INFLYATSIYA VA AKSILINFLYATSIYA SIYOSATI
Reja:
1. Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari
2. Inflyatsiyaning turlari. Talab va taklif inflyatsiyasi.
3. Inflyatsiya va ishsizlik oʻrtasidagi bogʻliqlik. Fillips egri chizigʻi.
4. Aksilinflyatsiya siyosati
Inflyatsiya – bu yalpi tovar va xizmatlarning narxini koʻpayishidir.
Inflyatsiya makroiqtisodiy beqarorlikni eng murakkab aspekti boʻlib uni tartibga
solish iqtisodiy muammo hisoblanadi.
Inflyatsiya (lotincha inflatio - shishish, boʻrtish, taranglashish) – ma’lum davr
mobaynida mamlakatda baholar oʻrtacha (umumiy) darajasining barqaror oʻsishi,
pulning
xarid
qobiliyatini
uzoq
muddatli
pasayishi.
Inflyatsiya
bozor
iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati
qanchalik yuqori boʻlsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta boʻladi.
Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga oʻtayotgan
mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr
narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin
oshib ketishi bilan bogʻliq.
Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham oshavermaydi:
ayrimlariniki barqaror boʻlib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861–1865- yillardagi
Fuqarolar urushi davrida qoʻllanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi qogʻoz
pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod koʻpayib ketishi
holatini izohlagan. Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va
uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi
qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini,
talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschiar maktabi namoyandalari bunday nomutanosiblikning sababi toʻliq
bandlik sharoitida talabning haddan ziyod boʻlishida deb bilishadi. Shu sababli ular
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past boʻlsa byudjet taqchilligi
va qoʻshimcha pul chiqarish yoʻli bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda
yalpi talabni koʻpaytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.
Neoklassik
yondashuv
tarafdorlari
inflyatsiyaning
manbai
ishlab
chiqarishning haddan ziyod oʻsishida, ishlab chiqarish xarajatlarining koʻpayishida
deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa
taklif tomonidan yondashishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan
sekinroq oʻssa, yoki yalpi talab koʻpaygani holda oʻzgarmasdan tursa, bu
nomutanosiblik baholar darajasining koʻtarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda
pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qoʻshimcha pul
massasiga ehtiyoji paydo boʻladi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror
ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir.
Baholarning oʻsishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari
inflyatsiya namoyon boʻlishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
1) valyuta kurslarining oʻzgarishi;
2) kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi
tomon oʻzgarishi;
3) kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining oʻsishi.
Inflyatsiya baho indekslari – deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida
aniqlanadi.
Baholar oʻrtacha (umumiy) darajasining nisbiy oʻzgarishi inflyatsiya
darajasi (baholarning oʻsish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda
inflyatsiya darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
P- P-1
= ---------- X 100 %
P-1
bunda: – yillik inflyatsiya sur’ati;
P – joriy yilning narxlar indeksi;
P-1 – oʻtgan yilning narxlar indeksi.
Inflyatsiyani miqdoran oʻlchash uchun makroiqtisodiyotda “70-miqdor
qoidasi” deb atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror
oʻsishi sharoitida inflyatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash
imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflyatsiya darajasiga boʻlish kifoya:
Baholar ikki martaga 70
oshishi uchun zarur = ----------------------
yillar soni
Misol uchun, yillik inflyatsiya darajasi 7 % ga teng boʻlsa, taxminan 10 yilda
baholar ikki martaga oshadi, ya’ni, (70:7 = 10).
Real YaIM va jamgʻarmaning necha yildan soʻng ikki marta oshishini
hisoblash zarur boʻlgan hollarda ham “70-miqdor qoidasidan” foydalaniladi.
