ILMIY ADABIYOTLARNI O‘QISH VA KONSPEKTLASHTIRISH TURLARI (Ilmiy o‘qish va qayd etish shakllari, Konspektlashtirish turlari va ansipasiyadan foydalanish, Materiallarni o‘qish, to‘plash va talqin qilish)

Yuklangan vaqt

2024-05-10

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

177,0 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
 
ILMIY ADABIYOTLARNI O‘QISH VA KONSPEKTLASHTIRISH 
TURLARI 
 
 
REJA: 
1. Ilmiy o‘qish va qayd etish shakllari. 
2. Konspektlashtirish turlari va ansipasiyadan foydalanish 
3. Materiallarni o‘qish, to‘plash va talqin qilish 
  
Tayanch so‘z va iboralar: ilmiy o‘qish, ko‘rib o‘qish, tanishib o‘qish, 
o‘rganib o‘qish, qaydlar, maxsus belgilar, kartoteka, konspektlashtirish, obzor 
matn, qoralama matn, mualliflik huquqi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz ILMIY ADABIYOTLARNI O‘QISH VA KONSPEKTLASHTIRISH TURLARI REJA: 1. Ilmiy o‘qish va qayd etish shakllari. 2. Konspektlashtirish turlari va ansipasiyadan foydalanish 3. Materiallarni o‘qish, to‘plash va talqin qilish Tayanch so‘z va iboralar: ilmiy o‘qish, ko‘rib o‘qish, tanishib o‘qish, o‘rganib o‘qish, qaydlar, maxsus belgilar, kartoteka, konspektlashtirish, obzor matn, qoralama matn, mualliflik huquqi.
Ilmiybaza.uz 
 
 
1. Ilmiy o‘qish shakllari va qayd etish shakllari. 
Ilmni chuqur egallash, ilmiy tadqiqot faoliyatini boshlash, avvalo, ta’lim 
jarayonida beriladigan bilimlarni puxta o‘zlashtirish, o‘zi ustida mustaqil ishlash 
ko‘nikmalarini shakllantirib borishni talab etadi. Buning uchun, avvalo, ma’ruza, 
seminar va amaliy mashg‘ulotlarda mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirib 
borish (asosiy qoida va xulosalarni qisqa, chizma shaklida va ketma-ket yozib 
borish); o‘quv vazifalari va masalalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan 
ma’lumotlarni topish, bilish, tushunish, tanqidiy baholay olish va etkazib berish 
hamda belgilar va ramzlar yordamida uni referat, hisobot shakliga keltira bilish; 
qo‘yilgan talablarga muvofiq o‘z matnini tuza olish; ma’lumotlarni qidirish, 
yig‘ish, ishlov berish va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot 
texnologiyalardan foydalana olish, mustaqil ishlash uchun berilgan o‘quv 
topshiriqlarini bajarish (konspekt yozish, referat tayyorlash, taqdimot qilish, o‘quv 
loyihalarini bajarish va boshqalar) talab etiladi.  
 
 Buning uchun ilmiy o‘qish shakllarini bilishni, o‘quv adabiyotlarni qanday 
o‘qish usullarini bilib olishingiz maqsadli bo‘ladi.  
O‘qish nutq faoliyatining murakkab turi bo‘lib, u 2 jihatga ega: texnik o‘qish 
va ijodiy o‘qish.  Texnik jihati ifodali o‘qish, tez o‘qish, ko‘z yugurtirib o‘qish, 
tanishish uchun o‘qish, o‘rganib chiqish uchun o‘qish kabi turlarga bo‘linadi. 
Ijodiy jihatida esa o‘zi uchun zarur ma’lumotni topish va tanlab olish,  
Ilmiy o‘qishning quyidagi turlari mavjud: 
 
 
 
 
 
