INSON HUQUQLARI BO‘YICHA MINTAQAVIY MEXANIZMLAR

Yuklangan vaqt

2025-03-18

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

37,6 KB


 
 
 
 
 
 
INSON HUQUQLARI BO‘YICHA MINTAQAVIY MEXANIZMLAR 
 
 
 
1. 
Inson huquqlarining yevropa tizimi – eng samarali mintaqaviy tizim 
sifatida.  
2. 
Inson huquqlari afrika tizimi va uning xususiyatlari. 
3. 
Inson huquqlari amerikalararo tizimi va uning xususiyatlari.  
4. 
Inson huquqlari islom tizimi va uchun hozirgi zamondagi roli.  
5. 
Inson huquqlari osiyo tizimining rivojlanish istiqbollari.  
6. 
Inson huquqlari bo‘yicha mintaqaviy sud organlari amaliyoti tahlili. 
 
1. Inson huquqlarining yevropa tizimi – eng samarali mintaqaviy tizim 
sifatida.  
Yevropada inson huquqlari va erkinliklarini himoya etish bilan shug‘ullanuvchi 
eng mo‘tabar va nufuzli tashkilot Yevropa Kengashi hisoblanadi. 1949 yilning 5 
may kuni London shahrida qabul qilingan Statut (Nizomning)ning 1-moddasiga 
binoan, mazkur Kengashning maqsadi o‘z a’zolarining «mushtarak merosi bo‘lgan 
hamda ularning iqtisodiy va ijtimoiy ravnaq topishini kuchaytirishga yordam 
beradigan» g‘oyalari bilan tamoyillarini saqlab qolish hamda bunday g‘oya va 
tamoyillarni ro‘yobga chiqarish muddaosini ko‘zlab, a’zolar birligiga erishishdan 
iborat. 
Kengash ikki asosiy organdan iborat: Vazirlar Qo‘mitasi va Parlament 
Assambleyasi. Vazirlar Qo‘mitasi qarorlar qabul qiladigan organ bo‘lib, a’zo-
davlatlarning tashqi ishlar vazirlaridan iborat. Yilda ikki marotaba yig‘iladi va 
maxsus sessiyalar ham o‘tkazilishi mumkin. Rais har olti oyda almashadi. Parlament 
INSON HUQUQLARI BO‘YICHA MINTAQAVIY MEXANIZMLAR 1. Inson huquqlarining yevropa tizimi – eng samarali mintaqaviy tizim sifatida. 2. Inson huquqlari afrika tizimi va uning xususiyatlari. 3. Inson huquqlari amerikalararo tizimi va uning xususiyatlari. 4. Inson huquqlari islom tizimi va uchun hozirgi zamondagi roli. 5. Inson huquqlari osiyo tizimining rivojlanish istiqbollari. 6. Inson huquqlari bo‘yicha mintaqaviy sud organlari amaliyoti tahlili. 1. Inson huquqlarining yevropa tizimi – eng samarali mintaqaviy tizim sifatida. Yevropada inson huquqlari va erkinliklarini himoya etish bilan shug‘ullanuvchi eng mo‘tabar va nufuzli tashkilot Yevropa Kengashi hisoblanadi. 1949 yilning 5 may kuni London shahrida qabul qilingan Statut (Nizomning)ning 1-moddasiga binoan, mazkur Kengashning maqsadi o‘z a’zolarining «mushtarak merosi bo‘lgan hamda ularning iqtisodiy va ijtimoiy ravnaq topishini kuchaytirishga yordam beradigan» g‘oyalari bilan tamoyillarini saqlab qolish hamda bunday g‘oya va tamoyillarni ro‘yobga chiqarish muddaosini ko‘zlab, a’zolar birligiga erishishdan iborat. Kengash ikki asosiy organdan iborat: Vazirlar Qo‘mitasi va Parlament Assambleyasi. Vazirlar Qo‘mitasi qarorlar qabul qiladigan organ bo‘lib, a’zo- davlatlarning tashqi ishlar vazirlaridan iborat. Yilda ikki marotaba yig‘iladi va maxsus sessiyalar ham o‘tkazilishi mumkin. Rais har olti oyda almashadi. Parlament  
 
Assambleyasi a’zo-davlatlarning milliy parlamentlari tomonidan tayinlangan 
vakillaridan iborat. 
Bugungi kunda Yevropa Kengashi jahondagi yirik tashkilotlardan biri bo‘lishi 
bilan bir qatorda, inson huquqlarini himoya etish borasida nufuzli tuzilma ham 
hisoblanadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, inson huquqlariga rioya etish tamoyili 
Yevropa Kengashi Nizomi (Statuti)da mustahkamlab berilgan. 
Yevropa Kengashining faoliyati mobaynida 200 ga yaqin konvensiya, shu 
jumladan, Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya etish to‘g‘risidagi 
Yevropa konvensiyasi qabul qilingan1. Yevropa miqyosida qabul qilingan 10ta 
konvensiya va bitim, shu jumladan, Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya 
etish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi va Ijtimoiy xartiya yopiq hujjatlar 
hisoblanadi. Boshqa hujjatlar esa ochiq yoki qisman ochiq xususiyatga ega. 
Yevropa Kengashining nazoratni amalga oshirish mexanizmi tarkibiga Inson 
huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi va Yevropa Vazirlar qo‘mitasi kiradi. Yevropa 
konvensiyasiga muvofiq tashkil topgan inson huquqlarini himoya etish mexanizmi 
Yevropa Kengashiga a’zo-davlatlarning davlat suverenitetini mutlaqlashtirishda 
qaror topgan andozalardan voz kechishni taqozo etadi.  
1961 yilda qabul qilingan Yevropa ijtimoiy xartiyasi ham Yevropa 
konvensiyasi singari Yevropa Kengashi rahnamoligi ostida ishlab chiqilgan. Mazkur 
Xartiya fuqarolik va siyosiy huquqlarni kafolatlovchi konvensiyani iqtisodiy va 
ijtimoiy huquqlarni himoya etish uchun mintaqaviy yevropacha tizim yaratish yo‘li 
bilan to‘ldiradi. Shu Xartiyaga muvofiq, davlatlarning ular o‘z majburiyatlariga 
qanday rioya etayotganligini nazorat etib borishni ta’minlaydigan ma’ruzalarni 
taqdim etish tizimi ishlab chiqilgan.  
Inson huquqlari va asosiy erkinliklari bo‘yicha Yevropa konvensiyasi nafaqat 
inson huquqlari doirasidagi asosiy huquqlarni e’lon qildi, balki ularni himoya 
qilishning o‘ziga xos mexanizmini ham tashkil etdi. Dastlab, ushbu mexanizm uchta 
organdan iborat edi: Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa komissiyasi, Inson huquqlari 
bo‘yicha Yevropa sudi va Yevropa kengashining Vazirlar qo‘mitasi. 1998 yilning 1 
                                                           
