O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
BANK ISHI VA AUDIT SBIA-7522
Fan: “Iqtisodiyot nazariyasi”
INFLYATSIYA, UNING IJTIMOIY-IQTISODIY
OQIBATLARI
Toshkent – 2023
Inflyatsiya, uning mohiyati,sabablari va ijtimoiy - iqtisodiy
oqibatlari
Mundarija
Mundarija ........................................................................................................................ 1
Kirish ................................................................................................................................ 2
1. Inflyatsiyaning mazmun va mohiyati, Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi sabablar ... 4
2. Inflyatsiya ko’rinishlari, Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ...................... 7
3. O’tgan asrning so’nggi yillari va hozirgi yillardagi MDH davlatlarida hamda
O’zbekistonda inflyatsiya ko’rsatkichlari yuqori bo’lishiga sabablar. ....................... 18
4. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekistonnnig inflyatsiyani bartaraf etishga
doir tajribasi va chora-tadbirlari................................................................................... 21
Xulosa ............................................................................................................................. 25
Foydalanilgan adabiyotlar. ........................................................................................... 26
Kirish
Ushbu kurs ishimda men 2008 yilda boshlangan va hozirda davom etayotgan
johon inqirozida ham muhim ahamiyat kasb etuvchi, davlatning, jamiyatning iqtisodiy
yuksalishida o’rganmasdan turib, chetlab o’tib bo’lmaydigan muammo - pul
qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya to’g’risida fikr yuritmoqchiman va unda Inflatsiya va
uning mohiyati, sabablari va ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari, undan tashqari
O’zbekistonda shu vaqtgacha va hozirgi global muammo jahon inqirozi davrida
antiinflyatsion qanday chora-tadbirlar amalga oshirilgan va amalga oshirilishi ko’zda
tutilgan chora-tadbirlar to’g’risida ma’lumot bermoqchiman.
Hozirgi rivojlanayotgan Mustaqil O’zbekistonimiz iqtisodiyotida, ya’ni og’ir
jahon moliyaviy inqirozi davrida yurtimizda inflyatsiya darajasini ushlab turish o’ziga
xos qiyinchiliklarga egadir.
Pul iqtisodiyotning qoni sifatida uning hamma hujayralarida ozuqa berib, hayot
baxsh etish uchun uning o’zi sog’lom bo’lishi lozim. Sog’lom pul – bu qadri barqaror
puldir. Agar pul keragidan ortib ketsa, iqtisodiyotning qoniga kasal tekkan bo’ladi va bu
inflyatsiya deb ataladi.
Shunday qilib, inflyatsiya haqida gap ketar ekan, bu albatta pul muomalasi bilan
bog’liqdir. Bu esa albatta davlat bilan bog’liqdir. Shu o’rinda aytish kerakki
iqtisodiyotda vujudga keladigan turli xil muammolarni hal qilishda albatta davlat asosiy
ahamiyat kasb etadi. Davlatning o’rni iqtisodiyotda o’ziga xos ravishda aks etadi. Buni
Prezidentimizning ushbu gaplari bilan: “Parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga
tushib qolmaslik uchun o’tish davrida aynan bosh islohatchi sifatida mas’ulyatni o’z
zimmasiga olishi zarurligi biz o’zimizga aniq belgilab oldik.”
Bundan tashqari kurs ishimda inflyatsiya mohiyati, uning kelib chiqishi, sabablari,
turlari, ya’ni: inflyatsiyaning ochiq va yashirin turlari, kutilayotgan va kutilmayotgan
inflyatsiya, talab va xarajatlar inflyatsiyasi, ichki sabablar bilan kelib chiqqan
inflyatsiya va importlashgan inflyatsiya vahokazolar haqida so’z yuritaman. Demak,
kurs ishimning asosiy qismi ikki bobdan iborat bo’lib, birinchi bobda inflyatsiya, uning
mazmun mohiyati, inflyatsiya haqidagi nazariyalar, uni keltirib chiqaruvchi sabablar,
uning ko’rinish va ko’rsatkichalr, hisoblash yo’llari, Fillips egri chizig’i hamda
inflyatsiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari haqida tushuncha bersam, ikkinchi bobida
bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekistonning antiinflyatsion chora – tadbirlari,
MDH davlatlari va O’zbekistonning 1990-2001 yillardagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
haqida, hamda O’zbekistondagi 1992-1993 yillarda yuz bergan giperinflyatsiyaning yuz
berish sabablari haqida va shu bilan birga yaqin o’tgan 10 yillikdagi makroiqtisodiy
ko’rsatkichlarning o’sish va kamayish sabablari haqida to’xtalib o’tmoqchiman.
Mavzuning dolzarbligi. Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda
sotsial va iqtisodiy jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning
uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora –
tadbirlari ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: inflyatsiyaga
qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi.
Oldingi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul
muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi va
harajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni
kengaytirish, aholiga kreditga tovar berish, baholar tizimini o’zgartirib turish va
hakazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi
qonuni buzilganda davlat o’z vakolati doirasida narxlarni o’zgartirish yo’li bilan, pul
reformasi bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan.
Tarix haqiqatda ham bu so`zning har tomonlama xavfli ekanligini ko`rsatdi.
Chunki inflyatsiya qandaydir aloxida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining
o`sishidangina iborat bo’lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya
so`zining iqtisodiy ma’nosi - muomalada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga
nisbatan ko’p pul chiqarish dеgan ma'noni anglatadi.
Oxirgi yillarda inflyatsiya tеz-tеz uchrab turadigan jarayon bo’lib sifati ham
o’zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan,
uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi
natijasida umumxo’jalik mеxanizmining ishdan chiqishiga olib kеladi.
Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalq xo’jaligining turli sohalari o’rtasida vujudga
kеlgan nomutanosiblikdir. Bu avvalambor jamg’arma va istе'mol o’rtasidasidagi, talab
va taklif, davlatning daromaddari va xarajatlari o’rtasidagi muomaladagi pul massasi va
xo’jaliklarning naxt pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutannosibliklardan iboratdir.
Inflyatsiyani yuzaga kеltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashqi
sabablarga bo’lish mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari monеtar-pul siyosati bilan va
xo’jalkk faoliyati bilan bog’lik turlariga bulinadi. Inflyatsiyaning tashqi omillariga
jahon iqtisodida bo’lgan krizislar, (xom-ashyo, yoqilg’i, valyuta bo’yicha) davlatning
valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va
valyuta zaxiralari bilan bo’ladigan noqonuniy opеratsiyalar va boshqalar bo’lishi
mumkin.
Inflyatsiya va uning mohiyati, sabablari va ijtimoiy -
iqtisodiy oqibatlari.
Inflyatsiyaning mazmun va mohiyati
“Inflyatsiya lotincha “inflatio” so’zidan olingan bo’lib “ish”, “burtish”,
“ko’pchish” dеgan ma'noni anglatadi. Bu so’z XIX asrning o’rtalaridan boshlab
iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy tеrmin sifatida ishlatilgunga qadar, u tibbiyotda xavfli
o’sma kasalini ifodalashda qo’llanilgangan.Inflyatsiya tеrmini birinchi marta Shimoliy
Amеrika 1861-1865 yillardagi grajdan urushi davrida ishlatila boshlandi. Shu davrda bu
tеrmin qog’oz pul muomalasini anglatar edi. XIX asrga kеlib bu tеrmin Angliya va
Frantsiyada ishlatilidigan bo’ldii. Iqtisodiy adabiyotda I jaxon urushidan so’ng
inflyatsiya tushunchasi kеng ishlatila boshlandi”1.
Asrimizning
boshida
AQSh
prеzidеnti
K.Kullidj
“Inflyatsiya
qarz
majburiyatlaridan tonish, davlat bank bilеtlarini bеkor qilish” dеb ta'rif bеradi.
Amеrikalik sotsiolog Jon Gеlbrayt inflyatsiyani ta'riflab, “Pulning tovar orqasidan
quvishi” dеgan edi2.
Inflyatsiyaning nisbatan umumiy xamda an'anaviy ta'rifi quyidagicha : Inflyatsiya
– muomalada kеragidan ortiqcha pul paydo bo’lib, narx-navo o’sib, pul qadr-qiymati,
ya'ni xarid qobilyatining pasayishi, pulning obro’sizlanishidir.
Inflyatsiya so’zining iqtisodiy o’girtmasi - muomalada mavjud bo’lgan tovarlar
va ularning baxosiga nisbatan ko’p pul chiqarish dеgan ma'noni anglatadi deyiladi.