 
 
 
ko’rib o’qish 
Tanishib o’qish 
o’rganib o’qish 
Ilmiybaza.uz 1. Ilmiy o‘qish shakllari va qayd etish shakllari. Ilmni chuqur egallash, ilmiy tadqiqot faoliyatini boshlash, avvalo, ta’lim jarayonida beriladigan bilimlarni puxta o‘zlashtirish, o‘zi ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirib borishni talab etadi. Buning uchun, avvalo, ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirib borish (asosiy qoida va xulosalarni qisqa, chizma shaklida va ketma-ket yozib borish); o‘quv vazifalari va masalalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni topish, bilish, tushunish, tanqidiy baholay olish va etkazib berish hamda belgilar va ramzlar yordamida uni referat, hisobot shakliga keltira bilish; qo‘yilgan talablarga muvofiq o‘z matnini tuza olish; ma’lumotlarni qidirish, yig‘ish, ishlov berish va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalana olish, mustaqil ishlash uchun berilgan o‘quv topshiriqlarini bajarish (konspekt yozish, referat tayyorlash, taqdimot qilish, o‘quv loyihalarini bajarish va boshqalar) talab etiladi. Buning uchun ilmiy o‘qish shakllarini bilishni, o‘quv adabiyotlarni qanday o‘qish usullarini bilib olishingiz maqsadli bo‘ladi. O‘qish nutq faoliyatining murakkab turi bo‘lib, u 2 jihatga ega: texnik o‘qish va ijodiy o‘qish. Texnik jihati ifodali o‘qish, tez o‘qish, ko‘z yugurtirib o‘qish, tanishish uchun o‘qish, o‘rganib chiqish uchun o‘qish kabi turlarga bo‘linadi. Ijodiy jihatida esa o‘zi uchun zarur ma’lumotni topish va tanlab olish, Ilmiy o‘qishning quyidagi turlari mavjud: ko’rib o’qish Tanishib o’qish o’rganib o’qish
Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
Ilmiy adabiyotlarni o‘qish jarayonida fikrni bir joyga to‘plash va quyidagi 
tartib-qoidalarga rioya qilish zarur: 
 o‘qib chiqilgan materiallarni tahlil qilish, 
 tushunarsiz atama va tushunchalar mohiyatini aniqlash,  
 siz uchun muhim bo‘lgan savollarga javob axtarish. 
Ilmiy ishingiz yoki sizni qiziqtirgan mavzuga doir fikrlar, dalillar, raqamlar, 
har xil qarashlarni ko‘chirib olmoq zarur bo‘ladi. O‘qish jarayonida olingan 
ma’lumotlarni o‘z nuqtai nazaringizdan baholab borish zarur, ya’ni tanqidiy nuqtai 
nazardan va tadqiqotingiz uchun muhimligi nuqtai nazaridan baholab borish zarur 
bo‘ladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Kitob, ilmiy jurnal, maqolalar to‘plami, tezislar 
to‘plami bilan ishlash tartibi 
Ilmiybaza.uz Ilmiy adabiyotlarni o‘qish jarayonida fikrni bir joyga to‘plash va quyidagi tartib-qoidalarga rioya qilish zarur:  o‘qib chiqilgan materiallarni tahlil qilish,  tushunarsiz atama va tushunchalar mohiyatini aniqlash,  siz uchun muhim bo‘lgan savollarga javob axtarish. Ilmiy ishingiz yoki sizni qiziqtirgan mavzuga doir fikrlar, dalillar, raqamlar, har xil qarashlarni ko‘chirib olmoq zarur bo‘ladi. O‘qish jarayonida olingan ma’lumotlarni o‘z nuqtai nazaringizdan baholab borish zarur, ya’ni tanqidiy nuqtai nazardan va tadqiqotingiz uchun muhimligi nuqtai nazaridan baholab borish zarur bo‘ladi. Kitob, ilmiy jurnal, maqolalar to‘plami, tezislar to‘plami bilan ishlash tartibi
Ilmiybaza.uz 
 
 
Bosqich –  tezlikda ko’zdan kechirish, mundarijani o’qish 
M aqsad –  tezlikda kerakli va qiziqarli materialni 
Agarda siz jurnal, to’plam tarkibiy 
tuzilmasini, sizga tanish olim va 
tadqiqotchilar familiyasini bilsangiz, 
u holda ma’lum bir mavzudagi 
materialni izlash ancha engillashadi. 
Jurnal yoki to’plamga birinchi 
marotaba murojaat qilinganda o’qish 
zarur bo’ladigan maqolalar nomlari 
hoshiyalariga belgi qo’yish foydadan 
xoli bo’lmaydi. 
Bosqich –  belgilab 
qo’yilgan maqolalarni 
chuqur qarab chiqish. 
M aqsad –  zaruriy 
ma’lumotni olish. 
Ushbu bosqichda alohida belgilash, ajratish, matnni alohida 
ma’noli bo’limlarga bo’lish, qirqimlar qilish ko’nikmalariga ega 
bo’lishlikka o’rganib borishingiz zarur bo’ladi. 
 
