ILMIY-OMMABOP ASARLARNI O‘RGANISH DARSI
NAMUNASI
Mavzu. Bahor shabadasi.
O‘quv materiali. ,,Bahor ta’rifida" (Yusuf Xos Hojib).
Darsning maqsadi:
1. O‘quvchilarga Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish,
bahorning uyg‘onish fasli ekanligi, o‘quvchilarning tabiatdagi o‘zgarishlar haqidagi
bilimlarini boyitish.
2. Bahor faslini qadrlash va sevish hissini tarbiyalash.
3. O‘quvchilarning o‘qish malakalarini yanada rivojlantirish, o‘quvchilar
lug‘atini nasim, turdosh, chin, sabo, haw so‘zlari bilan boyitish, iboralarning
ma’nosini izohlash, savol-topshiriqlar ustida ishlash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi, ilmiy-ommabop asarlarni o‘qish darsi.
Darsning metodi: izohli o‘qish, suhbat, tarmoqlash metodi.
Darsning jihozi: bahor fasli, tabiati tasvirlangan rasmlar, predmet rasmlari:
qushlar, gullar, hayvonlar rasmi.
Darsning borishi
I. O‘quvchilarni yangi o‘rganiladigan mavzuga tayyorlash. Quyidagi
topishmoq aytiladi, o‘quvchilar uning nima haqida eka-nini va javobini topadi: lion
izli yorug‘ nur Bulutlarni quchadi. Jarangdor ovozidan Yer-u osmon ko‘chadi.
(Chaqmoq) Savollar beriladi:
— Topishmoqni topishda sizga qaysi so‘zlar yordam berdi?
— Bu so‘zlar qaysi fasl ta’rifida aytiladi? 1. Aqliy hujum.
— Bahor faslini qanday so‘zlar bilan ta’riflash mumkin? O‘quvchilar javobi
tarmoqlash usulida har xil ranglar bilan kar-tonga yozib boriladi.
2. Bahor faslidagi tarixiy sanalar haqida suhbat.
— Bahor faslida qaysi bayramlar nishonlanadi?
— Siz qaysi bayramni juda yaxshi ko‘rasiz?
3. O‘quvchilarning bahor haqida yod olingan she’rlaridan ayttiriladi.
O‘qituvchi o‘quvchi bilan bo‘lgan suhbatni umumlashtiradi: Bahor — yaxshi
kayfiyat, mehnat qilishga ishtiyoq uyg‘otadigan fasl. Shuning uchun qadimdan shoir
va yozuvchilarimiz bahorni madh etib she’rlar bitgan, hikoyalar yozgan. Shunday
yozuvchilarimizdan biri Yusuf Xos Hojibdir. Siz bu yozuvchi haqida oldingi
darslarimizda eshitgansiz.
— Eslang. Yozuvchining qaysi asaridan parcha o‘qigansiz? O‘sha parcha nima
deb .nomlangan edi? Unda nima haqida hikoya qilingan edi? (Yaxshilik va
yomonlik, bilimdonlik va nodonlik haqida).
— Yusuf Xos Hojibning ,,Qutadg‘u bilig" asaridan yana bir parcha o‘qiymiz.
O‘ylang. Bu parcha qaysi mavzuda bo‘lishi mumkin? Xat-taxtaga mavzu va o‘quv
materiali nomi yoziladi:
Mavzu. Bahor shabadasi.
O‘quv materiali. ,,Bahor ta’rifida" (Yusuf Xos Hojib).
1. Asar bilan tanishtirish. Matnni o‘qituvchi o‘qib beradi. So‘ngra topshiriq
bejiladi:
— Asarni diqqat bilan tinglang. Yozuvchi bahorni qanday
ta’riflagan?
2. Kirish suhbati:
— Asar nima haqida ekan?
— Unda nimalarning ta’rifi berilgan?
3. Topshiriq asosida ichida o‘qish.
— Asarni o‘qing. O‘zingizga ma’nosi notanish so‘zlarni belgilang.
4. Lug‘at ishi.
Nasim — shabada, shamol
chechaklar
—
gullar
Firdavs — bog‘, jannat bog‘i ifor — yoqimli hid
Chin — Xitoy Mitsqffb — toza, pokiza
Mushk-anbar
—
xushbo‘y
hid
Navo
—
kuy
Sabo eli — shamol nafasi
5. Asarni qismlarga bo‘lib o‘qitish.