INFLYATSIYANING MAZMUNI VA TURLARI

Yuklangan vaqt

2024-08-30

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

113,0 KB


 
 
 
 
 
 
INFLYATSIYANING MAZMUNI VA TURLARI 
  
Inflyatsiya bozor iqtisodiyoti sharoitida makroiqtisodiy beqarorlikning 
ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, hozirgi davrda barcha mamlakatlar uchun umumiy 
bo‘lgan holat hisoblanadi.  
 «Inflyatsiya» atamasi (lotincha inflation – shishmoq, kengaymoq) ilk bora 
Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo‘llanilib, 
muomalada qog‘oz pullarning haddan ortiq ko‘payib ketishini ifodalagan edi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin 
keng tarqaldi. Inflyatsiya tushunchasi juda serqirra bo‘lib, iqtisodiy adabiyotlarda 
uning ko‘plab izohlari mavjud. Jumladan:   
Inflyatsiya – bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib 
ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar 
narxlarining o‘sishidir1.  
Inflyatsiya – bu muomala sohasining pul belgilari bilan milliy xo‘jalik haqiqiy 
ehtiyojlaridan ortiqcha miqdorda to‘lib ketishi2.   
Inflyatsiya – bu iqtisodiy tizimda narx o‘sishining barqaror tendensiyasi orqali 
ifodalanuvchi makroiqtisodiy hodisa3.   
                                           
1 Курс экономической теории. Учебное пособие под ред. Чепурина М.Н., Киселевой Е.А. Киров, изд. «АСА», 
1995. – 423-б.  
2 Борисов Е.Ф. Экономическая теория: Учебник. – 2-е изд., перераб. и доп. М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 
2005, 170-б.  
3 Экономическая теория: Учеб. для студ. высш. учеб. заведений / Под ред. В.Д.Камаева. – 10-е изд., перераб. 
и доп. - М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2004, 416-б.  
INFLYATSIYANING MAZMUNI VA TURLARI Inflyatsiya bozor iqtisodiyoti sharoitida makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, hozirgi davrda barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan holat hisoblanadi. «Inflyatsiya» atamasi (lotincha inflation – shishmoq, kengaymoq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo‘llanilib, muomalada qog‘oz pullarning haddan ortiq ko‘payib ketishini ifodalagan edi. Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi. Inflyatsiya tushunchasi juda serqirra bo‘lib, iqtisodiy adabiyotlarda uning ko‘plab izohlari mavjud. Jumladan: Inflyatsiya – bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o‘sishidir1. Inflyatsiya – bu muomala sohasining pul belgilari bilan milliy xo‘jalik haqiqiy ehtiyojlaridan ortiqcha miqdorda to‘lib ketishi2. Inflyatsiya – bu iqtisodiy tizimda narx o‘sishining barqaror tendensiyasi orqali ifodalanuvchi makroiqtisodiy hodisa3. 1 Курс экономической теории. Учебное пособие под ред. Чепурина М.Н., Киселевой Е.А. Киров, изд. «АСА», 1995. – 423-б. 2 Борисов Е.Ф. Экономическая теория: Учебник. – 2-е изд., перераб. и доп. М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005, 170-б. 3 Экономическая теория: Учеб. для студ. высш. учеб. заведений / Под ред. В.Д.Камаева. – 10-е изд., перераб. и доп. - М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2004, 416-б.  
 
