IMMUNITET, UNING TURLARI. IMMUN A’ZOLAR. ANTIGEN VA ANTITELOLAR
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
32,1 KB
IMMUNITET, UNING TURLARI. IMMUN A’ZOLAR. ANTIGEN VA
ANTITELOLAR
MARUZA REJASI:
1. Immunologiya fani, uni kelib chikishi, rivojlanishi.
2. Immunologiya fanining rivojlanishiga xissa kushgan olimlar (Djjener, Lu Paster,
I. I. Mechnikov, P. Erlix, P. Medovar F. Berneg)
2. Organizmning ximoyalanish turlari.
3. Organizmning maxsus bo‘lmagan ximoya omillari.
4. Kompliment va faotsitozni organizm ximoyalanishuvida katnashishi.
5. Organizmning maxsus bulmagan ximoyalanish usullarini urganishni amaliyotdagi
axamiyati.
Atama va tayanch iboralar: Immunitet, organizmning maxsus bo‘lmagan
ximoya omillari, komplement, antigen, antitela, T va V limfotsit.
Immunologiya, zamonaviy tibbiyotning taraqqiyotini belgilaydigan fanlardan
biri. Shakllanganligiga 200 yilcha bo‘ldi, lekin bu boradagi muhim kashfiyotlar
oxirgi 40-60 yil ichida qilindi. Shu qisqa vaqt ichida immun tartibning ko‘pgina
vazifalari aniqlandi klassik immunitet tushunchasi tor doirada ekanligi ko‘rsatildi.
Klassik immunologiya tibbiyot mikrobiologiyasining bir tarmog‘i bo‘lgani uchun
immunitet deganda organizmni faqat patogen mikroorganizmlardan himoya qiluvchi
vosita deb qaralgan. Izlanishlar jarayonida immun tizim organizmni nafaqat tashqi
infeksion omillardan, balki organizm gomeostazini buzuvchi ichki omillardan ham
himoya qilishi o‘z tasdig‘ini topdi. Shunday qilib immunitet (lot immunitas,
immunitatus) - bir nimadan xalos bo‘lishi - organizmning infeksion va noinfeksion
tabiatli antigenlardan himoyalanishini ta’minlab beradigan immun sistema holatidir.
Immunologiya fani immunitet masalalari bilan shug‘ullanadi. U tibbiyot
mikrobiologiyasidan ajralib chiqib tibbiyotning alohida bir yo‘nalishi sifatida jadal
rivojlanmoqda.
Organizmdagi infeksion agentlar va boshqa yog‘ moddalardan himoya qilish
omillari o‘z tabiatiga ko‘ra uchga bo‘linadi:
1. Filogenetik qadimiy bo‘lgan, anatomik va fiziologik belgilar tomonidan
ta’minlanib,
nasldan-naslga
o‘tuvchi
nomaxsus
himoya
omillari
yoki
organizmlarning nomaxsus rezistentligi. Bu omillar, patogen agentlar bilan birinchi
bo‘lib ta’sirlashadi, shuning uchun ularning faolligi hisobiga odam organizmining
yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilariga chidamliligi ta’minlanadi.
2. Tug‘ma immunitet (turga xos, tabiiy) - bu bir biologik turning ma’lum bir
patogen agentlarga nisbatan chidamliligi bo‘lib nasldan-naslga o‘tadi.
3. Orttirilgan immunitet - bu hayot davomida organizm immun tizimining yot
antigenlar bilan ta’sirlashuvi hisobiga yuzaga keladigan himoya.
Nomaxsus rezistenlik omillari
Organizmning infeksiyalarga qarshi tug‘ma nomaxsus himoya omillariga teri
va shilliqqavatlar, limfa tugunlari, organizmdagi suyuqliklar (so‘lak, ko‘z yoshi,
me’da-ichak, nafas va siydik-tanosil yo‘llarning shilliq moddalari, limfa, qon
zardobi) ning bakteritsid ta’siri, normal mikroflora, fagotsitoz qiluvchi hujayralar,
ta’biy killerlar, organizmning fiziologik reaksiyalari va boshqalar kiradi.
Teri va shilliqqavatlar. Mikroblar asosan organizmga teri va shilliqqavatlar
orqali kiradi. Yuqori qavat epiteliy hujayralarining doimo yangilanishi, teri va yog‘
bezlari ajratmalari, shilliq qavat va shilliq qavatlarni tozalab turadi. Teri faqat
mexanik to‘siq vazifasini o‘tab qolmay, bakteritsid (mikroblarni o‘ldiruvchi) ta’sirga
ham ega.
Ko‘z, nafas, og‘iz, me’da-ichak va siydik - tanosil yo‘llarining suyuqliklari
tarkibida bakteritsid ta’sirga ega bo‘lgan lizotsim kabi fermentlar mavjud.
