Infuzoriyalilar tipi klassifikatsiyasi va asosiy vakillari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

30,2 KB


Infuzoriyalilar tipi klassifikatsiyasi va asosiy vakillari
R E J A
 1. Infuzoriyalar (Ciliophora) tipi, muhim vakillari.
 2. Bir hujayrali hayvonlar filogeniyasi
 3. Infuzoriyalar klassifikatsiyasi.
Infuzoriyalar bir hujayrali hayvonlar ichida murakkab tuzilgan guruh bo’lib
hisoblanadi. Infuzoriyalar quyidagi belgilari bilan tavsiflanadi.
 1. Barcha infuzoriyalar tanasi kipriklar bilan qoplanadi. Kipriklar ba’zi bir
vakillarida bir xil uzunlik va qalinlikda bo’lsa, boshqa vakillarda har xil uzunlik va
shaklda bo’ladi.
 2. Hamma infuzoriyalarda tuzilishi va bajaradigan vazifalariga ko’ra bir-
biridan farqlanadigan ikkita katta va kichik yadro bo’ladi.
 3. Infuzoriyalarda  jinsiy  ko’payish  konyugatsiya  deyiladi.  Konyugatsiya
paytida ikkita infuzoriya yaqinlashib bir-birlari bilan yadrolarini almashtirib oladi.
 4. Infuzoriyalarda juft qisqaruvchi vakuollar mavjud.
 5. Infuzoriyalar kiprikli va so’ruvchi infuzoriyalar sinfiga bo’linadi.
 1 sinf. Kiprikli infuzoriyalar (Ciliata) sinfi.
 Bu sinfga mansub infuzoriyalar gavdasi turli shakl va kattalikdagi kipriklar
bilan qoplangan bo’ladi. Kipriklar ularning hayotining barcha davrlarida saqlanib
qoladi. Sitoplazmasi tashqi - ektoplazma, ichki endoplazmaga ajraladi. Ektoplazma
tashqi tomondan pishiq pellikula bilan o’raladi. Pellikula ikki qavatli bo’lib, har
qaysi qavati ikki qavat membranali bo’ladi. Membranalar orasi ochiq holda turadi.
Pellikula sirti turli shakllar hosil qiluvchi yo’g’on katakchalarga bo’linadi. Bu
katakchalar pellikula sirtini panjaraga o’xshab o’rab turadi. Pellikuladagi tolalar
Logotip
Infuzoriyalilar tipi klassifikatsiyasi va asosiy vakillari R E J A 1. Infuzoriyalar (Ciliophora) tipi, muhim vakillari. 2. Bir hujayrali hayvonlar filogeniyasi 3. Infuzoriyalar klassifikatsiyasi. Infuzoriyalar bir hujayrali hayvonlar ichida murakkab tuzilgan guruh bo’lib hisoblanadi. Infuzoriyalar quyidagi belgilari bilan tavsiflanadi. 1. Barcha infuzoriyalar tanasi kipriklar bilan qoplanadi. Kipriklar ba’zi bir vakillarida bir xil uzunlik va qalinlikda bo’lsa, boshqa vakillarda har xil uzunlik va shaklda bo’ladi. 2. Hamma infuzoriyalarda tuzilishi va bajaradigan vazifalariga ko’ra bir- biridan farqlanadigan ikkita katta va kichik yadro bo’ladi. 3. Infuzoriyalarda jinsiy ko’payish konyugatsiya deyiladi. Konyugatsiya paytida ikkita infuzoriya yaqinlashib bir-birlari bilan yadrolarini almashtirib oladi. 4. Infuzoriyalarda juft qisqaruvchi vakuollar mavjud. 5. Infuzoriyalar kiprikli va so’ruvchi infuzoriyalar sinfiga bo’linadi. 1 sinf. Kiprikli infuzoriyalar (Ciliata) sinfi. Bu sinfga mansub infuzoriyalar gavdasi turli shakl va kattalikdagi kipriklar bilan qoplangan bo’ladi. Kipriklar ularning hayotining barcha davrlarida saqlanib qoladi. Sitoplazmasi tashqi - ektoplazma, ichki endoplazmaga ajraladi. Ektoplazma tashqi tomondan pishiq pellikula bilan o’raladi. Pellikula ikki qavatli bo’lib, har qaysi qavati ikki qavat membranali bo’ladi. Membranalar orasi ochiq holda turadi. Pellikula sirti turli shakllar hosil qiluvchi yo’g’on katakchalarga bo’linadi. Bu katakchalar pellikula sirtini panjaraga o’xshab o’rab turadi. Pellikuladagi tolalar
tayanch  vazifasini  bajaradi  va  infuzoriyalarnng  tashqi  shaklini  muayyan
ko’rinishga kiritib turadi. Pellikulada kipriklar, trixosistalar, tolalar joylashadi.
