INNOVATSION YO‘NALTIRILGAN IQTISODIYOTNI RIVOJLANISHIDA TADBIRKORLIKNING MOHIYATI VA MAZMUNI
Yuklangan vaqt
2024-08-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
63,9 KB
INNOVATSION YO‘NALTIRILGAN IQTISODIYOTNI
RIVOJLANISHIDA TADBIRKORLIKNING MOHIYATI VA MAZMUNI
Reja.
1. Tadbirkorlik tushunchalari, ularning mohiyati va mazmuni
2. Innovatsion yunaltirilgan iqtisodiyotida tadbirkorlik
3. Tadbirkorlik shakllari.
Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik qobiliyati
iqtisodiy resurs hisoblanib, inson omilining tarkibiy qismini tashkil etadi.
Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va bozor iqtisodiyotiga o‘tish
sharoitida amal qiladigan shakllarini batafsil bayon etish, tadbirkorlik kapitalining
mazmunini va uning harakat shakllarini tahlil qilish, kapital harakatida vujudga
keladigan jarayonlar va uning namoyon bo‘lishini, shuningdek, kapitalning aylanish
tezligi va undan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini yoritish ushbu
mavzuning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
1. Tadbirkorlik tushunchalari, ularning mohiyati va mazmuni
Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati va biznes
xususida, uning yo‘nalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari to‘g‘risida
ko‘plab olimlarning fikrlari, mulohazalari keng o‘rin egallamoqda. Ularda
ko‘pincha tadbirkorlik faoliyati va biznesni bir xil tushuncha sifatida talqin
qilinmoqda.
Fikrimizcha, tadbirkorlik biznesdan farq qilib, tadbirkorlik – bu mahsulot
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida
yondashish bilan bog‘liq faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha
bo‘lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir.
O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining
kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida ta’riflanishicha «Tadbirkorlik (tadbirkorlik
faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy ma’suliyat ostida,
mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan
amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir».1
K.Makkonnell va S.Bryu tadbirkorlikka asosida uzluksiz shartlar va talablar
yotuvchi muhim faoliyat turi sifatida qaraydilar. Birinchidan, tadbirkor tovar va
xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va
“katalizator” vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u
qarorlar qabul qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi. Uchinchidan, tadbirkor
– tashkilotchi shaxs bo‘lib, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi
mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. To‘rtinchidan, tadbirkor bu tahlikaga
boruvchi insondir. U nafaqat o‘z mol-mulki, vaqti, mehnati bilan, balki o‘z
sheriklari, hissadorlari qo‘shgan mablag‘lar bilan ham tahlikaga boradi.2
Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida yuqorida keltirilgan turli xil fikrlar va
yondashuvlarni umumlashtirgan holda, qisqa qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin:
tadbirkorlik faoliyati – shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olish va undan
samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir.
Tadbirkorlikning rivojlanishi, o‘z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud
bo‘lishini taqozo etib, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy
ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.
1 Ўзбекистон Республикаси қонуни. Тадбиркорлик ва тадбиркорлар фаолиятининг кафолатлари тўғрисида.
2 Макконнелл К., Брю С. Экономика. Принципы, проблемы и политика.- М.: Республика, 1992, с.38.
Birinchidan, tadbirkor xo‘jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab
chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o‘zgarishlarga moslashtirish, manbalarni
tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish
va shu kabilar bo‘yicha ma’lum xuquq va erkinliklar mavjud bo‘lishini taqozo etadi.
Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan
mahsulot va olingan daromadga mulkchilik xuquqiga ega bo‘lishi kerak.
Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o‘zi tomonidan ham, uning mol-mulki asosida
ish yurituvchi sub’ekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Uchinchidan,
xo‘jalik
yuritish
yo‘lini
erkin
tanlash,
daromadni
investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real ta’minlaydigan ma’lum iqtisodiy
muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit yaratishi zarur.
To‘rtinchidan, tadbirkorlik mulkchilik va o‘zlashtirish turli-tuman shakllari va
turlarining mavjudligini taqozo qiladi. O‘z navbatida mulkchilik va o‘zlashtirish
sohalaridagi turli-tumanlilikning o‘zi ob’ektiv hodisa bo‘lib, ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi.
Beshinchidan, yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma’lumot va malakali
tayyorgarlikka ega bo‘lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo‘yicha imtiyozlar,
tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud
bo‘lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan davlatlarda
tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot
sohasiga o‘tib ketishi ehtimoli ham yuqori bo‘ladi.
2. Innovatsion yunaltirilgan iqtisodiyotida tadbirkorlik
Tadbirkor ixtiyorida bo‘lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan barcha
moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari birgalikda tadbirkorlik kapitali
deb ataladi. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo
harakatda bo‘ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o‘tadi.
Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday sarmoya o‘z harakatini pul
shaklidan boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya’ni ishlab
chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi (avanslanadi).
