INNOVATSION IQTISODIYOT ASOSLLARI FANINING PREDMETI VA BILISH USULLARI
Yuklangan vaqt
2024-08-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
24
Faytl hajmi
174,0 KB
6
INNOVATSION IQTISODIYOT ASOSLLARI FANINING PREDMETI VA
BILISH USULLARI
Reja:
1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.
2. Innovatsion iqtisodiyot asoslarining fan sifatida shakllanishi.
3. Innovatsion iqtisodiyot asoslari fanining predmeti va vazifalari.
4. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar).
5. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari.
Innovatsion iqtisodiyot asoslari o‘rganish, iqtisodiy jarayonlarning tub
mohiyatini to‘g‘ri tushunish ko‘p jihatdan uni o‘rganuvchilarning ma’lum nazariy
va uslubiy bilim bilan qurollanishiga bog‘liq. Shuning uchun ham mazkur mavzu
insoniyat jamiyati taraqqiyotining asosi bo‘lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning
oldida turgan vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi
va iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kelishini qisqacha tavsiflash bilan
boshlanadi. Innovatsion iqtisodiyot asoslari fanidagi asosiy oqimlar va
nazariyalarning umumiy bayoni qisqacha beriladi. Bu yerda iqtisodiyot va uning
bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, vazifalari va boshqa
iqtisodiy fanlar ichida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish bilan birga iqtisodiy qonunlar
va kategoriyalar hamda ularning amal qilish mexanizmini yoritib berishga alohida
o‘rin beriladi.
Bu mavzuda iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullarining mazmunini ochib
berishga alohida e’tibor qaratiladi.
7
1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
Innovatsion iqtisodiyot asoslari fani va uning qonun-qoidalarini bilish
uchun, eng avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to‘g‘risida tasavvurga ega
bo‘lish lozim. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko‘p qirrali va
g‘oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar
ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq,
davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining
borgan sari ko‘payib, rivojlanib hamda ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga
keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar
bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo‘lgan narsaga o‘xshab
ko‘rinadi.
Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at,
adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug‘ullanishlari uchun hayotiy
ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Shuning uchun har bir kishi,
o‘zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari –
kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi
ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga topish
kerak degan muammolarga duch keladi.
Shu muammolarni yechish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar
turli yo‘nalishlarda, sohalarda faoliyat ko‘rsatadilar. Demak, insonning turli
faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini
ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar
ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning
yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab
chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan
bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan,
iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
8
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y
bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel)
asarlarida iqtisodiyot – uy xo‘jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan.
Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom
diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Lekin, hozirgi
davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xo‘jalik
yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot – yirik xususiy
xo‘jalik, jamoa xo‘jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo‘jaliklaridan,
moliya va bank tizimlaridan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar,
korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, davlatlar o‘rtasidagi turli
iqtisodiy munosabatlaridan iborat o‘ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.
Buning ustiga barcha resurslarimiz – tabiiy boyliklar, malakali ishchi
kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, pul mablag‘lari va boshqa
resurslarning barchasi cheklangan miqdordadir. Xattoki, ishlab chiqarishning
bugungi darajasida insoniyat ixtiyoridagi turli tabiiy boyliklarning taxminan
qancha vaqtga yetishini oldindan bashorat qilish mumkin. Jumladan, insoniyat
2500 yilga kelib, barcha metall zaxiralarini sarflab bo‘lishi bashorat qilinib, bunda
temir rudasi 250 yilga, alyuminiy 570, mis 29, rux 23, qalayi 35, qo‘rg‘oshin 19
yilga yetishi taxmin qilinmoqda. Amalda hozir yashayotgan avlod ham ishlab
chiqarishda qo‘rg‘oshin, qalayi, rux, oltin, kumush, platina, nikel, volfram, misdan
foydalanish muammosiga duch kelmoqda. Yaqin yuz yil ichida ishlab chiqarishni
energoresurslar: neft, gaz, ko‘mir bilan ta’minlash muammosi ham alohida
muammo bo‘lib qolishi ehtimoldan holi emas1.
Buning ustiga barcha resurslarimiz – pul mablag‘lari, tabiiy boyliklar,
malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi
cheklangan miqdordadir. Ushbu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona
foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish
maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini
topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
1 Зубко Н.М. Экономическая теория. - Минск: НТЦ АПИ, 1998. 61-б.
