Inson huquqlari tushunchasi va turlari

Yuklangan vaqt

2025-03-18

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

29,6 KB


 
 
 
 
 
 
Inson huquqlari tushunchasi va turlari 
 
 
Ma’ruza rejasi: 
1. Inson huquqlari tushunchasi. 
2. Inson huquqlari tasniflanishi. 
3. Inson huquqlari davlat siyosati yo‘nalishi sifatida. 
4. Inson huquqlari xalqaro hamkorlik yo‘nalishi sifatida. 
5. Inson huquqlari davlat siyosatini baholash mezoni sifatida. 
6. Inson huquqlarsi sohasidagi ta’limning muhimligi 
 
 
1. Inson huquqlari tushunchasi. 
Inson huquqlarining u yoki bu jihati(lari)ni ajratib turuvchi ko‘plab ta’riflari 
mavjud. Ta’riflarning bunday ko‘pligi mazkur noyob voqelikning murakkabligini 
yaqqol namoyon qiladi. 
Ob’ektiv nuqtai-nazardan inson huquqlari va erkinliklari – bu milliy huquqiy 
me’yorlar va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqning umumtan olingan odat 
normalari, prinsiplari va me’yorlarining tizimi bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning 
barcha sohalarida individlar va ijtimoiy uyushmalarning qonuniy huquqqa egaligini 
tan oladi, kafolatlaydi, ta’minlaydi va himoya qiladi. 
Sub’ektiv nuqtai-nazardan inson huquqlari va erkinliklari – bu milliy va 
xalqaro huquq me’yorlarida ko‘zda tutilgan (ruxsat berilgan), aniq bir shaxsga 
(ijtimoiy uyushmaga) tegishli bo‘lgan qonuniy harakatlar, muomalalar, xulq-atvor 
imkoniyatidir. Ushbu imkoniyatdan foydalanadimi, o‘zining huquqini amalga 
oshiradimi – bu har bir shaxsning xohishiga bog‘liq. 
Inson huquqlari tushunchasi va turlari Ma’ruza rejasi: 1. Inson huquqlari tushunchasi. 2. Inson huquqlari tasniflanishi. 3. Inson huquqlari davlat siyosati yo‘nalishi sifatida. 4. Inson huquqlari xalqaro hamkorlik yo‘nalishi sifatida. 5. Inson huquqlari davlat siyosatini baholash mezoni sifatida. 6. Inson huquqlarsi sohasidagi ta’limning muhimligi 1. Inson huquqlari tushunchasi. Inson huquqlarining u yoki bu jihati(lari)ni ajratib turuvchi ko‘plab ta’riflari mavjud. Ta’riflarning bunday ko‘pligi mazkur noyob voqelikning murakkabligini yaqqol namoyon qiladi. Ob’ektiv nuqtai-nazardan inson huquqlari va erkinliklari – bu milliy huquqiy me’yorlar va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqning umumtan olingan odat normalari, prinsiplari va me’yorlarining tizimi bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida individlar va ijtimoiy uyushmalarning qonuniy huquqqa egaligini tan oladi, kafolatlaydi, ta’minlaydi va himoya qiladi. Sub’ektiv nuqtai-nazardan inson huquqlari va erkinliklari – bu milliy va xalqaro huquq me’yorlarida ko‘zda tutilgan (ruxsat berilgan), aniq bir shaxsga (ijtimoiy uyushmaga) tegishli bo‘lgan qonuniy harakatlar, muomalalar, xulq-atvor imkoniyatidir. Ushbu imkoniyatdan foydalanadimi, o‘zining huquqini amalga oshiradimi – bu har bir shaxsning xohishiga bog‘liq.
 
