erida suv xalqob bo‘lib yotardi.
(O‘.Hoshimov). Kumush so‘zingni chaqaga mayda qilma. (Maqol).
-dagi affiksini olgan otlar ham sifatlovchi vazifasini bajaradi. Masalan:
Uydagi har bitta buyum Ma’sudani esimga soladi. (P.Q.). Toshkentlik yosh olim...
atrofdagi cho‘ponlarni to‘plab, ziyofat qilib bermoqda... edi. (P.Q.).
5) sifatdosh bilan: Unda dam oladigan va yo tunab qoladigan manzil yo‘q.
(K.Yashin). Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt. (Maqol).
6) ravish bilan: Ko‘p befoyda narsalarni o‘rganganingdan ko‘ra senga doimo
xizmat qiladigan besh-o‘nta yaxshi o‘gitni bilganing ma’qulroq. (Seneka).
7) taqlid so‘z bilan: G‘ir-g‘ir mayin bahor shamoli. (Oybek). Bir gala o‘rdak kanal
bo‘yiga tushdi. Bularning g‘aq-g‘uq ovozi ancha vaqtgacha bosilmadi. (S.Ahmad).
Sifatlovchi ba’zan so‘z birikmasi bilan ham ifodalanadi. Masalan: Qarama-
qarshi turgan ikki eshikning birini shaxt bilan ochdi... (P.Qodirov). Dunyoda
xushfe’l, olijanob, hamisha ezgu niyat bilan ish qiladigan odamlar juda ko‘p
(O.Husanov).
Sifatlovchi vazifasini gapga teng predikativ birliklar ham bajarishi mumkin:
Himmati zo‘r kishining qimmati zo‘rdir. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
2. Qaratqich aniqlovchi
Bu aniqlovchi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalangan bo‘lakka
muvofiqlashuv yo‘li bilan bog‘lanib, o‘zi ifodalayotgan shaxs yo predmetga boshqa
bir shaxs yoki predmetning qarashli, tegishli ekanini bildiruvchi aniqlovchining bir
turidir. U kimning? nimaning? qayerning? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Qaratuvchi bog‘lanib kelgan so‘z qaralmish deb yuritiladi.
Qaratuvchi quyidagicha ifodalanadi:
1) ot yoki ot o‘rnida qo‘llanadigan olmosh bilan: Tip-tiniq fazoning bir burchida
turnalar karvoni ko‘rindi. Zum o‘tmay ularning o‘ychan sadolari havoni to‘ldirdi...
(O‘.Hoshimov).
2) harakat nomi bilan: U bilan uchrashishning ming xil yo‘lini izladi. (S.Ahmad).
Ovora bo‘lmoqning nima zarurati bor? (A.Qodiriy).
3) otlashgan sifat bilan: Nomardga ishi tushmagan mardning qadrini bilmas.
(Maqol). Tekinning minnati ko‘p, mehnatning ziynati ko‘p. (Maqol). Qo‘rqoqning
ko‘zi katta, ahmoqning so‘zi katta. (Maqol).
4) otlashgan son bilan: O‘nning yarmi – besh.
5) otlashgan olmosh bilan (sifat, son o‘rnida qo‘llanadigan otlashgan olmosh
bilan): Buning sababi ko‘p. (P.Qodirov).
6) otlashgan sifatdosh bilan: O‘qiganning tili ko‘p uzun bo‘ladi. (Maqol).
7) otlashgan ravish bilan: Ertaning buguni bor, bugunning ertasi bor. (Maqol).
Qaratuvchi ba’zi hollarda so‘z birikmasi bilan ifodalanishi mumkin. Masalan:
... kim bo‘lsa ham beklardan birining shunday tinchsizlik chiqarishig‘a «mumkin va
bo‘ladirg‘an ish» deb qarar edi. (A.Qodiriy). Cho‘qqida yashashning ta’rifi ulug‘,
cho‘qqidan olam keng, cho‘qqida - yorug‘!!! (Shuhrat).
Qaratuvchi gapga teng predikativ birlik bilan ham ifodalanadi. Masalan: Uyda
rohati yo‘qning ko‘chada farog‘ati yo‘q. (Maqol). Dili qing‘irning tili qing‘ir.
(Maqol). Qizi borning nozi bor. (Maqol).
Qaratuvchi ikki xil shaklda bo‘lishi mumkin: belgili va belgisiz. Aniqlovchi
qaratqich kelishigi affiksini olgan bo‘lsa, belgili bo‘ladi. Masalan: Har narsaning
dalili bor: aqlning dalili – fikr, fikrning dalili sukutdir. («Oz-oz o‘rganib dono
bo‘lur»).
Aniqlovchi qaratqich kelishigi affiksini olmagan bo‘lsa, belgisiz sanaladi.
Masalan: Xullasi, ikkala qal’a ahli bir-biri bilan ahil, bir onaning bolasidek yashar
ekan. (S.Ahmad). Mashina Hazrat Botir burulishiga kelganda, Tolibjon kabina
tomini tapillatib urdi. (S.Ahmad).
3. Izohlovchi
Bu bo‘lak aniqlovchining bir turi sifatida o‘zi aloqador bo‘lgan so‘zga bitishuv
yo‘li bilan bog‘lanib, uni boshqacha nom berish yo‘li bilan aniqlab, izohlab keladi.