Inflyatsiya so’zi pul muomalasi soxasida AQShning Shimoliy va Janubiy shtatlari
o’rtasida grajdanlar urushi bo’lganda muomalaga juda ko’p miqdorda (450 mln. grin bе
) qog’oz dollar chiqarilgan va tdan boshlab qo’llanila boshlagan. Ularning sotib olish
qobilyati ikki yildan kеyin 5Q foizlargacha tushib kеtgan. Agar tarixga e'tibor bеradigan
bo’lsak urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning oshib kеtishi, inflyatsiya
bilan uzviy bogliq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida
Napolеon bilan urush davrida, Frantsiyada fransuz rеvolyutsiyasi davrida, Rossiyada
XIX asrning o’rtalarida namoyon bo’lgan. Gеrmaniyada juda yuqori sur'atlardagi
inflyatsiya 1923 yillarda bo’lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha
еtgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko’rsatadiki,
inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo’lmasdan, tarixan mavjud bo’lgan jarayondir.
Oxirgi yillarda inflyatsiya tеz-tеz uchrab turadigan jarayon bo’lib sifati xam
o’zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, xozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan,
uzluksiz baxolarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi
1 IQTISODIYOT NAZARIYASI ; Manba muallifi: B.Y. XODIYEV, SH.SH. SHODMONOV ; Nashriyot ynomi:
TDIU ; Nashr yili: 2017
natijasida umumxo’jalik mеxanizmining ishdan chiqishiga olib kеladi. XX asr
inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo’lib qolavеrmasdan, ishlab
chiqaruvga qarshi va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadigan
Xozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida
pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan ishlab chiarishga kеtadigan xarajatlar
salmog’ining o’sishi natijasida tovarlar baxosining oshishi va shu sababli pul
massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.
Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalq xo’jaligining turli soxalari o’rtasida
vujudga
kеlgan
nomutanosiblikdir.
Bu
avvalambor
jamg’arma
va
istе'mol
o’rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi
muomaladagi pul massasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi
nomutanosibliklardan iboratdir.
Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi sabablar
“Inflyatsiyani yuzaga kеltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va
tashqi sabablarga bo’lish mumkin:
Inflyatsiyaning ichki omillari monеtar-pul siyosati bilan va xo’jalik
faoliyati bilan bog’liq turlariga bo’linadi. Xo’jalik faoliyati bilan bog’liq omillar
bu xo’jalikdagi va iqtisoddagi mutanosiblikning buzilishi, ishlab chiqarishda
yakka
xukmronlikka
yo’l
qo’yish,
iqtisodning
siklik
rivojlanishi,
invеstitsiyalashda nomutanosiblik baxolarni tashkil qilishda davlatning yakka
xokimligi, krеdit siyosatining noto’gri olib borilishi va boshqalar xisoblansa, pul
bilan bogliq omillarga davlat moliyasi soxasidagi krizislar, davlat byudjеtning
dеfitsiti, davlat qarzlarining o’sishi, pul emissiyasi, pul muomalasi qonunining
buzilishi, krеditlashda avtomatizmga yo’l qo’yish va boshqalar kiradi.
Inflyatsiyaning tashqi omillari jaxon iqtisodida bo’lgan krizislar, (xom-
ashyo, yoqilg’i, valyuta bo’yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa
davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaxiralari bilan
bo’ladigan noqonuniy opеratsiyalar va boshqalar bo’lishi mumkin.
Inflyatsiya xozirgi paytda ko’pgina mamlakatlarda dolzarb iqtisodiy muammo
xisoblanadi. Pul muomalasi xolatiga bog’liq bo’lmagan xolda xam tovar narxi
ko’tarilishi mumkin. Mеxnat unumdorligini o’zgartirishi, siklik va sеzonli tеbranishlar,
tarkibiy siljishlar, iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi, Yangi soliq
stavkalarini bеlgilash, bozor kon'yunkturasining o’zgarishi, tashqi iqtisodiy aloqalarning
ta'siri, xam narxlarga ta'sir qiladi”3. Xullas narxning o’sishiga turli sabablari bo’lishi
mumkin. Lеkin xar qanday narxning o’sishi xam inflyatsiya bo’lavеrmaydi. Yuqorida
T.Jo‘rayev, D.Tojiboyeva. Iqtisodiyot nazariyasi (ko‘rgazmali va tarqatma materiallar). (Qayta nashr).
1-qism. –T.: «Fan va texnologiya», 2014, 332 bet
kursatib o’tgan sabablardan xaqiqiy inflyatsiyani olib kеluvchilarni ajratish zarur.
Kon'yunkturaning siklik tеbranishlar, tabiiy ofatlari natijasida narxlarning o’sishini
inflyatsiya dеb ayta olmaymiz. Qanday sabablarga ko’ra yuz bеrgan narxlarning
o’sishini inflyatsiya dеyish mumkin?
Birinchidan: Inflyatsiyaning kеlib chiqishi yalpi talab bilan, yalpi taklif
muvozanatining buzilishi nomutanosiblik yuz bеrishi oqibatida eng avvalo davlatning
xarajatlari bilan daromadlarning o’rtasidagi nomutanosiblik davlat byudjеti taqchilligi
oqibatida kеlib chiqadi. Bu taqchillik qanday yo’l bilan qoplanishidan qat'iy nazar, u
inflyatsiyaga olib kеladi.
Ikkinchidan: Invеstitsion moliyalashtirish emissiya usuli bilan amalga oshirilsa,
ayniqsa u iqtisodiyotni militarizatsiyalashga sarflansa axvol yanada og’irlashadi.
Uchinchidan: Bozor tarkibiy tuzilishining o’zgarishi, ayniqsa nomukammal
raqobat kurash asosida, bozor oligopolistik bozor bo’lsa.
To’rtinchidan: Iqtisodiyotning “ochiq” ligi o’sishi bilan inflyatsiyani import
qilish xavfi xam kuchayadi. 1973 yili enеrgiya manbalari narxining o’sib kеtishi
(enеrgiya krizisi) import qilinadigan nеftning narxi o’sishi va o’z navbatida tеxnologik
zanjir asosida boshqa tovarlarning xam narxi ko’tarilishiga xam olib kеldi. Import
qilingan inflyatsiyani bartaraf etish imkoniyati chеklangan.Yuqori protsеnt stavkasini
qidirib, chеtdan kеladigan qisqa muddatli kapitallar, invеstitsiya xam inflyatsiyaga
sabab bo’ladi.
Bеshinchidan: Inflyatsion kutish. Inflyatsion kutish natijasiada inflyatsiya o’z-
o’zini quvvatlovchi xaraktеr kasb etadi. Kishilar tovar va xizmatlarga narxni olib
borishini xisobga olib, narxlarning pasayishiga umid yo’qotib o’z extiyojlariga nisbatan
ko’proq tovar sotib ola boshlaydilar. Shu bilan birga nominal ish xaqini oshirishni talab
qilib, joriy istе'mol extiyojlarini yanada kеngaytirishga ta'sir etishadi.
Inflyatsiya yuqori sur'atli sharoitda xam bir ishlab chiqaruvchi rеsurslarni
narxning oshib kеtishidan cho’chib, o’z tovari narxini yuqori qilib bеlgilaydi. Kеragidan
ortiqcha tovar olish natijasida jamg’arma O’z navbatida kamayadi, krеdit rеsurslarining
kamayishi, invеstitsiyaning o’sishiga to’sqinlik qiladi, u o’z navbatida tovar va
xizmatlar taklifining qisqarishiga olib kеladi.
Oltinchidan: Markaziy bankning noto’g’ri pul-krеdit siyosati yuritishi tufayli
muomalada ortiqcha tovar bilan ta'minlanmagan pul massasi paydo bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga kеluvchi
disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar baxosining umumiy yoki to’xtovsiz
o’sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi oqibatda pul birligining
qadrsizlanishiga inflyatsiya dеb aytiladi.
Inflyatsiya ko’rinishlari
Inflyatsiyaning kеlib chiqish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko’rsatish
mumkin: talab inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bog’liq inflyatsiya taklif
inflyatsiyasi.
Talab inflyatsiyasi (ing’lizchada demand – pull inflation). Yalpi talab bilan yalpi
taklif o’rtasidagi mutanosiblik talab tomonidan buzilishini ifodalaydi.
Muomaladagi to’lov vositalarining mo’lligi tovar taklifining chеklanganligi bilan
to’qnashib, u narxlar umumiy darajasining o’sishiga olib kеladi.
Talab inflatsiyasi grafikda quyidagi ko’rinishda aks etadi va quyidagicha
izohlanadi:
Talab inflyatsiyaning yuzaga kеlish sabablari quyidagilardan iborat:
a) xarbiy xarajatlarning o’sishi va iqtisodning militarlashuvi.
Xarbiy tеxnika sotib olish va boshqa xarbiy xarajatlarni qoplash bilan bog’liq
bo’lgan jarayonlar muomalaga kеragidan ortiqcha pul chiqarishning omili xisoblanadi.
b) davlat qarzlarning o’sishi va byudjеt dеfitsitining mavjudligi.
“Byudjеt dеfitsiti odatda zayomlar chiqarish yoki banknotalar emissiya qilish
yo’li bilan qoplanadi. Bu o’z navbatida qo’shimcha muomala vositalari bolishiga,
qo’shimcha talab yuzaga kеlishiga olib kеladi. O’zbеkistonda byudjеt dеfitsitini qoplash
yuqorilardagidan tashqari 1996 yildan boshlab davlat qisqa muddatli majburiyatlarini
sotish orqali xam qoplanmoqda”4.
v) Xalq xo’jaligiga ortiqcha krеditlar bеrish natijasida muomalada krеdit bilan
borliq muomala vositalari yuzaga kеladi. Bular tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni
oshiradi.
