1
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro mexanizmlar
1.
BMTning inson huquqlari bo‘yicha organlariga umumiy tavsif.
2.
BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari.
3.
BMTning inson huquqlari bo‘yicha yordamchi organlari.
4.
BMTning inson huquqlari bo‘yicha shartnomaviy organlari va ular
faoliyatining samaradorligi masalasi. BMTning inson huquqlari bo‘yicha
qo‘mitalari tomonidan kvazi sud organi sifatida ko‘rilgan ishlari tahlili.
5.
BMTning maxsus ma’ruzachisi (tematik va mamlakat).
6.
BMTning ixtisoslashgan muassasalari va ularning inson huquqlarini
ta’minlashdagi o‘rni.
7.
BMTning fond va dasturlari hamda ularning inson huquqlarini
ta’minlashdagi o‘rni.
1. BMTning inson huquqlari bo‘yicha organlariga umumiy tavsif.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, BMT – xalqaro tinchlik va xavfsizlikni
qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish va
inson huqularini ximoya etish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot.
BMT tizimi juda ham murakkab bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, jamg‘armalar,
organlar, qo‘mitalar, komissiyalar va boshqa tuzilmalardan iboratdir. Ammo,
ularning barchasi ham inson huquqlari va erkinliklari masalasi bilan bevosita
shug‘ullanmaydi. Ammo mazkur tizim ichida inson huquqlari bilan shug‘ullanuvchi
organlar tizimi shakllangan.
2
BMT Nizomining 7-moddasiga ko‘ra BMTning organlari asosiy organlar va
yordamchi organlarga bo‘linadi. Uning asosiy organlari va ularning vazifa va
vakolatlari Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra BMTning oltita asosiy organi
mavjuddir: Bosh Assambleya, Xavfsizlik kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy kengash,
Vasiylik kengashi (hozirgi paytda faoliyatini to‘xtatgan), Xalqaro sud, Kotibiyat.
BMT faoliyatini muvofiqlashtirishda bu organlarning roli va ahamiyati kattadir.
BMT o‘zining butun faoliyatini ana shu idoralar yordamida amalga oshiradi. Ular
bir-birlarining ishlarini aynan takrorlamagan holda ish yuritadilar. Mazkur organlar
o‘z faoliyatlaridan kelib chiqqan holda, inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish
hamda ularni himoya qilish masalalari bilan tegishlicha shug‘ullanadilar. BMTning
yordamchi organlariga esa, uning asosiy organlari faoliyatiga ko‘maklashuvchi ko‘p
sonli turli qo‘mitalar, komissiyalar va boshqa nomdagi turli organlarni kiritish
mumkin.
BMT tizimiga uning Nizomida ko‘rsatib o‘tilgan asosiy va yordamchi
organlaridan tashqari, BMTdan mustaqil bo‘lgan, ammo Nizomning 57-moddasida
ko‘rsatib o‘tilgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar1 ham kiradi2. Umuman olganda,
BMT tizimi bu organlar, jamg‘armalar, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar kabi turli
nomlardagi 50ga yaqin murakkab tuzilmalardan iborat hisoblanadi.
2. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari.
BMT asosiy (ustav) organlari bo‘lgan Bosh Assambleya, Xavfsizlik
kengashi, Iqtisodiy va ijtimoiy kengash (EKOSOS), Xalqaro sud BMT Ustavi va
Xalqaro sud statutiga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida inson huquqlariga oid
masalalarni ko‘rib chiqadi.
Bosh Asssambleya. Bosh Assambleyaning vazifasi asosan o‘rganish va
tadqiq etish ishlarini uyushtirish hamda tavsiyalar berishdan iborat. Insonning
1БМТнинг
“ихтисослаштирилган
ташкилотлари”,
кўпинча
адабиётлар
ва
халқаро
ҳужжатларда
“ихтисослаштирилган муассасалар” деб ҳам юритилади. Аммо, бундай икки хил номланиш, уларнинг мақоми,
мазмуни ва моҳиятига таъсир кўрсатмайди.
2 Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Низоми ва Халқаро суд Статути. – Т.: БМТнинг Ўзбекистондаги
ахборот маркази, 2002. -Б.31-32
3
huquqlari va erkinliklari muammolarini o‘rganish hamda tadqiq etish ishlarini,
odatda, Bosh Assambleyaning topshirig‘iga binoan Iqtisodiy va ijtimoiy kengash
hamda uning yordamchi organlari, ixtisoslashtirilgan muassasalar va BMT Bosh
kotibi bajaradi.
Bosh Assambleya inson huquqlari sohasidagi o‘z vazifalarini bajarish uchun,
BMT Nizomining 22-moddasiga binoan, zaruratga qarab turli yordamchi organlarni
ta’sis etish vakolatiga ega.
EKOSOS. Iqtisodiy va ijtimoiy kengash o‘z faoliyatini sessiyalar davrida
ishlaydigan qo‘mitalar - Iqtisodiy, Ijtimoiy va Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitalar
yordamida olib boradi. Inson huquqlari masalalari bo‘yicha hujjatlarni Ijtimoiy
qo‘mita tayyorlaydi. Ijtimoiy qo‘mitaning ma’ruzalari Iqtisodiy va ijtimoiy
kengashning yalpi majlislarida tasdiqlanadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy kengash, bundan tashqari, o‘z faoliyatining talaygina
qismini
inson
huquqlari
bilan
bog‘liq
masalalarga
bag‘ishlaydigan
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan, xususan, Xalqaro mehnat tashkiloti, Birlashgan
Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti
(YuNESKO) va boshqalar bilan BMT nomidan bitimlar tuzadi. Iqtisodiy va Ijtimoiy
kengash maslahatlashuvlar o‘tkazish va tavsiyanomalar ishlab chiqish yo‘li bilan bu
boradagi ishlarni umumiy tarzda muvofiqlashtirib boradi.
Xavfsizlik Kengashi. Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlik
uchun asosiy javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi uning qarorlariga BMTning barcha
a’zolari bo‘ysunishi majburiy. Kengash tomonidan BMT ustavi prinsip va
maqsadalariga zid bo‘lgan huquqqa xilof xarakatlarni sodir etgan davlatlarga
nisbatan qaror qabul qilish hisoblanadi. Xavfsizlik kengashi ko‘p xollarda
tomonlarni nizolar va konfliktlar vaqtida murosaga keltirish vazifasini bajaradi.
Xavfsizlik kengashi yuzaga kelayotgan muammolarni oldindan aniqlashda va qiska
vaqtda xal etishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, inson huquqlari ommaviy tarzda
buzilishi xalqaro nizolarga olib kelishi mumkin. Shu borada, inson huquqlari
ximoyasi bilan aynan Kengash shug‘ullanadi. Eng og‘ir holatlarda esa, masalan,
inson huquqlari jiddiy poymol bo‘lish xolat yuzaga kelsa Xavsizlik Kengashi ushbu
4
xolat “tinchlikka taxdid”deb karor chiqaradi, va shunda ushbu masala bilan BMT
shug‘ullanadi. Inson huquqlarini ximoya etishda va tinchlikni saqlab qolish
maqsadida Kengash bir qator rezolyusiyalarni qabul qilgan.