Lizotsim mukolitik fermentlar guruhiga kiruvchi, haroratga chidamli oqsil
bo‘lib, asetilmuramedaza deb ham ataladi. Bu ferment hayvon va o‘simlik
to‘qimalari suyuqliklarida, odamning ko‘z yoshi, balg‘ami, so‘lagi, qoni, ona suti,
peritoneal (qorin bo‘shlig‘i) suyuqligida uchraydi. U asosan, bakteriyalarni eritib
yuboradi, lekin viruslarga ta’sir qilmaydi. Bu moddaning bakteriologik ta’sir
mexanizmi, bakteriya hujayrasi devoridagi peptidoglikan qavati polisaxarididagi N-
asetilmuramil kislotasi va N_ asetilglyukozamin moddasi orasidagi bog‘ni
gidrolizga uchratish bilan bog‘liq. Buning natijasida hujayraning o‘tkazuvchanligi
o‘zgarib, bakteriya nobud bo‘ladi. Masalan, hayvonlar terisidagi shikastlangan joyni
doimo alab turadi, bunda so‘lakdagi lizotsim hisobiga mikroblar jarohatga
tushmaydi. Agar mikroblar ovqat orqali me’daga tushadigan bo‘lsa, unga me’da
shirasi tarkibidagi xlorid kislota bakteritsid tasir etadi, agar patogen bakteriyalar u
yerda ham tirik qolib, ichakka o‘tsa, o‘t va ichak suyuqliklari tasiriga uchraydi.
Organizm suyuqliklarida lizotsimdan tashqari, sekretor immunomodulin A va
interfonlar ham bo‘lib, mahalliy immunitetni taminlashda bu moddalarning
ahamiyatiga katta. Sekretor IgA bakteriya va viruslarga yopishib, ularni epitelial
hujayralarning yuza qismiga yopishishini (adgeziya) kamaytiradi. Organizmda
mexanik to‘siq vazifasini sIg dan tashqari gialuron va neyramin kislotalari ham
bajaradi. Mikroblarning biriktiruvchi to‘qima ichiga kirmasligini gialuron kislotasi,
malum bir bakteriya va viruslarning hujayra ichiga kirmasligini esa neyramin
kislotasi taminlaydi. Organizmdagi nafas, meda ichak, siydik-tanosil yo‘llari, ko‘z
va quloqlarning anatomik tuzilishi ham patogen mikroblarni ichkariga kiritmaslik
uchun mexanik to‘siq vazifasini o‘taydi.
Limfa tugunlari. Teri va shilliq qavat «to‘siqlarini» yengib o‘tgan
mikroorgnazmlar limfaga tushadi, limfa tugunlari patogen bakteriyalarni tutib qoladi
va halok qiladi.
Fagotsitoz qiluvchi hujayralar. Fagotsitoz - qadimiy himoya omillardan biri
bo‘lib, organizmga tushgan patogen mikroorganizmlar yoki boshqa antigenlarni
fagotsitlar (yunon, f agos-yeb kuyuvchi, sit-hujayra) tomonidan tezda qamrab olib
ularni parchalab yo‘q qilishdir.
1883 yili rus olimi I. I. Mechnikov birinchi bo‘lib qon va to‘qimalarda
organizmni tozalab fagotsitoz qiluvchi hujayralar birligini aniqlab, hujayraviy
immunitet nazariyasiga asos solgani uchun 1908 yili, gumoral immunitet
nazariyasini yaratgan olim P. Erlix bilan birga Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Fagotsitoz bir hujayrali va ko‘p hujayrali sodda hayvonlarga xos bo‘lib, ularda
oziqlanish, yuqori tuzilgan hayvonlarda esa himoya vazifasini bajarishi
tasdiqlangan.
Barcha fagotsitoz qiluvchi hujayralarni I. I. Mechnikov mikrofag va
makrofaglarga bo‘ladi. Mikrofaglarga neytrafil, eozinol va bazofillardan tashkil
topgan qonning polimorf o‘zakli granulotsitlari; makrofaglarga esa organizmning
har xil to‘qimasi hujayralari (biriktiruvchi to‘qima, jigarning Kupfer hujayralari,
o‘pka va taloq hujayralari, qon tomir endoteliylari va boshqalar), qon monoyitlari va
ularning ko‘mik o‘tmishdoshlari (promonotsit va monoblast) kiradi. Hamma
fagotsitoz qiluvchi hujayralar «mononuklear fagotsitlar sistemasi» ga kiritilgan.
Fagotsitlar uch xil vazifani bajaradi: 1) infeksion agentlar, to‘qimaning
parchalanish mahsulotlari va boshqa omillardan organizmni tozalaydi; 2) fagotsit
membranasida antigen epitoplari to‘g‘risidagi axborotni immun hujayralarga
yetkazib beradi; 3) lizosomal fermentlar va immunogenezda katta ahamiyatga ega
bo‘lgan monokinlarni ishlab chiqaradi.