 
Inson huquqlari – barcha insonlarning millati, irqi, tili, dini, jinsi va ijtimoiy 
kelib chiqishidan qat’i nazar tenligiga asoslangan huquq va erkinliklar majmui. 
Inson huquqlari yashash, erkinlik va shahsiy dahslsizliq fikrlash, so‘z va e’tiqod 
erkinligi kabi huquqlarini o‘z ichiga qamrab oladi. 
Barcha odamlar har qanday turdagi kamsitishlarni istisno qilgan holda, inson 
huquqlaridan bir xilda foydalanish huquqiga egadirlar. Ushbu huquqlar o‘zaro 
bog‘liq va ajralmasdir. 
Insonning umumbashariy huquqlari ko‘pincha shartnomalar, xalqaro odat 
huquqi, huquqning umumiy prinsiplari va xalqaro huquqning boshqa manbalarida 
norma ko‘rinishida mustahkamlangan va kafolatlangan. Inson huquqlari bo‘yicha 
xalqaro huquq davlatlarga inson huquqlari va asosiy erkinliklarini rivojlantirish 
hamda himoya qilish bo‘yicha majburiyatlarni yuklaydi. 
2. Inson huquqlari tasniflanishi 
Shaxs hamda fuqaroning huquq va erkinliklarini turlicha tasniflash qabul 
qilingan (ba’zi huquqlar butunlay shaxsga, boshqalari faqat fuqarolarga, uchinchilari 
– fuqarolarning ma’lum guruhlariga, masalan, siyosiy huquqlarga ega bo‘lish uchun 
ma’lum bir yoshga to‘lish, taalluqlidir). 
Konstitutsiyaviy 
huquq 
va 
erkinliklar 
ko‘pgina 
hollarda to‘rt 
guruhga bo‘linadi: 
- fuqarolarning teng huquqliligini ifodalovchi huquq va erkinliklar (masalan, 
fuqarolarning qonun oldida tengligi); 
- jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida shaxsning faol ishtirok 
etishi uchun yuridik sharoitlar yaratuvchi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy huquqlar 
(masalan, mehnat qilish huquqi va mehnatning erkinligi, madaniyat yutuqlaridan 
foydalanish huquqi); 
- jamiyat va davlatni boshqarishda ishtirok etish imkoniyatini beruvchi 
fuqarolarning jamiyat siyosiy hayotidagi ishtiroki bilan bog‘liq siyosiy huquq va 
erkinliklar (masalan, davlat hokimiyatiga bosim o‘tkazish uchun foydalaniladigan 
birlashish erkinligi); 
Inson huquqlari – barcha insonlarning millati, irqi, tili, dini, jinsi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar tenligiga asoslangan huquq va erkinliklar majmui. Inson huquqlari yashash, erkinlik va shahsiy dahslsizliq fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi kabi huquqlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Barcha odamlar har qanday turdagi kamsitishlarni istisno qilgan holda, inson huquqlaridan bir xilda foydalanish huquqiga egadirlar. Ushbu huquqlar o‘zaro bog‘liq va ajralmasdir. Insonning umumbashariy huquqlari ko‘pincha shartnomalar, xalqaro odat huquqi, huquqning umumiy prinsiplari va xalqaro huquqning boshqa manbalarida norma ko‘rinishida mustahkamlangan va kafolatlangan. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq davlatlarga inson huquqlari va asosiy erkinliklarini rivojlantirish hamda himoya qilish bo‘yicha majburiyatlarni yuklaydi. 2. Inson huquqlari tasniflanishi Shaxs hamda fuqaroning huquq va erkinliklarini turlicha tasniflash qabul qilingan (ba’zi huquqlar butunlay shaxsga, boshqalari faqat fuqarolarga, uchinchilari – fuqarolarning ma’lum guruhlariga, masalan, siyosiy huquqlarga ega bo‘lish uchun ma’lum bir yoshga to‘lish, taalluqlidir). Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar ko‘pgina hollarda to‘rt guruhga bo‘linadi: - fuqarolarning teng huquqliligini ifodalovchi huquq va erkinliklar (masalan, fuqarolarning qonun oldida tengligi); - jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida shaxsning faol ishtirok etishi uchun yuridik sharoitlar yaratuvchi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy huquqlar (masalan, mehnat qilish huquqi va mehnatning erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi); - jamiyat va davlatni boshqarishda ishtirok etish imkoniyatini beruvchi fuqarolarning jamiyat siyosiy hayotidagi ishtiroki bilan bog‘liq siyosiy huquq va erkinliklar (masalan, davlat hokimiyatiga bosim o‘tkazish uchun foydalaniladigan birlashish erkinligi);
 
 
- erkinliq daxlsizliq shaxsiy qadr-qimmatni kafolatlovchi shaxsiy huquq va 
erkinliklar. 
  
Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar. Turli mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarga 
nisbatan munosabat turlichadir. Totalitar sotsializm mamlakatlarida ularga alohida 
ahamiyat berishadi, va ular konstitutsiyalarning fuqarolarning huquq va 
majburiyatlari bo‘limida birinchi o‘rinda turishadi. Postsotsialistik davlatlarda ular 
tabiiy huquqlardan keyinga o‘tkazilgan. Kapitalistik davlatlar, shuningdeq ko‘pgina 
rivojlanayotgan mamlakatlarning konstitutsiyalarida mazkur huquqlar boshqa 
huquqlar bilan birgalikda sanab o‘tiladi. 
Qonun bilan taqiqlanmagan har qanday mulkka egalik qilish mumkin. Biroq, 
ko‘pgina davlatlarda xorijliklar yerga, tabiiy yer osti boyliklariga nisbatan mulk 
huquqiga ega emas. Bundan tashqari, ba’zi ob’ektlar muomaladan chiqarilgan va 
alohida shaxslarning egaligida saqlanishi mumkin emas (zaharlar, qurollarning 
ma’lum turlari va hokazo). An’anaviy musulmon huquqida to‘rtta “tabiiy hodisa” – 
tuproq, suv, havo, olov – umumiy foydalanishdagi predmetlar hisoblanadi va 
xususiy shaxslarning egaligida bo‘lishi mumkin emas. Aslida esa ko‘pgina 
musulmon mamlakatlarida yer va suvga nisbatan xususiy mulk allaqachon 
belgilangan. 
Siyosiy huquqlar. Siyosiy huquqlar ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etish, 
davlat organlarini shakllantirish, davlat hokimiyatiga uyushgan holda tazyiq 
o‘tkazish (masalan, siyosiy namoyishlar yo‘li bilan) bilan bog‘liqdir. Ushbu 
huquqlar, qoida tariqasida, mazkur davlatning fuqarolariga tegishli bo‘ladi. Faqat 
ba’zi davlatlarda va faqat ayrim siyosiy huquqlardan (masalan, saylov) fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar va chet elliklar (chet elliklar odatda faqat o‘zarolik asosida, 
davlatlar kelishuvi bo‘yicha) foydalanishlari mumkin. 
Shaxsiy huquq va erkinliklar. Birinchi navbatda fuqarolarga taalluqli bo‘lgan 
siyosiy huquqlardan farqli ravishda shaxsiy huquq va erkinliklar shaxsning 
maqomini asli holicha belgilaydi. Ular ko‘p jihatdan insonning tabiiy huquqlari 
konsepsiyasi bilan bog‘liqdir. Ular sirasiga, avvalambor, yashash huquqi kiradi. 
