IMMUN TIZIM FIZIOLOGIYASI.
Reja:
1.Immun sistema va uning ahamiyati.
2.Immunitet, immun javob mexanizmi va uning turlari.
3.Antigen va antitelalar, vazifasi, ahamiyati, turlari.
4.Chorvachilik va veterinariya amaliyotida immunologiya yutuqlarini
qo‘llanilishi.
.
Tayanch iboralar
Antigen, antitelo, immunogenlik, mikroblar, allergenlar, gen, DNK, T va V
limfotsitlar, immun javlb turlari, supresiya, kooperatsiya, makrofag, klon,
agglyutinasiya, presipitasiya, lizis, sitotoksinlik, neytrallanish, opsonlanish,
eksperiment, immunologik xotira, immunologik tolerantlik, nospesifik va spesifik
rezistentlik.
1.Immun tizim (lat immunitas-biron narsadan ozod bo‘lish)-bu o‘z faoliyati
orqali immunitetni ta’minlovchi organ va hujayralar tizimi bo‘-lib, organizmning
genetik jihatdan yot hisoblangan tanachalar va modalar-dan himoyalanish genetik
gomeostazni saqlab olish qobiliyatini anglatadi.
Genetik yot tanacha va moddalar qanchalik tashqi muhitdan tushgan
(bakteriyalar, viruslar, eng sodda hayvonlar, toksinlar, oqsillar) va ichki muhitda
hosil bo‘lmasin (noto‘g‘ri genetik informatsiyali tana hujayralari) immunitetga
organizmning «o‘ziniki» yoki «o‘ziniki emas»ligini farqlash, o‘z biologik
individualligini saqlash qobiliyati deb qaraladi.
Immun tizim mofrlogik jihatdan o‘zaro kommunikatsiya qon va limfa oqimi
orqali amalga oshadigan limfoid organlar va tananing limfoid hujayralari
to‘plamlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Immun tizimning bosh hujayraviy shakli
limfotsitlar hisoblanadi.
Limfoid orgnalar markaziy (birlamchi) va periferik (ikkilamchi) limfoid
organlarga bo‘linadi. Markaziy limfoid organlarga timus (ayrisimon bez), fabritsiy
xaltasi(parrdalarda), qizil ilik; periferik limfoid organlarga-limfa tugunlari, bodom
bezlar, taloq, ingichka ichakdagi Peer bo‘g‘irsoqchalari, ko‘richak follikulalari
kiradi.
Markaziy limfoid organlarda dastlabki ona hujayralar hosil bo‘ladi,
immunokompetent hujayralar (immunitetni ta’minlovchi hujayralar)-
limfotsitlarning proliferasiyasi va dastlabki tabaqalanishi amalga oshadi. Periferik
limfoid organlarda limfotsitlarning yetilishi va ularning antigen stimulyasiyaga
javoban proliferatsiyasi amalga oshadi. Parradalar va mayda tuyoqli hayvonlar
immun tizimi elementlarining joylashishi va o‘zaro aloqalari mavjuddir.
Birlamchi limfoid organlar. Qizil ilik va jigarda (homilada) barcha qon
hujayralari uchun boshlang‘ich hisoblangan ona hujayralar joylashadi. Ushbu ona
hujayralardan limfositar hujayralar singari dasturlashgan ayrimlari qon oqish orqali
timus (ayrisimon bez)ga boradi u yerda ko‘payadi va limfositlarga (T-limfotsitlar
yoki timusga bog‘liq limfotsitlar) tabaqalanadi. Tabaqalanish jarayoni timus
epiteliysi tomonidan ishlab chiqiladigan maxsus gumoral omil ta’siri ostida amalga
oshadi.
Ona hujayralarning boshqa guruhi parradalarning fabritsiy xaltasi (kloaka
bo‘rtig‘i) ga kelib tushadi va tabaqalanadi (V-limfotsitlar yoki bursaga bog‘liq
limfotsitlar). Mayda tuyoqli hayvonlarda fabritsiy xaltasi ekvivalenti topilmagan.
