INOYAT QONUNI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

102,0 KB


INOYAT QONUNI
reja:
1. Jinoyat qonuni tushunchasi.
2. Jinoyat qonuni normasi tushunchasi, tuzilishi va turlari.
3. Jinoyat qonunining hudud va vaqt hamda shaxslar doirasi bo‘yicha amal
qilishi.
4. Jinoyat qonunni sharhlash.
1. JINOYaT QONUNI TUShUNChASI.
Jinoyat qonuni tushunchasi, vazifalari va prinsiplari.
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari faqatgina
Jinoyat kodeksidan iboratdir.
JK O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umum
e’tirof etgan normalariga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi o‘zining ichki uzviy birligi
va bir - biriga o‘zaro bog‘liq jinoyat - huquqiy me’yorlarning mustahkam tizimga
ega ekanligi bilan ajralib turuvchi jinoyat huquqi prinsiplarini, jinoiy javobgarlik
asoslari va shartlarini, jinoyat deb e’tirof etiladigan ijtimoiy xavfli qilmishlarni,
bunday  qilmishlarni  sodir  etgan  shaxslarga  nisbatan  huquqiy  ta’sir  choralari
qo‘llanilishining  turi  va  chegarasini  belgilab  beruvchi  Oliy  davlat  organi
tomonidan qabul qilingan va oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan qonun hujjatidir.
O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksi  1994 yil  22 sentyabrda  qonun
chiqaruvchi organ tomonidan qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan qonuniy
kuchga kirgan.
Jinoyat kodeksining vazifalari:
1
Logotip
INOYAT QONUNI reja: 1. Jinoyat qonuni tushunchasi. 2. Jinoyat qonuni normasi tushunchasi, tuzilishi va turlari. 3. Jinoyat qonunining hudud va vaqt hamda shaxslar doirasi bo‘yicha amal qilishi. 4. Jinoyat qonunni sharhlash. 1. JINOYaT QONUNI TUShUNChASI. Jinoyat qonuni tushunchasi, vazifalari va prinsiplari. O‘zbekiston Respublikasining jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari faqatgina Jinoyat kodeksidan iboratdir. JK O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umum e’tirof etgan normalariga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi o‘zining ichki uzviy birligi va bir - biriga o‘zaro bog‘liq jinoyat - huquqiy me’yorlarning mustahkam tizimga ega ekanligi bilan ajralib turuvchi jinoyat huquqi prinsiplarini, jinoiy javobgarlik asoslari va shartlarini, jinoyat deb e’tirof etiladigan ijtimoiy xavfli qilmishlarni, bunday qilmishlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilishining turi va chegarasini belgilab beruvchi Oliy davlat organi tomonidan qabul qilingan va oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan qonun hujjatidir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 1994 yil 22 sentyabrda qonun chiqaruvchi organ tomonidan qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan qonuniy kuchga kirgan. Jinoyat kodeksining vazifalari: 1
1) jinoyat  qonuni  bilan  qo‘riqlanadigan  ijtimoiy  munosabatlarni  jinoiy
tajovuzlardan qo‘riqlash;
2) jinoyatlarni oldini olish;
3) fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida
tarbiyalashdan iborat.
Jinoyat qonuni ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun jinoyat qonunida
belgilangan javobgarlikning asoslari va prinsiplariga asoslanadi. 
Ushbu  prinsiplar:  qonuniylik,  fuqarolarning  qonun  oldida  tengligi,
demokratizm,  insonparvarlik,  odillik,  ayb  uchun  javobgarlik,  javobgarlikning
muqarrarligi prinsiplaridir.
2. JINOYaT  QONUNI  NORMASI  TUShUNChASI,  TUZILIShI  VA
TURLARI.
Jinoyat qonuni tizimi Umumiy va Maxsus qismdan tashkil topgan. 
Umumiy va Maxsus qism o‘z o‘rnida bo‘limlar, bo‘limlar - boblardan, boblar
- moddalardan va moddalar esa, qism hamda bandlardan iboratdir. 