 Kipriklar  infuzoriyalarning  suvda  harakatlanishi,  ozuqani  endoplazmaga
haydab  berish  vazifasini  bajaradi.  Kipriklar  ektoplazmada  joylashgan
kinetosomalardan  boshlanadi.  Kipriklarning  ko’ndalang  kesimi  elektron
mikroskopda tekshirib ko’rilganda ularning markazda ikkita, chetlarda esa 9-ta
qo’shaloq bo’lib joylashgan tolalardan tuzilganligi ko’rinadi. Ba’zi hollarda bir-
birlariga yaqin joylashgan kipriklar birlashib sirrini hosil qiladi. Sirrilar go’yo
tanada mo’yqalamga o’xshab turadi. Agar bir yoki ikki qator kipriklar o’zaro
birlashsa membrana hosil qiladi.
 Ko’pchilik  infuzoriyalar  ektoplazmasida  kalta  tayoqchaga  o’xshash
tanachalar-trixosistalar  joylashadi.  Trixosistalar  himoya  vazifasini  bajaradi.
Suvning  tarkibi  o’zgarib  qolishi,  yirtqich  hayvon  hujum  qilishi  trixosistlarni
tashqariga otilib chiqishiga olib keladi. Yirtqich infuzoriyalar trixosistlari o’ljani
falajlash  xususiyatiga  ega.  Infuzoriyalar  turli  bakteriyalar,  suv  o’tlari  bilan
oziqlanadi. Ayrim vakillari esa yirtqich, tekinxo’rlik bilan hayot kechiradi.
 Infuzoriyalar tanasida og’iz bo’lib uning atrofida ko’plab kipriklar bo’ladi.
Kipriklar og’izga suvdagi bo’lgan turli oziq mahsulotlarini haydab beradi. Og’iz
teshigi  ektoplazma  va  endoplazma  chegarasida  joylashgan  halqum  bilan
bog’lanadi. Halqumga kelib to’planib qolgan ovqatlik hazm shirasi bilan o’ralib
ovqat hazm qilish vakuoli hosil qiladi. Tufelkaning ovqat hazm qilish vakuollari
har  1,5-  2  daqiqa  ichida  hosil  bo’lib  turadi.  Bu  vakuol  ichida  ovqatlik  asta
parchalanib tanaga singadi.
Yirtqich infuzoriyalar og’iz teshigi faqat o’lja yutilishidan oldin ochiladi.
Ularning halqumi pishiq elastik tayoqchalar bilan ta’minlangan bo’ladi.
 Ektoplazma  va  endoplazma  chegarasida  qisqaruvchi  vakuola  bo’ladi.
Qisqaruvchi vakuola markaziy rezervuar va unga olib keluvchi 5-7 ta yig’uvchi
kanallar  sistemasidan  tuziladi. Kanallar  tanadagi  keraksiz  suyuq  mahsulotlarni
markaziy rezervuarga olib keladi. Rezervuarning qisqarishi bilan suyuqlik tanadan
chiqarib yuboriladi.
 Qisqaruvchi  vakuollarning  ishi,  ularni  to’planadigan  keraksiz  suyuq
chiqindilar miqdori suvning sho’rlanish darajasi  va haroratiga bog’liq bo’ladi.
