INSON HAYOTIDA IQLIMNING AHAMIYATI
REJA:
1. Inson tabiatning ajralmas qismi sifatida.
2. Inson evolyusiyasi va demografiyasi.
3. Inson demografiyasi va uning o‘zgarishi.
Inson tabiatning bir komponenti, uning tabiatdagi o‘rni chumoli, kapalak,
lola, eman, shyer, fil o‘rni bilan teng, chunki inson ham boshqa tirik jonivorlar
kabi tirik organizm. Faqat farqi boshqa tirik komponentlar tabiat qonunlari asosida
yashaydi, inson esa tabiatni o‘zgartirib, uning bag‘rida yangi texnika va
texnologiyalarni qo‘llab, tabiat qonunlarini buzib, uni o‘ziga qaram qilishga va
tabiat ustidan hukmron bo‘lishga harakat qiladi. Ammo insonning o‘zi tabiat
mahsuloti, uning biologik sistemalarining ajralmas qismidir. U tabiatni ifloslashi,
buzishi mumkin, lekin, inson biosfyeraning ekologik aylanishidan chiqib keta
olmay-di, u tabiatsiz yashay olmaydi va boshqa tabiatni ham yarata olmaydi. Inson
tabiatning eng yuqori mahsuli, uning yashashi uchun atmosfyerada yetarli darajada
kislorod, Yer yuziga kyerakli Quyosh nurining tushishi va suvning bo‘lishi shart.
Tabiatdagi asosiy to‘rtta elementning (kislorod, uglyerod, vodorod va azot) quyosh
enyergiyasi ta’sirida va suvning ishtirokida ekologik aylanib turishi hayotning
asosini tashkil qiladi.
Inson tabiatning ajralmas qismi bo‘lganligi tufayli ham undan mutlaqajrab,
o‘ziga texnikaviy dunyo yarata olmaydi. U o‘z faoliyati bilan o‘zini o‘rab turgan
olamni, muhitni ifloslab, zaharlab, o‘z hayotiga real xavf tug‘dirmoqda. Masalan,
inson faoliyatidan insonlar zaharlanganiga ba’zi misollarni keltirib o‘tmoqchimiz.
1952 yili London shahrida hosil bo‘lgan is gazlari, chang va tutunlardan zaharlanib
4000 odam o‘lgan. YAponiyaning Minamata ko‘rfaziga tashlangan simob
chiqindilari baliqlarga o‘tib, ularni iste’mol qilgan odamlarning 100 dan ortig‘i
zaharlangan. Ko‘p yillar davomida zaharli gyerbitsid va pestitsidlarning
qishloqxo‘jaligida qo‘llanilishidan insonlarning zaharlanishi, turli kasalliklarning
kelib chiqishi, CHyernobl AES ning portlashidan katta maydonda butun tabiatning
radioaktiv moddalar bilan zaharlanishi, radioaktiv va boshqa zaharli moddalariing
Novaya Zemlya va Oqdengizga tashlanishidan suv zaharlanib, uning salbiy
ta’siridan million-million dengiz yulduzlari kabi suv hayvonlarining qirilib ketishi,
bu insonni tabiatga qilgan gunohining natijalaridir.
Yer yuzining turli joylarida inson faoliyati sababli yuzaga kelayotgan ofatlar
uning o‘ziga, undan qoladigan avlodlarga xavf tug‘dirmoqda. Minglab tonnalab
to‘plangan zaharli kimyoviy moddalarni tezda zararsizlantirish va inson hayotiga
ziyon keltirmaslik chora-tadbirlarini ko‘rish lozim.
Har bir inson tug‘ilganiga qadar ma’lum miqdorda zararli moddalar mahsuloti
bilan (DDT, gyerbitsid, pestitsid, qo‘rg‘oshin, simob, uglevodorodlar va boshqalar)
tug‘iladi. Keyinchalik uning tanasi-da shu moddalar to‘planib boradi. CHunki
inson yashagan muhitda zararli moddalar, gazlar, og‘ir metallar, chang yetarlicha
to‘plangan. Muhitning ekologik holati, insonning ekologiyasini anikdaydi. Ular
bir-biridan ajralmaydi. SHu sababli, keyingi vaqtda «Inson ekologiyasi» mustaqil
fanga aylandi. Buning natijasida inson tabiatning ajralmas qismi, uning abiotik va
biotik omillari bilan uzviy munosabatdagi komponent ekanligi tasdiqlandi.