Jinoyat qonuni Umumiy qismi: 7 bo‘lim, 17 bob va 1 - 96 moddalarni o‘z
ichiga oladi. Jinoyat qonuniga kiritiladigan har qanday o‘zgartish va qo‘shimchalar
Jinoyat qonuni tizimiga ta’sir etmaydi. Yangi kiritiladigan bob, norma mavjud bob
yoki moddaga ilova (prim.) shaklida kiritiladi (Masalan: JK XX1 bobi yoki 661  -
moddasi). 
Jinoyat huquqi normasi tizimi:
- gipoteza;
- dispozitsiya; 
- sanksiyadan tashkil topadi. 
Gipoteza deb - normaning qo‘llanilishi shart sharoitini ko‘rsatuvchi modda
qismiga aytiladi.
 Odatda, maxsus qism normalarida gipoteza mavjud bo‘lmaydi, u umumiy
qoida sifatida, JKning 16 - moddasi (“Jinoiy javobgarlik tushunchasi va asoslari”)
qoidalaridan kelib chiqadi.
2
Logotip
1) jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarni jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash; 2) jinoyatlarni oldini olish; 3) fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iborat. Jinoyat qonuni ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun jinoyat qonunida belgilangan javobgarlikning asoslari va prinsiplariga asoslanadi. Ushbu prinsiplar: qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplaridir. 2. JINOYaT QONUNI NORMASI TUShUNChASI, TUZILIShI VA TURLARI. Jinoyat qonuni tizimi Umumiy va Maxsus qismdan tashkil topgan. Umumiy va Maxsus qism o‘z o‘rnida bo‘limlar, bo‘limlar - boblardan, boblar - moddalardan va moddalar esa, qism hamda bandlardan iboratdir. Jinoyat qonuni Umumiy qismi: 7 bo‘lim, 17 bob va 1 - 96 moddalarni o‘z ichiga oladi. Jinoyat qonuniga kiritiladigan har qanday o‘zgartish va qo‘shimchalar Jinoyat qonuni tizimiga ta’sir etmaydi. Yangi kiritiladigan bob, norma mavjud bob yoki moddaga ilova (prim.) shaklida kiritiladi (Masalan: JK XX1 bobi yoki 661 - moddasi). Jinoyat huquqi normasi tizimi: - gipoteza; - dispozitsiya; - sanksiyadan tashkil topadi. Gipoteza deb - normaning qo‘llanilishi shart sharoitini ko‘rsatuvchi modda qismiga aytiladi. Odatda, maxsus qism normalarida gipoteza mavjud bo‘lmaydi, u umumiy qoida sifatida, JKning 16 - moddasi (“Jinoiy javobgarlik tushunchasi va asoslari”) qoidalaridan kelib chiqadi. 2
Dispozitsiya deb – ijtimoiy xavfli qilmishning belgilarini ifodalovchi modda
qismiga aytiladi. 
Ushbu  belgilar  aniq  ko‘rinishdagi  jinoyat  tarkibini  ifodalaydi.
Dispozitsiyaning besh turi mavjud bo‘lib. Ular:
- Oddiy;
- Tasvirlov;
- Blanket;
- Havolaki; 
- Aralash.
Oddiy dispozitsiya deb - jinoyat tarkibining belgilari ifodalanmasdan, jinoyat
umum e’tirof etilgan atama bilan nomlanadigan dispozitsiya turiga aytiladi (mas:
JK 97-modda 1 - qismi “Qasddan odam o‘ldirish”). 
Tasvirlov  dispozitsiya  deb -  muayyan  jinoyat  turining  belgilari  to‘liq
ko‘rsatiladigan modda dispozitsiyaga aytiladi (mas: JK 169-moddasi 1 – qismi
“O‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon toroj qilish”). 
