Inson eshitish analizatorlari anatomiyasi va fiziologiyasi

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

325,7 KB


 
 
 
 
 
 
Inson eshitish analizatorlari anatomiyasi va fiziologiyasi 
 
Reja:  
• Quloqning klinik anatomiyasi. 
• Tashqi quloq haqida tushuncha. 
• Ichki quloq haqida tushuncha. 
• O‘rta quloq haqida tushuncha. 
 
Tayanch tushuncha va iboralar: quloq, anatomiya, fiziologiya, tashqi quloq, 
ichki quloq, o‘rta quloq  
 
Odatda biz qandaydir ovozlarni eshitishimiz mumkin. Reaktiv samolyot 
tovushi, do‘stlar suhbati, qushlar ovozi, shamol yoki o‘t-o‘lanlar ovozi. Biz 
atrofimizdagi tovushlarni ko‘p vaqt bilmaymiz yoki xis etmaymiz. Sababi miya 
mashina shovqini yoki uzoq tovushlarni bloklab tashlaydi. Lekin birorta yangi 
ovozni eshitganimizda, unga eshitish qobiliyatimizni yo‘naltiramiz.  
Quloqning klinik anatomiyasi 
Quloq odamning eshitish va muvozanat a’zosi, uning anatomik tuzilishi va 
bajaradigan o‘ziga xos vazifalari juda murakkab. Quloq tashqi, o‘rta va ichki 
quloqqa ajratiladi.  
Tashqi quloq – quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lidan iborat. Quloq suprasi 
birinchi jabra yorig‘ini o‘rab turgan mezenxima to‘qimasi bilan qoplangan. Embrion 
rivojlanishining ikkinchi oyi davomida quloq suprasi sohasida oltita do‘mboqcha 
hosil bo‘ladi. Do‘mboqchalar o‘rtasidagi chuqurcha ichkariga qarab o‘rta quloqqa 
o‘sib kiradi va tashqi quloq yo‘lini hosil qiladi. Quloq do‘mboqchalarining 
rivojlanishi va ularning birlashib ketishi natijasida quloq suprasi yuzaga keladi. 
Inson eshitish analizatorlari anatomiyasi va fiziologiyasi Reja: • Quloqning klinik anatomiyasi. • Tashqi quloq haqida tushuncha. • Ichki quloq haqida tushuncha. • O‘rta quloq haqida tushuncha. Tayanch tushuncha va iboralar: quloq, anatomiya, fiziologiya, tashqi quloq, ichki quloq, o‘rta quloq Odatda biz qandaydir ovozlarni eshitishimiz mumkin. Reaktiv samolyot tovushi, do‘stlar suhbati, qushlar ovozi, shamol yoki o‘t-o‘lanlar ovozi. Biz atrofimizdagi tovushlarni ko‘p vaqt bilmaymiz yoki xis etmaymiz. Sababi miya mashina shovqini yoki uzoq tovushlarni bloklab tashlaydi. Lekin birorta yangi ovozni eshitganimizda, unga eshitish qobiliyatimizni yo‘naltiramiz. Quloqning klinik anatomiyasi Quloq odamning eshitish va muvozanat a’zosi, uning anatomik tuzilishi va bajaradigan o‘ziga xos vazifalari juda murakkab. Quloq tashqi, o‘rta va ichki quloqqa ajratiladi. Tashqi quloq – quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lidan iborat. Quloq suprasi birinchi jabra yorig‘ini o‘rab turgan mezenxima to‘qimasi bilan qoplangan. Embrion rivojlanishining ikkinchi oyi davomida quloq suprasi sohasida oltita do‘mboqcha hosil bo‘ladi. Do‘mboqchalar o‘rtasidagi chuqurcha ichkariga qarab o‘rta quloqqa o‘sib kiradi va tashqi quloq yo‘lini hosil qiladi. Quloq do‘mboqchalarining rivojlanishi va ularning birlashib ketishi natijasida quloq suprasi yuzaga keladi.  
 
Quloq suprasi kalla suyagining pastki jag‘ bo‘g‘imi va so‘rg‘ichsimon o‘siqchaning 
o‘rtasida joylashgan. 
Quloq suprasi usti teri bilan qoplangan elastik tog‘aydan tuzilgan. Uning orqa 
sathi bir tekisda silliq, botiq sathi oldinga qaragan, yarim oy shaklidagi teri burmalari 
va ular orasida hosil bo‘lgan chuqurchalardan iborat. U yosh bolalarda juda 
yumshoq va qayishqoq bo‘ladi. 
Tashqi eshituv yo‘li. Quloqning tashqi teshigi bilan nog‘ora parda oralig‘ida 
joylashgan «S» simon yo‘l bo‘lib, uning uzunligi yosh bolalarda 20-25 mm. Kanal 
oxirida quloq pardasi, ya’ni nog‘ora parda joylashgan, u tashqi quloqni o‘rta 
quloqdan ajratib turadi. Chaqaloq va yosh bolalarda tashqi quloq yo‘lining suyak 
qismi rivojlanmagan.  
Eshituv yo‘lining tog‘ay qismini sertuk teri qoplagan bo‘lib, u quloq chirkini 
ishlab chiqaradi. Eshituv yo‘li tog‘ay qismining old va pastki devorida bir nechta 
yoriqchalar bor: ular santorin yoriqchalari deb yuritiladi. 
Bu yoriqchalar orqali yallig‘lanish jarayoni tashqi eshituv yo‘lidan quloq oldi 
beziga va aksincha, quloq oldi bezidan tashqi eshituv yo‘liga o‘tishi mumkin. 
Tashqi quloq tashqi uyqu arteriyasi tarmoqlari, orqali qon bilan ta’minlanadi. 
Sezuvchi nervlarga uch shoxli nerv tarmoqlari (tolalari) bilan bir qatorda, 
adashgan nervning quloqqa keladigan tarmog‘i ham qatnashadi. 
Nog‘ora parda – tashqi eshituv yo‘lini o‘rta quloq bo‘shlig‘idan ajratib turadi. 
Tashqi eshituv yo‘lining suyak qismi aylana shaklidagi tarnovcha bilan tugaydi, 
nog‘ora pardaning cheti shu tarnovchaga joylashadi. 
Parda yupqa, bolalarda doira, kattalarda oval (yassi) shaklda bo‘ladi. 
Chaqaloq quloq pardasining yuza epidermis qavati qalin bo‘lib, yosh ulg‘aygan sari 
asta-sekin nog‘ora pardasi zichlashadi (taranglashadi) va juda yupqalashib qoladi.  
O‘rta quloq. O‘rta quloq bir-biri bilan bevosita tutashgan nog‘ora bo‘shlig‘i, 
so‘rg‘ichsimon o‘siq va halqum bilan nog‘ora bo‘shlig‘ini qo‘shib turuvchi eshituv 
nayidan tashkil topgan. 
Nog‘ora bo‘shlig‘i va eshituv nayi birinchi jabra chuqurchasi hisobiga 
rivojlangan. O‘rta quloq bo‘shlig‘i chakka suyagi toshsimon o‘sig‘ining ichida 
Quloq suprasi kalla suyagining pastki jag‘ bo‘g‘imi va so‘rg‘ichsimon o‘siqchaning o‘rtasida joylashgan. Quloq suprasi usti teri bilan qoplangan elastik tog‘aydan tuzilgan. Uning orqa sathi bir tekisda silliq, botiq sathi oldinga qaragan, yarim oy shaklidagi teri burmalari va ular orasida hosil bo‘lgan chuqurchalardan iborat. U yosh bolalarda juda yumshoq va qayishqoq bo‘ladi. Tashqi eshituv yo‘li. Quloqning tashqi teshigi bilan nog‘ora parda oralig‘ida joylashgan «S» simon yo‘l bo‘lib, uning uzunligi yosh bolalarda 20-25 mm. Kanal oxirida quloq pardasi, ya’ni nog‘ora parda joylashgan, u tashqi quloqni o‘rta quloqdan ajratib turadi. Chaqaloq va yosh bolalarda tashqi quloq yo‘lining suyak qismi rivojlanmagan. Eshituv yo‘lining tog‘ay qismini sertuk teri qoplagan bo‘lib, u quloq chirkini ishlab chiqaradi. Eshituv yo‘li tog‘ay qismining old va pastki devorida bir nechta yoriqchalar bor: ular santorin yoriqchalari deb yuritiladi. Bu yoriqchalar orqali yallig‘lanish jarayoni tashqi eshituv yo‘lidan quloq oldi beziga va aksincha, quloq oldi bezidan tashqi eshituv yo‘liga o‘tishi mumkin. Tashqi quloq tashqi uyqu arteriyasi tarmoqlari, orqali qon bilan ta’minlanadi. Sezuvchi nervlarga uch shoxli nerv tarmoqlari (tolalari) bilan bir qatorda, adashgan nervning quloqqa keladigan tarmog‘i ham qatnashadi. Nog‘ora parda – tashqi eshituv yo‘lini o‘rta quloq bo‘shlig‘idan ajratib turadi. Tashqi eshituv yo‘lining suyak qismi aylana shaklidagi tarnovcha bilan tugaydi, nog‘ora pardaning cheti shu tarnovchaga joylashadi. Parda yupqa, bolalarda doira, kattalarda oval (yassi) shaklda bo‘ladi. Chaqaloq quloq pardasining yuza epidermis qavati qalin bo‘lib, yosh ulg‘aygan sari asta-sekin nog‘ora pardasi zichlashadi (taranglashadi) va juda yupqalashib qoladi. O‘rta quloq. O‘rta quloq bir-biri bilan bevosita tutashgan nog‘ora bo‘shlig‘i, so‘rg‘ichsimon o‘siq va halqum bilan nog‘ora bo‘shlig‘ini qo‘shib turuvchi eshituv nayidan tashkil topgan. Nog‘ora bo‘shlig‘i va eshituv nayi birinchi jabra chuqurchasi hisobiga rivojlangan. O‘rta quloq bo‘shlig‘i chakka suyagi toshsimon o‘sig‘ining ichida  
 