Inson evolyusiyasi va demografiyasi. Ma’lumki, insoniyat tarixi, insonning
Yerga, atrof-muhitga, uning o‘simlik va hayvonlarga bo‘lgan munosabatlari
tarixidan iboratdir. Million yillar davomida yuzaga kelgan biologik sistemalarning
o‘zgarishiga faqat insopgina sabab bo‘lgan, endilikda uning hayot-mamoti o‘zi
egallagan tabiat va o‘zi yaratgan jamiyato‘rtasidagi turg‘unlik munosabatini
o‘rnatishiga bog‘likdir. Aks holda itsson yaratgan sivilizatsiya uning salbiy faoliyati
natijasida nobud bo‘dadi. CHarlz Darvinning «Turlarning kelib chiqishi» va
«Insonni paydo bo‘lishi» haqidagi ilmiy asarlari insonni atrof-muhit bilan
munosabatlarini aniqlashda «ibtidoiy» halqalarning evolyusiyasini o‘rganishga yo‘l
ochdi. CH.Darvin vaqtidan boshlab tadqiqotchilar qadimgi tarixiy-madaniy
aloqalar sabablarini ochish va ibtidoiy inson holatini aniqlash bilan shug‘ullanganlar.
SHu Joyda «I n s o n » (Odam) tushunchasi va qanday tabiiy muhitda qadimgi
antropoid maymunlardan ibtidoiy inson rivojlangani kabi savollar yuzaga keladi.
Bu yerda «Odam» tushunchasini izohlashda birinchi navbatda utsing intellekt
darajasini, ya’ni bosh miyaning rivojlanishini inobatga olish lozim. Bizning
hozirgi yuksak rivojlangan bosh miya-miz evolyusiyaning ancha keyingi
mahsulotidir. Odam turkumitsing
(Homo)
past tabaqalari bo‘lmish
avstralopiteklarning miyasi hdjmi 428 dan 530 sm3 gacha bo‘lib, hozirgi maymunlar
miyasidan oagina ortiqroqbo‘lgan, xolos. Ayrim tadqiqotchilarning ma’lumotlsriga
ko‘ra, insonning qadimgi ajdodlari bo‘lmish
r a m a p i t e k l a r
va
avstralopiteklarso‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lmaganlar va olovdan foydalana
olmaganlar.
Insonni odamsimon maymunlardan aniq chegaralaydigan belgi bu ish
qurolini tayyorlash va undan foydalanishidan iboratdir. Bu borada ibtidoiy odamlar
tasodifan tayoq yoki toshdan foydalanib, keyinchalik ishlab chiqarish asboblarini
(toshdan, yog‘ochdan) qurol yaratgan bo‘lishlari mumkin. Bunga misol, hozirgi
shimpanzelar daraxt shoxlarini sindirib, tishi bilan ishlov byerib, o‘ziga «qurol»
yasaydi va yirtqich hayvonlardan saqlanishda foydalanadi.
Darvin iborasi bilan aytganda noyob odam - bu eng avvalo ikki oyoqqa tik
yuradigan va bo‘shagan qo‘llarda o‘zi yasagan qurollardan foydalanadigan
odamdir. «Qurol yasagan» va tik yuradigan “odam” changalzor tropik o‘rmonlardan
kelib chiqmagan. Tropik o‘rmonlarda «inson» uchun foydali mayda hayvonlarning
kamligi, oziqa quvvati kam, barg, poya va ildizlarga insonning chaynash apparatini
moslashmaganligi, «qadimgi odamlarning» ochiq maydonlarda, daraxtlarda paydo
bo‘lgan degan nazariyani olimlar isbotladilar.
Keyingi ma’lumotlar bo‘yicha qadimgi go m i n i dlar bundan 6 mln. yil
avval, a v s t r a l o p i t e k lar esa 5 dan 1 mln. yil avval Yer yuzida yashaganlar.
Ramapiteklar hayoti to‘g‘risida juda kam qoldiqlar topilgan, taxmin qilinishicha
ular antropoid maymunlarning qadimgi ajdodlari bo‘lib, ular ochiq savannalarda
yashab, tosh va tayoqlardan foydalangan bo‘lsa ajab emas.