Taxminlarga ko‘ra, uning funksiyasini yoki qizil ilikdagi qon hosil qiluvchi
to‘qimaning o‘zi yoki ingichka ichak davrida joylashgan Peer limfatik bezlari
bajaradi. Jinsiy yetilish yuzaga kelishi bilan timus va fabritsiy xaltasi hajmiga
kichrayadi va keyin involyusiyaga uchraydi.
Ikkilamchi limfoid organlar. Timus va fibritsiy xaltasida «o‘quv kursi»ni
o‘tagan va to‘liq immunokompetent qobiliyatga ega bo‘lgan limfotsitlarning bir
qismi periferik limfoid organlar (hali embrion davridaligidanoq)-limfa tugunlari,
taloq, bodom bezlari, oshqozon-ichak kanali, nafas va siydik yo‘llari shilliq
qavatidagi limfa epitelial hosilalarga kelib tushadi. Ushbu hosilalardagi limfa
fallikulalarida timusga bog‘liq bo‘lgan va timusga bog‘liq bo‘lmagan zonalar
farqlanadi. Shulardan birinchisida T- va ikkinchisida V-limfotsitlar uchraydi.
Masalan: limfa tugunlarida timusga bog‘liq bo‘lmagan zona bo‘lib, uning po‘stloq
qavatining yuzaga yaqin joylari hisoblanadi. Uning follikulalarida, birinchi
navbatda V-limfotsitlar topiladi. Medulyar sinus bilan yonma-yon joylashgan
parakortikal qavat o‘zida T-hujayralarni saqlovchi timusga bog‘liq bo‘lgan
qavatdan iborat bo‘ladi. Lekin, shuni ham ta’kidlash lozim, zonalar orasida aniq
chegara mavjud emas, bu esa o‘z navbatida T-va V-limfotsitlar o‘rtasidagi o‘zaro
aloqani ta’minlaydi.
Taloqda har ikkala zona oq pulpada bir biriga juda yaqin joylashgan bo‘ladi.
Bevosita arteriyalar bo‘ylab timusga bog‘liq bo‘lgan zona, undan tashqari
tomonda-timusga bog‘liq bo‘lmagan zona joylashgan bo‘ladi.
Limfotsitlar aylanishi. Limfotsitlar doimiy ravishda qon va limfa tomirlari
bo‘ylab qon va limfa suyuqligiga aralashgan holda aylanib turadi. Hayvonlarda
limfa tizimi o‘z ichiga limfa kapillyarlari, limfa tomirlari, yuza va chuqurda
joylashgan limfa tugunlari, o‘ng limfa yo‘li va ko‘proq limfa yo‘lini oladi. Limfa
suyuqligi o‘ng va ko‘proq limfa yo‘llari orqali vena qoniga kelib qo‘shiladi.
Limfa kapillyarlari, qon kapillyarlaridan farq qilib, hujayra aro bo‘shliqlarda
yopiq holda tugallanadi, yupqa va cho‘ziluvchan devorga ega bo‘lib, kanali keng
va klapanli bo‘ladi. Kapillyarlar limfa bilan to‘la bo‘lib, uning yo‘nalishi
to‘qimalardan vena yo‘liga qaragan (bir tomonga qaragan) bo‘ladi.
Limfa kapillyarlari yo‘lida limfa tugunlarini hosil qiluvchi limfa tomirlariga
qo‘shiladi. Odatda limfa tuguniga bir nechta yo‘l qo‘shiladi, 1-2 ta chiqadi.
Shunday qilib, limfa tugunlari limfa uchun filtr vazifasini bajaradi.