9
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin: jahon
iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti,
funksional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila
iqtisodiyoti. Ba’zan ularni yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb
ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar
ularning hammasi bir maqsadga bo‘ysungan: u ham bo‘lsa insoniyatning yashashi,
ko‘payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy
vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan,
iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning poydevorini tashkil etib, uning o‘zi ham
insonsiz, uning faoliyatisiz mavjud bo‘lmaydi va mazmunga ham ega emas.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati
bo‘yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:
1) ishlab chiqarish jarayoni;
2) ayirboshlash jarayoni;
3) taqsimlash jarayoni;
4) iste’mol qilish jarayoni.
Bularning ichida eng asosiysi va boshlang‘ichi ishlab chiqarish jarayonidir.
Chunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab
chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan
narsalar bo‘lmaydi.
Ikkinchi muhim faza esa taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, eng avvalo,
ishlab chiqarish vositalari, kapital va ishchi kuchi, tovar va xizmatlarning alohida
turlari, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar
o‘rtasida taqsimlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo‘lgan tovar va
xizmatlar, ularning pul holidagi ko‘rinishi bo‘lgan daromadlar ham taqsimlanadi.
Taqsimot qancha adolatli va to‘g‘ri bo‘lsa, ishlab chiqarishning yuksalishiga
shuncha ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uni rag‘batlantiradi.
Ayirboshlash jarayoni – takror ishlab chiqarishning muhim fazasidir.
Mehnat taqsimoti oqibatida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum
turlarini ishlab chiqarishga, yetkazib berishga, ayrim guruhlari esa boshqa turdagi
10
tovarlarni ishlab chiqarish, yetkazib berish bo‘yicha ixtisoslashadilar. Har bir tovar
turini ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini sotib, o‘ziga kerakli bo‘lgan boshqa tovar
yoki xizmatlarni sotib oladi. Natijada turli xil yo‘nalishdagi ishlab chiqaruvchilar
yoki xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, pul orqali
oldi-sotdi jarayoni sodir bo‘ladi.
Iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi iste’mol jarayonidir.
Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar turli kishilar, guruhlar tomonidan iste’mol
qilinib, ularning ehtiyojlarini qondiradilar. Iste’mol ikki turda bo‘ladi: ishlab
chiqarish iste’moli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish iste’molida ishlab
chiqarish vositalari (kapital) va ishchi kuchidan foydalanilib, unumli iste’mol
qilinadi. Shaxsiy iste’mol jarayonida esa iste’mol buyumlari pirovard foydalanilib,
ular yo‘qotiladi va o‘rniga yana yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo to‘xtovsiz
takrorlanib turadigan jarayondir. Bu jarayonni ushbu chizmada tushunish osonroq
bo‘ladi.
1-chizma. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish
jarayonlaridagi harakati.
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi – ehtiyojlarning cheksizligi va
iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.
Тақсимот жараёни
Ишлаб чиқариш жараёни
Истеъмол
жараёни
Айирбошлаш жараёни
11
Bu masalani to‘g‘ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyoj nimaligini, uning
turlarini bilish zarurdir.
Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi
uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zarurati iqtisodiyot
nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi.
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy
ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar
kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun moddiy ne’matlar
hamda xizmatlarga zaruratdan iborat bo‘ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy
ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu
avvalo, kishilarning o‘zlariga foydali bo‘lgan moddiy ne’matlarni xarid qilish
va foydalanishga bo‘lgan zaruratdir. Bular iste’mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab
hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat
buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) o‘z ichiga oladi.
Ma’naviy ehtiyojlar kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini
oshirish, malaka-mahoratga ega bo‘lish, har xil xizmatlardan bahramand
bo‘lish kabi moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan ko‘plab hayotiy zaruratlarni
o‘z ichiga oladi.
Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning
tabiatiga va uni qondiruvchi obe’ktlar xususiyatiga bog‘liq. Shunday buyum va
xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim
olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport
o‘yinlari va ko‘ngilochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular
jumlasidandir.
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;
v) tabiiy-geografik sharoitlar;
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar;
d) aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;
12
ye) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin
emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi.
Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, keng reklamaning ta’siri va
savdoning rag‘batlantirishi natijasida ehtiyojlar o‘zgaradi va ko‘payib boradi.
Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va
korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va o‘sib
borishi tabiiy bo‘lib, uni o‘ziga xos qonun orqali ifodalash mumkin.
Ehtiyojlarning miqdoran o‘sib, sifat jihatidan takomillashib borishi
ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni deyiladi. Bu qonun ishlab chiqarish bilan
ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi.
Ehtiyojlarning o‘zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o‘z orqasidan
boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga
ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatishni o‘rganish, unga xizmat
ko‘rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi.
Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan
iqtisodiy resurslar cheklangan bo‘ladi. Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat,
mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to‘planib, ayni vaqtda
mavjud bo‘lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni iste’molchiga
yetkazib berishda va iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan
imkoniyatlar, qo‘r-qutlar va manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (er, suv,
o‘rmon, yer osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar,
stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor
tovarlar, ularning qo‘r-qutlari, pul mablag‘lari va boshqalari) ana shular jumlasidandir.
Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab
chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish
vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va pul resurslari ham kiradi.
Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo‘li bo‘lgan
ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi. Bu imkoniyatlar darajasi
13
doimo bir xil bo‘lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning
yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini
kengaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni
qondirish darajasi o‘rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha
ifodalash mumkin:
2-chizma. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o‘rtasidagi
bog‘liqlik.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish
imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi
iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo‘yadi.
1. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini (eng zarur
va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‘proq ishlab chiqarishga jalb
qilish.
2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish.
3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi
energiya, material, xom-ashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga
jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish.
Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga
ega bo‘lishni taqozo qiladi.
2. Innovatsion iqtisodiyot asoslarining fan sifatida shakllanishi
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo‘ldagi faoliyatning asosiy
yo‘nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo‘lib, bu
Иқтисодий ресурслар,
имкониятлар
Ишлаб чиқариш ёки
хизмат кўрсатиш
даражаси
Эҳтиёжларнинг
қондирилиш
даражаси
14
intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo‘lgan tomonga
yo‘naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan.
Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan olimlari
Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shunigdek qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston
va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi.
Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga yetib kelgan Qur’oni Karimni,
hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xaldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino,
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek
asarlarini o‘qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli
emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra
amin bo‘lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abduraxmon Abu Zayd
(1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir.
Uning 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida
dunyoda birinchi bo‘lib tovarning ikki xil xususiyatini – iste’mol qiymati va
qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo‘shimcha
mehnat hamda zaruriy va qo‘shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi.
Shuningdek, tovarlarni ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda
mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan
mehnatning va uning nafliligini hisobga olinishi ham ta’kidlangan.2
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‘oyalari 1482 yilda yozilgan
«Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U
kishi mahsulotni uch qismga bo‘lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi
qismini o‘zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining
ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni
yaratishda mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida
e’tibor beradi. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, to‘plash va
foydalanish zarurligini ta’kidlaydi.3
Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan O‘rta Osiyoning
ko‘pgina olimlari iqtisodiyotni izchil o‘rganish asosida uning ko‘pgina qonun-
2 А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 42-бет.
3 А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002., 89-90-бет.
15
qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo‘lsalar ham, hali iqtisodiyot
nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi.
Innovatsion
iqtisodiyot
asoslari
mustaqil
fan
sifatida
ko‘pgina
mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan
davrlarda «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politikos» - ijtimoiy, «oykos»
- uy, uy xo‘jaligi, «nomos» - qonun degani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik
qonunlari ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan fransuz
iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati»
nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni
boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni
tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab
chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to‘g‘risidagi fandir, deb yozgan
edilar.
Innovatsion iqtisodiyot asoslari fani shakllanishi jarayonida bir qancha
g‘oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai
nima, u qaerda va qanday qilib ko‘payadi, degan savollarga javob topishga
urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi merkantilizm deb atalgan.
Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat,
boylik savdoda, asosan tashqi savdoda – muomala jarayonida paydo bo‘ladi,
ko‘payadi, savdoda band bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa
unumsizdir, deb tushuntirib keldilar. Keyinchalik ayirboshlash, ya’ni savdo
jarayonida hech qanday boylik yaratilmasligi, qiymatning ko‘paymasligi ma’lum
bo‘lib qoldi. Faqat ayriboshlashning ekvalentlik tartibi, ya’ni teng mehnatga teng
boylik muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga qayta taqsimlanadi,
natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron bo‘lib boradi. Merkantilistlar iqtisodiyot
nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy tavsiyalar
ishlab chiqishdan iborat deb ta’kidladilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy
savdo balansiga erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy
ishlab chiqarish va savdoni o‘z panohiga olishi zarur deb hisoblaydi.
16
Keyingi oqim fiziokratlar deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli o‘laroq,
boylik qishloq xo‘jaligida yaratiladi va ko‘payadi, degan g‘oyani olg‘a surdilar.