Blanket dispozitsiya deb - muayyan jinoyat turining belgilari boshqa bir
huquq  sohasiga  tegishli  bo‘lgan  normativ  hujjatlar  asosida  aniqlanadigan
dispozitsiya turiga aytiladi (mas: JK 189- moddasi 1 – qismi, “Savdo yoki xizmat
ko‘rsatish  qoidalarini  ancha  miqdordagi  qiymatda  buzish,  shunday  qilmishlar
uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa” deyilgan. Bu
yerda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarining aynan qaysi bir turi buzilganligini
aniqlash uchun savdo yoki xizmat ko‘rsatish faoliyatini tartibga solishni nazarda
tutuvchi qonun yoki qonun osti normativ hujjatlariga murojaat etishni nazarda
tutadi).
Havolaki  dispozitsiya  deb -  moddaning  mazmunini  aniqlash  uchun  JK
Maxsus qismning boshqa bir moddasiga yoki ayni bir moddasining boshqa qismiga
murojaat etilib aniqlanishi nazarda tutiladigan dispozitsiya turiga aytiladi (mas: JK
105 - moddasi  1-qismi, Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir  shikast  yetkazganlik
uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi moddada sog‘liqqa yetkazilgan zarar
sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lmagan va ushbu Kodeksning 104 –
3
Logotip
Dispozitsiya deb – ijtimoiy xavfli qilmishning belgilarini ifodalovchi modda qismiga aytiladi. Ushbu belgilar aniq ko‘rinishdagi jinoyat tarkibini ifodalaydi. Dispozitsiyaning besh turi mavjud bo‘lib. Ular: - Oddiy; - Tasvirlov; - Blanket; - Havolaki; - Aralash. Oddiy dispozitsiya deb - jinoyat tarkibining belgilari ifodalanmasdan, jinoyat umum e’tirof etilgan atama bilan nomlanadigan dispozitsiya turiga aytiladi (mas: JK 97-modda 1 - qismi “Qasddan odam o‘ldirish”). Tasvirlov dispozitsiya deb - muayyan jinoyat turining belgilari to‘liq ko‘rsatiladigan modda dispozitsiyaga aytiladi (mas: JK 169-moddasi 1 – qismi “O‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon toroj qilish”). Blanket dispozitsiya deb - muayyan jinoyat turining belgilari boshqa bir huquq sohasiga tegishli bo‘lgan normativ hujjatlar asosida aniqlanadigan dispozitsiya turiga aytiladi (mas: JK 189- moddasi 1 – qismi, “Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini ancha miqdordagi qiymatda buzish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa” deyilgan. Bu yerda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarining aynan qaysi bir turi buzilganligini aniqlash uchun savdo yoki xizmat ko‘rsatish faoliyatini tartibga solishni nazarda tutuvchi qonun yoki qonun osti normativ hujjatlariga murojaat etishni nazarda tutadi). Havolaki dispozitsiya deb - moddaning mazmunini aniqlash uchun JK Maxsus qismning boshqa bir moddasiga yoki ayni bir moddasining boshqa qismiga murojaat etilib aniqlanishi nazarda tutiladigan dispozitsiya turiga aytiladi (mas: JK 105 - moddasi 1-qismi, Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi moddada sog‘liqqa yetkazilgan zarar sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lmagan va ushbu Kodeksning 104 – 3
moddasida  nazarda  tutilgan  oqibatlarga  olib  kelmagan  bo‘lishi  kerak  deb
ta’kidlangan. Demak, ushbu holatda modda dispozitsiyasi JK 104 - moddasiga
murojaat  qilish  lozimligini  anglatishi  uning  havolaki  dispozitsiya  ekanligini
anglatadi.) 
Aralash dispozitsiya deb esa - dispozitsiyaning ikki yoki undan ortiq turi bir
vaqtda mavjud bo‘ladigan dispozitsiya turiga aytiladi (Masalan: JK 137-moddasi
“Odam o‘g‘irlash”).