Doimiy ravishdagi limfa aylanishi uzluksiz hosil bo‘lib turuvchi to‘qima
suyuqligi (hujayraro bo‘shliqlardan limfa kapillyarlariga o‘tib turuvchi) hamda
tomirlarning qisqaruvchanlik qobiliyati va klapanlarning mavjudligi evaziga
amalga oshadi. Yordamchi omillar bo‘lib, muskullarning harakat faolligi, ko‘krak
bo‘shlig‘idagi manfiy bosim va nafas olgan paytda uning ko‘tarilishi hisoblanadi.
Limfa harakatining o‘rtacha tezligi daqiqasiga 300 mm ni tashkil etadi.
Limfa (lat lympho-toza suv, namlik)-ishqoriy reaksiyadagi (pN 7,5-9,0)
suyuqlik bo‘lib, tarkibi jihatidan qon plazmasiga yaqin bo‘ladi, lekin kam
miqdorda (2,5-4,0%) oqsil saqlaydi. Ochlik paytida limfa tiniq, rangsiz yoki biroz
sarg‘ish bo‘lib, oziqlangandan keyin xiralashadi, o‘z tarkibida ko‘p miqdordagi
emulsiyalangan yog‘lar (xilomikronlar, past zichlikdagi lipoproteidlar saqlaydi,
limfa o‘z tarkibida eritrotsitlarni juda kam miqdorda, limfotsitlarni esa juda ko‘p
miqdorda) (20.000 mkl gacha) saqlaydi. Limfotsitlar qondan to‘qimaaro bo‘shliqa
qarab harakt-lanadi, keyin kichik limfa tomirlari orqali limfa tugunlariga tushadi,
yana ko‘krak limfa yo‘liga qaytadi va u orqali qonga qo‘shiladi. Limfotsit-larning
doimiy tarzdagi aylanish ularning antigenlar bilan o‘zaro bir-biri bilan
to‘qnashishini, hamda faollashshan va T va V hujayralarning periferik limfoid
to‘qimalar bo‘ylab tarqalishini ta’minlaydi.
Qon va limfada xarakatlaanyotgan limfotsitlarning 75% T-limfotsitlarga,
15% V-limfotsitlarga va 10% hech biriga kirmaydigan hujayralar (K-hujayralar) ga
to‘g‘ri keladi.
2.Immun javobning turlari. Immun javob - bu organizmning o‘zi uchun yot
bo‘lgan makromolekulalarning nisbatan reaksiyasi. Spesifik immun javobni
chaqirish qobiliyatiga ega bo‘lgan moddaga antigen deyiladi.
Antigenning immunogenligi, ya’ni immun javobni chaqira olish qobiliti,
nafaqat uning yot tabiatidan, balki molekulyar massasi(odatda 5000 dan kichik
molekulyar massa immunogen hisoblanmaydi)dan strukturaviy geterogenligidan,
fermentlar yemirishiga nisbatan chidamliligidan va hayvonning turidan kelib
chiqadi.
Tabiatda hayvonot o‘simliklar va mikroblar olamiga taaluqli juda ko‘p
antigenlar mavjud. Ular turli belgilari bo‘yicha, shu jumladan, spesifiklik
xarakteriga turi, guruhi, geterogenligi, ontogenezdagi spesifiklik stadiyasi va
hakozolarga qarab tavsiflanadi. Antigenlarga misol bo‘lib, xususan, organizmdagi
anomal hujayralar yoki ko‘chirib o‘tkazilgan to‘qimalarni aniqlash va bartaraf
etishda ishtirok etuvchi gistomuvofiq antigenlar, organizmda yuqori sezuvchanlikni
chaqiruvchi hayvonot va o‘simiklar olamiga oid allergik (chang zarrachasi, teri
qipig‘i, soch, pat va boshqalar), qonning guruhli antigenlari-glikoproteidlar
(antitelo hosil qilmasada, invitroda ularni sezadi).
