Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar

Yuklangan vaqt

2025-03-18

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

34,5 KB


 
1 
 
 
 
 
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar 
 
Reja: 
1. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro bill – inson huquqlariga oid muhim 
hujjat sifatida. 
2. Inson huquqlari bo‘yicha universal hujjatlar va ularning tasniflanishi.  
3. Inson huquqlari bo‘yicha mintaqaviy kelishuvlar va ularning inson 
huquqlarini ta’minlash va himoya qilishdagi roli. 
4. Madaniy relyativizm konsepsiyasi. Inson huquqlari universalligi va 
madaniy relyativizm.  
5. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarga ogovorkalar. 
 
1. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro bill – inson huquqlariga oid muhim 
hujjat sifatida. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘zining Ustavida belgilangan prinsiplarga 
muvofiq Inson huquqlari to‘g‘risida xalqaro billni qabul qilgan hamda insonning 
ajralmas huquqlari doirasini belgilab olgan. 
Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro bill beshta qismdan iborat bo‘lib, ular 
quyidagilardan iborat: 
birinchisi - 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon 
deklaratsiyasi; 
ikkinchisi - 1966 yilda qabul qilingan Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy 
huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt; 
uchinchisi - 1966 yilda qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar 
to‘g‘risidagi xalqaro pakt; 
1 Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar Reja: 1. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro bill – inson huquqlariga oid muhim hujjat sifatida. 2. Inson huquqlari bo‘yicha universal hujjatlar va ularning tasniflanishi. 3. Inson huquqlari bo‘yicha mintaqaviy kelishuvlar va ularning inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilishdagi roli. 4. Madaniy relyativizm konsepsiyasi. Inson huquqlari universalligi va madaniy relyativizm. 5. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarga ogovorkalar. 1. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro bill – inson huquqlariga oid muhim hujjat sifatida. Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘zining Ustavida belgilangan prinsiplarga muvofiq Inson huquqlari to‘g‘risida xalqaro billni qabul qilgan hamda insonning ajralmas huquqlari doirasini belgilab olgan. Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro bill beshta qismdan iborat bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: birinchisi - 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi; ikkinchisi - 1966 yilda qabul qilingan Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt; uchinchisi - 1966 yilda qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt;  
2 
to‘rtinchisi - so‘nggi paktga doir 1966 yilda qabul qilingan, shikoyat qilish 
huquqini e’lon qilgan birinchi Fakultativ protokol; 
beshinchisi - 1989 yilda qabul qilingan, o‘lim jazosini bekor qilishga 
qaratilgan ikkinchi Fakultativ protokol.  
Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro billning qabul qilinishi inson 
huquqlariga oid zamonaviy konsepsiyani va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro 
huquqni rivojlantirish yo‘lida tarixiy bosqich sifatida qayd etiladi. 
 
