ILDIZMEVALI EKINLAR

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

21,0 KB


ILDIZMEVALI EKINLAR
Reja.
1. Ildizmevali ekinlar to‘g‘risida ma’lumot. 
2. Qand lavlagining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
3. Qand lavlagining  botanikva biologik xususiyatlari.
4. Qand lavlagining  ekish muddatlari usullari va meyori. 
Ildizmevalilar  guruhi  ildizida  oziq  moddalari  to‘planib  boradigan
o‘simliklarni o‘z ichiga oladi. Barcha ildiz mevalilar ikki yillik rivojlanish siklini
boshidan kechiradi. Birinchi yili ularda ildiz bo‘g‘zida to‘p barglar va zapas oziq
moddalariga ega bo‘lgan yo‘g‘on ildiz hosil bo‘ladi. Ildiz mevaning kallagidagi
to‘pbarglar  qo‘ltig‘idan  kurtaklar  chiqib,  ular  birinchi  yili  odatda  o‘smaydi.
Ikkinchi yili esa odatda yozilib o‘sa boshlaydi va barg, gul chiqaradigan hamda
meva tugadigan poyalar  hosil  qiladi. Demak, ildizmevalar  urug‘dan ekilib, to
hosilga kirguncha rivojlanish siklini odatda ikki yilda o‘tadi.
Ildiz  mevali  o‘simliklar  texnika  (qand  lavlagi),  oziq-ovqatda  (sabzi,
sholg‘om,  turp,  lavlagi),  chorvachilikda  (xashaki  lavlagi,  turneps),  tabobatda
(sachratqi) qo‘llaniladi. Qishda ko‘kat bo‘lmaganida ildiz mevalilar asosiy shirali
oziq bo‘lib qoladi. Yem-xashak sifatida barglari ham ishlatiladi.
Bu guruhga sersuv, shirali quruq moddasi kam bo‘lgan ildiz mevalilar kiradi.
Bu guruhlardagi o‘simliklar turli botanik oila (sho‘radoshlar, soyabonguldoshlar,
karamdoshlar, murakkabguldoshlar) vakillari bo‘lib, ularning oilasida bir, ikki va
ko‘p yillik turlari uchraydi. Respublikamizda ko‘pincha ikki yillik turlari (qand
lavlagi,  xashaki  sabzi,  xashaki  lavlagi,  sholg‘om)  ekilmoqda.  Bu  o‘simliklar
tarkibida yengil hazm bo‘ladigan oqsil va uglevodlar bor. Ildiz mevalilar har xil
Logotip
ILDIZMEVALI EKINLAR Reja. 1. Ildizmevali ekinlar to‘g‘risida ma’lumot. 2. Qand lavlagining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. 3. Qand lavlagining botanikva biologik xususiyatlari. 4. Qand lavlagining ekish muddatlari usullari va meyori. Ildizmevalilar guruhi ildizida oziq moddalari to‘planib boradigan o‘simliklarni o‘z ichiga oladi. Barcha ildiz mevalilar ikki yillik rivojlanish siklini boshidan kechiradi. Birinchi yili ularda ildiz bo‘g‘zida to‘p barglar va zapas oziq moddalariga ega bo‘lgan yo‘g‘on ildiz hosil bo‘ladi. Ildiz mevaning kallagidagi to‘pbarglar qo‘ltig‘idan kurtaklar chiqib, ular birinchi yili odatda o‘smaydi. Ikkinchi yili esa odatda yozilib o‘sa boshlaydi va barg, gul chiqaradigan hamda meva tugadigan poyalar hosil qiladi. Demak, ildizmevalar urug‘dan ekilib, to hosilga kirguncha rivojlanish siklini odatda ikki yilda o‘tadi. Ildiz mevali o‘simliklar texnika (qand lavlagi), oziq-ovqatda (sabzi, sholg‘om, turp, lavlagi), chorvachilikda (xashaki lavlagi, turneps), tabobatda (sachratqi) qo‘llaniladi. Qishda ko‘kat bo‘lmaganida ildiz mevalilar asosiy shirali oziq bo‘lib qoladi. Yem-xashak sifatida barglari ham ishlatiladi. Bu guruhga sersuv, shirali quruq moddasi kam bo‘lgan ildiz mevalilar kiradi. Bu guruhlardagi o‘simliklar turli botanik oila (sho‘radoshlar, soyabonguldoshlar, karamdoshlar, murakkabguldoshlar) vakillari bo‘lib, ularning oilasida bir, ikki va ko‘p yillik turlari uchraydi. Respublikamizda ko‘pincha ikki yillik turlari (qand lavlagi, xashaki sabzi, xashaki lavlagi, sholg‘om) ekilmoqda. Bu o‘simliklar tarkibida yengil hazm bo‘ladigan oqsil va uglevodlar bor. Ildiz mevalilar har xil
yo‘nalishlarda qo‘llaniladi. Qand lavlagi qand ishlab chiqarish sanoatida, boshqa
ildiz mevalilar oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Ildizmevalilarni ildizmevasi  va
barglari chorva mollari uchun muhim ahamiyatga ega, ularni barglari to‘yimli
bo‘lib, bargida vitaminlar (vitamin A) ko‘p bo‘ladi. Ildizmevalilar ichida qand
lavlagi sanoatda shakar olish maqsadida, xashaki lavlagi esa chorva mollari uchun
ozuqa yetishtirish maqsadida ekiladi.