1 Право Совета Европы и Россия (сборник документов, материалов). -Краснодар, 1996. 
Assambleyasi a’zo-davlatlarning milliy parlamentlari tomonidan tayinlangan vakillaridan iborat. Bugungi kunda Yevropa Kengashi jahondagi yirik tashkilotlardan biri bo‘lishi bilan bir qatorda, inson huquqlarini himoya etish borasida nufuzli tuzilma ham hisoblanadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, inson huquqlariga rioya etish tamoyili Yevropa Kengashi Nizomi (Statuti)da mustahkamlab berilgan. Yevropa Kengashining faoliyati mobaynida 200 ga yaqin konvensiya, shu jumladan, Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya etish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi qabul qilingan1. Yevropa miqyosida qabul qilingan 10ta konvensiya va bitim, shu jumladan, Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya etish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi va Ijtimoiy xartiya yopiq hujjatlar hisoblanadi. Boshqa hujjatlar esa ochiq yoki qisman ochiq xususiyatga ega. Yevropa Kengashining nazoratni amalga oshirish mexanizmi tarkibiga Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi va Yevropa Vazirlar qo‘mitasi kiradi. Yevropa konvensiyasiga muvofiq tashkil topgan inson huquqlarini himoya etish mexanizmi Yevropa Kengashiga a’zo-davlatlarning davlat suverenitetini mutlaqlashtirishda qaror topgan andozalardan voz kechishni taqozo etadi. 1961 yilda qabul qilingan Yevropa ijtimoiy xartiyasi ham Yevropa konvensiyasi singari Yevropa Kengashi rahnamoligi ostida ishlab chiqilgan. Mazkur Xartiya fuqarolik va siyosiy huquqlarni kafolatlovchi konvensiyani iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoya etish uchun mintaqaviy yevropacha tizim yaratish yo‘li bilan to‘ldiradi. Shu Xartiyaga muvofiq, davlatlarning ular o‘z majburiyatlariga qanday rioya etayotganligini nazorat etib borishni ta’minlaydigan ma’ruzalarni taqdim etish tizimi ishlab chiqilgan. Inson huquqlari va asosiy erkinliklari bo‘yicha Yevropa konvensiyasi nafaqat inson huquqlari doirasidagi asosiy huquqlarni e’lon qildi, balki ularni himoya qilishning o‘ziga xos mexanizmini ham tashkil etdi. Dastlab, ushbu mexanizm uchta organdan iborat edi: Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa komissiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi va Yevropa kengashining Vazirlar qo‘mitasi. 1998 yilning 1 1 Право Совета Европы и Россия (сборник документов, материалов). -Краснодар, 1996.  
 
noyabridan Yevropa konvensiyasining 11-sonli protokoli kuchga kirishi bilan Inson 
huquqlari bo‘yicha Yevropa komissiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi 
bitta, doimiy faoliyat yurituvchi organ - Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga 
birlashtirildi. Uning joylashgan joyi sifatida Strasburgdagi Inson huquqlari saroyi 
(Fransiya) tanlandi, Yevropa Kengashi ham shu yerda joylashgan. 
Yevropa konvensiyasiga binoan, Sud dastlab faqat taraflar o‘rtasidagi nizolar 
bo‘yicha yurisdiksiyaga ega edi, xolos. 1970 yilda Konvensiyaga doir Protokol 
kuchga kirganligi natijasida mazkur Sud maslahat yurisdiksiyasiga ham ega bo‘lgan. 
Konvensiyaga muvofiq, bu Sudga individlar, ya’ni ayrim shaxslar murojaat qilish 
huquqiga ega. Umuman, bu sud insonni xalqaro huquqning cheklangan sub’ekti 
sifatida e’tirof etishga asos bo‘ladigan yurisdiksiyaga ega. Ya’ni, bilamizki, xalqaro 
huquqqa muvofiq, individlar o‘z davlati ustidan BMTning Xalqaro sudiga murojaat 
qilish huquqiga ega emaslar, chunki ushbu Xalqaro sudning Statuti individlarni 
Sudning tomonlari sifatida e’tirof etmaydi. Ammo Yevropa sudi, birinchi o‘rinda, 
individlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun tashkil etilgan bo‘lib, bu sohada 
samarali sudlov tizimi hisoblanadi. Sudga, shuningdek, boshqa davlatlarning 
fuqarolari ham murojaat etishi mumkin, agar ularning huquqlari Sudning 
yurisdiksiyasini tan olgan davlatlar hududida buzilgan bo‘lsa.  
 
2. Inson huquqlari afrika tizimi va uning xususiyatlari 
1963 yilda qabul qilingan Afrika birligi tashkiloti (ABT) xartiyasi dastlabki 
mintaqaviy shartnomalardan hisoblanadi. Afrika birligi tashkiloti xartiyasining 
inson huquqlariga taalluqli boshqa qoidalarida Afrika davlatlari barcha shakl va 
ko‘rinishdagi mustamlakachilikni tag-tomiri bilan tugatishga tarafdor hamda Afrika 
xalqlarini rivojlantirish uchun iqtisodiy sharoitlar yaratish ishiga sodiq ekanligi 
ta’kidlanadi.  
1981 yilda qabul qilingan va 1986 yilda kuchga kirgan Inson va xalqlar 
huquqlari bo‘yicha Afrika xartiyasi Muqaddimadan va 68 moddani o‘z ichiga olgan 
uchta qismdan iborat. Uning huquqlar va majburiyatlarga bag‘ishlangan I qismi 
ikkita bobga bo‘lingan bo‘lib, ularda inson va xalqlarning huquqlari (1-26-
noyabridan Yevropa konvensiyasining 11-sonli protokoli kuchga kirishi bilan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa komissiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi bitta, doimiy faoliyat yurituvchi organ - Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga birlashtirildi. Uning joylashgan joyi sifatida Strasburgdagi Inson huquqlari saroyi (Fransiya) tanlandi, Yevropa Kengashi ham shu yerda joylashgan. Yevropa konvensiyasiga binoan, Sud dastlab faqat taraflar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha yurisdiksiyaga ega edi, xolos. 1970 yilda Konvensiyaga doir Protokol kuchga kirganligi natijasida mazkur Sud maslahat yurisdiksiyasiga ham ega bo‘lgan. Konvensiyaga muvofiq, bu Sudga individlar, ya’ni ayrim shaxslar murojaat qilish huquqiga ega. Umuman, bu sud insonni xalqaro huquqning cheklangan sub’ekti sifatida e’tirof etishga asos bo‘ladigan yurisdiksiyaga ega. Ya’ni, bilamizki, xalqaro huquqqa muvofiq, individlar o‘z davlati ustidan BMTning Xalqaro sudiga murojaat qilish huquqiga ega emaslar, chunki ushbu Xalqaro sudning Statuti individlarni Sudning tomonlari sifatida e’tirof etmaydi. Ammo Yevropa sudi, birinchi o‘rinda, individlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun tashkil etilgan bo‘lib, bu sohada samarali sudlov tizimi hisoblanadi. Sudga, shuningdek, boshqa davlatlarning fuqarolari ham murojaat etishi mumkin, agar ularning huquqlari Sudning yurisdiksiyasini tan olgan davlatlar hududida buzilgan bo‘lsa. 2. Inson huquqlari afrika tizimi va uning xususiyatlari 1963 yilda qabul qilingan Afrika birligi tashkiloti (ABT) xartiyasi dastlabki mintaqaviy shartnomalardan hisoblanadi. Afrika birligi tashkiloti xartiyasining inson huquqlariga taalluqli boshqa qoidalarida Afrika davlatlari barcha shakl va ko‘rinishdagi mustamlakachilikni tag-tomiri bilan tugatishga tarafdor hamda Afrika xalqlarini rivojlantirish uchun iqtisodiy sharoitlar yaratish ishiga sodiq ekanligi ta’kidlanadi. 1981 yilda qabul qilingan va 1986 yilda kuchga kirgan Inson va xalqlar huquqlari bo‘yicha Afrika xartiyasi Muqaddimadan va 68 moddani o‘z ichiga olgan uchta qismdan iborat. Uning huquqlar va majburiyatlarga bag‘ishlangan I qismi ikkita bobga bo‘lingan bo‘lib, ularda inson va xalqlarning huquqlari (1-26-  
 