Xalqaro sud. Butunjahon sudi nomi bilan mashhur bo‘lgan Xalqaro sud
Birlashgan Millartlar Tashkilotining asosiy sud organi bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro
sud manfaatdor davlatlarning ixtiyoriy ravishda ishtirok etishiga asoslangan
davlatlar o‘rtasidagi nizolarni tartibga solish bilan shug‘ullanadi. Agar davlat sud
muhokamasida ishtirok etishga rozi bo‘lsa, u Sudning qaroriga buysunishga
majburdir.
Shuningdek,
Sud
Birlashgan
Millatlar
Tashkiloti
va
uning
ixtisoslashtirilgan muassasalari uchun tavsiyaviy xulosalarni tayyorlash bilan ham
shug‘ullanadi.
3. BMTning inson huquqlari bo‘yicha yordamchi organlari.
Inson huquqlari bo‘yicha kengash (2006 yilgacha - Inson huquqlari
bo‘yicha komissiya3). Mazkur organ Inson huuquqlari bo‘yicha komissiya
shaklida Iqtisodiy va ijtimoiy kengash tomonidan 1946 yilda ta’sis etilgan bo‘lib,
53ta a’zo-davlat vakillaridan tashkil topgan. Komissiya o‘z sessiyasini har yili olti
hafta mobaynida o‘tkazgan. Komissiya o‘rganish va tadqiq etish ishlarini olib
borgan, inson huquqlari bo‘yicha tavsiyalarni hamda xalqaro hujjatlarning
loyihalarini tayyorlagan, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi hamda Iqtisodiy va
ijtimoiy kengashning maxsus topshiriqlarini bajargan.
Inson huquqlari bo‘yicha Kengash, Iqtisodiy va ijtimoiy kengash hamda
BMT Bosh Assambleyasi o‘zlarining har yilgi sessiyalarida inson huquqlarini
qo‘pol tarzda va muntazam ravishda buzish hollari bilan bog‘liq voqealar va
amaliyotni muhokama etib boradilar. Agar muayyan bir mamlakatdagi yoki
3 БМТнинг Инсон ҳуқуқлари бўйича комиссияси ислоҳ қилиниб, 2006 йилдан бошлаб, БМТнинг Инсон
ҳуқуқлари бўйича кенгашига айлантирилган. Мазкур Кенгаш тўғрисида қуйида батафсилроқ тўхталиб ўтамиз
ва Кенгаш фаолиятини тўлароқ тушуниш учун Комиссия олиб борган фаолиятни ҳам таҳлил қилиб ўтиш
керак бўлади.
5
muayyan bir amaliyotdagi ahvol tashvish uyg‘otayotgan bo‘lsa, bu organlar
mustaqil va xolis ekspertlar guruhi (ishchi guruhi) yoki alohida shaxs (maxsus
ma’ruzachi) tomonidan bu borada tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi
mumkin. Ana shu maxsus organlarga Inson huquqlari bo‘yicha kengash va BMT
Bosh Assambleyasiga ma’ruzalar taqdim etish va tavsiyalar ishlab chiqishdan
tashqari, alohida shaxslar, guruhlar yoki jamoalarning huquqlari buzilgan taqdirda
choralar ko‘rish vakolati ham berilgan. Masalani darhol, sira kechiktirmay o‘rganib
chiqish va tekshirish talab etiladigan alohida hollarda maxsus ma’ruzachi yoki ishchi
guruhi xavf tahdid solayotgan ayrim shaxs, guruh yoki jamoani muhofaza etish
maqsadida tegishli hukumatlar bilan hatto bevosita uchrashishi va muloqotga
kirishishi mumkin.
Janubiy Afrikada inson huquqlari bo‘yicha maxsus ishchi guruh (1967 yilda
tuzilgan) ana shunday dastlabki organ bo‘ldi. Mazkur guruh, shuningdek, bosib
olingan hududlarning aholisiga nisbatan Isroil harakatlarining inson huquqlariga
taalluqli jihatini tekshirish bo‘yicha maxsus qo‘mita (1968 yilda tashkil etilgan)
hozirga qadar faoliyat ko‘rsatib turibdi.
Inson huquqlari bo‘yicha komissiya ayrim mamlakatlarda ta’sis etgan inson
huquqlari bo‘yicha maxsus organlar faoliyatini, o‘sha mamlakatlarda inson
huquqlari sohasida ahvol yaxshilangach, tugatgan.
1980 yildan keyin Inson huquqlari bo‘yicha komissiya inson huquqlarini
qo‘pol tarzda buzish bilan bog‘liq amaliyotni butun jahon miqyosida o‘rganish
hamda shu munosabat bilan tegishli choralar ko‘rish maqsadida bir nechta maxsus
organlar ta’sis etgan. Bu organlarga, ta’bir joiz bo‘lsa, yo‘nalish mavzuiga qarab
vakolat berilgan edi. Hozirgi vaqtda shunday guruhlardan ikkitasi ishlab turibdi.
Bularning birinchisi - g‘ayriixtiyoriy ravishda yoki zo‘rlik ishlatish natijasida
shaxslarning g‘oyib bo‘lib qolishi to‘g‘risidagi masala bilan va ikkinchisi esa –
shaxslarni o‘zboshimchalik bilan ushlab turish to‘g‘risidagi masala bilan
shug‘ullanuvchi ishchi guruh.
Yo‘nalish mavzuiga qarab ko‘plab maxsus ma’ruzachilar tayinlangan bo‘lib,
quyidagi masalalar doirasi ularning o‘rganish sohasi deb belgilangan edi:
6
1) suddan tashqari va o‘zboshimchalik bilan hamda lozim darajada sud
muhokamasi o‘tkazmay turib qatl etishlar to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha;
2) qiynoqlarga solish hamda muomalada bo‘lish va jazolashning boshqa
shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlari bo‘yicha;
3) bolalarni sotish, bolalar bilan bog‘liq fohishabozlik va bolalar
pornografiyasi bo‘yicha;
4) mamlakat ichkarisida ko‘chib yurgan shaxslar to‘g‘risidagi masala
bo‘yicha;
5) diniy murosasizlik bo‘yicha;
6) irqchilik, irqiy kamsitish va ksenofobiya bo‘yicha;
7) fikrlash va so‘z erkinligi bo‘yicha;
8) xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini amalga oshirishga
qarshilik ko‘rsatish vositasi sifatida yollangan kishilardan foydalanish bo‘yicha.
Inson huquqlari bo‘yicha kengash va BMT Bosh Assambleyasiga yuqorida
zikr etib o‘tilgan maxsus organlar tomonidan taqdim etiladigan ma’ruzalar ochiq
sessiyalarda muhokama qilinadi hamda bu ma’ruzalar shu masalalar yuzasidan
Inson huquqlari komissiyasi qaror qabul qilishida asosiy omil bo‘ladi.
