ILMIY NUTQ TEXNIKASI VA ILMIY USLUBGA XOS XUSUSIYATLAR (Ilmiy nutq texnikasi, Ilmiy uslub standartlari, Ilmiy uslubda foydalaniladigan lisoniy materiallar)

Yuklangan vaqt

2024-05-10

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

148,0 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
ILMIY NUTQ TEXNIKASI VA ILMIY USLUBGA XOS 
XUSUSIYATLAR 
 
 
REJA: 
1. Ilmiy nutq texnikasi. 
2. Ilmiy uslub tili xususiyatlari  
3. Ilmiy uslub standartlari 
4. Ilmiy uslubda foydalaniladigan lisoniy materiallar 
 
Tayanch tushunchalar: 
Nutq uslublari, funksional uslub, ilmiy uslub texnikasi, ilmda ilmiylik, 
izchillik, adabiy til me’yorlari.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz ILMIY NUTQ TEXNIKASI VA ILMIY USLUBGA XOS XUSUSIYATLAR REJA: 1. Ilmiy nutq texnikasi. 2. Ilmiy uslub tili xususiyatlari 3. Ilmiy uslub standartlari 4. Ilmiy uslubda foydalaniladigan lisoniy materiallar Tayanch tushunchalar: Nutq uslublari, funksional uslub, ilmiy uslub texnikasi, ilmda ilmiylik, izchillik, adabiy til me’yorlari.
Ilmiybaza.uz 
 
 
Ilmiy uslub ilmiy tadqiqot ishining eng zarur va muhim belgilaridan biridir. 
Mazkur uslub fanning turli sohalariga aloqador so‘z va terminlarni (atamalarni) 
ko‘proq tasarruf qilish bilan bayonning ko‘proq mantiqiy dalillarga suyanishi bilan 
boshqa uslublardan ajralib turadi. Ilmiy uslubda tabiat va jamiyat hodisalari aniq, 
qandaydir qoidalar, formulalar, asosida ifodalanadi. Ilmiy bayonda, fikr mantiqiy 
va ashyoviy dalillar bilan mustahkamlanib boradi. Ilmiy uslubda to‘liqsiz gaplar, 
bir tarkibli gaplar, so‘z gaplar deyarli uchramaydi.  
Ilmiy uslubning ilmiy va ilmiy-ommabop ko‘rinishlari bor. Ilmiy-ommabop 
bayoni, o‘zining leksik tartibi va sintaksisi bilan xalq ommasiga mo‘ljallangan 
bo‘ladi: bunga izohli lug‘atlar, sohalarga oid lug‘atlar kiradi. Ilmiy uslubda esa 
tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta’riflanadi, tushuntiriladi. Bu uslub 
o‘zining alohida maxsus vazifasiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ilmiy uslub, 
ilmiy terminologiya bilan bog‘liq. Odatda, terminlar ilmiy uslubning leksikasini 
tashkil etadi. Lekin ilmiy asarlar tili faqat terminlardangina tashkil topmay, unda 
abstrakt leksika va ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega bo‘lgan umumxalq so‘zlari 
ham shartli ravishda qo‘llaniladi.    
Ilmiy uslubda fanning turli sohalariga oid simvol va belgilar, raqamlar ham 
ishlatiladi. Ilmiy uslubning grammatik qurilishi mantiqiy bog‘liqlikni, izchillikni, 
sintaktik aniqlikni talab qiladi. SHuning uchun ilmiy uslubda ellipsis (nazarda 
tutilgan birorta so‘zning tushib qolishi) hodisasidan qochiladi. Masalan, 
predmetning nomini bildirib, kim? nima? qaer? so‘roqlariga javob beradigan 
so‘zlar turkumiga ot so‘z turkumi deyiladi. Keltirilgpn ta’rif ilmiy bayonda bo‘lib, 
bunday fikrlar aniq va izchil tartibda beriladi.  
Ba’zi adabiyotlar ilmiy uslub tilida buyoqdor so‘zlarning bo‘lishini targ‘ib 
qilishdek tuyuladi. Bunga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki ekspressivlik ilmiylikdan 
yiroq. 
Ilmiy uslubning og‘zaki va yozma shakllari ham mavjud. Ilmiy og‘zaki 
uslub tili ancha so‘zlashuv tiliga yaqin bo‘lsa-da, biroq unda qo‘llanilayotgan so‘z-
terminlar, aniqlik, ta’rif va izchilliklar ilmiy uslub ekanligini isbotlab turadi. 
