Ilk qadam davlat o’quv dasturi asosida MTTda faoliyat markazlarida ta’lim
jarayonlarini tashkil qilish
Reja:
1.MTTda ta’lim shakli va mashg’ulot turlari
2.Mashg’ulot jadvalini tuzish talablari.
3.Mashg’ulotga tarbiyachining innovatsion yondashuvi.
Tayanch tushunchalar:
Faoliyat – kishining madaniy ma’naviy ne’matlar yaratish borasidagi hamda
shaxsiy va ijtimoiy sohadagi ma’lum bir maqsad sari qiladigan xatti-
harakatlar majmuasi.
Tushuntirish – ilm-fan va ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi sanaladi.
Tushuncha – bu narsa va hodisalarning umumiy xususiyatlarini ifodalovchi fikr –
tafakkur shakli.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirish
Bog’cha opam “Ilk qadam”dan, olar madad
Chiniqamiz sport bizga berar, quvvat.
Yuramiz, yuguramiz, sakrab har vaqt,
Sog’lom avlod bo’lajakmiz bizlar albat.
O’zbekiston Respublikasi Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning
rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari asosida ishlab chiqilgan “Ilk qadam”
tayanch dasturi asosida bolalarni jismoniy rivojlanishiga aloxida axamiyat
berilmoqda
Bolalarning jismoniy tayyorgarligini nazorat qilish, mashg’ulotlarni tashkil qilishda
tozalik, gigiena talablariga va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilinmoqda.
Gigiena va o’z-o’ziga xizmat
O’z-o’zimga xizmat qilib tolmayman.
Sochiq, sovun, suvdan yiroq ketmayman.
Gigienaga doim rioya qilaman
Men albatta sog’lom bola bo’laman.
O’z-o’ziga xizmat qilish, qo’llarini sovunlab yuvish va artishga o’rgatish.
Sochiqni olish va joyiga qaytarib ilib qo’yish. Tirnoq, qalam va boshqa narsalarni
tishlamaslik
Shaxsiy buyumlardan to’g’ri foydalanishga o’rgatish orqali bolalarda madaniy-
gigienik ko’nikmalarni shakllantirishga erishilmoqda..
Men har kuni tishlarimni yuvaman,
Tish cho’tkayu, poroshogim bunga shay,
Men ulardan foydala olaman,
Sog’lom tishim, xusnimga qo’shar chiroy.
Ovqatlanishdan avval qo’llarni sovunlab yuvib, og‘izlarni chayish va o’z
sochig‘iga artishga odatlantirib boriladi. Ovqatdan keyin ham albatta har bir bola
shaxsiy gigienaga rioya qilgan xolda, yuz,qo’l,oyoqlarini yuvish, tishlarini tish
cho’tkasida yuvib, tozalab ,uyquga yotishga o’rgatib boriladi. Muayyan tartibda
echinib, kiyinishga o’rgatiladi. Toza choyshab, ko’rpa- to’shakda, shamollatilgan
xonada uxlashga axamiyat qaratiladi.Tirnoq,qalam va boshqa narsalarni
tishlamaslik, qo’llarni, labni va boshqa buyumlarni so’rmaslikka o’rgatiladi.
Qomatni to’g’ri tutish.
omatimni tik tutmoqlik odatim
Yordam berar, bunda menga koptogim.
qomatimni kuzatadi, opam doim
O’tirganda, yurganda –yu, turganda ham
Kattalarning nazorati ostida jismoniy mashqlarni muntazam bajartirish orqali
g’omatni to’g’ri shakllanti-
rish, yassitovonlikni oldini olishga imkon beradigan mashqlar guruxi
shakllantiriladi.
Emaklash va tirmashish
Toza havo- tanga davo shiorim,
O’ynamoqqa maydonda bor narvonim,
Emaklayman, tirmashaman, chiqaman,
Yana pastga asta-sekin tushaman.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tomondan rivojlanishlarini
ta’minlashda yurish, yugurish, sakrash, emaklash va tirmashish, irgg’itish,
velosiped xaydash, muvo-
zanat
saqlash
mashqlarini
bajartirish
orqali
amalga
oshirilmoqda.Umumrivojlanuvchi mashqlar, chiniqtiruvchi va sog‘lomlashtiruvchi
mashqlar ham o’z o’rnida qo’llanmoqda.
Sport zalim, bizlar uchun doimo shay,
Salomatlik - tuman boylik deb bilay,
Qator bo’lib, tizilishib barchamiz,
Narvonchaga tirmashamiz paydar-pay.
Bolalar nafaqat o’yin maydonlarda balki sprot zalida ham sport-
sog’lomlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar
saf tortib, navbatma-navbat narvonga chiqib tushishni mashq qilishlari orqali ,
ularni chiniqtirish mo’ljalga olish faoliyatlari takomillashtiriladi.
Uxlash gigienasi.
Uxlashning ham gigienasi bor ekan,
Uyqumizga shirin alla yor ekan,
Alla aytar opajonim erkalab,
Uyqu eltar ko’zlarimni stexrlab.
MTT ning xar bir guruxida Ilk qadamlar aynan bir vaqtda uxlashga yotish, uxlash
oldidan xonani shamollatish, yuvinish, oyoqni yuvish, tishni tozalashga o’rgatish ,
joyini tartibga keltirib keyin o’ringa yotish, uxlash jarayonida alla oxangidan
zavqolib uxlashga odatlantirish, uyqudan keyin bolalar jismonan va ruxan tetik
bo’lishga erishilmoqda.
Ovqatlanish gigienasi.
Ertalabdan o’ynab-kulib, mashq qilib,
Sayrlarda kapalakdek quvlashib,
Maydonchada mehnat qilib, xo’p xorib,
Ovqatjonni qolamizku sog’inib.
Bir qiz,o’g’il navbatlashib, galma-gal
Ovqat uchun tayyorlaymiz , stol shay.
Chinni,qoshiq, tarelkayu salfetka
Bizdek kutar ovqatjonni paydar-pay.
Bolalar maktabgacha yoshdan mehnat malakalarini navbatchilik qilish
jarayonida egallab borishlari bilan birga o’zaro o’rtoqlik munosabatlari
shakllantirib boriladi, shuningdek bolalarni to’g’ri ovqatlanish tartibiga rioya
qilish, ovqat stoli atrofida o’zini to’g’ri tuta bilish, ovqatlanish jixozlaridan to’g’ri
foydalanish, ovoz chiqarmasdan tartibli ovqat eyish, stol atrofida o’tirganda
qomatni to’g’ri tutish, ovqatlanib bo’lgandan so’ng qoshiq va sanchqini taqsimcha
ustiga qo’yish, stol atrofida o’tirganda qomatni to’g’ri tutish, stol ustini yig’ishtirib
qo’yish va idish-tovoqlarni yuvishga yordam berishga o’rgatib borilmoqda.
Shikastlanishning oldini olish:
Extiyot bo’l Ilk qadam, shikastlanib qolmagin,
Yo’ldan o’tayotganda xam, qoidaga rioya qil,
Sakrashda, yugurishda, itarmagin bir-biring,
Yiqilib qolsa do’sting, darxol ko’rsat yordaming….
Ijtimoiy-xissiy rivojlanish
Opajonim o’ynatadi bizlarni
Jam qiladi barcha o’g’il-qizlarni
O’ynab turib xis qilaman o’zimni
Asta-sekin angalayapman “men”imni
Men o’zimni xafa qilib qo’ymayman
Opajonim aytganidan qolmayman
O’rtog’imga yordam berib tolmayman
“Nima yaxshi, nima yomon “ anglayman.