Inson huquqlari bo‘yicha komissiya o‘z ishini yanada samaraliroq amalga
oshirish uchun 1947 yilda Kamsitishlarning oldini olish va kam sonli millatlarni
himoya etish bo‘yicha kichik komissiya ta’sis etgan. Bundan ko‘zlangan maqsad
o‘rganish va tadqiq etish ishlarini Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini
inobatga olgan holda olib borish hamda Inson huquqlari bo‘yicha komissiya uchun
inson huquqlari va asosiy erkinliklariga nisbatan har qanday shakldagi
kamsitishlarning oldini olish, shuningdek, kam sonli millatlarni irqiy, milliy, diniy
va til jihatidan himoya etishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan4.
Inson huquqlari bo‘yicha komissiya BMT tizimida inson huquqlari bilan
shug‘ullanuvchi bosh siyosiy organ hisoblanar edi. Uning vakolatiga inson
huquqlariga kiruvchi barcha masalalarni ko‘rib chiqish kirgan. Komissiya
tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan standartlarni ishlab chiqish, turli masalalar
4 Саидов А. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. Дарслик. -Т.: Konsauditinform-Nashr, 2006. –б. 152-154
7
bo‘yicha rezolyusiyalar qabul qilish va xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish va
kodifikatsiya qilish bilan shug‘ullangan.
Komissiya har yili Jeneva shahrida mart-aprel oylarida bir marta olti
haftalik sessiyaga yig‘ilib turgan. Komissiyaning har bir sessiyasida turli
rezolyusiyalar muhokama qilingan. Ushbu rezolyusiyalar keyinchalik Bosh
Assambleyaga berilishi mumkin bo‘lgan. Assambleyada qabul qilinadigan
rezolyusiyalarga solishtirganda, Komissiyaning rezolyusiyalari ko‘proq va
chuqurroq ta’sir ko‘rsatgan. Biroq Bosh Assambleya rezolyusiyalari nisbatan
yuridik kuchli hisoblanadi, chunki ularni ko‘p sonli a’zo-davlatlar qabul qiladi va
u BMTning bosh vakolatli organi hisoblangan.
Inson huquqlari bo‘yicha komissiyaning vakili hisoblanmagan davlatlar
uning sessiyalarida kuzatuvchilar sifatida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan.
Sessiyalarga, shuningdek, BMTning ixtisoslashgan muassasalari, hukumatlararo
organlar vakillari, maslahatchi maqomiga ega bo‘lgan xalqaro nodavlat
tashkilotlarining vakillari, EKOSOS vakillari va jurnalistlar ishtirok etishi
mumkin bo‘lgan. Misol uchun, 1997 yildagi sessiyada 53ta a’zo-davlat, 95ta
kuzatuvchi-hukumatlar, 37ta taklif etilgan ma’ruzachilar va taxminan 200ta
nodavlat tashkilotlaridan 2.200nafar ishtirokchilar qatnashdi. Hisoblarga
qaraganda, 70ta plenar sessiyalarda 1100 marta so‘zga chiqildi. 78 ta rezolyusiya
va 26 ta qaror qabul qilinishi Komissiyaning 1997 yildagi ishlarining natijasi
bo‘ldi.
EKOSOS maslahatchilari maqomiga ega bo‘lgan nodavlat notijorat
tashkilot(bundan buyon NNT)lari yozma yoki og‘zaki murojaat qilish bilan
Kengash ishiga bevosita ishtirok etishi mumkin bo‘lgan. NNT vakillariga besh
minut davomida nutq so‘zlashiga ruxsat beriladi. Ko‘plab NNTlar Kengashga
ta’sir qilishning o‘ziga xos yondashuviga egadirlar. Ular yozma va og‘zaki
murojaat qilish bilan birga, sessiya davomida ular «koridorda ta’sir
ko‘rsatishlar»ni amalga oshirish imkoniyatiga ham ega, Kengashsessiyalari bilan
parallel ravishda turli hukumatlar delegatsiyalari va boshqa NNTlar vakillari
8
bilan uchrashuvlar tashkil etadi, nashr materiallarini tarqatadilar va OAVlariga
intervyular beradi.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi yuqorida qayd
etilganidek, siyosiy organ hisoblangan, ya’ni unda qarorlar qabul qilinishida
siyosiy iroda odatda hal qiluvchi rol o‘ynagan. Ko‘rilayotgan masalalar bo‘yicha
muayyan qarorlar qabul qilishga ko‘pincha davlatlarning birgalikda (ayniqsa,
siyosiy manfaatlar asosida) harakat qiluvchi bloklari to‘sqinlik qilishi mumkin
bo‘lgan. Shuning uchun ham, muayyan rezolyusiyani Komissiyadan o‘tkazish
uchun ko‘p vaqt talab qilingan. Kun tartibidagi muhokamalar ko‘pincha ancha
vaqtgacha cho‘zilishi hamda rejadagi harakatlar keyinga qolishi mumkin bo‘lgan.
Bu holatlar Komissiyani yanada siyosiylashtirib, uning obro‘sini tushirib
yuborgan.
Shuning uchun ham, 2005 yilning martida BMTning sobiq Bosh kotibi Kofi
Annan o‘zining “Katta erkinlik oldida” mavzuidagi ma’ruzasida Inson huquqlari
bo‘yicha komissiya o‘rniga a’zolarining soni jihatidan kichikroq, ammo doimiy
ishlovchi Inson huquqlari bo‘yicha kengashni tashkil etishni taklif etdi5. BMT Bosh
Assambleyasining 2006 yil 15 martdagi №60/251 rezolyusiyasi6 bilan
Komissiyaning o‘rniga Inson huquqlari bo‘yicha kengash Bosh Assambleyaning
yordamchi organi sifatida ta’sis etildi. Kengash tarkibiga, Bosh Assambleya
tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yopiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadigan 47ta
a’zodan iborat bo‘lib, ular 3 yilga BMT a’zo-davlatlaridan saylanadi. Kengashga
a’zolik BMTning barcha a’zo-davlatlari uchun ochiqdir va Kengash a’zolari adolatli
geografik taqsimot tamoyili asosida saylanadi.
Kengash biror-bir farqlarsiz va adolatli hamda tenglik asosida barcha uchun
barcha inson huquqlari va asosiy erkinliklarini umumhurmat qilish va himoya
qilishga ko‘maklashish masalalariga javob berishga yo‘naltirilgan va inson
5 Доклад Генерального секретаря «При большой свободе: к развитию, безопасности и правам человека» //
Док. ООН. А/59/2005 от 21 марта 2005 года.
6 Резолюция Генеральной Ассамблеи «Совет по правам человека» № 60/251 от 15 марта 2006 г. // Док. ООН.
А/60/251.
9
huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarni ko‘rib chiqishi va ular bo‘yicha
o‘zining tavsiyalarini ishlab chiqishi kerak.
Kengash Jeneva shahrida joylashgan bo‘lib, yil davomida doimiy ravishda
majlislarga yig‘iladi hamda asosiy sessiyani qo‘shgan holda bir yilda 3 marotaba
sessiya o‘tkazadi. Ushbu sessiyalarning umumiy davomiyligi kamida to‘qqiz haftani
tashkil etadi, Komissiya esa bir yilda olti hafta majlis o‘tkazgan edi, xolos. Kengash,
shuningdek, Kengash a’zolarining uchdan bir qismining qo‘llab-quvvatlashi asosida
Kengash a’zolaridan birining talabi bo‘yicha maxsus sessiyalar o‘tkazishga ham
haqlidir.