Inflyatsiya – bu:  
- muomalada mavjud bo‘lgan naqd qog‘oz pullar yoki naqd bo‘lmagan 
qog‘oz pul hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari 
ko‘payib ketishi;  
- pullarning xarid qobiliyatining pasayishi;  
- uzoq davr mobaynida narxlarning umumiy o‘sishi4.  
Bu ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, inflyatsiya tushunchasini yoritishda bir 
tomonlama yondashishga yo‘l qo‘yilib, uning mazmunini to‘la va yetarli darajada 
ochib 
bera 
olinmagan. 
Inflyatsiyani 
to‘g‘ri 
tushunish 
uchun 
pulning 
qadrsizlanishini va uning sabablarini bilish muhim ahamiyatga egadir.  
Pulning qadrsizlanishi faqatgina qog‘oz pullargagina xos bo‘lgan hodisa 
emas, u hamma pullarga, jumladan metall (oltin) pullarga ham xosdir. Oltin pul 
quyidagi ikki holatda qadrsizlanadi:  
1) 
oltin qazib olish texnologiyasi takomillashib, yangi texnikalarni 
qo‘llagan holda mehnat unumdorligining oshishi va, binobarin, oltin qiymatining 
pasayishi natijasida. Agar boshqa tovarlar qiymati o‘zgarmagan holda oltin qiymati 
ikki barobar pasaygan, deb faraz qilsak, u holda tovarlar odatdagi hajmlarining 
muomalasi uchun ikki barobar ko‘proq oltin pul kerak bo‘ladi. Demak, bu holatda 
tovarlar narxi oshib, oltin pulning qadrsizlanishi ro‘y beradi;  
2) 
ba’zi iqtisodchilar metall pullarning qadrsizlanishini qadimdan 
ma’lum bo‘lgan metall pullarni soxtalashtirish jarayoni bilan ham bog‘laydilar. 
Qadimgi Gretsiya, Rim imperiyasida eramizga qadar va keyinchalik boshqa 
davlatlarda ham oltin va kumush tangalar tarkibini nisbatan arzon metallar 
                                           
4 Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, 
Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 538-б.  
Inflyatsiya – bu: - muomalada mavjud bo‘lgan naqd qog‘oz pullar yoki naqd bo‘lmagan qog‘oz pul hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari ko‘payib ketishi; - pullarning xarid qobiliyatining pasayishi; - uzoq davr mobaynida narxlarning umumiy o‘sishi4. Bu ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, inflyatsiya tushunchasini yoritishda bir tomonlama yondashishga yo‘l qo‘yilib, uning mazmunini to‘la va yetarli darajada ochib bera olinmagan. Inflyatsiyani to‘g‘ri tushunish uchun pulning qadrsizlanishini va uning sabablarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Pulning qadrsizlanishi faqatgina qog‘oz pullargagina xos bo‘lgan hodisa emas, u hamma pullarga, jumladan metall (oltin) pullarga ham xosdir. Oltin pul quyidagi ikki holatda qadrsizlanadi: 1) oltin qazib olish texnologiyasi takomillashib, yangi texnikalarni qo‘llagan holda mehnat unumdorligining oshishi va, binobarin, oltin qiymatining pasayishi natijasida. Agar boshqa tovarlar qiymati o‘zgarmagan holda oltin qiymati ikki barobar pasaygan, deb faraz qilsak, u holda tovarlar odatdagi hajmlarining muomalasi uchun ikki barobar ko‘proq oltin pul kerak bo‘ladi. Demak, bu holatda tovarlar narxi oshib, oltin pulning qadrsizlanishi ro‘y beradi; 2) ba’zi iqtisodchilar metall pullarning qadrsizlanishini qadimdan ma’lum bo‘lgan metall pullarni soxtalashtirish jarayoni bilan ham bog‘laydilar. Qadimgi Gretsiya, Rim imperiyasida eramizga qadar va keyinchalik boshqa davlatlarda ham oltin va kumush tangalar tarkibini nisbatan arzon metallar 4 Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 538-б.  
 