2. Inson huquqlari bo‘yicha universal hujjatlar va ularning 
tasniflanishi.  
Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjat - davlatlar va xalqaro huquqning 
boshqa sub’ektlari o‘rtasida inson huquqlari borasidagi munosabatlarni tartibga 
solishga qaratilgan va bir, ikki yoki bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha 
hujjatlarda ifodalanganidan hamda uning aniq nomidan qat’i nazar, yozma shaklda 
tuziladigan xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan bitim hisoblanadi. 
Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar deganda, inson huquq va 
erkinliklari tamoyilini mustahkamlovchi va rivojlantiruvchi xalqaro-huquqiy 
normalar yig‘indisi tushuniladi. Birinchi navbatda, mazkur standartlar davlatlarga 
o‘z fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning huquq va 
erkinlariga zarar yetkazuvchi har qanday xatti-harakatdan tiyilish, kamsitishlarning 
har qanday shakllariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek inson huquqlari va erkinliklarga 
putur yetkazuvchi har qanday noqonuniy harakatlarni oldini olish majburiyatini 
yuklaydi. Bundan tashqari, ushbu standartlar orqali davlatlar o‘z majburiyatlarini 
yetarli darajada ado etmagan hollarda ularga nisbatan javobgarlik nazarda tutilgan, 
qolaversa inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro-huquqiy mexanizmlari 
belgilab berilgan. 
Standartlar universal, ya’ni butun dune tomonidan tan olingan (BMT 
tomonidan qabul qilingan normativ aktlar), hamda mintaqaviy, ma’lum bir mintaqa 
hududida kuchga ega (Evropa Ittifoqi, Yevropa Kengashi, MDX va xokazo).  
2 to‘rtinchisi - so‘nggi paktga doir 1966 yilda qabul qilingan, shikoyat qilish huquqini e’lon qilgan birinchi Fakultativ protokol; beshinchisi - 1989 yilda qabul qilingan, o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan ikkinchi Fakultativ protokol. Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro billning qabul qilinishi inson huquqlariga oid zamonaviy konsepsiyani va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqni rivojlantirish yo‘lida tarixiy bosqich sifatida qayd etiladi. 2. Inson huquqlari bo‘yicha universal hujjatlar va ularning tasniflanishi. Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjat - davlatlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari o‘rtasida inson huquqlari borasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan va bir, ikki yoki bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha hujjatlarda ifodalanganidan hamda uning aniq nomidan qat’i nazar, yozma shaklda tuziladigan xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan bitim hisoblanadi. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar deganda, inson huquq va erkinliklari tamoyilini mustahkamlovchi va rivojlantiruvchi xalqaro-huquqiy normalar yig‘indisi tushuniladi. Birinchi navbatda, mazkur standartlar davlatlarga o‘z fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning huquq va erkinlariga zarar yetkazuvchi har qanday xatti-harakatdan tiyilish, kamsitishlarning har qanday shakllariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek inson huquqlari va erkinliklarga putur yetkazuvchi har qanday noqonuniy harakatlarni oldini olish majburiyatini yuklaydi. Bundan tashqari, ushbu standartlar orqali davlatlar o‘z majburiyatlarini yetarli darajada ado etmagan hollarda ularga nisbatan javobgarlik nazarda tutilgan, qolaversa inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro-huquqiy mexanizmlari belgilab berilgan. Standartlar universal, ya’ni butun dune tomonidan tan olingan (BMT tomonidan qabul qilingan normativ aktlar), hamda mintaqaviy, ma’lum bir mintaqa hududida kuchga ega (Evropa Ittifoqi, Yevropa Kengashi, MDX va xokazo).  
3 
Mintaqaviy standartlar asosan o‘z aniqligi va ma’lum hudud doirasida 
huquqbuzar davlatlar uchun jiddiy javobgarlikka tortilishini nazarda tutadi. 
Xalqaro standartlar xalqaro darajada e’tirof etilgan universal (qoida 
tariqasida, BMT tomonidan qabul qilingan normativ aktlar) va muayyan mintaqada, 
odatda muayyan davlatlararo birlashmalar (Evropa Kengashi, Yevropa Ittifoqi, 
MDH va boshqalar) hududida amal qiladigan mintaqaviy standartlarga bo‘linadi. 
Mintaqaviy standartlar odatda aniqroq bo‘lib, ular davlatlararo birlashmalar 
doirasida huquqbuzar davlatlarga nisbatan qat’iy javobgarlikni nazarda tutuvchi 
standartlar hisoblanadi. 
Xalqaro standartlar deklaratsiya, xalqaro shartnomalar (paktlar va 
konvensiyalar), xalqaro tashkilotlarning rezolyusiyalari, rahbariy tamoyillar 
ko‘rinishida bo‘ladi. 
Deklaratsiyalar odatda davlatlararo organlar yig‘ilishlarning yakuniy 
hujjatlari (masalan, BMT bosh Assambleyasi rezolyusiyasi) tariqasida qabul qilinadi 
va majburlov harakterida bo‘lmaydi. Deklaratsiya bu – muayyan sohadagi xalqaro 
munosabatlarni yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi tamoyillar 
yig‘indisidir. Davlat o‘z qonun hujjatlarini deklaritsiya normalariga yaqinlashtirishi 
mumkin, biroq majburiy hisoblanmaydi.  
Inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tizimining asosini xalqaro 
shartnomalar (bitimlar) – paktlar va konvensiyalar tashkil etadi. Mazkur turdagi 
xalqaro-huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilgan va qo‘shilgan barcha davlatlar uchun 
umummajburiy ahamiyat kasb etadi. Shartnomalar asosida bitimlar shartlarga amal 
qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar 
yoki ularni alohida organlari ta’sis etiladi.  
Inson huquqlarining umumiy himoyasini ta’minlovchi xalqaro shartnomalar 
jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948 yil); 
2. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro paktlar (1966 yil); 
3. Iqtisodiy, ijtiomiy va madaniy huquqlar bo‘yicha xalqaro pakt 
(1966 yil); 
3 Mintaqaviy standartlar asosan o‘z aniqligi va ma’lum hudud doirasida huquqbuzar davlatlar uchun jiddiy javobgarlikka tortilishini nazarda tutadi. Xalqaro standartlar xalqaro darajada e’tirof etilgan universal (qoida tariqasida, BMT tomonidan qabul qilingan normativ aktlar) va muayyan mintaqada, odatda muayyan davlatlararo birlashmalar (Evropa Kengashi, Yevropa Ittifoqi, MDH va boshqalar) hududida amal qiladigan mintaqaviy standartlarga bo‘linadi. Mintaqaviy standartlar odatda aniqroq bo‘lib, ular davlatlararo birlashmalar doirasida huquqbuzar davlatlarga nisbatan qat’iy javobgarlikni nazarda tutuvchi standartlar hisoblanadi. Xalqaro standartlar deklaratsiya, xalqaro shartnomalar (paktlar va konvensiyalar), xalqaro tashkilotlarning rezolyusiyalari, rahbariy tamoyillar ko‘rinishida bo‘ladi. Deklaratsiyalar odatda davlatlararo organlar yig‘ilishlarning yakuniy hujjatlari (masalan, BMT bosh Assambleyasi rezolyusiyasi) tariqasida qabul qilinadi va majburlov harakterida bo‘lmaydi. Deklaratsiya bu – muayyan sohadagi xalqaro munosabatlarni yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi tamoyillar yig‘indisidir. Davlat o‘z qonun hujjatlarini deklaritsiya normalariga yaqinlashtirishi mumkin, biroq majburiy hisoblanmaydi. Inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tizimining asosini xalqaro shartnomalar (bitimlar) – paktlar va konvensiyalar tashkil etadi. Mazkur turdagi xalqaro-huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilgan va qo‘shilgan barcha davlatlar uchun umummajburiy ahamiyat kasb etadi. Shartnomalar asosida bitimlar shartlarga amal qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar yoki ularni alohida organlari ta’sis etiladi. Inson huquqlarining umumiy himoyasini ta’minlovchi xalqaro shartnomalar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948 yil); 2. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro paktlar (1966 yil); 3. Iqtisodiy, ijtiomiy va madaniy huquqlar bo‘yicha xalqaro pakt (1966 yil);  
4 
4. Genotsid jinoyatining oldini olish hamda bunday jinoyat uchun 
jazo to‘g‘risidagi konvensiya (1948 yil); 
5. Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiya (1951 yil); 
6. Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi 
xalqaro konvensiya (1965 yil); 
7. Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish 
to‘g‘risidagi konvensiya (1979 yil); 
8. Qiynoqqa solishga hamda muomalada bo‘lish va jazolashning 
boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki odamlarning qadr-qimmatini 
tahqirlovchi turlariga qarshi konvensiya (1984 yil); 
9. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (1989 yil) va boshqalar. 
 