joylashgan bo‘lib, embrion rivojlanayotgan davrda u suyuklik bilan to‘lgan bo‘ladi. 
Bola tug‘ilib, bir necha soat nafas olgandan so‘ng, u suyuqlik havo bilan 
almashinadi. 
Nog‘ora bo‘shlig‘i. Nog‘ora bo‘shlig‘i quloq pardasi bilan labirint o‘rtasida 
joylashgan, hajmi 1 sm 3 ga teng. 
Nog‘ora bo‘shlig‘ining olti devori tafovut qilinadi: 
1. 
Yuqori 
devor 
– 
nog‘ora 
bo‘shlig‘ining tomi yupqa suyak qatlamidan iborat bo‘lib, u nog‘ora bo‘shlig‘ini 
kalla tubining o‘rta chuqurchasidan ajratib turadi va ustidan miyaning chakka 
bo‘lagini qoplab yotgan qattiq miya pardasi bilan yopilgan bo‘ladi. 
2. Pastki devor yoki bo‘yinturuq venasiga qaragan devor – nog‘ora 
bo‘shlig‘ining tubini tashkil qiladi. Yosh bolalarda bu devorning‘ suyak qismi yupqa 
bo‘ladi. 
Nog‘ora bo‘shlig‘i yiringli yallig‘langanda, yiring shu sohada to‘planadi, 
suyakning chirishi natijasida bo‘yinturuq venasiga o‘tib, turli xil asoratlar berishi 
mumkin. 
3. Oldingi devorning yuqori qismida eshituv nayining teshigi, undan 
pastroqda esa ichki uyqu arteriyasi va uni o‘rab olgan vena chigallarini chegaralab 
turuvchi suyak plastinkasi joylashgan. 
4. Orqa devor – so‘rg‘ichsimon o‘siqqa qaragan devoridir. Nog‘ora 
bo‘shlig‘ining bu devori yuqoridan antrum bilan tutashadi, bu yo‘l so‘rg‘ichsimon 
o‘siqchadagi doimiy katta g‘or (antrum) bilan bog‘langan. 
joylashgan bo‘lib, embrion rivojlanayotgan davrda u suyuklik bilan to‘lgan bo‘ladi. Bola tug‘ilib, bir necha soat nafas olgandan so‘ng, u suyuqlik havo bilan almashinadi. Nog‘ora bo‘shlig‘i. Nog‘ora bo‘shlig‘i quloq pardasi bilan labirint o‘rtasida joylashgan, hajmi 1 sm 3 ga teng. Nog‘ora bo‘shlig‘ining olti devori tafovut qilinadi: 1. Yuqori devor – nog‘ora bo‘shlig‘ining tomi yupqa suyak qatlamidan iborat bo‘lib, u nog‘ora bo‘shlig‘ini kalla tubining o‘rta chuqurchasidan ajratib turadi va ustidan miyaning chakka bo‘lagini qoplab yotgan qattiq miya pardasi bilan yopilgan bo‘ladi. 2. Pastki devor yoki bo‘yinturuq venasiga qaragan devor – nog‘ora bo‘shlig‘ining tubini tashkil qiladi. Yosh bolalarda bu devorning‘ suyak qismi yupqa bo‘ladi. Nog‘ora bo‘shlig‘i yiringli yallig‘langanda, yiring shu sohada to‘planadi, suyakning chirishi natijasida bo‘yinturuq venasiga o‘tib, turli xil asoratlar berishi mumkin. 3. Oldingi devorning yuqori qismida eshituv nayining teshigi, undan pastroqda esa ichki uyqu arteriyasi va uni o‘rab olgan vena chigallarini chegaralab turuvchi suyak plastinkasi joylashgan. 4. Orqa devor – so‘rg‘ichsimon o‘siqqa qaragan devoridir. Nog‘ora bo‘shlig‘ining bu devori yuqoridan antrum bilan tutashadi, bu yo‘l so‘rg‘ichsimon o‘siqchadagi doimiy katta g‘or (antrum) bilan bog‘langan.  
 