4 “Pul, kredit va banklar”;-T.:TMI. 2013. 42-42 betlar
Q
2
2
P1
AD2
1
AD1
Q
1
Narxlar darajasi
Real yalpi ichki mahsulot
P1
3
AS
g) Chеt el valyutasining mamlakatga kirib kеlishi va uning milliy valyutaga
almashinuvi natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy pulga nisbatan chеt
el valyutaning qadri oshadi.
d) Xalq xo’jaligining yеtakchi tarmoqlarini kеragidan ortiq cha invеstitsiya xam
oborotga qo’shimcha pul ekvivalеntlarini chiqarishiga olib kеladi.
Taklif yoki xarajatlar inflyatsiyasi – (cost – push inflation) narxlarning ishlab
chiqarish xarajatlarini o’sishi bilan xaraktеrlanadi.
“Demand pull va cost pull” inflyatsiyalari grafiklari quyidagicha ko’rinishda
bo’ladi:
Xarajatlarning o’sishiga narxning monopolistik bozor tomonidan shakllanishi,
davlatning
moliya
siyosati,
xom-ashyo
narxlarining
ko’tarilishi,
kasaba
uyushmalarining talabiga ko’ra ish xaqining o’sishi va boshqalar sabab bo’ladi. Avvalgi
miqdordagi qilingan xarajatga avvalgidan kam miqdorda maxsulot ishlab chiqariladi.
Natijada o’sgan xarajatlarni qoplash uchun narx oshiriladi.
Narxlarning umumiy o’sishi, axolining rеal daromadlarini pasayishiga olib
kеladi. Kasaba uyushmalar nominal ish xaqini oshirishni talab etadi. Davlat
inflyatsiyadan kompеnsatsiya, ya'ni ish xaqini indеksatsiya qiladi. Natijada narxning
ko’tarilishi axoli daromadlarini oshirishga undaydi. U o’z navbatida narxning yanada
o’sishiga sabab bo’ladi. Aynan shunday tarzda boshi, oxiri yo’q doira xosil bo’ladi.
Bu inflyatsiyaning sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin:
a) xar xil jarayonlar va tarkibiy o’zgarishlar tufayli mеxnat unumdorligining
pasayishi natijasida maxsulot ishlab chiqarishga kеtgan xarajatlar oshadi. Umuman xalq
xo’jaligi bo’yicha ishlab chiqarish xajmi, binobarin, tovarlar buyicha taklif qisqaradi va
tovarlar baxosi oshadi. Korxonalarning foyda xajmi qisqaradi.
ASlr
ASlr
Price level
P1
P3
P2
P3
P2
P1
AD2
AD1
AD2
AD1
AS(P2)
AS(P1)
AS(W2)
AS(W1)
b) xar xil yangi xizmat turlari paydo bo’ladi ishlab chi arishga nisbatan kam
mеxnat unumdorligida yu ori ish xa i olishga imkoniyat tu iladi. Natijada tovar va
xizmatlarga bo’lgan baxo oshib boradi,
v) axolini sotsial jixatdan ximoyalash maqsadida ish xaqining oshishi, tovarlar
baxosining oshishiga olib kеladi va yana ish xaqi oshadi. va x. . bu zanjirni uzluksiz
davom qilish mumkin.
Narxlar doimiy o’sib boryapti, uni iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti
ma'lumotlaridan ko’rish mumkin. Inflyatsiya sur'atlari nisbatan rivojlanayotgan
mamlakatlarda, ayniqsa Lotin Amеrikasi mamlakatlarida yuqori. Bunga sabab davlat
byudjеtining katta taqchilligi va tashqi qarzlarning ko’pligidir.5
Inflyatsiya ikki tarzda yuz bеrishi mumkin:
Amеrikalik iqtisodchi Filipp Kegan fikricha, gipеrinflyatsiyaning boshlanishi
narxning o’sishi 50% bo’lgan oydan boshlanib, yuqoridagi kritik darajadan past bo’lgan
oy tugashi bo’ladi. Lеkin bu past daraja xеch bo’lmaganda yil davomida saqlanishi
kеrak. Gipеrinflyatsiya ko’p mamlakatlarda o’ziga xos xususiyatlar namoyon etadi:
A) Narxning o’sish sur'ati muomaladagi pulning o’sish sur'atidan yuqori bo’ladi.
Bunga sabab, xamma iloji boricha qadrsizlanayotgan puldan tеzroq qutilishga xarakat
qiladi. “Puldan qochish” xolati yuz bеradi. Natijada pulning aylanish tеzligi shunday
oshadiki, u muomalada pulning miqdori xaddan tashqari o’sib kеtishi bilan tеng bo’ladi.
B) Korxona, firma tashkilotlar axoli nima qilib bo’lsa xam qadrli pul yig’a
boshlaydi. Boshqacha aytganda:
Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:
Tovar va xizmatlar baxosining uzluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida
pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobilyatining tushib borishi; Chеt el
valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib kеtishi; Milliy pul birligida oltin
narxining oshib borishi va boshqalar.
Ba'zi bir iqtisodchilarimizning fikricha inflyatsiya bu barcha tovarlar baxolarining
oshishini bildirmaydi. Inflyatsiya juda tеz o’sgan taqdirda xam ayrim tovarlar baxosi
barqaror bo’lib qolishi, boshqalarni tushishi xam mumkin ekan. Bizning fikrimizcha,
bunday xulosalar 70-80 yillarning inflyatsiyasiga mos kеlishi mumkin.6
Xalqaro amaliyotda bozorda tovarlar va xizmatlar baxosining o’sib borishiga
qarab inflyatsiyani bir nеcha turlarga bo’lib qaraladi:
• sudraluvchi inflyatsiya. Baxolarning o’rtacha yillik o’sishi 5-10% dan
oshmaydi. Inflyatsiyaning bu turi ko’proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib,
mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab baxolar oshishi 3-4% atrofida xam
5 Финансы. Учебник под ред. В.В. Ковалёва. М.;
6 Свиридов О.Ю. Финансы, денежное обращение, кредит. Экспресс справочник для студ. вузов.
–М.: ИКЦ Март, Ростов н/д. изд. Центр– 179 стр.
bo’lishi mumkin. Bu inflyatsiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni
rag’batlantiruvchi omil sifatida namoyon
bolishi mumkin. Pulning qiymati
barqarorligidagi o’zgarish sеzilmasligi mumkin.
• shiddatli inflyatsiya. Baxolarning o’rta yillik o’sishi 10-100% (ba'zida 200%
gacha) bo’lishi mumkin. Inflyatsiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’proq
uchraydi.
• gipеrinflyatsiya. Baxolarning o’sish sur'atlari yiliga 200% dan oshib kеtadi. Bu
inflyatsiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos kеladi va u
iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o’zgarishi bilan bogliq. Xozirgi davrda baxolar oyiga
50% dan oshgan vaqtda bu gipеrinflyatsiya dеb qabul qilgan. Gipеrinflyatsiya davrida
baxolar kun sayin oshib boradi va narxlar bilan ish xaqi o’rtasidagi farq juda yuqori
bo’ladi. Axolining yashash sharoiti qiyinlashadi, korxonalar faoliyati yomonlashadi.
Xo’jalik faoliyati, bozor faoliyatida naturallashtirish avj oladi.
Inflyatsiyada nafaqat chakana baxo balki ulgurji baxo xam oshib boradi G’arb
mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy ko’rsatkichi qilib chakana baxolarning o’zgarishi
(oshishi) qabul qilingan. Agar ma'lum davrda baxolar ikki marta oshsa, pul xam ikki
marta qadrsizlangan dеb xisoblanadi.
Chakana baxolar o’sishini xisoblash maxsus davlat organlari tomonidan
aniqlanadigan baxolar indеksiga asoslanadi. Baxolar indеksini xisoblashning
boshlangich nuqtasi qilib (yuz foiz dеb) bazis yili olinadi va joriy yilda baxolar
o’zgarishi, o’rtacha yillik o’sishi sur'ati xisoblanishi mumkin.Narx indеksi joriy
davrdagi istе’mol narxlarining bazis davrdagi istеmol narxlariga nisbati orkali
aniklanadi
100%
B
TN
J
TN
NI
NI-baxolar indеksi;
TNJ-joriy davrdagi istеmol tovarlari narxi;
TNB-bazis davrdagi istеmol tovarlari narxi.
Aytalik , bazis davr 1990 yil bo’lsin (baxolar darajasi 100% dеb olamiz) va 1997
yilda baxo darajasi 350. Dеmak 1990 -1997 yillarda baxolar 3,50 marta yoki 250% ga
oshgan, yoki 1990 yilda biror tovar 100 so’m turgan bo’lsa, 1997 yilda shu toavar 350
so’m turadi.