3. Inson huquqlari bo‘yicha mintaqaviy kelishuvlar va ularning inson 
huquqlarini ta’minlash va himoya qilishdagi roli. 
Mintaqaviy hujjatlarga misol sifatida 1950 yil 4 noyabrda qabul qilinib, 1953 
yilda kuchga kirgan «Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g‘risidagi Yevropa 
konvensiyasi» va unga qo‘shimcha 14 ta Bayonnomalarni, 1961 yil 18 oktyabrda 
qabul qilinib, 1965 yilda kuchga kirgan va 1991 yilda yangi tahrirda qabul qilingan 
Yevropa ijtimoiy xartiyasini, 1969 yil 22 noyabrda qabul qilinib, 1978 yilda kuchga 
kirgan Inson huquqlari to‘g‘risida Amerika konvensiyasini, 1981 yil iyul oyida 
qabul qilinib, 1988 yilda yanvarda kuchga kirgan Xalqlar va inson huquqlari 
to‘g‘risida Afrika xartiyasini, 1990 yil 5 avgustda qabul qilingan Islomda inson 
huquqlari Qohira deklaratsiyasini, 1995 yilda qabul qilingan Inson huquqlari va 
asosiy erkinliklari bo‘yicha MDH konvensiyasini, 2004 yil 22 may  oyida qabul 
qilinib, 2008 yilda 15 martda kuchga kirgan Inson huquqlari to‘g‘risida Arab 
xartiyasini misol qilib keltirishimiz mumkin. 
Mintaqalararo hujjatlarga esa, 1975 yil 1 avgustda Xelsinkida qabul qilingan 
Yevropa xavfsizlik va hamkorlik kengashining Yakuniy aktini, 1989 yil 15 yanvarda 
qabul qilingan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik kengashining Vena uchrashuvi 
4 4. Genotsid jinoyatining oldini olish hamda bunday jinoyat uchun jazo to‘g‘risidagi konvensiya (1948 yil); 5. Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiya (1951 yil); 6. Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya (1965 yil); 7. Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya (1979 yil); 8. Qiynoqqa solishga hamda muomalada bo‘lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki odamlarning qadr-qimmatini tahqirlovchi turlariga qarshi konvensiya (1984 yil); 9. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (1989 yil) va boshqalar. 3. Inson huquqlari bo‘yicha mintaqaviy kelishuvlar va ularning inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilishdagi roli. Mintaqaviy hujjatlarga misol sifatida 1950 yil 4 noyabrda qabul qilinib, 1953 yilda kuchga kirgan «Inson huquqlari va asosiy erkinliklari to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi» va unga qo‘shimcha 14 ta Bayonnomalarni, 1961 yil 18 oktyabrda qabul qilinib, 1965 yilda kuchga kirgan va 1991 yilda yangi tahrirda qabul qilingan Yevropa ijtimoiy xartiyasini, 1969 yil 22 noyabrda qabul qilinib, 1978 yilda kuchga kirgan Inson huquqlari to‘g‘risida Amerika konvensiyasini, 1981 yil iyul oyida qabul qilinib, 1988 yilda yanvarda kuchga kirgan Xalqlar va inson huquqlari to‘g‘risida Afrika xartiyasini, 1990 yil 5 avgustda qabul qilingan Islomda inson huquqlari Qohira deklaratsiyasini, 1995 yilda qabul qilingan Inson huquqlari va asosiy erkinliklari bo‘yicha MDH konvensiyasini, 2004 yil 22 may oyida qabul qilinib, 2008 yilda 15 martda kuchga kirgan Inson huquqlari to‘g‘risida Arab xartiyasini misol qilib keltirishimiz mumkin. Mintaqalararo hujjatlarga esa, 1975 yil 1 avgustda Xelsinkida qabul qilingan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik kengashining Yakuniy aktini, 1989 yil 15 yanvarda qabul qilingan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik kengashining Vena uchrashuvi  
5 
Yakuniy hujjatini, 1990 yilda qabul qilingan Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasini 
misol qilib keltirishimiz mumkin.  
 
Shuningdek, 1990 yilgi Kopengagen hujjati (EXHT insoniylik mezonlari 
bo‘yicha konferensiya Kopengagen kengashining hujjati) insoniylik mezonlari 
bo‘yicha birinchi to‘liq hujjat bo‘lib, u YeXHT doirasida insoniylik mezonlari 
bo‘yicha qabul qilingan siyosiy majburiyatlarning muhim to‘plami hisoblanadi. 
Unda ta’kidlab ko‘rsatilishicha, inson huquqlarini himoya qilish va ta’minlash 
ishtirok etuvchi davlatlarning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi bilan bir paytda, 
ularni e’tirof etish erkinlik, adolat va tinchlikning asosi bo‘lib hisoblanadi. Hujjatda 
ilgari YeXHT doirasida rasmiy tasdiqlanmagan bir qancha inson huquqlari va asosiy 
erkinliklari (masalan, tinchlik yo‘li bilan majlislar va namoyishlar o‘tkazishga oid 
huquq, o‘z mulkidan tinchlik yo‘li bilan foydalanish huquqi, bola huquqlari, 
ozchilikni tashkil qilgan millatlar huquqlari) qayd etiladi. Kopengagen hujjati 
insoniylik mezonlari qamrovini ularga saylovga oid majburiyatlar kiritish orqali 
kengaytirdi. 
 