Organizmning antigenga nisbatan immun javobining ikki asosiy turi-gumoral
va hujayraviy immun javoblar ma’lum. Gumoral javobda qonda aylanib yurib,
organizm uchun yot hisoblangan molekulalar bilan spesifik birikadigan antitelalar
ishlab chiqiladi. Hujayraviy immun javob o‘z ichiga maxsus immun hujayralarning
hosil bo‘lishi, ularning antigen bilan o‘zaro birikishi va keyinchalik yemirilishini
oladi. Hujayraviy immunitet, asosan hujayraviy antigenlar-bakteriyalar, patogen
zamburug‘lar, yot hujayra va to‘qimalar(ko‘chirib o‘tkazilgan yoki o‘smali)ga
qaratilgan bo‘ladi.
Immun javobning har ikki tipi turli xildagi limfotsitlar tomonidan amalga
oshiriladi: gumoral immunitet uchun V-limfotsitlar, hujayraviy immunitet uchun T-
limfotsitlar mas’ul hisoblanadi. Lekin, shunga qaramasdan yoshlik paytida timusi
olib tashlangan hayvonlarda nafaqat hujayraviy immun reaksiyalar buziladi, balki
antitelalar ishlab chiqilish qobiliyati ham susayadi. Bunday holat shuni bilan
izohlanadiki, ayrim T-hujayralar gumoral immunitetning shakllanishda V-
hujayralar bilan «kooperativlashadi».
Immun javob mexanizmi. Antigen ta’sir etmagan paytda (tinch holatda) T-va
V-limfotsitlar morfologik jihatdan bir-biridan juda kam farq qiladi. Ularni yoki
immunoglobulinlar-V-limfositlarning yuzaki retseptorlarini aniqlash orqali, yoki T-
limfositlar yuzasidan qo‘chqor eritrotsitlari retseptorlarini aniqlash (eritrotsitlar
rezetkalar hosil qilish reaksiyasi) orqali farqlash mumkin.
Antigen ta’sirida u yoki bu hujayralarning proliferatsiyasi va tabaqalanishi
vujudga keladi. Faollashgan T-hujayralar limfoblastlarga transformatsiyalanadi va
bu limfoblastlar bir nechta hujayraviy subpopulyatsiyalar uchun boshlang‘ich
manba bo‘lib xizmat qiladi (159-rasm). Ular orasida T-limfotsitlar- «killerlar»-
(«qotillar»), T-limfotsitlar-supressorlar (immun javobni susaytiruvchilar), T-
limfotsitlar-xelperlar, ya’ni antitela ishlab chiqilishida V-limfositlar bilan
kooperatsiyalanish yoki T-hujayralar-killerlar tomonidan stimullanish orqali
immun javobni integratsiyalovchi hujayralar faol hujayralar hisoblanadi. Ushbu
barcha T-hujayralar-partnerlar bosh gistomuvofiqlik kompleksi(GKG)ning bir xil
antigen retseptorlik va bir xil antigenlik xususiyatlariga ega. Ular hujayra
membranasi glikoproteidlari hisoblanib, o‘zaro immunologik muvofiqlikni
ta’minlaydi.
Barcha populyatsiyalardagi faollashgan T-limfotsitlar bulardan tashqari
hujayraviy immunitetning namoyon bo‘lishini (supresiya, koopera-siya, T-
limfotsitlar spesifik xususiyatlarining hosil bo‘lishi) boshqaradi-gan va
magrofaglarning fagotsitar faolligini oshiradigan eruvchan omillar (limfokinlar)ni
ham ajratadi. Interleykin glyukoproteidi va interferon oqsili limfokinlarga misol
bo‘lishi mumkin. Interleykin glyukoproteidi T-limfotsitlarning o‘sishi va
proliferatsiyasini stimullaydi. Interferon oqsili viruslarning ko‘payishini
sekinlashtiradi va fagotsitozni kuchaytiradi.
T-limfotsitlar alohida sub populyatsiyalari funksional xususiyatlarining
barcha ko‘rinishlarini in vitro sharoitida ularga mitogen aktivlikka ega bo‘lgan
maxsus oqsil moddalar-lektinlar ta’sir etish yo‘li bilan kuzatish mumkin.