 
Manba bilan tanishish, odatda, tanishib o‘qishdan boshlanadi. Bunda, 
avvalo, mundarija, predmet ko‘rsatgichi, annotasiya, kirish va xulosa, boblar va 
bo‘limlarga bo‘linishi, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishib chiqiladi. 
Bunday o‘qishdan maqsad muallifning umumiy nuqtai nazari va u ko‘tarib chiqqan 
muammo, ishning tuzilmasi, o‘rganilayotgan muammolar doirasi, eng ahamiyatli 
tushunchalar haqida tasavvurga ega bo‘lishdir. Tanishib o‘qishda o‘zga axborotni 
o‘quvchi ehtiyojlariga mosligi o‘rganiladi, tadqiq etilayotgan mavzu nuqtai 
nazaridan ahamiyatli va qiziqarli bo‘lgan bo‘laklar ajratiladi, ular nafaqat 
tushunish, balki keyingi ish olib borish uchun qayd etilib, muallif va o‘quvchi 
nuqtai nazarlaridan yaqinlik darajasi baholanadi 
Ilmiy matnni batafsil tadqiq etish, o‘rganish uni ko‘rib o‘qishdan 
boshlanadi. Ko‘rib o‘qishdan maqsad o‘qilgan matn haqida umumiy tasavvurga 
ega bo‘lish: unda mavjud bo‘lgan axborot turlari haqida, ularning o‘rganilayotgan 
mavzuga tegishlilik darajasi, bayon etishning xarakteri va uslublari, boblar va 
bo‘limlarga ajratilish tamoyillari kabilar haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish 
hamda manba bilan keyingi ish olib borishning strategiya va taktikasini aniqlab 
olishdir. Ko‘rib o‘qish jarayonida muallifning maqsad va vazifalari anglab olinadi. 
Ishga xos fikr yuritish uslublarining va materialni etkazib berilishining o‘ziga 
xosligi aniqlanadi; mazkur tadqiqotning xususiyatlari haqida birlamchi tasavvur 
Ilmiybaza.uz Bosqich – tezlikda ko’zdan kechirish, mundarijani o’qish M aqsad – tezlikda kerakli va qiziqarli materialni Agarda siz jurnal, to’plam tarkibiy tuzilmasini, sizga tanish olim va tadqiqotchilar familiyasini bilsangiz, u holda ma’lum bir mavzudagi materialni izlash ancha engillashadi. Jurnal yoki to’plamga birinchi marotaba murojaat qilinganda o’qish zarur bo’ladigan maqolalar nomlari hoshiyalariga belgi qo’yish foydadan xoli bo’lmaydi. Bosqich – belgilab qo’yilgan maqolalarni chuqur qarab chiqish. M aqsad – zaruriy ma’lumotni olish. Ushbu bosqichda alohida belgilash, ajratish, matnni alohida ma’noli bo’limlarga bo’lish, qirqimlar qilish ko’nikmalariga ega bo’lishlikka o’rganib borishingiz zarur bo’ladi. Manba bilan tanishish, odatda, tanishib o‘qishdan boshlanadi. Bunda, avvalo, mundarija, predmet ko‘rsatgichi, annotasiya, kirish va xulosa, boblar va bo‘limlarga bo‘linishi, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishib chiqiladi. Bunday o‘qishdan maqsad muallifning umumiy nuqtai nazari va u ko‘tarib chiqqan muammo, ishning tuzilmasi, o‘rganilayotgan muammolar doirasi, eng ahamiyatli tushunchalar haqida tasavvurga ega bo‘lishdir. Tanishib o‘qishda o‘zga axborotni o‘quvchi ehtiyojlariga mosligi o‘rganiladi, tadqiq etilayotgan mavzu nuqtai nazaridan ahamiyatli va qiziqarli bo‘lgan bo‘laklar ajratiladi, ular nafaqat tushunish, balki keyingi ish olib borish uchun qayd etilib, muallif va o‘quvchi nuqtai nazarlaridan yaqinlik darajasi baholanadi Ilmiy matnni batafsil tadqiq etish, o‘rganish uni ko‘rib o‘qishdan boshlanadi. Ko‘rib o‘qishdan maqsad o‘qilgan matn haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish: unda mavjud bo‘lgan axborot turlari haqida, ularning o‘rganilayotgan mavzuga tegishlilik darajasi, bayon etishning xarakteri va uslublari, boblar va bo‘limlarga ajratilish tamoyillari kabilar haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish hamda manba bilan keyingi ish olib borishning strategiya va taktikasini aniqlab olishdir. Ko‘rib o‘qish jarayonida muallifning maqsad va vazifalari anglab olinadi. Ishga xos fikr yuritish uslublarining va materialni etkazib berilishining o‘ziga xosligi aniqlanadi; mazkur tadqiqotning xususiyatlari haqida birlamchi tasavvur
Ilmiybaza.uz 
 
