Inson huquqlari bo‘yicha milliy tizim
1.
Inson huquqlarini ta’minlash va muhofaza qilishda davlat organlarining
roli.
2.
Inson huquqlarini ta’minlash va muhofaza qilishda huquqni muhofaza
qilish organlarining roli.
3.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar. Ombudsman.
4.
Hisobot, monitoring va kelgusi choralar bo‘yicha milliy institutlar.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.
5.
Milliy preventiv mexanizm qiynoqlarni oldini olish mexanizmi sifatida.
6.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining inson huquqlarini ta’minlash va
himoya qilishdagi roli.
1. Inson huquqlarini ta’minlash va muhofaza qilishda davlat
organlarining roli.
Mustaqillik yillarida mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish bilan
shug‘ullanuvchi davlat tashkilotlari tizimi shakllandi. Bu tizimda an’anaviy sudlov
va huquqni muhofaza qilish organlaridan iborat bo‘lgan sudlov organlari bilan bir
qatorda, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va nodavlat tashkilotlaridan
iborat bo‘lgan inson huquqlari bo‘yicha nosudlov organlari ham shakllandi.
O‘zbekiston Respublikasining adliya organlari inson huquqlari va
erkinliklarini ta’minlash tizimida muhim ahamiyat kasb etib, an’anaviy tarzda
huquqni qo‘llovchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar sirasiga kiradi. Adliya
vazirligi tomonidan ijtimoiy-siyosiy hayotni, davlat tuzilishini, shu jumladan, sud-
huquq sohasini erkinlashtirish, insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishni
ta’minlashga yo‘naltirilgan qonunlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq maqsadga
yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlikning bevosita ishtirokida inson
huquqlarini, tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining qonuniy manfaatlarini himoya
qilishning samarali mexanizmlari yaratildi, huquqni qo‘llash amaliyotini doimiy
tahlil etib borish va monitoring qilish hamda amaldagi qonunchilikni
takomillashtirish bo‘yicha asosli takliflar ishlab chiqish tizimi joriy qilindi.
Mamlakatdagi
inson
huquqlarini
ta’minlash
tizimida O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
Xalq
qabulxonalari
va
Virtual
qabulxonalari davlat organlari bilan aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish
orqali davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan fuqarolarlarning
murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali ularning huquq va erkinliklarini ta’minlashda
o‘ziga xos samarali mexanizmga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining qabulxonalari tadbirkorlarning
huquqlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynamoqda. Tadbirkorlik sub’ektlarining,
shu jumladan, xorijiy investorlarning qonuniy huquqlari va manfaatlariga rioya
qilinishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur qabulxonalar, tadbirkorlikni
rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish va
mavjud byurokratik, shu jumladan, yer uchastkalari va binolar, bank kreditlari
ajratish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish va boshqa masalalardagi to‘siqlarni
bartaraf etishda muhim rol o‘ynamoqda.
2. Inson huquqlarini ta’minlash va muhofaza qilishda huquqni muhofaza
qilish organlarining roli
Inson huquqlarini O‘zbekiston Respublikasining sud organlari orqali
himoya qilish inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmining
tarkibiy va hal qiluvchi qismidir. Chunki, sud buzilgan inson huquqlari va
erkinliklarini tiklash tizimida eng muhim vosita hisoblanadi. Har bir shaxsning
huquq va erkinliklarini sud tomonidan muhofaza etilishi, davlat organlari,
mansabdor shaxslar va jamoat birlashmalarining noqonuniy harakatlaridan sudga
shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan va boshqa
jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishi e’lon qilindi.
Mamlakatdagi
huquqni
muhofaza
qiluvchi
organlar
tizimi
davlat
hokimiyatining an’naviy tizimi sifatida inson huquqlari va erkinliklarini himoya
qilishdagi ishtiroki beqiyos hisoblanadi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining prokuratura organlari huquqni
muhofaza qiluvchi, shu jumladan, inson huquqlarini himoya qilish tizimida muhim
va asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Qonuniylik va huquqiy tartibotga rioya etish
ustidan nazorat qiladigan davlat organi bo‘lgan prokuratura nafaqat davlat
hokimiyatini mustahkamlash vazifasini, balki inson va fuqaroning konstitutsiyaviy
huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha muhim ijtimoiy vazifani ham
bajaradi. Aynan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini davlat organlari
mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari yoki harakatsizligidan himoya
qilish O‘zbekistonda huquqiy davlat barpo etish jarayonida muhim ahamiyat kasb
etadi.
O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari huquqni muhofaza
qilish idoralari tizimiga kiradi. Ichki ishlar idoralarining asosiy vazifalariga
konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash,
fuqarolarning hamda korxona, muassasa va tashkilotlarning mulkini, huquq va
erkinliklarini har xil jinoiy tajovuzlardan va boshqa huquqbuzarliklardan himoya
qilish, jinoyatchilikning oldini olish va sodir etilgan jinoyatlarning qisqa fursatda
to‘liq ochilishini ta’minlash, jinoyatni sodir etish sabablarini aniqlab, ularni bartaraf
etish, sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish, pasport tizimi faoliyatini ta’minlash
(fuqarolarga pasport berilishini, ularning ro‘yxatdan o‘tishi va chiqishini, vizalarini
rasmiylashtirish), yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, ma’muriy javobgarlik va
jinoiy jazolarni bajarilishini ta’minlash, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, fuqarolar
tomonidan o‘q otar qurollarni sotib olish, saqlash va olib yurish tartibini nazorat
qilish va rasmiylashtirish kabi ko‘plab vazifalar kiradi.
3. Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar.
O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar tizimi tarkibiga
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili
(ombudsman), Prezident huzuridagi tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha
vakil (biznes-ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazi institutlari kiradi. Ularning faoliyati biz oldingi mavzularda ko‘rib
chiqqan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro andozalar va ilg‘or xorijiy tajriba asosida
tashkil etilgan va doimiy ravishda takomillashib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha
vakili
(ombudsman) fuqarolar
huquqlarining
beg‘araz
va
insonparvar
himoyachisidir: u inson huquqlari buzilganligi to‘g‘risidagi shikoyatlarni ko‘rib
chiqadi va tekshiradi, ayrim tashkilotlar va mansabdor shaxslar yo‘l qo‘ygan
xatoliklarni tugatish yuzasidan tadbirlar tavsiya qiladi, fuqarolarning huquqlari
tiklanishiga yordamlashib, inson huquqlarining jiddiy ravishda buzilishiga sababchi
bo‘lgan shaxslarni qonunga binoan javobgarlikka tortish to‘g‘risida tavsiya qilishga
ham haqlidir. Ombudsmanning mintaqaviy vakillari 2000 yildan buyon
O‘zbekistonning barcha mintaqalarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ular
fuqarolarning kelib tushgan murojaatlari bo‘yicha joylarga, shuningdek, ozodlikdan
mahrum etish joylariga ham chiqib, o‘z tekshiruvlarini amalga oshirish, yana
shuningdek, tegishli mintaqalardagi Xalq deputatlari kengashlari majlislarida
joylardagi inson huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha axborotlarni taqdim etish yo‘li
bilan Ombudsman ishining samaradorligini ancha kuchaytirmoqda. Bugunga kelib,
Ombudsman huzurida Bola huquqlari bo‘yicha ombudsman instituti ham joriy
etilgan.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
huzuridagi
tadbirkorlar
huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (biznes-ombudsmen) tadbirkorlarning
davlat tomonidan belgilangan huquqlari himoyasi uchun xizmat qiladi. Prezident
huzuridagi tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning vazifalari va
huquqlari tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlarning huquq va
manfaatlarini himoya qilish borasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga
oshirishda ishtirok etish, tadbirkorlar faoliyati tekshiruvida ularni qonuniy
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarning manfaatlarini ko‘zlab, sudlarga
da’vo arizalari berish, ularning faoliyatini monitoring qilib borishdan iborat.
4. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi
O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlarini himoya qiluvchi milliy
institutlari orasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy
markazi xalqaro va milliy idoralararo muvofiqlashtiruvchi rol o‘ynaydi. Inson
huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi inson huquqlari
sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bo‘yicha
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini, milliy ma’ruzalar
tayyorlanishini, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlikni kengaytirishni ta’minlovchi davlat organi hisoblanadi. Markaz o‘z
vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlar, ularning mansabdor
shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Markaz har yili O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari sohasidagi
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati
to‘g‘risida axborot taqdim etadi. Markaz davlat organlari, fuqarolik jamiyati
institutlari, ta’lim, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga inson
huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini
bajarish masalalari bo‘yicha ko‘maklashadi.
5. Milliy preventiv mexanizm qiynoqlarni oldini olish mexanizmi sifatida
Harakatlar
strategiyasini
amalga
oshirish
doirasida
“O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 2019 yilda Qiynoqqa solish va
boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda
jazo turlarining oldini olishga doir Milliy preventiv mexanizmini joriy etish bilan
bog‘liq (2019 yil 14 martda qabul qilingan O‘RQ–530-sonli Qonun) o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili
(ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushlab
turilgan va hibsga olingan, ma’muriy qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum
qilingan shaxslar Ombudsmanga yozma shaklda soni cheklamagan tarzda
murojaatlar (xatlar va telegrammalar) yuborish huquqiga ega. Ombudsman nomiga
yo‘llanadigan murojaatlar senzura qilinmaydi. Jazoni ijro etish muassasalari,
qamoqda saqlash joylari va maxsus saqlab turish joylarining ma’muriyati qamoqda
saqlanayotgan shaxslarning murojaatlarini muhrlangan holda yigirma to‘rt soatdan
kechiktirmay, telegrammalarni esa zudlik bilan yuboradi. Ombudsmanning javobi
ko‘rib chiqilmaydi va u murojaat etuvchiga darhol yetkaziladi.
Ombudsman fuqarolarning shikoyatlarini, shuningdek ularning huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi holatlarini o‘z tashabbusi bilan ko‘rib
chiqayotganda jazoni ijro etish muassasalariga, qamoqda saqlash joylariga va
maxsus saqlab turish joylariga moneliksiz tashrif buyurish huquqiga ega. Mazkur
muassasalar ma’muriyatlari Ombudsmanga ushbu muassasalar xodimlarining ularni
ko‘rishga imkon beradigan, ammo eshitishga imkon bermaydigan sharoitda
qamoqda saqlab turilgan mahbuslar bilan moneliksiz va maxfiy uchrashuvlar hamda
suhbatlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berishlari shart.
Shuningdek, ushbu normalar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya
kodeksida, “Jinoyat ishini yuritish jarayonida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda ham
keltirib o‘tilgan.
Xalqaro-huquqiy hujjatlarni va Milliy preventiv mexanizmni rivojlantirish
sohasidagi xorijiy tajribani har tomonlama o‘rganish maqsadida Ombudsman
YeXHT loyihalarining muvofiqlashtiruvchisi, O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot
dasturi, BMT IHOKBning Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi hamda “Xalqaro