Ularning vakili bo‘lgan F.Kene mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va
unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini
ta’riflab berdi. Bu asarda F.Kene almashuvning ekvivalentlik ta’limotini ilgari
surdi. Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv
jarayonida teng miqdorli qiymatlarning almashuvi ro‘y beradi, tovarlarning
qiymati bozorga kirmasdan oldin mavjud bo‘ladi. F.Kenening ta’limotida sof
mahsulot nazariyasi markaziy o‘rin egallaydi. Uning fikricha, yalpi ijtimoiy
mahsulot va ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan.
F.Kene sof mahsulot bilan qo‘shimcha qiymatni chalkashtirib, ikkalasini aynan bir
narsa deb tushunadi. U qo‘shimcha qiymat dehqonlarning qo‘shimcha mehnati
samarasi sifatida yuzaga keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo‘shimcha
qiymatni tabiatning sof hadyasi deb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi,
deb tushuntiradi.4 Bu yerda u o‘zi bilmagan holda qiymat bilan naflilik(iste’mol
qiymat)ning farqiga bora olmaganligini ifoda etadi. F.Kene ta’limotini A.Tyurgo,
Dyupon de Nemur va boshqalar davom ettirdi. Fiziokratlarning ta’limoti bo‘yicha
qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib,
boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan.
Keyinchalik iqtisodiyot fanining klassik maktabi namoyondalari bo‘lmish
A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq
xo‘jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa
xizmat ko‘rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va hamma
boylikning onasi yer, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni
aytish kerakki, A.Smitning “ko‘rinmas qo‘l” prinsipi hozirgi kunda juda ko‘p tilga
olinmoqda. U o‘zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida
tadqiqot” (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag‘bat xususiy
manfaatdir deb ko‘rsatadi. Inson o‘z xususiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni
foyda olishga intilib, mehnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat
4 А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 147-149-бет.
17
turini yaratadi, boshqalarga yetkazib beradi, o‘z kapitalini ko‘paytiradi va shu
intilishda o‘zi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadi deb
tushuntiradi. U kapital, mehnat, tovar, ishchi kuchi va boshqa resurslarning erkin
harakatini ta’minlash prinsipini ilgari suradi. Ushbu maktabning «klassik» deb
nom olishiga ularning quyidagi yutuqlari sabab bo‘ldi.
Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni o‘rganishga ilmiy yondashuv
beradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvafaqqiyatli qo‘lladilar. Aynan
ana shu usullar yordamida ular merkantilistlarning boylikning manbasi savdo
degan g‘oyasini asossiz ekanligini isbotlashdi.
Ikkinchidan, iqtisodiyot to‘g‘risidagi barcha yig‘ilgan bilimlarni klassik
maktab namoyondalari ma’lum bir ilmiy tizimga keltirdilar. Bu narsaga ular
birinchi bo‘lib iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va
iste’mol o‘rtasidagi tizimli aloqani tadqiq etgani sabab bo‘ldi.
Uchinchidan, ingliz klassiklari xo‘jalik hodisalarining ko‘zga ko‘ringan
tomonlarini tadqiq qilish bilan cheklanib qolmadilar. Ular ushbu hodisalarning
mohiyatini, ular o‘rtasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniqladilar, shuningdek
kapitalistik iqtisodiyot qonunlarini ochdilar.
Innovatsion iqtisodiyot asoslari fanining rivojlanishida Sismondining ham
muhim hissasi bordir. U kapitalistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy
iqtisod inson baxti yo‘lida sotsial mexanizmni takomillashtirishga qaratilagn fan
bo‘lmog‘i lozim deb ko‘rsatadi. Kapitalizmning iqtisodiy tuzumini tanqid qilish
bilan bir qatorda undan ko‘ra progressiv bo‘lgan jamiyat qurish g‘oyasi Sen-
Simon, Sharl Fure, Robert Ouen kabi sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan
edi. Ular xususiy mulkni qattiq tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar.
Ulardan keyin marksizm deb nomlangan nazariy yo‘nalish o‘zlarining
nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga
kelish, rivojlanish va boshqasi bilan almashish sabablari to‘g‘risidagi ta’limotni
hamda qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar.