moddalar) va majburiyatlari (27-29-moddalar) bayon etilgan. Kafolatlarga 
bag‘ishlangan II qism to‘rtta bobdan iborat bo‘lib, ularda Afrika inson va xalqlar 
huquqlari 
komissiyasini 
tuzish 
(30-44-moddalar), mazkur 
Komissiyaning 
vakolatlari, faoliyat ko‘rsatish taomillari va tamoyillari (45-63-moddalar) ta’riflab 
o‘tiladi2. Afrika mintaqasida inson huquqlari bo‘yicha huquqiy hujjatlarga, yana 
shuningdek, Bola huquqlari va farovonligi bo‘yicha Afrika xartiyasi (1990 yilda 
qabul qilingan) ham kiradi. 
Afrika Ittifoqi (sobiq Afrika birligi tashkiloti) doirasida qabul qilingan inson 
huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar ro‘yxati:  
 Inson va xalqlar huquqlari bo‘yicha Afrika xartiyasi (1982-1986); 
 Afrikada 
qochoqlar 
muammosining 
ayrim 
jihatlarini 
boshqarish 
to‘g‘risidagi konvensiya (1969-1974); 
 Afrika bolalarining huquqlari va farovonligi to‘g‘risidagi konvensiya (1990-
1999). 
Afrika inson va xalqlar huquqlari komissiyasi. 1987 yilda tashkil etilgan 
hamda a’zo-davlatlar tomonidan tayinlanib, ABT davlatlari va hukumatlari 
boshliqlari tomonidan saylanadigan 11 a’zodan iborat mazkur Komissiyaning asosiy 
vazifasi inson va xalqlar huquqlarini rag‘batlantirish hamda shu yo‘nalishda tegishli 
normalar ishlab chiqishga qaratilgan. Komissiya davlatlardan axborotlar va boshqa 
xabarlar olishi hamda ko‘rib chiqishi mumkin. Boshqa xabarlar jumlasiga ayrim 
shaxslar yoki bir guruh shaxslardan, shuningdek, inson huquqlari masalalari bilan 
shug‘ullanuvchi tashkilotlar yoki muassasalardan olinadigan xabarlar ham kiradi. 
Afrika komissiyasi, yana shuningdek, “asosida Afrika mamlakatlari hukumatlari o‘z 
qonunchiligini ishlab chiqishi mumkin bo‘lgan inson va xalqlar huquqlari va asosiy 
erkinliklari bilan bog‘liq bo‘lgan huquq muammolarini hal qilishga qaratilgan 
tamoyillar va normalarni shakllantirish va belgilash” vakolatiga ham ega (Afrika 
xartiyasi, 45 modda, 1 (b) qismi). 1992 yili Komissiya Afrika xartiyasida ko‘zda 
tutilgan odil sudlovni kengaytirish va mustahkamlashni ko‘zda tutuvchi “Regress va 
                                                           
2 Қаранг: Африканская хартия прав человека и народов // Международное сотрудничество в области прав 
человека. –М., 1993. Вып. 2. -С. 225–240. 
moddalar) va majburiyatlari (27-29-moddalar) bayon etilgan. Kafolatlarga bag‘ishlangan II qism to‘rtta bobdan iborat bo‘lib, ularda Afrika inson va xalqlar huquqlari komissiyasini tuzish (30-44-moddalar), mazkur Komissiyaning vakolatlari, faoliyat ko‘rsatish taomillari va tamoyillari (45-63-moddalar) ta’riflab o‘tiladi2. Afrika mintaqasida inson huquqlari bo‘yicha huquqiy hujjatlarga, yana shuningdek, Bola huquqlari va farovonligi bo‘yicha Afrika xartiyasi (1990 yilda qabul qilingan) ham kiradi. Afrika Ittifoqi (sobiq Afrika birligi tashkiloti) doirasida qabul qilingan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar ro‘yxati:  Inson va xalqlar huquqlari bo‘yicha Afrika xartiyasi (1982-1986);  Afrikada qochoqlar muammosining ayrim jihatlarini boshqarish to‘g‘risidagi konvensiya (1969-1974);  Afrika bolalarining huquqlari va farovonligi to‘g‘risidagi konvensiya (1990- 1999). Afrika inson va xalqlar huquqlari komissiyasi. 1987 yilda tashkil etilgan hamda a’zo-davlatlar tomonidan tayinlanib, ABT davlatlari va hukumatlari boshliqlari tomonidan saylanadigan 11 a’zodan iborat mazkur Komissiyaning asosiy vazifasi inson va xalqlar huquqlarini rag‘batlantirish hamda shu yo‘nalishda tegishli normalar ishlab chiqishga qaratilgan. Komissiya davlatlardan axborotlar va boshqa xabarlar olishi hamda ko‘rib chiqishi mumkin. Boshqa xabarlar jumlasiga ayrim shaxslar yoki bir guruh shaxslardan, shuningdek, inson huquqlari masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar yoki muassasalardan olinadigan xabarlar ham kiradi. Afrika komissiyasi, yana shuningdek, “asosida Afrika mamlakatlari hukumatlari o‘z qonunchiligini ishlab chiqishi mumkin bo‘lgan inson va xalqlar huquqlari va asosiy erkinliklari bilan bog‘liq bo‘lgan huquq muammolarini hal qilishga qaratilgan tamoyillar va normalarni shakllantirish va belgilash” vakolatiga ham ega (Afrika xartiyasi, 45 modda, 1 (b) qismi). 1992 yili Komissiya Afrika xartiyasida ko‘zda tutilgan odil sudlovni kengaytirish va mustahkamlashni ko‘zda tutuvchi “Regress va 2 Қаранг: Африканская хартия прав человека и народов // Международное сотрудничество в области прав человека. –М., 1993. Вып. 2. -С. 225–240.  
 
odil sud protsedurasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risida”gi rezolyusiyani (Afrika 
komissiyasi Rezolyusiyasi) qabul qildi.  
Inson va xalqlar huquqlari bo‘yicha Afrika sudi. 1998 yilning fevralidagi 
ABDning Vazirlar kengashi majlisida Afrika xartiyasiga Inson va xalqlar huquqlari 
bo‘yicha Afrika sudini tashkil etish bo‘yicha Protokol qabul qilindi. Afrika sudi 
Afrika komissiyasining huquqni himoya qilish mandatini to‘ldiradi. Sud Afrika 
xartiyasi a’zo-davlatlari, Afrika komissiyasi va ABD organlarining so‘rovlari 
bo‘yicha maslahatlar berishi mumkin. Sud 2004 yilda, Protokolni 15 davlat 
ratifikatsiya qilganidan so‘ng ta’sis etildi.  
 
