ILMIY TADQIQOTDA DALILLARNING ROLI (Ilmiy dalilning tavsifi va xossalari, Empirik dalilning xossalari)
Yuklangan vaqt
2024-07-21
Yuklab olishlar soni
5
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
50,6 KB
ILMIY TADQIQOTDA DALILLARNING ROLI
11.1. Dalilning falsafiy tahlili.
11.2. Empirik dalilning xossalari
11.3. Ilmiy dalilning tavsifi va xossalari
11.4. Ilmiy dalilning strukturasi
11.1.Dalilning falsafiy tahlili.
Ilmiy muammoni qo‘yish, uning yechimini topish, ilgari surilgan qoidalarni
tekshirish uchun ob’ektiv haqiqiyligi aniqlangan bilim zarur. Bu haqqoniy ilmiy
bilim ilmiy ijodda tayaniladigan dalil hisoblanadi. N.Shermuxamedova dalillarni
ob’ektiv va sub’ektiv asoslarga ko‘ra farqlash mumkin, deb ta’kidlab o‘tadi1.
Bizning fikrimizcha, ob’ektiv dalil bu empirik daraja eksperiment va kuzatishlar
natijasida olinadi. Sub’ektiv dalil esa mazkur voqea hodisalarning sub’ekt
tomonidan nazariy tahlil qilishdir. Shuningdek, dalil ilmiy bilish standartlariga to‘la
mos keluvchi turli-tuman asoslarga tayanadi. Hatto, u ilmiy bilish chegarasini
aniqlab olishga yordam beruvchi ilmiy bilish shakli hisoblanadi. Ilmiy dalil ham
olimga yangi, haqqoniy ilmiy bilim olishiga ko‘malashuvchi muhim omil
hisoblanadi. Ayni shu ma’noda, dalillarni topish, olish va anglab yetish ilmiy
ijodning uzluksiz jarayon ekanligini belgilaydi.
Dalil tushunchasi har xil ma’no-mazmunga ega. «Dalil» atamasining ko‘p sonli
ta’riflari orasida quyidagilarni qayd etish mumkin. Birinchidan, borliq hodisasi, asos
qilib olish mumkin bo‘lgan voqea, hodisa, holat sifatidagi dalil. Bu inson tomonidan
anglangan yoki anglanmaganligidan qat’i nazar mavjud bo‘lgan hayot dalillaridir.
1 Қаранг: Шермухамедова Н.А. Гносеология - билиш назарияси. – Тошкент: Noshir, 2011.– Б. 179-183.
Ikkinchidan, «dalil» tushunchasi borliqning anglab yetilgan voqealari va
hodisalarini belgilash uchun qo‘llaniladi. Inson bilish imkoniyatlarining serqirraligi
shunda namoyon bo‘ladiki, borliqning ayni bir dalili bilishning oddiy va ilmiy
darajalarida, san’at, publitsistika yoki yuridik amaliyotda anglab yetilishi mumkin.
Shu sababli turli usullar bilan aniqlanadigan har xil dalillarning ishonchlilik darajasi
ham har xil bo‘ladi. Ko‘pincha ilmiy dalil bilan borliq voqeasi o‘xshash bo‘lib
ko‘rinadi va bu ayrim faylasuflar va olimlarga dalil haqiqatini mutlaq haqiqat
sifatida tavsiflash imkonini beradi. Bunday tasavvur bilishning haqiqiy manzarasiga
mos kelmaydi, uni dogmaga aylantiradi va soddalashtiradi.
Dalillar murakkab tuzilishga ega. Ular borliq haqidagi axborot, dalil talqini, uni
olish va tavsiflash usulini o‘z ichiga oladi.
Dalilning muhim tomoni – borliq yoki uning ayrim xossalari haqida tasavvurning
shakllanishiga imkoniyat yaratuvchi borliq to‘g‘risidagi axborot. Dalilning borliqqa
muvofiqligi uni haqiqiy deb tavsiflash imkonini beradi. Shu sababli dalillar fanning
empirik asosi, nazariyani tasdiqlash yoki inkor etishning muhim usuli hisoblanadi.