Ilmiybaza.uz Ilmiy uslub ilmiy tadqiqot ishining eng zarur va muhim belgilaridan biridir. Mazkur uslub fanning turli sohalariga aloqador so‘z va terminlarni (atamalarni) ko‘proq tasarruf qilish bilan bayonning ko‘proq mantiqiy dalillarga suyanishi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi. Ilmiy uslubda tabiat va jamiyat hodisalari aniq, qandaydir qoidalar, formulalar, asosida ifodalanadi. Ilmiy bayonda, fikr mantiqiy va ashyoviy dalillar bilan mustahkamlanib boradi. Ilmiy uslubda to‘liqsiz gaplar, bir tarkibli gaplar, so‘z gaplar deyarli uchramaydi. Ilmiy uslubning ilmiy va ilmiy-ommabop ko‘rinishlari bor. Ilmiy-ommabop bayoni, o‘zining leksik tartibi va sintaksisi bilan xalq ommasiga mo‘ljallangan bo‘ladi: bunga izohli lug‘atlar, sohalarga oid lug‘atlar kiradi. Ilmiy uslubda esa tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta’riflanadi, tushuntiriladi. Bu uslub o‘zining alohida maxsus vazifasiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ilmiy uslub, ilmiy terminologiya bilan bog‘liq. Odatda, terminlar ilmiy uslubning leksikasini tashkil etadi. Lekin ilmiy asarlar tili faqat terminlardangina tashkil topmay, unda abstrakt leksika va ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega bo‘lgan umumxalq so‘zlari ham shartli ravishda qo‘llaniladi. Ilmiy uslubda fanning turli sohalariga oid simvol va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi. Ilmiy uslubning grammatik qurilishi mantiqiy bog‘liqlikni, izchillikni, sintaktik aniqlikni talab qiladi. SHuning uchun ilmiy uslubda ellipsis (nazarda tutilgan birorta so‘zning tushib qolishi) hodisasidan qochiladi. Masalan, predmetning nomini bildirib, kim? nima? qaer? so‘roqlariga javob beradigan so‘zlar turkumiga ot so‘z turkumi deyiladi. Keltirilgpn ta’rif ilmiy bayonda bo‘lib, bunday fikrlar aniq va izchil tartibda beriladi. Ba’zi adabiyotlar ilmiy uslub tilida buyoqdor so‘zlarning bo‘lishini targ‘ib qilishdek tuyuladi. Bunga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki ekspressivlik ilmiylikdan yiroq. Ilmiy uslubning og‘zaki va yozma shakllari ham mavjud. Ilmiy og‘zaki uslub tili ancha so‘zlashuv tiliga yaqin bo‘lsa-da, biroq unda qo‘llanilayotgan so‘z- terminlar, aniqlik, ta’rif va izchilliklar ilmiy uslub ekanligini isbotlab turadi.
Ilmiybaza.uz 
 
Bunda, adabiy tilning og‘zaki shakli muhim o‘rin tutadi. Ilmiy uslubda fikr 
yuritayotgan shaxs turli xil tasviriy vositalardan iloji boricha ozod bo‘lmog‘i 
lozim. Har bir fikr o‘zining tasdig‘ini ilmiy va mantiqiy asosda topmog‘i lozim. 
Ilmiy uslubning yozma shakli deganda turli xil ilmiy doiradagi o‘quv qo‘llanmalar 
tilini tushunmoq kerak. Bu uslubning o‘z leksikasi va grammatik qurilmasi bo‘lib, 
uni asosan yuqorida aytganimizdek, termin va atamalar tashkil etadi. SHu o‘rinda 
bir narsani ta’kidlash kerakki, ba’zi ilmiy asarlarda termin va atama 
tushunchalariga turlicha qarashlar mavjud. Bizning fikrimizcha, termin bilan atama 
har ikkisi ham ilmiy uslubning leksikasidir. Termin, ilm-fanga tegishli bo‘lgan 
tushunchalarning nomi: fonetika, ega, kesim, kislorod, vodorod kabi. Atama esa 
mavjud narsalarga atab qo‘yilgan nom: inson, osmon, kitob, olma kabi. 
Ilmiy uslub tili yoki uning yo‘nalishini ilmiy tadqiqot ishlarida, ma’ruzada, 
sharh, annotatsiya kabilarda kuzatish mumkin. Demak, ilmiy uslub bugungi kunda 
alohida soha sifatida shakllanib kelmoqda. Ilmiy uslubga doir har qanday ish yoki 
asar yozilmasin, unda muhim mavzuning o‘ziga xos jihatlari ochib berilishi shart. 
Xullas, ilmiy uslub biror narsa, voqea –hodisa haqida aniq asoslangan, izchil 
ma’lumot berishga qaratilgan bo‘ladi, shunga ko‘ra uni ta’riflab berish, tahlil qilish 
sabablarini aniqlab, isbotlash va natijalarini bayon qilish asosiy o‘rin oladi. 