- erkinliq daxlsizliq shaxsiy qadr-qimmatni kafolatlovchi shaxsiy huquq va erkinliklar. Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar. Turli mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarga nisbatan munosabat turlichadir. Totalitar sotsializm mamlakatlarida ularga alohida ahamiyat berishadi, va ular konstitutsiyalarning fuqarolarning huquq va majburiyatlari bo‘limida birinchi o‘rinda turishadi. Postsotsialistik davlatlarda ular tabiiy huquqlardan keyinga o‘tkazilgan. Kapitalistik davlatlar, shuningdeq ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarning konstitutsiyalarida mazkur huquqlar boshqa huquqlar bilan birgalikda sanab o‘tiladi. Qonun bilan taqiqlanmagan har qanday mulkka egalik qilish mumkin. Biroq, ko‘pgina davlatlarda xorijliklar yerga, tabiiy yer osti boyliklariga nisbatan mulk huquqiga ega emas. Bundan tashqari, ba’zi ob’ektlar muomaladan chiqarilgan va alohida shaxslarning egaligida saqlanishi mumkin emas (zaharlar, qurollarning ma’lum turlari va hokazo). An’anaviy musulmon huquqida to‘rtta “tabiiy hodisa” – tuproq, suv, havo, olov – umumiy foydalanishdagi predmetlar hisoblanadi va xususiy shaxslarning egaligida bo‘lishi mumkin emas. Aslida esa ko‘pgina musulmon mamlakatlarida yer va suvga nisbatan xususiy mulk allaqachon belgilangan. Siyosiy huquqlar. Siyosiy huquqlar ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etish, davlat organlarini shakllantirish, davlat hokimiyatiga uyushgan holda tazyiq o‘tkazish (masalan, siyosiy namoyishlar yo‘li bilan) bilan bog‘liqdir. Ushbu huquqlar, qoida tariqasida, mazkur davlatning fuqarolariga tegishli bo‘ladi. Faqat ba’zi davlatlarda va faqat ayrim siyosiy huquqlardan (masalan, saylov) fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet elliklar (chet elliklar odatda faqat o‘zarolik asosida, davlatlar kelishuvi bo‘yicha) foydalanishlari mumkin. Shaxsiy huquq va erkinliklar. Birinchi navbatda fuqarolarga taalluqli bo‘lgan siyosiy huquqlardan farqli ravishda shaxsiy huquq va erkinliklar shaxsning maqomini asli holicha belgilaydi. Ular ko‘p jihatdan insonning tabiiy huquqlari konsepsiyasi bilan bog‘liqdir. Ular sirasiga, avvalambor, yashash huquqi kiradi.
 
