Inson huquqlari bo‘yicha milliy qonunchilik
1.
O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha majburiyatlari.
2.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar implementatsiyasi.
3.
Qonunchilikning jinoyat, mehnat, oilaviy va boshqa sohalarini
takomillashtirish.
4.
O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha milliy
strategiyasi.
1.
O‘zbekiston
Respublikasining
inson
huquqlari
bo‘yicha
majburiyatlari.
O‘zbekiston
Respublikasining
inson
huquqlari
bo‘yicha
xalqaro
majburiyatlariga to‘xtalishdan avval, inson huquqlari sohasidagi xalqaro
majburiyatlar o‘zi nimaligini ko‘rib chiqish lozim.
Davlatlarning inson huquqlari sohasidagi majburiyatlari turli shartnomalarda
har xil aks ettiriladi. Masalan, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi
Xalqaro pakt davlatlardan maksimal darajada iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquqlarning to‘la ro‘yobga chiqishini bosqichma-bosqich ta’minlash uchun
“chora-tadbirlar ko‘rish”ni talab qiladi. Pakt shuningdek, davlatlarni iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy huquqlarning hech qanday kamsitishlarsiz amalga oshirilishini
kafolatlashga hamda erkak va ayollarning bu huquqlardan bahramand bo‘lish uchun
teng huquqliligini ta’minlashga majburiyat yuklaydi. Mazkur huquqlarni nazarda
tutuvchi boshqa xalqaro shartnomalar majburiyatlarni turlicha shakllantiradi, hatto
davlatlarning qonun hujjatlarini qabul qilish yoki davlat siyosatida bu huquqlarni
ilgari surish kabi aniq harakatlarni amalga oshirish majburiyatini ko‘zda tutadi.
“Bosqichma-bosqich amalga oshirish” tushunchasi davlatlarning inson
huquqlariga oid xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan huquqlarga nisbatan
majburiyatlarining asosiy jihatini tavsiflash uchun ishlatiladi. Uning negizida inson
huquqlarining to‘la ro‘yobga chiqishini ta’minlash, mavjud resurslardan maksimal
foydalangan holda tegishli choralar ko‘rish majburiyati yotadi.
“Mavjud resurslar” atamasi ushbu huquqlarning amalga oshirilishiga
resurslarning yetishmasligi to‘sqinlik qilishi mumkinligi va unga faqat ma’lum
muddatdan so‘ng erishish mumkinligi tan olinishini nazarda tutadi. Bundan tashqari,
davlatning tegishli choralar ko‘rish majburiyatiga rioya qilishi uning moliyaviy yoki
boshqa resurslari asosida baholanadi. “Bosqichma-bosqich amalga oshirish”
tushunchasi BMTning inson huquqlari bo‘yicha boshqa shartnomalarida ham
mavjud: bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning 4-moddasi va nogironlarning
huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning 4(2) moddasi.
Davlatlarning
majburiyatlari
mazmunini
ochib
berish
uchun
bu
majburiyatlar ba’zan uch toifaga bo‘linadi:
inson huquqlarni hurmat qilish (huquqdan foydalanishga aralashmaslik);
himoya qilish (boshqalarni huquqdan foydalanishga to‘sqinlik qilmaslik);
amalga oshirish (huquqni to‘liq amalga oshirish uchun tegishli choralar
ko‘rish).
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi
tomonidan ratifikatsiya qilingan inson huquqlari sohasidagi xalqaro hujjatlar o‘z
xususiyatidan kelib chiqqan holda, mazkur hujjatlarda belgilangan huquqlarni
hurmat qilish, himoya qilish va ta’minlash uchun muayyan choralarni ko‘rish va bu
haqida xalqaro nazorat organlariga ma’lumot berish majburiyatini yuklaydi.
2. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar implementatsiyasi.
Milliy qonunchilikka xalqaro standartlarni kiritish uchun, avvalo, ular
implementatsiya qilinishi lozim.
Implementatsiya – bu xalqaro shartnomalarning ijrosi bilan bog‘liq
majburiyat bo‘lib, xalqaro-huquqiy normalarni milliy darajada qonun va qonun osti-
hujjatlariga transformatsiya qilishni anglatadi.
Xalqaro shartnomalar doirasida davlatlar tomonidan qabul qilingan
majburiyatlarni amalga oshirish ularni implementatsiya qilish yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
Xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish tartibi huquq ijodkorligi
va tashkiliy-ijroiya faoliyatni uyg‘unlashtirishni talab qiladi.