Darhaqiqat, ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog‘liq 
bo‘lgan vazifaviy uslubdir. U yana ilmiy-texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, 
o‘quv-ilmiy, publitsistik kabi jabhalarga ega. Fanning u yoki bu sohasiga oid 
tushunchalarni ifodalovchi termin va atamalarga boyligi ilmiy uslubning eng 
asosiy xususiyatlaridan biridir. Ko‘rinadiki, ilmiy uslub adabiy tilning me’yorlarini 
to‘la saqlash bilan ajralib turadi. Bu uslubda nutqning ixcham bo‘lishiga intilish 
kuchli, lekin sintaktik qurilma ko‘pincha murakkab bo‘ladi. 
Ilmiy uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta’riflanadi, 
tushintiriladi. Bu stil o‘zining alohida vazifaga ega ekanligi bilan ajiralib turadi. 
Ilmiy uslub ilmiy terminologiya bilan bog‘liq. Odatda, terminlar ilmiy stilning 
leksikasini tashkil qiladi. Lekin asarlar tili faqat terminlardangina tashkil topmay, 
Ilmiybaza.uz Bunda, adabiy tilning og‘zaki shakli muhim o‘rin tutadi. Ilmiy uslubda fikr yuritayotgan shaxs turli xil tasviriy vositalardan iloji boricha ozod bo‘lmog‘i lozim. Har bir fikr o‘zining tasdig‘ini ilmiy va mantiqiy asosda topmog‘i lozim. Ilmiy uslubning yozma shakli deganda turli xil ilmiy doiradagi o‘quv qo‘llanmalar tilini tushunmoq kerak. Bu uslubning o‘z leksikasi va grammatik qurilmasi bo‘lib, uni asosan yuqorida aytganimizdek, termin va atamalar tashkil etadi. SHu o‘rinda bir narsani ta’kidlash kerakki, ba’zi ilmiy asarlarda termin va atama tushunchalariga turlicha qarashlar mavjud. Bizning fikrimizcha, termin bilan atama har ikkisi ham ilmiy uslubning leksikasidir. Termin, ilm-fanga tegishli bo‘lgan tushunchalarning nomi: fonetika, ega, kesim, kislorod, vodorod kabi. Atama esa mavjud narsalarga atab qo‘yilgan nom: inson, osmon, kitob, olma kabi. Ilmiy uslub tili yoki uning yo‘nalishini ilmiy tadqiqot ishlarida, ma’ruzada, sharh, annotatsiya kabilarda kuzatish mumkin. Demak, ilmiy uslub bugungi kunda alohida soha sifatida shakllanib kelmoqda. Ilmiy uslubga doir har qanday ish yoki asar yozilmasin, unda muhim mavzuning o‘ziga xos jihatlari ochib berilishi shart. Xullas, ilmiy uslub biror narsa, voqea –hodisa haqida aniq asoslangan, izchil ma’lumot berishga qaratilgan bo‘ladi, shunga ko‘ra uni ta’riflab berish, tahlil qilish sabablarini aniqlab, isbotlash va natijalarini bayon qilish asosiy o‘rin oladi. Darhaqiqat, ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifaviy uslubdir. U yana ilmiy-texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o‘quv-ilmiy, publitsistik kabi jabhalarga ega. Fanning u yoki bu sohasiga oid tushunchalarni ifodalovchi termin va atamalarga boyligi ilmiy uslubning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. Ko‘rinadiki, ilmiy uslub adabiy tilning me’yorlarini to‘la saqlash bilan ajralib turadi. Bu uslubda nutqning ixcham bo‘lishiga intilish kuchli, lekin sintaktik qurilma ko‘pincha murakkab bo‘ladi. Ilmiy uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta’riflanadi, tushintiriladi. Bu stil o‘zining alohida vazifaga ega ekanligi bilan ajiralib turadi. Ilmiy uslub ilmiy terminologiya bilan bog‘liq. Odatda, terminlar ilmiy stilning leksikasini tashkil qiladi. Lekin asarlar tili faqat terminlardangina tashkil topmay,
Ilmiybaza.uz 
 
unda ko‘p a’nolilik xusisiyatiga ega bo‘lgan umumxalq so‘zlari ham keng 
qo‘llanadi. 