Sanksiya deb – dispozitsiyada ko‘rsatilgan harakatlarni aybli sodir qilganlik
uchun tayinlanishi  mumkin bo‘lgan jazo turi va miqdorini ifodalovchi  norma
qismiga aytiladi. 
Amaldagi JK da sanksiyaning uch turi kuzatiladi. Bular:
- alternativ;
- nisbiy muayyan;
- kumulyativ sanksiya.
Alternativ sanksiya deb – sodir qilingan jinoyat uchun ikki yoki undan ortiq
jazo turlaridan birini qo‘llashni nazarda tutuvchi sanksiya turiga aytiladi. 
Nisbiy muayyan sanksiya deb - jazo miqdorining muayyan chegarasini (eng
quyi va yuqori darajasini) belgilovchi sanksiya turiga aytiladi. 
Kumulyativ sanksiyada esa  - asosiy jazo bilan birga qo‘shimcha jazo ham
tayinlanishi nazarda tutiladigan sanksiya turiga aytiladi.
Agar modda sanksiyasida jazo turining quyi darajasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa,
JK Umumiy qism qoidalar asosida JKning X va XV - boblarida jazo turlari uchun
nazarda tutilgan umumiy muddatlar va miqdorlar asosida tayinlanadi.
3. JINOYaT QONUNINING HUDUD VA VAQT HAMDA ShAXSLAR
DOIRASI BO‘YIChA AMAL QILIShI.
Jinoyat  qonunining  hudud  bo‘yicha  amal  qilishi  deb  -  O‘zbekiston
Respublikasi hududiga kiruvchi quruqlik, suv havzasi va havo bo‘shlig‘ida sodir
etilgan har qanday jinoyatlar amaldagi jinoyat qonuni bilan tartibga solinishiga
aytiladi. 
4
Logotip
moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan bo‘lishi kerak deb ta’kidlangan. Demak, ushbu holatda modda dispozitsiyasi JK 104 - moddasiga murojaat qilish lozimligini anglatishi uning havolaki dispozitsiya ekanligini anglatadi.) Aralash dispozitsiya deb esa - dispozitsiyaning ikki yoki undan ortiq turi bir vaqtda mavjud bo‘ladigan dispozitsiya turiga aytiladi (Masalan: JK 137-moddasi “Odam o‘g‘irlash”). Sanksiya deb – dispozitsiyada ko‘rsatilgan harakatlarni aybli sodir qilganlik uchun tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazo turi va miqdorini ifodalovchi norma qismiga aytiladi. Amaldagi JK da sanksiyaning uch turi kuzatiladi. Bular: - alternativ; - nisbiy muayyan; - kumulyativ sanksiya. Alternativ sanksiya deb – sodir qilingan jinoyat uchun ikki yoki undan ortiq jazo turlaridan birini qo‘llashni nazarda tutuvchi sanksiya turiga aytiladi. Nisbiy muayyan sanksiya deb - jazo miqdorining muayyan chegarasini (eng quyi va yuqori darajasini) belgilovchi sanksiya turiga aytiladi. Kumulyativ sanksiyada esa - asosiy jazo bilan birga qo‘shimcha jazo ham tayinlanishi nazarda tutiladigan sanksiya turiga aytiladi. Agar modda sanksiyasida jazo turining quyi darajasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, JK Umumiy qism qoidalar asosida JKning X va XV - boblarida jazo turlari uchun nazarda tutilgan umumiy muddatlar va miqdorlar asosida tayinlanadi. 3. JINOYaT QONUNINING HUDUD VA VAQT HAMDA ShAXSLAR DOIRASI BO‘YIChA AMAL QILIShI. Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi deb - O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiruvchi quruqlik, suv havzasi va havo bo‘shlig‘ida sodir etilgan har qanday jinoyatlar amaldagi jinoyat qonuni bilan tartibga solinishiga aytiladi. 4
Qilmish:
-  O‘zbekiston  hududida  boshlangan,  tamomlangan,  tamom  bo‘lmagan,
to‘xtatilgan, davomli qilmishlardan bir qismi ushbu hududda sodir qilingan bo‘lsa;
-  O‘zbekiston  hududidan  tashqarida  sodir  etilib,  jinoiy  oqibati  esa,
O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa;
- O‘zbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston hududidan
tashqarida yuz bergan bo‘lsa;
- O‘zbekiston bayrog‘i ostida va O‘zbekiston portida ro‘yxatga olingan havo,
dengiz  yoki  daryo  kemasi  hech  bir  davlatga  tegishli  bo‘lmagan  hududda
joylashgan bo‘lsa va ushbu kema bortida jinoyat sodir etilsa, jinoyat O‘zbekiston
Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat deb topiladi.