4. Madaniy relyativizm konsepsiyasi. Inson huquqlari universalligi va 
madaniy relyativizm.  
Madaniy relyativizm – bu shunday metodologik ko‘rsatmaki, u ayrim 
mahalliy (lokal) madaniyatlarga xos, ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan tafovutlarga 
asoslangan holda, universal, umumbashariy qadriyatlar va tamoyillarni rad etadi. 
Madaniy relyativizm inson huquqlariga tatbiqan bu huquqlar G‘arb madaniyati 
mahsuli va shu sababli ularni universal deb hisoblab bo‘lmaydi, degan tasdiqda 
namoyon bo‘ladi1.  
Inson huquqlari talqinidagi madaniy relyativizm tarafdorlari orasida Osiyo 
mamlakatlari, xususan, Xitoy hamda Eron huquqshunoslari va siyosatshunoslari 
ko‘pchilikni tashkil etadilar. Ular mazkur metodologik ko‘rsatmadan mamlakatlarda 
inson huquqlari buzilayotganligi borasida, odatda, xalqaro tashkilotlar tomonidan 
qabul qilinayotgan tanqidga qarshi dalil sifatida foydalanadilar. 
                                                 
1 Саидов А. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. –Тошкент, Konsauditinform-Nashr, 2006. –Б. 179 
5 Yakuniy hujjatini, 1990 yilda qabul qilingan Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasini misol qilib keltirishimiz mumkin. Shuningdek, 1990 yilgi Kopengagen hujjati (EXHT insoniylik mezonlari bo‘yicha konferensiya Kopengagen kengashining hujjati) insoniylik mezonlari bo‘yicha birinchi to‘liq hujjat bo‘lib, u YeXHT doirasida insoniylik mezonlari bo‘yicha qabul qilingan siyosiy majburiyatlarning muhim to‘plami hisoblanadi. Unda ta’kidlab ko‘rsatilishicha, inson huquqlarini himoya qilish va ta’minlash ishtirok etuvchi davlatlarning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi bilan bir paytda, ularni e’tirof etish erkinlik, adolat va tinchlikning asosi bo‘lib hisoblanadi. Hujjatda ilgari YeXHT doirasida rasmiy tasdiqlanmagan bir qancha inson huquqlari va asosiy erkinliklari (masalan, tinchlik yo‘li bilan majlislar va namoyishlar o‘tkazishga oid huquq, o‘z mulkidan tinchlik yo‘li bilan foydalanish huquqi, bola huquqlari, ozchilikni tashkil qilgan millatlar huquqlari) qayd etiladi. Kopengagen hujjati insoniylik mezonlari qamrovini ularga saylovga oid majburiyatlar kiritish orqali kengaytirdi. 4. Madaniy relyativizm konsepsiyasi. Inson huquqlari universalligi va madaniy relyativizm. Madaniy relyativizm – bu shunday metodologik ko‘rsatmaki, u ayrim mahalliy (lokal) madaniyatlarga xos, ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan tafovutlarga asoslangan holda, universal, umumbashariy qadriyatlar va tamoyillarni rad etadi. Madaniy relyativizm inson huquqlariga tatbiqan bu huquqlar G‘arb madaniyati mahsuli va shu sababli ularni universal deb hisoblab bo‘lmaydi, degan tasdiqda namoyon bo‘ladi1. Inson huquqlari talqinidagi madaniy relyativizm tarafdorlari orasida Osiyo mamlakatlari, xususan, Xitoy hamda Eron huquqshunoslari va siyosatshunoslari ko‘pchilikni tashkil etadilar. Ular mazkur metodologik ko‘rsatmadan mamlakatlarda inson huquqlari buzilayotganligi borasida, odatda, xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilinayotgan tanqidga qarshi dalil sifatida foydalanadilar. 1 Саидов А. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. –Тошкент, Konsauditinform-Nashr, 2006. –Б. 179  
6 
Inson huquqlarini milliy psixologiya va mahalliy xususiyatlarga qarab talqin 
qilishning har xil usullarini rad etadiganlarning fikriga qo‘shilish mumkin. Bunday 
talqinlar inson huquqlarini buzish hollarini oqlashga xizmat qila boshlagunga qadar 
ularga yo‘l qo‘ysa bo‘ladi. Binobarin, bunday talqinlar kerak, aks holda, madaniy 
relyativizmdan boshqa tarafga  - huquqiy idealizm tarafiga butunlay og‘ib ketish 
mumkin, deydi A.Saidov2. 
XXI asrdagi inson huquqlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, bu 
uning universalligidir. Turli-tuman madaniyat va an’analar inkishof etilgan bu azaliy 
dunyoda inson huquqlarining universalligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
Birinchidan, inson huquqlari sohasida norma ijodkorligi izchil davom 
etayotgan va hali poyoniga yetmagan jarayondir. Inson huquqlari va bu sohadagi 
xalqaro normalar kelajakda qanday rivojlanishi, avvalambor, davlatlarning o‘ziga 
bog‘liq. Shu sababli, inson huquqlarining universalligiga oldindan belgilab 
qo‘yilgan qandaydir mezon, deb qaramaslik kerak. Ya’ni, inson huquqlari tabiatan 
barcha insonlarga va xalqlarga tegishli bo‘lsa-da,  ular xalqaro norma ijodkorligiga 
asoslangan, shu bilan bir qatorda, milliy va mintaqaviy xususiyatlarning ahamiyatini 
hamda turli tarixiy , madaniy va diniy kontekstlarning mohiyatini inobatga olgan 
holda ko‘rib chiqilmog‘i kerak. 
Ikkinchidan, inson huquqlari siyosiy taraqqiyotning muayyan bir davri yoki 
bosqichiga taalluqli bo‘lmaydi. Ya’ni, bu faqat sof G‘arbning mahsuli bo‘lib 
qolmasdan, boshqa madaniyatlar, an’analar va dinlarda ham inson huquqlari 
to‘g‘risidagi qoidalarni o‘zida aks ettirgan g‘oyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, bu 
g‘oyalar zamonaviy inson huquqlarining, ya’ni, bu sohadagi xalqaro hujjatlarning 
ishlab chiqilishi, qabul qilinishi va takomillashtirilishida katta va asosiy rol 
o‘ynamoqda3.  
Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, XXI asrda, 
ya’ni globallashuv yanada jadal  rivojlanib borayotgan bir jarayonda,  davlatlarning 
inson huquqlari bo‘yicha hamkorligi masalasi ularning ham ichki siyosati, ham 
                                                 