Izohlovchi bog‘lanib kelgan so‘z izohlanmish deb qaraladi.
Izohlovchi, asosan, ot bilan ifodalanib, quyidagi ma’nolarni bildiradi:
1) unvonni: Orqadagi «Chayka»dan general Luqmonov tushdi. (S.Ahmad). Ro‘para
kelgan bir ayoldan: «Professor Jabborov qayerda o‘tiradi?»- deb so‘radi.
(O‘.Usmonov).
2) amalni: Qishloq xo‘jalik bo‘limining mudiri Zokir Qo‘shmoqov qotmadan
kelgan, jikkakkina yigit bo‘lib, harakatchan yigit edi. (O‘.Usmonov). Ko‘rinishidan
qo‘rs odamga o‘xshab ketadigan bo‘lim mudiri O‘sar Qurbonovich kirib keldi.
(Y.Yakvalxo‘jaev).
3) kasbni, mutaxassislikni: Rafiqov idorada turolmaydi, chunki idorada hisobchi
Umar Alidan boshqa hech kim yo‘q. (A.Qodiriy). Adabiyot o‘qituvchisi YAmin
afandi bir dasta insholar yozilgan daftarlar ustiga bitta kitob qo‘yib, kirib kelarmish
(Y.Yakvalxo‘jaev). U rassom O‘rol Tansiqboev asarlarining nushasini jurnallardan
qirqib olib saqlardi. (S.Ahmad).
4) qarindoshlikni: Nomimni dadam emas, bobom Ahmadbek hoji qo‘ygan ekanlar.
(Y.Yakvalxo‘jayev). Hojar xolam ham qozon nonni yopadilar-ku. (P.Qodirov).
Saltanatning ukasi Mirvosil armiyadan ta’tilga kelgani, shunda qarindosh-
urug‘larining barii yig‘ilganini xabarlashdi. (O‘.Usmonov).
5) laqabni: Mahamat chatoq keyingi fikrlarini bir safga jamlayotganday tag‘in bir
oz jim qoldi. (O‘.Usmonov). Islom Novcha ketmonini qo‘liga olib, hammadan yarim
gaz yuqori turgan qaddi bilan g‘o‘zaning ustiga keladi. (A.Qodiriy). Dalavoy kal
dadangni tanirdi, o‘shandan so‘radim. (S.Ahmad).
6) taxallusni: Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek - taniqli o‘zbek yozuvchisi.
7) jinsni: Nahot qiz bola o‘z otasini shunchalik mensimasa? (O.Yoqubov). Maktab
yonidagi ikki xonali uychada o‘qituvchi qiz Cho‘lponoy istiqomat qiladi.
(P.Qodirov).
8) yaqinlikni: Yana do‘stim Mamajon Ali jonimga oro kirdi. (Y.Yakvalxo‘jayev).
Malohatxon dugonasi Hamida bilan Akromni hazil-mutoyibalar bilan kuzatib
qo‘yishar edi. (O.Yoqubov).
Izohlovchi ba’zan so‘z birikmasi bilan ham ifoda etiladi. Masalan: Ayniqsa,
yosh olim Aziz Qosimovning xizmatlari salmoqli bo‘ldi. (O‘.Usmonov). Xonaga
kichkina
sandiqcha
ko‘tarib,
asab
doktori
Shamsiqamar
kirib
keldi.
(Y.Yakvalxo‘jayev). Bu ma’ruza institutning bosh arxitektori Zafar Boboyevning bir
loyihasi to‘g‘risida edi. (O.Yoqubov).
Izohlovchi izohlanmishdan oldin ham, undan keyin ham kelishi mumkin:
So‘ng boshqarma boshlig‘i G‘iyosiddinovni esladi. (P.Qodirov). U dadasi bilan
mendan tashqari, Oqsoqolga, Xolposh xolasiga, Potma-Zuhra kelinoyilariga salom
aytibdi. (O‘.Hoshimov).
To‘ldiruvchi
Ko‘pincha fe’l bilan ifodalangan, ba’zan fe’ldan boshqa ayrim so‘zlar bilan
ifodalangan bo‘lakka boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanib, uning ma’nosini to‘ldirib
keladigan ikkinchi darajali bo‘lak to‘ldiruvchi deyiladi.
To‘ldiruvchi boshqaruvchi so‘zning talabiga ko‘ra kelishik affikslari
(qaratqich kelishigidan tashqari) yoki ko‘makchilar orqali shakllanadi. Masalan: Aql
va idrok quyoshga o‘xshaydi, ular dog‘larni bekitadi. («Oz-oz o‘rganib dono
bo‘lur»).
To‘ldiruvchi o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan (fe’l, sifat, ravish, ot, modal so‘z
bilan) «to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish» sintaktik munosabatni yuzaga keltiradi.
To‘ldiruvchi ifoda materialiga ko‘ra egaga hamda qaratuvchiga o‘xshaydi,
faqat grammatik shakl jihatdan ulardan farq qiladi.
To‘ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi:
1. Ot bilan: Nodon kishi o‘zining nasl-nasabiga, olim kishi esa o‘zining ilm va
adabiga tayanadi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Oy to‘lmagan bo‘lmasa ham,