shakllantiriladi; o‘qilayotgan matnning idrok etish uchun qiyin bo‘lgan, anglash va 
qayta ishlovni talab qilgan lavhalari ajratib ko‘rsatiladi. 
Tanishish uchun o‘qish odatda tanishuv va o‘rganuv o‘qishdan oldin 
amalga oshiriladi. Kitob mazmuni, uning boblari va paragraflari, asar muallifi bilan 
tanishish zarurati bo‘lganda foydalaniladi. Tanishib o‘qish jarayonida odatda titul 
varag‘i, mundarija, ayrim xat boshi va gaplar o‘qib chiqiladi. Ushbu 
ma’lumotlarning o‘zi shu manba qay darajada kerakligini aniqlab olishga yordam 
beradi 
Ko‘rib o‘qish bir necha manbalardan ma’lum savollarni ajratib olish, 
shuningdek, olingan ma’lumotlarni taqqoslash va solishtirish, ushbu masala 
bo‘yicha o‘z qarashini ishlab chiqish uchun ishlatiladi. 
O‘rganib o‘qish – o‘qishning faol turi. Siz e’tibor berib, ma’lumot ustida 
to‘xtalib va o‘ylab o‘qiganingizda foydalaniladi. Matndagi bosh fikrni, uning 
maqsadini, isbotlar mantiqini tushunib olish, sizning oldingizga qo‘yilgan 
savollarga javob qidirishga mo‘ljallangan. Ushbu o‘qish turi materialni o‘rganishda 
ketma-ketlikni talab qiladi (paragraflar, boblar, qismlar bo‘yicha), matn haqida 
shahsiy fikrni tuzishga yo‘llaydi, ma’lumotni tanqidli qabul qilish ko‘nikmasini 
shakllantiradi.  
Kitob bilan ishlash mahorati ko‘p jihatdan uning tarkibiy qismlari haqida 
bilimga ega bo‘lish va uning ahamiyatini tushunish, tanishib o‘qish jarayonida 
kitob haqida zaruriy ma’lumotni chiqarib olish mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. 
Kitobning tarkibiy apparati 
 
 
Kitobning 
tarkibiy 
apparati 
(elementlari) 
 sarlavha 
 annotatsiya 
 mundarija 
 so’z boshi 
 so’z oxiri 
 ma’lumot apparati 
 