2 Саидов А. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. –Тошкент, Konsauditinform-Nashr, 2006. –Б. 180 
3 Қаранг: Саидов А. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. –Тошкент, Konsauditinform-Nasr, 2006. –Б. 180-
181 
6 Inson huquqlarini milliy psixologiya va mahalliy xususiyatlarga qarab talqin qilishning har xil usullarini rad etadiganlarning fikriga qo‘shilish mumkin. Bunday talqinlar inson huquqlarini buzish hollarini oqlashga xizmat qila boshlagunga qadar ularga yo‘l qo‘ysa bo‘ladi. Binobarin, bunday talqinlar kerak, aks holda, madaniy relyativizmdan boshqa tarafga - huquqiy idealizm tarafiga butunlay og‘ib ketish mumkin, deydi A.Saidov2. XXI asrdagi inson huquqlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, bu uning universalligidir. Turli-tuman madaniyat va an’analar inkishof etilgan bu azaliy dunyoda inson huquqlarining universalligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Birinchidan, inson huquqlari sohasida norma ijodkorligi izchil davom etayotgan va hali poyoniga yetmagan jarayondir. Inson huquqlari va bu sohadagi xalqaro normalar kelajakda qanday rivojlanishi, avvalambor, davlatlarning o‘ziga bog‘liq. Shu sababli, inson huquqlarining universalligiga oldindan belgilab qo‘yilgan qandaydir mezon, deb qaramaslik kerak. Ya’ni, inson huquqlari tabiatan barcha insonlarga va xalqlarga tegishli bo‘lsa-da, ular xalqaro norma ijodkorligiga asoslangan, shu bilan bir qatorda, milliy va mintaqaviy xususiyatlarning ahamiyatini hamda turli tarixiy , madaniy va diniy kontekstlarning mohiyatini inobatga olgan holda ko‘rib chiqilmog‘i kerak. Ikkinchidan, inson huquqlari siyosiy taraqqiyotning muayyan bir davri yoki bosqichiga taalluqli bo‘lmaydi. Ya’ni, bu faqat sof G‘arbning mahsuli bo‘lib qolmasdan, boshqa madaniyatlar, an’analar va dinlarda ham inson huquqlari to‘g‘risidagi qoidalarni o‘zida aks ettirgan g‘oyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, bu g‘oyalar zamonaviy inson huquqlarining, ya’ni, bu sohadagi xalqaro hujjatlarning ishlab chiqilishi, qabul qilinishi va takomillashtirilishida katta va asosiy rol o‘ynamoqda3. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, XXI asrda, ya’ni globallashuv yanada jadal rivojlanib borayotgan bir jarayonda, davlatlarning inson huquqlari bo‘yicha hamkorligi masalasi ularning ham ichki siyosati, ham 2 Саидов А. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. –Тошкент, Konsauditinform-Nashr, 2006. –Б. 180 3 Қаранг: Саидов А. Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро ҳуқуқ. –Тошкент, Konsauditinform-Nasr, 2006. –Б. 180- 181  
7 
tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylantirmoqda. Shu bilan bir 
qatorda, mazkur holat bu masalada ham  nazariy va, shu bilan bog‘liq holda amaliy 
muammolarni ham keltirib chiqarmoqda-ki, bu muammolarni hal etish inson 
huquqlari fanining va, shu bilan bir qatorda, mazkur fanning alohida sohasi sifatida 
ajralib chiqayotgan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqning asosiy vazifasi 
bo‘lib qolmoqda. 
 
5. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarga ogovorkalar. 
Ko‘ptomonlama 
shartnomalarning 
rivojlanishi, 
ularning 
xalqaro 
munosabatlar va milliy qonunchilikka ta’siri ortib borishi natijasida ogovorka 
instituti muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. Izoh instituti shartnomaning 
majburiyligiga rozilik berish bilan bog‘liq. 1969-yilgi Vena Konvensiyasida: “… 
davlatning shartnomani majburiyligiga rozilik berishi va ogovorka  bilan bog‘liq akt: 
” (20-modda 4-band) deyiladi.  
Ogovorka – xalqaro ko‘p tomonlama shartnoma qatnashchilaridan birining, 
shartnomaning biror qoidasini o‘zi uchun majburiy emasligi haqida yoki shunday 
qoidani o‘zgartirib qo‘llash niyatida bir tomonlama rasmiy bayonoti. 
Bundan kelib chiqadiki, hujjatni ogovorka  deb qabul qilish uchun uning nomi 
(murojaat, tushunish yoki boshqalar) emas, balki uning maqsadi – muallifiga 
nisbatan shartnomaning muayyan normalarini yuridik harakatini bekor qilish yoki 
to‘xtatib turishi ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun, biz ogovorka  yoki boshqa 
hujjat bilan ishlayotganimizni aniqlashda uning nomlanishi emas, maqsadiga e’tibor 
berishimiz lozim.  
Umumiy qoida bo‘yicha xalqaro huquq subektlari shartnomalarning 
majburiyligiga rozilik berayotgan vaqtda ogovorka  kiritishi mumkin. Izoh 
shartnoma tuzishning har qanday bosqichida kiritilishi mumkin, lekin 
shartnomaning majburiyligiga rozilik beruvchi so‘nggi hujjatda mavjud 
bo‘lgandagina huquqiy ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Shartnomada ogovorka kiritilishi mumkin bo‘lgan moddalar belgilanadi. Bu 
holatda kiritilgan ogovorka  boshqa a’zolar tomonidan tan olinishi shart emas. Lekin 
7 tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylantirmoqda. Shu bilan bir qatorda, mazkur holat bu masalada ham nazariy va, shu bilan bog‘liq holda amaliy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda-ki, bu muammolarni hal etish inson huquqlari fanining va, shu bilan bir qatorda, mazkur fanning alohida sohasi sifatida ajralib chiqayotgan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqning asosiy vazifasi bo‘lib qolmoqda. 5. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarga ogovorkalar. Ko‘ptomonlama shartnomalarning rivojlanishi, ularning xalqaro munosabatlar va milliy qonunchilikka ta’siri ortib borishi natijasida ogovorka instituti muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. Izoh instituti shartnomaning majburiyligiga rozilik berish bilan bog‘liq. 1969-yilgi Vena Konvensiyasida: “… davlatning shartnomani majburiyligiga rozilik berishi va ogovorka bilan bog‘liq akt: ” (20-modda 4-band) deyiladi. Ogovorka – xalqaro ko‘p tomonlama shartnoma qatnashchilaridan birining, shartnomaning biror qoidasini o‘zi uchun majburiy emasligi haqida yoki shunday qoidani o‘zgartirib qo‘llash niyatida bir tomonlama rasmiy bayonoti. Bundan kelib chiqadiki, hujjatni ogovorka deb qabul qilish uchun uning nomi (murojaat, tushunish yoki boshqalar) emas, balki uning maqsadi – muallifiga nisbatan shartnomaning muayyan normalarini yuridik harakatini bekor qilish yoki to‘xtatib turishi ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun, biz ogovorka yoki boshqa hujjat bilan ishlayotganimizni aniqlashda uning nomlanishi emas, maqsadiga e’tibor berishimiz lozim. Umumiy qoida bo‘yicha xalqaro huquq subektlari shartnomalarning majburiyligiga rozilik berayotgan vaqtda ogovorka kiritishi mumkin. Izoh shartnoma tuzishning har qanday bosqichida kiritilishi mumkin, lekin shartnomaning majburiyligiga rozilik beruvchi so‘nggi hujjatda mavjud bo‘lgandagina huquqiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Shartnomada ogovorka kiritilishi mumkin bo‘lgan moddalar belgilanadi. Bu holatda kiritilgan ogovorka boshqa a’zolar tomonidan tan olinishi shart emas. Lekin  
8 
shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lishi ham mumkin. Bunday holatlarda 
a’zolar orasida ogovorka  ruxsat berilgan ogovorka  turiga kiridimi degan nizo kelib 
chiqishi mumkin.  
Ogovorka shartnomaning obekti va maqsadiga mos bo‘lish talabi hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etadi – ogovorka  shartnomadan ko‘zlangan maqsadga erishishga 
to‘sqinlik qilmasligi lozim. Bu norma umumiy xarakterga ega. Shu sababli davlatlar 
zarur holatlarda ogovorka  masalasi aniq hal qilishni afzal ko‘radi.  
Vena Konvensiyalarida alohida holat sifatida tashkilotning ta’sis hujjati 
bo‘lgan shartnomalarga ogovorka  kiritishni ajratib ko‘rsatgan. Bunday holatda 
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ogovorka  tashkilotning 
vakolatli organi tomonidan qabul qilinadi. Tomonlarning huquq va majburiyatlarida 
bir tomonga ustunlik berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu sababli, barcha holatlarda 
tashkilotning vakolatli organi tomonidan ogovorka  qabul qilish talab qilinadi. 
Vena Konvensiyalariga ko‘ra, agar gap yuqorida aytilgan masalalar, ya’ni 
ogovorka ta’qiqlangan, tashkilotning ta’sis hujjati yoki shartnomada boshqacha 
holat keltirilmagan bo‘lsa, 12 oylik muddat ichida hech kim unga nisbatan e’tiroz 
bildirmasa ogovorka  davlatlar va tashkilotlar tomonidan qabul qilingan hisoblanadi. 
Ushbu muddat qaysi kechroq amalga oshirilganligiga qarab, tegishli subekt 
ogovorka  kiritilganligi to‘g‘risida ogohlantirilganidan boshlab u shartnomaning 
majburiyligiga nisbatan rozilik bildirgunicha hisoblanadi (20-modda, 5-bandi).  
Shartnomaviy munosabatlar kelishuv xarakteriga ega. Shuning uchun 
ogovorka  natijalari o‘zarolik xususiyatiga ega. Vena Konvensiyalarning 21-
moddasiga binoan, boshqa davlatga nisbatan qo‘llanilgan ogovorka  u belgilagan 
darajada ogovorka kiritilgan normaning xususiyatlarini o‘zgartiradi. Aynan shunday 
holatda shartnoma har ikki tomon uchun majburiy ahamiyat kasb etadi. Boshqa 
a’zolarga e’tibor bersak, ogovorka  ularning o‘zaro munosabatlariga ta’sir 
o‘tkazmaydi. 
Konvensiyalarga muvofiq, “agar ogovorkaga nisbatan e’tiroz bildirayotgan 
davlat shartnomani o‘zi va ogovorka  kiritgan davlat o‘rtasida kuchga kirishiga 
8 shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lishi ham mumkin. Bunday holatlarda a’zolar orasida ogovorka ruxsat berilgan ogovorka turiga kiridimi degan nizo kelib chiqishi mumkin. Ogovorka shartnomaning obekti va maqsadiga mos bo‘lish talabi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi – ogovorka shartnomadan ko‘zlangan maqsadga erishishga to‘sqinlik qilmasligi lozim. Bu norma umumiy xarakterga ega. Shu sababli davlatlar zarur holatlarda ogovorka masalasi aniq hal qilishni afzal ko‘radi. Vena Konvensiyalarida alohida holat sifatida tashkilotning ta’sis hujjati bo‘lgan shartnomalarga ogovorka kiritishni ajratib ko‘rsatgan. Bunday holatda shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ogovorka tashkilotning vakolatli organi tomonidan qabul qilinadi. Tomonlarning huquq va majburiyatlarida bir tomonga ustunlik berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu sababli, barcha holatlarda tashkilotning vakolatli organi tomonidan ogovorka qabul qilish talab qilinadi. Vena Konvensiyalariga ko‘ra, agar gap yuqorida aytilgan masalalar, ya’ni ogovorka ta’qiqlangan, tashkilotning ta’sis hujjati yoki shartnomada boshqacha holat keltirilmagan bo‘lsa, 12 oylik muddat ichida hech kim unga nisbatan e’tiroz bildirmasa ogovorka davlatlar va tashkilotlar tomonidan qabul qilingan hisoblanadi. Ushbu muddat qaysi kechroq amalga oshirilganligiga qarab, tegishli subekt ogovorka kiritilganligi to‘g‘risida ogohlantirilganidan boshlab u shartnomaning majburiyligiga nisbatan rozilik bildirgunicha hisoblanadi (20-modda, 5-bandi). Shartnomaviy munosabatlar kelishuv xarakteriga ega. Shuning uchun ogovorka natijalari o‘zarolik xususiyatiga ega. Vena Konvensiyalarning 21- moddasiga binoan, boshqa davlatga nisbatan qo‘llanilgan ogovorka u belgilagan darajada ogovorka kiritilgan normaning xususiyatlarini o‘zgartiradi. Aynan shunday holatda shartnoma har ikki tomon uchun majburiy ahamiyat kasb etadi. Boshqa a’zolarga e’tibor bersak, ogovorka ularning o‘zaro munosabatlariga ta’sir o‘tkazmaydi. Konvensiyalarga muvofiq, “agar ogovorkaga nisbatan e’tiroz bildirayotgan davlat shartnomani o‘zi va ogovorka kiritgan davlat o‘rtasida kuchga kirishiga  
9 
rozilik bildirgan bo‘lsa, bunday ogovorkani amal qilish doirasida ogovorka ning 
normalari ushbu davlatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi” (21-modda 3-bandi). 
Shunday qilib, ko‘p tomonlama shartnomaning obekti va maqsadiga zid 
bo‘lmagan ogovorka larni kiritish kabi davlatlarning suveren huquqi xalqaro 
huquqda mustahkamlangan. Izoh turli huquqiy tizimga ega bo‘lgan davlatlarni 
shartnomalarda ishtirok etishini ta’minlaydi. Xalqaro huquq Komissiyasi uning 
keyingi harakatlari “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Vena Konvensiyalarida 
belgilangan rejimdan kelib chiqishi tasdiqlagan. Shu bilan birga boshqa huquqlardan 
foydalanish 
kabi 
ogovorka 
 