Logotip
tayanch vazifasini bajaradi va infuzoriyalarnng tashqi shaklini muayyan ko’rinishga kiritib turadi. Pellikulada kipriklar, trixosistalar, tolalar joylashadi. Kipriklar infuzoriyalarning suvda harakatlanishi, ozuqani endoplazmaga haydab berish vazifasini bajaradi. Kipriklar ektoplazmada joylashgan kinetosomalardan boshlanadi. Kipriklarning ko’ndalang kesimi elektron mikroskopda tekshirib ko’rilganda ularning markazda ikkita, chetlarda esa 9-ta qo’shaloq bo’lib joylashgan tolalardan tuzilganligi ko’rinadi. Ba’zi hollarda bir- birlariga yaqin joylashgan kipriklar birlashib sirrini hosil qiladi. Sirrilar go’yo tanada mo’yqalamga o’xshab turadi. Agar bir yoki ikki qator kipriklar o’zaro birlashsa membrana hosil qiladi. Ko’pchilik infuzoriyalar ektoplazmasida kalta tayoqchaga o’xshash tanachalar-trixosistalar joylashadi. Trixosistalar himoya vazifasini bajaradi. Suvning tarkibi o’zgarib qolishi, yirtqich hayvon hujum qilishi trixosistlarni tashqariga otilib chiqishiga olib keladi. Yirtqich infuzoriyalar trixosistlari o’ljani falajlash xususiyatiga ega. Infuzoriyalar turli bakteriyalar, suv o’tlari bilan oziqlanadi. Ayrim vakillari esa yirtqich, tekinxo’rlik bilan hayot kechiradi. Infuzoriyalar tanasida og’iz bo’lib uning atrofida ko’plab kipriklar bo’ladi. Kipriklar og’izga suvdagi bo’lgan turli oziq mahsulotlarini haydab beradi. Og’iz teshigi ektoplazma va endoplazma chegarasida joylashgan halqum bilan bog’lanadi. Halqumga kelib to’planib qolgan ovqatlik hazm shirasi bilan o’ralib ovqat hazm qilish vakuoli hosil qiladi. Tufelkaning ovqat hazm qilish vakuollari har 1,5- 2 daqiqa ichida hosil bo’lib turadi. Bu vakuol ichida ovqatlik asta parchalanib tanaga singadi. Yirtqich infuzoriyalar og’iz teshigi faqat o’lja yutilishidan oldin ochiladi. Ularning halqumi pishiq elastik tayoqchalar bilan ta’minlangan bo’ladi. Ektoplazma va endoplazma chegarasida qisqaruvchi vakuola bo’ladi. Qisqaruvchi vakuola markaziy rezervuar va unga olib keluvchi 5-7 ta yig’uvchi kanallar sistemasidan tuziladi. Kanallar tanadagi keraksiz suyuq mahsulotlarni markaziy rezervuarga olib keladi. Rezervuarning qisqarishi bilan suyuqlik tanadan chiqarib yuboriladi. Qisqaruvchi vakuollarning ishi, ularni to’planadigan keraksiz suyuq chiqindilar miqdori suvning sho’rlanish darajasi va haroratiga bog’liq bo’ladi.
Suvda qancha tuz ko’p erigan bo’lsa qisqaruvchi vakuol ham shunga bog’liq holda
ishlaydi. Qisqaruvchi vakuol 40-50 minut davomida infuzoriya tufelka gavdasi
hajmiga  teng  keladigan  miqdorida  keraksiz  suyuqliklarni  tanadan  chiqarib
tashlaydi.
 
Infuzoriyalarning  endoplazmasida  xromotinga  boy,  yumaloq  yoki
loviyasimon, tuxumsimon shakldagi katta yadro-makronukleus, bitta yoki bir necha
mikronukleus  joylashadi.  Makronukleus  tarkibidagi  DNK  miqdori
mikronukleusdagi DNK miqdoridan yuzlab, minglab darajada ko’p bo’ladi.