Kengash o‘z faoliyatini bir necha yo‘nalishda amalga oshiradi:
- universal davriy ko‘rib chiqish protsedurasi;
- maxsus protseduralar;
- shikoyatlar bo‘yicha protseduralar.
Maxsus protseduralar, ekspert maslahatlari va shikoyatlarni berish tartib-
qoidalari bilan bog‘liq ishlarni takomillashtirish maqsadlarida 2007 yil 18 iyunda
Kengashning “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha
kengashining institutsional qurilishi” nomli 5/1 sonli rezolyusiyasi qabul qilindi7.
Unda, jumladan, Universal davriy tahlil protsedurasini o‘tkazishning asoslari,
tamoyillari va maqsadlari, jarayoni va tartiblari tasdiqlangan. Ko‘rib chiqishning
maqsadlari quyidagilar hisoblanadi: joylarda inson huquqlari sohasidagi ahvolni
yaxshilash; inson huquqlari sohasida davlatlarning o‘z vazifalari va majburiyatlarini
bajarishlari hamda ijobiy o‘zgarishlar va davlat oldida turgan muammolarni
baholash; tegishli davlat bilan, uning roziligi asosida, davlat imkoniyatlarini
mustahkamlash va maslahatlashuv uchun texnikaviy ko‘makni amalga oshirish;
davlatlar va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasida yaxshiroq bo‘lgan tajribalarni
almashish; inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish sohasida hamkorlikni
qo‘llab-quvvatlash; Kengashning inson huquqlari bilan shug‘ullanuvchi boshqa
7 Резолюция Совета по правам человека 5/1 от 18 июня 2007 года. // Док. ООН. A/HRC/5/21, глава III пункты
60-62
10
organlar va Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi bilan har
tomonlama o‘zaro hamkorligini rag‘batlantirish.
Universal davriy ko‘rib chiqish protsedurasi – bu yangi protsedura va
tasdiqlangan jadvalga muvofiq, BMTning barcha 193 a’zo-davlatlari 2008 yildan
boshlab har 4-5 yil ichida undan o‘tishi mo‘ljallangan. O‘zbekiston Respublikasi o‘z
ma’ruzasini taqdim etgan va u 2008 yil dekabr oyida Inson huquqlari kengashining
III sessiyasida Universal davriy tahlil protsedurasi asosida ko‘rib chiqildi.8
Maxsus protseduralar, alohida shaxslarning shikoyatlariga javoblar berish,
tadqiqotlar olib borish, milliy darajada texnik hamkorlik masalalari bo‘yicha
maslahatlar berish, shuningdek umumiy rag‘batlantiruvchi faoliyatda ishtirok etish
kabi turli harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Maxsus protseduralar ikki turda bo‘lishi mumkin – individual (“Maxsus
ma’ruzachi”, “Bosh kotib huzuridagi maxsus vakil”, “Bosh kotib huzuridagi vakil”,
“Mustaqil ekspert”) yoki, odatda, 5 nafar kishidan iborat ishchi guruh (har bir
mintaqadan 1 nafardan vakil). Maxsus protseduralar mandatlari o‘zi tuziladigan va
belgilanadigan maxsus rezolyusiya bilan ta’sis etiladi. Mandat egalari shaxsiy
sifatda faoliyat olib boradi.
Maxsus protseduralarning aksariyati o‘z faoliyati davomida inson
huquqlarining ayrim buzilishlariga oid ma’lumot oladi va hukumatlarning
murojaatlari bo‘yicha tezkor so‘rovnomalar hamda xatlar yuborib, davlatlardan izoh
talab qiladi.
Mandat egalari inson huquqlari sohasida milliy darajadagi vaziyatni
tekshirish uchun mamlakatga tashrif buyurishi mumkin. Odatda, mandatariylar
mamlakatga tashrif buyurishga ruxsat so‘rab hukumatga xat yuborishadi. Misol
uchun, O‘zbekiston hukumati Inson huquqlari bo‘yicha komissiyaning maxsus
protseduralari bilan, xususan, muayyan mavzu bo‘yicha ma’ruzasi bilan
hamkorligini 2002 yilda boshladi. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining taklifiga
8 Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон декларацияси ва Ўзбекистонда инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш миллий
тизими. /Муаллифлар жамоаси: А.Саидов, Ф.Бакаева, К.Арсланова ва бошқ. Масъул муҳаррир А.Х.Саидов. –
Т.: “O’zbekistоn”, 2010. -Б.253
11
binoan ilk bor 2002 yil noyabr oyida Inson huquqlari bo‘yicha komissiyaning
maxsus ma’ruzachisi Teo Van Boven mamlakatimizgaa tashrif buyurdi. Uning
tashrifi davomida davlat organlarining yuqori martabali xodimlari, fuqarolik
jamiyati institutlarining vakillari, xalqaro tashkilotlar va chet el elchixonalarining
vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, Teo Van Boven ozodlikdan
mahrum etilganlar saqlanadigan muassasalarni borib ko‘rdi.
Kengash o‘zining 5/-sonli rezolyusiyasi bilan, shaxsiy sifatda (ya’ni, davlat
vakili sifatida emas) faoliyat ko‘rsatuvchi va Kengashning tahlil markazi sifatida
ishlaydigan 18 ekspertdan iborat tarkibda Inson huquqlari bo‘yicha kengashning
Maslahat qo‘mitasi (Inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha
kichik komissiya o‘rniga)ni ta’sis etdi. Maslahat qo‘mitasi a’zolari o‘z vazifalarini
uch yil davomida bajaradilar. Ular bir marta qayta saylanishi mumkin. Maslahat
qo‘mitasining vazifasi, tadqiqotlarga hamda tadqiqotlarga asoslangan maslahatlarga
asosiy e’tiborni qaratgan holda, Kengash talab qilgan mazmunda va shaklda
Kengashga ekspert bilimlarini taqdim etishdan iborat hisoblanadi. Maslahat
kengashi rezolyusiyalar yoki qarorlar qabul qilmaydi. Maslahat kengashi yilda ko‘pi
bilan 10 ishchi kunidan iborat ikkita sessiyasini o‘tkazadi.
Kengash doirasida, dunyoning har qanday hududida va har qanday holatda
bo‘lishidan qat’i nazar, sodir etilgan va tizimli hamda ishonchli ravishda
tasdiqlangan inson huquqlari va asosiy erkinliklarining barcha qo‘pol buzilishi
holatlarini ko‘rib chiqish maqsadida shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartiboti o‘rnatildi.