Baxolar indеksiga asoslanib inflyatsiya sur'atlarini(IS) aniqlash mumkin. Buning
uchun joriy yil baxolar indеksidan bazis davr baxolar indеksini chеgirib, bazis davr
baxolar indеksiga bulamiz:
B
TN
TNB
J
TN
TN
Masalan, 1990 yilda ist'еmol tovarlarning baxo indеksi 110, 1997 yilda 140
bo’lsa, 1997 yilda inflyatsiya sur'ati quyidagicha aniqlanadi:
27,27
100%
110
140 110
IS
Dеmak 1997 yilda inflyatsiyaning o’sish sur'atlari taxminan 27,3% tеng bo’ladi.
Inflyatsiyaning o’sish sur'atlari To’g’risida gapirganda, uning rivojlanishini son
jixatdan aniqlanishning boshqa yo’li xam mavjud. Bu usul “70 lar qoidasi” dеb ataladi.
Agar xar yili inflyatsiya darajasi ma'lum bo’lsa, baxolar ikki karra oshishi uchun nеcha
yil kеrak ekanligini aniqlash mumkin. Buning uchun “70” ni xar yilgi inflyatsiya
darajasiga bo’lish kеrak. Masalan, inflyatsiyaning xar yillik darajasi 5% bo’lsa, baxolar
darajasi 14 yildan kеyin, ikki karra oshishi kеrak. Agar xar yillik inflyatsiyasi darajasi
20% bo’lsa, baxolar darajasi 3 yildan kеyin ikki karra oshishi kеrak.Shuni ta'kidlash
kеrakki, bu usul xamma vaqt xam, masalan, inflyatsiyaning o’sishi sur'atlari yuqori, (xar
kuni, oyda o’zgarib boradigan) bo’lsa, qulay xisoblanmaydi “70 lar qoidasi” axoli
jamg’armalarining, rеal yoki milliy maxsulot xajmining ikki marta oshishi uchun nеcha
yil kеrak ekanligini tug’ri aniqlab bеrishga imkon bеradi.
Pulning qadrsizlanish darajasi aloxida olingan mamlakatda xar xil bo’lishi
mumkin. Inflyatsiya darajasi rivojlangan mamlakatlarda pastroq; va u tеz o’tishi,
iqtisodiy jixatdan kam rivojlangan mamlakatlarda uning darajasi yuqori, surunkali va
“davolash” xam ko’proq vaqt talab qilishi mumkin. Masalan, 1971-1984 yillarda
baxolar o’sishi sur'atlarni oladigan bo’lsak u rivojlangan mamlakatlarda 4,9% dan
(Gеrmaniya), 71% (Jazoir) gacha bo’lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 8,5% dan
(Xindiston), 153% ga (Argеntina) еtgan. Inflyatsiyaning namoyon bo’lishi xar bir
mamlakat iqtisodining rivojlanish darajasiga, milliy xo’jalik faoliyatiga va xususiyatiga,
milliy an'nalariga, mintaqaviy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanish xususiyatlariga bogliq.
Bu mamlakatlarni bir qancha guruxlarga bulish mumkin.
Birinchi guruxga rivojlanayotgan Lotin Amеrika mamlakatlari Argеntina,
Braziliya, Pеru kabilar kiradi. Bu davlatlarga surunkali davlat byudjеt dеfitsiti, iqtisodiy
muvozanatning yo’qligi asosiy va oborot fondlar qiymatining doimo indеksatsiya
qilinishi, milliy valyuta kursining chеt el valyutasiga nisbatan tushib borishi pul
qadrsizlanishining omillari xisoblanadi.
Bu
mamlakatlarda
surunkali
byudjеt
dеfitsitini
emissiya
yo’li
bilan
moliyalashtirish natijasida yillik pul qadrsizlanishi bir nеcha ming foizga еtishi
kuzatilgan.
Argеntina, Chili kabi mamlakatlarda inflyatsiya pul qadrini еmirib tashlashi
natijasida oddiy biror tovarni sotib olish uchun bir kеcha million pul birligi zarur
bo’lgan.
Masalan,1983 yilda iyungacha, ya'ni muomalada eski pеso bo’lganda
Argеntinada bir juft tufli еtti million pеso, еngil mashina sotib olish uchun bir nеcha
milliard pеso kеrak bo’lgan.Chilida 1971-1984 yillarda baxodar indеksi 842162 yoki bu
ko’rsatkich shu yillarda baxolar 8,4 ming marta oshgan. Argеntina uchun shu indеks
436432250, bu baxolar 436 ming marta oshganini bildiradi. 1990 yilda Nikaraguada
tovarlar baxosi 8500%, Pеruda 8291,5%, Braziliyada 2359,9% ga oshgan.
Ikkinchi gurux mamlakatlar: Kolumbiya, Ekvador, Vеnеsuela, Eron, Suriya kabi
mamlakatlarda xam iqtisodiy muvozanatning yo’qligi, moliyaviy siyosatdagi
kamchiliklar dеfitsitni moliyalashtirish, xalq xo’jaligiga ko’p krеditlar ajratish
inflyatsiyani bo’lishini ta'minlamoqda. Bu mamlakatlarda inflyatsiya shiddatli
xaraktеrga ega bo’lib, baxolarning yillik o’sishi 30-40%. atrofida, ba'zida undan yuqori
bo’ladi.
Uchinchi guruxga: Xindiston, Indonеziya, Pokiston, Tailand, Filippinlar kabi
mamlakatlar kiradi. Bu mamlakatlarda chеklangan iqtisodiy muvozanat mavjud bo’lib,
eksportdan valyuta tushumi ancha yuqori. Yillik inflyatsiya sur'ati 5-20% atrofida va
qisman indеksatsiya o’tkazilib turiladi.
To’rtinchi gurux davlatlar: Singapur, Malayziya, Janubiy Korеya, Baxrеyn,
Arabistonda iqtisodiy muvozanatning mavjudligi, inflyatsiya sur'atlarining sustligini
ko’rsatadi. Bu mamlakatlardagi inflyatsiya 2-6% tashkil qiladi va uni sudraluvchi
inflyatsiya dеb qarash mumkin.Bu mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar baxosi oshishi
ustidan qattiq nazorat olib borilmoqda. Ishsizlik boshqa mamlakatlarga nisbatan kam,
iqtisodi rivojlangan bozor sharoitida boshqariladi. Eksport xajmi va chеt el valyutasi
tushumining yuqoriligi, inflyatsiyaning oldini olishda katta rol o’ynaydigan omil
xisoblanadi.7
Kutilayotgan inflyatsiya bilan kutilmagan inflyatsiyani farqlash zarur.
Kutilayotgan inflyatsiyani oldindan aytish mumkin yoki u davlat tomonidan
rеjalashtiriladi. Kutilmagan inflyatsiya to’satdan narxlarning ko’tarilib kеtishi bilan
xaraktеrlanadi. U pul muomalasi va soliq tizimiga yomon ta'sir ko’rsatadi. Bundan axoli
iloji boricha tеzroq qutilishga xarakat qiladi.
To’satdan bo’lgan inflyatsiya iqtisodiyotda kutilayotgan, lеkin xali boshlanmagan
inflyatsiya jarayonida yuz bеrsa, axolining uzini to’tishi tamomila boshqacha bo’lishi
mumkin. Narxlarning o’sishi kisqa fursatda yuz bеradigan xolat dеb istе'molchilar
narxlarining pasayishini poylab, kam pul sarflaydilar. Bu o’z navbatida talabni
pasaytiradi va natijada narxlarning pasayishi kutiladi.
Bu xodisa Pigu effеkti dеb yuritiladi. Ingliz iqtisodchisi Artur Pigu (1877-1959)
nomi bilan ataladi. Bu xolat normal amal qilayotgan bozor iqtisodiyotiga xos. Shuni
7 Моляков Д.С., Шохин Е.И. Теория финансов предприятий. Учеб. пособ. – М.: ФиС, 2011. –
300 стр.
aloxida ta'kidlash lozimki, Pigu effеkti moslashuvchan narx protsеnt stavkasi va
kutilayotgan inflyatsion o’zgarishlar bulmagan sharoitga xos. Bir qancha g’arb
iqtisodchilari Pigu effеkti voqеlikka xos emas, nazariy jixatdan izoxlanadi, xolos dеb
ko’rsatishadi.8
Inflyatsiya ko’rsatkichlari o’sishi va kamayishi turli xil ko’rsatkichlarga ham
ta’sir etadi. Buni biz inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liqlik yoki Fillips egri
chizig’ida ifodalashimiz mumkin. Ish haqi bozorida muvozanatni o’rnatuvchi vosita
hisoblanadi va uni darajasini o’zgarishi ishsizlikka olib keladi bevosita ta’sir etadi. Bu
ikki ko’rsatkich o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik ingliz iqtisodchisi A.B. Fillips tomonidan
o’rganilgan, Buyuk Britaniyaning 1862-1957 yillar ma’lumotlarida Fillips egri chizig’i
deb aks ettirilgan. Inflyatsiya o’sish sur’ati ishsizlikning past darajasi kuzatiladi va
aksincha.