Dalil yordamida borliq xolisona, nazariyaga bog‘lanmagan holda anglab yetiladi.
Dalillar eski nazariya doirasiga sig‘maydigan, unga zid bo‘lgan hodisalarni kashf
etish imkonini beradi.
Talqin qilish dalilning muhim unsuri bo‘lib, u har xil shakllarda amalga oshiriladi.
Ilmiy dalil nazariya bilan bilvosita bog‘liq. Nazariya yordamida empirik
tadqiqotning vazifalari aniqlanadi va uning natijalari talqin qilinadi. Talqin qilish
dalil tarkibidan uni shakllantirishning nazariy-metodologik sharti, dalildan kelib
chiqadigan nazariy xulosa, uning ilmiy izohi yoki har xil mafkuraviy, ilmiy yoki
falsafiy nuqtai nazarlardan amalga oshiriladigan baholash sifatida o‘rin oladi.
Dalilning moddiy-texnik yoki metodik tomoni, ya’ni uni olish usuli ham bor.
Dalilning ishonchliligi ko‘p jihatdan u qaysi usulda, qanday vositalar yordamida
olinganligi bilan belgilanadi. Masalan, saylovoldi kampaniyalarida nomzodlar
reytingi, ularning muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi sotsiologik
tadqiqotlarning natijalaridan ko‘p foydalaniladi. Ko‘pincha ularning natijalari bir-
biridan sezilarli darajada farq qiladi, ba’zan bir-biriga mutlaqo zid bo‘ladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xatoga yo‘l qo‘yish imkoniyati istisno etilsa, bunday farqlarning
sababi metodikalarning har xilligi bilan izohlanishi mumkin.
Dalil – “bu o‘tmishga yoki hali davom etayotgan hozirgi davrga tegishli bo‘lgan,
lekin kelajakka hech qachon tegishli bo‘lmaydigan harakat, hodisa, voqea; bu –
xayolot, uydirmaga qarama-qarshi o‘laroq, voqelik, o‘ylab topilmagan narsa yoki
hodisa; bu – abstrakt va umumiyga qarama-qarshi o‘laroq aniq va yakka narsa yoki
hodisa; nihoyat, “dalil” tushunchasi bir karralik hodisalar yoki voqealardan bir-biri
bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan hodisalar yig‘indisi, jarayonlar, munosabatlarga
ko‘chirilgan...”.
Dalillar – bu fanni falsafa va dindan farqlash imkonini beradigan fanning
asosiy omili. Falsafa ham, din ham bunday dalillar va umumlashtirishlarni
yaratmaydi. Dalil (lot. factum – yuz bergan hodisa) – haqiqiyligi aniq belgilangan
da’vo ko‘rinishidagi bilim. Dalil – bu sodir bo‘ladigan (sodir bo‘lgan) voqea. Dalil
qayd
etilgan
empirik
bilimni
o‘zida
ifodalaydi
va
“voqea”,
“natija”
tushunchalarining sinonimi sifatida amal qiladi (ya’ni ma’no jihatidan ular bilan
ayniy yoki ularga yaqin turadi). Dalil – bu amalda aniqlangan, uydirma bo‘lmagan
voqea, hodisa. Dalil – bu bilish mumkin bo‘lgan hodisa; bilish mumkin bo‘lmagan
hodisa ilmiy dalil hisoblanmaydi. Fanda dalillar nazariy mulohazalarning axborot
manbai va empirik asosi vazifasini bajarish bilan bir qatorda, ularning haqiqiyligi
mezoni bo‘lib ham xizmat qiladi. O‘z navbatida, nazariya dalilning konseptual
asosini shakllantiradi: voqelikning o‘rganilayotgan jihatini farqlaydi, dalillarni
bayon etish tilini, eksperimental tadqiqot vositalari va usullarini belgilaydi. Bu
yerda eng katta qiyinchilik haqiqiy dalillarni haqiqiy bo‘lmagan, haqiqiy bo‘lib
tuyulayotgan dalillardan farqlashdan iborat.
11.2.Empirik dalilning xossalari.