Ildiz mevalilar tarkibida 10-30% gacha quruq modda bo‘ladi, ko‘p miqdorda
qand, kraxmal, tuzlar, har xil vitaminlar (S, V1, V2, R, RR, K, YE va xokazo) va
karotin bo‘ladi.
Qand lavlagi
 
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Qand lavlagi shakar olinadigan ekinlar ichida
eng asosiy ekinlardan biri bo‘lib, ildizmevasining tarkibida 18-20% qand moddasi
ildiz meva tarkibida 15% quruq modda, shu jumladan 3% kletchatka, 0,7% kul va
0,1% moy va 1,2% oqsil bo‘ladi. Qand ishlab chiqarishda qolgan chiqindi o‘g‘it
sifatida ishlatiladi. Qand lavlagining bargi umumiy hosilni 35-45% ini tashkil qilib,
to‘yimlilik xususiyati boshqa o‘simliklar ko‘katidan kam emas. Bargi tarkibida
20% quruq modda to‘planadi, shu jumladan, 2,5-3,5% oqsil, 0,8% moy bo‘ladi.
Gektariga 100-150 s ko‘k ozuqa bargi (26-27 ts ga quruq modda) hosil qiladi. 
Qand lavlagini vatani Turkiya, Eron hisoblanadi. Uning yovvoyi shakllari
hozirgi  vaqtda  ham  O‘rta  Yer  dengizi,  Kaspiy  va Qora dengiz qirg‘oqlarida,
Zakavkaziyada uchraydi. Qand lavlagi dunyodagi 42 ta mamlakatda ekiladi. Qand
lavlagi  o‘rtacha  iqlim  o‘simligi  bo‘lib,  u  Kanada,  Daniya,  Shvetsiya,  Polsha,
Germaniya, Fransiya, Angliya, Yaponiya, Afg‘oniston, Italiya, Ispaniya, Vengriya,
Belgiya, Gollandiya, Shvetsariya, Amerika, Latviya, Belorusiya, Rossiya, Ukraina
va Qirg‘izistonda tarqalgan.. Ko‘pchilik ilmiy kuzatishlarda ko‘rsatilishicha, uning
vatani  O‘rta  Yer  dengizi  hisoblanadi.  Sug‘oriladigan  yerlarda  bu  o‘simlik
eramizdan  oldingi  1500-2000  yil  oldin  ildizmevasidan  Osiyoning  tog‘li
viloyatlarida, taxminan eramizdan 1000 yil oldin foydalana boshlangan. VIII-XII
asrlarda Markaziy Osiyo, Kavkazorti, Sibir va boshqa mamlakatlarga keltirilgan.
XVIII-XIX asrlarga kelib, lavlagi ildizmevasi qand olish va oziq-ovqat mahsuloti
sifatida ekiladigan bo‘ldi. Yer yuzida qand lavlagi 7,9 mln.ga maydonga ekiladi.