O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  sodir  qilingan  jinoyatlari  uchun
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar bir xilda javobgarlikka tortiladilar;
-  Alohida  immunitetga  ega  bo‘lgan  chet  el  fuqarolari  esa,  O‘zbekiston
Respublikasi  hududida  sodir  qilgan  jinoyatlari  uchun  xalqaro  shartnomalarga
muvofiq javobgarlik masalasi hal qilinadi;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi chet el davlati hududida sodir qilgan
jinoyatlari uchun ushlab berilishi mumkin emas. Agarda, xalqaro shartnomalarda
boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa; 
- Shuningdek, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston
Respublikasi hududida sodir qilgan jinoyati uchun boshqa davlatga ushlab berilishi
mumkin emas.
Jinoyat qonunini vaqt bo‘yicha amal qilish kuchi deb  – ijtimoiy xavfli
qilmish  sodir  qilingan  vaqtda  amalda  bo‘lgan  qonun  bilan  ushbu  ijtimoiy
munosabatlarning tartibga solinishiga aytiladi. Ya’ni sodir qilingan ijtimoiy xavfli
qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi shu qilmish sodir qilingan vaqtdagi
amalda bo‘lgan qonun bilan belgilanishini anglatadi.
Agarda, shaxs sodir qilgan qilmishi ushbu qilmishni sodir qilgan vaqtdagi
jinoyat qonuni bilan taqiqlanmagan bo‘lsa, shaxs ushbu sodir qilgan qilmishi
5
Logotip
Qilmish: - O‘zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan, tamom bo‘lmagan, to‘xtatilgan, davomli qilmishlardan bir qismi ushbu hududda sodir qilingan bo‘lsa; - O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa; - O‘zbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston hududidan tashqarida yuz bergan bo‘lsa; - O‘zbekiston bayrog‘i ostida va O‘zbekiston portida ro‘yxatga olingan havo, dengiz yoki daryo kemasi hech bir davlatga tegishli bo‘lmagan hududda joylashgan bo‘lsa va ushbu kema bortida jinoyat sodir etilsa, jinoyat O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat deb topiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir qilingan jinoyatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bir xilda javobgarlikka tortiladilar; - Alohida immunitetga ega bo‘lgan chet el fuqarolari esa, O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir qilgan jinoyatlari uchun xalqaro shartnomalarga muvofiq javobgarlik masalasi hal qilinadi; - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi chet el davlati hududida sodir qilgan jinoyatlari uchun ushlab berilishi mumkin emas. Agarda, xalqaro shartnomalarda boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa; - Shuningdek, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir qilgan jinoyati uchun boshqa davlatga ushlab berilishi mumkin emas. Jinoyat qonunini vaqt bo‘yicha amal qilish kuchi deb – ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilingan vaqtda amalda bo‘lgan qonun bilan ushbu ijtimoiy munosabatlarning tartibga solinishiga aytiladi. Ya’ni sodir qilingan ijtimoiy xavfli qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi shu qilmish sodir qilingan vaqtdagi amalda bo‘lgan qonun bilan belgilanishini anglatadi. Agarda, shaxs sodir qilgan qilmishi ushbu qilmishni sodir qilgan vaqtdagi jinoyat qonuni bilan taqiqlanmagan bo‘lsa, shaxs ushbu sodir qilgan qilmishi 5
uchun qonun o‘zgarsa ham (keyinchalik sodir qilgan qilmishi jinoyat deb topilgan
taqdirda ham) jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Jinoyat sodir qilingan vaqt deb – sodir qilingan ijtimoiy xavfli qilmishning
tamom bo‘lgan jinoyat sifatida e’tirof etilish paytiga aytiladi.