Empirik dalillar fanda ilmiy nazariyalar tayanadigan empirik bazisni hosil
qiladi. Empirik darajaning ichki tuzilishida kamida ikki kichik daraja farqlanadi: a)
bevosita kuzatishlar va eksperimentlar. Kuzatish ma’lumotlari ularning natijasi
hisoblanadi; b) bilish amallari. Ularning yordamida kuzatish ma’lumotlaridan
empirik bog‘lanishlar va dalillarga o‘tish amalga oshiriladi. Kuzatilgan dalil – bu
ikki qismdan iborat bo‘lgan da’vo. Dalil tavsifi – muayyan sharoitlarda kuzatish
mumkin bo‘lgan narsa yoki hodisa tavsifi. Kuzatishni o‘tkazish sharoitlari – bu
da’voning birinchi qismida tavsiflangan narsa yoki hodisani qaysi sharoitlarda
kuzatish mumkinligining tavsifi.
Hozirgi zamon epistemologiyasida “nazariya – dalil” munosabatiga nisbatan
ikki asosiy yondashuvni farqlash mumkin. Ulardan birining zamirida yotuvchi
g‘oyani muxtasar tarzda quyidagicha ta’riflash mumkin: ilmiy dalillar nazariyadan
tashqarida yotadi va unga mutlaqo bog‘liq bo‘lmaydi.
Ikkinchi konsepsiya qarama-qarshi fikrga tayanadi: ilmiy dalillar nazariya
doirasida yotadi va u bilan to‘liq belgilanadi.
Ikkinchi nazariya tarafdorlari dalilning mustaqilligiga, uning nazariyaga
qaram emasligiga havola qiladilar. Agar dalil deganda ishlarning amaldagi holatini
tushunadigan bo‘lsak, uning nazariyadan mustaqil ekanligi aniq va ravshan. Dalil
hissiy obraz sifatida talqin qilingan holda, hissiy idrokning tildan mustaqil
ekanligiga urg‘u beriladi. Muayyan gaplar sifatidagi dalillar to‘g‘risida so‘z
yuritilgan holda esa, ushbu gaplar nazariya gaplari bilan taqqoslaganda alohida
xususiyat kasb etishiga e’tibor qaratiladi: bunday gaplar yo “sof” hissiy yo‘l bilan
idrok etilgan narsa yoki hodisani ifodalaydi, yo kuzatish atamalarini o‘z ichiga oladi,
yo o‘ziga xos tarzda verifikatsiya qilinadi. Barcha hollarda mazkur nazariya dalillar
va nazariyani bir-biriga keskin qarama-qarshi qo‘yadi va bu epistemologiyada turli-
tuman oqibatlarga olib keladi. Xususan, mazkur nuqtai-nazar bir-birining o‘rniga
keluvchi nazariyalarga nisbatan dalillar va kuzatish tilining bir variantliligini
tasdiqlaydi. Ilmiy bilimning rivojlanishini tushunishda primitiv kumulyativizm bir
variantlilikning e’tirof etilishi bilan uzviy bog‘liq. Aniqlangan dalillar g‘oyib
bo‘lishi yoki o‘zgarishi mumkin emas, ular faqat to‘planishi mumkin, bunda
dalillarning qimmati va mazmuniga ularni saqlash muddati ta’sir ko‘rsatmaydi:
aytaylik, Fales tomonidan aniqlangan dalillar o‘zgarmagan ko‘rinishda bizgacha
yetib kelgan. Bu nazariyaning bilishdagi roliga past nazar bilan qaralishiga va uning
instrumentalistik nuqtai nazardan talqin qilinishiga olib keladi. Ishonchli,
asoslangan, saqlanadigan bilim – bu faqat o‘zgarmas dalillarni bilish demak,
bilishda o‘zgaruvchan, o‘tkinchi bilimlarning barchasi faqat dalillarni kashf etishga
yordam bergani uchun ham ahamiyatga ega bo‘ladi. Nazariyaning qimmati faqat shu
bilan belgilanadiki, u o‘zidan keyin bir nechta yangi dalillar haqidagi bilimni
qoldiradi. Ushbu talqinda dalillar nazariyani qamrab oladi. Ko‘rib turganimizdek,
mazkur konsepsiya olim va uning nazariyasiga ancha passiv rolni ajratadi. Dalillar
va ularning birikmalari bilish jarayoniga qadar mavjud bo‘ladi va biluvchi
sub’ektning vazifasi faqat ularni qayd etishdan iboratdir. To‘g‘ri, nazariya yangi
asboblar va vositalarning ishlab chiqilishini rag‘batlantirishi ham mumkin, ammo
bu olimlar tomonidan aniqlanayotgan dalillar doirasini faqat kengaytiradi yoki ularni
yanada to‘g‘ri aniqlash uchun imkoniyat yaratadi. Bunda olim tabiatdan fotografik
aniqlik bilan nusxa ko‘chiruvchi musavvirga o‘xshab qoladi va uning barcha badiiy
vositalari faqat bitta maqsadga – portretni originalning ko‘zgudagi aksiga
aylantirishga qaratiladi.