Fagatsitozning quyidagi ketma-ket bosqichlari tafovut qilinadi:
1. Xemotaksis - fagotsitlarning xemoatraktantlar (limfokinlar, komplementning
S3a, S5a komponentlari) tasirida yallig‘lanish o‘chog‘iga qarab harakatlanishi.
2. Adgeziya (ingl. Ad’esion-yopishib olish) - retseptorlar yoki nomaxsus fizik-
kimyoviy tasirlar natijasida fagotsitlarning yot agentlarga yopishishi.
3. Endotsitoz - fagotsitlarning yot agentlarni qamrab olishi. Endotsitozning 2
turi farqlanadi: diametri 0,1mkm dan kichik bo‘lgan moddalar pinotsitozi va diametri
0,1mkm dan katta bo‘lgan zarrachalar fagotsitozi. Bundan tashqari, fagotsitoz
nomaxsus va maxsus yoki immun, yani immunoglobulinlar komplementning S3-
fraksiyasi va properdin orqali amalga oshirilishi mumkin. Buni immun fagotsitoz
deb ataladi, chunki bu jarayonda maxsus antitelo va opsoninlar katnashadi. Edotsitoz
natijasida fagotsitlar vakuol, yani fagosoma xosil bo‘ladi.
4. Yot agentning hujayra ichida parchalanishi. Bunda fagosoma fagotsitlarning
lizosomalari bilan qo‘shilib, fagozomalar xosil qiladi. Fagolizosomalar ichida yot
agentlar lizosomal fermentlar ta’sirida parchalanadi.
Fagotsitoz ikki xil bo‘ladi: agar fagotsitoz qilingan mikroblar to‘liq
parchalansa, tugallangan fagotsitoz deyiladi. Agar mikroblar fagotsitlar ichida to‘liq
parchalanmasa, bu jarayon tugallanmagan fagotsitoz deb ataladi.
Yana bir xolda esa fagotsitlar qamrab olgan mikroorganizmlarni chiqarib
yuboradi. Bundan tashqari, makrofaglar tashqi muhitga sitotsid yoki fagotsitoz
qilinmagan mikroorganizmlarga bakteritsid tasir etuvchi moddalarni ajratadi.
Kalsiy, magniy tuzlari, elektrolitlar, komplement, limfokinlar, opsonin
vazifasini bajaruvchi antitelalar, organizm haroratini oshiruvchi pirogen moddalar
fagotsitozni kuchaytiruvchi omillar hisoblanadi. O‘z navbatida fagotsitozni
susaytiruvchi omillarga bakteriya toksinlari va kapsulasi, leykotsidin, kortikosteriod,
serotonin, aminazin, xolesterin, alkaloid va boshqalar kiradi. Fagotsitlarning
ikkinchi vazifasi antigenlar to‘g‘risidagi axborotni yetkazib berish (prezentatsiya
qilish). Bunda, mikroblarning oxirigacha parchalanmay qolgan asosiy antigen
determinantlari (epitoplari) hujayra membranasi yuziga «chiqarilib, immun tizim
hujayralariga prezentatsiya qilinadi, natijada organizmda muvofiq antigen tutuvchi
mikroblarga qarshi immun javob rivojlanadi.
Fagotsitoz qiluvchi hujayralarning navbatdagi vazifasi, bu interleykin-1 (IL-2),
prostoglandin, leykotrien, siklik nukleotidlar kabi biologik faol moddalarni ishlab
chiqarishdir.
Pinotsitoz - hujayraning tashqi muhitdan suyuqlik tomchilarini yoki kolloid
moddalarning eritmalarini qamrab olishi. Pinotsitoz sodda organizmlar (amyobalar)
da, hayvon va odamlarning turli hujayralarida kuzatiladi.
Endotsitoz hujayra yuzasidagi retseptorlar orqali amalga oshadi. Endotsitoz
fagotsitoz va pinotsitozdan hujayra ichidagi vezikulada ligandalar qolishi va
retseptorlarning yana hujayra ustida paydo bo‘lishi, jarayonning qaytarilishi bilan
farq qiladi.
Nomaxsus chidamlilikka buyrak, yuqori nafas yo‘li, me’da-ichak, sut, so‘lak va
ter bezlarinin ajratish faoliyati va bundan tashqari, boshqa azolarning ham ma’lum
darajada chidamliligi, organizmni turli xil patogen mikroorganizmlar va boshqa
zararli agentlardan xalos bo‘lishida zaharli moddalarni oksidlantirib, buyrak orqali
chiqarib yuboradi.
Interferonlar (IF). Odam organizmini viruslardan, asosan, interferon deb
nomlangan oqsil tabiatli moddalar himoya qiladi. Bu oqsillar 1957 yili L. Ayzeks va
I. Lindenmanlar tomonidan kashf etilgan. Molekulyar og‘irligi 20-30 kilodalton
nukleaza, lipaza ta’siriga va f ning o‘zgarishlariga chidamli, ammo proteolitik