Logotip
yo‘nalishlarda qo‘llaniladi. Qand lavlagi qand ishlab chiqarish sanoatida, boshqa ildiz mevalilar oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Ildizmevalilarni ildizmevasi va barglari chorva mollari uchun muhim ahamiyatga ega, ularni barglari to‘yimli bo‘lib, bargida vitaminlar (vitamin A) ko‘p bo‘ladi. Ildizmevalilar ichida qand lavlagi sanoatda shakar olish maqsadida, xashaki lavlagi esa chorva mollari uchun ozuqa yetishtirish maqsadida ekiladi. Ildiz mevalilar tarkibida 10-30% gacha quruq modda bo‘ladi, ko‘p miqdorda qand, kraxmal, tuzlar, har xil vitaminlar (S, V1, V2, R, RR, K, YE va xokazo) va karotin bo‘ladi. Qand lavlagi Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Qand lavlagi shakar olinadigan ekinlar ichida eng asosiy ekinlardan biri bo‘lib, ildizmevasining tarkibida 18-20% qand moddasi ildiz meva tarkibida 15% quruq modda, shu jumladan 3% kletchatka, 0,7% kul va 0,1% moy va 1,2% oqsil bo‘ladi. Qand ishlab chiqarishda qolgan chiqindi o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Qand lavlagining bargi umumiy hosilni 35-45% ini tashkil qilib, to‘yimlilik xususiyati boshqa o‘simliklar ko‘katidan kam emas. Bargi tarkibida 20% quruq modda to‘planadi, shu jumladan, 2,5-3,5% oqsil, 0,8% moy bo‘ladi. Gektariga 100-150 s ko‘k ozuqa bargi (26-27 ts ga quruq modda) hosil qiladi. Qand lavlagini vatani Turkiya, Eron hisoblanadi. Uning yovvoyi shakllari hozirgi vaqtda ham O‘rta Yer dengizi, Kaspiy va Qora dengiz qirg‘oqlarida, Zakavkaziyada uchraydi. Qand lavlagi dunyodagi 42 ta mamlakatda ekiladi. Qand lavlagi o‘rtacha iqlim o‘simligi bo‘lib, u Kanada, Daniya, Shvetsiya, Polsha, Germaniya, Fransiya, Angliya, Yaponiya, Afg‘oniston, Italiya, Ispaniya, Vengriya, Belgiya, Gollandiya, Shvetsariya, Amerika, Latviya, Belorusiya, Rossiya, Ukraina va Qirg‘izistonda tarqalgan.. Ko‘pchilik ilmiy kuzatishlarda ko‘rsatilishicha, uning vatani O‘rta Yer dengizi hisoblanadi. Sug‘oriladigan yerlarda bu o‘simlik eramizdan oldingi 1500-2000 yil oldin ildizmevasidan Osiyoning tog‘li viloyatlarida, taxminan eramizdan 1000 yil oldin foydalana boshlangan. VIII-XII asrlarda Markaziy Osiyo, Kavkazorti, Sibir va boshqa mamlakatlarga keltirilgan. XVIII-XIX asrlarga kelib, lavlagi ildizmevasi qand olish va oziq-ovqat mahsuloti sifatida ekiladigan bo‘ldi. Yer yuzida qand lavlagi 7,9 mln.ga maydonga ekiladi.
O‘zbekistonda ham qand lavlagiga katta e’tibor berib kelinmoqda. O‘zbekistonda
qand  lavlagi  XX  asr  boshida  keltirilib,  asosan  qand  zavodlariga  mahsulot
yetishtirish uchun ekilib kelgan. 1998 yilda Xorazmda Turkiya bilan birgalikda
shakar  ishlab  chiqadigan  qo‘shma  zavod  ishga  tushirildi.  1999  yil  Xorazm
viloyatida 12 mingga, Qoraqalpog‘istonda 7 mingga yerga qand lavlagi ekish
rejalashtirilgan. Hosildorligi 200-250 sga, lekin ilg‘or xo‘jaliklarda 500-700 sga
hosil olish mumkin.
Hozirgi vaqtda lavlagining 50 dan ortiq navlari tarqalgan, chet eldan keltirib
respublikamizda ekishga tavsiya qilingan quyidagi navlari mavjud: Astro, Gina,
Klavdiya, Kresus, Lena, Mariya, Romeo, Sermo, Sonya, Flora, Serioz.
Botanik xususiyatlari. Qand lavlagi-Beta vulgaris L., V. Saccharifera- Beta
L avlodiga, sho‘radoshlar oilasiga (Chenopodiaceae) kiradi. Shu turga xashaki
(v.crassa) bargli (v.cicia va oshxona yoki qizil (Vescilenta) lavlagilar ham kiradi.