aralashtirish yoki ularning og‘irligini o‘zgartirish orqali soxtalashtirish holatlari 
uchrab turgan. Bu esa metall pullarning o‘z qadrini yo‘qotishini keltirib chiqargan.  
Boshqa holatlarda oltin yoki kumush pullar muomalada bo‘lgan chog‘da 
ularning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni ro‘y bermaydi. Iqtisodiyotdagi 
tovar va xizmatlar hajmidan ortiqcha bo‘lgan pul massasi – oltin va kumush 
tangalar xazinaga aylanadi. Aksincha, iqtisodiyotda tovarlar ko‘payib, muomala 
vositasini bajarish uchun pul etishmagan taqdirda ularni osonlik bilan jamg‘arma 
tarkibidan chiqarib, muomalaga kiritilgan. Bu esa boshqa sharoitlar o‘zgarmagan 
holda oltin va kumush pullar inflyatsiyaga uchramasligini anglatadi.  
Real qiymatga ega bo‘lmagan qog‘oz pullarning muomalaga kirib kelishi esa 
inflyatsiyaning kelib chiqishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Chunki qog‘oz 
pullarni jamg‘arma sifatida muomaladan chiqarish kam samarali va ishonchsiz 
vosita bo‘lib, ular pullarning ortiqchaligi sharoitida ham muomalada qoladilar. 
Natijada muomalada ortiqcha qog‘oz pullarning ko‘payishi mavjud yalpi talabni 
yanada kuchaytirib, narxlarning o‘sishini tezlashtiradi.  
Inflyatsiya bozor xo‘jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish 
nomutanosibliklari tug‘diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Biroq, 
shuni ham nazarda tutish kerakki, alohida tovar bozorlaridagi talab va taklif 
nisbatining har qanday buzilishi ham inflyatsiyani keltirib chiqaravermaydi.  
Shuningdek, iqtisodiyotdagi davriy o‘zgarishlar, masalan, talabning mavsum bilan 
bog‘liq holda oshishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning kuchayishi 
keltirib chiqargan narxlarning o‘sishi inflyatsiyani anglatmaydi. Bu narxlar ma’lum 
muddat o‘tgach, bozordagi talab va taklif nisbati muvozanatga kelgach, yana 
pasayishi mumkin. Yuqoridagilardan xulosa qilib inflyatsiyaga quyidagicha ta’rif 
berishimiz mumkin: inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan 
bog‘liq holda qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi. Bu yerda qog‘oz pul 
aralashtirish yoki ularning og‘irligini o‘zgartirish orqali soxtalashtirish holatlari uchrab turgan. Bu esa metall pullarning o‘z qadrini yo‘qotishini keltirib chiqargan. Boshqa holatlarda oltin yoki kumush pullar muomalada bo‘lgan chog‘da ularning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni ro‘y bermaydi. Iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar hajmidan ortiqcha bo‘lgan pul massasi – oltin va kumush tangalar xazinaga aylanadi. Aksincha, iqtisodiyotda tovarlar ko‘payib, muomala vositasini bajarish uchun pul etishmagan taqdirda ularni osonlik bilan jamg‘arma tarkibidan chiqarib, muomalaga kiritilgan. Bu esa boshqa sharoitlar o‘zgarmagan holda oltin va kumush pullar inflyatsiyaga uchramasligini anglatadi. Real qiymatga ega bo‘lmagan qog‘oz pullarning muomalaga kirib kelishi esa inflyatsiyaning kelib chiqishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Chunki qog‘oz pullarni jamg‘arma sifatida muomaladan chiqarish kam samarali va ishonchsiz vosita bo‘lib, ular pullarning ortiqchaligi sharoitida ham muomalada qoladilar. Natijada muomalada ortiqcha qog‘oz pullarning ko‘payishi mavjud yalpi talabni yanada kuchaytirib, narxlarning o‘sishini tezlashtiradi. Inflyatsiya bozor xo‘jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari tug‘diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Biroq, shuni ham nazarda tutish kerakki, alohida tovar bozorlaridagi talab va taklif nisbatining har qanday buzilishi ham inflyatsiyani keltirib chiqaravermaydi. Shuningdek, iqtisodiyotdagi davriy o‘zgarishlar, masalan, talabning mavsum bilan bog‘liq holda oshishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning kuchayishi keltirib chiqargan narxlarning o‘sishi inflyatsiyani anglatmaydi. Bu narxlar ma’lum muddat o‘tgach, bozordagi talab va taklif nisbati muvozanatga kelgach, yana pasayishi mumkin. Yuqoridagilardan xulosa qilib inflyatsiyaga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog‘liq holda qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi. Bu yerda qog‘oz pul  
 
miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishiga pulning ortiqcha emissiya 
qilinishi, pul emissiyasi o‘zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi, 
muomaladagi pul miqdori o‘zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining 
va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul qiymatining pasayishi kabi 
omillar ta’sir qiladi. Mana shu omillar yana bir bor inflyatsiya – tovarlar narxining 
o‘sishidir, degan ta’rifning to‘liq va yetarli emasligini ko‘rsatadi. Qog‘oz pullar 
inflyatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi:  
1) 
oltinga nisbatan – bu oltinning qog‘oz pullarda bozor narxining 
oshishida o‘z ifodasini topadi;  
2) 
tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o‘z ifodasini 
topadi;  
3) 
bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga 
nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o‘z ifodasini topadi.  
Real iqtisodiy hayotda barcha kishilar tomonidan har kuni tovar va xizmatlar 
sotib olinayotganligi uchun qog‘oz pullarning tovar va xizmatlarga nisbatan 
inflyatsiyasiga alohida e’tibor qaratiladi va adabiyotlarda inflyatsiya darajasi 
narxlarning o‘zgarishiga qarab o‘lchanadi.   
Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o‘lchanadi. Narxlar 
indeksi joriy davrdagi iste’mol narxlarini bazis davrdagi iste’mol narxlariga 
nisbati orqali aniqlanadi:  
ТN j 
 
NI  
100% ,  
ТNb 
bu yerda:  
NI – narxlar indeksi;  
miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishiga pulning ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o‘zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi, muomaladagi pul miqdori o‘zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul qiymatining pasayishi kabi omillar ta’sir qiladi. Mana shu omillar yana bir bor inflyatsiya – tovarlar narxining o‘sishidir, degan ta’rifning to‘liq va yetarli emasligini ko‘rsatadi. Qog‘oz pullar inflyatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi: 1) oltinga nisbatan – bu oltinning qog‘oz pullarda bozor narxining oshishida o‘z ifodasini topadi; 2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o‘z ifodasini topadi; 3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o‘z ifodasini topadi. Real iqtisodiy hayotda barcha kishilar tomonidan har kuni tovar va xizmatlar sotib olinayotganligi uchun qog‘oz pullarning tovar va xizmatlarga nisbatan inflyatsiyasiga alohida e’tibor qaratiladi va adabiyotlarda inflyatsiya darajasi narxlarning o‘zgarishiga qarab o‘lchanadi. Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o‘lchanadi. Narxlar indeksi joriy davrdagi iste’mol narxlarini bazis davrdagi iste’mol narxlariga nisbati orqali aniqlanadi: ТN j NI 100% , ТNb bu yerda: NI – narxlar indeksi;  
 