Xotin-qizlarning ahvoli bo‘yicha komissiya Iqtisodiy va ijtimoiy kengash
tomonidan 1946 yilda ta’sis etilgan. Komissiyaning vazifalari doirasiga xotin-
qizlarning siyosiy, iqtisodiy, fuqaroviy, ijtimoiy sohalar va ta’lim sohasidagi
huquqlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida Iqtisodiy va ijtimoiy kengashga tavsiyalar va
ma’ruzalar tayyorlash, shuningdek, erkaklar bilan xotin-qizlarning teng huquqliligi
tamoyilini amalga oshirish maqsadida xotin-qizlar huquqlari sohasidagi eng muhim
muammolar bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish to‘g‘risida tavsiyalar va takliflar
tayyorlash vazifalari kiradi. Xotin-qizlarning ahvoli bo‘yicha komissiyaga, 1985 yil
12
Xotin-qizlarning ahvoli bo‘yicha umumjahon konferensiyasida qabul qilingan
xotin-qizlarning ahvolini yaxshilash sohasidagi istiqbolga mo‘ljallangan Nayrobi
strategiyasining amalga oshirilishini nazorat qilish va shu yo‘nalishdagi ishlarning
ahvoliga baho berib, tahlil qilib borish vazifasi topshirildi. Xotin-qizlarning ahvoli
bo‘yicha komissiya xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlar to‘g‘risida alohida
shaxslardan ham, bir guruh shaxslardan ham olingan xabarlarni ko‘rib chiqishi
mumkin. Yakka tartibdagi shikoyatlar bo‘yicha choralar ko‘rilmaydi. Buning
o‘rniga mavjud muammolarni hal etish uchun siyosiy tavsiyalar ishlab chiqish
maqsadida xotin-qizlarni kamsitish sohasidagi tamoyillarni aniqlashga qaratilgan
taomildan foydalanish bilan cheklanadilar9.
2010 yil 2 iyulda BMT Bosh Assambleyasi gender tengligi va ayollar
imkoniyatlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha BMTning yangi tuzilmasini tashkil
etdi va u “BMT-ayollar” deb nomlandi. Uning vakolatiga gender masalalari va
ayollar ahvolini yangilash bo‘yicha Maxsus maslahatchi devonxonasi, Kotibiyat,
ayollar ahvolini yaxshilash bo‘yicha bo‘lim, shuningdek, Ayollar manfaatlarini
rivojlantirish uchun BMT Jamg‘armasi va ayollar ahvolini yaxshilash bo‘yicha
xalqaro o‘quv va ilmiy-tadqiqot instituti mandatlari va vazifalari kiritildi. Mishel
Bachelet - Chilining birinchi ayol Prezidenti BMT Bosh kotibi o‘rinbosari va yangi
“BMT-ayollar” tuzilmasining rahbari etib tayinlandi va u 2011 yil 1 yanvardan
boshlab o‘z faoliyatini boshladi.
Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi. Turli organlar va
muassasalarga xizmatlar ko‘rsatish hamda har xil taomillar bilan bog‘liq xizmatni
keng yo‘lga qo‘yish vazifalari BMT Kotibiyati xodimlari zimmasida bo‘ladi. Inson
huquqlari bo‘yicha kotibiyat BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari
boshqarmasida, ya’ni sobiq Inson huquqlari bo‘yicha markazda ish olib boradi.
Bu boshqarma Jenevada joylashgan bo‘lib, aloqa uchun Nyu-Yorkda
kichikroq byurosi, jahonning turli joylarida esa bir nechta muvaqqat vakolatxonalari
bor. Hozirgi vaqtda mazkur boshqarmaning qarorgohida yuzdan ortiq mutaxassis,
9 Саидов А. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. Дарслик. -Т.: Konsauditinform-Nashr, 2006. -Б.155
13
asosan, xalqaro masalalar bo‘yicha ixtisoslashgan yuristlar va siyosatshunoslar
ishlamoqda.
BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi. BMT
tashkil topgan davridan boshlaboq qochoqlarning, qadrdon go‘shasidan ko‘chishga
majbur bo‘lgan shaxslarning, apatrid va repatriantlarning ahvoli bilan bog‘liq
masalalarga katta e’tibor berib keladi. Ularning huquqlarini himoya qilish hamda
ular bilan bog‘liq muammolarni lozim darajada va uzil-kesil hal etish yo‘llarini
izlash maqsadida bir qancha amaliy choralar ko‘rildi. Bosh Assambleya o‘zining
1949 yilda o‘tkazilgan to‘rtinchi sessiyasida BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha
Oliy komissari boshqarmasini ta’sis etgan. Mazkur boshqarma Ikkinchi jahon
urushidan keyin tuzilgan Qochoqlar ishlari bo‘yicha xalqaro tashkilot o‘rnini
egallagan. BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari Nizomining 1-
bandiga muvofiq, Oliy komissar Bosh Assambleya rahbarligi ostida faoliyat
ko‘rsatar ekan, mazkur Nizomning ta’sir doirasidagi qochoqlarga BMT rahnamoligi
ostida xalqaro himoyani ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Bunday
himoya qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi 1951 yilgi Konvensiyaga10 hamda shu
Konvensiyaga oid 1967 yilgi Protokolga11 muvofiq ta’min etiladi.
4. BMTning inson huquqlari bo‘yicha shartnomaviy organlari va ular
faoliyatining samaradorligi masalasi.
BMTning inson huquqlari sohasida bir qator universal xalqaro kelishuvlar
asosida tashkil etilgan shartnomaviy organlari:
1. Inson huquqlari bo‘yicha Qo‘mita (1976);
2. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari bo‘yicha Qo‘mita (1976);
3. Irqiy kamsitishlarni barcha turlariga barxam berish bo‘yicha Qo‘mita
(1970);
4. Ayollarni kamsitishlarini barcha turlariga barxam berish bo‘yicha
Qo‘mita (1982);
10 Международные акты о правах человека: Сб. документов. -М., 1998. -С.432-444
11 Ўша жойда . -С.445-447.
14
5. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari bo‘yicha Qo‘mita (1985);
6. Qiynoqlarga qarshi Qo‘mita (1988);
7. Bola huquqlari bo‘yicha Qo‘mita (1990);
8. Nogironlar huquqlari bo‘yicha Qo‘mita (2008).
9. Majburiy yo‘qolishga qarshi qo‘mita
BMT doirasida inson huquqlari bo‘yicha shartnomaviy organlari – BMTning
inson huquqlarini muhofaza qilish bo‘yicha asosiy xalqaro shartnomalari asosida
tashkil etilgan to‘qqizta qo‘mita ham ushbu shartnomalar bo‘yicha davlatlar o‘z
zimmalariga olgan majburiyatlariga rioya etishlari ustidan nazoratni ta’minlash
maqsadida faoliyat yuritadi.