Ilmiy uslub emotsional va obrazli bo‘yoqqa ham ega bo‘ladi. Bu stilning 
aniq va ravshan bo‘lishini uning obrazli va emotsionalligiga qarama-qarshi ko‘yish 
to‘g‘ri emas. Buni falsafa, matematika, mexanika singari aniq fanlar doirasida ham 
kuzatish mumkin. Polyak olimi Leopold Infeldining butun dunyoga mashhur fizik 
tadqiqotchi Eynshteyn haqida aytgan kuyidagi so‘zlari ham bu fikrimizni 
tasdiqlaydi. «Eynshteyn ixcham, ajoyib qilib yozardi, uning uslubidan poeziya 
nafasi sezilib turardi.» Eynshteyn, hayoti va faoliyatigi oid xotiralarida 
yozilishicha, «olim o‘z suhbatiga ba’zan jonli, qiziq o‘xshatish qo‘shib yuboradi… 
hazil, askiya-Eynshteyn uslubida ilmiy tushintirishga xizmat qiladi.» 
O‘zbek ilmiy uslubida obrazli nomlarning roli juda kattadir. Masalan: oq 
tuproq, qora tuproq, qizil tuproq, qo‘ng‘ir tuproq, sho‘rtuproq; vulqon gumbozi, 
vulqon o‘chog‘i, vulqon bombalari; muzlik kamari, muzlik darvozasi, muz tili, 
kulcha muz, marjon qirg‘oq; oy o‘tovi kabi terminlar ham aslida obrazli 
ifodalardan kelib chiqqan. 
Geografiya va astronomiyada ham shunga o‘xshash atamalarni uchratish 
mumkin: Qush bozorlari («bazarы ptichi» yozda tundrada qushlarning 
to‘planadigan joylari), qo‘y peshonalari (barani lbы-qadimgi muzlik silliqlanib 
ketgan do‘ngliklar), -ilon izi (meandr), uchar yulduz (meteor), quyruqli yulduz 
(kometa), somon yo‘li va boshqalar. 
Albatta, ilmiy uslubdagi obrazlilik ilmda ilmiylikni belgilasa, badiiy 
adabiyotda qo‘llaniladigan jihati esa o‘quvchiga estetik ta’sir ko‘rsatish vazifasini 
bajaradi. Obrazlilik (emotsionallik) kategoriyasi agar ilmiy stilda «so‘ngan, nursiz» 
holda ko‘rinsa, badiiy adabiyotda esa «jonli» tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, 
uchar yulduz, somon yo‘li astranom uchun, avvalo, termin vasifasini o‘taydi, 
yozuvchi uchun esa bu so‘z birikmalari o‘xshatish yoki obrazli ifoda manbai 
bo‘lishi mumkin. Ilmiy stilning barcha belgi - alomatlari ularning har birida o‘ziga 
xos bir shaklda takrorlanadi. Masalan, ilmiy stilning ommabop variantida yozilgan 
biror fanga oid kitob, maqola va leksiyalar shu fan masalalari bilan tanish 
Ilmiybaza.uz unda ko‘p a’nolilik xusisiyatiga ega bo‘lgan umumxalq so‘zlari ham keng qo‘llanadi. Ilmiy uslub emotsional va obrazli bo‘yoqqa ham ega bo‘ladi. Bu stilning aniq va ravshan bo‘lishini uning obrazli va emotsionalligiga qarama-qarshi ko‘yish to‘g‘ri emas. Buni falsafa, matematika, mexanika singari aniq fanlar doirasida ham kuzatish mumkin. Polyak olimi Leopold Infeldining butun dunyoga mashhur fizik tadqiqotchi Eynshteyn haqida aytgan kuyidagi so‘zlari ham bu fikrimizni tasdiqlaydi. «Eynshteyn ixcham, ajoyib qilib yozardi, uning uslubidan poeziya nafasi sezilib turardi.» Eynshteyn, hayoti va faoliyatigi oid xotiralarida yozilishicha, «olim o‘z suhbatiga ba’zan jonli, qiziq o‘xshatish qo‘shib yuboradi… hazil, askiya-Eynshteyn uslubida ilmiy tushintirishga xizmat qiladi.» O‘zbek ilmiy uslubida obrazli nomlarning roli juda kattadir. Masalan: oq tuproq, qora tuproq, qizil tuproq, qo‘ng‘ir