Ko‘rib o‘qish jarayonida u yoki bu materiallarga har xil yo‘llar bilan belgi 
qo‘yish, ya’ni matnda qaydlar qilinishi mumkin, ularga tayangan holda o‘quvchi 
o‘qishning keyingi bosqichiga o‘tadi, biroq bunday qaydlarni qilganda kitob 
Ilmiybaza.uz shakllantiriladi; o‘qilayotgan matnning idrok etish uchun qiyin bo‘lgan, anglash va qayta ishlovni talab qilgan lavhalari ajratib ko‘rsatiladi. Tanishish uchun o‘qish odatda tanishuv va o‘rganuv o‘qishdan oldin amalga oshiriladi. Kitob mazmuni, uning boblari va paragraflari, asar muallifi bilan tanishish zarurati bo‘lganda foydalaniladi. Tanishib o‘qish jarayonida odatda titul varag‘i, mundarija, ayrim xat boshi va gaplar o‘qib chiqiladi. Ushbu ma’lumotlarning o‘zi shu manba qay darajada kerakligini aniqlab olishga yordam beradi Ko‘rib o‘qish bir necha manbalardan ma’lum savollarni ajratib olish, shuningdek, olingan ma’lumotlarni taqqoslash va solishtirish, ushbu masala bo‘yicha o‘z qarashini ishlab chiqish uchun ishlatiladi. O‘rganib o‘qish – o‘qishning faol turi. Siz e’tibor berib, ma’lumot ustida to‘xtalib va o‘ylab o‘qiganingizda foydalaniladi. Matndagi bosh fikrni, uning maqsadini, isbotlar mantiqini tushunib olish, sizning oldingizga qo‘yilgan savollarga javob qidirishga mo‘ljallangan. Ushbu o‘qish turi materialni o‘rganishda ketma-ketlikni talab qiladi (paragraflar, boblar, qismlar bo‘yicha), matn haqida shahsiy fikrni tuzishga yo‘llaydi, ma’lumotni tanqidli qabul qilish ko‘nikmasini shakllantiradi. Kitob bilan ishlash mahorati ko‘p jihatdan uning tarkibiy qismlari haqida bilimga ega bo‘lish va uning ahamiyatini tushunish, tanishib o‘qish jarayonida kitob haqida zaruriy ma’lumotni chiqarib olish mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Kitobning tarkibiy apparati Kitobning tarkibiy apparati (elementlari)  sarlavha  annotatsiya  mundarija  so’z boshi  so’z oxiri  ma’lumot apparati Ko‘rib o‘qish jarayonida u yoki bu materiallarga har xil yo‘llar bilan belgi qo‘yish, ya’ni matnda qaydlar qilinishi mumkin, ularga tayangan holda o‘quvchi o‘qishning keyingi bosqichiga o‘tadi, biroq bunday qaydlarni qilganda kitob
Ilmiybaza.uz 
 
o‘quvchining o‘ziga tegishli bo‘lgan holda ham, belgilarni qo‘yganda matnga 
xalaqit bermasligi va uni bemalol o‘qish imkoniyatini saqlab qolish haqida o‘ylash 
lozim. Agarda kitob boshqa odamga tegishli bo‘lsa yoki kutubxona mulki bo‘lsa, 
matnda hech qanday qaydlar qilish mumkin emas. Bu holatda alohida qog‘ozda 
belgilar qilib, uni kitobning taalluqli o‘sha varag‘iga qo‘yish lozim. Bunda asosiy 
matnga tegmagan holda tadqiqot uchun zarur bo‘lgan barcha qaydlarni qilish 
mumkin. 
Ko‘rib o‘qish jarayonida qayd qilish usullari 
 
 
Kerakli ma’lumotlarni 
qanday topish yoki 
ajratish mumkin 
 Belgilar qo’yish bilan 
 Qalam bilan belgi qo’yish orqali 
 Alohida belgi tizimini qo’llash 
 