5. Nog‘ora bo‘shlig‘ining ichki (medial) devori – ichki quloqqa qaraganligi 
uchun labirint devori deb ataladi. Bu devor ichki quloqni o‘rta quloq bo‘shlig‘idan 
ajratib turadi. Devorning qoq o‘rtasida bo‘rtib chiqqan do‘nglik bor. U ichki quloq 
chig‘anog‘ining turtib chiqishidan hosil bo‘ladi. Do‘nglikning orqa va pastki 
qismida chig‘anoqqa kiradigan yumaloq (oval) darcha nog‘ora parda bilan 
qoplangan. 
6. O‘rta quloqning tashqi yoki lateral devori - tashqi quloq yo‘li va nog‘ora 
bo‘shlig‘ini ajratib turuvchi quloq pardasidan iborat. 
Nog‘ora bo‘shlig‘ida bolg‘acha, sandoncha va uzangi deb ataladigan uchta 
eshituv suyakchasi joylashgan. Bu suyakchalar pay va bo‘g‘imlar yordamida bir-biri 
bilan birikib, nog‘ora parda bilan yassi darchani birlashtiradigan tutash va tez 
harakatlantiruvchi zanjirni hosil qiladi. 
Bolg‘acha dastasi quloq pardaga tegib, uni tashqi quloq tomonga bir oz 
bo‘rttirib turadi. Bolg‘achaning yumaloq boshi ikkinchi eshituv suyagi-
sandonchaga, uning uzun oyoqchasi uchinchi eshituv suyagi-o‘zangichaga tegib 
turadi. 
Shunday qilib, uchala eshituv suyaklari tashqi quloq bilan ichki quloq orasida 
zanjirga o‘xshash birikib joylashgan. Nog‘ora bo‘shlig‘ida quyidagi mushaklar bor: 
1. Quloq pardasini tarang qiluvchi mushak. Bu mushak eshituv nayi ustidagi 
suyak tarnovchasidan boshlanib bolg‘acha dastasiga yopishadi. 
2. Uzangi mushagi. Nog‘ora bo‘shlig‘ining orqa devoridan boshlanib, 
ingichka pay bilan o‘zangi boshchasiga yopishadi. 
Birinchi mushakni uch shoxli nerv tarmog‘i, ikkinchisini esa yuz nervi 
tarmog‘i ta’minlab turadi. 
O‘rta quloqning qon va nerv bilan ta’minlanishi 
O‘rta quloqni asosan – venalar arteriyalar qon-tomirlari bilan ta’minlangan 
bo‘lib, limfa tik tugunlarga qo‘yiladi. 
O‘rta quloq bo‘shlig‘ining shilliq qavati va eshituv nayi harakatchan tolalarni 
sezuvchi tolalar, yuz nervi hamda til-yutqin nervi bilan innervatsiyalanadi. 
5. Nog‘ora bo‘shlig‘ining ichki (medial) devori – ichki quloqqa qaraganligi uchun labirint devori deb ataladi. Bu devor ichki quloqni o‘rta quloq bo‘shlig‘idan ajratib turadi. Devorning qoq o‘rtasida bo‘rtib chiqqan do‘nglik bor. U ichki quloq chig‘anog‘ining turtib chiqishidan hosil bo‘ladi. Do‘nglikning orqa va pastki qismida chig‘anoqqa kiradigan yumaloq (oval) darcha nog‘ora parda bilan qoplangan. 6. O‘rta quloqning tashqi yoki lateral devori - tashqi quloq yo‘li va nog‘ora bo‘shlig‘ini ajratib turuvchi quloq pardasidan iborat. Nog‘ora bo‘shlig‘ida bolg‘acha, sandoncha va uzangi deb ataladigan uchta eshituv suyakchasi joylashgan. Bu suyakchalar pay va bo‘g‘imlar yordamida bir-biri bilan birikib, nog‘ora parda bilan yassi darchani birlashtiradigan tutash va tez harakatlantiruvchi zanjirni hosil qiladi. Bolg‘acha dastasi quloq pardaga tegib, uni tashqi quloq tomonga bir oz bo‘rttirib turadi. Bolg‘achaning yumaloq boshi ikkinchi eshituv suyagi- sandonchaga, uning uzun oyoqchasi uchinchi eshituv suyagi-o‘zangichaga tegib turadi. Shunday qilib, uchala eshituv suyaklari tashqi quloq bilan ichki quloq orasida zanjirga o‘xshash birikib joylashgan. Nog‘ora bo‘shlig‘ida quyidagi mushaklar bor: 1. Quloq pardasini tarang qiluvchi mushak. Bu mushak eshituv nayi ustidagi suyak tarnovchasidan boshlanib bolg‘acha dastasiga yopishadi. 2. Uzangi mushagi. Nog‘ora bo‘shlig‘ining orqa devoridan boshlanib, ingichka pay bilan o‘zangi boshchasiga yopishadi. Birinchi mushakni uch shoxli nerv tarmog‘i, ikkinchisini esa yuz nervi tarmog‘i ta’minlab turadi. O‘rta quloqning qon va nerv bilan ta’minlanishi O‘rta quloqni asosan – venalar arteriyalar qon-tomirlari bilan ta’minlangan bo‘lib, limfa tik tugunlarga qo‘yiladi. O‘rta quloq bo‘shlig‘ining shilliq qavati va eshituv nayi harakatchan tolalarni sezuvchi tolalar, yuz nervi hamda til-yutqin nervi bilan innervatsiyalanadi.  
 