3. Inson huquqlari amerikalararo tizimi va uning xususiyatlari. 
Inson huquqlarining Amerika mamlakatlararo tizimi quyidagi huquqiy 
manbalarga tayanadi: Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) xartiyasi (ba’zi 
adabiyotlarda Ustav deyiladi,  1948 yil qabul qilingan va 1951 yil kuchga kirgan), 
Inson huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risidagi Amerika deklaratsiyasi (1948 y.), 
Inson huquqlari bo‘yicha Amerika konvensiyasi (“San-Xose pakti”, 1969 yil 
qabul qilingan va 1978 yil kuchga kirgan.), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy 
huquqlar bo‘yicha Amerika konvensiyasiga Protokol (1988 y.), O‘lim jazosini 
bekor qilish bo‘yicha Amerika konvensiyasiga Protokol (1990 y.), Qiynoqlarga 
barham berish va ularni qo‘llaganlik uchun jazolash to‘g‘risidagi Amerikalararo 
konvensiya (1985 yil qabul qilingan va 1987 yil kuchga kirgan.), Ayollar ustidan 
zo‘ravonliklarning oldini olish, jazolash va tugatish to‘g‘risidagi Amerikalararo 
konvensiya (“Belem do Para konvensiyasi”, 1994 yil qabul qilingan va 1995 yil 
kuchga kirgan.), Majburan yo‘qolayotgan inson to‘g‘risidagi Amerikalararo 
konvensiya (1994 qabul qilingan va 1996 yil kuchga kirgan).  
Amerika davlatlari tashkilotining 1951 yilda kuchga kirgan Xartiyasida inson 
huquqlariga bag‘ishlangan qoidalar ko‘p emas. Shulardan biri 3 j-modda (endilikda 
5 j-modda) bo‘lib, unga muvofiq, Ustavni imzolagan davlatlar individlarning asosiy 
huquqlariga, irqi, millati, dini yoki jinsiga ko‘ra biron-bir tarzda farqlamagan holda 
odil sud protsedurasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risida”gi rezolyusiyani (Afrika komissiyasi Rezolyusiyasi) qabul qildi. Inson va xalqlar huquqlari bo‘yicha Afrika sudi. 1998 yilning fevralidagi ABDning Vazirlar kengashi majlisida Afrika xartiyasiga Inson va xalqlar huquqlari bo‘yicha Afrika sudini tashkil etish bo‘yicha Protokol qabul qilindi. Afrika sudi Afrika komissiyasining huquqni himoya qilish mandatini to‘ldiradi. Sud Afrika xartiyasi a’zo-davlatlari, Afrika komissiyasi va ABD organlarining so‘rovlari bo‘yicha maslahatlar berishi mumkin. Sud 2004 yilda, Protokolni 15 davlat ratifikatsiya qilganidan so‘ng ta’sis etildi. 3. Inson huquqlari amerikalararo tizimi va uning xususiyatlari. Inson huquqlarining Amerika mamlakatlararo tizimi quyidagi huquqiy manbalarga tayanadi: Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) xartiyasi (ba’zi adabiyotlarda Ustav deyiladi, 1948 yil qabul qilingan va 1951 yil kuchga kirgan), Inson huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risidagi Amerika deklaratsiyasi (1948 y.), Inson huquqlari bo‘yicha Amerika konvensiyasi (“San-Xose pakti”, 1969 yil qabul qilingan va 1978 yil kuchga kirgan.), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha Amerika konvensiyasiga Protokol (1988 y.), O‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha Amerika konvensiyasiga Protokol (1990 y.), Qiynoqlarga barham berish va ularni qo‘llaganlik uchun jazolash to‘g‘risidagi Amerikalararo konvensiya (1985 yil qabul qilingan va 1987 yil kuchga kirgan.), Ayollar ustidan zo‘ravonliklarning oldini olish, jazolash va tugatish to‘g‘risidagi Amerikalararo konvensiya (“Belem do Para konvensiyasi”, 1994 yil qabul qilingan va 1995 yil kuchga kirgan.), Majburan yo‘qolayotgan inson to‘g‘risidagi Amerikalararo konvensiya (1994 qabul qilingan va 1996 yil kuchga kirgan). Amerika davlatlari tashkilotining 1951 yilda kuchga kirgan Xartiyasida inson huquqlariga bag‘ishlangan qoidalar ko‘p emas. Shulardan biri 3 j-modda (endilikda 5 j-modda) bo‘lib, unga muvofiq, Ustavni imzolagan davlatlar individlarning asosiy huquqlariga, irqi, millati, dini yoki jinsiga ko‘ra biron-bir tarzda farqlamagan holda  
 
rioya etish majburiyatini zimmalariga oladilar. Inson huquqlariga tayanadigan yana 
bir muhim norma 13-moddada (hozirgi 16-modda) mujassam bo‘lgan.  
Amerika davlatlari tashkiloti xartiyasi tasdiqlangan konferensiyaning o‘zida 
Amerika inson huquqlari va majburiyatlari deklaratsiyasi ham qabul etilib, unda 
insonning 27 ta huquqi va 10 ta majburiyati e’lon qilingan.  
1969 yilda qabul qilingan Inson huquqlari to‘g‘risidagi Amerika konvensiyasi 
fuqarolik va siyosiy huquqlarning o‘n ikkita umumiy toifasini, masalan, huquq 
sub’ekti ekanlikni e’tirof etish huquqi, yashash huquqi, insoniy muomalada 
bo‘lishning ta’minlanishi huquqi, ishni sudda adolatli tarzda muhokama etish 
huquqi, mulk huquqi, uyushmalar tuzish va ularga kirish erkinligi huquqini 
kafolatlaydi3. 
 
Umuman olganda, Amerika davlatlari tashkiloti doirasida qabul qilingan 
xalqaro shartnomalar ro‘yxatini quyidagicha keltirish mumkin:  
 Inson huquqlari bo‘yicha Amerika konvensiyasi (1969-1978) va unga 
qo‘shimcha Fakultativ protokollar; 
 Qiynoqning oldini olish va uning uchun jazolash to‘g‘risidagi Amerika 
davlatlararo konvensiyasi (1985-1987); 
 Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, uning uchun jazolash va 
bunday holatlarga barham berish bo‘yicha Amerika davlatlararo konvensiyasi 
(1994-1995); 
 Shaxslarning zo‘rlik ostida g‘oyib bo‘lishi to‘g‘risidagi Amerika 
davlatlararo konvensiyasi (1994-1996); 
 Balog‘atga yetmagan bolalar xalqaro traffiki bo‘yicha Amerika davlatlararo 
konvensiyasi (1994-1997); 
 Nogironlarga 
qarshi 
kamsitishlarning 
barcha 
shakllarini 
tugatish 
to‘g‘risidagi Amerika davlatlararo konvensiyasi (1999-2001). 
Inson huquqlari bo‘yicha Amerika mamlakatlariaro komissiya. Mazkur 
Komissiyaning 
asosiy 
vazifalari 
Inson 
huquqlari 
to‘g‘risidagi 
Amerika 
konvensiyasining 41-moddasida mujassamdir. Bu moddada Komissiyaning 
                                                           