tuproq, sho‘rtuproq; vulqon gumbozi, vulqon o‘chog‘i, vulqon bombalari; muzlik kamari, muzlik darvozasi, muz tili, kulcha muz, marjon qirg‘oq; oy o‘tovi kabi terminlar ham aslida obrazli ifodalardan kelib chiqqan. Geografiya va astronomiyada ham shunga o‘xshash atamalarni uchratish mumkin: Qush bozorlari («bazarы ptichi» yozda tundrada qushlarning to‘planadigan joylari), qo‘y peshonalari (barani lbы-qadimgi muzlik silliqlanib ketgan do‘ngliklar), -ilon izi (meandr), uchar yulduz (meteor), quyruqli yulduz (kometa), somon yo‘li va boshqalar. Albatta, ilmiy uslubdagi obrazlilik ilmda ilmiylikni belgilasa, badiiy adabiyotda qo‘llaniladigan jihati esa o‘quvchiga estetik ta’sir ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Obrazlilik (emotsionallik) kategoriyasi agar ilmiy stilda «so‘ngan, nursiz» holda ko‘rinsa, badiiy adabiyotda esa «jonli» tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, uchar yulduz, somon yo‘li astranom uchun, avvalo, termin vasifasini o‘taydi, yozuvchi uchun esa bu so‘z birikmalari o‘xshatish yoki obrazli ifoda manbai bo‘lishi mumkin. Ilmiy stilning barcha belgi - alomatlari ularning har birida o‘ziga xos bir shaklda takrorlanadi. Masalan, ilmiy stilning ommabop variantida yozilgan biror fanga oid kitob, maqola va leksiyalar shu fan masalalari bilan tanish
Ilmiybaza.uz 
 
bo‘lmagan kishilar uchun mo‘ljallanganda material ularga tushunarli shaklda 
bayon etiladi, fikr jonli va qiziqarli qilib tushuntiriladi, ilmiy terminlar kam 
qo‘llanadi, umuman tanish bo‘lmagan termin va mavhum formulalaro‘rniga 
konkret tasviriy materiallarga kengroq o‘rin beriladi. Ba’zan aytilayotgan fikrning 
obrazlilik va emotsionalligini ta’minlash uchun badiiy nutq usullaridan ham 
foydalaniladi. Lekin ilmiy stil bilan uning ilmiy-ommabop ko‘rinishi o‘rtasidagi, 
bu xildagi tafovutlar ilmiy stil tushunchasining bir butunligiga, yaxlitligiga, putur 
etkazmaydi. Masalan: Hovuzning qirg‘oqlarida hosil bo‘lgan yupqa muz asta-sekin 
hovuzning o‘rtasiga chuqurroq joylariga siljib, ko‘p o‘tmay butun suv ustini tiniq 
shaffof muz qatlami qoplab oladi. Qahraton sovuqlar boshlanadi, muzning qalinligi 
bir metrga yaqinlashib qoladi. 
Ma’lumki, temirchi temir chambarakni g‘ildirak to‘g‘iniga kiygizishdan 
oldin qizdiradi. CHambarak soviganida qisqarib, to‘g‘inni mahkam siqib turadi. 
Avtor ilmiy-ommabop tekstning boshlanish qismida ifodali so‘zlar, tasviriy 
detallar va tilning boshqa xilma-xil stilistik vositalari yordamida o‘quvchini 
o‘zining asosiy maqsadi sari yo‘naltiradi. So‘ngra ma’lum ilmiy mavzuning 
(jismlarning issiqlikdan kengayishi va sovuqdan torayishi) xususiyatini turli xil 
misollar bilan tushuntiradi. Matn oxirida esa avtor o‘z kuzatishlari asosida 
soddagina umumlashtiruvchi xulosa chiqaradi. Fikrni ilmiy stilga xos aniq va 
ravon formada yakunlaydi. 
Maxsus sohalardan, xususan, fan, texnika, san’at, siyosat, diplomatiya 
sohalarida ham hamma narsa borliqni faqat mantiq jihatdan bilishga qaratilganligi 
sababli ular so‘z va terminlarning nihoyatda ravshan, aniq bo‘lishini talab qiladi. 