SHarqiy va Janubiy Afrika hududlarida topilgan ko‘p ashyolar
avstralopiteklarning madaniyati va shu vaqtning atrof-muhiti haqida ancha
ma’lumotlar byeradi. Masalan, Raymond A. Janubiy Afrika avstralopiteklar
qoldiqlarini birinchi marta markaziy Transvaalda topgan. U ko‘plab pavianlar bosh,
bel suyaklarini topadi va olimning fikricha avstralopiteklar ildiz, meva va o‘simlik
tanasi bilangina oziqlanmasdan, ular oddiy uchli, qirrali yog‘och, tosh qurollar
bilan katta hayvonlarni ham ov qilganlar.
Saqlanib qolgan ashyolar shuni ko‘rsatadiki, avstralopiteklar aktiv yo‘l
bilan pavianlarni ov qilishgan, ular sichqonlar va boshqa kemiruvchilar bilan
oziqlanishgan, kiyik va bug‘ularni ham ov qilganlar. Ovni asosan yerkaklar olib
borib, qabilani go‘sht bilan ta’minlaganlar. SHunday qilib, avstralopiteklar ov qilish
va tyerish, yig‘ish xo‘jaligini bir formasiga yerishadilar. Ular kam sonli
bo‘lganliklari tufayli ham tabiiy ekosistemalar turg‘unligini buzgan emaslar.
Inson evolyusiyasidan ovchilik va tabiat mahsulotlarini yig‘ish borgan sayin
takomillashib boradi. Bundan 0,5 mln. yillar avval Afrika va Osiyoda ibtidoiy
odamlar (Homo yerectus) yashagan, ayniqsa pekin odami (s i n a n t r o p ) yashagan
joylarda ko‘plab toshga aylangan mevalar, urug‘lar va bug‘u, kiyik, ot suyaklari,
kul, tosh qurollar topishgan. Demak, inson rivojlanishning ilk davrida olovdan
foydalangan (hayvon go‘shtlarini olovda qovurgan, bunga kuygan skeletlar dalolat
byeradi).
Homo sapiens ra yaqin ajdodlarda yangi, takomillashgan, olovda kuydirilgan
uchli qurollar paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarish va ov qurollariningtakomillashgan
shakllari neandyertal odamlar davrida paydo bo‘lgan va ular turli hayvonlarni
ovlashgan.
Neandyertallar katta o‘txo‘r g‘or ayiqlarini ovlaganlar, sababi uning go‘shti,
yog‘i mazali bo‘lib, tyerisi odamlarni sovuqdan saqlagan. Qishki sovuqlarda
neandyertal odamlar ayikdar uxlaydigan g‘orlarga kirib jon saqlaganlar va shu
yerdagi ayiqni o‘ldirib, ulardan foydalanganlar. SHunday yo‘llar bilan inson
o‘zidan 10 barobar kuchli hayvonlarni engib, tabiatning ayrim komponentlari
ustidan hukmronlik ham qila boshlagan. Ayiqni bosh va boshqa suyaklari Markaziy
Ovruponing g‘orlarida, SHimoliy YAponiya, Amur va SHimoliy Saxalin, Osiyo
hududlaridagi (masalan, Zarafshon g‘orlari, Surxondaryoning Teshiktosh g‘oridan
Surxon neandyertali topilgan) g‘orlarda ham topilgan.
Oxirgi muzliklardan keyingi davr odamlari ancha takomillashgan qurollardan
foydalanib (nayza, sadoq, sopqon, garpun) katta sut emizuvchi hayvonlarni ko‘plab
ovlaydilar. Muzlik davrining oxirida Qadimgi dunyoda juda katta hayvonlar yo‘qolib
ketadi. Lekin, mamont, junli karkidon va katta bug‘ularning yo‘qolishida
toshko‘mir davrining ovchilarining qanchalik gunohi borligi aniq emas.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dashtda uchraydigan pleystotsin davridagi
mamontlarning balandligi (Mammonteus trugontyerii) 4-4,25 m bo‘lsa, keyingi
muzlik davri mamontlarning (M. primigenius) o‘rtacha balandligi 3 m bo‘lib,
Afrika fillaridan ham kichik edi. Past bo‘yli mamontlar Dunay va Sibir hududlarida
topilgan. Bu hayvonlarning yo‘qolib ketishida ovchi odamlar emas, balki iqlimning
o‘zgarishi sabab bo‘lgan.