Antigen ta’sirida faollashgan V-limfotsitlar keyinchalik antitela ishlab
chiqaruvchi bo‘lib qoladi. Antigen bilan dastlabki to‘qnashuv paytida ularning
boshlang‘ich faollashuvi, ya’ni sensibilizatsiya vujudga keladi. Qiz hujayralardan
ayrimlari immunologik xotira hujayralariga aylanadi va boshqalari periferik
limfatik organlarga kelib tushadi. Bu yerda ular yaxshi rivojlangan granulyar
endoplazmatik retikulum xususiyatiga ega bo‘lgan plazmatik hujayralarga
aylanadi. Plazmatik hujayralar T-limfotsit-xelperlar ishtirokida antitela ishlab
chiqara boshlaydi va bu antitelalar qon plazmasiga kelib tushadi.
Immunologik xotira hujayralari dastlabki immun javobni namoyon
qilinmasalarda, shu antigenning o‘zi bilan takroriy to‘qnashuv paytida osongina
antitela ishlab chiqaruvchi hujayralarga aylanadi.
Yot antigenlarni aniqlashda aynan limfotsitlarning mas’ulligini isbotlab
berilgan. Hayvonlarning gamma-nurlar bilan nurlantirilishi limfotsitlarning
o‘limiga olib keladi. Bunday hayvonlarda antitenga qarshi immun javob namoyon
bo‘lmaydi. Bunday hayvonga inbrid liniyasi bir xil bo‘lgan sog‘lom donordan
olingan limfotsit yuborilganda antigenga nis-batan reaksiya tiklanadi.
Nurlantirilgan hayvonga sog‘lom donordon boshqa (nolimfotsitar) hujayralar
yuborilgan paytda immun javob tiklanmaydi.
3.Antitelalar va uning antigen bilan o‘zaro ta’siri. Antitelaning tuzilishi va
uning xususiyatlari. Antitela issiq qonli hayvonlar organizmida parentral yo‘llar
bilan tushgan antigenga qarshi javob sifatida hosil bo‘ladigan va antigen bilan
o‘zaro spesifik ta’sir ko‘rsata oladigan murakkab oqsillar (glikoproteidlar)
hisoblanadi.
Antitela qon zardobidagi gammaglobulinlar fraksiyasida, limfada (aylanib
yuruvchi antitela), uvuzda, sekretlarda (sekresiyalanadigan antitela), hujayra
yuzasida, masalapn shilliq pardalar epiteliysida (hujayra menbranasiga bog‘liq
bo‘lgan antitelalar) bo‘ladi.
Hozirgi paytda antitelalar immunoglobulinlar nomi bilan ataladi.
Immunoglobulinlar barcha qon zardobi oqsillari massasining 1/5 qismini tashkil
etadi. Sxematik tarzda immunoglobulinlar malekulasi disulfid bog‘lari orqali
o‘zaro birikadigan to‘rtta polipeptid zanjiridan iborat. Molekulyar og‘irligi
bo‘yicha ikkita bir xil engil zanjir (L-zanjir, taxminan 220 aminokislotadan tashkil
topadi) va ikkita bir xil og‘ir zanjir (N-zanjir, taxminan 440 ta aminokislotadan
tashkil topadi). Malekula tarkibida ikkita antigen biriktiruvchi uchastka mavjud
bo‘lib, ushbu uchastkalarning joylashishida engil va og‘ir zanjirlar o‘zaro teng
hissa qo‘shadi. Immunoglabulinlarning antigenlik xususiyatlari faqat N-
zanjirlardan hosil bo‘ladigan «dum sohasi» bilan belgilanadi.
Odam qonida immunoglobulinlarning quyidagi 5 ta sinfi topilgapn: LgA,
LgD, LgE, LgG va LgM. Antitelalarning har bir sinfi «dum sohasi»ga ma’lum
konformatsiya beruvchi muayyan tipga mos holdagi N-zanjirdan iborat bo‘ladi.