Olimlarning boshqa bir nuqtai nazariga ko‘ra, dalillar deganda hissiy
obrazlar yoki gaplar tushuniladi. Ammo, birinchi nuqtai nazarga qarama-qarshi
o‘laroq, bu yerda dalillarning nazariya bilan uzviy aloqasiga urg‘u beriladi. Bunda
turli paradigmalarning tarafdorlari ayni bir vaziyatda har xil hissiy obrazlarni oladi,
binobarin, ular qo‘lga kiritadigan dalillar ham har xil bo‘ladi. Ilmiy dalil tabiati
xususidagi shunga o‘xshash qarashlarni P.Feyerabend ham rivojlantiradi. Uning
uchun dalil – bu hissiy idrok etilgan narsa yoki hodisaning muayyan gap bilan
birikmasi. Bu gapni u idrok etilgan narsa yoki hodisaning “tabiiy talqini” deb ataydi.
Masalan, tashlangan toshning vertikal tushish dalili ikki tarkibiy qismga – muayyan
hissiy idrok etish va “Tosh vertikal tushadi” gapiga bo‘linadi. Hissiy idrok etilgan
narsalar va hodisalarni tabiiy talqin qilish nazariya bilan belgilanadi. Tabiiy talqinlar
tarkibiga kiruvchi atamalarning ma’nolarini o‘zgartirish orqali tadqiqotchi ushbu
talqinlarni ham o‘zgartiradi va, binobarin, boshqa dalillarni oladi.
Ikkala paradigmaning ham zaifligi shu bilan belgilanadiki, ularning zamirida
yotuvchi sog‘lom g‘oyalar mutlaqlashtiriladi va o‘ta bo‘rttirib ifodalanadi, “nazariya
– dalillar” munosabati a’zolaridan birini ma’nodan mahrum etadi.
11.3.Ilmiy dalilning tavsifi va xossalari.
Ilmiy dalil empirik bilishning natijasi hisoblanadi. Dalil (yoki dalillar)ni aniqlash
ilmiy tadqiqotning zaruriy shartidir. Dalil – bilimning tasdiqlangan boyligiga
aylangan moddiy yoki ma’naviy dunyo hodisasi, biron-bir hodisa, xossa yoki
munosabatni qayd etishdir. A.Eynshteyn so‘zlari bilan aytganda, fan dalillardan
boshlanishi va boshlanish bilan tugallanish o‘rtasida qanday nazariy tuzilmalar
bo‘lishidan tuzilishidan qat’i nazar, dalillar bilan yakunlanishi lozim.
Fanning ko‘p asrlik tarixi nafaqat kashfiyotlar tarixi, balki dalillarni nazariy
mavhumlashtirish, umumlashtirish yoki tizimga solishning muhim omili
hisoblangan fan tilining rivojlanish tarixi hamdir. Shu sababli har qanday dalil belgi-
aloqa jihati, ya’ni u tavsiflangan fan tiliga ega bo‘ladi. Grafiklar, sxemalar, ilmiy
belgilar va atamalar – fan tilining muhim atributlari. Agar ilmiy kashfiyotni odatdagi
atamalarda tavsiflashning iloji bo‘lmasa, uni idrok etish jarayoni ba’zan uzoq
yillarga cho‘ziladi.