Shartnomaviy
organlar
ishining
yetarli
darajada
samarali
ishlamayotganligining sabablaridan biri shundaki, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro
shartnomalar ularga davlatlarga nisbatan faqat “umumiy mulohaza” yoki “umumiy
tavsiya” berish huquqini berdi, xolos. Masalan, Fuqarolik va siyosiy huquqlar
to‘g‘risidagi xalqaro paktda “Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mita ushbu Paktda
ishtirok etuvchi davlatlar taqdim etadigan ma’ruzalarini o‘rganadi. U ishtirokchi-
davlatlarga o‘z ma’ruzalarni va maqsadga muvofiq deb hisoblaydigan fikr va
mulohazalarini yuborib turadi”, deyilgan. Qo‘mitaning bunday formulada
bildiradigan fikri Qo‘mita a’zolari ichida ham, shuningdek, xalqaro huquqshunoslar
ichida ham turli talqin qilinishiga olib kelmoqda.12
Qo‘mitalarning vakolati BMT Nizomi asosida faoliyat yurituvchi organlarga
qaraganda tor doirada olib boriladi. Chunki ular konvensiyalarga a’zo-davlatlar
monitoringi bilan shug‘ullanadilar va inson huquqlariga oid konvensiyalarning
moddalariga aloqador masalalarni ko‘rib chiqadilar, xolos. Umuman, ular siyosiy
organlar emas, vaholanki, qo‘mita ekspertlari davlat vakillaridan emas, balki alohida
shaxslardan saylanadi.
Konvensiyalarga a’zo-mamlakatlardan ular a’zo bo‘lgan muayyan
konvensiyadan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarishi yuzasidan qo‘mitalarga
Milliy hisobotlarni taqdim etish talab qilinadi. A’zo-davlatlar ma’ruzalarini boshida
12 Права человека. /Учебник. Отв. ред. Е.А.Лукашева. - М.: Норма-Инфра, 1999. -С. 506.
15
birinchi hisobot, keyinchalik esa - davriy hisobotlari sifatida topshirib boradi. Bu
hisobotlar konvensiyalardagi huquqlarning bajarilishini amalga oshirish bo‘yicha
ko‘rilgan qonunchilik, sudlov, ma’muriy va boshqa chora-tadbirlarni qamrab oladi.
Hisobotlar davriy majlislarda ko‘rib chiqiladi va u ochiq bo‘ladi. Qoidaga binoan,
bunday majlislarda, hisobdor bo‘lgan hukumatning vakili ishtirok etadi va hisobot
bo‘yicha savollarga javob beradi.
Qo‘mitalar siyosiy organ emasdir, chunki qo‘mitalarga ekspert sifatida
hukumatlarning vakillari emas, balki alohida shaxslar saylanadi va ular o‘zlarining
shaxsiy sifatlari bo‘yicha ish olib boradilar hamda o‘z davlatlari oldida hisobdor
emaslar. Ular inson huquqlari sohasida tan olingan obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan
mustaqil ekspertlar hisoblanadi.
5. BMTning maxsus ma’ruzachisi (tematik va mamlakat).
Inson huquqlari bo‘yicha Kengashning rezolyusiyasiga muvofiq, uning
maxsus protseduralari (tartibotlari) isloh qilindi, xususan, tematik bo‘ladimi yoki
mamlakatlar bo‘yicha bo‘ladimi, muayyan mansabga bo‘lgan mandat vakolati olti
yildan oshib ketmaydigan (ikki marotaba uch yillik muddat tematik mandatga ega
bo‘lganlar uchun) qilib belgilab qo‘yildi. Tematik mandatga ega bo‘lgan
(mandatariy)lar muddati – uch yil, mamlakatlar bo‘yicha mandatga ega bo‘lganlar
uchun esa – bir yil. Kengash o‘zining 5/2-sonli rezolyusiyasi bilan, axloqiy va
malakaviy yurish-turish standartlarini belgilab olish yo‘li bilan maxsus protseduralar
tizimining samaradorligini oshirish maqsadida, Inson huquqlari bo‘yicha
kengashning maxsus protseduralari mandatiga ega bo‘lganlarning Xulq-atvor
kodeksini qabul qildi. Hozirgi paytda 44 mavzuga oid va 12 ta mamlakat bo‘yicha
mandatlar mavjud.
Mamlakatlar bo‘yicha mandatlar hisoblanuvchi maxsus protseduralarning
mandatlari mandat egalaridan muayyan mamlakatda yoki muayyan hududlarda
inson huquqlarini buzilishi bo‘yicha, tematik mandatlar bo‘yicha holatlarda esa
butun dunyoda muayyan asosiy huquqlar buzilishi holatlari bo‘yicha omma uchun
16
ochiq bo‘lgan axborotlarni o‘rganishni, monitoring qilishni, maslahatlashish va
taqdim etishni talab etadi.
6. BMTning ixtisoslashgan muassasalari va ularning inson huquqlarini
ta’minlashdagi o‘rni.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari
bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) va inson huquqlari. YuNESKO, necha yildirki,
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 27-moddasida e’lon qilingan
madaniy hayotda ishtirok etish huquqini amaliy tarzda turmushga tatbiq etishga
qaratilgan faoliyat o‘tkazib kelmoqda. Chunonchi, 1966 yilda YuNESKOning Bosh
konferensiyasi Xalqaro madaniy hamkorlik tamoyillari deklaratsiyasini qabul qilgan
va e’lon qilgan. Hukumatlar, ma’murlar, madaniy faoliyat uchun mutasaddi
tashkilotlar, uyushmalar va muassasalar bundan buyon ana shu Deklaratsiyaga amal
qilishlari lozim, deb topilgan.
Hozirgi kunga qadar YuNESKO tomonidan 70ga yaqin xalqaro
shartnomalar qabul qilingan bo‘lib, ularning aksariyati inson huquqlari bilan
bevosita yoqi bilvosita bog‘liqdir. Shuningdek, YuNESKOning Konvensiyalar va
tavsiyalar bo‘yicha qo‘mitasiga ham shikoyatlar bilan murojaat qilish mumkin.
Murojaatlar alohida shaxslar yoki nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan
quyidagi masalalar yuzasidan berilishi mumkin: ta’lim olish huquqi, jamiyatning
madaniy hayotida erkin ishtirok etish, san’atdan bahramand bo‘lish, ilmiy
taraqqiyotda ishtirok etish huquqi, axborot va g‘oyalarni har qanday vosita bilan
izlash, olish va tarqatish erkinligi, vijdon va so‘z erkinligi.
YuNESKO tashkiloti tomonidan ham 70 ga yaqin xalqaro hujjatlar qabul
qilingan. Jumladan, Qurolli mojaro chiqqan holda madaniy boyliklarning himoya
qilinishi to‘g‘risidagi konvensiya (1954 yil), Mualliflik huquqi bo‘yicha umumjahon
konvensiyasi (1955 yil), Ta’lim sohasidagi kamsitishlarga qarshi kurash to‘g‘risida
konvensiya (1960), Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish
to‘g‘risidagi konvensiya (1972 y), Xalqaro xamjihatlik, hamkorlik va tinchlik ruhida
hamda inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish ruhida tarbiyalash
17
to‘g‘risidagi tavsiya (1974), Irq va irqiy bid’atlar to‘g‘risidagi deklaratsiya (1982 y),
Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi (1995 y), Inson genomi va Inson huquqlari
bo‘yicha universal deklaratsiya (1997) va boshqalar13.
Xalqaro mehnat tashkiloti. Xalqaro mehnat tashkiloti Millatlar ligasi bilan
bir paytda Versal shartnomasi asosida 1919 yilda tashkil topgan. Xalqaro mehnat
tashkiloti Birinchi jahon urushidan keyin ijtimoiy sohadagi islohotlarni
jadallashtirish va ularni xalqaro darajada muvofiqlashtirish maqsadida ta’sis etilgan.