Ikki  yillik  o‘simlik  bo‘lib,  birinchi  yili  to‘p  barg  chiqaradi  va  yo‘g‘on  ildiz
rivojlanadi. Barg bandi asosida kurtak hosil bo‘ladi, ikkinchi yili bu kurtakdan barg
va gulpoya o‘sib chiqadi. 
Ildizi o‘q ildiz bo‘lib, ko‘p yon ildizchalar chiqaradi. Bu ildizchalar ildiz
mevaning ikki tomoniga joylashgan bo‘lib, 2-2,5 m chuqurlikka va 40-50 sm
atrofga tarqaladi. Qand lavlagining asosiy ildizi (ildizmevasi) konussimon bo‘lib,
ikki yoniga tomon bir oz siqilgan. Ildizmevasi ko‘ndalangiga kesib ko‘rilsa, 10-12
konsentrik halqa aniq ko‘rinadi. Bu halqalar tomir-tolali tutamlar va parenxima
to‘qimalarining navbatlanishidan iborat bo‘lib, ularda shakar to‘planadi.
Lavlagi  barglari  oddiy,  yirik,  bandli,  shakli  dumaloq,  cho‘zinchoq,
yuraksimon bo‘lib, bandli, chetlari to‘lqinsimon va sathi silliq yoki qat-qat bo‘ladi.
Barglari yosh paytida bandi  katta bo‘lib, dumaloq shaklda, keyinchalik bandi
uzunlashadi va yuraksimon shaklga kiradi. Barglar pastga, yonga va yuqoriga
qarab  joylashadi,  rangi  yashil  bo‘ladi.  Urug‘  pallaning  orasida  o‘rnashgan
kurtakdan birinchi chin barg, so‘ngra ketma-ket navbatdagi barglar rivojlanadi.
O‘suv davrining davomida doimo yangi barglar paydo bo‘laveradi. Yosh barglar
barg to‘plamining o‘rtasida shakllanadi, chetiga qarigan barglar siqib chiqariladi.
Eng  ko‘p  yashaydigan  va  fotosintez  jarayonida  qatnashadigan  barglar  10-25
tagacha bo‘ladi. Barglarning o‘suv davri 25-75 kunni tashkil etadi. Har 1-3 kunda
Logotip
O‘zbekistonda ham qand lavlagiga katta e’tibor berib kelinmoqda. O‘zbekistonda qand lavlagi XX asr boshida keltirilib, asosan qand zavodlariga mahsulot yetishtirish uchun ekilib kelgan. 1998 yilda Xorazmda Turkiya bilan birgalikda shakar ishlab chiqadigan qo‘shma zavod ishga tushirildi. 1999 yil Xorazm viloyatida 12 mingga, Qoraqalpog‘istonda 7 mingga yerga qand lavlagi ekish rejalashtirilgan. Hosildorligi 200-250 sga, lekin ilg‘or xo‘jaliklarda 500-700 sga hosil olish mumkin. Hozirgi vaqtda lavlagining 50 dan ortiq navlari tarqalgan, chet eldan keltirib respublikamizda ekishga tavsiya qilingan quyidagi navlari mavjud: Astro, Gina, Klavdiya, Kresus, Lena, Mariya, Romeo, Sermo, Sonya, Flora, Serioz. Botanik xususiyatlari. Qand lavlagi-Beta vulgaris L., V. Saccharifera- Beta L avlodiga, sho‘radoshlar oilasiga (Chenopodiaceae) kiradi. Shu turga xashaki (v.crassa) bargli (v.cicia va oshxona yoki qizil (Vescilenta) lavlagilar ham kiradi. Ikki yillik o‘simlik bo‘lib, birinchi yili to‘p barg chiqaradi va yo‘g‘on ildiz rivojlanadi. Barg bandi asosida kurtak hosil bo‘ladi, ikkinchi yili bu kurtakdan barg va gulpoya o‘sib chiqadi. Ildizi o‘q ildiz bo‘lib, ko‘p yon ildizchalar chiqaradi. Bu ildizchalar ildiz mevaning ikki tomoniga joylashgan bo‘lib, 2-2,5 m chuqurlikka va 40-50 sm atrofga tarqaladi. Qand lavlagining asosiy ildizi (ildizmevasi) konussimon bo‘lib, ikki