 
Yuridik nuqtai-nazardan bu shuni anglatadiki, insonni hayotidan faqat xolislarning 
majburiy ishtiroki asosida chiqarilgan sudning hukmi bilan mahrum qilinishi 
mumkin. Ammo ko‘pgina (shu jumladan, Yevropa kengashiga kiruvchi deyarli 
barcha) davlatlarda o‘lim jazosi taqiqlangan. 
Shaxsning muhim huquqlari – erkinlik va shaxsiy daxlsizliq jismoniy va ruhiy 
erkinlik. Ozodlikdan mahrum qilish (qamoq jazosi va boshqalar) faqatgina sudning 
hukmi bilan mumkin. Shaxsni qullikda saqlosh, qul savdosi allaqachon xalqaro 
huquq tomonidan inson tabiatiga zid bo‘lgan harakat va og‘ir xalqaro jinoyat deb 
tan olingan. 
Shaxsning ko‘pgina konstitutsiyaviy huquqlari sud sohasi bilan bog‘liq. Bular 
sudga erkin murojaat qilish huquqi, malakali huquqi yyordam olish huquqi, 
aybsizlik prezumpsiyasi, ayblanuvchining himoyaga bo‘lgan huquqi va boshqalardir. 
Shaxsning konstitutsiyaviy majburiyatlari. Konstitutsiyalarda belgilangan 
asosiy majburiyatlar bir paytning o‘zida ham insonga, ham fuqaroga taalluqli 
bo‘lishi mumkin, ba’zida faqat fuqarolarga majburiyat yuklashi mumkin. Birinchi 
guruh majburiyatlariga quyidagilar kiradi: konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish 
(chet elliq fuqarolar kabi qonunni bilmaslikka havola qilisholmaydi); soliqlarni 
to‘lash (ko‘pgina davlatlar o‘rtasida ikki tomonlama soliqqa tortmaslik to‘g‘risida 
bitimlar imzolangan bo‘lib, ularga asosan fuqaro o‘zarolik prinsipi asosida o‘zining 
mamlakatida soliq to‘laydi). Mamlakatda yashovchi barcha shaxslar tabiatni va 
atrof-muhitni asrashga, tabiiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga 
majbur. 
3. Inson huquqlari davlat siyosati yo‘nalishi sifatida. 
O‘zbekistonda inson huquqlarini rag‘batlantirish, himoya qilish va ularga rioya 
qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2017 
— 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash sohasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan 
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Yuridik nuqtai-nazardan bu shuni anglatadiki, insonni hayotidan faqat xolislarning majburiy ishtiroki asosida chiqarilgan sudning hukmi bilan mahrum qilinishi mumkin. Ammo ko‘pgina (shu jumladan, Yevropa kengashiga kiruvchi deyarli barcha) davlatlarda o‘lim jazosi taqiqlangan. Shaxsning muhim huquqlari – erkinlik va shaxsiy daxlsizliq jismoniy va ruhiy erkinlik. Ozodlikdan mahrum qilish (qamoq jazosi va boshqalar) faqatgina sudning hukmi bilan mumkin. Shaxsni qullikda saqlosh, qul savdosi allaqachon xalqaro huquq tomonidan inson tabiatiga zid bo‘lgan harakat va og‘ir xalqaro jinoyat deb tan olingan. Shaxsning ko‘pgina konstitutsiyaviy huquqlari sud sohasi bilan bog‘liq. Bular sudga erkin murojaat qilish huquqi, malakali huquqi yyordam olish huquqi, aybsizlik prezumpsiyasi, ayblanuvchining himoyaga bo‘lgan huquqi va boshqalardir. Shaxsning konstitutsiyaviy majburiyatlari. Konstitutsiyalarda belgilangan asosiy majburiyatlar bir paytning o‘zida ham insonga, ham fuqaroga taalluqli bo‘lishi mumkin, ba’zida faqat fuqarolarga majburiyat yuklashi mumkin. Birinchi guruh majburiyatlariga quyidagilar kiradi: konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish (chet elliq fuqarolar kabi qonunni bilmaslikka havola qilisholmaydi); soliqlarni to‘lash (ko‘pgina davlatlar o‘rtasida ikki tomonlama soliqqa tortmaslik to‘g‘risida bitimlar imzolangan bo‘lib, ularga asosan fuqaro o‘zarolik prinsipi asosida o‘zining mamlakatida soliq to‘laydi). Mamlakatda yashovchi barcha shaxslar tabiatni va atrof-muhitni asrashga, tabiiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majbur. 3. Inson huquqlari davlat siyosati yo‘nalishi sifatida. O‘zbekistonda inson huquqlarini rag‘batlantirish, himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash sohasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
 