O‘zbekiston
Respublikasi
amaliyotida
idoralararo
implementatsiya
mexanizmlari sifatida BMT konvensiyalarini, ya’ni “Bola huquqlari to‘g‘risida”,
“Qiynoqlar hamda muomala va jazoning boshqa beshafqat g‘ayriinsoniy yoki qadr-
qimmatni tahqirlaydigan turlariga qarshi”, “Ayollarni kamsitishning barcha
shakllarini bartaraf etish to‘g‘risidagi”, “Irqiy kamsitishning barcha shakllarini
bartaraf etish to‘g‘risidagi” konvensiyalarni, bundan tashqari XMTning ratifikatsiya
qilingan konvensiyalarini bajarish bo‘yicha milliy dasturlar va harakat rejasi
namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston
Respublikasining
Xalqaro
shartnomalari
to‘g‘risidagi
qonunining 33-moddasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini
bajarishga oid qoida mustahkamlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalari O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro huquq
normalariga muvofiq og‘ishmay va majburiy tarzda bajariladi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini bajarish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatini qabul qilish zarur bo‘lgan hollarda,
manfaatdor davlat organlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi
normalarini implementatsiya qilish masalalari bo‘yicha tegishli hujjat qabul qilish
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan
kelishgan holda takliflar taqdim etadi.
3. Qonunchilikning jinoyat, mehnat, oilaviy va boshqa sohalarini
takomillashtirish.
Sud-huquq sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirishga ustuvor e’tibor
qaratilishi natijasida sudlar mustaqilligi va odil sudlovga bo‘lgan huquqni himoya
qilish sohasida xalqaro standartlarni implementatsiya qilish bo‘yicha aniq chora-
tadbirlar qabul qilindi. Xususan, ayblov dalili sifatida noqonuniy usullar bilan
olingan ma’lumotlardan foydalanish uchun qat’iy javobgarlik belgilandi. Jinoyat
kodeksining
235-moddasi
(qiynoqlar)
BMTning
Qiynoqlarga
qarshi
konvensiyasining 1-moddasiga moslashtirildi.
Joylarda sudyalik lavozimiga nomzodlarning shaxsiy va kasbiy fazilatlarini
o‘rganish uchun jamoatchilik komissiyalari tashkil etildi. Sudlarda ishlarni
ko‘rishning adolatli, ochiq va shaffofligini ta’minlash maqsadida ishlarni elektron
taqsimlash tizimi joriy etildi. Shuningdek, xarajatlar va byurokratik sansalorlikni
kamaytirish uchun “elektron jinoyat ishi” va “masofadan so‘roq qilish” tizimlari
joriy etilmokda.
Sud-huquq islohoti doirasida ko‘zda tutilgan yangiliklar fuqarolarning odil
sudlovga erishish kafolatlarini kengaytirdi. Jamiyatni demokratlash- tirishning eng
muhim tarkibiy qismi sifatida sudlarning xolisligi va mustaqilligini mustahkamlash
uchun sharoit yaratdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng qulay
ishbilarmonlik muhitini yaratish maqsadida 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilindi, Korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi yangilandi. Korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘yicha parlament qo‘mitalari tashkil etildi, bu esa barcha darajadagi
davlat muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga yordam berishi
lozim. Mahalliy vakillik organlari tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
komissiyalar tuzish nazarda tutilmokda.
O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajaradi va buning yorqin misollaridan
biri sifatida tergov o‘tkazishda sud nazoratini kuchaytirishga qaratilgan “Xabeas
korpus” protsedurasini implementatsiya qilishni davom ettirishni keltirish mumkin.
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turlarini qo‘llash
hisobiga hibsga olish tarzidagi jinoiy jazo bekor qilindi, jinoyat sodir etishda gumon
qilinayotgan shaxslarni ushlab turish 72 soatdan 48 soatgacha qisqartirildi.
Qamoqda saqlash, uy qamog‘ida saqlash, dastlabki tergov tarzidagi ehtiyot
choralarini qo‘llash muddatlari 1 yildan 7 oygacha qisqartirildi, dalillarni
soxtalashtirganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik kiritildi. Jazoni ijro etish
muassasalarida qamokda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan zo‘ravonlik, qiynoqlar
va ruxsat etilmagan xatti-harakatlarning o‘z vaqtida oldini olish va ularni bartaraf
etish maqsadida 2800 dan ortiq videokuzatuv kameralari o‘rnatildi, ulardan 1920
tasi jazoni ijro etish koloniyalarida, 880 tasi tergov hibsxonalarida o‘rnatildi.
Shunday qilib, keyingi bosqich - jinoyat sodir etishda gumon qilingan
shaxslarning telefon orqali suhbatlarini tinglash va tintuv o‘tkazishga ruxsat berish
huquqini sudlarga topshirishdir.