 Makro va mikronukleuslarning farqlari faqatgina katta kichiklikdagina emas
balki bajaradigan vazifalarida ham yaqqol ko’rinadi. Makronukleus vegetativ yadro
bo’lib, mikronukleus irsiy belgilarini o’zida saqlab qolib turuvchi joy hisoblanadi.
 Kiprikli infuzoriyalar jinssiz va jinsiy ko’payadi. Jinssiz ko’payishda katta
yadro  xromosomalari  (mitoz  orqali)  ikki  hissa  ko’payadi.  Xromosomalar
ingichkilashadi. Yadro cho’zilib o’rtasi ingichkalashadi. Xromosomalar yangitdan
hosil bo’layotgan yadrolarga tarqaladi. Mikronukleus esa mitoz yo’li bilan ikkitaga
bo’linadi. Shundan so’ng infuzoriya tanasi ko’ndalangiga ikkiga bo’linib ketadi. 
 Konyugatsiya jinsiy ko’payishdir. Bunda ikkita infuzoriya bir-biriga yaqin
kelib, qorin tomonlarida teshik hosil bo’ladi. Bu joyda har ikkala infuzoriya orasida
sitoplazmatik ko’prik paydo bo’ladi. Bu ikki infuzoriyaning katta yadrolari tanaga
so’rilib ketib, kichik yadrosi to’rttaga bo’linadi.Natijada gaploid sonli yadrolar
hosil bo’ladi. Bulardan uchtasi sitoplazmaga singib ketib, bittasi qoladi. Qolgan
yadro  yana  bo’linib  statsionar  va  ko’chib  yuruvchi  yadrolarga  aylanadi.
Sitoplazmatik ko’prik orqali har ikkala infuzoriya ko’chib yuruvchi yadrolarini
almashtirishadi. Natijada har qaysi infuzoriyada diploid xromosomali bitta yadro
shakllanadi.  Shundan  so’ng  birikkan  infuzoriyalar  ajrab  ketishib,  ular  yana
konyugatsiyadan keyin jinssiz ko’payishga o’tadi. 
 Infuzoriyalar ichida ko’pchiligi chuchuk suvlarda, dengizlarda plankton va
bentos yo’l bilan yashovchi infuzoriyalar anchagina bor, erkin holda yashaydi.
Plankton yashovchi infuzoriyalar suvda osilib yashasa, bentos xolda yashovchilari
suv tubida o’rmalab hayot kechirishadi.
 Infuzoriyalar ichida erkin yashovchilari bakteriyalar, chiriyotgan o’simlik
qoldiqlari  va bir hujayrali  suv o’tlari bilan oziqlanishadi. Infuzoriyalar  ichida
Logotip
Suvda qancha tuz ko’p erigan bo’lsa qisqaruvchi vakuol ham shunga bog’liq holda ishlaydi. Qisqaruvchi vakuol 40-50 minut davomida infuzoriya tufelka gavdasi hajmiga teng keladigan miqdorida keraksiz suyuqliklarni tanadan chiqarib tashlaydi. Infuzoriyalarning endoplazmasida xromotinga boy, yumaloq yoki loviyasimon, tuxumsimon shakldagi katta yadro-makronukleus, bitta yoki bir necha mikronukleus joylashadi. Makronukleus tarkibidagi DNK miqdori mikronukleusdagi DNK miqdoridan yuzlab, minglab darajada ko’p bo’ladi. Makro va mikronukleuslarning farqlari faqatgina katta kichiklikdagina emas balki bajaradigan vazifalarida ham yaqqol ko’rinadi. Makronukleus vegetativ yadro bo’lib, mikronukleus irsiy belgilarini o’zida saqlab qolib turuvchi joy hisoblanadi. Kiprikli infuzoriyalar jinssiz va jinsiy ko’payadi. Jinssiz ko’payishda katta yadro xromosomalari (mitoz orqali) ikki hissa ko’payadi. Xromosomalar ingichkilashadi. Yadro cho’zilib o’rtasi ingichkalashadi. Xromosomalar yangitdan hosil bo’layotgan yadrolarga tarqaladi. Mikronukleus esa mitoz