XMTning konvensiya va tavsiyalari mehnatni tartibga soluvchi xalqaro-
huquqiy aktlardir. Xalqaro mehnat tashkiloti BMTning ixtisoslashgan muassasasi
bo‘lib, xalqaro mehnat standartlari ishlab chiqish uning asosiy maqsadidir.
XMTning norma ijodkorlik faoliyati asosan konvensiya va tavsiyalarni qabul
qilishda namoyon bo‘ladi. Xalqaro mehnat byurosi turli davlatlardagi qonunchilik
va uning amaliyotdagi ijrosi to‘g‘risidagi umumlashtirilgan axborotni o‘z ichiga
oluvchi ma’ruzalar tayyorlaydi hamda ularning muhokamasi natijasida konvensiya
va tavsiyalar qabul qiladi. Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiya va tavsiyalari,
o‘z navbatida, a’zo-davlatlarga mo‘ljallangan, ya’ni ular XMTning milliy
qonunchilikka tegishli normalarini kiritish lozimligi to‘g‘risidagi xohishni aks
ettiradi.
XMTning o‘ziga xosligi uning organlaridagi uch tomonlama vakillik
hisoblanadi: hukumatlar, ish beruvchilar va mehnatkashlar (kasaba uyushmalar).
XMTni tashkil etuvchilarning fikriga ko‘ra ushbu shakldagi vakillik hukumatlar
vositachiligida ish beruvchilar bilan mehnatkashlar o‘rtasidagi muloqotga yordam
beradi (ijtimoiy hamkorlik g‘oyasi)14.
1998 yili Xalqaro mehnat konferensiyasida “Xalqaro mehnat tashkilotining
mehnat sohasidagi asosiy tamoyillari va huquqlari deklaratsiyasi hamda uni amalga
oshirish vositalari” qabul qilindi. Deklaratsiyada XMT 8 ta konvensiyani asosiy deb
tan olishni e’lon qildi. Uning asosiy deyilishiga sabab shuki, barcha a’zo-davlatlar
o‘sha konvensiyalarni ratifikatsiya qilmagan bo‘lsalar ham, Tashkilotga a’zolik
13 Батафсил маълумотлар учун қаранг: ЮНЕСКОнинг халқаро меъёрий ҳужжатлари. Тўплам. /Масъул
муҳаррир Л.Саидова. –Т.: Адолат, 2004. -304 б.
14 Хакимов Р. Узбекистан и Организации Объединенных Наций. -3-е изд., доп. –Т.: Zar Qalam, 2006. -С.87
18
majburiyatidan kelib chiqqan holda, konvensiyada keltirilgan majburiyatlarni
bajarishlari va undagi qoidalarning amalga oshirilishiga ko‘maklashishlari shart
hisoblanadi. Asosiy konvensiyalar quyidagilardir:
1. 1930 yilgi Majburiy mehnat to‘g‘risidagi 29-konvensiya;
2. 1948 yilgi Birlashish erkinligi va tashkil etish huquqining himoyasi
to‘g‘risidagi 87-konvensiya;
3. 1949 yilgi Jamoaviy muzokaralarni olib borish va birlashish huquqi
to‘g‘risidagi 98-konvensiya;
4. 1951 yilgi Teng haq to‘lash to‘g‘risidagi 100-konvensiya;
5. 1957 yilgi Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risidagi 105-konvensiya;
6. 1958 yilgi Mehnat va ish turlari sohasidagi kamsitish to‘g‘risidagi 111-
konvensiya;
7. 1973 yilgi Ishga qabul qilishdagi minimal yosh to‘g‘risidagi 138-
konvensiya;
8.
1999 yilgi Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to‘g‘risidagi 182-
konvensiya15.
Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari mehnat huquqini ta’minlashga
qaratilgan bo‘lib, mazkur hujjatlarga qo‘shilgan davlatlar insonning mehnat
huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli qonun hujjatlari qabul qilish va amaliy
chora-tadbirlar ko‘rish majburiyatini o‘z zimmasiga oladilar. Bu majburiyat esa
xalqaro hamjamiyat tomonidan shaxsning ijtimoiy-huquqiy himoyasiga qaratilgan
minimal standartlar sifatida baholanadi.
Hozirga qadar, XMT tashkiloti tomonidan 300dan ortiq konvensiyalar va
tavsiyalar qabul qilingan16 bo‘lib, ularning 187 tasi konvensiyani tashkil etadi.
Aytish mumkinki, bugunga kelib, XMTning normativ hujjatlari mehnat huquqi
bo‘yicha o‘ziga xos xalqaro huquqiy bazani tashkil etadi17.
15 Махаматов М. Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг ихтисослаштирилган муассасаси сифатида Халқаро
меҳнат ташкилоти/ “Ўзбекистон ва БМТ: тажриба ва ҳамкорлик истиқболлари” мавзусидаги конференция
материаллари. –Т.: ТДЮИ, 2007. -Б.204-205.
16 Хакимов Р. Узбекистан и Организация Объединенных Наций. -3-е изд., доп. –Т.: Zar Qalam, 2006. -С.87.
17 Батафсил маълумотлар учун қаранг: Халқаро меҳнат ташкилотининг асосий конвенциялари ва тавсиялари.
/Масъул муҳаррир А.Саидов. –Т.: Инсон ҳуқуқлари бўйича Ўзбекистон Республикаси Миллий маркази,
2008. -240 б.
19
Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti. Butunjahon intellektual mulk
tashkiloti (BIMT) BMTning ixtisoslashgan tashkiloti bo‘lib, insonning ijod qilish
huquqi va uning ijodi natijalariga qaratilgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
himoyasi bilan shug‘ullanadi. BIMTning shtab-kvartirasi Shveysariyaning Jeneva
shahrida joylashgan. BIMT 1967 yil 14 iyul kuni Stokgolm shahrida imzolangan,
“Butunjahon intellektual mulk tashkilotini tashkil etish haqidagi konvensiya»
asosida tashkil etilgan . Konvensiya 1970 yilda kuchga kirgan.
Butunjahon
intellektual
mulk
tashkiloti
(BIMT)
ham
BMTning
ixtisoslashgan tashkilotlari qatoriga kirgan holda fuqarolarning mualliflik
huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro huquqiy hujjatlar ishlab chiqqan. Ular
jumlasiga quyidagilar kiradi: “Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish haqida”gi
1886 yilgi Bern konvensiyasi; “BIMTning mualliflik huquqi bo‘yicha 1996 yilgi
shartnomasi”; “Ijrochilar, fonogramma ishlab chiqaruvchilari va efir orqali
uzatuvchi tashkilotlar huquqlarini himoya qilish haqida”gi 1971 yilgi Jeneva
konvensiyasi; “Erning sun’iy yo‘ldoshi orqali uzatiladigan dasturlarni tashuvchi
signallarni tarqatish to‘g‘risida”gi 1974 yilgi Bryussel konvensiyasi; BIMTning
“Ijrochilar va fonogrammalar bo‘yicha” 1996 yilgi Shartnomasi; “Ikki tomonlama
soliqqa tortishning oldini olish haqida”gi 1979 yilgi Madrid konvensiyasi va
boshqalar18.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti insonning sog‘liqqa bo‘lgan huquqining
targ‘ib etilishi va himoya qilinishidagi asosiy ixtisoslashgan tashkilot hisoblanadi.