Bunday konformatsiya quyidagi nomlari tilga olingan immunoglobulinlarning har
bir sinfining biologik xususiyatlarini belgilaydi.
Sinf Lg plazmadagi % Asosiy funksiyalari LgG 70-80 fagatsitlar va
komplement tizimini faollashtiradi. Odam va ayrim hayvonlarda homila pardasi
orqali homila qoniga o‘tadi.
LgA 10-15 uvuz va sekretlar (so‘lak, ko‘z yosh, shilliq)dagi antitelolarning
asosiy sinfi. LgM 5-10 Immun javobning boshlang‘ich bosqichida paydo bo‘ladi.
V-limfositlarning retseptorlari hisoblanadi. Komplement tizimini faollashtiradi.
LgE 0,1 T. hujayralar, hamda gistamin va serotonin tarkibidagi biogen aminlar
bazafillar sekre siyasini ta’minlaydi. LgD 0,1 Ayrim V limfotsitlar antigenlari
uchun retseptorlari hisoblanadi.
Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, antitelalar quyidagi uch xil
mexanizm yordamida yot tanachalar (masalan, mikroblar)ni yo‘qatadi:
fagotsitozning kuchaytirilishi (makrofaglar retseptorlari va neytrofillar bilan
birikish orqali) komplement tizimining faollashtirilishi (antigen-antitelo
reaksiyasida ishtirok etadigan va hujayra lizisini chaqiradigan qon zardobi oqsili
komplekslari) K-hujayralar funksiyasining (sitotoksin xususiyatga ega bo‘lgan T-
yoki V -markersiz limfositlarning) stimullanishi. Bundan tashqari antitelalar
viruslarga yoki bakterial toksinlarga birikish va ularning nishon hujayralar
retseptorlari bilan birikishini bartaraf etadi.
Qishloq xo‘jalik hayvonlari (qaramol, cho‘chqa, qo‘y-echki, ot) qonida
immunoglobulinlarningquyidagi uch sinfi topilgan:
LgG, LgA va LgM, shuningdek LgG sinfi ikkita kichik sinfdan iborat (LgG1
va LgG2). Hayvonlarning uvuzi tarkibida immunoglobulinlarning har uchala sinfi
ham uchraydi, lekin shulardan LgG sinfi boshqalariga nisbatan ko‘proq uchraydi.
Hayvonlarning sutida esa LgA va LgM sinflari ustinlik qiladi. Yangi tug‘ilgan
hayvonlar qonida antitelalar bo‘lmaydi. Bunday hayvonlar ularning ilk bor ona
uvuzi orqali oladi. Antitelalar sintezi buzoqlarning ikki haftaligidan boshlab
amalga osha boshlaydi, chunki limfoid to‘qimasi ham shu paytdan boshlab yetila
boshlaydi. Immun tizim son - sanoqsiz va turli tuman antigenlarni spesifik tarzda
ilg‘ab ola bilar ekan, o‘z-o‘zidan savol tug‘iladiki, antitelalarning bunday turli
tomonlama qobiliyati qanday paydo bo‘ladi?
Klonli - seleksiya nazariyasiga binoan immun tizimning hujayra
papulyatsiyasi bir xil emas: V-limfasitlar (aniqrog‘i, V-hujayra klonlari) qancha
bo‘lsa,antitelalar tiplari ham shuncha bo‘ladi va antitela tiplarining soni antigenlar
soniga mos keladi. Boshqacha qilib aytganda, limfotsitlar - oldindan dasturlangan
hujayralar bo‘lib, ularning spesifikligi antigen («kommitirlangan» hujayralar)
ishtirokisiz amalga oshadi. Aniqlanishicha, sichqonlar organizmida ular tug‘ilgan
paytda 104, katta yoshdagi paytida 107 turli xilda «klonotiplar» bo‘ladi. Antigen
o‘zi uchun spesifik hisoblangan antitelaning ishlab chiqilishini chaqirmaydi, uni
«biladigan» hujayra klonlarini ajratib oladi. Bunday saralash ajratib olingan
hujayralar proliferatsiyasiga olib keladi. Ulardan olingan barcha nasllar bir xil
spesifiklikdagi antitelalarga ega bo‘ladi. Bunday antitelalar faqat ularning
ko‘payishini chaqirgan antigennigina biriktiradi. Shundan ko‘rinib turibdiki,
immunoglobulinlar ham ko‘p variantli ekan. Ularning har bir sinfi o‘zaro bir-
biridan antigen biriktiruvchi uchastkalari va aminokislotalarining joylanish tartibi
bilan farq qiladigan millionlab turli xildagi antitelalarni soqlaydi.