Inflyatsiyaning Oʻzbekistonda 1990–1993-yillardagi holatini tahlil qilib
koʻradigan boʻlsak, u ichki va tashqi omillar natijasida yuzaga kelganligi va
chuqur ildiz otganligini bilishimiz mumkin. Misol uchun, xalq iste’moli
mahsulotlaridan sovutkichning narxi 520 martadan ham oshib ketdi, xatto
chegaralangan narxlarda sotiladigan mahsulotlarning narxi ham keskin koʻpaydi.
Misol uchun gʻushtning chegaralangan narxi 75 martadan ham oshib ketdi va
hokazo. Ba’zi bir tovarlarni narxi esa 1000 marta va undan koʻp oshib ketdi.
Inflyatsiyani toʻxtatish esa ichki va ayniqsa, tashqi omillarni tartibga solish qiyin
boʻlganligi uchun yanada mushkullashadi va uzoq davom etadi.
21.2. Inflyatsiyaning turlari. Talab va taklif inflyatsiyasi.
Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab
chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin boʻlmay qolgan sharoitlarda kelib
chiqadi. Ya’ni, toʻliq bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish
imkoniyatlari oʻsib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real
tovarlar bahosining koʻpayishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflyatsiyasi kelib
chiqadi. Yoki, oddiy soʻzlar bilan aytganda, “haddan ziyod pullar haddan kam
tovarlarni ovlaydi”. Talab inflyatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar
aholining ish bilan toʻliq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi.
Demak, inflyatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, baho, ishlab chiqarish sur’atlari
kabi koʻpgina omillarga bogʻliq.
Iqtisod pasayish holatida boʻlganda mamlakatda jami talab oshsa, ishlab
chiqarish hajmi koʻpayadi, ishsizlik kamayadi, baho darajasi esa deyarli
oʻzgarmaydi yoki kam miqdorda oʻzgaradi. Baho oʻzgarmasligining sababi
shundaki, katta hajmdagi boʻsh turgan mehnat va xomashyo resurlarini shu
oʻzgarmas bahoda ishga tushirish mumkin boʻladi. Chunki, ishsiz yurgan kishi ish
haqini oshirishni talab qilmaydi, uning uchun ishga yollanishning oʻzi kifoya
hamda qoʻshimcha stanok sotib olishga hojat yoʻq.
Bundan tashqari, baho ishchi kuchini toʻla ish bilan bandligiga erishishdan
oldin ham oshishi mumkin. Ya’ni, ba’zi sanoat korxonalarida boʻsh turgan resurs
va zaxiralarni ishlab chiqarishga ertaroq toʻliq jalb qilinadi, natijada ular talabning
oʻsishiga mos ishlab chiqarishga, taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan koʻpayib
ketadi, natijada baho yana osha boshlaydi.
Taklif inflyatsiyasi bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining
kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baholarining oshishidan paydo boʻladi.
Bunday hollarda ortiqcha talab boʻlmasa ham tovarlarning baholari oshib boradi.
Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning
bahosi oshadi. Jami taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga
sarflangan xarajatlarning oʻsishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xomashyo
va yoqilgʻi narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
Taklif inflyatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining
buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab
chiqarish omillari bahosining keskin koʻpayishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi
olimlarning fikriga koʻra, taklif inflyatsiyasi oʻz-oʻzini cheklaydi. Ishlab
chiqarishning pasayishi xarajatlarning qoʻshimcha oʻsishini cheklaydi, chunki
ishsizlikning oʻsishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Talab
inflyatsiyasini cheklash uchun esa maxsus chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻladi.
Inflyatsiya darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning haqiqiy
hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda nominal hajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir
boʻladi. Daromadlarni ishlab chiqarish tomonidan ta’minlanmagan oʻsishi aholi
qoʻlidagi pulning taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan oshiqchaligiga olib
keladi. Bunday hol pul birligining xarid quvvatini pasaytiradi, bir miqdordagi
pulga joriy yilda oʻtgan yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib oladi,
ya’ni, uning real daromadi kamayadi. Misol uchun, joriy yilda aholining nominal
daromadlari 30% ga koʻpaygan, narxlar darajasi 50% ga oshgan boʻlsa, unda
aholining real daromadlari 20% ga kamaygan boʻladi. Chunki, narxlarning oʻsishi
aholi pul daromadlarining oʻsishidan yuqori boʻlgan (30% - 50%q- 20%).