Ilmiy bilimning rivojlanishiga qarab tabiiy til unda ifodalanayotgan narsalar
mazmuniga semantik jihatdan muvofiq emasligi bo‘rtib ko‘rina boshladi. Tabiiy til
iboralarining serma’noliligi, gaplar mantiqiy tuzilishining noaniqligi, til
belgilarining
ma’nolari
kontekst
ta’sirida
o‘zgaruvchanligi,
psixologik
assotsiatsiyalar – bularning barchasi ilmiy bilishda zarur bo‘lgan ma’noning aniqligi
va ravshanligiga erishishga monelik qilardi. Natijada tabiiy tilni sun’iy tarzda
formallashtirilgan til bilan almashtirishga ehtiyoj tug‘ildi. Uning kashf etilishi
fanning bilish vositalarini juda boyitdi, unga yangi va yangi murakkab vazifalarni
yechish imkonini berdi. Shuni ta’kidlash lozimki, ilmiy dalillar ham, gipotezalar,
nazariyalar, ilmiy muammolar ham fanda yaratilgan sun’iy tillarga tayanadi.
Ilmiy dalil nazariy tizimga kiradi va ikki muhim xossa: ishonchlilik va bir
variantlilikka ega bo‘ladi. Ilmiy dalilning ishonchliligi shunday namoyon bo‘ladiki,
uni tadqiqotchilar tomonidan turli davrlarda o‘tkaziladigan yangi eksperimentlar
yordamida olish va ifodalash mumkin. Ilmiy dalilning bir variantliligi shundan
iboratki, u o‘zining ishonchliligini talqinlarining rang-barangligidan qat’i nazar
saqlab qoladi.
Dalil ba’zan tasodifiy narsalarni ham o‘z ichiga oladi. Fanni avvalo umumiy,
qonuniy narsalar qiziqtiradi. Ilmiy tahlil negizini bitta dalil emas, balki asosiy
tendensiyani aks ettiruvchi dalillar to‘plami tashkil etadi. Dalillar son-sanoqsizdir.
Ko‘p sonli dalillar orasidan muammoning mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan
ayrimlari oqilona tanlab olinishi lozim.
Biroq bunda amaliyot mezoni amalda insonning biron-bir tasavvurini to‘liq
tasdiqlash yoki inkor etishga qodir emasligini unutmaslik kerak. Bu mezon ham shu
darajada nomuayyanki, u insonga o‘z bilimlarini to‘ldirish va rivojlantirishga
muhtoj bo‘lmagan uzil-kesil va to‘liq haqiqatga aylantirish imkonini bermaydi.
Dalillar ularni talqin qiluvchi nazariya, ularni tasniflash metodi mavjud bo‘lgan,
ular boshqa dalillarga bog‘lab anglab yetilgan holdagina ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Faqat o‘zaro bog‘langan va yaxlit ko‘rinishda dalillar nazariy umumlashtirish uchun
asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Alohida va tasodifan, hayotdan ajratib olingan
dalillar biron-bir narsa yoki hodisani asoslashga qodir emas. Noto‘g‘ri tanlab
olingan dalillardan har qanday nazariyani tuzish mumkin, biroq u hech qanday ilmiy
ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Kogerent nazariyaga muvofiq «dalil» - bu biluvchi sub’ektning haqiqiy deb tan
olgan narsalaridir. Bunda sub’ektning mavjud bo‘lgan ishonchlari sistemasi
(birgalikdagi) ichki kelishilgan sistema, deb qaraladi. F.Bekon o‘z bilish
nazariyasida empirik dalilarning ahamiyatini ulug‘laydi. Uning fikricha, “Sof
empirik olim chumoliga o‘xshab faqat dalillarni yig‘ishi va ular bilan kifoyalanadi,
sof ratsionalist, nazariyotchi esa, aksincha, dalillarga e’tibor bermay, o‘rgimchakka
o‘xshab o‘z-o‘zidan nazariy to‘r to‘qiydi, biroq haqiqiy olim asalariga o‘xshab har
xil gullardan material yig‘adi va ularni o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etadi”2. Bunda
mazkur dalillar yordamida nazariyaga aniqlik kiritish yoki aksincha, uni eskirgan va
o‘z ahamiyatini yo‘qotgan deb topish talab etiladi. Ayni shu ma’noda, ilmiy dalil
empirik bilishning natijasi hisoblanadi. Biroq dalillar nazariyani belgilamaydi, balki
nazariya o‘zining anglab yetilgan tajribasiga kirishi mumkin bo‘lgan u yoki bu
dalillarni tanlaydi. Shuning uchun ham A.Eynshteyn “Fan dalillardan boshlanishi va
boshlanish bilan tugallanish o‘rtasida qanday nazariy tuzilmalar bo‘lishidan,
tuzilishidan qat’i nazar, dalillar bilan yakunlanishi lozim”3 degan xulosaga keladi.