Eshituv nayi. Biz yuqorida eslatib o‘tganimizdek, u nog‘ora bo‘shlig‘ini 
halqum bilan birlashtirib turadi, uning uzunligi 3-3,5 sm ga teng. Nayning o‘rta 
quloq bo‘shlig‘i tomonga ochilgan 1/3 qismi suyakdan, halqum bo‘shlig‘iga 
ochilgan 2/3 qismi esa parda-tog‘aydan iborat. Nayning shilliq pardasi xilpillovchi 
epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, uning tukchalari halqum tomonga qarab harakat 
qiladi. Eshituv nayi odatda puchaygan (yopiq) holatda bo‘ladi. Uning har gal yutish 
harakati vaqtida, o‘nga yopishgan yumshoq tanglay mushaklarining qisqarishi 
natijasida ochilishidan o‘rta quloqning nog‘ora bo‘shlig‘iga havo o‘tadi. 
Yosh bolalarda nayning uzunligi kattalarga nisbatan kalta (20-22 mm) va 
kengroqdir, u gorizontal tekislikda yotadi. Nayning halqumga ochilgan qismi, 
halqumning yon devorlarida joylashgan – rozenmyuller chuqurligida bo‘ladi. 
Nayning o‘rta quloq va halqumga ochiladigan taraflari keng, suyak qismining 
tog‘ay qismi bilan birlashish joyi esa juda tor bo‘ladi, shuning uchun ham ba’zilar 
eshituv nayini qum soatiga o‘xshatishadi. 
Yangi tug‘ilgan chaqaloq yoki yosh bolalarda kalta hamda keng nay 
ko‘pincha o‘rta quloqning turli xil yallig‘lanishlariga olib keladi, chunki halqumdagi 
turli mikroblar bu nay orqali osonlik bilan o‘rta quloqqa o‘tadi (kattalarga nisbatan). 
Agar turli sabablarga ko‘ra eshituv nayi havoni yaxshi o‘tkaza olmasa, unda o‘rta 
quloqning nog‘ora bo‘shlig‘ida havo bosimi pasayib, quloq parda nog‘ora 
bo‘shlig‘iga bo‘rtib kiradi, natijada eshituv qobiliyati buziladi. 
Eshituv nayining halqumga ochilgan teshigi atrofida limfoid to‘qimalardan 
iborat. 
Chakka suyagi. Chakka suyagi bir juft bo‘lib, juda murakkab tuzilgan. Bu 
suyak kalla bo‘shlig‘ining yonbosh devorini, uning tubini hosil qilishda qatnashadi. 
U o‘z ichida odam uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan eshituv va muvozanat 
saqlash a’zolarini ham saqlab turadi.  
Yosh bolalarda o‘rta quloqning o‘tkir yiringli otitida shu yonoq o‘sig‘i ham 
yallig‘lanishi mumkin. Chunki yonoq o‘sig‘ida ko‘pgina kataklar bo‘lib, ular 
osonlik bilan yallig‘lanadi va yiringli otitning asorati hisoblanadi. 
Eshituv nayi. Biz yuqorida eslatib o‘tganimizdek, u nog‘ora bo‘shlig‘ini halqum bilan birlashtirib turadi, uning uzunligi 3-3,5 sm ga teng. Nayning o‘rta quloq bo‘shlig‘i tomonga ochilgan 1/3 qismi suyakdan, halqum bo‘shlig‘iga ochilgan 2/3 qismi esa parda-tog‘aydan iborat. Nayning shilliq pardasi xilpillovchi epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, uning tukchalari halqum tomonga qarab harakat qiladi. Eshituv nayi odatda puchaygan (yopiq) holatda bo‘ladi. Uning har gal yutish harakati vaqtida, o‘nga yopishgan yumshoq tanglay mushaklarining qisqarishi natijasida ochilishidan o‘rta quloqning nog‘ora bo‘shlig‘iga havo o‘tadi. Yosh bolalarda nayning uzunligi kattalarga nisbatan kalta (20-22 mm) va kengroqdir, u gorizontal tekislikda yotadi. Nayning halqumga ochilgan qismi, halqumning yon devorlarida joylashgan – rozenmyuller chuqurligida bo‘ladi. Nayning o‘rta quloq va halqumga ochiladigan taraflari keng, suyak qismining tog‘ay qismi bilan birlashish joyi esa juda tor bo‘ladi, shuning uchun ham ba’zilar eshituv nayini qum soatiga o‘xshatishadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq yoki yosh bolalarda kalta hamda keng nay ko‘pincha o‘rta quloqning turli xil yallig‘lanishlariga olib keladi, chunki halqumdagi turli mikroblar bu nay orqali osonlik bilan o‘rta quloqqa o‘tadi (kattalarga nisbatan). Agar turli sabablarga ko‘ra eshituv nayi havoni yaxshi o‘tkaza olmasa, unda o‘rta quloqning nog‘ora bo‘shlig‘ida havo bosimi pasayib, quloq parda nog‘ora bo‘shlig‘iga bo‘rtib kiradi, natijada eshituv qobiliyati buziladi. Eshituv nayining halqumga ochilgan teshigi atrofida limfoid to‘qimalardan iborat. Chakka suyagi. Chakka suyagi bir juft bo‘lib, juda murakkab tuzilgan. Bu suyak kalla bo‘shlig‘ining yonbosh devorini, uning tubini hosil qilishda qatnashadi. U o‘z ichida odam uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan eshituv va muvozanat saqlash a’zolarini ham saqlab turadi. Yosh bolalarda o‘rta quloqning o‘tkir yiringli otitida shu yonoq o‘sig‘i ham yallig‘lanishi mumkin. Chunki yonoq o‘sig‘ida ko‘pgina kataklar bo‘lib, ular osonlik bilan yallig‘lanadi va yiringli otitning asorati hisoblanadi.  
 
Nog‘ora qismi – chakka suyak tashqi eshituv yo‘lini oldingi-pastki va qisman 
orqa tomonidan chegaralab turadi. Bu qism yon tomondan so‘rg‘ichsimon o‘siq va 
medial (ichkari) tomondan toshsimon qismlar bilan qo‘shilib tursa, pastki tomondan 
bigizsimon o‘siqning ildizini o‘rab, qin hosil qiladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, 
tashqi eshituv yo‘li ancha kalta bo‘lib, ichki va qisman oldingi tomonga yo‘nalib, 
nog‘ora bo‘shlig‘iga ochiladi. 
Emadigan bolalarda suyakning nog‘ora qismi unchalik rivojlanmagan «taqa» 
shaklidagi halqadan iborat bo‘lib, tashqi eshituv yo‘lining suyak qismi 
rivojlanmagan bo‘ladi. Yosh bolalarda 1 yoshdan boshlab 2-3 yoshgacha to‘la halqa 
bo‘lib, suyaklanib yetiladi. 
Toshsimon qismi – chakka suyagining boshqa qismlariga nisbatan qattiqroq 
tuzilgan, shuning uchun bu bo‘lakni toshsimon yoki shakliga qarab (uch tomonli 
piramidaga o‘xshaydi) piramida deb ataladi. 
So‘rg‘ichsimon o‘siqcha – tashqi eshituv yo‘lining orqasida joylashgan bo‘lib 
to‘sh-o‘mrov mushagi o‘siqqa yopishib turadi. 
So‘rg‘ichsimon o‘siqcha bola tug‘ilganidan so‘ng yuqoridagi mushak 
yordamida kattalashib rivojlanadi. Uning katakchalari 2-3 yoshdan boshlab   5-6 
yoshgacha rivojlanadi. So‘rg‘ichsimon o‘siqchaning tashqi yuzasida tekis 
uchburchak shaklidagi bo‘lakcha bo‘lib, uning oldingi tomonida kichkina suyak 
o‘siqchasi bor. Bu o‘siqchaning ustki chegarasi chakka chizig‘i – linea temporalis 
bo‘lib, bu yonoq o‘sig‘ining orqaga qarab davom etgan chizig‘idir, uning orqa 
tomonida silliq uchburchakli chuqurcha bor. So‘rg‘ichsimon o‘siqning oldingi 
devori tashqi eshituv yo‘lining orqadagi suyak devorini tashkil qiladi. 
Tashqi eshituv yo‘li ustki suyak o‘siqchasi va chakka chizig‘i o‘rta quloq 
operasiyalarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mo‘ljal (belgi) hisoblanadi. 
Ichki quloq. Ichki quloq yoki labirint chakka suyaganing toshsimon qismi 
ichida joylashgan bo‘lib, tashqi tomondan suyakdan, ichki tomondan esa uni 
takrorlovchi parda labirintidan iborat. Labirint uch qismga: dahliz (vestibulum), 
yarim halqasimon kanallar va chig‘anoqqa bo‘linadi. 
Nog‘ora qismi – chakka suyak tashqi eshituv yo‘lini oldingi-pastki va qisman orqa tomonidan chegaralab turadi. Bu qism yon tomondan so‘rg‘ichsimon o‘siq va medial (ichkari) tomondan toshsimon qismlar bilan qo‘shilib tursa, pastki tomondan bigizsimon o‘siqning ildizini o‘rab, qin hosil qiladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, tashqi eshituv yo‘li ancha kalta bo‘lib, ichki va qisman oldingi tomonga yo‘nalib, nog‘ora bo‘shlig‘iga ochiladi. Emadigan bolalarda suyakning nog‘ora qismi unchalik rivojlanmagan «taqa» shaklidagi halqadan iborat bo‘lib, tashqi eshituv yo‘lining suyak qismi rivojlanmagan bo‘ladi. Yosh bolalarda 1 yoshdan boshlab 2-3 yoshgacha to‘la halqa bo‘lib, suyaklanib yetiladi. Toshsimon qismi – chakka suyagining boshqa qismlariga nisbatan qattiqroq tuzilgan, shuning uchun bu bo‘lakni toshsimon yoki shakliga qarab (uch tomonli piramidaga o‘xshaydi) piramida deb ataladi. So‘rg‘ichsimon o‘siqcha – tashqi eshituv yo‘lining orqasida joylashgan bo‘lib to‘sh-o‘mrov mushagi o‘siqqa yopishib turadi. So‘rg‘ichsimon o‘siqcha bola tug‘ilganidan so‘ng yuqoridagi mushak yordamida kattalashib rivojlanadi. Uning katakchalari 2-3 yoshdan boshlab 5-6 yoshgacha rivojlanadi. So‘rg‘ichsimon o‘siqchaning tashqi yuzasida tekis uchburchak shaklidagi bo‘lakcha bo‘lib, uning oldingi tomonida kichkina suyak o‘siqchasi bor. Bu o‘siqchaning ustki chegarasi chakka chizig‘i – linea temporalis bo‘lib, bu yonoq o‘sig‘ining orqaga qarab davom etgan chizig‘idir, uning orqa tomonida silliq uchburchakli chuqurcha bor. So‘rg‘ichsimon o‘siqning oldingi devori tashqi eshituv yo‘lining orqadagi suyak devorini tashkil qiladi. Tashqi eshituv yo‘li ustki suyak o‘siqchasi va chakka chizig‘i o‘rta quloq operasiyalarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mo‘ljal (belgi) hisoblanadi. Ichki quloq. Ichki quloq yoki labirint chakka suyaganing toshsimon qismi ichida joylashgan bo‘lib, tashqi tomondan suyakdan, ichki tomondan esa uni takrorlovchi parda labirintidan iborat. Labirint uch qismga: dahliz (vestibulum), yarim halqasimon kanallar va chig‘anoqqa bo‘linadi.  
 