Konstitutsiya va xalqaro majburiyatlar bilan kafolatlangan fuqarolarning
erkin harakat qilish huquqini ta’minlash uchun propiska va viza olishdagi
qiyinchiliklar bartaraf etildi. Xorijiy fuqarolarni respublikaga kiritish uchun ruxsat
beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini maqbullashtirish, kirish turizmini
milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga aylantirish, madaniy-tarixiy
merosni, tabiiy boylik va an’analarni, shuningdek, respublikaning turistik
imkoniyatlari va salohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan kompleks chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini tartibga solishni
takomillashtirish, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qo‘llab-quvvatlashni
kuchaytirish asosida fuqarolar farovonligini oshirish davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.
BMTning 2030 yilgacha Kun tartibini amalga oshirish maqsadida hukumat
tomonidan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish sohasida Milliy
maqsad va vazifalar qabul qilinib, unda 16 ta milliy maqsad va 125 ta vazifa
tasdiqlandi. Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”
qabul qilindi, Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi.
O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlash, bo‘sh va kvotalangan ish o‘rinlari
uchun ish bilan ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda o‘z-o‘zini ish
bilan ta’minlashning samarali shakllarini rivojlantirish bo‘yicha har yili
tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirish borasida samarali chora-tadbirlar
ko‘rilmoqda.
Aholining
tadbirkorlik
faoliyatini
va
tadbirkorlik
tashabbusini
rag‘batlantirish,
aholining
ijtimoiy
himoyaga
muhtoj
qatlamlarini
ishga
joylashtirishni rag‘batlantirish, aholi bandligini ta’minlashda davlat xizmatlarining
qulayligi sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy
hujjatlar qabul qilindi.
“Elektron mehnat daftarchalari” tizimi ishga tushirildi, Nodavlat notijorat
tashkilotlariga mamlakat hududida va chet elda fuqarolarni ish bilan ta’minlash
sohasida xizmat ko‘rsatish huquqi berildi. Mehnat va bandlikka ko‘maklashish
vazirligining Jamoat ishlari fondi tashkil etildi.
Aholining doimiy bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish
bo‘yicha davlat buyurtmasini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va
grantlar ajratish tartibi joriy etildi.
XMTning zamonaviy talablari va tavsiyalariga javob beradigan yangi
Mehnat kodeksi loyihasi ishlab chiqilmokda. Xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini
amalga oshirish maqsadida vaqtinchalik yoki doimiy yashash huquqiga ega
bo‘lmagan yoki yashash joyida ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarni ishga qabul qilishni
taqiqlash bekor qilindi. Shu bilan birga, vaqtinchalik yoki doimiy propiskasiz yoki
turar joyida hisobga olinmagan fuqarolarni ishga qabul qilish uchun ish
beruvchining javobgarligi bekor qilindi.
«Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi, bu
xodimlarni tanlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotlar faoliyatini
huquqiy tartibga solishga, shuningdek, ish izlovchilarga mehnat bozorida va boshqa
xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi
fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquqlari va manfaatlarini himoya
qilish jamg‘armasi tashkil etildi.
Shunga qaramay, hududlardagi mehnat bozorida yuqori darajadagi keskinlik
saqlanib qolmokda, doimiy ish o‘rinlari yaratish, yoshlar, ayollar, kam ta’minlangan
oilalar a’zolari, ayniqsa, qishloqjoylarda aholi bandligini ta’minlash, shuningdek,
tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish masalalari hal etilmayapti.
Mamlakatda mehnat migratsiyasi masalalariga munosabat tubdan o‘zgardi.
Shu bilan birga, qonunchilikda tashqi va ichki mehnat migratsiyasini tartibga
solishning normativ-huquqiy tamoyillari, ya’ni migratsiya jarayon larini yagona
prinsip va qoidalar asosida tartibga soluvchi yaxlit migratsiya qonunchiligi va
yagona migratsiya siyosatini amalga oshirish tushunchalari mavjud emas.
O‘zbekiston Respublikasi majburiy mehnat shakllaridan kattalar va bolalar
huquqlarini himoya qilishda sezilarli darajada rivojlanishga erishdi. O‘zbekiston
Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari doirasida o‘z xalqaro majburiyatlarini
bajarishi, shuningdek XMT tomonidan taqsim etilgan paxta yig‘im-terim
kampaniyasi monitoringi yakunlari bo‘yicha tavsiyalarni, shujumladan, 2017-2020
yillarda O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha dasturning amalga oshirilishi
xalqaro hamkorlar tomonidan ijobiy baholanishiga asos bo‘ldi.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga
barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan alohida
bandda fuqarolarni, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari, byudjet
tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvchilarini
majburiy mehnatga jalb qilishning barcha turlari cheklanganligi qayd etildi.
Majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildi
va jinoiy javobgarlik joriy qilindi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning
51-moddasiga binoan mehnatga ma’muriy majburlash uchun jarima mikdori 10
martaga oshdi. Shuningdek, Jinoyat kodeksiga ikkita yangi modda - majburiy
mehnat uchun hamda voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb qilish uchun jinoiy
javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalar kiritildi.
4. O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha milliy
strategiyasi.