TNj – joriy davrdagi iste’mol tovarlari narxi;  
TNb – bazis davrdagi iste’mol tovarlari narxi.  
Narxlar o‘zgarishini hisobga olish qamroviga ko‘ra narxlar indeksining 
quyidagi turlarini hisoblash mumkin:  
- iste’mol narxlari indeksi;  
- ulgurji narxlar indeksi;  
- narxlar indeksi – YaIM deflyatori; - eksport va import narxlar indeksi.  
Narxlar indeksidan foydalangan holda inflyatsiya sur’atini (IS) quyidagi 
formula orqali aniqlash mumkin:  
IS  
ТN j ТNb 100%.  
ТNb 
Masalan, iste’mol tovarlarining narx indeksi 2008 yilda 112,6% ga, 2007 yilda 
116,8% ga teng bo‘lsa, inflyatsiya sur’ati quyidagicha bo‘ladi:  
Inflyatsiya sur’ati = 
100  3,7%foiz.  
Ba’zi bir mamlakatlarda inflyatsiya sur’ati juda yuqori bo‘lganligi sababli, 
narxlarning qancha vaqt mobaynida 2 baravar o‘sishi mumkinligi «70 miqdori 
qoidasi» yordamida aniqlanadi. Buning uchun 70 sonini inflyatsiyaning o‘rtacha 
yillik darajasiga bo‘linadi. Bizning misolimida bu ko‘rsatkich deyarli 19 yilni 
(70/3,7 =18,9) tashkil etadi, ya’ni inflyatsiyaning yillik 3,7% darajasida 19 yildan 
so‘ng iqtisodiyotdagi narxlar 2 baravarga o‘sadi.  
Mamlakatimizda inflyatsiyaning asosiy ko‘rsatkichlarini quyidagi jadval 
orqali ifodalash mumkin (22.2-jadval).  
22.2-jadval   
TNj – joriy davrdagi iste’mol tovarlari narxi; TNb – bazis davrdagi iste’mol tovarlari narxi. Narxlar o‘zgarishini hisobga olish qamroviga ko‘ra narxlar indeksining quyidagi turlarini hisoblash mumkin: - iste’mol narxlari indeksi; - ulgurji narxlar indeksi; - narxlar indeksi – YaIM deflyatori; - eksport va import narxlar indeksi. Narxlar indeksidan foydalangan holda inflyatsiya sur’atini (IS) quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: IS ТN j ТNb 100%. ТNb Masalan, iste’mol tovarlarining narx indeksi 2008 yilda 112,6% ga, 2007 yilda 116,8% ga teng bo‘lsa, inflyatsiya sur’ati quyidagicha bo‘ladi: Inflyatsiya sur’ati = 100 3,7%foiz. Ba’zi bir mamlakatlarda inflyatsiya sur’ati juda yuqori bo‘lganligi sababli, narxlarning qancha vaqt mobaynida 2 baravar o‘sishi mumkinligi «70 miqdori qoidasi» yordamida aniqlanadi. Buning uchun 70 sonini inflyatsiyaning o‘rtacha yillik darajasiga bo‘linadi. Bizning misolimida bu ko‘rsatkich deyarli 19 yilni (70/3,7 =18,9) tashkil etadi, ya’ni inflyatsiyaning yillik 3,7% darajasida 19 yildan so‘ng iqtisodiyotdagi narxlar 2 baravarga o‘sadi. Mamlakatimizda inflyatsiyaning asosiy ko‘rsatkichlarini quyidagi jadval orqali ifodalash mumkin (22.2-jadval). 22.2-jadval  
 
O‘zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning asosiy ko‘rsatkichlari  (o‘tgan yilning 
mos davriga nisbatan narxlarning o‘sishi, foizda)1   
Yillar  
Oziq-ovqat tovarlari  
Nooziq-ovqat 
tovarlari  
Xizmatlar  
2011  
6,6   
4,8   
14,2   
2012  
5,1  
4,3  
16,5  
2013  
3,9  
7,4  
13,8  
2014  
2,2  
7,3  
11,3  
2015  
1,3  
8,8  
10,7  
2016  
2,5  
7,2  
9,6  
2017  
9,4  
10,3  
7,2  
2018  
14,1  
10,4  
14,8  
2019  
16,7  
10,8  
15,0  
  
Inflyatsiyaning maxsulotlar guruxlari bo‘yicha tarkibida oziq-ovqat va 
nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari xizmatlarga nisbatan yuqoriroq sur’tlarda o‘sdi. 
Xususan, 2019 yilda oziq-ovqat maxsulotlari guruhi bo‘yicha narxlar o‘rtacha 16,7 
foiz (2011 yilda o‘sish 6,6 foiz)ga o‘sdi. Nooziq-ovqat maxsulotlari guruxi  
                                                  