Lekin terminlar qanchalik to‘g‘ri tanlangan va ravshan, aniq anglashiladigan 
bo‘lmasin, ularni u yoki bu qoidani ta’riflash jarayonida qayta-qayta 
takrorlayverish ham ma’lum darajada stilistik monotonlikka (bir xillilikka, bir 
tarzdalikka) olib keladi. Stilistik monotonlik matematika yoki fizika fanlarida 
unchalik sezilmasa-da, lekin biologiya, geologiya, ayniksa tarix va filologiya 
fanlarida ochiq ko‘rinib turadi. SHuning uchun ham biror qat’iy ilmiy qoida va 
ta’rifni yorituvchi olimlar oldida ko‘pincha ilmiy bayonning jiddiyligiga xalal 
Ilmiybaza.uz bo‘lmagan kishilar uchun mo‘ljallanganda material ularga tushunarli shaklda bayon etiladi, fikr jonli va qiziqarli qilib tushuntiriladi, ilmiy terminlar kam qo‘llanadi, umuman tanish bo‘lmagan termin va mavhum formulalaro‘rniga konkret tasviriy materiallarga kengroq o‘rin beriladi. Ba’zan aytilayotgan fikrning obrazlilik va emotsionalligini ta’minlash uchun badiiy nutq usullaridan ham foydalaniladi. Lekin ilmiy stil bilan uning ilmiy-ommabop ko‘rinishi o‘rtasidagi, bu xildagi tafovutlar ilmiy stil tushunchasining bir butunligiga, yaxlitligiga, putur etkazmaydi. Masalan: Hovuzning qirg‘oqlarida hosil bo‘lgan yupqa muz asta-sekin hovuzning o‘rtasiga chuqurroq joylariga siljib, ko‘p o‘tmay butun suv ustini tiniq shaffof muz qatlami qoplab oladi. Qahraton sovuqlar boshlanadi, muzning qalinligi bir metrga yaqinlashib qoladi. Ma’lumki, temirchi temir chambarakni g‘ildirak to‘g‘iniga kiygizishdan oldin qizdiradi. CHambarak soviganida qisqarib, to‘g‘inni mahkam siqib turadi. Avtor ilmiy-ommabop tekstning boshlanish qismida ifodali so‘zlar, tasviriy detallar va tilning boshqa xilma-xil stilistik vositalari yordamida o‘quvchini o‘zining asosiy maqsadi sari yo‘naltiradi. So‘ngra ma’lum ilmiy mavzuning (jismlarning issiqlikdan kengayishi va sovuqdan torayishi) xususiyatini turli xil misollar bilan tushuntiradi. Matn oxirida esa avtor o‘z kuzatishlari asosida soddagina umumlashtiruvchi xulosa chiqaradi. Fikrni ilmiy stilga xos aniq va ravon formada yakunlaydi. Maxsus sohalardan, xususan, fan, texnika, san’at, siyosat, diplomatiya sohalarida ham hamma narsa borliqni faqat mantiq jihatdan bilishga qaratilganligi sababli ular so‘z va terminlarning nihoyatda ravshan, aniq bo‘lishini talab qiladi. Lekin terminlar qanchalik to‘g‘ri tanlangan va ravshan, aniq anglashiladigan bo‘lmasin, ularni u yoki bu qoidani ta’riflash jarayonida qayta-qayta takrorlayverish ham ma’lum darajada stilistik monotonlikka (bir xillilikka, bir tarzdalikka) olib keladi. Stilistik monotonlik matematika yoki fizika fanlarida unchalik sezilmasa-da, lekin biologiya, geologiya, ayniksa tarix va filologiya fanlarida ochiq ko‘rinib turadi. SHuning uchun ham biror qat’iy ilmiy qoida va ta’rifni yorituvchi olimlar oldida ko‘pincha ilmiy bayonning jiddiyligiga xalal
Ilmiybaza.uz 
 
etkazmaydigan 
va 
ilmiy 
stilni 
jonli 
va 
ta’sirchanligini 
ta’minlaydigan 
terminlarning sinonimik ekvivalentini topish masalasi turadi. 
1. 
Ilmiy uslub standartlari 
Ilmiy asarning tuzilmaviy xususiyatlari fikrning mantig‘i bilan belgilanadi, 
ular matnning tuzilmaviy unsurlari, kompozitsiya va rubrikasiyasini belgilab 
beradi. Ilmiy tadqiqot jarayonini quyidagi sxema tarzida taqdim etish mumkin:  
1) tadqiqotning dolzarbligi, yangiligi, ob’ekti, predmeti va uslubini asoslab 
berish;  
2) tadqiqot jarayonini tasvirlash;  
3) ish natijalarini taqdim etish va muhokama qilish; 
4) xulosalarni chiqarish.  
Bu mantiqiy sxema fan sohasi, janriga ko‘ra o‘zgarishi mumkin, ma’lum 
darajada muallifning individual uslubiga ham bog‘liqdir. Bularning barchasi ilmiy 
asarning kompozitsiya va rubrikasini belgilab beradi.  
 Ilmiy bilimni qayd etishning asosiy uslubi ilmiy matndir.U adabiy tilning 
ilmiy uslubi vositalari yordamida ma’lum standartlarga ko‘ra yaratiladi.  