 
Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalasi 
xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan 
demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda. 
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni 
qo‘llash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilinmoqda. 
Bugungi kunda O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq inson 
huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro hujjatlar normalari milliy qonunchilikda 
o‘z aksini topmoqda. 
Amalga 
oshirilayotgan 
keng 
ko‘lamli 
islohotlar 
insonlar 
hayotini, 
dunyoqarashini hamda turmush tarzini o‘zgartirmoqda. Jamiyatda «Yangi 
O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz» degan ulug‘vor maqsad shakllandi va 
«Jamiyat — islohotlar tashabbuskori» degan yangi g‘oya kundalik faoliyatimizga 
faol kirib bormoqda. 
Inson huquqlarini himoya qilishda sud va huquqni muhofaza qillish organlari 
faoliyatini yanada takomillashtirish bilan bir qatorda, mamlakatda inson huquqlarini 
himoya qilishning suddan tashqari tizimi shakllantirildi. O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, 
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi kabi, demokratik 
davlatlar uchun xos bo‘lgan  inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar tizimi 
shakllantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, 
Bosh prokuratura tizimlarida inson huquqlari bilan shug‘ullanuvchi maxsus 
tuzilmalar shakllantirildi. 
Mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanib bormoqda. Bugungi 
kunda mamlakatda 6 mingdan ortiq nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyat 
ko‘rsatmoqda. O‘zbek jamiyati uchun xos bo‘lgan mahalla instituti o‘zining huquqiy 
maqomini topdi. To‘rtinchi hokimiyat hisoblangan ommaviy axborot vositalari ham 
inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilish sohasida o‘zining 
mustaqil o‘rnini topa boshladi. 
Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalasi xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilinmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro hujjatlar normalari milliy qonunchilikda o‘z aksini topmoqda. Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini o‘zgartirmoqda. Jamiyatda «Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz» degan ulug‘vor maqsad shakllandi va «Jamiyat — islohotlar tashabbuskori» degan yangi g‘oya kundalik faoliyatimizga faol kirib bormoqda. Inson huquqlarini himoya qilishda sud va huquqni muhofaza qillish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bilan bir qatorda, mamlakatda inson huquqlarini himoya qilishning suddan tashqari tizimi shakllantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi kabi, demokratik davlatlar uchun xos bo‘lgan inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar tizimi shakllantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura tizimlarida inson huquqlari bilan shug‘ullanuvchi maxsus tuzilmalar shakllantirildi. Mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatda 6 mingdan ortiq nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbek jamiyati uchun xos bo‘lgan mahalla instituti o‘zining huquqiy maqomini topdi. To‘rtinchi hokimiyat hisoblangan ommaviy axborot vositalari ham inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilish sohasida o‘zining mustaqil o‘rnini topa boshladi.
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi PF-6012 
Farmoni bilan “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy 
strategiyasi” qabul qilindi. 
Milliy strategiyaning maqsadi — O‘zbekistonda inson huquqlari va 
erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha izchil olib borilayotgan davlat siyosatini amalga 
oshirishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini belgilab olish hisoblanadi. 
1. Shaxsiy va siyosiy huquqlarni himoya qilish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar: 
2. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilish hamda barqaror 
rivojlanish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar; 
3. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni qonunchilikka va huquqni 
qo‘llash 
amaliyotiga 
implementatsiya 
qilish 
hamda 
monitoring 
qilish 
mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar; 
4. Inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, jumladan bu 
borada axborot tarqatish, ta’lim berish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha 
ustuvor yo‘nalishlar; 
5. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, 
xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari bilan 
hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olingan. 
O‘zbekistondagi inson huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sarhisob qilib, 
quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin: 
Inson huquqlari bo‘yicha qonunchilik shakllantirildi; 
Mamlakatda inson huquqlarini ta’minlashning institutsional mexanizmlari 
yaratildi; 
Davlat inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirmoqda; 
Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim va ma’rifat amalga oshirilmoqda. 
4. Inson huquqlari xalqaro hamkorlik yo‘nalishi sifatida. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida “O‘zbekiston 
Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ektidir”, deb ko‘rsatib 
qo‘yilishi, shuningdeq ushbu moddaning ikkinchi qismida “Respublika davlatning, 
xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi PF-6012 Farmoni bilan “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi” qabul qilindi. Milliy strategiyaning maqsadi — O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha izchil olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini belgilab olish hisoblanadi. 1. Shaxsiy va siyosiy huquqlarni himoya qilish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar: 2. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilish hamda barqaror rivojlanish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar; 3. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilish hamda monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar; 4. Inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, jumladan bu borada axborot tarqatish, ta’lim berish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar; 5. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olingan. O‘zbekistondagi inson huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sarhisob qilib, quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin: Inson huquqlari bo‘yicha qonunchilik shakllantirildi; Mamlakatda inson huquqlarini ta’minlashning institutsional mexanizmlari yaratildi; Davlat inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirmoqda; Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim va ma’rifat amalga oshirilmoqda. 4. Inson huquqlari xalqaro hamkorlik yo‘nalishi sifatida. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ektidir”, deb ko‘rsatib qo‘yilishi, shuningdeq ushbu moddaning ikkinchi qismida “Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida
 