Suyak va parda labirint o‘rtasi perilimfa suyuqligi bilan to‘la, perilimfa orqa 
miya suyuqligidir. 
Labirint uzunligi-15 mm, kengligi-8 mm, balandligi-10 mm dir. 
Suyak labirint. Suyak labirint daxlizining uzunligi 6 mm, kengligi 3,5 mm va 
balandligi 5-6 mm. 
Labirint dahliziga 2-3 tomchi suyuqlik sig‘adi. U tashqi tomondan o‘rta 
quloqqa qaragan bo‘lib, yumaloq va yassi darchalar orqali o‘rta quloqning nog‘opa 
bo‘shlig‘iga tutashadi. Orqa tomondan beshta teshik yordamida uchta yarim doira 
shaklidagi halqa bo‘shlig‘i bilan birlashgan. Labirint dahlizi old tomonga nisbatan 
kattaroq teshik orqali chig‘anoqqa o‘tib ketadi. Labirint dahlizining 8 ta teshigi bor, 
5 tasi yarim doirasimon halqalarga, ikkitasi o‘rta quloq bo‘shlig‘iga va bittasi 
chig‘anoqqa ochiladi. 
Crista vestibuli deb ataluvchi qirra, labirint dahlizining ichki tomonida 
joylashgan bo‘lib, u dahliz ichini chuqurchaga  ochiladi. Dahliz suyuqlik yuli, 
labirint bo‘shlig‘ida joylashgan perilimfa suyuqligini miyaning qattiq po‘stlog‘i 
ostidagi bo‘shliqqa qo‘yadi. 
Yarim xalqasimon suyak kanallari. Bu kanallar uchta: gorizontal, frontal, 
sagittal yarim halqasimon kanallardir. Ular o‘zaro bir-biriga tik joylashgan.  
Chig‘anoq suyak kanaldan iborat bo‘lib, tik o‘qqa ikki yarim marta gajak hosil 
qilib o‘ralgan, uning tashqi ko‘rinishi huddi chig‘anoqni (shillik qurt) eslatadi. 
Chig‘anoqdan bo‘shlig‘i ichiga spiral suyak plastinkasi (yupqa tangasimon) 
buralib, aylanma holida lamina spiralis osseaga chiqadi. Bu plastinka chig‘anoq 
bo‘shlig‘ini ikkiga. ya’ni dahlizga olib kiruvchi dahliz narvoni-scala vestibuli va 
chig‘anoq teshigi orqali nog‘ora bo‘shlig‘iga olib kiradi. Spiral (burma) suyak 
plastinkasi bilan spirali joylashgan. Spiralidan chiquvchi periferik tolalari suyakdan 
iborat spiral (burama) plastinkadagi mayda tor kanalchalar orqali o‘tib, Kortiy 
a’zosiga borib to‘xtaydi. 
Parda labirint – devori biriktiruvchi to‘qima pardadan tuzilgan bo‘shlig‘ va 
kanallardan iborat. U suyak labirint ichida, ana shu labirint shaklini qaytarib, 
Suyak va parda labirint o‘rtasi perilimfa suyuqligi bilan to‘la, perilimfa orqa miya suyuqligidir. Labirint uzunligi-15 mm, kengligi-8 mm, balandligi-10 mm dir. Suyak labirint. Suyak labirint daxlizining uzunligi 6 mm, kengligi 3,5 mm va balandligi 5-6 mm. Labirint dahliziga 2-3 tomchi suyuqlik sig‘adi. U tashqi tomondan o‘rta quloqqa qaragan bo‘lib, yumaloq va yassi darchalar orqali o‘rta quloqning nog‘opa bo‘shlig‘iga tutashadi. Orqa tomondan beshta teshik yordamida uchta yarim doira shaklidagi halqa bo‘shlig‘i bilan birlashgan. Labirint dahlizi old tomonga nisbatan kattaroq teshik orqali chig‘anoqqa o‘tib ketadi. Labirint dahlizining 8 ta teshigi bor, 5 tasi yarim doirasimon halqalarga, ikkitasi o‘rta quloq bo‘shlig‘iga va bittasi chig‘anoqqa ochiladi. Crista vestibuli deb ataluvchi qirra, labirint dahlizining ichki tomonida joylashgan bo‘lib, u dahliz ichini chuqurchaga ochiladi. Dahliz suyuqlik yuli, labirint bo‘shlig‘ida joylashgan perilimfa suyuqligini miyaning qattiq po‘stlog‘i ostidagi bo‘shliqqa qo‘yadi. Yarim xalqasimon suyak kanallari. Bu kanallar uchta: gorizontal, frontal, sagittal yarim halqasimon kanallardir. Ular o‘zaro bir-biriga tik joylashgan. Chig‘anoq suyak kanaldan iborat bo‘lib, tik o‘qqa ikki yarim marta gajak hosil qilib o‘ralgan, uning tashqi ko‘rinishi huddi chig‘anoqni (shillik qurt) eslatadi. Chig‘anoqdan bo‘shlig‘i ichiga spiral suyak plastinkasi (yupqa tangasimon) buralib, aylanma holida lamina spiralis osseaga chiqadi. Bu plastinka chig‘anoq bo‘shlig‘ini ikkiga. ya’ni dahlizga olib kiruvchi dahliz narvoni-scala vestibuli va chig‘anoq teshigi orqali nog‘ora bo‘shlig‘iga olib kiradi. Spiral (burma) suyak plastinkasi bilan spirali joylashgan. Spiralidan chiquvchi periferik tolalari suyakdan iborat spiral (burama) plastinkadagi mayda tor kanalchalar orqali o‘tib, Kortiy a’zosiga borib to‘xtaydi. Parda labirint – devori biriktiruvchi to‘qima pardadan tuzilgan bo‘shlig‘ va kanallardan iborat. U suyak labirint ichida, ana shu labirint shaklini qaytarib,  
 