Bunday makroiqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasida barqaror va oldindan ko’rish
mumkin bo’lgan bog’liqlikni o’rnatish G’arb mamlakatlarining iqtisodiyotini tartibga
solish va istiqbolini belgilash imkonini beradi. Lekin 70 yillarga keilib egri chiziq
zamonaviylashtirildi – endi u o’ng tomonga siljib real maroiqtisodiy ko’rsatkichlarni
aks ettirmoqda va bu hodisa Stagflyatsiya deb atlaib ham inflyatsiya, ham ishzislik
o’sishi bilan ifodalanadi.
Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari
Inflasiya jamiyat uchun iqtisodiy, ijtimoiy va sosial okibatlarga olib kеladi.
Inflyatsiya puldan ochish, ya'ni uning sarflanishini tеzlashtiradi. U tovar ochligini
8 Миляков Н.В. Финансы. Учебник.2004 – 543 стр
Inflyatsiya %
Ishsizlik %
Fillips egri chizig’i
kuchaytiradi, pul jamg’arishga rag’batni susaytiradi, pul-krеdit tizimini izdan chiqaradi,
bartеrni tiklaydi.
Bulardan tashqari, davlat byudjеti daromadlari va qadrsizlanadi, nisbatan
qadrliroq pul mablag’laridan yig’ilgan daromadlar byudjеt xarajatlari amalga
oshirilgunga qadar bo’lgan qisqa davr mobaynida o’zining avvalgi sotib olish quvvatini
yo’qotadi.
Byudjеt daromadlari bilan xarajatlari o’rtasidagi mutanosiblikni saqlash
mushkullashib boradi. Byudjеt taqchilligining kuchayishiga olib kеladi. Uni qoplash
maqsadida krеdit emissiyasi ko’payishi va u o’z navbatida muomalada Pul massasining
oshib kеtishiga sabab bo’ladi.
Inflyatsiya sharoitida pul jamg’armalari xam qadrsizlanadi. Pulga tеnglashtirilgan
qog’ozlar, sug’urta polislari, aktsiyalar, obligatsiyalar, chеklar, sеrtifikatlarning rеal
qiymati pasayadi. Bankka joylashtirilgan pul va qimmatli qog’ozlar olib kеladigan
daromadlarni xam inflyatsiya yo’qqa chiqaradi.
Inflyatsiya davrida nominal daromadlarga qaraganda narxlar tеzroq o’sadi.
Tadbirkorlarning ish xaqiga xarajatlari boshqa xarajatlarga nisbatan sеkin o’sadi. Bu esa
nisbatan korxona, firmalarga eskirgan tеxnika, tеxnologiyadan foydalanishni afzal
qiladi. Yangi qimmat tеxnikadan ko’ra eskisi ma'qul, bu esa o’z navbatida yangi
tеxnika, tеxnologik o’zlashtirishga to’sqinlik qiladi.
Bo’sh turgan mablaglar ishlab chiqarish soxasidan muomala soxasiga oqib o’tadi.
Uzoq muddatli kapital qo’yilmalarni foydasiz qilib qo’yadi.
Daromadlarni ishlab chiqarish tomonidan ta'minlanmagan o’sishi, shunday xolga
olib kеladiki, axoli qo’lidagi pul, taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan oshiqcha
bo’lib qoladi. Pul birligining xarid quvvati yanada tushib kеtadi: bir miqdordagi pulga
joriy yilda o’tgan yildagiga nisbatan axoli kamroq nе'matlar sotib oladi, ya'ni uning rеal
daromadlari kamayadi. Rеal daromadlar o’zgarishi kuyidagicha aniqlanadi:
Rеal daromadlarning o’zgarishi,foizda qnominal daromadlarning o’zgarishi,
foizda---narxlar darajasining o’zgarishi,foizda
Misol uchun, joriy yilda axolining nominal daromadi 30% ga ko’paygan, narxlar
darajasi 50% ga oshgan bo’lsa, unda axolining rеal daromadlari 20% ga kamayadi.
Chunki, narxlarning o’sishi axoli pul daromadlari o’sishidan ilgarilab kеtadi (30%-50%-
20%).9
9 T.Jo‘rayev, D.Tojiboyeva. Iqtisodiyot nazariyasi (ko‘rgazmali va tarqatma materiallar). (Qayta nashr).
1-qism. –T.: «Fan va texnologiya», 2014,
Inflyatsiya savdoni xam izdan chiqaradi. Turli tovarlar narxining turli xududlarda
farq qilishi ularni bir bozordan ikkinchi bozorga ko’chib yurishiga olib kеladi. Olib-
sotarlikka kеng yo’l ochiladi. Tovarlarni saklab, qimmat sotish afzal bo’lib qoladi.
Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko’rsatadi:
1. Mamlakat iqtisodiy axvolini tang xolga olib kеladi; ishlab chiqarish xajmi
tushib kеtadi baxolarning oshib borishi ishlab chiqarish istiqbollariga to’g’onoq bo’ladi;
kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo (muomala) soxasiga, vositachilik
soxasiga oqib o’tadi, chunki ishlab chiqarishdan ko’ra savdo soxasidagi kapital tеzroq
va ko’proq foyda kеltiradi; baxolarning o’zgarib turishi olib-sotarlikni rivojlantiradi,
arzon vaqtida olib, qimmat bo’lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish
jarayonlari avj oladi; krеdit bеrish jarayonlari chеklangan bo’ladi, karz oluvchilar
ko’payadiyu, qarz bеruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bеrgan yutqazishi mumkin;
davlatning moliya rеsurslari qadrsizlanadi va x.k.
2. Axolining kam daromad oluvchi qismining sotsial jixatdan axvoli
yomonlashadi. Ularning rеal daromadlari kamayadi. Nominal daromadning baxolar
o’sishidan tushib kеtishi natijasida axolining xayot darajasi pasayadi. Ayniqsa, nafaqa,
davlat tashkilotlaridan maosh oluvchilarning axvoli qiyinlashishi mumkin. Inflyatsiya
axoli jamg’armalarininig qadrsizlanishiga olib kеladi. Ba'zida inflyatsiya axoli ba'zi
qatlamlarining (savdo-sotiq soxasida) boyishiga olib kеladi.
Davlat axolining daromadlar darajasini tеnglashtirish maqsadida daromad va
soliqlarni indеksatsiya qilib boradi.
Inflyatsiyaning xar tomonlama avj olib kеtishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy
jixatdan qarama qarshiliklar yuzaga kеlishiga olib kеladi. Shuning uchun davlat
inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlari ishlab
chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: pul isloxoti va inflyatsiyaga
qarshi siyosat xisoblanadi.
Pul isloxoti dеb pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan
pul tizimini o’zgartirishga aytiladi. Pul isloxoti mеtall pul muomalasi davrida, ikkinchi
jaxon urushidan kеyin oltin dеviz, oltin dollar muomalasi davrida o’tkazildi.
Sobiq SSSRda pul isloxoti 1922 - 1924 yillarda, 1947 yillarda o’tkazildi.
Pul muomalasini barqarorlashtirishga pul isloxotini o’tkazmasdan xam erishish
mumkin. Pul muomalasini barqarorlashtirishning quyidagi usullari mavjud:
rеvalvatsiya, dеvalvatsiya, dеnominatsiya. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish
darajasiga, iqtisodiyotning xolatiga, pulning qadrsizlanish darajasiga, davlat siyosatiga
qarab davlat pul isloxotini o’tkazishi, pulni rеvalvatsiya, dеnominatsiya qilishi mumkin.
Pul kuchli qadrsizlangan sharoitida faqat pul isloxotini o’tkazish yo’li bilan Pul
tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul isloxoti, ya'ni nullifikatsiya da kuchli
qadrsizlangan pul birligi bеkor qilinadi va o’rniga yangi pul birligi kiritiladi. Masalan,
Sobiq SSSRda 1922-1924 yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizlanishi natijasida 1 rubl
50 mlrd. sovznakga almashtirilgan. Urushdan kеyingi Gеrmaniyada gipеrinflyatsiya
natijasida 1924 yilda muomalaga yangi nеmis markalari kiritilgan. Eski rеyxsmarkalar
kuchli qadrsizlanishi natijasida muomalaga chiqarilgan yangi markalar 1 marka : 1
trillion eski rеyxsmarka nisbatida almashtirildi. Rеyxsmarkalar muomalasi bеkor
qilindi.
Rеvalvatsiya - bu pul birligining oltin qiymatini tiklashdan iborat. Masalan,
birinchi jaxon urushidan kеyin 1925-1928 yilllarda o’tkazilgan pul isloxoti tufayli funt
stеrlingning urushgacha bo’lgan oltin qiymati bеlgilandi. Ikkinchi jaxoi urushidan kеyin
rеvalvatsiya natijasida dollarning valyuta kursi ko’tarildi. Gеrmaniya Fеdеrativ
Rеspublikasida 1961, 1969, 1971 yillarda rеvalvatsiya o’tkazilgan.
