INSON RIVOJLANISHI INNOVATSION RIVOJLANISHNING ASOSIY MAQSADI SIFATIDA
Yuklangan vaqt
2024-05-13
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
49,0 KB
INSON RIVOJLANISHI INNOVATSION RIVOJLANISHNING ASOSIY
MAQSADI SIFATIDA
1. Inson taraqqiyoti konsepsiyasining mohiyati, mazmuni va evolyusiyasi.
Ma’lumki, mamlakatning samarali taraqqiyoti ko‘p jihatdan jamiyat tanlagan uzoq
muddatli rivojlanish strategiyasiga bog‘liq.
Jamiyatning rivojlanish strategiyasi – bosh ustuvor vazifalarni, ijtimoiy-
iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishning izchilligini aniqlash, iqtisodiy resurslar
va ishchi kuchlarining optimal taqsimlanishiga erishish imkonini beruvchi omildir
Uzoq davrlar davomida dunyoda iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi yakka
hukmron bo‘lib kelgan.
Qisqacha aytganda, ushbu konsepsiyaning mazmuni nihoyatda sodda va
tushunarli: iqtisodiyotning va mehnat samaradorligining o‘sishi sur’ati yuqori
bo‘lgan, yalpi ichki mahsuloti (YaIM) va aholi jon boshiga o‘rtacha daromadi
yuqori bo‘lgan mamlakat farovon hisoblanadi. Turli siyosiy, iqtisodiy tizimlarga
ega davlatlar iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga ko‘ra o‘zaro raqbotlashar edi. Bu
konsepsiya sodda va tushunarli bo‘lganligi tufayli hamon insonlar tafakkuriga o‘z
ta’sirini o‘tkazib kelmoqda.
Ammo hozirgi kunga kelib iqtisodiy o‘sishning o‘zi asosiy maqsad emasligi
ma’lum bo‘lib qoldi. Jamiyatning daromadlari faqat vosita, xolos: ular kam
ta’minlangan aholi qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlariga ham,
qurollanishga ham sarflanishi mumkin. Shu sababli, turli mamlakatlardagi turmush
sifati har doim ham o‘rtacha daromadlar darajasiga mos kelavermaydi. Bundan
tashqari, YaIM notekis taqsimlanishi mumkin. Demak, YaIM darajasi ham, o‘sish
sur’ati ham taraqqiyot va muvaffaqiyatning asosiy mezoni bo‘la olmaydi. Bu
haqiqatni anglash yangicha yondashuvni – inson taraqqiyoti konsepsiyasini (ITK)
shakllantirish imkonini berdi.
Inson taraqqiyoti – insonlar uzoq va sog‘lom yashashi uchun, ularning
ma’lumotli bo‘lishlari va munosib hayot kechirishlari uchun mablag‘larga ega
bo‘lishlarida imkoniyatlarining kengaytirilishi
Inson taraqqiyotining asosiy maqsadlari: .
1Ommaviy boshlang‘ich ta’lim;
2. Birlamchi tibbiy yordam va bolalarni vaksinasiya qilish;
3. Tuyib ovqatlanmaslik holatlarini bartaraf qilish
4. Oilani rejalashtirish bo‘yicha xizmatlar
5. Xavfsiz suv bilan ta’minlash;
6. Ishchi o‘rinlari bilan ta’minlash
Inson taraqqiyoti konsepsiyasi elementlari:
Unumdorlik (samaradorlik). Inson o‘z faoliyati samaradorligini oshirishi,
daromadlari shakllanishida to‘laqonli ishtirok etish va o‘z mehnatlari uchun pul
mukofotlarini olish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari zarur. Shu sababli inson
taraqqiyoti uchun iqtisodiy o‘sish va bandlik dinamikasi va ish haqining o‘sishi
juda zarurdir
Tenglik. Barcha insonlarga keng imkoniyatlar berilishi zarur
Barqarorlik. Imkoniyatlarga erisha olishni nafaqat hozirgi, balki kelajak
avlodlarga ham ta’minlash zarur. Bu yerda avlodlar o‘rtasidagi va har bir avdod
ichida rivojlanish imkoniyatlarining adolatli taqsimlanishi nazarda tutiladi
Imkoniyatlarni kengaytirish. Bu insonlarning o‘z oilasi, mamlakati va
umuman insoniyat taqdiri uchun ularda javobgarlik hissining oshirilishini
anglatadi.
2. Inson taraqqiyoti konsepsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, tamoyillari,
inson taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sishning o‘zaro bog‘liqligi.