kiritish 
huquqidan 
foydalanishda 
ham 
suiis’temolchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Shuning uchun, ogovorkalar 
to‘g‘risida aniq qoidalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq.  
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan ogovorkalar ko‘p hollarda inson huquqlari 
to‘g‘risidagi shartnomalarga nisbatan yuzaga keladi.  
1994 yil 2 noyabrda BMtning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi 24 (52) 
sonli umumiy tartibdagi mulohazani qabul qildi. Mazkur mulohaza Fuqaroviy va 
siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi paktga nisbatan keltirilgan ogovorkalarga taalluqli 
bo‘lib, unda ogovorkalar qanday tartibga ko‘rib chiqilishi tushuntirilgan. Qo‘mita 
tomonidan ogovorkalarga oid umumiy tartibdagi mulohazaning e’lon qilinishining 
o‘zi keltirilayotgan ogovorkalarning qamrovi sohasi va sonidan xavotirda 
ekanligining yaqqol ifodasidir. Qo‘mitaning fikriga ko‘ra, ogovorkalar paktning 
samarali amalga oshirilishiga xavf soladi, shuningdek qo‘mita faoliyatini ogovorka 
qo‘llanilayotgan masalaga nisbatan susaytiradi. 
Shartnomada ogovorkaga nisbatan ta’qiqning mavjud emasligi, har qanday 
ogovorkani keltirish mumkinligini anglatmaydi. 1966 yilgi Paktga va uning Birinchi 
fakultativ protokoliga ogovorkalar keltirish xalqaro huquq bilan tartibga solinadi. 
Ogovorkaga oid umumiy qoida Xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi Vena 
konvensiyasi 19-moddasi 3-bandida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, agarda ogovorka 
xalqaro shartnoma maqsad va ob’ektiga zid bo‘lsa u qabul qilinmaydi.    
 