Mazkur fikr muayyan darajada to‘g‘ri. Chunki ilmiy dalil o‘zining ishonchliligini
talqinlarining rang-barangligidan qat’i nazar o‘z mazmun-mohiyatini saqlab qoladi.
Dalillarni umumlashtirish tahlil, sintez qilish, tiplarga ajratish, birlamchi
tushuntirish sxemalaridan foydalanish va hokazolar asosida amalga oshiriladi.
Dalillar saralab olingani, tasniflangani, umumlashtirilgani va tushuntirilganidan
keyingina ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Fanning rivojlanishida dalillarning muhim roli to‘g‘risida so‘z yuritar ekan,
V.I.Vernadskiy shunday deb yozgan edi: “Ilmiy dalillar ilmiy bilim va ilmiy ishning
asosiy mazmunini tashkil etadi. Ular, agar to‘g‘ri aniqlangan bo‘lsa, shak-shubhasiz
va hamma uchun majburiydir. Ular bilan bir qatorda asosiy shakli empirik
umumlashtirishlar bo‘lgan muayyan ilmiy dalillar tizimlari farqlanishi ham
mumkin”.
Ilmiy dalil – bu faqat voqea tavsifi yoki o‘lchangan kattalik emas, balki
boshqa ko‘p sonli ma’lumotlar hamdir: dalil qachon, qay tarzda va kim tomonidan
qayd etilgan, u boshqa qaysi voqealar, dalillar, tadqiqotlar bilan bog‘langan va
hokazo. Ilmiy dalil – bu bilimning fan va ijtimoiy amaliyotda o‘z tasdig‘ini topgan,
moddiy va ma’naviy dunyo xossalarini aks ettiradigan bir parchasi. “Ilmiy dalil”
tushunchasi
mazmun
jihatidan
kundalik
hayotda
qo‘llaniladigan
“dalil”
tushunchasidan ancha keng va serqirra. Ilmiy dalillar to‘g‘risida so‘z yuritganda,
ularni ilmiy bilimning narsalar va jarayonlarning ob’ektiv xossalarini aks ettiruvchi
2 Қаранг: Бэкон Ф. Сочинения в 2 т-х. – М.: Мысль, 1977. - 567 с.
3 Эйнштейн А. Теория относительности. Избранные работы. — Ижевск: Научно-изд. центр «Регулярная и
хаотическая динамика», 2000. — 224 с.
tarkibiy elementlari sifatida tushunadilar. Ilmiy dalillar asosida hodisalarning
qonuniyatlari aniqlanadi, nazariyalar tuziladi va qonunlar keltirib chiqariladi. Ilmiy
dalil – bu xulosa chiqarish yoki tasdiqlash uchun asos hisoblanadigan voqea yoki
hodisa. U ilmiy bilim asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi.