Mutolaa qilingan material mazmunini qayd etish uslullari qatoriga 
quyidagilarni ham kiritish mumkin: 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
Bugungi kunda kartoteka – tilshunosning individual ishidagi til materialini 
qayd etish va saqlashning eng keng tarqalgan uslubidir. Kartoteka uni tashkil 
qiluvchi til dalillari (alohida so‘z, LSV, so‘z shakllari, so‘z birikmalari, turli tovush 
izchilligi, gaplar, matn qismlari, barqaror iboralar, so‘z qatorlari va guruhlari) aks 
ettirilgan va oson birlashishi, ajratilishi, yangi axborotni hamda yangi misollarni 
qo‘shish (yangi kartochkalarni qo‘shish), mavjud bo‘lgan kartochkalarning bo‘sh 
KO’CHIRMALAR 
TUZISH 
MATERIALLARNI 
QAYD ETISH USULLARI 
TEZISLAR 
TUZISH 
KONSPEKTLAR 
TUZISH 
Ilmiybaza.uz o‘quvchining o‘ziga tegishli bo‘lgan holda ham, belgilarni qo‘yganda matnga xalaqit bermasligi va uni bemalol o‘qish imkoniyatini saqlab qolish haqida o‘ylash lozim. Agarda kitob boshqa odamga tegishli bo‘lsa yoki kutubxona mulki bo‘lsa, matnda hech qanday qaydlar qilish mumkin emas. Bu holatda alohida qog‘ozda belgilar qilib, uni kitobning taalluqli o‘sha varag‘iga qo‘yish lozim. Bunda asosiy matnga tegmagan holda tadqiqot uchun zarur bo‘lgan barcha qaydlarni qilish mumkin. Ko‘rib o‘qish jarayonida qayd qilish usullari Kerakli ma’lumotlarni qanday topish yoki ajratish mumkin  Belgilar qo’yish bilan  Qalam bilan belgi qo’yish orqali  Alohida belgi tizimini qo’llash Mutolaa qilingan material mazmunini qayd etish uslullari qatoriga quyidagilarni ham kiritish mumkin: Bugungi kunda kartoteka – tilshunosning individual ishidagi til materialini qayd etish va saqlashning eng keng tarqalgan uslubidir. Kartoteka uni tashkil qiluvchi til dalillari (alohida so‘z, LSV, so‘z shakllari, so‘z birikmalari, turli tovush izchilligi, gaplar, matn qismlari, barqaror iboralar, so‘z qatorlari va guruhlari) aks ettirilgan va oson birlashishi, ajratilishi, yangi axborotni hamda yangi misollarni qo‘shish (yangi kartochkalarni qo‘shish), mavjud bo‘lgan kartochkalarning bo‘sh KO’CHIRMALAR TUZISH MATERIALLARNI QAYD ETISH USULLARI TEZISLAR TUZISH KONSPEKTLAR TUZISH
Ilmiybaza.uz 
 
tomonini to‘ldirish, hamda turli qo‘shimcha varaqlar qo‘shish imkoniyati berishi 
bilan qulay sanaladi. Bunda tashkillashtirishning shakllangan tizimi buzilmaydi.  
Bugungi kunda ma’lumotlar banki manbalari ancha. 
 
 
  
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
   
 
 
 
O‘rganib o‘qish o‘rganilayotgan asarning mazmunini to‘liq anglash, 
muallif nuqtai nazarini va bu nuqtai nazarning ilm-fanda mavjud bo‘lgan boshqa 
qarashlarga qanday aloqadorligini tushunishga qaratiladi. Bunda axborotni nafaqat 
bevosita shakllantirilgan holatlardan, balki turli bilvosita va matn osti 
tuzilmalardan, ya’ni argumentasiya qilish uslublari, tushuntirish va isbotlash 
uslublari, iqtibos, nazariy holat va ko‘rgazmali til materiali o‘rtasidagi aloqalar, 
xulosalarning asoslanganligi kabi jihatlar ham o‘rganiladi. O‘rganib o‘qishda 
o‘quvchi o‘zining tushunishi va anglashini muntazam ravishda tekshiradi. Matnni 
rivojlanishi o‘rganilayotgan ishning butun hajmida kuzatilgan jabha, mavzularga 
bo‘lish ilmiy manbani o‘zlashtirishga yaxshi yordam beradi.  
Katalog 
Kartoteka 
Ro’yxat 
Audio va video yozuvlarning  
xilma-xil turlari 
Elektron  axborot  
ma’lumotlari banki 
Ilmiybaza.uz tomonini to‘ldirish, hamda turli qo‘shimcha varaqlar qo‘shish imkoniyati berishi bilan qulay sanaladi. Bunda tashkillashtirishning shakllangan tizimi buzilmaydi. Bugungi kunda ma’lumotlar banki manbalari ancha. O‘rganib o‘qish o‘rganilayotgan asarning mazmunini to‘liq anglash, muallif nuqtai nazarini va bu nuqtai nazarning ilm-fanda mavjud bo‘lgan boshqa qarashlarga qanday aloqadorligini tushunishga qaratiladi. Bunda axborotni nafaqat bevosita shakllantirilgan holatlardan, balki turli bilvosita va matn osti tuzilmalardan, ya’ni argumentasiya qilish uslublari, tushuntirish va isbotlash uslublari, iqtibos, nazariy holat va ko‘rgazmali til materiali o‘rtasidagi aloqalar, xulosalarning asoslanganligi kabi jihatlar ham o‘rganiladi. O‘rganib o‘qishda o‘quvchi o‘zining tushunishi va anglashini muntazam ravishda tekshiradi. Matnni rivojlanishi o‘rganilayotgan ishning butun hajmida kuzatilgan jabha, mavzularga bo‘lish ilmiy manbani o‘zlashtirishga yaxshi yordam beradi. Katalog Kartoteka Ro’yxat Audio va video yozuvlarning xilma-xil turlari Elektron axborot ma’lumotlari banki
Ilmiybaza.uz 
 