Genetika nuqtai - nazaridan antitelalarning turli - tumanligi turli xildagi
antitelalar sintezi uchun mas’ul bo‘lgan genlarning hosil bo‘lish jarayonidagi joy
o‘zgartirishlar va rekambinatsiyalar natijasidir.
Antitela har bir malekulasining kodlanishi uchun kamida bitta gen ishlatiladi,
lekin bu organizm tushishi mumkin bo‘lgan har bir antitela uchun millionlab turli
xildagi genlarni saqlash kerak degani emas. Hujayra yadrasida buncha miqdordagi
DNK bo‘lmaydi. Aniqlanishicha, anti-telolarning engil zanjirida ham, og‘ir
zanjirida ham aminokislota-larning joylanish tartibi o‘zgarib turadigan (variabel X
sohalar) uchast-kalar bo‘ladi. Shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ham og‘ir, ham engil
zanjirlar-dagi variabel sohalarni kodlavchi DNK bir necha tipdagi (jami 400ga
yaqin variabel genlardan) genlardan tashkil topgan bo‘lib, bunday gen-lar o‘z
holatini o‘zgartirishi va bir joyga to‘planib turli kambinasiyalarni hosil qilishi
mumkin. Bu esa o‘z navbatida, DNKga ko‘p sonli variabel sohalarni hosil qilish
imkoniyatini beradi. Bundan tashqari mazkur DNKlardagi nukleotidlarning
joylashish tartibining o‘zgarishi mumkinligi e’tiborga olinadigan bo‘lsa, antitelalar
sintezini ta’minlovchi millionlab turli genlarning hosil bo‘lish mexanizmini
tushinish qiyin emas.
Shunday qilib, spesifik antitelalarning ko‘plab hosil bo‘lish muammosi
fiziko-biokimyoviy sohadan sof genetik sohaga o‘tadi. Ko‘rinib turganidek,
genlarning o‘z joylarini o‘zgartirishi va rekambinat DNK hosil bo‘lishi -
immunotsitlarning antigen xususiyatiga ega bo‘lgan har qanday makromolekulaga
qarshi antitela ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lishlarida foydalanadigan
samarali va uzluksiz takrorlanib turadigan mexanizm hisoblanadi.
Klon nazariyasi T-limfotsitlarga nisbatan ham amal qilinadi.
Antigen-antiteloni o‘zaro ta’siri. Komplementlar, ya’ni o‘zaro bir-biriga mos
keladigan antigenlar va antitelalar antigen-antitelo immun kompleksini hosil qiladi.
Bunda kompleksning mustahkamligi yuqori darajadagi ajratib olish va atomli
guruhlar yoki «qulf-kalit» prinsipidagi zaryadlar darajasidagi kuchli uchala ta’sir
maydoni bilan belgilanadi. Bunday o‘zaro ta’sir gidolfob vodorodi elektrostatik
bog‘lar va Vander-Vals kuchi evaziga amalga oshadi. Antigen bunda o‘zining
antigen determinantasi bilan, antitelo-o‘zining faol markazi bilan birikadi.
Antigenlar yoki antitelalar ortiqchaligi kuzatilgan paytlarda eruvchan komplekslar,