Inflyatsiyani real daromadlar darajasiga ta’siri u kutilayotgan yoki
kutilmayotganiga ham bogʻliq. Kutilayotgan inflyatsiya sharoitida daromad
oluvchi inflyatsiyaning u olayotgan daromadga ta’sirini kamaytirish, ya’ni real
daromadi darajasini saqlab qolish chorasini koʻradi.
Bu uchun Fisher tenglamasidan foydalanish mumkin:
i = r + kut.,
bu yerda i-nominal foiz stavkasi;
r- real foiz stavkasi;
kut - kutilayotgan inflyatsiya darajasi.
Inflyatsiya sur’ati 10 foizdan oshganda Fisher tenglamasi quyidagi koʻrinishni
oladi:
i - kut.
r = -----------
1+ kut.
Kutilmagan inflyatsiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar oʻrtasida
kreditorlar foydasiga qayta taqsimlaydi. Shuningdek, kutilmagan inflyatsiya
daromadlarni qayd qilingan daromad oluvchilar va qayd qilinmagan daromad
oluvchilar oʻrtasida keyingilari foydasiga qayta taqsimlaydi. Talab va taklif
inflyatsiyasini qat’iy chegaralash qiyin. Ba’zida bu ikki turdagi inflyatsiya bir-biri
bilan qoʻshilib ketadi. Masalan, talab inflyatsiyasi sharoitida yollanma ishchilar
kutilayotgan inflyatsiya darajasini e’tiborga olib ish haqlari oshirilishini mehnat
shartnomalariga kiritadilar. Bu esa mahsulot tannarxini oshirib taklif inflyatsiyasini
keltirib chiqaradi. Tovarlar taklifning kamayishini kuzatayotgan iqtisodiy agentlar
pul mablagʻlarini tovarlarga aylantirishga shoshadilar. Bu holat talab inflyatsiyasi
koʻrinishini keltirib chiqaradi. Bunday ketma-ketlik oxir-oqibat giperinflyatsiyani
keltirib chiqarishi mumkin. Giperinflyatsiya boshqarib boʻlmaydigan inflyatsiya
jarayoni boʻlib, ishlab chiqarish va bandlik darajalariga halokatli ta’sir koʻrsatadi.
Yillik sur’ati bir necha oʻn yoki yuz foizni tashkil etgan inflyatsiya pul tizimining
boshlanayotgan yoki kuchayayotgan inqirozi belgisidir. Giperinflyatsiya uning
halokatini, butun bozor mexanizmi falajlanishini anglatadi. Giperinflyatsiyaning
rasmiy mezoni amerikalik iqtisodchi Fillipp Kegan tomonidan kiritilgan. F.Kegan
giperinflyatsiyaning boshlanishi deb baholarning birinchi bor 50% dan oshgan
oyni, tugallanishi deb esa, baholarning oʻsishi bu sur’atdan pasaygan va shundan
soʻng kamida bir yil davomida undan oshmagan oydan oldingisini hisoblash kerak
deb taklif qilgan. Giperinflyatsiya sharoitida pul oʻzining qiymat oʻlchovi va
almashinuv vositasi singari funksiyalarini bajara olmay qoladi. Normal iqtisodiy
munosabatlar buziladi. Mablagʻlar ishlab chiqarishga emas, balki tovar-moddiy
boyliklari jamgʻarishga yoʻnaltiriladi.
21.3. Inflyatsiya va ishsizlik oʻrtasidagi bogʻliqlik.
Fillips egri chizigʻi.