Bu holda pul shunchaki tovarlar sotib olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun
zarur bo‘lgan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib olishga sarflanadi. Ushbu muomala
sohasida pul kapitali o‘z harakatining birinchi bosqichidan o‘tadi:
Iv
P T
Ik
Mazkur jarayon natijasida pul shaklidagi mablag‘lar unumli kapital shakliga
aylanadi va ular ishlab chiqarish jarayonining potensial omillari hisoblanadi. Kapital
harakatida ikkinchi bosqich ishlab chiqarish (I) jarayoni hisoblanib, uning
natijasida unumli tovar (T) shaklini oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar qiymati
ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq bo‘ladi,
ya’ni:
Iv
T . . . I . . . T’
Ik
Chunki hosil qilingan tovarlar qiymatida ishlab chiqarish vositalarining
ko‘chgan qiymati, ishchi kuchi qiymatining ekvivalenti va ular tomonidan vujudga
keltirilgan qo‘shimcha mahsulot qiymati ham mavjud bo‘ladi.
Uchinchi bosqichda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish sodir bo‘ladi T’P’
ushbu bosqichda tovarlar pulga aylanadi va o‘zining dastlabki shakliga qaytib
keladi. Dastlab, pul shaklida sarflangan mablag‘ yana pul shaklida, ammo miqdor
jihatidan ko‘proq bo‘lib qaytadi. Shu sababli uni P’=P+p ko‘rinishida ifodalash
mumkin.
Tovarlarni sotishdan tushgan pul kapitali yana ishlab chiqarish omillari sotib
olish uchun sarflanadi va shu tariqa yuqoridagi harakat to‘xtovsiz takrorlanaveradi.
Tadbirkorlik kapitalining o‘z harakatida uch bosqichni izchil bosib o‘tib,
muntazam ravishda bir shakldan boshqa bir shakliga aylanib, yana dastlabki
shakliga qaytib kelishi uning doiraviy aylanishi deyiladi.
Doiraviy aylanishning birinchi va uchinchi bosqichlari muomala sohasida,
ya’ni resurslar va tovarlar bozorida, ikkinchi bosqichi esa ishlab chiqarishda ro‘y
beradi. Shuning uchun formulada ishlab chiqarish jarayoni va muomala sohasi
o‘rtasidagi oraliqlar nuqtalar (…) bilan ajratilib ko‘rsatiladi.
Har bir bosqichda kapital muayyan harakat shakliga kiradi. Birinchi bosqichda
u pul shaklida, ikkinchi bosqichda unumli yoki ishlab chiqarish omillari va uchinchi
bosqichda tovar shaklida yuzaga chiqadi. Kapital doiraviy aylanish jarayonida uning
har bir shakli alohida vazifani bajaradi va shunga ko‘ra ular kapitalning harakati
shakllari deyiladi.
Kapital pul shaklining harakati iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan shart-
sharoitlarni yaratishdan iborat. Bunga pulni ishlab chiqarish vositalari va ishchi
kuchi sotib olishga avanslash orqali erishiladi. Kapital unumli shaklining harakati
tovarlar ishlab chiqarish va xudi shu jarayonda qiymatning o‘sishiga erishishni
ta’minlash vazifasiga qaratiladi.
Kapital tovar shaklining harakati orqali ishlab chiqarilgan tovarlar
qiymatining narx shaklida ro‘yobga chiqishi sodir bo‘ladi va o‘sgan qiymatning
pulga aylanishi bilan tadbirkorning foyda olish maqsadi ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish uzluksiz davom etishi uchun tadbirkorlik kapitali o‘zining bir
shaklidan boshqa bir shakliga aylanib turishi va Ayni paytda har uchala shaklda ham
mavjud bo‘lmog‘i lozim. Agar tadbirkorlik kapitali bu shakllarning birortasida
to‘xtab qolgudek bo‘lsa, uning harakatidagi uzluksizlik buziladi.
Tadbirkorlik kapitalining har uchala shakli bir vaqtda o‘z doiraviy aylanishiga
ega bo‘ladi. Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi:
Iv
P Tb . . . I . . . T’ P’
Ich
Unumli kapitalning doiraviy aylanishi:
Iv Iv
T . . . I . . . T’ P’ T
Ik Ik
Tadbirkorlik kapitali tovar shaklining doiraviy aylanishi:
Iv
T P T . . . I . . . T’
Ik
Kapital o‘z harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amalga oshirmasin,
ular uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, doiraviy aylanish va uning bosqichlarining
harakat ko‘rinishi umumiy. Shu bilan birga xo‘jalik yuritishning ayrim shakllarida
tadbirkorlik kapitalining doiraviy aylanishi, ularning bosqichlari va harakat shakllari
o‘zlarning iqtisodiy mazmuni jihatidan farqlanadi.
o
‘
q
o
‘
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uchta guruhga
bo‘lish mumkin:
xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lmagan korxonalar byudjet korxonalariga kiradi.
O
‘
b
o
‘
m
a
Davlat ishlab chiqarish korxonalari – bu korxonalarning ancha keng tarqalgan
tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular alohidalashgan mol-mulkka ega bo‘lib, xo‘jalik