 Standart ilmiy matnni tashkillashtirishda ikki sababga ko‘ra juda katta rol 
o‘ynaydi: birinchidan, fan rasional universal bilim turi sifatida qayd etishning 
muvofiq universal uslublarini talab qiladi (masalan, standart matematik formula va 
ularni tashkil qiluvchi ramzlar turli tillardagi va turli fanlarga oid matnlarda 
ishlatiladi); ikkinchidan, ilmiy asarning bosh maqsadi, matnni idrok etuvchiga 
ilmiy izlanishlarning predmetini tashkil qilgan ma’lumotni, axborotning boshqa 
turlarini o‘zlashtirishga e’tiborini qaratmagan holda etkazib berishdir. Bu 
maqsadda matnni tuzish standartlari va tildagi standartlar ham ishlatiladi. Standart 
o‘zining paydo bo‘lishi bilanoq kitobxon nimaga tayyor bo‘lishi, unga axborotning 
qanday turlari taqdim etilishi, ular tasvir ierarxiyasida qanday o‘rinni egallashi 
haqida signal beradi. Standartlar matnning til shakli va muallif tafakkuri mantig‘ini 
ham idrok etilishini osonlashtiradi.   
Standart majburiyligining yuqori darajasi va qo‘llanilishining takroriyligi 
hech qanaqasiga tadqiqotchining individualligini va fikrining originalligini 
Ilmiybaza.uz etkazmaydigan va ilmiy stilni jonli va ta’sirchanligini ta’minlaydigan terminlarning sinonimik ekvivalentini topish masalasi turadi. 1. Ilmiy uslub standartlari Ilmiy asarning tuzilmaviy xususiyatlari fikrning mantig‘i bilan belgilanadi, ular matnning tuzilmaviy unsurlari, kompozitsiya va rubrikasiyasini belgilab beradi. Ilmiy tadqiqot jarayonini quyidagi sxema tarzida taqdim etish mumkin: 1) tadqiqotning dolzarbligi, yangiligi, ob’ekti, predmeti va uslubini asoslab berish; 2) tadqiqot jarayonini tasvirlash; 3) ish natijalarini taqdim etish va muhokama qilish; 4) xulosalarni chiqarish. Bu mantiqiy sxema fan sohasi, janriga ko‘ra o‘zgarishi mumkin, ma’lum darajada muallifning individual uslubiga ham bog‘liqdir. Bularning barchasi ilmiy asarning kompozitsiya va rubrikasini belgilab beradi. Ilmiy bilimni qayd etishning asosiy uslubi ilmiy matndir.U adabiy tilning ilmiy uslubi vositalari yordamida ma’lum standartlarga ko‘ra yaratiladi. Standart ilmiy matnni tashkillashtirishda ikki sababga ko‘ra juda katta rol o‘ynaydi: birinchidan, fan rasional universal bilim turi sifatida qayd etishning muvofiq universal uslublarini talab qiladi (masalan, standart matematik formula va ularni tashkil qiluvchi ramzlar turli tillardagi va turli fanlarga oid matnlarda ishlatiladi); ikkinchidan, ilmiy asarning bosh maqsadi, matnni idrok etuvchiga ilmiy izlanishlarning predmetini tashkil qilgan ma’lumotni, axborotning boshqa turlarini o‘zlashtirishga e’tiborini qaratmagan holda etkazib berishdir. Bu maqsadda matnni tuzish standartlari va tildagi standartlar ham ishlatiladi. Standart o‘zining paydo bo‘lishi bilanoq kitobxon nimaga tayyor bo‘lishi, unga axborotning qanday turlari taqdim etilishi, ular tasvir ierarxiyasida qanday o‘rinni egallashi haqida signal beradi. Standartlar matnning til shakli va muallif tafakkuri mantig‘ini ham idrok etilishini osonlashtiradi. Standart majburiyligining yuqori darajasi va qo‘llanilishining takroriyligi hech qanaqasiga tadqiqotchining individualligini va fikrining originalligini
Ilmiybaza.uz 
 
namoyon qilishga xalaqit bermaydi. Buning sababi, avvalambor, muallifning 
fandagi qadriyati va o‘ziga xosligi bilan shartlanishidadir. Standart esa bu fikrni 
ochib berishga, uni mavjud bilim bilan mutanosiblikda taqdim etishga imkon 
beradi. Undan tashqari, original natijaning tuzilmasi va ifodalash vositalari 
bo‘yicha standart matnda taqdim etish harakati aksariyat hollarda olimga o‘z 
g‘oyalarining yangiligini chuqur anglash, tasvirning shakllangan apparatini qayta 
qurish zaruriyati darajasini ko‘rsatib beradi. Standart sohibi ongida aniq tasavvurga 
ega bo‘lgan ishlab chiqilgan standartning mavjudligi vujudga kelayotgan 
o‘zgarishlarni tezroq va aniqroq bilish imkoniyatini beradi (bunday turdagi har 
qanday standart buyruqli tanlovsiz majburiyatga emas, istakli majburiyatga egaligi 
o‘z-o‘zidan tushunarli), bundan tashqari, bu matnning zarurligi va axborotliligi 
darajasini ham ko‘rsatadi.  