yoniga tomon bir oz siqilgan. Ildizmevasi ko‘ndalangiga kesib ko‘rilsa, 10-12 konsentrik halqa aniq ko‘rinadi. Bu halqalar tomir-tolali tutamlar va parenxima to‘qimalarining navbatlanishidan iborat bo‘lib, ularda shakar to‘planadi. Lavlagi barglari oddiy, yirik, bandli, shakli dumaloq, cho‘zinchoq, yuraksimon bo‘lib, bandli, chetlari to‘lqinsimon va sathi silliq yoki qat-qat bo‘ladi. Barglari yosh paytida bandi katta bo‘lib, dumaloq shaklda, keyinchalik bandi uzunlashadi va yuraksimon shaklga kiradi. Barglar pastga, yonga va yuqoriga qarab joylashadi, rangi yashil bo‘ladi. Urug‘ pallaning orasida o‘rnashgan kurtakdan birinchi chin barg, so‘ngra ketma-ket navbatdagi barglar rivojlanadi. O‘suv davrining davomida doimo yangi barglar paydo bo‘laveradi. Yosh barglar barg to‘plamining o‘rtasida shakllanadi, chetiga qarigan barglar siqib chiqariladi. Eng ko‘p yashaydigan va fotosintez jarayonida qatnashadigan barglar 10-25 tagacha bo‘ladi. Barglarning o‘suv davri 25-75 kunni tashkil etadi. Har 1-3 kunda
yangi barg hosil bo‘ladi. Birinchi o‘suv yili lavlagida 50-90 tagacha barglar hosil
bo‘ladi.  Barg  to‘plamining  pastki  qismida  hosil  kurtaklari  joylashadi.  Shu
kurtaklardan ikkinchi yili poyalar o‘sib chiqadi. Poyasi tik o‘sadi, shohlanadi,
yuzasi qirrali bo‘ladi, balandligi 1,0-1,5m gacha yetishi mumkin. 
Guli beshtalik tipda, yashil rangda bo‘ladi, ikki jinsli. Urug‘chisi beshta,
to‘pguli siyrak boshoq hosil qiladi. Gullar barg qo‘ltiqlarida ikkitadan joylashadi.
Qand  lavlagi  faqat  chetdan  changlanadi.  Gul  changi  birinchidan  ikkinchisiga
shamol va hashoratlar yordamida o‘tadi. Gullash muddati 20 dan 40 kungacha
o‘zgarib  turadi.  Mevasi-yong‘oqcha,  yetilganda  to‘p-to‘p  gullari  2-6  donadan
to‘pmeva hosil qilib qo‘shilib ketadi. To‘p meva 2-6 ta yong‘oqcha tugadi. Har
qaysi meva qopqog‘i ostida yaltiroq qo‘ng‘ir qobiqli urug‘ joylashgan bo‘ladi.
Qo‘shaloq mevalar ekilganda bittasidan 2-6 ta maysa o‘sib chiqadi. Bu yetishtirish
jarayonida ancha qiyinchiliklar tug‘diradi, chunki lavlagini yagona qilishni talab
etadi. 1000 ta urug‘ining vazni 20-50 gr ni tashkil etadi. Urug‘i mayda jigarrang,
sariq rangli, yaltiroq va silliq bo‘lib, ikkita palla va murtakdan iborat.
Hosilni yig‘ib-terib olish paytida qand lavlagi tarkibida o‘rtacha 75% suv va
25% quruq modda bo‘ladi, buning 17,5% ini saxaroza va 7,5% ini shakarsiz
moddalar tashkil qiladi. 
Biologik  xususiyatlari. Qand  lavlagi  o‘sish,  rivojlanish  sharoitiga  juda
talabchan o‘simlik. Lavlagi urug‘i 2-50 C da unib chiqadi, maysalari 6-70 C da paydo
bo‘ladi, lekin 12-150  C da qiyg‘os unib chiqadi, maysalari bahorgi 4-50 sovuqqa
chidashi  mumkin.  Lavlagi  20-220
 C  temperaturada  yaxshi  o‘sadi.  Kuzda
o‘simlikning o‘sishi 2-40 da to‘xtaydi. Gullash davrida harorat 1-20 C bo‘lsa,
o‘simlikni sovuq uradi. Qand lavlagi namga talabchan, qurg‘oqchilikka chidamli.