O‘rganish ob’ektini ajratib olish o‘z ichiga tahlilni ma’lum darajada 
kiritilganligi va muallifning nazariy tasavvurlariga asoslanganligi tufayli olim 
ishning tahliliy qismini boshlaganida albatta, jiddiy, nazariy bilimlarga ega bo‘lishi 
lozim, imkon qadar o‘z ilmiy qiziqishlari sohasi haqida to‘liq tasavvurlarga ega 
bo‘lishi kerak. Aynan shu ilmiy o‘qish, hamkasblar bilan jonli muloqot bilan 
ta’minlanadi. SHu bilan birga, bitta sohibdan boshqa sohibga nisbatan oson 
ifodalanib etkazib beriladigan bilimdan tashqari fan bilan mashg‘ul bo‘lgan inson, 
bilimning xususiy shakliga ega bo‘lishi lozim. 
O‘qilgan va eshitilganga ishlov berib anglash fanda umumiy tarzda mavjud 
bo‘lgan fikrlar, bilimlarni chuqurlashtirishga, aniqlashtirishga olib keladi va uni 
xususiyga aylantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu xususiy bilim olimning 
shaxsiy mualliflik huquqi sifatida qaraladigan, kafolatlangan shaxsiy mulki 
hisoblanadi va ayni vaqtda ilm-fanning umumiy zahirasiga qo‘shilib, uni boyitib 
boradi. Bunday transformasiya ilmiy tadqiqot ishining muhim jabhalaridan biridir.  
 
1. 
Konspekt turlari va unda ansipasiyadan foydalanish 
Ilmiy yoki o‘quv-uslubiy adabiyotlarni o‘qishdan keyingi jarayon uni 
konspektlashtirishdir. Konspekt mavzuni mavzuni chuqur o‘zlashtirish, zarur 
ma’lumotlarni xotirada saqlab qolish imkoniyatini beradigan mustaqil o‘qish 
turidir. Konspekt bu oddiy ko‘chirib yozish degani emas. Konspektlashtirishdan 
avval asar yoki maqola o‘qib tushunilishi, zarur o‘rinlar alohida qayd etib olinishi, 
shundan keyingina konspetlashtirishga o‘tilishi kerak bo‘ladi. Konspektdan oldin 
bu jarayon bajarilmasa yoki konspekt yozib turib, boshqa bir narsa tinglab turilsa, 
uning samarasi bo‘lmaydi. Har qanday konspekt diqqatni jamlab bajarishni talab 
etadi. Konspektning rejali yoki erkin, iqtiboslar berilgan yoki oddiy mavzu 
bo‘yicha yoziladigan turlari mavjud.  
 
 
 