JSST insonning sog‘lom rivojlanishiga oid ko‘plab xalqaro hujjatlar, shu jumladan,
OIV/OITS dasturining butunjahon miqyosida qabul qilinishi va muvaffaqiyatli
amalga oshirilishiga o‘ziga xos hissa qo‘shib kelmoqda. JSST BMTning
ixtisoslashgan tashkiloti hisoblanadi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha tashkiloti
ixtisoslashgan idoralar orasidagi eng yirik tashkilot hisoblanib, qashshoqlikka qarshi
butunjahon miqyosida kurashishning muhim elementi va oziq-ovqatga bo‘lgan
18 Батафсил маълумотлар учун қаранг: Тошев Б.Халқаро ташкилотларнинг муаллифлик ҳуқуқига оид
актларининг ҳуқуқий мақоми. –Т. “Voris-Nashriyot”, 2007. 254-бет
20
huquqning targ‘ib etilishi va himoya qilinishidagi eng ta’sirchan ishtirokchi
sanaladi. Taraqqiyot yo‘lida qashshoqlikka qarshi kurashish borasida 2000 yil
sentyabrda o‘tkazilgan Mingyillik Sammiti davomida 150ga yaqin davlat boshliqlari
va hukumat rahbarlari kelishuvga erishgan edilar.
7. BMTning fond va dasturlari hamda ularning inson huquqlarini
ta’minlashdagi o‘rni.
BMTning Bolalar fondi (YuNISEF) va inson huquqlari. Ikkinchi jahon
urushidan keyingi Yevropada va Xitoyda bolalarning oziq-ovqat, dori-darmon va
kiyim-kechakka bo‘lgan kundalik zarur ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida
1946 yilda BMT Bosh Assambleyasining birinchi sessiyasida YuNISEF ta’sis
etilgan edi. 1950 yilda BMT Bosh Assambleyasi mazkur Fond faoliyatining asosiy
yo‘nalishi rivojlanayotgan mamlakatlar bolalarining manfaatlari ko‘zlangan
dasturni amalga oshirishdan iborat, deya qaror qabul qildi. Uch yildan keyin BMT
Bosh Assambleyasi YuNISEFning faoliyatini nomuayyan muddatga uzaytirishga
qaror qilgan.
YuNISEF insonparvarlik, muruvvat yordami ko‘rsatgan holda rivojlanishga
hamkorlik qilar ekan, bolalarni himoya etish va ularning barcha qobiliyatlarini
o‘stirish maqsadida rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorlik doirasini
kengaytirishga harakat qilib kelmoqda. Bunday hamkorlik bolalarni kamol toptirish
sohasidagi milliy dasturlar doirasida amalga oshirilmoqda. Ana shu hamkorlik
mohiyatan jahondagi har bir bolaga uning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyada
e’lon qilingan tayanch huquqlari hamda imtiyozlari imkon qadar ro‘yobga
chiqarilishini ta’minlashga qaratilgan. Markaziy va Sharqiy Yevropada, shuningdek,
sobiq Sovet Ittifoqi hududida bolalarning eng zarur talab-ehtiyojlarini qondirish
maqsadida YuNISEF ba’zi davlatlarga yaqindan yordam ko‘rsatib kelmoqda.
YuNISEF bola huquqlarini rag‘batlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi
Bola huquqlari qo‘mitasi bilan jips hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ayni vaqtda
Konvensiyaning amalga oshirilishini kuzatish hamda Konvensiyani ratifikatsiya
qilgan yoki bu hujjatga qo‘shilgan davlatlarga ular zimmasidagi vazifalarini
21
bajarishlarida yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanmoqda. YuNISEF o‘z faoliyatida
Bolalarning omon qolishini ta’minlash, ularni himoya etish va kamol toptirish
to‘g‘risidagi umumjahon deklaratsiyasini amalga oshirishga qaratilgan harakatlar
rejasiga amal qiladi. Mazkur deklaratsiya bolalarning manfaatlarini ko‘zlab, 1990
yilning sentyabrida Nyu-Yorkda ko‘pgina davlatlar va hukumatlarning rahbarlari
hamda oliy martabali boshqa shaxslar ishtirokida o‘tkazilgan oliy darajadagi
umumjahon uchrashuvida qabul qilingan19.
BMTning
Taraqqiyot
dasturi
(BMTTD).
BMTTD
Bosh
Assambleyasining 1965 yil 22 noyabrdagi rezolyusiyasiga asosan BMTning
Kengaytirilgan texnikaviy yordam dasturi va Maxsus jamg‘armasini birlashtirish
natijasida tashkil topgan. Dasturning asosiy maqsadi – rivojlanayotgan
mamlakatlarga milliy rivojlanish borasida yordam ko‘rsatish. BMTTDning asosiy
vazifalaridan biri – samarali boshqaruvni ta’minlashga ko‘maklashish. BMT
tomonidan qabul qilingan Mingyillik deklaratsiyasida ta’kidlanishicha, samarali
boshqaruv inson taraqqiyotiga erishishda, turmush darajasini yuksaltirishda, gender
tenglik va tinchlikni saqlab qolishda asosiy omildir.
BMTTD inson huquqlariga oid milliy qonunchilik va xalqaro standartlar
sohasida bilimlarni oshirish, gender tenglik, shuningdek, aholiga ayniqsa, uning
ijtimoiy nochor qatlamlariga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifatini yaxshilash
maqsadida yuristlar salohiyatini oshirish ustida faol ish olib bormoqda20.
Asosiy adabiyotlar:
1. Saidov A.X. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq. Darslik, 2004.
2. Mo‘minov A.R., Tillaboev M.A. Inson huquqlari: darslik. – T.: Adolat,
2013. – B. 135-160.
3. Yuldasheva G., Borsieva Z., Gafurova N. Prava cheloveka. Uchebnik.
TGYuU. 2014
19 Саидов А. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. Дарслик. -Т.: Konsauditinform-Nashr, 2006. -Б.158-159
20 Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон декларацияси ва Ўзбекистонда инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш миллий
тизими. /Муаллифлар жамоаси: А.Саидов, Ф.Бакаева, К.Арсланова ва бошқ. Масъул муҳаррир А.Х.Саидов.
–Т.: “O’zbekiston”, 2010. -Б.270
22
4. Daniel Moeckli et al. International Human Rights Law. Oxford Univ.
Press 2018.
5. International human rights system. Asian Pacific Forum of NHRI, 2012.
[El.
resurs]:
https://nhri.ohchr.org/EN/IHRS/Documents/International%20HR%20System%20
Manual.pdf
6. www.ohchr.org – cayt Verxovnogo Komissara OON po pravam
cheloveka, soderjit informatsiyu o klyuchevыx dogovorax po pravam cheloveka,
mexanizmax kontrolya, dokladы gosudarstv, zaklyuchitelnыe zamechaniya po
itogam rassmotreniya dokladov i dr.