3 Қаранг: Международное сотрудничество в области прав человека. -М., 1993. Вып. 2. -С.157–180. 
rioya etish majburiyatini zimmalariga oladilar. Inson huquqlariga tayanadigan yana bir muhim norma 13-moddada (hozirgi 16-modda) mujassam bo‘lgan. Amerika davlatlari tashkiloti xartiyasi tasdiqlangan konferensiyaning o‘zida Amerika inson huquqlari va majburiyatlari deklaratsiyasi ham qabul etilib, unda insonning 27 ta huquqi va 10 ta majburiyati e’lon qilingan. 1969 yilda qabul qilingan Inson huquqlari to‘g‘risidagi Amerika konvensiyasi fuqarolik va siyosiy huquqlarning o‘n ikkita umumiy toifasini, masalan, huquq sub’ekti ekanlikni e’tirof etish huquqi, yashash huquqi, insoniy muomalada bo‘lishning ta’minlanishi huquqi, ishni sudda adolatli tarzda muhokama etish huquqi, mulk huquqi, uyushmalar tuzish va ularga kirish erkinligi huquqini kafolatlaydi3. Umuman olganda, Amerika davlatlari tashkiloti doirasida qabul qilingan xalqaro shartnomalar ro‘yxatini quyidagicha keltirish mumkin:  Inson huquqlari bo‘yicha Amerika konvensiyasi (1969-1978) va unga qo‘shimcha Fakultativ protokollar;  Qiynoqning oldini olish va uning uchun jazolash to‘g‘risidagi Amerika davlatlararo konvensiyasi (1985-1987);  Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, uning uchun jazolash va bunday holatlarga barham berish bo‘yicha Amerika davlatlararo konvensiyasi (1994-1995);  Shaxslarning zo‘rlik ostida g‘oyib bo‘lishi to‘g‘risidagi Amerika davlatlararo konvensiyasi (1994-1996);  Balog‘atga yetmagan bolalar xalqaro traffiki bo‘yicha Amerika davlatlararo konvensiyasi (1994-1997);  Nogironlarga qarshi kamsitishlarning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Amerika davlatlararo konvensiyasi (1999-2001). Inson huquqlari bo‘yicha Amerika mamlakatlariaro komissiya. Mazkur Komissiyaning asosiy vazifalari Inson huquqlari to‘g‘risidagi Amerika konvensiyasining 41-moddasida mujassamdir. Bu moddada Komissiyaning 3 Қаранг: Международное сотрудничество в области прав человека. -М., 1993. Вып. 2. -С.157–180.  
 
Amerika davlatlari tashkilotining organi sifatidagi vazifalari belgilangan hamda 
uning Konvensiyaning 44–51-moddalarida ta’riflangan «vakolat doirasiga muvofiq 
petitsiyalar va boshqa xabarlar yuzasidan choralar ko‘rish»ga vakil qilinganligi 
aytilgan. Komissiya ADTning maslahat organi sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. 
Komissiya a’zo-davlatlarning so‘roviga ko‘ra yoki uning roziligi bilan joylarga 
tashriflarni amalga oshirishi, maxsus tadqiqotlarni tayyorlashi, hukumatlarga inson 
huquqlari himoyasi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berishi va 
ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobotlarni taqdim etishini so‘rab davlatlarga 
murojaat qilishi mumkin.  
Komissiya Amerika deklaratsiyasida va a’zo-davlatlarga nisbatan Amerika 
konvensiyasida mustahkamlab qo‘yilgan huquqlarning buzilishi bilan bog‘liq 
hollarda xususiy shaxslardan, bir guruh shaxslardan va nohukumat tashkilotlaridan 
shikoyatlarni qabul qilishi mumkin. Favqulodda holatlarda esa, Komissiya 
insonlarni himoya qilish bilan bog‘liq ehtiyot choralarini ko‘rishni talab qilishi 
mumkin.  
Inson huquqlari bo‘yicha Amerika mamlakatlararo sud, ADT a’zo-davlatlari 
tomonidan saylanadigan yetti sudyadan iborat xalqaro tribunal hisoblanib, Kosta-
Rikaning San-Xose shahrida joylashgan va taraflar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha 
yurisdiksiyaga ega. Boshqacha qilib aytganda, bu Sud qatnashchi davlatlardan birini 
Inson huquqlari to‘g‘risidagi Amerika konvensiyasini buzganlikda ayblash bilan 
bog‘liq ishlarni hal etish vakolatiga ega. Mazkur Sud Konvensiya normalarini 
qo‘llash bilan bir qatorda, Konvensiya va inson huquqlari bo‘yicha muayyan 
shartnomalar yuzasidan maslahat tarzida xulosalar berishi ham mumkin. Sud, agar 
a’zo-davlatlar tomonidan taqdim etilgan yoki davlatlar sudning yurisdiksiyasini 
e’tirof etgan bo‘lsa, Amerika mamlakatlariaro komissiyasi tomonidan taqdim etilgan 
ishlarni ko‘rib chiqishi mumkin. Sudning qarori davlatlar uchun majburiydir. Sud, 
buzilgan huquqlarni hamda qonunbuzarlik munosabati bilan davlatlar tomonidan 
belgilanishi lozim bo‘lgan choralarni ko‘rsatgan holda, zararni pul bilan qoplash 
uchun kompensatsiya qilish (tovon to‘lash) to‘g‘risida, shuningdek, aniqlangan 
da’vo bo‘yicha qarorlar chiqarish vakolatiga ega. Favqulodda holatlarda va yanada 
Amerika davlatlari tashkilotining organi sifatidagi vazifalari belgilangan hamda uning Konvensiyaning 44–51-moddalarida ta’riflangan «vakolat doirasiga muvofiq petitsiyalar va boshqa xabarlar yuzasidan choralar ko‘rish»ga vakil qilinganligi aytilgan. Komissiya ADTning maslahat organi sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. Komissiya a’zo-davlatlarning so‘roviga ko‘ra yoki uning roziligi bilan joylarga tashriflarni amalga oshirishi, maxsus tadqiqotlarni tayyorlashi, hukumatlarga inson huquqlari himoyasi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berishi va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobotlarni taqdim etishini so‘rab davlatlarga murojaat qilishi mumkin. Komissiya Amerika deklaratsiyasida va a’zo-davlatlarga nisbatan Amerika konvensiyasida mustahkamlab qo‘yilgan huquqlarning buzilishi bilan bog‘liq hollarda xususiy shaxslardan, bir guruh shaxslardan va nohukumat tashkilotlaridan shikoyatlarni qabul qilishi mumkin. Favqulodda holatlarda esa, Komissiya insonlarni himoya qilish bilan bog‘liq ehtiyot choralarini ko‘rishni talab qilishi mumkin. Inson huquqlari bo‘yicha Amerika mamlakatlararo sud, ADT a’zo-davlatlari tomonidan saylanadigan yetti sudyadan iborat xalqaro tribunal hisoblanib, Kosta- Rikaning San-Xose shahrida joylashgan va taraflar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha yurisdiksiyaga ega. Boshqacha qilib aytganda, bu Sud qatnashchi davlatlardan birini Inson huquqlari to‘g‘risidagi Amerika konvensiyasini buzganlikda ayblash bilan bog‘liq ishlarni hal etish vakolatiga ega. Mazkur Sud Konvensiya normalarini qo‘llash bilan bir qatorda, Konvensiya va inson huquqlari bo‘yicha muayyan shartnomalar yuzasidan maslahat tarzida xulosalar berishi ham mumkin. Sud, agar a’zo-davlatlar tomonidan taqdim etilgan yoki davlatlar sudning yurisdiksiyasini e’tirof etgan bo‘lsa, Amerika mamlakatlariaro komissiyasi tomonidan taqdim etilgan ishlarni ko‘rib chiqishi mumkin. Sudning qarori davlatlar uchun majburiydir. Sud, buzilgan huquqlarni hamda qonunbuzarlik munosabati bilan davlatlar tomonidan belgilanishi lozim bo‘lgan choralarni ko‘rsatgan holda, zararni pul bilan qoplash uchun kompensatsiya qilish (tovon to‘lash) to‘g‘risida, shuningdek, aniqlangan da’vo bo‘yicha qarorlar chiqarish vakolatiga ega. Favqulodda holatlarda va yanada  
 