yo’li bilan ikkitaga bo’linadi. Shundan so’ng infuzoriya tanasi ko’ndalangiga ikkiga bo’linib ketadi. Konyugatsiya jinsiy ko’payishdir. Bunda ikkita infuzoriya bir-biriga yaqin kelib, qorin tomonlarida teshik hosil bo’ladi. Bu joyda har ikkala infuzoriya orasida sitoplazmatik ko’prik paydo bo’ladi. Bu ikki infuzoriyaning katta yadrolari tanaga so’rilib ketib, kichik yadrosi to’rttaga bo’linadi.Natijada gaploid sonli yadrolar hosil bo’ladi. Bulardan uchtasi sitoplazmaga singib ketib, bittasi qoladi. Qolgan yadro yana bo’linib statsionar va ko’chib yuruvchi yadrolarga aylanadi. Sitoplazmatik ko’prik orqali har ikkala infuzoriya ko’chib yuruvchi yadrolarini almashtirishadi. Natijada har qaysi infuzoriyada diploid xromosomali bitta yadro shakllanadi. Shundan so’ng birikkan infuzoriyalar ajrab ketishib, ular yana konyugatsiyadan keyin jinssiz ko’payishga o’tadi. Infuzoriyalar ichida ko’pchiligi chuchuk suvlarda, dengizlarda plankton va bentos yo’l bilan yashovchi infuzoriyalar anchagina bor, erkin holda yashaydi. Plankton yashovchi infuzoriyalar suvda osilib yashasa, bentos xolda yashovchilari suv tubida o’rmalab hayot kechirishadi. Infuzoriyalar ichida erkin yashovchilari bakteriyalar, chiriyotgan o’simlik qoldiqlari va bir hujayrali suv o’tlari bilan oziqlanishadi. Infuzoriyalar ichida
haqiqiy o’txo’rlari ham bor. 
Masalan,  Nassula  ornata  faqat  ipsimon  ko’k-yashil  suv  o’tlari  bilan
oziqlanadi.  Erkin  yashovchilar  ichida  yirtqichlari  ham  bor.  Bularga  didiniyni
ko’rsatish mumkin. Didiniylar o’zlaridan ancha katta bo’lgan tufelkalarga ham
tashlanib ular bilan oziqlanishadi. Infuzoriya tufelka suvda bo’lgan bakteriyalarni
xush ko’rib yeydi. 
 Tekinxo’r  infuzoriyalar  turli  hayvonlarning  tashqi  va  ichki  a’zolariga
yopishib hayot kechiradi. Tekinxo’rlarning gavdasida turli o’siqlar, ignalar hamda
skelet  plastinkalari  bo’lishi  bilan  xarakterlanadi.  Tekinxo’r  infuzoriyalari
Entodinamorpha  turkumiga  mansub  jonivorlarni  ko’rsatish  mumkin.  Bular
ko’pincha  tuyoqli  hayvonlarda  tekinxo’rlik  qilishadi.  Ayniqsa  qoramollarning
oshqozonining  har  bir  sm  3  da  2  millionga  yaqin  infuzoriyalar  bo’lishi
harakterlidir. Bu infuzoriyalr hayvon ovqatida bo’ladigan va hazm bo’lishi qiyin
sellyulozani parchalaydi. 
 Baliqlar terisida  teng kiprikliklar  turkumiga mansub ixtiofitirius yashab,
oqibatda baliqlarga jiddiy zarar etkazadi. Bu jonivor zog’ora, do’ngpeshona, oq
amur kabi baliqlarning suzgich qanotlari, jabralarida yashaydi. Ixtioftirius keng
tarqalgan  bo’lganligidan  ko’plab  suv  havzalaridagi  baliq  chavoqlarini  kuchli
zararlab  ularni  qirilib  ketishiga  sabab  bo’ladi.  Teng  kipriklilarning  ichida
tekinxo’rlik  bilan  hayot  kechiruvchilar  qatoriga  balantidiy  (Balantidium  coli)
kiradi. Bu jonivor odamlarning yo’g’on ichagida yashab u kolit kasalini keltirib
chiqaradi. Balantidiy tuxumsimon shaklda bo’lib, uzunligi 30-150 mikron keladi.