Transpiratsiya koeffitsiyenti 240-400 ni tashkil qiladi. Eng ko‘p miqdordagi suvni
tez o‘sish davrida, iyul-avgust oylarida talab qiladi.
Qand lavlagi uzun kun o‘simligi hisoblanadi. Agar yorug‘lik yetishmasa,
uning  hosildorligi  va  shakarning  miqdori  pasayib  ketadi.  Qand  lavlagining
vegetatsiya davri hayotining birinchi yili 160-170 kun, ikkinchi yili 100-130 kun
davom etadi. Urug‘ unib chiqish uchun o‘z vazniga nisbatan 150-170% miqdorda
suv talab qiladi. Maysalar paydo bo‘lgandan keyin 6-8 kun o‘tgach, birinchi juft
Logotip
yangi barg hosil bo‘ladi. Birinchi o‘suv yili lavlagida 50-90 tagacha barglar hosil bo‘ladi. Barg to‘plamining pastki qismida hosil kurtaklari joylashadi. Shu kurtaklardan ikkinchi yili poyalar o‘sib chiqadi. Poyasi tik o‘sadi, shohlanadi, yuzasi qirrali bo‘ladi, balandligi 1,0-1,5m gacha yetishi mumkin. Guli beshtalik tipda, yashil rangda bo‘ladi, ikki jinsli. Urug‘chisi beshta, to‘pguli siyrak boshoq hosil qiladi. Gullar barg qo‘ltiqlarida ikkitadan joylashadi. Qand lavlagi faqat chetdan changlanadi. Gul changi birinchidan ikkinchisiga shamol va hashoratlar yordamida o‘tadi. Gullash muddati 20 dan 40 kungacha o‘zgarib turadi. Mevasi-yong‘oqcha, yetilganda to‘p-to‘p gullari 2-6 donadan to‘pmeva hosil qilib qo‘shilib ketadi. To‘p meva 2-6 ta yong‘oqcha tugadi. Har qaysi meva qopqog‘i ostida yaltiroq qo‘ng‘ir qobiqli urug‘ joylashgan bo‘ladi. Qo‘shaloq mevalar ekilganda bittasidan 2-6 ta maysa o‘sib chiqadi. Bu yetishtirish jarayonida ancha qiyinchiliklar tug‘diradi, chunki lavlagini yagona qilishni talab etadi. 1000 ta urug‘ining vazni 20-50 gr ni tashkil etadi. Urug‘i mayda jigarrang, sariq rangli, yaltiroq va silliq bo‘lib, ikkita palla va murtakdan iborat. Hosilni yig‘ib-terib olish paytida qand lavlagi tarkibida o‘rtacha 75% suv va 25% quruq modda bo‘ladi, buning 17,5% ini saxaroza va 7,5% ini shakarsiz moddalar tashkil qiladi. Biologik xususiyatlari. Qand lavlagi o‘sish, rivojlanish sharoitiga juda talabchan o‘simlik. Lavlagi urug‘i 2-50 C da unib chiqadi, maysalari 6-70 C da paydo bo‘ladi, lekin 12-150 C da qiyg‘os unib chiqadi, maysalari bahorgi 4-50 sovuqqa chidashi mumkin. Lavlagi 20-220 C temperaturada yaxshi o‘sadi. Kuzda o‘simlikning o‘sishi 2-40 da to‘xtaydi. Gullash davrida harorat 1-20 C bo‘lsa, o‘simlikni sovuq uradi. Qand lavlagi namga talabchan, qurg‘oqchilikka chidamli. Transpiratsiya koeffitsiyenti 240-400 ni tashkil qiladi. Eng ko‘p miqdordagi suvni tez o‘sish davrida, iyul-avgust oylarida talab qiladi. Qand lavlagi uzun kun o‘simligi hisoblanadi. Agar yorug‘lik yetishmasa, uning hosildorligi va shakarning miqdori pasayib ketadi. Qand lavlagining vegetatsiya davri hayotining birinchi yili 160-170 kun, ikkinchi yili 100-130 kun davom etadi. Urug‘ unib chiqish uchun o‘z vazniga nisbatan 150-170% miqdorda suv talab qiladi. Maysalar paydo bo‘lgandan keyin 6-8 kun o‘tgach, birinchi juft