ko‘proq zarar yetkazib qo‘ymaslik uchun Sud vaqtinchalik chora-tadbirlar 
to‘g‘risida ham qaror chiqarishi mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, Sud muhim 
maslahatchi rolini bajaradi va a’zo-mamlakatlarning so‘rovi bilan Konvensiya 
moddalarini sharhlash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishi mumkin. 1998 yilning 
iyulida Sud tomonidan chop etilgan 15 ta sharh amerikalararo yurisprudensiya 
tizimining tarkibiy qismiga aylandi.  
 
4. Inson huquqlari islom tizimi va uchun hozirgi zamondagi roli. 
Arab davlatlari ligasini (ADL) ta’sis etgan pakt 1952 yilda kuchga kirdi 
hamda mintaqaviy shartnomani BMT Nizomining VIII bobida nazarda tutilgan 
ma’noda rasman mustahkamlab berdi. Boshqacha qilib aytganda, mazkur shartnoma 
BMT Nizomi tamoyillariga muvofiq, davlatlarning mintaqada tinchlik va 
xavfsizlikni saqlab turishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan mintaqaviy hamkorligi 
maqomini olishini ta’minladi. Liga o‘z oldiga anchagina ko‘lamdor maqsadlar 
qo‘ygan. Asosiy maqsad, esa qatnashchi davlatlarning siyosiy yo‘lini «ular o‘rtasida 
chinakam hamkorlikni ta’minlagan, ularning mustaqilligi va suverenitetini saqlab 
qolgan tarzda» muvofiqlashtirib borishdan iboratdir.  
Shuning oqibatida hamkorlik shakllari asosan iqtisodiy xususiyat kasb etdi 
yoki moliya sohasi, bojxona va valyutani tartibga solish, qishloq xo‘jaligi, aloqa, 
sanoat, ijtimoiy soha va sog‘liqni saqlash kabi sohalar bunday hamkorlik shakllari 
bilan qamrab olindi. Ligada Kengash bor, unga barcha a’zo-davlatlarning vakillari 
kiritilgan. Bosh kotib tomonidan boshqariladigan Kengash, odatda, qarorlar qabul 
qilishda murosasozlik taomiliga amal qilish payida bo‘ladi. Agar qaror shunday 
asosda qabul qilingan bo‘lsa, qatnashchi davlatlar bu qarorning o‘z konstitutsiyalari 
doirasida milliy qonun hujjatlariga singdirilishini ta’minlashlari shart. Ular 
tinchlikka va Ligaga a’zo-davlatlarning xavfsizligiga tahdid bilan bog‘liq 
masalalarni hal etishda murosasozlikka majburiy shart deb qaraydilar. Boshqa 
ko‘proq zarar yetkazib qo‘ymaslik uchun Sud vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida ham qaror chiqarishi mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, Sud muhim maslahatchi rolini bajaradi va a’zo-mamlakatlarning so‘rovi bilan Konvensiya moddalarini sharhlash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishi mumkin. 1998 yilning iyulida Sud tomonidan chop etilgan 15 ta sharh amerikalararo yurisprudensiya tizimining tarkibiy qismiga aylandi. 4. Inson huquqlari islom tizimi va uchun hozirgi zamondagi roli. Arab davlatlari ligasini (ADL) ta’sis etgan pakt 1952 yilda kuchga kirdi hamda mintaqaviy shartnomani BMT Nizomining VIII bobida nazarda tutilgan ma’noda rasman mustahkamlab berdi. Boshqacha qilib aytganda, mazkur shartnoma BMT Nizomi tamoyillariga muvofiq, davlatlarning mintaqada tinchlik va xavfsizlikni saqlab turishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan mintaqaviy hamkorligi maqomini olishini ta’minladi. Liga o‘z oldiga anchagina ko‘lamdor maqsadlar qo‘ygan. Asosiy maqsad, esa qatnashchi davlatlarning siyosiy yo‘lini «ular o‘rtasida chinakam hamkorlikni ta’minlagan, ularning mustaqilligi va suverenitetini saqlab qolgan tarzda» muvofiqlashtirib borishdan iboratdir. Shuning oqibatida hamkorlik shakllari asosan iqtisodiy xususiyat kasb etdi yoki moliya sohasi, bojxona va valyutani tartibga solish, qishloq xo‘jaligi, aloqa, sanoat, ijtimoiy soha va sog‘liqni saqlash kabi sohalar bunday hamkorlik shakllari bilan qamrab olindi. Ligada Kengash bor, unga barcha a’zo-davlatlarning vakillari kiritilgan. Bosh kotib tomonidan boshqariladigan Kengash, odatda, qarorlar qabul qilishda murosasozlik taomiliga amal qilish payida bo‘ladi. Agar qaror shunday asosda qabul qilingan bo‘lsa, qatnashchi davlatlar bu qarorning o‘z konstitutsiyalari doirasida milliy qonun hujjatlariga singdirilishini ta’minlashlari shart. Ular tinchlikka va Ligaga a’zo-davlatlarning xavfsizligiga tahdid bilan bog‘liq masalalarni hal etishda murosasozlikka majburiy shart deb qaraydilar. Boshqa  
 