Jinoyat sodir qilingan vaqt:
- formal tarkibli jinoyatlarda - JK Maxsus qism moddasida nazarda tutilgan
ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etilishining o‘zi bilan
qilmish  tamom  bo‘lgan  jinoyat  deb  topiladi.  Ya’ni  ijtimoiy  xavfli  qilmish
bajarilgan payt jinoyat sodir qilingan vaqt deb belgilanadi;
- moddiy tarkibli jinoyatlarda esa – ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqqan payt
jinoyat sodir qilingan vaqt deb topiladi.
Jinoyat qonuni - O‘zbekiston Respublikasi hududida bir vaqtning o‘zida
qonuniy kuchga kiradi. 
Jinoyat qonuni o‘zining amal qilish kuchini quyidagi hollarda yo‘qotadi:
- ushbu qonun bekor qilinganda;
- ushbu qonunga o‘zgartirish kiritilganda.
Jinoyat qonunining orqaga qaytish kuchi.
Jinoyat qonunining orqaga qaytish kuchi deb - yangi qabul qilingan qonun
kuchga kirgunga qadar sodir etilgan jinoyatlar uchun tadbiq etilishiga aytiladi.
JKning 13-moddasiga ko‘ra, jinoyat qonuni quyidagi hollardagina orqaga
qaytish kuchiga ega:
- qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan;
- jazoni yengillashtiradigan;
- shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan.
Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan qonun deganda – ijtimoiy xavfli
qilmish sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan jinoyat qonuni bilan jinoyat deb
topilgan qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan qonun tushuniladi.
Jazoni yengillashtiradigan
qonun  deganda  –  sodir  qilingan  jinoyat
uchun amalda bo‘lgan jinoyat qonunida nazarda tutilgan jazo turlari yoki jazo
miqdorlarini  kamaytiradigan  yoxud  qo‘shimcha  jazoni  bekor  qiladigan,
6
Logotip
uchun qonun o‘zgarsa ham (keyinchalik sodir qilgan qilmishi jinoyat deb topilgan taqdirda ham) jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Jinoyat sodir qilingan vaqt deb – sodir qilingan ijtimoiy xavfli qilmishning tamom bo‘lgan jinoyat sifatida e’tirof etilish paytiga aytiladi. Jinoyat sodir qilingan vaqt: - formal tarkibli jinoyatlarda - JK Maxsus qism moddasida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etilishining o‘zi bilan qilmish tamom bo‘lgan jinoyat deb topiladi. Ya’ni ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan payt jinoyat sodir qilingan vaqt deb belgilanadi; - moddiy tarkibli jinoyatlarda esa – ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqqan payt jinoyat sodir qilingan vaqt deb topiladi. Jinoyat qonuni - O‘zbekiston Respublikasi hududida bir vaqtning o‘zida qonuniy kuchga kiradi. Jinoyat qonuni o‘zining amal qilish kuchini quyidagi hollarda yo‘qotadi: - ushbu qonun bekor qilinganda; - ushbu qonunga o‘zgartirish kiritilganda. Jinoyat qonunining orqaga qaytish kuchi. Jinoyat qonunining orqaga qaytish kuchi deb - yangi qabul qilingan qonun kuchga kirgunga qadar sodir etilgan jinoyatlar uchun tadbiq etilishiga aytiladi. JKning 13-moddasiga ko‘ra, jinoyat qonuni quyidagi hollardagina orqaga qaytish kuchiga ega: - qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan; - jazoni yengillashtiradigan; - shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan. Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan qonun deganda – ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan jinoyat qonuni bilan jinoyat deb topilgan qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan qonun tushuniladi. Jazoni yengillashtiradigan qonun deganda – sodir qilingan jinoyat uchun amalda bo‘lgan jinoyat qonunida nazarda tutilgan jazo turlari yoki jazo miqdorlarini kamaytiradigan yoxud qo‘shimcha jazoni bekor qiladigan, 6
shuningdek jazoning yengilroq turlarini tayinlanishini nazarda tutadigan qonun
tushuniladi. 