 
ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va 
ulardan ajralib chiqishi mumkin”, degan qoida mustahkamlab qo‘yilgan. Bu 
O‘zbekistonning dunyodagi eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga to‘la huquqli a’zo 
bo‘lib kirishi hamda uning xalqaro xamjamiyat tomonidan har tomonlama tan 
olinishi va xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarga jadal kirib borishi uchun 
huquqiy zamin yaratdi. 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va xalqaro faoliyati O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining normalari va tamoyillariga, respublikaning tashqi 
siyosatni tartibga soluvchi qonunchiligiga, harbiy sohadagi qonunchilikka, BMT 
hamda YeXHTning tamoyillari va maqsadlariga, shuningdeq O‘zbekistonning 
xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlariga asoslanadi. 
O‘zbekiston 
o‘zining 
tashqi 
siyosatini 
amalga 
oshirishda 
quyidagi 
ustuvorliklardan kelib chiqadi: 
Birinchidan, o‘zining milliy-davlat manfaatlari ustun bo‘lgani holda o‘zaro 
manfaatlarni to‘liq hisobga olish; 
Ikkinchidan, O‘zbekiston 
insonlar 
va 
davlatlar 
orasidagi 
o‘zaro 
munosabatlarda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini tan olgan holda xalqaro 
aloqalarda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, nizolarni tinch yo‘l bilan bartaraf 
etishni yoqlab chiqmoqda; 
Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati o‘zaro tinchliq 
o‘zaro foyda, ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillariga, mustaqillikni va 
suverenitetni chegaralovchi hamda davlatlararo munosabatlarni mafkuralashtirishga 
qaratilgan harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydigan tamoyillarga asosan quriladi 
(«O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillari 
to‘g‘risida»gi qonunning 3-moddasi); 
To‘rtinchidan, O‘zbekiston tashqi siyosatda ochiqlik tamoyilini turli xil 
mafkuraviy qarashlardan xoli ravishda amalga oshirib, barcha tinchliksevar davlatlar 
bilan keng tashqi aloqalarni o‘rnatmoqda; 
Beshinchidan, O‘zbekiston xalqaro  normalarning milliy qonunchilikdan 
ustunligini tan oladi, xalqaro-huquqiy standartlarni hurmat qiladi. 
ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin”, degan qoida mustahkamlab qo‘yilgan. Bu O‘zbekistonning dunyodagi eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga to‘la huquqli a’zo bo‘lib kirishi hamda uning xalqaro xamjamiyat tomonidan har tomonlama tan olinishi va xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarga jadal kirib borishi uchun huquqiy zamin yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va xalqaro faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari va tamoyillariga, respublikaning tashqi siyosatni tartibga soluvchi qonunchiligiga, harbiy sohadagi qonunchilikka, BMT hamda YeXHTning tamoyillari va maqsadlariga, shuningdeq O‘zbekistonning xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlariga asoslanadi. O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosatini amalga oshirishda quyidagi ustuvorliklardan kelib chiqadi: Birinchidan, o‘zining milliy-davlat manfaatlari ustun bo‘lgani holda o‘zaro manfaatlarni to‘liq hisobga olish; Ikkinchidan, O‘zbekiston insonlar va davlatlar orasidagi o‘zaro munosabatlarda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini tan olgan holda xalqaro aloqalarda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, nizolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etishni yoqlab chiqmoqda; Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati o‘zaro tinchliq o‘zaro foyda, ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillariga, mustaqillikni va suverenitetni chegaralovchi hamda davlatlararo munosabatlarni mafkuralashtirishga qaratilgan harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydigan tamoyillarga asosan quriladi («O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillari to‘g‘risida»gi qonunning 3-moddasi); To‘rtinchidan, O‘zbekiston tashqi siyosatda ochiqlik tamoyilini turli xil mafkuraviy qarashlardan xoli ravishda amalga oshirib, barcha tinchliksevar davlatlar bilan keng tashqi aloqalarni o‘rnatmoqda; Beshinchidan, O‘zbekiston xalqaro normalarning milliy qonunchilikdan ustunligini tan oladi, xalqaro-huquqiy standartlarni hurmat qiladi.