masalalar, aytaylik, byudjet, muayyan mansabdorni lavozimga tayinlash va shu kabi 
masalalar ko‘pchilik ovoz bilan hal etilishi mumkin4.  
1994 yil 15 sentyabrda ADL a’zo-davlatlari tomonidan Inson huquqlari 
bo‘yicha Arab xartiyasi qabul qilingan bo‘lsa-da, Ligaga a’zo bo‘lgan 22 davlatdan 
birortasi ham bu hujjatni imzolamagan. 2003 yil martda ADL Kengashi ushbu 
Xartiyani inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq va standartlarga muvofiq ravishda 
qayta ishlab chiqishga qaror qilgan edi. Mutaxassislar tomonidan taklif etilgan 
loyiha ADLning Inson huquqlari bo‘yicha doimiy qo‘mitasi tomonidan xartiyani 
qayta ko‘rib chiqish davomida maqbul deb topildi. Shundan so‘ng loyiha 2004 yil 
may oyida bo‘lib o‘tgan ADL sammitiga yakunlovchi bahs-munozaralar o‘tkazish 
va qabul qilish uchun taqdim etilib, sammit davomida ma’qullandi. 2008 yil 15 
martda yetarli arab davlatlari Xartiyani ratifikatsiya qilgandan so‘ng ushbu Xartiya 
yuridik kuchga kirdi. Inson huquqlari bo‘yicha Arab xartiyasida aks ettirilgan yangi 
qoidalar favqulodda holatlar, odil sudlov kafolatlari, qullik, jismoniy zo‘ravonlik, 
nogironlik va traffik kabi masalalarda eski variantdagidan ko‘ra anchayin ilg‘or 
g‘oyalarni o‘zida ifoda etganini ta’kidlash o‘rinlidir. 
 
Inson huquqlari masalasi bir davlatning chegarasidan tashqariga chiqib 
ulgurgan XXI asrda bu sohadagi muammolar davlatlarni birlashishga majbur 
qilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek, davlatlarning turli 
shakllardagi hamkorlik aloqalarini o‘rnatishiga olib kelmoqda. Shu tariqa, universal 
darajadagi hamkorlik, mintaqaviy darajadagi hamkorlik va ikki tomonlama 
hamkorlik aloqalarining rivojlanishiga olib kelmoqda.  
 
Inson huquqlari sohasidagi mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan 
shunday xulosa qilish mumkinki, tarixiy kelib chiqishi, madaniyati va boshqa 
masalalarda bir-biriga yaqin bo‘lgan davlatlarning bu sohadagi hamkorligi nisbatan 
ko‘proq samara bermoqda. Bu esa, turli mintaqalarda hamkorlikning samaradorligi 
ham turlicha ekanligini ko‘rsatmoqda. Yevropaning bugungi kundagi integratsiyasi 
bu mintaqadagi inson huquqlari sohasidagi muammolarni birgalikda samarali 
                                                           
4 Саидов А.Х. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. Дарслик. - Т.: Konsauditinform-Nashr, 2006. –Б.177-
178 
masalalar, aytaylik, byudjet, muayyan mansabdorni lavozimga tayinlash va shu kabi masalalar ko‘pchilik ovoz bilan hal etilishi mumkin4. 1994 yil 15 sentyabrda ADL a’zo-davlatlari tomonidan Inson huquqlari bo‘yicha Arab xartiyasi qabul qilingan bo‘lsa-da, Ligaga a’zo bo‘lgan 22 davlatdan birortasi ham bu hujjatni imzolamagan. 2003 yil martda ADL Kengashi ushbu Xartiyani inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq va standartlarga muvofiq ravishda qayta ishlab chiqishga qaror qilgan edi. Mutaxassislar tomonidan taklif etilgan loyiha ADLning Inson huquqlari bo‘yicha doimiy qo‘mitasi tomonidan xartiyani qayta ko‘rib chiqish davomida maqbul deb topildi. Shundan so‘ng loyiha 2004 yil may oyida bo‘lib o‘tgan ADL sammitiga yakunlovchi bahs-munozaralar o‘tkazish va qabul qilish uchun taqdim etilib, sammit davomida ma’qullandi. 2008 yil 15 martda yetarli arab davlatlari Xartiyani ratifikatsiya qilgandan so‘ng ushbu Xartiya yuridik kuchga kirdi. Inson huquqlari bo‘yicha Arab xartiyasida aks ettirilgan yangi qoidalar favqulodda holatlar, odil sudlov kafolatlari, qullik, jismoniy zo‘ravonlik, nogironlik va traffik kabi masalalarda eski variantdagidan ko‘ra anchayin ilg‘or g‘oyalarni o‘zida ifoda etganini ta’kidlash o‘rinlidir. Inson huquqlari masalasi bir davlatning chegarasidan tashqariga chiqib ulgurgan XXI asrda bu sohadagi muammolar davlatlarni birlashishga majbur qilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek, davlatlarning turli shakllardagi hamkorlik aloqalarini o‘rnatishiga olib kelmoqda. Shu tariqa, universal darajadagi hamkorlik, mintaqaviy darajadagi hamkorlik va ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining rivojlanishiga olib kelmoqda. Inson huquqlari sohasidagi mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan shunday xulosa qilish mumkinki, tarixiy kelib chiqishi, madaniyati va boshqa masalalarda bir-biriga yaqin bo‘lgan davlatlarning bu sohadagi hamkorligi nisbatan ko‘proq samara bermoqda. Bu esa, turli mintaqalarda hamkorlikning samaradorligi ham turlicha ekanligini ko‘rsatmoqda. Yevropaning bugungi kundagi integratsiyasi bu mintaqadagi inson huquqlari sohasidagi muammolarni birgalikda samarali 4 Саидов А.Х. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. Дарслик. - Т.: Konsauditinform-Nashr, 2006. –Б.177- 178  
 
yechishga imkon bermoqda. Bunga sabab esa, barcha Yevropa davlatlarining 
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy, geografik va boshqa omillar bo‘yicha ancha 
yaqinligidir. Ammo Osiyodagi turli iqtisodiy-ijtimoiy omillar, turli madaniy va diniy 
omillar bu mintaqada samarali mexanizm yaratishga to‘sqinlik qilmoqda. Amerika 
va Afrika mintaqasining tajribasi esa bu boradagi ahvolning nisbatan mo‘tadil 
ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu mintaqalarda zaruriy huquqiy va institutsional asos 
yaratilgan va davlatlar o‘zaro kelishuvga kelishgan. Ammo ularda ham bu 
mexanizm Yevropa mexanizmi kabi samarali ishlamoqda, deyishga yetarli asos 
yo‘q.  
 