Tanasi qalin kipriklar bilan o’raladi. Tanasining oldingi tomonida ancha yirik,
kuchli kipriklar bo’lib, ozuqa mahsulotlarini og’ziga haydab beradi. Balantidiy
ichakning devori ichiga kirib qizil qon hujayralari bilan oziqlanadi. Oqibatda ichak
devori buzilib, odamdan qon keta boshlaydi. Balantidiy sog’lom odamga sistalari
orqali yuqadi. Sistalar esa kasal odam axlati bilan doimo tashqariga chiqib turadi.
Balantidiy bilan cho’chqalar ham zararlanadi. 
 Infuzoryalar tipi klassifikatsiyasida turli adabiyotlarda har xil ma’lumotlar
beriladi. Masalan, 
V. Dogel (1981) kiprikli infuzoriyalarni quyidagi
 1. Kinetofragminophora 
Logotip
haqiqiy o’txo’rlari ham bor. Masalan, Nassula ornata faqat ipsimon ko’k-yashil suv o’tlari bilan oziqlanadi. Erkin yashovchilar ichida yirtqichlari ham bor. Bularga didiniyni ko’rsatish mumkin. Didiniylar o’zlaridan ancha katta bo’lgan tufelkalarga ham tashlanib ular bilan oziqlanishadi. Infuzoriya tufelka suvda bo’lgan bakteriyalarni xush ko’rib yeydi. Tekinxo’r infuzoriyalar turli hayvonlarning tashqi va ichki a’zolariga yopishib hayot kechiradi. Tekinxo’rlarning gavdasida turli o’siqlar, ignalar hamda skelet plastinkalari bo’lishi bilan xarakterlanadi. Tekinxo’r infuzoriyalari Entodinamorpha turkumiga mansub jonivorlarni ko’rsatish mumkin. Bular ko’pincha tuyoqli hayvonlarda tekinxo’rlik qilishadi. Ayniqsa qoramollarning oshqozonining har bir sm 3 da 2 millionga yaqin infuzoriyalar bo’lishi harakterlidir. Bu infuzoriyalr hayvon ovqatida bo’ladigan va hazm bo’lishi qiyin sellyulozani parchalaydi. Baliqlar terisida teng kiprikliklar turkumiga mansub ixtiofitirius yashab, oqibatda baliqlarga jiddiy zarar etkazadi. Bu jonivor zog’ora, do’ngpeshona, oq amur kabi baliqlarning suzgich qanotlari, jabralarida yashaydi. Ixtioftirius keng tarqalgan bo’lganligidan ko’plab suv havzalaridagi baliq chavoqlarini kuchli zararlab ularni qirilib ketishiga sabab bo’ladi. Teng kipriklilarning ichida tekinxo’rlik bilan hayot kechiruvchilar qatoriga balantidiy (Balantidium coli) kiradi. Bu jonivor odamlarning yo’g’on ichagida yashab u kolit kasalini keltirib chiqaradi. Balantidiy tuxumsimon shaklda bo’lib, uzunligi 30-150 mikron keladi. Tanasi qalin kipriklar bilan o’raladi. Tanasining oldingi tomonida ancha yirik, kuchli kipriklar bo’lib, ozuqa mahsulotlarini og’ziga haydab beradi. Balantidiy ichakning devori ichiga kirib qizil qon hujayralari bilan oziqlanadi. Oqibatda ichak devori buzilib, odamdan qon keta boshlaydi. Balantidiy sog’lom odamga sistalari orqali yuqadi. Sistalar esa kasal odam axlati bilan doimo tashqariga chiqib turadi. Balantidiy bilan cho’chqalar ham zararlanadi. Infuzoryalar tipi klassifikatsiyasida turli adabiyotlarda har xil ma’lumotlar beriladi. Masalan, V. Dogel (1981) kiprikli infuzoriyalarni quyidagi 1. Kinetofragminophora