Shaxsning  ahvolini  boshqacha tarzda  yaxshilaydigan  qonun  deganda –
sodir  qilingan  jinoyatda  aybdor  deb  topilgan  mahkumning  jazoni  o‘tash
sharoitlarni yengillashtiradigan, javobgarlik yoki jazodan ozod qilish asoslari va
turlarini  jinoyat  sodir  etgan shaxsning  foydasiga  o‘zgartiradigan,  sudlanganlik
muddatlarini  kamaytiradigan  yoki  rag‘batlantiruvchi  normalarni  joriy  etadigan
ham boshqa har qanday ko‘rinishda aybdorning ahvolini yengillashtiradigan qonun
tushuniladi.
Jinoyat qonunining orqaga qaytish kuchi quyidagi shaxslarga nisbatan
qo‘llaniladi:
- jinoyat sodir etgan shaxslarga;
- jazoni o‘tayotgan shaxslarga;
- jazoni o‘tab bo‘lgan, lekin sudlanganlik maqomiga ega bo‘lgan shaxslarga.
Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni og‘irlashtiradigan yoki shaxsning
ahvolini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega
emas.
4. JINOYaT QONUNINI ShARHLASh.
Jinoyat qonunini sharhlash - jinoyat qonunini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash
uchun kodeksdagi atamalar va ifodalarning mazmunini ochib berishga aytiladi.
№
Jinoyat qonunini sharhlash
mezonlari
Jinoyat qonunini sharhlash
turlari
1.
Sub’ektiga ko‘ra:
-Legal sharhlash;
-Sud tomonidan sharhlash;
-Ilmiy yoki doktrinal sharhlashga bo‘linadi
2.
Usuliga ko‘ra:
- Grammatik;
- Tizimli;
7
Logotip
shuningdek jazoning yengilroq turlarini tayinlanishini nazarda tutadigan qonun tushuniladi. Shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun deganda – sodir qilingan jinoyatda aybdor deb topilgan mahkumning jazoni o‘tash sharoitlarni yengillashtiradigan, javobgarlik yoki jazodan ozod qilish asoslari va turlarini jinoyat sodir etgan shaxsning foydasiga o‘zgartiradigan, sudlanganlik muddatlarini kamaytiradigan yoki rag‘batlantiruvchi normalarni joriy etadigan ham boshqa har qanday ko‘rinishda aybdorning ahvolini yengillashtiradigan qonun tushuniladi. Jinoyat qonunining orqaga qaytish kuchi quyidagi shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi: - jinoyat sodir etgan shaxslarga; - jazoni o‘tayotgan shaxslarga; - jazoni o‘tab bo‘lgan, lekin sudlanganlik maqomiga ega bo‘lgan shaxslarga. Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni og‘irlashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas. 4. JINOYaT QONUNINI ShARHLASh. Jinoyat qonunini sharhlash - jinoyat qonunini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash uchun kodeksdagi atamalar va ifodalarning mazmunini ochib berishga aytiladi. № Jinoyat qonunini sharhlash mezonlari Jinoyat qonunini sharhlash turlari 1. Sub’ektiga ko‘ra: -Legal sharhlash; -Sud tomonidan sharhlash; -Ilmiy yoki doktrinal sharhlashga bo‘linadi 2. Usuliga ko‘ra: - Grammatik; - Tizimli; 7