 
REJALI 
MATNLI YOKI 
IQTIBOSLI 
 
ERKIN 
 
KONSPEKT 
Ilmiybaza.uz O‘rganish ob’ektini ajratib olish o‘z ichiga tahlilni ma’lum darajada kiritilganligi va muallifning nazariy tasavvurlariga asoslanganligi tufayli olim ishning tahliliy qismini boshlaganida albatta, jiddiy, nazariy bilimlarga ega bo‘lishi lozim, imkon qadar o‘z ilmiy qiziqishlari sohasi haqida to‘liq tasavvurlarga ega bo‘lishi kerak. Aynan shu ilmiy o‘qish, hamkasblar bilan jonli muloqot bilan ta’minlanadi. SHu bilan birga, bitta sohibdan boshqa sohibga nisbatan oson ifodalanib etkazib beriladigan bilimdan tashqari fan bilan mashg‘ul bo‘lgan inson, bilimning xususiy shakliga ega bo‘lishi lozim. O‘qilgan va eshitilganga ishlov berib anglash fanda umumiy tarzda mavjud bo‘lgan fikrlar, bilimlarni chuqurlashtirishga, aniqlashtirishga olib keladi va uni xususiyga aylantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu xususiy bilim olimning shaxsiy mualliflik huquqi sifatida qaraladigan, kafolatlangan shaxsiy mulki hisoblanadi va ayni vaqtda ilm-fanning umumiy zahirasiga qo‘shilib, uni boyitib boradi. Bunday transformasiya ilmiy tadqiqot ishining muhim jabhalaridan biridir. 1. Konspekt turlari va unda ansipasiyadan foydalanish Ilmiy yoki o‘quv-uslubiy adabiyotlarni o‘qishdan keyingi jarayon uni konspektlashtirishdir. Konspekt mavzuni mavzuni chuqur o‘zlashtirish, zarur ma’lumotlarni xotirada saqlab qolish imkoniyatini beradigan mustaqil o‘qish turidir. Konspekt bu oddiy ko‘chirib yozish degani emas. Konspektlashtirishdan avval asar yoki maqola o‘qib tushunilishi, zarur o‘rinlar alohida qayd etib olinishi, shundan keyingina konspetlashtirishga o‘tilishi kerak bo‘ladi. Konspektdan oldin bu jarayon bajarilmasa yoki konspekt yozib turib, boshqa bir narsa tinglab turilsa, uning samarasi bo‘lmaydi. Har qanday konspekt diqqatni jamlab bajarishni talab etadi. Konspektning rejali yoki erkin, iqtiboslar berilgan yoki oddiy mavzu bo‘yicha yoziladigan turlari mavjud. REJALI MATNLI YOKI IQTIBOSLI ERKIN KONSPEKT
Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Rejali konspekt matn va rejaning o‘ziga xos uyg‘unligidir. Bunda manba 
rejasi yoxud batafsil tasavvurni talab qilgan, yoxud batafsil tushuntirishni talab 
qilgan alohida punktlar bo‘yicha batafsil yozuvlar bilan kengaytiriladi.  
Matnli yoki iqtibosli konspekt manbani undan olingan iqtiboslarning 
kengaytirilgan qatorini izchil bayon etish yo‘li bilan tuziladi.  
Erkin konspekt – manbaning mazmunini to‘liq aks etib, qayd etishning 
barcha uslublari bilan yaratiladi.Unda “o‘z” so‘zi bilan hikoya qilish, iqtiboslar, 
ko‘chirmalar va tezislar mavjud.   
Mavzuli konspekt – manba mazmunini to‘liq hajmda emas, balki ma’lum 
mavzuning nuqtai nazaridan aks ettiradi. O‘z navbatida mavzuli konspektlar ikki 
turga bo‘linadi. Bular xronologik va shartli konspektlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MAVZULI 
XRONOLOGIK 
 
SHARHLI 
 
Ilmiybaza.uz Rejali konspekt matn va rejaning o‘ziga xos uyg‘unligidir. Bunda manba rejasi yoxud batafsil tasavvurni talab qilgan, yoxud batafsil tushuntirishni talab qilgan alohida punktlar bo‘yicha batafsil yozuvlar bilan kengaytiriladi. Matnli yoki iqtibosli konspekt manbani undan olingan iqtiboslarning kengaytirilgan qatorini izchil bayon etish yo‘li bilan tuziladi. Erkin konspekt – manbaning mazmunini to‘liq aks etib, qayd etishning barcha uslublari bilan yaratiladi.Unda “o‘z” so‘zi bilan hikoya qilish, iqtiboslar, ko‘chirmalar va tezislar mavjud. Mavzuli konspekt – manba mazmunini to‘liq hajmda emas, balki ma’lum mavzuning nuqtai nazaridan aks ettiradi. O‘z navbatida mavzuli konspektlar ikki turga bo‘linadi. Bular xronologik va shartli konspektlar MAVZULI XRONOLOGIK SHARHLI