5. Inson huquqlari osiyo tizimining rivojlanish istiqbollari. 
Osiyo - Tinch okeani mintaqasi inson huquqlari masalalari bo‘yicha eng 
murakkab mintaqalardan biri hisoblanib, ushbu mintaqaga  BMT tomonidan, inson 
huquqlarini himoya etishning o‘z tizimiga ega bo‘lmagan yagona geografik mintaqa, 
deya ta’rif berilgan. Ana shunday tizim yo‘qligining aniq-ravshan ko‘rinib turgan 
sabablaridan biri shuki, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Amerika qit’asidagi Amerika 
davlatlari tashkiloti, Yevropa qit’asidagi Yevropa Kengashi va Afrika qit’asidagi 
Afrika birligi tashkiloti singari mintaqaviy miqyosda siyosiy guruhga ega emas. 
Holbuki, har uchala qit’a (Amerika, Afrika, Yevropa qit’asi)da inson huquqlari 
tizimi yaratilishiga hamda bu huquqlarga rioya etilishi ustidan nazoratni yo‘lga 
qo‘yishga aynan siyosiy guruhlar turtki bergan.  
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida inson huquqlari tizimi yo‘qligi boshqa 
omillar, xususan, mintaqaning kengligi va rang-barangligi bilan ham izohlanadi. Bu 
mintaqa mamlakatlari yagona din, madaniyat yoki tarix bilan bog‘lanmagan, 
ulardagi siyosiy va ijtimoiy sharoitlar ham turlicha. Osiyo manfaatlarini bir butun, 
yaxlit holda ifodalashi mumkin bo‘lgan asos, ya’ni mushtaraklikning real negizlari 
yo‘q. BMT ro‘yi zaminning bu qismida mintaqaviy bitim tuzilishiga madadkor 
bo‘lish borasida ulkan sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Biroq, bunday sa’y-
harakatlar biron sezilarli samara beradi, xususan, yaqin kelajakda muayyan bir 
natijaga erishiladi, deb aytish qiyin. Ba’zi mutaxassislar torroq mintaqaviy 
yechishga imkon bermoqda. Bunga sabab esa, barcha Yevropa davlatlarining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy, geografik va boshqa omillar bo‘yicha ancha yaqinligidir. Ammo Osiyodagi turli iqtisodiy-ijtimoiy omillar, turli madaniy va diniy omillar bu mintaqada samarali mexanizm yaratishga to‘sqinlik qilmoqda. Amerika va Afrika mintaqasining tajribasi esa bu boradagi ahvolning nisbatan mo‘tadil ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu mintaqalarda zaruriy huquqiy va institutsional asos yaratilgan va davlatlar o‘zaro kelishuvga kelishgan. Ammo ularda ham bu mexanizm Yevropa mexanizmi kabi samarali ishlamoqda, deyishga yetarli asos yo‘q. 5. Inson huquqlari osiyo tizimining rivojlanish istiqbollari. Osiyo - Tinch okeani mintaqasi inson huquqlari masalalari bo‘yicha eng murakkab mintaqalardan biri hisoblanib, ushbu mintaqaga BMT tomonidan, inson huquqlarini himoya etishning o‘z tizimiga ega bo‘lmagan yagona geografik mintaqa, deya ta’rif berilgan. Ana shunday tizim yo‘qligining aniq-ravshan ko‘rinib turgan sabablaridan biri shuki, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Amerika qit’asidagi Amerika davlatlari tashkiloti, Yevropa qit’asidagi Yevropa Kengashi va Afrika qit’asidagi Afrika birligi tashkiloti singari mintaqaviy miqyosda siyosiy guruhga ega emas. Holbuki, har uchala qit’a (Amerika, Afrika, Yevropa qit’asi)da inson huquqlari tizimi yaratilishiga hamda bu huquqlarga rioya etilishi ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yishga aynan siyosiy guruhlar turtki bergan. Osiyo-Tinch okeani mintaqasida inson huquqlari tizimi yo‘qligi boshqa omillar, xususan, mintaqaning kengligi va rang-barangligi bilan ham izohlanadi. Bu mintaqa mamlakatlari yagona din, madaniyat yoki tarix bilan bog‘lanmagan, ulardagi siyosiy va ijtimoiy sharoitlar ham turlicha. Osiyo manfaatlarini bir butun, yaxlit holda ifodalashi mumkin bo‘lgan asos, ya’ni mushtaraklikning real negizlari yo‘q. BMT ro‘yi zaminning bu qismida mintaqaviy bitim tuzilishiga madadkor bo‘lish borasida ulkan sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Biroq, bunday sa’y- harakatlar biron sezilarli samara beradi, xususan, yaqin kelajakda muayyan bir natijaga erishiladi, deb aytish qiyin. Ba’zi mutaxassislar torroq mintaqaviy  
 
tuzilmalar, aytaylik, Janubi-Sharqiy Osiyo tuzilmasining shu yo‘nalishdagi 
harakatlari samaraliroq bo‘ladi, deb hisoblaydilar va ayni shu doirada tizim tuzish 
zarur, degan fikr bildiradilar. Boshqa mutaxassislar esa, jahonning bu qismida inson 
huquqlariga rioya etish tizimini tashkil toptirishga qaratilgan harakatlardan foyda 
yo‘q, degan xulosaga kelganlar. Ularning aytishicha, hatto bu borada yutuqqa 
erishilgan taqdirda ham, vujudga kelgan tuzilma juda zaif va kam samarali bo‘ladi5.  
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
 
1. Saidov A.X. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq. Darslik. - T.: 
Konsauditinform-Nashr, 2006. 
2. Mo‘minov A.R., Tillaboev M.A. Inson huquqlari: darslik. – T.: Adolat, 
2013. – B. 233-246. 
3. Yuldasheva G., Borsieva Z., Gafurova N. Prava cheloveka. Uchebnik. 
TGYuU. 2014 
4. Daniel Moeckli et al. International Human Rights Law. Oxford Univ. 
Press 2018. 
5. A guide to African Human Rights System. 2016. [El. resurs]: 
https://www.corteidh.or.cr/tablas/31712.pdf 
6. Inter-American 
court 
on 
human 
rights, 
2019. 
[El. 
resurs]: 
https://www.corteidh.or.cr/sitios/libros/todos/docs/ABCCorteIDH_2019_eng.pdf 
7. https://echr.coe.int/Pages/home.aspx?p=home – sayt Yevropeyskogo 
suda po pravam cheloveka  
 
                                                           
5 Саидов А.Х. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. Дарслик. - Т.: Konsauditinform-Nashr, 2006. –Б.177 
tuzilmalar, aytaylik, Janubi-Sharqiy Osiyo tuzilmasining shu yo‘nalishdagi harakatlari samaraliroq bo‘ladi, deb hisoblaydilar va ayni shu doirada tizim tuzish zarur, degan fikr bildiradilar. Boshqa mutaxassislar esa, jahonning bu qismida inson huquqlariga rioya etish tizimini tashkil toptirishga qaratilgan harakatlardan foyda yo‘q, degan xulosaga kelganlar. Ularning aytishicha, hatto bu borada yutuqqa erishilgan taqdirda ham, vujudga kelgan tuzilma juda zaif va kam samarali bo‘ladi5. Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Saidov A.X. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq. Darslik. - T.: Konsauditinform-Nashr, 2006. 2. Mo‘minov A.R., Tillaboev M.A. Inson huquqlari: darslik. – T.: Adolat, 2013. – B. 233-246. 3. Yuldasheva G., Borsieva Z., Gafurova N. Prava cheloveka. Uchebnik. TGYuU. 2014 4. Daniel Moeckli et al. International Human Rights Law. Oxford Univ. Press 2018. 5. A guide to African Human Rights System. 2016. [El. resurs]: https://www.corteidh.or.cr/tablas/31712.pdf 6. Inter-American court on human rights, 2019. [El. resurs]: https://www.corteidh.or.cr/sitios/libros/todos/docs/ABCCorteIDH_2019_eng.pdf 7. https://echr.coe.int/Pages/home.aspx?p=home – sayt Yevropeyskogo suda po pravam cheloveka 5 Саидов А.Х. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. Дарслик. - Т.: Konsauditinform-Nashr, 2006. –Б.177