Ilmiy dalil xossalari. Ilmiy dalillar yangilik, aniqlik, ob’ektivlik va haqiqiylik
singari xossalar bilan tavsiflanadi. Ushbu xossalarni tavsiflovchi xususiyatlarni
ko‘rib chiqamiz. Ilmiy dalilning yangiligi shu vaqtgacha ma’lum bo‘lmagan,
butunlay yangi narsa, hodisa yoki jarayon haqida darak beradi. Bu albatta ilmiy
kashfiyot bo‘lishi shart emas, biroq bu shu vaqtgacha biz bilmagan narsa yoki hodisa
haqidagi yangi bilimdir.
Yangi ilmiy dalillar fanda ulkan ahamiyat kasb etishi tufayli, ularning
haqiqiyligini hisobga olish va tanqidiy baholash talab etiladi. Ayrim hollarda yangi
dalillarni bilish bizning real voqelik haqidagi tasavvurlarimizni kengaytiradi, ayrim
hollarda – bizning ushbu voqelikni o‘zgartirish imkoniyatlarimizni boyitadi, ba’zi
hollarda esa – hushyor torttiradi va narsalar tabiati haqidagi yangi bilimlar insonga
zarar keltirmasligi uchun ziyrak bo‘lishga da’vat etadi. Ilmiy dalilning aniqligi
ob’ektiv metodlar bilan belgilanadi va narsalar, hodisalar, voqealarning eng muhim
belgilari, ularga miqdor va sifat jihatidan berilgan ta’riflar yig‘indisini tavsiflaydi.
Dalillarni saralashda ilmiy jihatdan ob’ektiv bo‘lish zarur. Dalillarni faqat
ularni tushuntirish yoki amalda qo‘llash qiyinligi tufayli chetga surib qo‘yish
mumkin emas. Amalda yangi bilimning mohiyati fanda tadqiqotchining o‘ziga doim
ham aniq va ravshan ko‘rinib turmaydi. Yangi, ba’zan ancha yirik ilmiy dalillar
ularning mazmuni yaxshi yoritilmagani tufayli uzoq vaqtgacha fan zaxirasida qolishi
va ulardan amalda foydalanilmasligi mumkin. Ilmiy dalilning haqiqiyligi uning
amalda shak-shubhasiz mavjudligini tavsiflaydi. Bunday mavjudlik o‘xshash
vaziyatlar modelini yaratish jarayonida o‘z tasdig‘ini topadi. Ilmiy dalillarning
haqiqiyligi dastlabki manbalarning haqiqiyligiga, ularning maqsad va vazifalariga
hamda ularda ifodalangan axborotning xususiyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
O‘z-o‘zidan ravshanki, davlat yoki jamoat tashkilotlari, muassasalar va idoralar
nomidan chop etiladigan rasmiy nashrda aniqligi shubha uyg‘otmaydigan
materiallar e’lon qilinishi lozim.
Olim dalillarni ko‘r-ko‘rona izlamaydi, balki har doim bunda muayyan
maqsadlar, vazifalar va g‘oyalarga amal qiladi. Shunday qilib, empirik tajriba hech
qachon – ayniqsa hozirgi zamon fanida – ko‘r-ko‘rona bo‘lmaydi: u nazariya
darajasida rejalashtiriladi va shakllantiriladi, dalillar esa har doim u yoki bu darajada
nazariy yukka ega bo‘ladi. Shu sababli fanning boshlang‘ich nuqtasi, uning asosi –
bu narsalar, hodisalar, quruq dalillar (hatto ularning yig‘indisi) ham emas, balki
nazariy sxemalar, “voqelikning konseptual asoslari”dir.
11.4.Ilmiy dalil strukturasi.
Ilmiy dalil uch tarkibiy element – lingvistik, perseptiv va moddiy-amaliy
elementlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu elementlarning har biri dalilning mavjudligi
uchun teng darajada zarur. Har qanday dalil, avvalambor, muayyan gap bilan
bog‘liq bo‘ladi. Bunday gap quyidagicha ifodalanishi mumkin: “Atmosfera
havosida falon xossalarga ega bo‘lgan gaz mavjud”. Ushbu gapni dalilning
lingvistik elementi deb ataymiz.