bo‘shlig‘ini qo‘sh qavat qilib yotadi. Parda labirint ichidagi suyuqlikni endolimfa 
deyiladi. 
Parda labirint ichki quloq dahlizi sohasida ikkita bo‘shliq: bachadoncha va 
qopchalarni hosil qiladi. Pardadan tuzilgan yarim halqasimon kanallar shaklan yarim 
suyak halqasimon kanallarga o‘xshasa ham ulardan uch marta torroq. Yarim 
halqasimon kanallar oyoqlarining kengaygan qismida pardali yarim halqasimon 
kanallar ham kengaygan, bu yerning ichki yuzalarida ampula qirrasi (taroqsimon-
crista ampullaris) bo‘lib, bu qirralar sohasida tayanchli va unda neyroepitelial 
qilsimon (tuksimon) hujayralar joylashgan. 
Bachadoncha va qopcha sohalarining ich tomonida oq dog‘lar bor, bular yassi 
epiteliydan vujudga kelgan. Oq dog‘lar yuzasi shillikqsimon modda (otolit parda) 
bilan qoplangan va uning tarkibida mayda ohak zarrachalari mavjud. Ular olti qirrali 
shaklda bo‘lib, kalsiy va magniy tuzlaridan tuzilgan otolitlar deyiladi. 
Pardadan iborat chig‘anoq, suyak chig‘anoqning 1/4 qismini tashkil qilib, 
boshlanishda boshi berk (tutash) bo‘ladi. U suyak chig‘anoqning yo‘lini takrorlaydi, 
ya’ni ikki yarim aylana hosil qiladi va boshi berk holda chig‘anoq cho‘qqisida 
tugaydi. 
Chig‘anoq sohasida endolimfa dahliz va chig‘anoq narvonlari orasida bo‘ladi. 
Dahliz narvoni dahlizdan boshlanib, parda chig‘anoqning uchiga borganda nog‘ora 
narvoniga qo‘shiladi. 
Pardadan tuzilgan chig‘anoq yo‘li suyak chig‘anoq ichida joylashgan bo‘lib, 
ichida eshituv a’zolari joylashgandir. 
Suyak spiral (burama) kanal ichidagi parda spiral kanal bilan birga aylanib, 
parda chig‘anoqning tashqi devori, suyak kanalining tashqi devoriga borib qo‘shilib 
ketganligi uchun parda chig‘anoq ostki tomonda suyak spiral kanalga tegib yotadi. 
Uchburchak shakliga ega bo‘lgai kanalning yuqori (dahliz narvoniga qaragan) 
tomoni-membrana vestibularis (Reissneri) bilan, ostki tomoni asosiy plastinka-
membrana basilaris bilan chegaralangan bo‘lib, bu devor bag‘rida eshitish apparati-
Kortiy a’zosi joylashgan. Membrana basilarisda bir necha ming fibrozli tolalar 
tortilgan, bular turli xil tovushlarni turlicha rezonanslash (yangratib berish) 
bo‘shlig‘ini qo‘sh qavat qilib yotadi. Parda labirint ichidagi suyuqlikni endolimfa deyiladi. Parda labirint ichki quloq dahlizi sohasida ikkita bo‘shliq: bachadoncha va qopchalarni hosil qiladi. Pardadan tuzilgan yarim halqasimon kanallar shaklan yarim suyak halqasimon kanallarga o‘xshasa ham ulardan uch marta torroq. Yarim halqasimon kanallar oyoqlarining kengaygan qismida pardali yarim halqasimon kanallar ham kengaygan, bu yerning ichki yuzalarida ampula qirrasi (taroqsimon- crista ampullaris) bo‘lib, bu qirralar sohasida tayanchli va unda neyroepitelial qilsimon (tuksimon) hujayralar joylashgan. Bachadoncha va qopcha sohalarining ich tomonida oq dog‘lar bor, bular yassi epiteliydan vujudga kelgan. Oq dog‘lar yuzasi shillikqsimon modda (otolit parda) bilan qoplangan va uning tarkibida mayda ohak zarrachalari mavjud. Ular olti qirrali shaklda bo‘lib, kalsiy va magniy tuzlaridan tuzilgan otolitlar deyiladi. Pardadan iborat chig‘anoq, suyak chig‘anoqning 1/4 qismini tashkil qilib, boshlanishda boshi berk (tutash) bo‘ladi. U suyak chig‘anoqning yo‘lini takrorlaydi, ya’ni ikki yarim aylana hosil qiladi va boshi berk holda chig‘anoq cho‘qqisida tugaydi. Chig‘anoq sohasida endolimfa dahliz va chig‘anoq narvonlari orasida bo‘ladi. Dahliz narvoni dahlizdan boshlanib, parda chig‘anoqning uchiga borganda nog‘ora narvoniga qo‘shiladi. Pardadan tuzilgan chig‘anoq yo‘li suyak chig‘anoq ichida joylashgan bo‘lib, ichida eshituv a’zolari joylashgandir. Suyak spiral (burama) kanal ichidagi parda spiral kanal bilan birga aylanib, parda chig‘anoqning tashqi devori, suyak kanalining tashqi devoriga borib qo‘shilib ketganligi uchun parda chig‘anoq ostki tomonda suyak spiral kanalga tegib yotadi. Uchburchak shakliga ega bo‘lgai kanalning yuqori (dahliz narvoniga qaragan) tomoni-membrana vestibularis (Reissneri) bilan, ostki tomoni asosiy plastinka- membrana basilaris bilan chegaralangan bo‘lib, bu devor bag‘rida eshitish apparati- Kortiy a’zosi joylashgan. Membrana basilarisda bir necha ming fibrozli tolalar tortilgan, bular turli xil tovushlarni turlicha rezonanslash (yangratib berish)  
 