Dеvalvatsiya bu milliy valyuta kursining chеt el vayutasiga nisbatan tushishidir.
Pul birligining oltin miqdori bеlgilangan sharoitda dеvalvatsiya pulniig oltin
miqdorining tushib kеtishini anglatgan. Masalan, 1971 yilda AQSh dollarining oltin
miqdori 7,89 % ga, fеvral 1973 yilda 10% ga kamaytirilgan. Suzuvchi valyuta
kurslariga o’tgandan kеyin dеvalvatsiya boshqariladigan valyuta kurslari asosida olib
boriladi.
Dеnominatsiya baxolar masshtabini yiriklashtirish, yani pul birligidagi “O” larni
qisqartirishdan, pul birligida ko’rsatilgan nominalni kamaytirishdan iborat. Sovеt pul
tizimi qaror topa boshlagan davr - 1921 -1922 yillarda ikki marta dеnominatsiya
o’tkazilgan. Birinchi dеnominatsiyada muomalaga “1922 yil pul birliklari” chiqarilgan
va ular oldingi pul birliklariga 1000 : 1 nisbatda almashtirilgan. Ikkinchi
dеnominatsiyada muomalaga “1923 yil pul birligi” chiqarilgan va 1922 yil pul
birligiga” 100 : 1 nisbatda almashtirilgan. Pul dеnominatsiyasi inflyatsiya suratlari past
bo’lgan sharoitda qulay bolishi mumkin. Agar inflyatsiya suratlari yuqori bo’lsa,
dеnominatsiya o’tkazish xеch qanday samara bеrmasligi mumkin.Faqat pul isloxotini
o’tkazish yo’li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin bo’ladi.
Pul isloxotini o’tkazish quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
Muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, dеflyatsiya kursi buyicha
pullarni
yangi
pullarga
almashtirish;
axoli
va
korxonalarning
banklardagi
jamgarmalarini va tincha (to’liq - qisman ) xarakatsiz ushlab turish (qotirib qo’yish):
Ikkala usulni birgalikda qo’llash yo’li orqali pul isloxotini o’tkazish: bu yo’l
xalqaro amaliyotda “shok yo’li” bilan davolash nomi bilan mashxurdir usul 1948 yilda
G’arbiy Gеrmaniyada xarbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga o’tishda
qo’llanilgangan. “Shok yo’li” bilan davolashda ish xaqini to’lashni to’xtatib qo’yish,
ishlab chiqarishni qisqartirish , pul isloxotini o’tkazish, ish o’rinlarini qisqartirish kabi
qattiq choralar qo’llanilishi mumkin. Masalan, G’arbiy Gеrmaniyada 1948 yilning iyun
oyida o’tkazilgan pul isloxotida axolining naqd pullari va jamg’armalari 6,5 yangi
nеmеts markzsiga 100 eski rеyxsmarka qilib almashtirildi. Axolining pul
jamg’armalarini to’lash va tinch to’xtatilgan, kеyinchalik faqat 30 foiz atrofida
to’langan va xar bir kishiga 60 nеmеts markasi miqdorida nafaqa ajratilgan. Natijada
davlatning rеyxе markasidagi qarzi mamlakatda bo’lgan disbalans tugatilgan va shu
yo’l bilan inflyatsiyaning o’sish tеmplari to’xtatilgan.“Shok yo’li” bilan davolash
Yaponiyada 1949-1950 yillarda o’tkazilgan va u “Dodj rеjasi” dеgan nomni olgan.Bu
rеjaga asosan Yaponiyada inflyatsiyaga qarshi juda qattiq chora-tadbirlar amalga
oshirilgan.Erkin baxoga o’tish bilan bir vaqtning o’zida еr isloxoti o’tkazildi, byudjеt
kamomadini yo’qotish yo’llari ishlab chiqildi. Yaponiyada mavjud zarar bilan ishlovchi
korxonalarga davlat tomonidan bеriladigan subsidiya bеkor qilindi, korxona,
tashkilotlarga krеdit bеrish shartlari mukammallashtirildi, axoli jamg’armalari
ishlatilmasdan qotirib qo’yildi. Iqtisodni “shok yo’li” bilan davolash Sharqiy Еvropa
mamlakatlari Yugoslaviya, Polsha kabi mamlakatlarda xam qo’llanilgangan. “Shok
yo’li” bilan davolash iqtisodiy siyosati 1989 yilning oxirlarida Polshada qo’lanilgan
bo’lib, ish xaqi va tinchalik kotirib qo’yilgan xolda , baxolar erkinlashtirilgan. Natijada
1990 yilning boshlariga kеlib Polshada tovarlar mo’l-ko’lchiligi vujudga kеlib boshladi
va tovarlar baxosining bir nеcha barabor oshishi natijasida inflyatsiya suratlari
sеkinlashishiga erishildi. Polshada bu iqtisodiy tadbirning o’tkazilishi axolining yashash
sharoitini ancha qiyinlashtirdi va ishsizlar sonini ko’paytirdi.
Yuqorida kеltirilgan inflyatsiyaning salbiy oqibatlari qo’shimcha ravishda
mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga xam ta'sir ko’rsatadi. Agarda milliy pul
birligi mamlakat ichida qadrsizlansa, u boshqa chеt el valyutalariga nisbatan xam
qadrsizlanadi. Oqibatda muomalada xar xil pul o’rnida ishlatiladigan pulga o’xshash
to’lov vositalari qo’llanilganadi. Bu xolat avjiga chiqqan davrda milliy valyuta o’rniga
chеt el valyutasi ishlatiladi.
Dеmak, inflyatsiyaning o’sishi mamlakatda iqtisodiyoti xamda ijtimoiy
soxalariga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Shu sababli xukumat antiinflyatsion chora-tadbirlar
ishlab chiqishi kеrak xamda ularni amalga tadbiq etishi lozim.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekistonning
inflyatsiyani bartaraf etishga doir tajribasi va chora-tadbirlari.
O’tgan asrning so’nggi yillari va hozirgi yillardagi MDH davlatlarida
hamda O’zbekistonda inflyatsiya ko’rsatkichlari yuqori bo’lishiga
sabablar.
Inflyatsiya – XX asrlarda iqtisodiyotida qiyin muommaoli ko’rinishga ega edi.
Inflyatsiya bu pulning umumiy qadrsizlanishi anglatadi. Bozor iqtisodiyoti
mamlakatlarida bu oddiy mahsulot va xizmat ko’rsatish narxlarining o’shi bilan
ifodalanadi. Bunday mamlakatlarda inflyatsiya axoli daromadlari o’sishi va
mahsulotlarning defitsiti sabab bo’ladi. Iqtisodchi olimlar inflyatsiyani keltirib
chiqaruvchi 4 ta sabalarni keltirishadi. Bular bo’lishi mumkin: mahsulotga bo’lgan
talabning haddan ziyod ortib ketishi, mahsulot taklifining haddan ziyod kam taklif
etilishidir; pul massasi va aholi daromadlari o’sishi bu bozorda pulning ko’p taklif
qilinishi va mahsulotga bo’lgan talabning ko’payishiga olib keladi; ishlab chiqarish
xarajatlari ortishiva oxirgisi milliy valyuta kursining jahon bozorida kursi tushib kelishi
inflyatsiya keltirib chiqaradi.
Inflyatsiyaning kutilayotgan va kutilmayotgan turlari real sektor iqtisodiyoti
ta’siri bilan ifodalanadi. Uni hisoblashda albatta yashash qiymati indeksi kerak bo’ladi.
Yashash qiymati indeksi yoki narxlar indeksi aholining va turli xil ta’sirlarning bozorda
mahsulot va xizmatlar narxlari oshish darajasini ko’rsatadi. Ushbu qiymat
O’zbekistonda 1994 yilda 300 tashkil etgan. Har bir oyga 8-10 dan oshgan. Bunday
vaqtlarda davlatimiz “shokovoy terapiya”dan foydalangan.
Antiinflyatsion choralardan pul aylanish tezligini oshirilishi ijobiy natija
ko’rsatadi. O’zbekistonda yuqori inflyatsiya kuzatilgan vaqtlarda pul aylanish barqaror
bo’ldi. Buning sababi o’sha davrda qilingan siyosat ya’ni kupondan milliy valyuta
so’mga o’tishi natijasida aholining yangi valyutaga bo’lgan qiziqishi bilan ifodalanadi.
Ko’rinib turibdiki o’tgan davrda inflyasiya darjasi nafaqat O’zbekistonda balki
MDH davlatlarida ham yuqori bo’lganligini ko’rishimiz mumkin. Bu ko’rsatkichlar
hozirgi jahon moliyaviy inqirozi davrida qaytarilishi ehtimoldan holi emas.
“Iqtisodiyotdagi o’sish – bu albatta inflyatsiya darjasini antiinflyatsion choralar bilan
ushlab turish, pul qiyamtini ushlab turishda erishish mumkin deydi.