Tasvirlash standarti ko‘plab omillarga bog‘liq ravishda o‘zgaradi: bu 
tadqiqot amalga oshirilayotgan soha predmeti, tasvirlanayotgan ob’ekt va predmet 
turi, tadqiqotning uslubi, maqsad va vazifalari, ilmiy matnning nazarda tutilgan 
adresati kabi omillardir. Bu variativlik muallif tafakkurining individual 
xususiyatlari bilan hamjihatlikda har bir ilmiy matnning unikal, betakror qiyofasini 
yaratadi.  
Ilmiy 
matnni 
yaratishda 
amalga 
oshiriladigan 
standartlar 
umumlashtirishning har xil darajalari bilan tavsiflanadi. Ba’zilari turli janrdagi 
matnlarning differensiyasini ta’minlab beradi. Masalan, nazariy-lingvistik 
monografiyani tuzish prinsiplari ahamiyatli darajada lingvistikaning xuddi shu 
bo‘limi bo‘yicha yozilgan darslikning tuzilmasidan, xuddi shu bo‘limni qomusiy 
lug‘atda tasvirlovchi maqoladan ham farqlanadi. Boshqa standartlar matnning 
alohida qismlarini ularning vazifasiga bog‘liq ravishda tuzish, ma’lum sxemalar 
asosida tasvir, tavsif, isbot, mulohaza, xulosalarni yaratish imkoniyatini beradi. 
Nihoyat, alohida iboralar va murakkab sintaktik yaxlitliklar darajasida ilmiy 
uslub uchun tipik bo‘lgan gap va so‘z birikmalarining modellari qo‘llaniladi. 
Masalan: “...ma’nosi ahamiyatini pasaytirmagan holda”, “qayd etishni lozim 
topdik”, “ammo aytilgan ... degani emas”, “matn tahlilining eng muhim aspektlari 
Ilmiybaza.uz namoyon qilishga xalaqit bermaydi. Buning sababi, avvalambor, muallifning fandagi qadriyati va o‘ziga xosligi bilan shartlanishidadir. Standart esa bu fikrni ochib berishga, uni mavjud bilim bilan mutanosiblikda taqdim etishga imkon beradi. Undan tashqari, original natijaning tuzilmasi va ifodalash vositalari bo‘yicha standart matnda taqdim etish harakati aksariyat hollarda olimga o‘z g‘oyalarining yangiligini chuqur anglash, tasvirning shakllangan apparatini qayta qurish zaruriyati darajasini ko‘rsatib beradi. Standart sohibi ongida aniq tasavvurga ega bo‘lgan ishlab chiqilgan standartning mavjudligi vujudga kelayotgan o‘zgarishlarni tezroq va aniqroq bilish imkoniyatini beradi (bunday turdagi har qanday standart buyruqli tanlovsiz majburiyatga emas, istakli majburiyatga egaligi o‘z-o‘zidan tushunarli), bundan tashqari, bu matnning zarurligi va axborotliligi darajasini ham ko‘rsatadi. Tasvirlash standarti ko‘plab omillarga bog‘liq ravishda o‘zgaradi: bu tadqiqot amalga oshirilayotgan soha predmeti, tasvirlanayotgan ob’ekt va predmet turi, tadqiqotning uslubi, maqsad va vazifalari, ilmiy matnning nazarda tutilgan adresati kabi omillardir. Bu variativlik muallif tafakkurining individual xususiyatlari bilan hamjihatlikda har bir ilmiy matnning unikal, betakror qiyofasini yaratadi. Ilmiy matnni yaratishda amalga oshiriladigan standartlar umumlashtirishning har xil darajalari bilan tavsiflanadi. Ba’zilari turli janrdagi matnlarning differensiyasini ta’minlab beradi. Masalan, nazariy-lingvistik monografiyani tuzish prinsiplari ahamiyatli darajada lingvistikaning xuddi shu bo‘limi bo‘yicha yozilgan darslikning tuzilmasidan, xuddi shu bo‘limni qomusiy lug‘atda tasvirlovchi maqoladan ham farqlanadi. Boshqa standartlar matnning alohida qismlarini ularning vazifasiga bog‘liq ravishda tuzish, ma’lum sxemalar asosida tasvir, tavsif, isbot, mulohaza, xulosalarni yaratish imkoniyatini beradi. Nihoyat, alohida iboralar va murakkab sintaktik yaxlitliklar darajasida ilmiy uslub uchun tipik bo‘lgan gap va so‘z birikmalarining modellari qo‘llaniladi. Masalan: “...ma’nosi ahamiyatini pasaytirmagan holda”, “qayd etishni lozim topdik”, “ammo aytilgan ... degani emas”, “matn tahlilining eng muhim aspektlari