18
XIX asrning oxirgi choragidan iqtisodiyot nazariyasining yangi yo‘nalishi
«ekonomiks» vujudga kela boshladi. Avvvalo, aytib o‘tish kerak, mazkur
yo‘nalish klassik ilmiy yo‘nalishning asosiy belgilariga ega edi. Birinchidan, ushbu
yo‘nalish tadqiqotchilari iqtisodiyotni tadqiq etishda bilish usullarining keng
doirasiga tayanishadi. Ular birinchi bo‘lib xo‘jalik jarayonlarining miqdoran o‘zaro
bog‘liqliklarini aniqlashda matematik usullardan, iqtisodiy psixologiya usullaridan
foydalanishdi. Ikkinchidan «ekonomiks» vakillari iqtisodiyot nazariyasining
predmeti sifatida insonlar o‘rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni qarashdi
(klassiklarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar). Ne’matlar doiraviy aylanishida
asosiy va belgilovchi bo‘lib bozorga oid ayirboshlash bitimlari tan olindi.
Innovatsion iqtisodiyot asoslari predmetining yangicha talqini xo‘jalik
yuritishning bozor tizimi to‘g‘risidagi marjinalizm deb atalgan butun bir
ta’limotga olib keldi. U inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, oxirgi, qo‘shilgan degan
ma’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari
(Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Bem-Baverk va boshqalar) bo‘lib, ular tomonidan
qo‘shilgan tovar nafliligining, qo‘shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining
pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi
aniq olingan tovarga bo‘lgan talab va uning narxi o‘rtasidagi bog‘liqlik va o‘zaro
ta’sirini tahlil qilishda keng qo‘llanildi.
Innovatsion iqtisodiyot asoslarining yangi yo‘nalishi neoklassik, ya’ni yangi
klassik deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall
bo‘lib, u iqtisodiy jarayonning funksional bog‘lanishi va funksional nisbatlarini
ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar
talab va taklifdan iborat deb qaradi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyondalaridan
biri shveysariyalik iqtisodchi Leon Valras bo‘lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat
modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi Y.Shumpeter 1912 yilda yozgan
«Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi» deb atalgan kitobida iqtisodiy tizimlar
o‘zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini va turtki beruvchi
19
kuchini ko‘rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy
kuch tadbirkorlik degan xulosaga keldi.
1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o‘zining «Bandlik, foiz va
pulning umumiy nazariyasi» degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy
daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg‘arishning o‘zaro bog‘liqligini tahlil
qilib, investitsiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi
iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni
keynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga qo‘yildi.
U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini isbotladi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo‘nalishlaridan biri
monetarizm deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy
muammo ishsizlik bo‘lgan bo‘lsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi
ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga
kelishidir. Ushbu holat stagflyatsiya degan nom oldi. Monetarizm maktabining
asoschisi Milton Fridmen bo‘lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo‘shgan hissasi
pul nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monetaristlar tovar ishlab chiqarish
jarayoniga pulning qayta ta’sir etish mexanizmini, pul dastaklari va monetar
siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sirini chuqur tadqiq etishdi. Monetarizm
pul-kredit dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda o‘ziga xos
yondashuvni vujudga keltirgan nazariyadir.
Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator
yo‘nalishdagi iqtisodiy nazariyalar yig‘indisi «Ekonomiks» nomli kitobda
mujassamlashgan bo‘lib, bu AQSh, Angliya, va boshqa qator mamlakatlarda
darslik sifatida o‘tiladi. Rus tiliga tarjima qilinib, bizga ma’lum bo‘lgan
P.Samuelson, R.Makkonnell va L.Bryularning kitoblari uning namunalaridir.
Hozirgi paytda bu yo‘nalishdagi fan bizda va boshqa qator MDH
mamlakatlarida «Iqtisodiyot nazariyasi» deb atala boshladi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o‘tgan yo‘l va unda
vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab, ko‘pincha bir-biriga zid va
qarama-qarshidir. Shu bilan birga aytishimiz kerakki, hech qaysi iqtisodiy
20
maktabning nazariyalari mutlaq va doimiy haqiqat kursisiga egalik qila olmaydi.
Har bir maktab ma’lum darajada muammolarga bir tomonlama yondashganligini
yoki bo‘lmasa ba’zi bir nazariy savollarni yoritishda anglashilmovchilikka yo‘l
qo‘yganligi bilan ajralib turadi, sababi barcha nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy
guruh manfaatlari nuqtai nazaridan va o‘sha davr real holatidan kelib chiqqanlar.
Shunday bo‘lsada, ular bir-birini to‘ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning
ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi.
Demak, jamiyat alohida bir nazariya asiri bo‘lib qolmasligi kerak, uning
rivojlanishi umummilliy manfaatlar bilan yo‘naltirilishi zarur.
3. Innovatsion iqtisodiyot asoslarifanining predmeti va vazifalari
Innovatsion iqtisodiyot asoslari fanining predmetini aniqlashga oid masalaning
yechimi juda murakkab bo‘lib, bu haqda o‘tmishda ham, hozir ham turli olimlar har
xil fikrlar bildirib kelmoqdalar.
