INNOVATSION TA’LIMIY SIYOSATNI AMALGA OSHIRISHGA ASOSLANGAN TA’LIMIY MUHITNI LOYIHALASH
Yuklangan vaqt
2024-08-26
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
27,3 KB
INNOVATSION TA’LIMIY SIYOSATNI AMALGA OSHIRISHGA
ASOSLANGAN TA’LIMIY MUHITNI LOYIHALASH
Reja:
1. O‘qituvchining uzluksiz innovatsion faoliyati;
2. Integrativ mahorat;
3. Umumiy o‘rta ta’limga yangicha yondashuvlar;
4. Innovatsion faoliyat:
5. Ta’lim muassasasining innovatsion faoliyatini shakllantirish;
Zamonaviy maktablarda o‘qitvuchi uzluksiz innovatsion izlanishda bo‘lishi,
fikrlashi, psixologik munosabatlarini o‘zgartirishi, shuningdek, boshqalarda ham
innovatik g‘oyalarni shakllantirishi asosida faoliyat ko‘rsatishi zarur.
O‘qituvchi bunday faoliyatga alohida tayyorgarlik ko‘rishi kerak bo‘lib, bu
o‘z navbatida ta’lim muassasasi rahbarlarining asosiy funksiyalaridan biri bo‘lgan
ta’limni rivojlantirishning uzoq muddatli strategik rejalarini tuzishda asosiy
e’tiborni o‘qituvchilarning u yoki bu asosda faoliyat yuritishlari uchun tushuntirish
ishlariga qaratishi lozim. Bu o‘z navbatida o‘qituvchining kasbiy qiziqishlari
ko‘lamini kengaytirishga, ya’ni ularning metodik adabiyotlarni o‘qib o‘rganishdan
to nazariy psixologik-pedagogik va fundamental tadqiqotlar olib borishiga ham
imkoniyatlar yaratadi. Yaxshi ilmiy pedagogik tayyorgarlik innovatsion faoliyatning
samaradorligini ta’minlaydi.
Bunday pedagoglar bilan ishlash, ya’ni jamoani o‘ziga ergashtira oladigan
xodimlarni boshqarish va ularning faoliyatini tashkil etish o‘ziga xos xususiyatlarga
ega. Shuning uchun ta’lim muassasasi rahbarlari yangilik yaratish va ularni tadbiq
etish, ixtirochilar salohiyatidan samarali foydalanish, ular tajribasini targ‘ibot qilish,
ommalashtirish, innovatsion faoliyatlari natijalarini baholash bo‘yicha zaruriy bilim,
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi zarur bo‘lib, bu ularning integrativ
mahoratlarini belgilaydi.
Integrativ mahorat – bu umumlashtirilgan mahorat bo‘lib, ta’lim muassasalari
boshqaruv faoliyatida ijobiy natijalarga erishish, ta’lim-tarbiya jarayonini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan maktab ichki boshqaruvining maqsadini tizimli
rejalashtirish va amalga oshirishda zarur hisoblanadi. Mazkur ko‘nikmaga ega
bo‘lmasdan maqsadga erishishning yo‘llari, vositalari va erishish muddatini aniq
belgilash mumkul.
Umumiy o‘rta ta’limga yangicha yondashuvlarni joriy etish, birinchi
navbatda, ta’lim mazmunini yangilash, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va
o‘qitishning zamonaviy metodlarini tadbiq etish, ta’lim jarayonini ilmiy asosda
tashkil etish va uni boshqarishning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-
sharoitlarining talablariga mos o‘zgarishi ta’lim muassasalarining barcha turlariga
xos innovatsion faoliyatning strukturaviy komponentlariga asoslanishiga bog‘liq.
Ta’lim muassasasining innovatsion faoliyati jarayonini tashkil etishning
pedagogik shart-sharoitlari sifatida quyidagilar belgilanadi:
1. Innovatsion faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariy-
pedagogik qoidalar majmuasini ishlab chiqish.Bu o‘z navbatida innovatsion
faoliyatning asoslari bilan belgilanib, innovatsion faoliyatning maqsadi,
vazifasi, mazmuni hamda uni tashkil etish tamoyillarini o‘z ichiga oladi.
O‘quv muassasasini innovatsion faoliyatga jalb etuvchi omillar innovatsion
faoliyatni motivlashtirishga sabab bo‘ladi. Mazkur maqsadlarga erishishda
qator vazifalarni bajarish zarur:
- Ta’lim mazmunini yangilash;
- Yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish jarayoniga innovatsion
yondashuvlarni joriy etish (ta’lim dasturlarini yangilash), bunda innovatsion
yondashuvlar quyidagilarni nazarda tutadi:
Birinchidan, o‘quv darsliklarining mazmunini turli mafkuralardan
tozalash, raqobatni vujudga keltiruvchi fikrlar bilan to‘ldirish;
Ikkinchidan, DTSlariga mos ravishda, harakatdagi dasturlarga yangi
rivojlantiriuvchi ayrim o‘zgartirishlarni kiritish;
Uchinchidan, o‘quv rejasining fakultativ va maktab ixtiyoridagi soatlar
bloklariga yangi fanlarni kiritish
- Yangilangan texnologik va dasturiy metodik mahsulotlarni yaratish nazariy
ishlab chiqilgan uzluksiz ta’lim g‘oyalarini amalga oshirishning dolzarb
vazifalarini ifodalaydi.
Mazkur
g‘oya
ta’lim-tarbiyaning
zamonaviy
texnologiyalarini
izlash
muammalarini vujudga keltiradi va bular sub’ekt-sub’ekt, o‘quvchi va o‘qituvchi
munosabatlariga
asoslanadi.
Bu
munosabatlar
shaxsning
qiziqishlari,
qobiliyatlari va sifatlarini anglashga yo‘naltirilgan umumiy rivojlanish shartlarini
belgilovchi asos hisoblanadi;
- Ko‘proq samarali hisoblangan o‘qitish vositalarini tanlash;
2. Ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot salohiyatini shakllantirish. Bunda u
o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorligiga asosida rivojlanadi.
3. Innovatsion faoliyatni tashkil etishni ta’minlashning asosiy shartlari
boshqaruv jihatlari, ya’ni mazkur sohani tashkil etishga yo‘naltirilgan,
yangilangan boshqaruv strukturasini shakllantirish hisoblanadi. Innovatsion
faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish munosabati bilan ta’lim jarayoniga
innovatsiyalarni kiritishda barqarorlik vujudga keladi. Bunda eng muhimi,
ped. jamoaning inovatsion faoliyatga tayyorgarligi va ehtiyojlarini inobatga
olib yangiliklarni tanlash hisoblanadi.
Shuningdek,
maktab
rivojlanishini
boshqarishning
yangilangan
strukturasini amaliyotga tadbiq etish jarayoni quyidagilarni nazarda
tutadi:
1. Sub’ekt – direktor, turli masalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, o‘qituvchi va
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlari faoliyatini tatbiq etish.