Ilmiy dalilning ikkinchi tarkibiy elementi sifatida perseptiv element amal
qiladi. Perseptiv element deganda dalilni aniqlash jarayonida amal qiladigan
muayyan hissiy obraz yoki hissiy obrazlar yig‘indisi tushuniladi. Perseptiv element
ham zarur. Ayni hol shu bilan belgilanadiki, har qanday tabiiy ilmiy dalil amalda
mavjud narsalarga va ushbu narsalar bilan amalda bajariladigan harakatlarga nazar
tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Insonning tashqi dunyo bilan aloqasi esa faqat sezgi
organlari orqali amalga oshiriladi. Shu sababli har qanday ilmiy dalilni aniqlash
jarayoni hissiy idrok etish bilan uzviy bog‘liq va perseptiv tomon har bir dalilda u
yoki bu darajada mavjud bo‘ladi. Oddiy kuzatish yo‘li bilan aniqlanadigan dalillarda
perseptiv element ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Agar dalilni aniqlash murakkab
texnik qurilmalar va asboblardan foydalanishni talab qilsa, perseptiv element
kamroq darajada bo‘rtib namoyon bo‘ladi, biroq u hech qachon butunlay
yo‘qolmaydi.
Dalilning “moddiy-amaliy elementi” deganda biz dalilni aniqlash jarayonida
qo‘llaniladigan asboblar va vositalar yig‘indisini, shuningdek ushbu asboblar bilan
bajariladigan amaliy harakatlar yig‘indisini tushunamiz. Dalilning moddiy-amaliy
tomoni odatda e’tiborga olinmaydi va dalil ushbu tarkibiy elementga umuman
bog‘liq emasdek bo‘lib tuyuladi. Ammo bu noto‘g‘ri. Bunga ishonch hosil qilish
uchun ilmiy dalillarning aksariyati tegishli asboblar va ular bilan muomalada bo‘lish
ko‘nikmalarisiz umuman mavjud bo‘lishi mumkin emasligini eslashning o‘zi kifoya
qiladi. Agar, aytaylik, Lavuaze aniqlangan dalilni qadimgi yunon fanining mulkiga
aylantirishni istasa, u “Atmosfera havosida falon xossalarga ega bo‘lgan gaz
mavjud”, degan gapni xabar qilishning o‘zi bilan kifoyalangan bo‘larmidi?
Bizningcha, buning o‘zi kifoya qilmas edi. Balki yunonlar ushbu gapni oxir-oqibat
tushunib yetardilar, biroq, shunga qaramay, u yunonlar uchun faqat falsafiy faraz
bo‘lib qolgan bo‘lardi. Mazkur gapni yunon fanining daliliga aylantirish uchun unga
tegishli gazni olish va uning xossalarini tadqiq etish moddiy-amaliy vositalarini
qo‘shimcha qilish talab etilgan bo‘lardi. Bunday vaziyat fanning barcha dalillari
bilan bog‘liq holda kuzatiladi. Moddiy-texnika elementisiz ular faqat mushohadaga
asoslangan spekulyatsiyalarnigina o‘zida ifodalaydi. Hatto dalil oddiy kuzatish yo‘li
bilan aniqlangan bo‘lsa ham moddiy-amaliy element nolga teng bo‘lmaydi: u
kuzatuvchining o‘z sezgi organlaridan muayyan tarzda foydalanish ko‘nikmasida
namoyon bo‘ladi.
Dalilning uch tarkibiy elementi bir-biri bilan uzviy bog‘liq va ularni bir-
biridan ajratish dalilning buzilishiga olib keladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, dalilning
lingvistik tomoni uning moddiy-amaliy tomoniga ta’sir ko‘rsatadi. Gapda
voqelikning muayyan fragmenti haqidagi tasavvurlar ifodalanadi va ushbu
tasavvurlar mazkur fragmentni tadqiq etish uchun asboblar va vositalar ishlab
chiqilishiga turtki beradi. Agar dalilga uning uchala tomoni birligi nuqtai nazaridan
yondashadigan bo‘lsak, unga nisbatan haqiqat tushunchasini odatdagi ma’noda
qo‘llash mumkin bo‘lmasa kerak, zero ilmiy dalil voqelikning in’ikosi bo‘lish bilan