vazifasini bajaradi. Bu torlar ustida Kortiy a’zosining epitelial hujayralari 
joylashgan, bular orasida eshituv hujayralari bor. 
Eshituv a’zosining faoliyati – tovush o‘tkazish va eshitish qanday ro‘y berishi 
haqida bir oz to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Quloqni eshitish vazifasi jihatidan, asosan ikki 
qismga bo‘lishimiz mumkin. 
1. Quloqning tovush o‘tkazuvchi qismi, bunga tashqi, o‘rta hamda ichki quloq 
suyuqliklari kiradi. 
2. Quloqning tovushni sezish (qabul qilish) qismi, bunga chig‘anoq ichidagi 
Kortiy a’zosi kiradi. 
Havodagi tovush to‘lqinlari quloq suprasiga urilib, tashqi eshituv yo‘li orqali 
quloq pardasiga borib uni tebratadi. Quloq pardasi o‘z tebranishlarini eshituv 
suyaklari zanjiriga o‘tkazadi. Avval bolg‘acha, so‘ngra sandoncha, nihoyat uzangi 
tebranadi. Bu eshituv suyakchalari, shu suyaklar orasidagi boylamlarni tebratadi. 
Quloq pardasining kuchli yoki kuchsiz tebranishi shu pardani taranglab turuvchi 
mushakning qisqarishiga bog‘liq uzangi tebranar ekan, uning asosi yassi darchani 
qoplab turuvchi pardaga tutashganligi sababli, eshituv suyaklarida yuzaga kelgan 
tebranish ana shu parda orqali vestibulyar nervning retseptor qismiga o‘tadi va bu 
yerdagi perilimfa suyuqligini tebrantirib harakatga keltiradi. 
Perilimfa tebranishi Reysner pardasi orqali endolimfaga o‘tadi. Natijada tovush 
to‘lqini endolimfa suyuqligini tebratadi. Endolimfa tebranishi Kortiy a’zosining 
eshituv torlariga uriladi, bu yerda esa eshituv analizatorining periferik uchi 
joylashgan. Qabul qilingan ta’sirot, eshituvni o‘tkazuvchi nerv yo‘li orqali markaziy 
nerv sistemasiga toki eshituv markazining miya po‘stlog‘idagi xujayralariga qadar 
boradi. 
Quloq sezgi a’zolaridan biri, odamni tashqi muhit bilan aloqa qilish vositasidir. 
Eshitish analizatorining o‘ziga xos qo‘zg‘atuvchisi – tovushdir. Tovush – bu bizni 
o‘rab olgan muhitdagi to‘lqinlarning harakatlantiruvchi zarrachalaridir. 
Tovush tashqi energiyaning qo‘zg‘atuvchanlik ta’siri ostida tezkorlik bilan 
tebranishi natijasida hosil bo‘ladi, uni tebratkich deyiladi. Eng sodda va antiqa 
tebratkichga kamerton kiradi. Tebranuvchi kamerton o‘rab olgan muhitdagi 
vazifasini bajaradi. Bu torlar ustida Kortiy a’zosining epitelial hujayralari joylashgan, bular orasida eshituv hujayralari bor. Eshituv a’zosining faoliyati – tovush o‘tkazish va eshitish qanday ro‘y berishi haqida bir oz to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Quloqni eshitish vazifasi jihatidan, asosan ikki qismga bo‘lishimiz mumkin. 1. Quloqning tovush o‘tkazuvchi qismi, bunga tashqi, o‘rta hamda ichki quloq suyuqliklari kiradi. 2. Quloqning tovushni sezish (qabul qilish) qismi, bunga chig‘anoq ichidagi Kortiy a’zosi kiradi. Havodagi tovush to‘lqinlari quloq suprasiga urilib, tashqi eshituv yo‘li orqali quloq pardasiga borib uni tebratadi. Quloq pardasi o‘z tebranishlarini eshituv suyaklari zanjiriga o‘tkazadi. Avval bolg‘acha, so‘ngra sandoncha, nihoyat uzangi tebranadi. Bu eshituv suyakchalari, shu suyaklar orasidagi boylamlarni tebratadi. Quloq pardasining kuchli yoki kuchsiz tebranishi shu pardani taranglab turuvchi mushakning qisqarishiga bog‘liq uzangi tebranar ekan, uning asosi yassi darchani qoplab turuvchi pardaga tutashganligi sababli, eshituv suyaklarida yuzaga kelgan tebranish ana shu parda orqali vestibulyar nervning retseptor qismiga o‘tadi va bu yerdagi perilimfa suyuqligini tebrantirib harakatga keltiradi. Perilimfa tebranishi Reysner pardasi orqali endolimfaga o‘tadi. Natijada tovush to‘lqini endolimfa suyuqligini tebratadi. Endolimfa tebranishi Kortiy a’zosining eshituv torlariga uriladi, bu yerda esa eshituv analizatorining periferik uchi joylashgan. Qabul qilingan ta’sirot, eshituvni o‘tkazuvchi nerv yo‘li orqali markaziy nerv sistemasiga toki eshituv markazining miya po‘stlog‘idagi xujayralariga qadar boradi. Quloq sezgi a’zolaridan biri, odamni tashqi muhit bilan aloqa qilish vositasidir. Eshitish analizatorining o‘ziga xos qo‘zg‘atuvchisi – tovushdir. Tovush – bu bizni o‘rab olgan muhitdagi to‘lqinlarning harakatlantiruvchi zarrachalaridir. Tovush tashqi energiyaning qo‘zg‘atuvchanlik ta’siri ostida tezkorlik bilan tebranishi natijasida hosil bo‘ladi, uni tebratkich deyiladi. Eng sodda va antiqa tebratkichga kamerton kiradi. Tebranuvchi kamerton o‘rab olgan muhitdagi  
 