1 2017 yilda Pul-krеdit sohasidagi vaziyat va monеtar siyosatning 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari // 
O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki xisoboti. http://www.cbu.uz/uzc/node/47130; 2018 yilda Pul-krеdit 
sohasidagi vaziyat va monеtar siyosatning 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari // O‘zbеkiston Rеspublikasi 
Markaziy banki xisoboti. http://www.cbu.uz/uzc/node/47130  
bo‘yicha narxlar 10,8 foiz (2011 yilda o‘sish 4,8 foiz)ga oshdi. Xizmatlar 
tariflarining 15,0 foizga oshishi (2011 yilda o‘sish 14,2 foiz) kuzatildi.  
Kelib chiqish sabablari va o‘sish sur’atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha 
turlarini farqlash mumkin.  
O‘zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning asosiy ko‘rsatkichlari (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan narxlarning o‘sishi, foizda)1 Yillar Oziq-ovqat tovarlari Nooziq-ovqat tovarlari Xizmatlar 2011 6,6 4,8 14,2 2012 5,1 4,3 16,5 2013 3,9 7,4 13,8 2014 2,2 7,3 11,3 2015 1,3 8,8 10,7 2016 2,5 7,2 9,6 2017 9,4 10,3 7,2 2018 14,1 10,4 14,8 2019 16,7 10,8 15,0 Inflyatsiyaning maxsulotlar guruxlari bo‘yicha tarkibida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari xizmatlarga nisbatan yuqoriroq sur’tlarda o‘sdi. Xususan, 2019 yilda oziq-ovqat maxsulotlari guruhi bo‘yicha narxlar o‘rtacha 16,7 foiz (2011 yilda o‘sish 6,6 foiz)ga o‘sdi. Nooziq-ovqat maxsulotlari guruxi 1 2017 yilda Pul-krеdit sohasidagi vaziyat va monеtar siyosatning 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari // O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki xisoboti. http://www.cbu.uz/uzc/node/47130; 2018 yilda Pul-krеdit sohasidagi vaziyat va monеtar siyosatning 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari // O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki xisoboti. http://www.cbu.uz/uzc/node/47130 bo‘yicha narxlar 10,8 foiz (2011 yilda o‘sish 4,8 foiz)ga oshdi. Xizmatlar tariflarining 15,0 foizga oshishi (2011 yilda o‘sish 14,2 foiz) kuzatildi. Kelib chiqish sabablari va o‘sish sur’atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha turlarini farqlash mumkin.  
 
1. Talab inflyatsiyasi. Narx darajasining an’anaviy o‘zgarishi jami talab 
ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi 
mahsulotning real hajmini ko‘paytirib, ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki 
barcha mavjud resurslar to‘liq foydalanilgan bo‘ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab 
narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Talab 
inflyatsiyasini quyidagi rasm orqali izohlash mumkin (22.1-rasm).   
Rasmdan ko‘rinadiki, iqtisodiyotdagi pul hajmining ko‘payishi qisqa muddat 
ichida yalpi talabni AD1 dan AD2 ga siljishiga olib keladi. Agar bu vaqtda 
iqtisodiyotning holati yalpi taklif egri chizig‘ining oraliq (2) yoki tik (klassik) (3) 
kesmasiga mos kelsa, bu narx darajasining o‘sishiga, ya’ni talab inflyatsiyasining 
ro‘y berishiga olib keladi.   
 
22.1-rasm. Talab inflyatsiyasi  
  
2. Taklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi 
taklifning o‘zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish 
xarajatlarining o‘sishi natijasida kelib chiqadigan inflyatsiya mahsulot birligiga 
qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. Bu 
holatni ham rasm orqali ko‘rib chiqamiz (22.2-rasm).  
Narx lar   
darajasi     
  
  
  
AS   
  
3   
  
  
P 2   
  
    
  
  
  
  
  
  
AD 2   
2   
P   
1   
  
    
  
  
1   
  
  
AD 1   
  
  
  
0   
  Q 1   
Q 2     
Real  Ya MM   
1. Talab inflyatsiyasi. Narx darajasining an’anaviy o‘zgarishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmini ko‘paytirib, ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki barcha mavjud resurslar to‘liq foydalanilgan bo‘ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Talab inflyatsiyasini quyidagi rasm orqali izohlash mumkin (22.1-rasm). Rasmdan ko‘rinadiki, iqtisodiyotdagi pul hajmining ko‘payishi qisqa muddat ichida yalpi talabni AD1 dan AD2 ga siljishiga olib keladi. Agar bu vaqtda iqtisodiyotning holati yalpi taklif egri chizig‘ining oraliq (2) yoki tik (klassik) (3) kesmasiga mos kelsa, bu narx darajasining o‘sishiga, ya’ni talab inflyatsiyasining ro‘y berishiga olib keladi. 22.1-rasm. Talab inflyatsiyasi 2. Taklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi taklifning o‘zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi natijasida kelib chiqadigan inflyatsiya mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. Bu holatni ham rasm orqali ko‘rib chiqamiz (22.2-rasm). Narx lar darajasi AS 3 P 2 AD 2 2 P 1 1 AD 1 0 Q 1 Q 2 Real Ya MM  
 