Masalan, Aristotel bu fanni uy xo‘jaligini boshqarish qonunlari to‘g‘risidagi
fan deb qaragan bo‘lsa, merkantilistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy
maktabi vakillari unga boylik to‘g‘risidagi, uning manbalari va ko‘paytirish
yo‘llari, boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish
to‘g‘risidagi fan deb qaradilar. Keyingi paytda mazkur fanni xalq xo‘jaligi, ijtimoiy
xo‘jalik to‘g‘risidagi fan deb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot nazariyasi
fanini moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqarish
qonunlari to‘g‘risidagi fan deb ko‘rsatadilar. A.Marshall esa iqtisodiyot nazariyasi
(siyosiy iqtisod) fanining predmeti insoniyat, jamiyatning me’yoridagi hayotiy
faoliyatini tadqiq qilishdan iborat, deb yozadi.
Innovatsion iqtisodiyot asoslari fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan
davrda qator darsliklarda va ayrim asarlarda uning predmeti moddiy ne’matlarni
ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan munosabatlarni
o‘rganishdan iborat, deb ko‘rsatilgan edi.
AQSh va boshqa ba’zi bir mamlakatlardan kirib kelgan «Ekonomiks»
darsliklarida (iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» deb yuritilgan darsliklarda) bu
21
fanning predmeti kishilarning moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida
cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish,
kishilarning iqtisodiy hulq-atvorini o‘rganishdan iborat, deb ko‘rsatilgan.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan hozirgi davrda Rossiya Federatsiyasida
chiqarilayotgan turli iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning predmeti
bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan ta’riflar berilmoqda (1-jadval).
1-jadval. «Innovatsion iqtisodiyot asoslari» bo‘yicha turli darsliklarda uning
predmetiga berilgan ta’riflar
Mualliflari
Ta’rif
Manba
L.S.Tarasevich,
A.I.Dobrinin
Ratsional
xo‘jalik
yuritish
tizimining
tarkibiy
evolyusiyasini, haqiqiy boylikni
va jamiyatning ayrim a’zolari va
guruhlarining
farovonligi,
iqtisodiy o‘sishning omillari va
qonuniyatlarini o‘rganadi
Ekonomicheskaya
teoriya.
(Uchebnik
dlya
VUZov).
Sankt-Peterburg, 1997, s.18.
G.P.Juravleva,
V.I. Vidyapin
Umumiy iqtisodiyot nazariyasi
ijtimoiy fan bo‘lib, u cheklangan
resurslar sharoitida ehtiyojlarni
qondirish
maqsadida
moddiy
ne’matlarni
ishlab
chiqarish,
ayirboshlash,
taqsimlash
va
iste’mol
qilish
jarayonlarida
kishilar va guruhlarning xulq-
atvorini o‘rganadi
Ekonomicheskaya
teoriya
(politekonomiya): Uchebnik/
Pod
obщ.
red.
akad.
V.I.Vidyapina,
akad.
G.P.Juravlevoy. – 4-ye izd. -
M.: INFRA-M, 2004, s.31.
V.D.Kamaev
Cheklangan resurslar dunyosida
ne’matlarni ishlab chiqarishdagi
kishilarning xulq-atvori va uni
boshqarishni o‘rganishdan iborat
Ekonomicheskaya
teoriya:
Ucheb. dlya stud. vыssh.
ucheb. zavedeniy / Pod red.
V.D.Kamaeva. – 10-ye izd.,
pererab.
i
dop.
-
M.:
22
Gumanit.
izd.
sentr
VLADOS, 2004, s.10.
D.D.Moskvin
Ishlab chiqarish munosabatlarini
va ularning ishlab chiqarish
kuchlari bilan o‘zaro ta’sirini
o‘rganadi
Osnovы
ekonomicheskoy
teorii.
Politekonomiya:
Uchebnik /Pod red. d-ra
ekon.
nauk,
prof.
D.D.Moskvina. Izd. 3-ye,
ispravl. – M.: Yeditorial
URSS, 2003, s.24.
E.F.Borisov
Iqtisodiy
munosabatlarni
o‘rganadi
Borisov
Ye.F.
Ekonomicheskaya
teoriya:
ucheb. – 2-ye izd., pererab. i
dop. - M.: TK Velbi, Izd-vo
Prospekt, 2005, s.55.