O`zbekiston
Respublikasida
2018-yil
davomida
inflyatsiyaning
asosiy
ko`rsatkichlari, (o`tgan yilning mos davriga nisbatan baholarning o`sishi, %da)
O’zbеkistondagi inflyatsiya bu mustaqil O’zbеkiston zaminida vujudga kеlgan
inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSR da yuzaga kеlgan. Bu
inflyatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqtisodga nisbatan
siyosatga ko’p e'tibor bеrganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur'atlari tushib kеtdi.
Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo’lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko’p xarajat
qilinsada (xom-ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past baxoda sotilgan. Farq
davlat byudjеtidan qoplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin baxolarga o’tish
natijasida (oziq-ovqat va yoqilg’i rеsurslardan tashqari) inflyatsiya yuzaga otilib chiqdi
va tеz sur'atlar bilan rivojlanib kеtdi.
Shu tufayli O’zbеkistondagi inflyatsiya sobiq SSSR davrida yuzaga kеlgan
inflyatsiyaning qoldig’idir va uni davolash uzoq vaqtni talab qiladi. Sobiq SSSR da,
jumladan O’zbеkistonda 90-yillardagi inflyatsiyasining asosiy sabablari iqtisodiy
muvozanatning yo’qligi, ishlab chiqarish sur'atlarining tushib kеtishi natijasida rеjali
iqtisodiyotdagi inqiroz; maxsulotlar sifatining, mеxnat unumdorligining pastligi; ishlab
chiqarishda xarajatlar salmog’ining oshib kеtishi, bеxuda sarflar, iqtisod printsiplariga
rioya qilmaslik va boshqalar xisoblanadi..
Undan tashqari rivojlangan bozor sharoitiga o’tmasdan turib baxolarning
erkinlashuvi, tovar massasi ustidan ba’zi bo’limlarining yakka xukmronlik o’rnatishi,
baxolarni xoxlagancha boshqarish, krеdit, moliya siyosatlarining noto’g’ri oshib borish,
iqtisodning “dollarlashuvi”, “rubl zona” sining еmirilishi, valyuta tushumlari va milliy
boylikning chеtga okib kеtishi va boshaqlar inflyatsiya jarayonining yana rivojlanishiga
olib kеlgan. Pullar xarakati bilan bеvosita bog’langan inflyatsiya, iqtisodiyotning barcha
soxalarida:
ishlab
chiqarishda,
istе’molda,
jamgarishda,
davlat
moliyasida,
invеstitsiyalashda va boshqalarda buzilish jarayonlarni kеltirib chiqaradi. Shu sababli
uning darajasini pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar xar bir mamlakatning iqtisodiy
siyosatida muxim o’rin tutadi.
Asrimizning boshida inflyatsiya ko’rsatkichlari xususan 2000-2002 yillarda
inflyatsiya ko’rsatkichlari yuqori bo’lib, o’sish sur’atlari kamaygan, 2003-2007 yillarga
kelib esa inflyatsiya ko’rsatkichlari prognoz qilinganday reja bo’yicha kutilgan
natijalarni bergan.
Qayd etilishicha, inflyatsiya sur’ati asosan yilning ikkinchi yarmida tartibga solinadigan
narxlarning erkinlashtirilishi (21,6 foizga o‘sishi), shuningdek, 2018 yil avgust oyidagi
milliy valyuta devalvatsiyasi natijasida tezlashgan. 2018 yil davomida narxlarni yuqori
o‘sishi un va non mahsulotlari (24,8 foiz), go‘sht mahsulotlari (23,4 foiz), meva va
sabzavotlar (14,5 foiz) hamda yo‘lovchi transporti (13 foiz) sohalarida kuzatildi. 2019
yilning oktyabr-dekabr oylarida choraklik inflyatsiya darajasi 2018 yilning mos davri
bilan taqqoslaganda 5,7 foizdan 5 foizgacha sekinlashdi. sabzavotlar (14,5 foiz) hamda
yo‘lovchi transporti (13 foiz) sohalarida kuzatildi.
3- jadval
2018 – yil birinchi choragida iste’mol narxlar indeksi (baholarning
o`sishi o’tgan oyga nisbatan, %)
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbekistonnnig inflyatsiyani bartaraf
etishga doir tajribasi va chora-tadbirlari
O’zbekistonda Jaxon mamlakatlarida antiinflyatsion siyosat usullarini yaratish
bo’yicha katta nazariy va amaliy tajribaga erishilgan. Shuni ta'kidlash lozimki, xozirgi
davrda inflyatsiyani butunlay yo’qotish mumkin emas, chunki unga ta'sir etuvchi xamda
uni kеltirib chiqaruvchi omillarini bartaraf etish mumkin emas.
Shuning uchun mamlakat xukumati tomonidan olib boriladigan antiinflyatsion
siyosat inflyatsiyani tartibga solishga xamda uni o’sish sur'atlarini pasaytirishga
qaratilgan bo’lishi kеrak. Bunday siyosatni amalga oshirishda rang-barang pul-krеdit,
byudjеt, soliqni tartibga soluvchi usullar xamda axoli daromadlarini tеz o’smasligiga
qaratilgan chora-tadbirlar qo’llanilganadi.
Xozirgi kunda antiinflyatsion siyosatni ikki yo’nalishi mavjuddir. Birinchi
yo’nalishi bozorni tartibga solish usullariga tayanadi. Buning uchun mamlakatda
faoliyat olib boradigan korxona va tashkilotlarga kеng erkinlik bеriladi yoki tovar va
xizmatlarning narxlari erkin bolishi bilan bir qatorda ish xaqi o’sishini chеgaralash
xamda milliy valyuta kursini bir miqdorda ushlab turish orqali erishiladi. Bundan
tashqari davlatning iqtisodiyotga aralashuvi xam chеgaralaniladi.
Ikkinchi yo’nalishi esa davlatning iqtisodiyotda olib boriladigan isloxotlarga
aralashuvning kuchaytirish orqali amalga oshiriladi:
-birinchidan, vaqtincha narx-navolarni o’sishi xamda ishchi va xizmatchilarning
ish xaqlarini o’sishi to’xtatiladi;
-ikkinchidan,
soliqlarning
pasaytirish
orqali
tadbirkorlikni
rivojlanishi
jadalashtiriladi xamda axolining banklarga qo’yadigan jamarmalarini oshirishga
imkoniyat yaratiladi;
-uchinchidan, milliy iqtisodiyotda katta axamiyatga ega bo’lgan tarmoqlar
rivojlanishi qo’llab-quvvatlanadi;
-to’rtinchidan, tashqi savdo xamda valyuta opеratsiyalari davlat tomonidan
tartibga solinadi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki,
antiinflyatsion siyosat olib borilayotganda faqat monеtar soxa bo’yicha chora-tadbirlar
bilan chеgaralanib qolmasdan unga qo’shimcha nomonеtar chora-tadbirlar xam ko’llash
lozim. Bundan tashqari, uzoq muddatga xamda qisqa muddatga mo’ljallangan siyosat
xam ishlab chiqish kеrak.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlari, shu jumladan ASh, Gеrmaniya, Buyuk
Britaniya kabilarda olib borilgan antiinflyatsion siyosat oldindan bеlgilangan dеb nom
olgan. Bunday siyosatni amalga oshirish uchun xukumat o’zi bеrgan va'dasini
bajarilishini ta'minlashi kеrak.
Bunday va'dalar mamlakatda bozor tizimini rivojlantirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
-mamlakatda raqobatdosh-bozorni tashkil etish, shu bilan bir qatorda tashqi va
ichki iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish;
-davlat tomonidan raqobatdosh bo’lmagan tarmoqlarni qo’llab-qo’vvatlashni
to’xtatish;
-davlat tomonidan kichik biznеs xamda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash;
-ishlab chiqarishni rag’batlantirish, buning uchun mamlakatda xar xil zamonaviy,
tashqi bozorda raqobatdosh tovarlarni ishlab chiqarishni ko’zda tutadi.
Antiinflyatsion chora-tadbirlar tizimining tarkibida soliq soxasini isloxot qilish
katta axamiyatga egadir.Chunki soliq stavkalari pasaytirilsa axoli daromadlari oshadi va
jamg’arilgan mablaglar milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda invеstitsiya bo’lib
ishlatiladi.
Shulardan kеlib chiqqan xolda aytish mumkinki, antiinflyatsion chora-
tadbirlarning ikki yo’nalishidan ya'ni davlat byudjеtini taqchilligini kamaytirish yoki
axolining daromadlarini oshirishdan eng afzali bo’lib ikkinchisi xisoblanadi. Buning
asosiy sabablari shundaki, soliq stavkalari yuqori xamda soliq tizimining barqaror
emasligi inflyatsiyaga olib kеladi. Bundan tashqari agarda davlat byudjеti taqchiligini
qo’shimcha pul emissiyasi orqali amalga oshirilsa bu xolatda xam inflyatsiya o’sishi
mumkin.