havoning bir qismini harakatga keltirib, keyinchalik uning zichlanishi va 
siyraklanishi oqibatida tovush to‘lqinini vujudga keltiradi. 
Tovush to‘lqinlarining tarqalish tezligi muhitning zichligiga bog‘liq-Masalan: 
havoda butezlik 1 sekundda 332 metrga, suvda 1450 metrga, po‘latda 5000 metrga 
teng. Tovush tezligi (jadalligi) desibell bilan belgilanadi. 
Tovush analizatori tovushlarni jarangli, jarangsiz va yoqimli xillarga ajratadi. 
Yuqori tovush jismning tebranish tezligini aniqlash bilan o‘lchanadi va u gers 
(GS) bilan belgilanadi. 
Odam 16 dan to 20 000 Gs gacha bo‘lgan tovushni qabul qila oladi. U 16 GS 
dan past (infratovuщ) va 20 000 Gs dan yuqori bo‘lgan tebranishlarni qabul qila 
olmaydi (ultratovush). 
Kuchuklar tovushni 30 000 Gs gacha, mushuklar esa 40 000 Gs gacha qabul 
qila oladi. 
Tovush analizatorining tovushga bo‘lgan sezuvchanligi bir xil emas. 
Odam qulog‘ining tovushlarga bo‘lgan eng sezuvchanlik chegarasi 1000-4000 
Gs gachadir. 
Tovushning qaerdan kelayotganligini aniqlash qobiliyati «ototopika» deb 
atalib, bu ikkala quloqning eshitish qobiliyati ga bog‘liq. Bir qulog‘i kar odamda bu 
faoliyat buziladi, shu sababli u tovush chiqqan joyni aniqlash uchun sog‘ qulog‘i 
bilan turli tomonga aylanishga majbur bo‘ladi. Sog‘lom odamlar esa tovush chiqqan 
joyni osonlik bilan topadilar. 
Tovush kelayotgan joy markaziy nerv sistemasi tomonidan aniqlanadi. Eshitish 
analizatorining turli tovushlarga sezuvchanligi oshishi yoki pasayishining fiziologik 
(jismoniy) muvofiqlanishi – adaptasiya deb yuritiladi. Qattiq tovush eshitish 
sezuvchanligi ni pasaytiradi, past tovush esa (jimjitlik) uni oshiradi. Haddan tashqari 
eshitish analizatorini qo‘zg‘atish, uning charchashiga olib keladi. 
Bir tovush oqimini ikkinchi bir tovush oqimi ta’siri natijasida eshitishning 
buzilishi yoki eshitmaydigan holatga tushish – maskirovka deyiladi. 
havoning bir qismini harakatga keltirib, keyinchalik uning zichlanishi va siyraklanishi oqibatida tovush to‘lqinini vujudga keltiradi. Tovush to‘lqinlarining tarqalish tezligi muhitning zichligiga bog‘liq-Masalan: havoda butezlik 1 sekundda 332 metrga, suvda 1450 metrga, po‘latda 5000 metrga teng. Tovush tezligi (jadalligi) desibell bilan belgilanadi. Tovush analizatori tovushlarni jarangli, jarangsiz va yoqimli xillarga ajratadi. Yuqori tovush jismning tebranish tezligini aniqlash bilan o‘lchanadi va u gers (GS) bilan belgilanadi. Odam 16 dan to 20 000 Gs gacha bo‘lgan tovushni qabul qila oladi. U 16 GS dan past (infratovuщ) va 20 000 Gs dan yuqori bo‘lgan tebranishlarni qabul qila olmaydi (ultratovush). Kuchuklar tovushni 30 000 Gs gacha, mushuklar esa 40 000 Gs gacha qabul qila oladi. Tovush analizatorining tovushga bo‘lgan sezuvchanligi bir xil emas. Odam qulog‘ining tovushlarga bo‘lgan eng sezuvchanlik chegarasi 1000-4000 Gs gachadir. Tovushning qaerdan kelayotganligini aniqlash qobiliyati «ototopika» deb atalib, bu ikkala quloqning eshitish qobiliyati ga bog‘liq. Bir qulog‘i kar odamda bu faoliyat buziladi, shu sababli u tovush chiqqan joyni aniqlash uchun sog‘ qulog‘i bilan turli tomonga aylanishga majbur bo‘ladi. Sog‘lom odamlar esa tovush chiqqan joyni osonlik bilan topadilar. Tovush kelayotgan joy markaziy nerv sistemasi tomonidan aniqlanadi. Eshitish analizatorining turli tovushlarga sezuvchanligi oshishi yoki pasayishining fiziologik (jismoniy) muvofiqlanishi – adaptasiya deb yuritiladi. Qattiq tovush eshitish sezuvchanligi ni pasaytiradi, past tovush esa (jimjitlik) uni oshiradi. Haddan tashqari eshitish analizatorini qo‘zg‘atish, uning charchashiga olib keladi. Bir tovush oqimini ikkinchi bir tovush oqimi ta’siri natijasida eshitishning buzilishi yoki eshitmaydigan holatga tushish – maskirovka deyiladi.  
 
Agar tovush bir tomondan eshitilsa, u qarama-qarshi tomondagi quloqda 
birmuncha kechikib keladi. Bu holat tovushning qay tomondan kelayotganini 
aniqlash imkonini beradi. 
 
Glossariy:  
 
1. Adaptatsiya - moslashuv  
2. Tashqi quloq - the external ear 
3. Ichki quloq - the inner ear 
4. O’rta quloq - middle ear 
 
 
Adabiyotlar:  
 
1. Пўлатхўжаева М. Дефектологиянинг клиник асослари. Т., ТДПУ – 
2013.  (114-127-betlardan olindi) 
2. Боскис Р.М Глухие и слабослышащие дети. М., 1993. (23-26-betlardan 
olindi) 
3. Нудельман В.А.  и др. Особенности психического развития гулохого 
ребенке. М.: 1995.  (45-89-betlardan olindi) 
4. Власова. Т.А  О влиянии нарушения слуха на развитие ребенка. М., 
1994.  
5. 
История, 
состояние 
и 
перспективы 
развития 
высшего 
дефектологического образования в Республике Узбекистан. Сборник 
посвящается 10-летнему юбилею дефектологического факультета. –// Под ред 
Л.Р. Муминовой// Ташкент, 1996. 
6. Мастюкова Е.М.  Ребёнок с отклонениями в развитии:ранняя 
диагностика и коррекция –М: Просвешение 1992. 
Agar tovush bir tomondan eshitilsa, u qarama-qarshi tomondagi quloqda birmuncha kechikib keladi. Bu holat tovushning qay tomondan kelayotganini aniqlash imkonini beradi. Glossariy: 1. Adaptatsiya - moslashuv 2. Tashqi quloq - the external ear 3. Ichki quloq - the inner ear 4. O’rta quloq - middle ear Adabiyotlar: 1. Пўлатхўжаева М. Дефектологиянинг клиник асослари. Т., ТДПУ – 2013. (114-127-betlardan olindi) 2. Боскис Р.М Глухие и слабослышащие дети. М., 1993. (23-26-betlardan olindi) 3. Нудельман В.А. и др. Особенности психического развития гулохого ребенке. М.: 1995. (45-89-betlardan olindi) 4. Власова. Т.А О влиянии нарушения слуха на развитие ребенка. М., 1994. 5. История, состояние и перспективы развития высшего дефектологического образования в Республике Узбекистан. Сборник посвящается 10-летнему юбилею дефектологического факультета. –// Под ред Л.Р. Муминовой// Ташкент, 1996. 6. Мастюкова Е.М. Ребёнок с отклонениями в развитии:ранняя диагностика и коррекция –М: Просвешение 1992.  
 
7. HUMAN BODY. INFORMATION AT YOUR FINGERTIPS. United States 
in 2006 by School Specialty Publishing, a member of the School Specialty Family. 
P-24.  
 
 
7. HUMAN BODY. INFORMATION AT YOUR FINGERTIPS. United States in 2006 by School Specialty Publishing, a member of the School Specialty Family. P-24.