Innovatsion iqtisodiyot asoslari fanining predmeti to‘g‘risida bildirilgan
barcha fikrlardan ko‘rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa
kitoblarda ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan
munosabatlarni o‘rganishga alohida e’tibor berilgan bo‘lsa, «Ekonomiks»da va
bozor iqtisodiyotiga doir Rossiyada chiqarilgan darsliklarning ko‘pchiligida asosan
kishilarning resurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga bo‘lgan munosabatini, xatti-
harakatini o‘rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishlariga
alohida e’tibor berilgan.
Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham,
bu tomonini ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondashuvga yo‘l
qo‘ymasligi lozim. Chunki har qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat
ko‘rsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy vositalar, pul mablag‘lari orqali
amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. Shuning uchun mavjud resurslarga,
ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli foydalanishga bo‘lgan
munosabat, ishlab chiqarish omillarining o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta’sirida
23
o‘rganilishi lozim. Boshqa tarafdan, hech qanday mehnat yoki ishlab chiqarish
alohida olingan kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz,
munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
jarayonida bir-birlari bilan albatta o‘zaro munosabatda bo‘ladilar va shu
munosabatga qarab harakat qiladilar, o‘z xulq-atvorlarini, xatti-harakatlarini
belgilaydilar.
Mana shularni hisobga olib, Innovatsion iqtisodiyot asoslarifanining
predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz
ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga
keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish
qonun-qoidalarini o‘rganishdan iborat, deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni
ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi
zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to‘rtta asosiy vazifasi
ajratib ko‘rsatiladi:
1) bilish vazifasi - har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental
ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar
hamda
o‘zaro
bir-birlari
bilan
aloqalarida
vujudga
keladigan
iqtisodiy
munosabatlarni tadqiq etib, bizni o‘rab turgan olam to‘g‘risidagi fikrlarimizni
kengaytiradi;
2) amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan
resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va shu asosda o‘sib
boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib,
cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab
chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo‘yicha
xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini
taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo‘llarini topishdan iboratdir;
24
3) uslubiy vazifasi – Innovatsion iqtisodiyot asoslari fanining o‘zi, tahlili va
uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa
ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi;
4) g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning
yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o‘rganuvchilarning ilmiy
dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini talaba yoshlar ongiga
singdiradi, ularni millat manfaatlari yo‘lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy
mahsulotni ko‘paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon
miqyosida bozorgir bo‘lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini
ko‘tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy
ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat
hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.
4. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)
Innovatsion iqtisodiyot asoslari fani iqtisodiy munosabatlarda amal
qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham o‘rganadi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa
va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-
oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.
Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv xususiyatga ega bo‘lib, ularning kelib chiqishi,
amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning
hohish-irodasiga bog‘liq emas.
«Innovatsion iqtisodiyot asoslari» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi
guruhlarga turkumlaydi:
1. Umumiy iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyati rivojlanishining barcha
bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o‘sib
borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining
ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va
boshqalar.
25
2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar - insoniyat jamiyati
taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif
qonuni va qiymat qonuni.
3. Maxsus, o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar - alohida olingan iqtisodiy tizim
sharoitida amal qiladi. Masalan, qo‘shimcha qiymat qonuni.
Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy
jarayonlarining alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriyalarni (ilmiy
tushunchalarni) ham ta’riflab, ularning mazmunini ochib beradi.
Iqtisodiy kategoriyalar – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy
jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-
nazariy tushunchadir.
Iqtisodiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) kishilar tomonidan o‘ylab
topilmagan balki, real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib,
ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy
muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar
bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli
bo‘g‘inlari, sohalari, bo‘laklari orasidagi bog‘liqlikni, ularning biri o‘zgarsa,
albatta ikkinchisi ham o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy kategoriya –
ilmiy tushunchalar esa, iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini
ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu
tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa,
talab hajmi bilan narx o‘rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog‘liq
bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini
aks ettiradi.
5. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslublari
Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot predmetining
shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish usulining qaror topishi bilan
ham bog‘liqdir. Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari,
26
qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu ob’ektiv reallikni bilish dialektikasi,
mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat
umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib,
o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy
va ayni vaqtda xususiy bo‘ladi.
Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir:
1. Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda,
o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir
jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o‘zgarib
turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo‘ladi.
2. Iqtisodiy jarayonning har bir bo‘lagini alohida olib, uning o‘ziga xos
xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy
va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va
makonda o‘rganish.
3. Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha
rivojlanishda, deb qarash. Bu yerda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat
jihatidan o‘zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.
4. Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o‘zaro kurashiga
rivojlanishning manbai deb yondashish.