Iqtisodiyot oʻz rivojlanishida potensial darajaga yaqinlashgan sharoitda yoki
bandlilik darajasini oshirish yoxud inflyatsiya darajasini pasaytirish kabi muqobil
variantlardan birini tanlashga majbur boʻlinadi. Chunki qisqa muddatli davrda
ishsizlik va inflyatsiya darajalari oʻrtasida teskari bogʻliqlik mavjud. Ishsizlikni
pasaytirish ish joylarini yaratish uchun qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishini
anglatadi. Ayni paytda bu ish haqi miqdorining oshishiga ham olib keladi. Har
ikkala holat ham baholar darajasining koʻtarilishiga olib keladi, ya’ni talab
inflyatsiyasi roʻy beradi.
Ish haqi mehnat bozorida muvozanatni oʻrnatuvchi vosita hisoblanadi va
uning darajasini oʻzgarishi ishsizlikka bevosita ta’sir koʻrsatadi. Bu ikki
koʻrsatkich oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliklik ingliz iqtisodchisi A.V.Fillips
tomonidan, Buyuk Britaniyaning 1862–1957- yillar ma’lumotlari asosida tadqiqot
qilingan hamda grafikda Fillips egri chizigʻi deb aks ettirilgan. Modomiki, ish
haqi va narxlar oʻzgarishining sur’atlari oʻrtasida bir xil nisbat mavjud ekan, u
holda Fillips egri chizigʻi oʻz mohiyatiga koʻra inflyatsiya va ishsizlik oʻrtasidagi
bogʻliqlikni aks ettiradi, ya’ni inflyatsiyaning oʻsishi sur’atida ishsizlikning past
darajasi kuzatiladi va aksincha. Muhim makroiqtisodiy koʻrsatkichlar oʻrtasida
barqaror va oldindan koʻrish mumkin boʻlgan bogʻliqlikni oʻrnatish Gʻarb
mamlakatlarining milliy iqtisodiyotini tartibga solish va istiqbolini belgilash
imkonini berdi.
Fillips egri chizigʻi ishsizlik va inflyatsiya darajalari oʻrtasidagi teskari
bogʻliqlikni xarakterlaydi. Yuqori darajadagi kutilayotgan Inflyatsiya
Inflyatsiya
|Ishsizlik
Yuqori darajadagi kutilayotgan
Inflyatsiya
Past darajadagi kutilayotgan
Inflyatsiya
21.5-Chizma. Fillips egri chizigʻi
Mamlakat iqtisodiyotining xususiyatiga koʻra, shuningdek, inflyatsiyaning
qaysi turi mavjudligiga qarab Fillips egri chizigʻidagi inflyatsiya va ishsizlik
darajalarining kombinatsiyasi farq qilishi mumkin. Bunday tanlov kutilayotgan
inflyatsiyaning sur’atiga bogʻliq. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi qanchalik
yuqori boʻlsa ishsizlikning har qanday darajasida (sur’ati past boʻlgan inflyatsiya
darajasiga nisbatan) haqiqiy inflyatsiya darajasi yuqori boʻladi. Ishsizlik darajasi
va inflyatsiya sur’atining maqbul miqdorlari quyidagi formula koʻrinishida
tasvirlanishi mumkin:
Yh – Yp
= kut + f ( ------------- ) + ε
Yp
Bu yerda – inflyatsiyaning haqiqiy darajasi;
kut – inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi;
Yh – Yp
f ( ------------- ) + ε - talab inflyatsiyasi;
Yp
f – Fillips egri chizigʻining ogʻish burchagini belgilovchi empirik
koeffitsiyent;
ε – tashqi baho shoki (taklif inflyatsiyasi).
Ouken qonuniga koʻra YaIMning uzilishi, ya’ni (Yh – Yp) / Yp miqdor
davriy ishsizlikning oʻzgarishiga bogʻliqligi sababli qisqa muddatli Fillips egri
chizigʻini tenglamasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
= kut - β [ u -u] + ε