Asosiy adabiyotlar: 
9 rozilik bildirgan bo‘lsa, bunday ogovorkani amal qilish doirasida ogovorka ning normalari ushbu davlatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi” (21-modda 3-bandi). Shunday qilib, ko‘p tomonlama shartnomaning obekti va maqsadiga zid bo‘lmagan ogovorka larni kiritish kabi davlatlarning suveren huquqi xalqaro huquqda mustahkamlangan. Izoh turli huquqiy tizimga ega bo‘lgan davlatlarni shartnomalarda ishtirok etishini ta’minlaydi. Xalqaro huquq Komissiyasi uning keyingi harakatlari “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Vena Konvensiyalarida belgilangan rejimdan kelib chiqishi tasdiqlagan. Shu bilan birga boshqa huquqlardan foydalanish kabi ogovorka kiritish huquqidan foydalanishda ham suiis’temolchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Shuning uchun, ogovorkalar to‘g‘risida aniq qoidalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan ogovorkalar ko‘p hollarda inson huquqlari to‘g‘risidagi shartnomalarga nisbatan yuzaga keladi. 1994 yil 2 noyabrda BMtning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi 24 (52) sonli umumiy tartibdagi mulohazani qabul qildi. Mazkur mulohaza Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi paktga nisbatan keltirilgan ogovorkalarga taalluqli bo‘lib, unda ogovorkalar qanday tartibga ko‘rib chiqilishi tushuntirilgan. Qo‘mita tomonidan ogovorkalarga oid umumiy tartibdagi mulohazaning e’lon qilinishining o‘zi keltirilayotgan ogovorkalarning qamrovi sohasi va sonidan xavotirda ekanligining yaqqol ifodasidir. Qo‘mitaning fikriga ko‘ra, ogovorkalar paktning samarali amalga oshirilishiga xavf soladi, shuningdek qo‘mita faoliyatini ogovorka qo‘llanilayotgan masalaga nisbatan susaytiradi. Shartnomada ogovorkaga nisbatan ta’qiqning mavjud emasligi, har qanday ogovorkani keltirish mumkinligini anglatmaydi. 1966 yilgi Paktga va uning Birinchi fakultativ protokoliga ogovorkalar keltirish xalqaro huquq bilan tartibga solinadi. Ogovorkaga oid umumiy qoida Xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi 19-moddasi 3-bandida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, agarda ogovorka xalqaro shartnoma maqsad va ob’ektiga zid bo‘lsa u qabul qilinmaydi. Asosiy adabiyotlar:  
10 
1. Saidov A.X. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq. Darslik, 2004.  
2. Mo‘minov A.R., Tillaboev M.A. Inson huquqlari: darslik. – T.: Adolat, 
2013.  
3. Yuldasheva G., Borsieva Z., Gafurova N. Prava cheloveka. Uchebnik. 
TGYuU. 2014. 
4. Daniel Moeckli et al. International Human Rights Law. Oxford Univ. 
Press 2018. 
5. 
Osnovnыe dogovorы po pravam cheloveka. OHRCR, 2006. [El. 
resurs]: https://www.ohchr.org/Documents/Publications/CoreTreatiesru.pdf 
6. 
Sore international human rights treaties. OHRCR, 2012 [El. resurs]: 
https://www.ohchr.org/Documents/Publications/CoreTreatiesen.pdf 
7. 
UN 
human 
rights 
system. 
[El. 
resurs]https://www.ohchr.org/Documents/Publications/FactSheet30Rev1.pdf 
8. 
www.ohchr.org – cayt Verxovnogo Komissara OON po pravam 
cheloveka, soderjit informatsiyu o klyuchevыx dogovorax po pravam cheloveka, 
mexanizmax kontrolya, dokladы gosudarstv, zaklyuchitelnыe zamechaniya po 
itogam rassmotreniya dokladov i dr.  
 
10 1. Saidov A.X. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq. Darslik, 2004. 2. Mo‘minov A.R., Tillaboev M.A. Inson huquqlari: darslik. – T.: Adolat, 2013. 3. Yuldasheva G., Borsieva Z., Gafurova N. Prava cheloveka. Uchebnik. TGYuU. 2014. 4. Daniel Moeckli et al. International Human Rights Law. Oxford Univ. Press 2018. 5. Osnovnыe dogovorы po pravam cheloveka. OHRCR, 2006. [El. resurs]: https://www.ohchr.org/Documents/Publications/CoreTreatiesru.pdf 6. Sore international human rights treaties. OHRCR, 2012 [El. resurs]: https://www.ohchr.org/Documents/Publications/CoreTreatiesen.pdf 7. UN human rights system. [El. resurs]https://www.ohchr.org/Documents/Publications/FactSheet30Rev1.pdf 8. www.ohchr.org – cayt Verxovnogo Komissara OON po pravam cheloveka, soderjit informatsiyu o klyuchevыx dogovorax po pravam cheloveka, mexanizmax kontrolya, dokladы gosudarstv, zaklyuchitelnыe zamechaniya po itogam rassmotreniya dokladov i dr.