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va
pul mablag‘lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o‘zaro
chambarchas bog‘liq hamda ziddiyatda bo‘ladi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi, ular
doimo sifat va miqdor jihatdan o‘zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy
shaklga ega bo‘ladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o‘rniga yangilari paydo
bo‘ladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qo‘llashning
qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bo‘ladi.
Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham
mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraksiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning
27
mohiyati o‘zgarishini o‘rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan
foydalanib bo‘lmaydi, bunda abstraksiya kuchi ishga solinadi.
Ilmiy abstraksiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan
ikkinchi
darajali
narsalar,
voqea-hodisalarni
fikrdan
chetlashtirib,
o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratishdir. Bu usul
yordamida o‘rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko‘zga ko‘rinmaydigan
mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.
Tahlil – bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni
izchillik bilan o‘rganish. Tadqiqotchi voqea-hodisaning mohiyatini chuqur anglashi,
u haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi uchun uning ichki tarkibiy qismlariga kirib
borishi zarur. Bu esa tadqiqot ob’ektini alohida tarkibiy qismlarga ajratish va ularni
izchillik bilan o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun, biz O‘zbekistondagi
iqtisodiy o‘sish sur’ati 2007 yilda oldingi yilga nisbatan 9,5 foizni tashkil etganini
bilamiz. Bunday o‘sish sur’atiga nimalar hisobiga erishilganini aniq tasavvur qilish
uchun esa faqat tahliliy jarayonlar orqali erishamiz. Ya’ni, yalpi ichki mahsulotning
ishlab chiqarish, daromadlar va xarajatlar, mulkchilik shakllari, tarmoqlar va
mintaqalar bo‘yicha tarkibiy qismlarini alohida ajratib olish va ularni o‘rganish orqali
o‘sish sur’atining manba va omillari to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqara olamiz.
Sintez – bu o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun
yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar
ana shu yo‘l bilan o‘rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi.
Iqtisodiy fanlarda ko‘pincha sintezdan aniq iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
umumlashtirish orqali yaxlit xulosa chiqarish jarayonida foydalaniladi. Masalan,
korxonalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali tarmoq va sohalar,
tarmoq va sohalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali esa – milliy
iqtisodiyotga baho berish, uning umumiy natijalarini aniqlash mumkin. Shu bilan
birga, sintez usuli iqtisodiyot nazariyasi fanida ko‘plab iqtisodiy ta’limot va
nazariyalarning ilmiy asosga ega bo‘lgan, to‘g‘ri va muhim jihatlarini ajratib olgan
holda, ularni umumlashtirish orqali yangi g‘oya va nazariyalarni hosil qilish imkonini
berishi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, narxning ilmiy asosini ochib berishda
28
A.Marshallning qiymatning turli nazariyalarini sintez qilish usulidan foydalanganligi
buning yaqqol dalilidir.
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida
tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini
taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi.
Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan
birga asosiy ichki zarur qonuniy bog‘lanishlar bo‘yicha ham tahlil qilinadi.
Foydalanilayotgan usullar ichida eksperiment ma’lum o‘rin egallaydi,
iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning
inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish paytida eksperiment alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish, ya’ni ilmiy tajriba,
eksperiment o‘tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo‘nalishlarni
ishlab chiqish talab etiladi.
Makroiqtisodiy
va
mikroiqtisodiy
tahlilni
qo‘shib
olib
borish.
Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va
firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy sub’ektlarning xatti-harakati,
xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va
boshqa resurslardan foydalanishning, narxtashkil topishining, ish haqi to‘lashning,
talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini o‘rganish markaziy o‘rin
tutadi.
Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta’minlash asosida milliy
iqtisodiyotning to‘laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Milliy
mahsulot, bahoning umumiy darajasi, inflyatsiya, ishchi kuchining ish bilan
bandligi masalalari bu tahlil ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va
makroiqtisodiyot o‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.
Induksiya va deduksiya biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro
bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga
qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga
tomon harakati deduksiya deb ataladi.
29
Iqtisodiy jararyonlarni o‘rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama
yondashuv usuli. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai
nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo‘l
qo‘yilib, yanglish tasavvurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin.5
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik,
matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda
grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo‘llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini
ifodalashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul
o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi.
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini,
ulardagi o‘zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo‘ladi.
5 Бу усулнинг назарий ва амалий аҳамияти проф.Ш.Шодмонов, доц. Г.Баубекова томонидан чиқарилган
«Инновационные методы в преподавании экономической теории» китобида батафсил баён этилган.