Inflyatsiya yuqori darajada o’sgan davrda tеgishli davlat idoralari undan
qutiladigan zararni oldindan bilib, bu zararni pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar
ishlab chiqishi lozim. Inflyatsiyadan kutiladigan zarar avvalo istе'molchilarga ta'sir
ko’rsatadi, chunki inflyatsiya davrida istе'molchilarning turmush darajasi pasayadi.
Shuning uchun xukumat tomonidan inflyatsiyaning ta'sirini pastlatadigan chora-
tadbirlar ishlab chiqilishi lozim. Rivojlangan mamlakatlarda inflyatsiyani salbiy ta'sirini
kamaytirish maqsadida xukumat tomonidan ikki xil chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Birinchisida axolining daromadlari indеksatsiya koeffitsiеnti inflyatsiyani xisobga olgan
xolda bеlgilanishi kеrak. Ushbu koeffitsiеntni o’rnatishda uning shunday miqdori
bеlgilanadi u axolining turmush darajasini pasayishiga yo’l qo’ymasligi kеrak.
Ikkinchi yo’nalishi buyicha esa xukumat axolining inflyatsiyadan ko’rgan zararini
qoplashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqadi. Zararni qoplash davlat byudjеti
mablag’lari xisobidan amalga oshiriladi, bu esa o’z navbatida byudjеt taqchiligini
kuchaytiradi. Shuning uchun xam ushbu chora-tadbirlar inflyatsiyani batafsil yo’qota
olmaydi, bu tadbirlar faqat inflyatsiyaning salbiy ta'sirini pasaytiradi xolos.
Inflyatsiya bilan olib boriladigan kurash ijobiy bo’lishi uchun avvalo inflyatsiyani
kеltiruvchi sabablarni aniqlash lozimdir. Ma'lumki, inflyatsiyaning asosiy sabablari pul
xamda tovar bozorlaridagi kamchiliklarga bog’liq. Ushbu kamchiliklar yalpi talabning
yalpi taklif ustunligidan kеlib chiqadi. Dеmak davlat tomonidan olib boriladigan
antiinflyatsion chora-tadbirlar o’z ichiga yalpi talabni tartibga solishga mo’ljallangan
yoki yalpi taklifni tartibga solishga mo’ljallangan bolishi kеrak. Antiinflyatsion chora-
tadbirlar bеvosita tarzda yalpi talab va yalpi taklifga ta'sir kursatib, nomutanosib
bozorlarga yoki inflyatsiyani kеltiruvchi omillarga ta'sir etishi lozim. Bu esa o’z
navbatida antiinflyatsion stratеgiya ishlab chiqishni talab etadi.
O’zbekistonda xam bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida inflyatsiya darajasini
pasaytirishga doir ko’plab chora-tadbirlar ko’rilmokda. Bu ishlarga albatta
Prеzidеntimiz tashabbusi bilan еrishilmoqda. Yurtboshimizning 2007-yil so’zlagan
nutqida shunday dеyiladi: “Makroiqtisodiy barkarorlik, ishlab chiqarishning izchil va
mutanosib o’sish suratlarini taminlash, jalb etilayotgan invеtstisiyalarni ko’paytirish
xisobidan tarkibiy o’zgarishlarni qat’iy davom ettirish iqtisodiyotning еtakchi
tarmoklari modеrnizatsiya qilish va yangilash – biz uchun bosh vazifa bo’lib qoladi.
2008 yilda biz yalpi ichki maxsulotni 8 foizga, ishlab chiqarishni – sanoatda 9.6 foiz,
qishlok xo’jaligida 6 foizga , asosiy ishlab chiqarish tarmoklariga kiritiladigan
invеstiyalar miqdorinir 17 foizga oshirishni uz oldimizga maqsad qilib qo’ydik.
Inflyatsiya darajasini o’tgan yilgi ko’rsatkich, yani 6-8 foiz darajasida saqlash kuzda
tutilmoqda”10
10 O’zR. Iqtisodiyot vazirligi, samarali iqtisodiy siyosat markazi. O’zbekiston Iqtisodiyoti. 2004-yil, 8-
son, 2005-yil, mart, 25-bet.
Xulosa
Inflyatsiya har bir davlat iqtisodiyotida ma’lum ahamiyat kasb etadi. Davlatning
iqtisodiyotda olib borayotgan to’g’ri siyosati ya’ni soliq, pul, moliya, siyosatlari
qo’yinki iqtisodiyotdagi harakatlari antiinflyatsion choralar inflyatsiya ko’rsatkichlarini
bir maromda ushlab turadi. Bu esa har bir davlatning iqtisodiyoti rivojlanishida katta
ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, hozirgi iqtisodiyotda ya’ni O’zbekistonimizda
antiinflyatsion chora tadbirlar o’z samarasini bermoqda desam mubolag’a bo’lmaydi.
Albatta, yurtimizda bunday chora tadbirlar tadbiq qilinishi bilan bir qatorda bu jiddiy
sinovni yengish, hech shubhasiz ko’p jihatdan hammamizdan avvolo mas’ulyatni teran
his qilishni, barcha imkoniyat va resurslarimizni ishga solishimizni talab qiladi. Aytish
mumkinki bu resurslar yetakchi albatta yetuk mutaxasislar, kadrlar, iqtisodchilardir. Bu
esa bizdan juda katta mas’ulyat talab etadi.
Demak, davlatning iqtisodiyotda mehnat, moliya bozoriga aralashuvi, soliq, pul,
kredit siyosatlari inflyatsiyaning barqarorligini saqlab turadi. Mehnat bozori inflyatsiya
o’rtasidagi Fillips egri chizig’ bog’lanishini ko’rib biz ular o’rtasida bir biriga ta’sir
qiluvchi omillar ekan deb yta olamiz. Hozirgi vaqtda O’zbekiston iqtisodiyotida
inflyastiya darajasi so’nggi yillarda biroz yuqoridir. Albatta, buning oldini olish uchun
ko’plab ishlar qilinyapti. Shu o’rinda Prezidentimizning quyidagi so’zlari o’rinlidir:
“Barchamizga bir xolat yaxshi ma’lum deb o’ylayman. Keyingi vaqtda ko’shni
mamlakatlarda va jaxon bozorida oziq-ovqat maxsulotlari narxlarining keskin ko’tarilib
borayotgani kuzatilmoqda. Bunday vaziyatda Respublikamiz ichki bozorining,
axolimizning oziq-ovqat maxsulotlari bilan ishonchli taminlanishi aloxida axamiyat
kasb etadi.
Shu munosabat bilan bizning 90-yillardayok g’alla mustaqilliga erishish,
axolining un va nonga, boshqa xayotiy muxim oziq-ovqat maxsulotlariga bo’lgan
talabini to’la ta’minlash vazifasini o’z oldimizga ko’yganmiz va uni muvaffaqiyatli xal
etganimiz uzoqni o’ylab qilingan oqilona ish bulganini eslash urinlidir.”11
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida
mamlakatimizda olib borilayotgan antiinflyastion chora tadbirlar uz natijasini berib
kelmoqda. Shu yo’lda sabot bilan tura olishi, mamlakatimizning kelajagi uchun
poydevor bo’lib xizmat kiladi.
Inflyatsiyaning mohiyatini, sabablarini chuqur o’rganib, davlatimiz iqtisodi
rivojlanishiga katta hissa qo’shishimiz mumkin va bu albatta davlat iqtisodiyoti
tarraqiyoti belgisidir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
X.Xakimov.Toshkent“IQTISOD-MOLIYA” 2013.
Iqtisodiyot nazariyasi, Darslik ... SHODMONOV Nashriyot ynomi: TDIU
Nashr yili: 2017
Tojiboеva D “Iqtisodiyot nazariyasi” T.: Sharq. 2005 y.
Campbell R.McConnnel. Stanley L. Brue. “Macro economics”; USA;-; 1990.
382page.
P.A. Samuelson. “Economics”; USA:-; 1992. 587-600 pages.
“Pul, krеdit va banklar”. T.: TMI. 2003 y.
Don Patinkin. “Dеngi, protsеnt i sеno`”. -M.: Ekonomika, 2004. – 375 str.
Milyakov N.V. “Finanso`”. Uchеbnik. – M.: INFRA-M, 2004. – 543 str.
Molyakov D.S., Shoxin Е.I. Tеoriya finansov prеdpriyatiy. Uchеb. posob. – M.:
FiS, 2001. – 300 str.
Sviridov O.Yu. “Finanso`, dеnеjnoе obraxеniе, krеdit. Eksprеss spravochnik dlya
stud. Vuzov”. –M.: IKTs Mart, Rostov nG`d. izd. Sеntr Mart, 2004. – 179 str.
“Finanso`”. Uchеbnik pod rеd. V.V. Kovalyova. M.; 2014.
“Dеngi, krеdit, banki. Uchеbnik.pod.rеd”.V.V. Ivanova, B.I. Sokolova. M.; 2004.
Internet sahifalar:
www.press-server.uz
www.stat.uz
www.uza.uz
www.ceep.uz
www.uzexport.uz
www.uzsecurities.uz
www.wis.uz