 
  
22.2-rasm. Taklif inflyatsiyasi  
  
Rasmdan ko‘rinadiki, xarajatlarning o‘sishi natijasida yalpi taklif egri 
chizig‘ining AS1 dan AS2 ga qisqarishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajat 
miqdorini oshirib, narxlarning R1 dan R2 darajaga qadar ko‘tarilishiga, real ishlab 
chiqarish hajmining esa Q1 dan Q2 ga qadar qisqarishiga olib keladi.   
Shuningdek, inflyatsiyaning quyidagi sabablarini ham ko‘rsatish mumkin:  
- monopolistik faoliyatlarning paydo bo‘lishi va amal qilishi;  
- noto‘g‘ri soliq siyosati yuritish;  
- jahon bozorlaridagi narxlarning o‘sishi;  
- harbiy sohadagi xarajatlarning o‘sishi va hokazo.   
Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyotda foydani 
va mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi.  
Bu o‘z navbatida narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari nominal ish 
haqi, xomashyo va energiya narxlarining o‘sishi hisobiga ortib boradi.  
Inflyatsiyaning o‘rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya kabi turlari ham 
mavjud. O‘rmalab boruvchi inflyatsiya holatida narxlar yiliga 10 foizgacha, 
Narx lar   
darajasi      
AS 2     
AS 1   
  
  
    
  
  
  
  
3   
  
  
  
P 2   
  
    
  
  
  
  
  
AD   
    2   
  
P 1   
  
    
  
1   
  
  
0     
  
Q 2   
Q 1     
Real  Ya MM   
22.2-rasm. Taklif inflyatsiyasi Rasmdan ko‘rinadiki, xarajatlarning o‘sishi natijasida yalpi taklif egri chizig‘ining AS1 dan AS2 ga qisqarishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajat miqdorini oshirib, narxlarning R1 dan R2 darajaga qadar ko‘tarilishiga, real ishlab chiqarish hajmining esa Q1 dan Q2 ga qadar qisqarishiga olib keladi. Shuningdek, inflyatsiyaning quyidagi sabablarini ham ko‘rsatish mumkin: - monopolistik faoliyatlarning paydo bo‘lishi va amal qilishi; - noto‘g‘ri soliq siyosati yuritish; - jahon bozorlaridagi narxlarning o‘sishi; - harbiy sohadagi xarajatlarning o‘sishi va hokazo. Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyotda foydani va mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi. Bu o‘z navbatida narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari nominal ish haqi, xomashyo va energiya narxlarining o‘sishi hisobiga ortib boradi. Inflyatsiyaning o‘rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya kabi turlari ham mavjud. O‘rmalab boruvchi inflyatsiya holatida narxlar yiliga 10 foizgacha, Narx lar darajasi AS 2 AS 1 3 P 2 AD 2 P 1 1 0 Q 2 Q 1 Real Ya MM  
 
jadal inflyatsiyada 20 dan 200 foizgacha, giperinflyatsiyada 200 foizdan yuqori 
darajada o‘sishi kuzatiladi.  
Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya 
farqlanadi. Kutilayotgan inflyatsiya va uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish 
mumkin, kutilmagan inflyatsiyani oldindan aytib bo‘lmaydi. Birinchi holda 
inflyatsiyaning kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib, uni sezilarli darajada 
yumshatish mumkin. Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o‘sishi natijasida 
mamlakat iqtisodiy ahvolining sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin.   
 
jadal inflyatsiyada 20 dan 200 foizgacha, giperinflyatsiyada 200 foizdan yuqori darajada o‘sishi kuzatiladi. Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya farqlanadi. Kutilayotgan inflyatsiya va uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish mumkin, kutilmagan inflyatsiyani oldindan aytib bo‘lmaydi. Birinchi holda inflyatsiyaning kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib, uni sezilarli darajada yumshatish mumkin. Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o‘sishi natijasida mamlakat iqtisodiy ahvolining sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin.