Инсон сезги органлари физиологияси ва анатомияси
REJA:
Sezgi to'g'risida umumiy tushuncha
Sezgining neyrofiziologik asoslari
Sezgi turlarining psixologik tavsifi
Tayanch so‘z va iboralar: sezgi, neyrofizologiya, psixologiya, xid bilish,
ko‘rish, tashqi sezgilar.
Sezgi to'g'risida umumiy tushuncha.
Jahon psixologiyasi fani ma'lumotlarining ko'rsatishicha, sezish oddiy psixik
bilish jarayoni hisoblanib, moddiy qo'zg'atuvchilarning muayyan retseptorlarga
bevosita ta'sir etishi orqali mavjud olamdagi narsa va hodisalarning ayrim
xususiyatlarini, shuningdek, inson organizmining ichki holatlarini aks ettirishdan
iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Sezgi biosfera va neosferada harakatlanuvchi
jamiki narsalarning, xoh mikro, xoh makro tuzilishidan qat'iy nazar, sezgi
organlariga ta'sir qilish natijasining sodda obrazlar, timsollarning ayrim tarkibiy
xususiyatlar sifatida aks etishidir. Inson atrof-muhitdagi moddalar shaklini,
harakatlar ko'rinishini, ularning xossalarini olziga xos xususiyatlarini sezgi organlari
yordamida biladi.
Sezgilar to'g'risidagi ilmiy ta'limotlarga ko'ra narsa va ularning xossalari,
tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning
o'zi esa tashqi va ichki qo'zg'atuvchilarning sezgi a'zolariga ta'sir ko'rsatishining
mahsulidir. Ma'lumotlarga qaraganda, sezgilar moddiy borliqning, voqelikning
haqqoniy tasvirini in'ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko'rinishga,
shaklga, xususiyatga ega bo'lsa, ular xuddi shundayligicha o'zgarishsiz aks ettiradi.
Psixologiyada
sezgilarning
fiziologik
asosini
va
mexanizmlarini
qo'zg'atuvchining o'ziga mutlaq mos bo'lgan analizatorlar ta'siri natijasida yuzaga
keluvchi asab jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziolog va psixologlar-
ning ta'limotlariga ko'ra, analizator uch o'zaro uzviy uyg'unlikka ega bo'lgan tarkibiy
qismlardan iborat. Sodda qilib aytganda, mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikda
tuzilgandir:
tashqi kuch-quvvatni asab jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan,
ya'ni retseptordan;
analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog'lovchi afferent
(markazga intiluvchi asab tolasi), o'tkazuvchi asab yo'llaridan;
periferiya
qismlaridan
keluvchi
nerv
impulslari
qayta
ishlanuvchi
analizatorlarning miya po'stlog'idagi qismlaridan iboratdir.
Boshqacha aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko'z, quloq, teri, burun
kabilar), ta'sirotni eltuvchi (afferent), javob qaytaaivchi (efferent) nerv tolalari,
analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorini tashkil qiladi.
Jahon psixologiyasi fani so'nggi yutuqlari hamda atamalariga qaraganda
sezgilar quyidagicha tasniflanadi (ushbu tasniflanishning dastlabki ko'rinishi ingliz
olimi Ch.Sherringtonga tegishlidir):
1) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga
moslashgan hamda retseptorlarga gavdaning tashqi qismiga joylashgan sezgilar,
ya'ni eksterio-retseptiv sezgilar (retseptorlar);
ichki a'zolar holatlarini in'ikos etuvchi hamda retseptorlari ichki a'zolarida,
to'qimalarida joylashgan sezgilar, ya'ni interoretseptiv sezgilar;
gavdamiz va tanamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot beruvchi,
muskullarda, bog'lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya'ni
proprioretseptiv sezgilar.
Birinchi turkum sezgilarni ko'rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, ta'm-maza kabi
turlar tashkil qiladi. Ko'rish 380 dan 770 gacha millimikron diapazondagi
elektromagnit nurlardan iborat jarayondir. Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan
to 20000 gacha bo'lgan tovush to'lqinlaridan iboratdir. Ko'rish sezgilari bosh miya
po'stlog'ining orqa bo'lagida joylashgan bo'ladi. Eshitish sezgilari bosh miya
po'stlog'ining tepa burmasi qismidan joy egallagan. Teri-tuyush, harakat sezgilari
bosh miya po'stlog'ini markaziy burmasi orqa qismidan o'rin olgandir.
Endi sezgilarning tavsiflanishi, mohiyati va lining negiziari haqida fikr
yiiritamiz.
A.R.Luriyaning fikricha, interoretseptiv sezgilar as! ma'nodagi sezgilar emas,
balki emotsiyalar bilan sezgilar o'rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo'ladi.
Psixologiyada mazkur sezgilarning subyektiv ravishda paydo bo'lishi yetarli
darajada chuqur o'rganilmagan, shu bois uiar ,,noma'lum hislar" doirasiga kiritiigan.
Ular to'g'risidagi bilimlar bilan tanishish, o'zgarishlarni tekshirish ,,kasalliklarning
ichki manzarasi"ni ifodalashda muhim o'rin tutadi. Ichki a'zolarning xastaligida
vujudga keluvchi mazkur holatlar ichki kasailiklarni tashxis qilishda alohida
ahamiyat kasb etishi turgan gap (A.R.Luriya tadqiqotlaridan).
Bunday xususiyatli ixtiyorsiz sezgilar insonda juda erta uyg'onadi, shuningdek,
ularning ifodalanishi ham o'ziga xos shakllarga ega. Chunonchi, ular ,,oldindan his
qilish" sifatida paydo bo'lib, hatto inson ularni ta'riflab berish imkoniyatiga qodir
emas, ko'pincha ushbu kechinmalar tushda ayon berib, qaysidir kasallik xurujidan
darak beradi, xolos.
Ular insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari o'zgarishida ko'zga
tashlanadi, shu tufayli bola xatti-harakatining keskin o'zgarishiga sabab bo'ladi.
Chunki, bola o'z tana a'zolaridagi ichki holatlarning o'zgarishini anglash, sezish, his
qilish uquviga ega emas, shu bois buni undagi xatti-harakatning umumiy
o'zgarishidan sezish mumkin. Bu hodisaga misol tariqasida quyidagi voqclikni
keltirish mumkin: bola o'z ichki interoretseptiv sezgilarini namoyish qilish
maqsadida ,,kasal" bo'lib qolgan qo'g'irchog'ini parvarish qila boshlaydi.
Interoretseptiv sezgilarning obyektiv ahamiyati juda yuqori, chunki ular ichki
jarayonlarning o'zaro o'rin almashish balansini ta'minlab turish asosi hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, ular organizmdagi jarayonlarni o'zaro o'rin almashib
turishining gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Ichdan paydo bo'ladigan signallar
xatti-harakatni vujudga keltiradi, stress, zo'riqish, affekt holatlarini yo'qo-tishga,
pasaytirishga, paydo bo'layotgan mayllarni esa qoniqtirishga yo'naltiradi. Oqibatda,
tana ichki a'zolari faoliyatining izdan chiqish holati yuz berishi mumkin. Shu sababli
tibbiyot psixologiyasida interoretseptiv sezgilar ham muhim o'rin tutadi. Somatik va
visperal jarayonlar, ruhiy holatlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish imkonini
yaratadi.
K.M.Bikov, V.N.Chernigovskiylar tomonidan interotseptiv sezgilarning
fiziologik mexanizmlari interotsepsiya bilan birgalikda atroflicha o'rganilgan.
Bularning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqqan holda
sharhlab berilgan.
Proprioretseptiv sezgilar tana dvigatel apparatining va gavdaning fazodagi
holati to'g'risida signallar bilan ta'minlab turadi. Ular inson harakatining regulatorini
va afferent asosini tashkil qiladi.
Periferik retseptorlar muskullarda, paylardava bo'g'imlarda joylashgan bo'lib,
maxsus tanacha shakliga egadir. Mazkur tanachalar Puchchini tanachalari deb
ataladi.
Tanachalarda vujudga keluvchi qo'zg'atuvchilar muskullarning taranglashuvi
natijasida va bo'g'imlar holatining o'zgarishida, nerv tolalari yordamida orqa
miyaning orqa ustunidagi oq suyuqliklarga yetkaziladi. Qo'zg'ovchilar Burdak va
Goll yadrosining quyi bo'limlariga yetib keladi va undan po'stloq osti tugunlaridan
o'tib, bosh miya katta yarim-sharining qorong'ilashgan zonasida o'z harakatini
yakunlaydi.
Proprioretseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.A.Orbeli,
P.K.Anoxin (hayvonlarda), N.A.Bern-shteyn (odamlarda) o'rganganlar.
Psixologik ma'lumotlarga ko'ra, gavdaning fazodagi holati sezgirligi statik
sczgilarda o'z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan
bo'lib, o'zaro bir-biriga perpendikular bo'shliqda tutash holatda yotadi. Masalan,
bosh holatining o'zgarishi quyidagi sxemaga binoan amalga oshadi:
o'zgarish endolimfa suyuqligiga bog'liq qo'zg'aladi;
cshitish nervi;
vestibulator nervi;
bosh miya po'stlog'ining chakka bo'lmasi;
f) miya apparatiga o'tadi.
Vestibulator sezgirlik apparati ko'rish bilan bevosita aloqadabo'lib, fazoni
mo'ljallash jarayonida ishtirok etadi. Masalan, avtomobilning yo'ldan o'tishi
(qatnovi), qalin o'rmonni kesib o'tish payti va hokazo. Xuddi shunday holat uchishda
ham yuzaga kelishi mumkin. Patologiya holatida ham xuddi shunday jarayonga duch
kelinadi.
Ekstroretseptiv sezgilar modallikdan (5 tadan) tashqarisi intermodal nospetsifik
sezgi turkumlariga ajratiladi. Masalan, eshitish a'zosi orqali bir soniyada 10 — 15
tebra-nishni sezish mumkin, lekin quloq bilan etnas, balki suyaklar yordamida (miya
qopqog'i, tirsak, tizza uchlari orqali) payqash — vibratsiya sezgirligi deyiladi.
Masalan, karlar-ning tovushlarni idrok qilishi, pianinoni ushlab turish, pol yoki
mebelning harakati kabilar. Odatda, vibratsion sezgirlik intermodal sezgi deb ham
nomlanadi. Intermodalning boshqa bir ko'rinishi mana bunday holatda namoyon
bo'ladi:
hid, ta'm va maza sezgilarida;
o'ta kuchli tovushda, o'ta yorug'Iikda;
d) tricheminal, ya'ni uch xil ta'sirning uyg'unlashgan, integrativ holati va shu
kabilarda.
Sezgining o'ziga xos bo'lmagan shakli — terining foto sezgirligi, ya'ni
ranglarning nozik jilolarini ajratish hamda qo'l uchlari bilan sezish orqali ro'yobga
chiqadi. Terining foto sezgirligi A.N.Leontyev tomonidan kashf qilingan bo'lib, bu
narsa ko'pgina holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Ushbu
kashfiyot qo'l uchiga yashil va qizil rangli yoruglik yuborish orqali dunyo yuzini
ko'rgan. Rang signallarining og'riq qo'zg'atuvchilar bilan munosabati qiyosiy
jihatdan olib qaralganda, insonni faol mo'Ijal olish jarayonida uning qo'l uchi terisiga
kelib tu-shadigan rang-nurlarini farqlashga o'rgatish mumkin ekan.
Psixologiya fanida terining foto sezgirligining tabiati hali yetarli daraj'ada
o'rganilmagan. Shunga qaramay, talamitik sistema va po'stloq ostining
qo'zg'alganida asab tizimi hamda teri ektodermlaridan kelib chiqqan va atrofga
yoyilgan rudimentlar—yorug'lik sezish elementlari maxsus sharoitda muvaffaqiyatli
harakat qiladi. Ko'pincha ,,oltinchi tuyg'u,hissiyot" sharofati bilan insonning
,,masofa"ni sezishi, ko'r odamlarda to'siqni his qilishi ushbu jarayon uchun yorqin
misol bo'la oladi. Ehtimol, yuz terisining issiq havo to'lqinlarini idrok qilish, to'siq
oralig'ida mavjud bo'lgan tovush to'lqinlarini o'zida aks ettirish terining foto
sezgirligini ilmiy jihatdan izohlashga muayyan asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Sezgining neyrofiziologik asoslari
Bilish jarayonlarini, xususan, sezgilarni o'rganishdan avval shaxs psixikasining
barcha tomonlari bilan uzviy bog'liqliklarni anglash, tushunish lozim. Chunki
sezgilar idrok jarayonining tarkibiy qismi sifatida namoyon bo'lsa, idrok insonning
hayotiy tajribasi, uning xotirasi bilan bevosita bog'liqdir.
Psixologiya fanida va falsafada bilishning ikki bosqichi, ya'ni uning hissiy
(sezgi, idrok, tasavvur) va aqliy pog'onalari mavjud bo'lib, bu mumtoz xususiyat
sifatida ma'Ium. Aqliy bosqich xotira, tafakkur, xayol jarayonlarini qamrab olgan
bo'lib, o'zining mukammalligi, yuksakligi, mahsuldorligi, ijodiyligi bilan oldingi
bosqichdan keskin ajralib turadi. Biroq bugungi kunda bilish bosqichlarining
miqdori, tavsifi psixologiya fani oldida turgan zarur vazifalarni bajara olmay qoldi.
Ong darajalari xususiyatlariga ko'ra bilishga oid qo'shimcha bosqichlarga kuchli
ehtiyoj sezadi. Xuddi shu bois bilishning harakatli hissiy, aqliy, ijodiy, tarixiy
bosqichlarga
(tabaqalashtirish)ajratib
tadqiq
qilish
maqsadga
muvofiqdir
(E.G'oziyev). Harakatli hissiy bosqich nutqqacha davrda ustuvorlik qilish bilan
boshqa bilish ko'rinishlaridan keskin farq qilib turadi. Hissiy va aqliy bosqichlar
barcha insonlarga xos bo'lib, ular ontogenezning turli davrlarida hukm surishi
mumkin va aks ettirish imkoniyati boshqalarga qaraganda samaraliroqdir,
Tarixiy bilish bosqichi yangilik yaratish, kashfiyot qilish, muayyan sifat
o'zgarishlarini vujudga keltirish, u yoki bu xossalarni takomiilashtirish bilan
tavsiflanadi.
Jahon psixologiyasi fani ma'lumotlariga qaraganda, sezgilar biz uchun atrof-
muhit to'g'risida va o'z haqimi/da yagona bilish manbayi sifatida xizmat qiladi.
Sezgilar shunday bir axborot kanalidirki, ular tashqi olamdan va ichki tana
a'zolaridan keladigan barcha holatlar, taassurotlar aynan xuddi shu yoMlar orqali
miya po'stlog'iga yetib boradi, insonga ta'sirlarga nisbatan to'g'ri javob reaksiyalari
qaytarishga yordam beradi.
His etish yoki sezishning filogenetik taraqqiyoti shuni ko'rsatadiki,
hayvonlarda ma'lum bir narsani sezish, his etish ularning biologik jihatdan zaruriyat,
ehtiyoj ekanligi nuqtayi nazaridan rivojlangan.
Bu holatlar ko'pgina chet ellik olimlar tomonidan izchil ravishda o'rganilgan va
o'ziga xos omillar, mexanizmlar mayjudligi ta'kidlab o'tilgan. Masalan, Frish asalari
xatti-harakatlarini kuzatganda, u quyidagi ishni amalga oshirgan: gulga o'xshash
murakkab geometrik shaklga nisbatan asalarining differensirovkasi (farqlashi) oson
kechgan. Agarda shu murakkab geometrik shakl botanikaga oid bo'lmaganda, arida
differensirovka juda qiyinlik bilan vujudga kelgan bo'lardi. Tadqiqotchi Botsning
kuza-tishicha, jonivorlar, qurt-qumursqalar, shu turdagi hasharotlar ham o'ziga xos
bo'lgan tovushlarga befarq bo'lmaganlar. Mabodo tovushlar kuchaytirilsa yoki
sur'ati tezlatilsa, unda ular hech qanday e'tibor bermaganlar. Ushbu vaziyatni o'zicha
baholashga intilgan olim, biologik shartlanganlikdan kelib chiqib, tabiiy ehtiyojni
instinkt bilan uzviy bog'lagan.
Tadqiqotchi Boytendayk o'z kuzatishlarida shu narsani ta'kidlaydiki, jumladan,
itlar organik kislotalarning hidini yaxshi his etsalarda, ammo ular hayvonlarning
tanasi, xushbo'y gullar, o'tlar hidini his etish irnkoniyatiga ega emas ekanlar.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, qo'zg'atuvchilarning biologik jihatdan
aynan mosligi ularning fiziologik rivojlanishi uchun moddiy negiz, tabiiy ehtiyoj,
zarurat bilan bog'liqlik ekanligi ta'kidlandi. Shu narsani ta'kidlash joizki, insondagi
aniq sezgilarning shu darajada taraqqiy etishiga ijtimoiy muhit, jarayon muhim omil
bo'lib xizmat qilgan. Chunki ayrim individlarning sezuvchanligi ularning kundalik
faoliyatidan kelib chiqqan holda, biologik shartlangan xususiyatlar bilan birgalikda
rivojlanishi ham mumkin ekan. Tadqiqotchi Reussaning ma'lumotiga qaraganda
tikuvchilar, bo'yoq sexida ishlovchilar qora rangning 40 xilini bir-biridan farqlash
irnkoniyatiga ega ekanlar, umuman, boshqa sohada faoliyat ko'rsatadigan odam esa
bunday rangning ikki turinigina farqlay olar ekan, xolos. Bundan tashqari,
degustatorlarda ta'm bilish sezgilari juda ham aniq va yaxshi rivojlangan bo'lar ekan.
Chunki sezgining o'sishi qo'zg'atuvchilarning retseptorga ta'siri natijasida yuzaga
keladi, ya'ni u retseptorlar rivojlanishi bilan bog'liq.
Retseptor — bu qo'zg'atkich yoki qo'zg'atuvchini qabul qilishga mo'Ijallangan
nerv tolalaridan tashkil topgan. Retseptorlarning asosiy xususiyatlaridan biri uning
ixti-soslashgan biologik apparat ekanligidir. Xuddi shu bois u juda seziluvchan
qo'zg'alishni qabul qiladi. Har
bir
retseptor
muayyan bir
xususiyatli
qo'zg'atuvchinigina qabul qiladi, binobarin, retseptorlar o'sha ,,tanish" qo'z-
g'atuvchilarning ta'sir etishi natijasida yuzaga keladi va rivojlanadi.
Ma'lumki, inson o'zining tana a'zolariga ta'sir ko'rsatayotgan rang, issiqlik yoki
sovuqlikni, hidlarning o'ziga xosligini sezadi hamda aks ettiradi. Ana shu vaziyat
oqiba-tida analizatorlarning periferik qismlarida javob reaksiya hosil bo'ladi. Misol
uchun ko'z qorachig'i qisqaradi, kengayadi, qo'l esa issiqlikdan seskanadi va
boshqalar. Harakat-larni qabul qiluvchi tana a'zolaridan bosh miya po'stlog'iga
harakat to'g'risida signal keladi, qayta aloqa orqali ichki tana a'zolari va boshqa
apparatlari ish bajaradi.
Ingliz psixologi Ch. Sherrington sezgilarni aks ettirishning xususiyati va
retseptorlarning joylashishiga qarab uch katta guruhga ajratadi.
1.
Tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks
ettiruvchi hamda tananing yuza qismida retseptorlari joylashgan eksterotseptiv
sezgilar.
Tananing ichki a'zolarida (o'pka, yurak, jigar va hokazo) va to'qimalarida
joylashgan hamda ichki tana a'zolarining holatini aks ettiruvchi retseptorlar bilan
mujassamiashgan interotseptiv sezgilar.
Inson gavdasining harakati va holati haqida ma'lumot berib turuvchi,
retseptorlar mushaklarida, paylarida propriotseptiv sezgilar.
Psixologiya fanida harakatni sezuvchan propriotseptiv sezgi turi kinesteziya
deb atalib, unga tegishli retseptorlar esa kinestezik yoki kinestetik tushunchasi bilan
nomlanadi. Ekstrotseptorlar, o'z navbatida, kontakt va distant retseptorlarga
ajratiladi, goho sezgilar tushunchasi ,,his-tuyg'u" atamasi deb ham yuritiladi.
Odatda,
distant
retseptorlar
muayyan
masofadagi
obyektdan
keladigan
qo'zg'atuvchilarni qabul qilib, so'ng ularni nerv yo'llari orqali markazga uzatadi.
Ko'rish, hid bilish sezgilari bunga yorqin misolbo'laoladi.
Ekstratseptiv, ya'ni tashqi sezgilar to'g'risidagi dastlabki ma'lumot qadimgi
yunon olimi Arastu tomonidan tavsiflanib berilgan bo'lib, eramizdan oldingi 384 —
322-yillarda yashab o'tgan. U sezgilarni ko'rish, eshitish, hid bilish, maza, ta'm
turlariga ajratgan edi. Psixologik ma'lumotlarga qaraganda, sezgilar goho o'zaro
bog'lanib, boshqa sezgi turlarini yuzaga keltirishi mumkin: masalan, paypaslab
ko'rish natijasida sezish tarkibida taktil teri tuyush sezgilar bilan bir qatorda
sezgilarning tamoman boshqa turi, ya'ni harorat sezgisi ham ishga tushadi. Xuddi
shunga o'xshash voqelik, taktil va eshitish sezgilari oraliqda vibratsion sezgi yuzaga
kelishi mumkin.
Muvozanat sezgisi murakkab vestibular apparati, vestibular nervlari hamda
ko'z po'stosti qismlarini o'zida birlashtiradi. Turli analizatorlar uchun umumiy
hisoblangan og'riq sezgilari qo'zg'atuvchilaming ta'sir kuchi haddan tashqari kuchli
ekanligidan dalolat beradi. Shuni alohida ta'kidlash o'rinliki, insonning tana
a'zolarida retseptorlarning joylashuv darajasi har xildir, jumladan, barmoq uchlarida
retseptorlar zich, yelka qismida esa juda siyrak joylashgandir. Hozirgacha sezgilar
ichki va tashqi turlarga qariyb ajratilmagan bolsada, ular harorat, og'riq, maza,
vibratsion, statistik, dinamik sezgilar deb yuritiladi.
S .V. Kravkovning(I893 —1951) ma'lumotlariga ko'ra, bir sezgi a'zosi faoliyati
ikkinchisining ta'siri tufayli o'zga-radi. Masalan, tovush sezgisi, asosan, ko'rish
sezgisining yorug'lik sezuvchanligini orttiradi. Shunga o'xshash turli hidlar ham
yorug'lik va hid bilishga nisbatan sezgirlikni oshirishi yoki kamaytirishi mumkin.
Miya ustining yuqori qismi va ko'rish bo'rtiqlariga tegishli o'simtalarning yaqin
joylashganligi tufayli bunday o'zaro ta'sir, ya'ni boshqasiga o'tish osonroq amalga
oshadi.
Bundan tashqari, sezgilarning o'zaro qo'zg'alishi va tormozlanishini o'rganish
ham alohida ahamiyatga ega. Chunk! avtomatik boshqarilish tufayli ayrim hollarda,
ya'ni tungi uchishda sun'iy sezgirlikning pasayish yoki ortishi yuzaga keladi.
I.P.Pavlov tomonidan analizatorning murakkab o'zaro ta'sir shakllari mavjud
ekanligi qayd etilgandir. Ular bevosita bosh miya po'stlog'ida namoyon bo'lib, bu bir
vaqtning o'zida ko'rayotgan jismni, eshi-tilayotgan tovushni, kelayotgan hidni
sezishimizda o'z ifodasini topadi. Bosh miya po'stlog'ida kechadigan bu fiziologik
jarayonlarni bosib o'tishi zarur bo'lgan zonalar perikritik zonalar deb nomlanadi.
Sezgilarning tasnifi ularning turli spetsifik tavsifiariga, ya'ni modalligiga qarab
emas, balki tashkil ctilishining har xil darajalariga qarab amalga oshiriladi.
Ingliz nevrologi Xed sezgilarni protopatik va epokritik nomlar ostida ikkita
darajaga ajratadi. Protopatik sodda tuzilishga ega bo'lgani uchun unda mavjud
haqiqiy holat bilan emotsional holatni ajratish qiyin deydi. Murakkab epokritik
darajasida aqliy bosqich tarkiblari ishtirok etishi mumkin, jumladan, ko'rish sezgisi
bunga yaqqol misoldir. Ma'lumotlarning ko'rsatishicha, dastlab protopatik sezgilar,
keyinchalik epokritik sezgilar yuzaga keladi.
Sezgilarni obyektiv yo'nalishi bo'yicha Y.N.Sokolov, O.S.Vinogradovlar
tekshirish ishlari olib borganlar, ular sezgilarni passiv jarayon emas, balki vegetativ
elementlar fiziologik nafas olish tizimida o'zgarishga sabab bo'Iuv-chilardir deb
tushuntirganlar. Ushbu vaqt reflektor o'zga-rishlarini, ya'ni sezgining obyektiv
ko'rsatkichi sifatida ishlashga imkoniyat yaratadi. Ma'lumki, sezgini paydo qiluvchi
liar bir qo'zg'atuvchi, ya'ni qo'zg'atgich, reflektor jihatdan yuzaga keluvchi
jarayonlarni yuzaga chaqiradi, chunonchi bular tomirlarning torayishi, teri galvanik
reflektorlarning paydo bo'iishi (teri qarshiligining o'zgarishi), miyaning elektr
faolligining o'zgarishi, ko'z-larning qo'zg'atgich tomon burilishi kabilar. Bularning
barchasi sezgi jarayoni paydo bo'layotgandagina ishga tushadi, shu sababli ular
sezgilarning obyektiv ko'rsatkich-lari sifatida xizmat qila oladi.
Tajribalardan ko'rinib turibdiki, qo'zg'atuvchilar intensivligi oshgan sari javob
reaksiyasi ham jadallashib borar ekan. Bu esa sezgilarning intensivligiga asos
sifatida qarashga muhim negiz hozirlaydi. Tomir va elektrofiziologik reaksiyalar
chegaralarda odatdagi qo'zg'atuvchilarga qaraganda keskinroq bo'ladi.
Avval I.P.Pavlov, keyinroq uning shogirdlari anali-zatorlarning o'zaro
bog'liqligini konvergensiya asosida tadqiq qilganlar. P.P.Lazerev esa (1878 — 1942)
teri ultrabinafsha nurlar bilan nurlanishi natijasida ko'rish sezuvchanligining
susayishini aniqlagan. Bu holat agar boshqa analizatorlarga quyi chegarada
qo'zg'atuvchilar ta'sir ko'rsatishi orqali ham biron analizatorning sezuvchanligini
o'zgartirishi mumkin, degan umumiy xulosa chiqarishga olib keladi.
Y.N.Sokolovningtajribalarida qo'zg'atuvchiga nisbatan muvofiqlashuvchi
reaksiyaning susayishi mumkinligi haqida dalillar to'plangan edi. Nerv sistemasi
sezgi a'zolariga ta'sir ko'rsatganda ularning xususiyatlari nafisroq namoyon bo'ladi.
Bunda nerv modellari tanlab ta'sir qiluvchi filtr vazifasini bajaradi. Muayyan paytda
retseptorga ta'sir qiluvchi qo'zg'atuvchi ilgari tarkib topgan nerv modeii bilan
muvofiq kelmaganda taxminiy ta'sirotni hosil qiluvchi muvofiqlashtirish signallari
vujudga kelishi mumkin. Va aksincha, ilgari tajribalarda qo'llanilgan qo'zg'atuvchi
taxminiy ta'sirotni yo'qotib qo'yishi chtimoli ham bor.
Chet ellik psixolog va fiziologlar sezgirlikni Mendelning qonuniyatiga
asoslanib nasl bilan bog'liq holda tadqiq qilganlar. Speyder ta'm bilish naslga bog'liq
dcgan xulosa chiqaradi va 100 oilada buni sinab ko'radi. Ma'lumotlarga qaraganda,
ota-onalar bilmagan ta'mni bolalari ham payqamaganligi namoyon bo'lgan.
I.P.Pavlovning shogirdi P.K.Anoxin o'zining qirq yillik faoliyati davomida
organizm intengrativ faoliyatining nozik mexanizmlarini o'rgangan. Muallif o'zining
bir qator asarlarida funksional sistema nazariyasi mohiyatini bayon qiladi, ya'ni
organizmda faoliyat sistemasi mavjud bo'Iib, u yopiq takrorlanuvchi fiziologik siklik
tuzilmadan iborat. Muallifning fikricha, organizmning funksional sistemasi
organizm xatti-harakati reaksiyalarining fiziologik mexa-nizmining prinsipial
sxemasidan iboratdir. Organizmning barcha jarayonlari, xatti-harakatlari, vegetativ
aktivlar agarda foydali samara bilan tugallansa, u holda uch bosqich orqali bajariladi.
Mazkur bosqichlar afferent, sintez, qaror qabul qilinib bajarilishi uchun zarur
bo'lgan harakatlar natijasi, ya'ni model hosil qilish yo'li bilan oldindan aks
ettirishdan iborat. Afferent, sintez bosqichi bar qanday xatti-harakat akti ri voj Ian i
shin ing boshlang'ich pog'onasidir. Ushbu bosqich tugagach, muayyan xatti-harakat
akti shakllanishining navbatdagi bosqichi boshlanadi. Aynan shu bosqichda
organizm xatti-harakatining uch asosiy masalasi, ya'ni nima? qanday? va qachon?
bajarilishi ha! qilinadi.
Afferent sintez bosqich, asosan, to'rtta komponent negizida sodir bo'iishi
tajribalarda sinab ko'rilgan. Uning asosiy jabhalari, eng awalo dominant motivatsiya
(o'ta xohish) va unga hamroh hisoblangan emotsiyaning kuchliligi hamda
barqarorligida namoyon bo'ladi:
Organizmga qo'zg'atuvchilarning ma'lum birta'siri.
Yo'naltiruvchi afferentatsiyaning mavjudligi.
Afferentatsiyaning muayyan shart-sharoitlari.
Xotira apparatlari va mexanizmlari.
Bularning o'zaro ta'siri quyidagi uchta neyrodinamik omil orqali bajariladi:a)
yo'nalganligi; b) neyronlarda qo'zg'alishning konvergensiyasi (to'yinishi); d)
qo'zg'alishning po'stloq va po'stloqosti tuzilmalarida qayta hosil bo'lishi va
tiklanishi.
Bu
mexanizmlar
nerv
sistemasida
turli
qo'zg'alishlarni
to'plashga,
birlashtirishga, solishtirishga va mazkur muhitda eng qulay xatti-harakat aktini
bajarish uchun qaror qabul qilishga olib keladi.
Miya po'stlog'i hujayralarida qo'zg'alishning konvergensiyasi va ularni
solishtirish jarayoni butun miya bo'ylab bu o'zaro ta'sir natijalarining integratsiyasi
harakat maqsadining shakllanishiga hamda uni unumliroq qaror tanlash sari
yetaklaydi.
Katta yarimsharlarning murakkab integrativ faoliyatining boshlang'ich
bosqichini turli qo'zg'atuvchilar bir neyronidagina konvergensiyasi deb qarash
mumkin.
Katta yarimsbarlarda maxsus neyronlar guruhi borligi sababli ularturli-tuman
qo'zg'alishlarni qayta qabul qilish bilan cheklanmay, balki miya po'stlog'ining
piramida hu-jayralaridan akson orqali keluvchi efferent qo'zg'alishlarni ham qabul
qiladi. Bu esa orqa miya po'stloqosti va po'stloqdagi ko'plab aksonlar neyronlarning
vazifasi, ya'ni siklik qo'zg'alishni ko'pincha saqlab turish, o'ziga xos ,,kutish"
to'plamini saqlaydi. Shu bilan bir vaqtda periferik ishchi a'zolariga yuboriladigan
buyruq nusxasini butun miyaga tarqalishini ta'minlaydi. Bir neyronning o'zidagi
efferent qo'zg'alish konvergensiyasi periferik retseptorlardan keluvchi afferent
qo'zg'alish bilan aksonga uzatilgan buyruq nusxasi olingan natijalarni baholash
uchun shart-sharoitlaryaratadi. Evolutsiyajarayonida hosil bo'ladigan bilishning
neyrodinamik mexanizmlarining kashf etilishi bar qanday bo'lajak hodisalarni tahlil
qilish va oldindan bilishga asos bo'ladi.
Ko'rish analizatori o'zaro bir-biri bilan alohida bo'lgan o'tkazuvchan periferik
qismdan, po'stloqosti va bosh miya yarimsharlaridagi ko'rish markazlaridan
iboratdir. Eshitish
analizatori have to'lqinlarining tebranishini qabul qiladi, ularning mexanik
energiyasini nerv hujayrasining qo'z-g'alishiga aylantiradi.
Ko'rib o'tganimizdek, sezgilarning neyrofiziologik asosi juda murakkab
bo'lganligi tufayli uni ancha vaqt o'rganish lozim bo'lar ekan.
Sezgi turlarining psixologik tavsifi
Psixologiya fanida sezgilar uchta katta guruhga ajratil-gan (eksteroretseptiv,
prioretseptiv, interoretseptiv) bular, o'z navbatida, yana quyidagi turlarga bo'linadi:
Ko'rish sezgilari.
Eshitish sezgilari.
Hid bilish sezgilari (eksteroretseptiv).
Ta'm bilish sezgilari.
Teri sezgilari.
Muskul-harakat (kinestetik).
Statik sezgilar (proprioretseptiv).
Organik sezgilar (interoretseptiv).
Ko'rish sezgilari
Insonning rang va yorug'likni sezishi, ko'rish sezgilari tarkibiga kiradi va
seziladigan ranglar xromatik, axromatik turlarga bo'linadi.
Psixofiziologik qonuniyatga ko'ra, yorug'lik nurlari uchburchak shisha prizma
orqali o'tib singanda hosil bo'ladigan ranglar xromatik ranglar, deb ataladi. Ular
kamalak ranglar hisoblanadi va tarkibiga qizil, zarg'aldoq, sariq, yashil, havorang,
ko'k, binafsha tuslarini qamrab oladi. Biroq mazkur ranglarning turlari, ko'rinishlari
tabiatda xilma-xil va nihoyatda ko'pdir. Odatda, oq rang, qora rang, kulrang va
ularning turlicha ko'rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi.
Ko'rish sezgilari organi ko'z hisoblanib, u ko'z soqqasi va undan kelib
chiqadigan ko'ruv nervlaridan tashkil topadi. Ko'z soqqasini tashqi tomirlar va to'r
pardalari o'rab turadi.
Tashqi pardaning tiniq bo'lmagan oq qismi sklera yoki qotgan, qattiq parda deb
nomlanadi. Uning old tomoniga joylashgan birmuncha qavariq qismi tiniq
muguzparda bo'lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb ataladi. Mazkur
pardaning rangiga binoan, uning tovlanishiga qarab, odamlarda ko'z ko'k, qora, sariq
jilo beradi va ularni biz ko'kko'z, qo'yko'z, qorako'z va hokazo deb ataymiz. Rangdor
pardaning o'rta qismida yumaloq teshik mavjud bo'lib, biz uni qorachiq deb ataymiz.
Xuddi shu teshik orqafi ko'z ichiga yorug'lik nurlari kiradi. Kelayotgan yorug'likning
ozligi yoki ko'piigiga qarab, qorachiqning kengayish yoki torayish jarayonlari
yuzaga keladi.
Ko'zlarning uchinchi pardasi to'r parda deb nomlanib, u ko'z soqqasining
deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. Qorachiq bilan rangdor pardaning orqasida
ikki tomoni qavariq, tiniq jism — ko'z gavhari joylashgan bo'ladi, yorug'lik nurlari
undato'planib, so'ngsinadi vato'r pardaga narsa yoki jismning surati tushadi. Halqa
shakldagi kipriksimon muskulning uzayishi yoki qisqarishi tufayli gavhar yo
yassilanadi yoki qavariq holga keladi (jism ko'zdan uzoqlashtirilganda gavhar
yassilanadi, ko'zga yaqin-lashtirilganda esa u shar shakliga kiradi). Ko'z gavharining
mazkur xossasi tufayli narsa xoh uzoqda, xoh yaqinda bo'Isin, narsalarning aksi
gavhardan o'tib, so'ng to'r pardaga tushaveradi.
Ko'z soqqasining gavhar bilan to'r parda o'rtasidagi butun ichki yuzasi
shishasimon jism deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo'ladi.
Bu to'r parda rang va yorug'likni sezish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, unda
ko'ruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning uchlarida
tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv hujayralari mavjuddir. Inson
ko'zining to'r pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha
bor deb taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik (kunduzgi) ranglar
ko'riladi. Tayoqchalar yorug'likni yaxshi sezuvchan bo'lib, xira va qorong'i paytlarda
ham o'z funksiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi.
To'r pardaning eng sezgir joyi — sariq dog'ning, asosan, kolbachalar bilan
to'lgan markaziy chuqurchasi hisoblanib, unga qaysi narsaning aksi tushsa, xuddi
shuni hammadan ravshanroq ko'ramiz. Obyektga tik qarash natijasida, ko'z
muskullari unga qaratiladi va aks ettiriluvchining surati sariq dog'ga tushadi, bunday
tarzdagi ko'rish to'g'ridan ko'rish dcyiladi. Agarda narsalarning surati sariq dog'dan
tashqarida bo'lsa, ya'ni to'r pardaning bu joyida rang va yorug'likni sezadigan
tayoqchalar, kolbachalar mavjud emas, bu ko'ruv nervining ko'z soqqasidan chiqish
joyi bo'lib, u yorug'likdan ta'sirlanmaganligi uchun ko'r dog' deb ataladi.
Odam ko'zi ranglarni taxminan 380 millimikrondan 780 millimikrongacha
uzunlikdagi to'lqinlar ta'sirida sezadi: 1)780—610 qizil rangni; 2)610 — 590
zarg'aldoqni; 3) 590 - 575 sariqni; 4) 560 -510 yashilni; 5) 480 - 470 havorangni;
6)470-450 ko'k rangni; 7)450-380 binafsharangni sezadi.
A)Ko'rish sezgilarining xossalari.
Rangning toni (150 ga yaqin tuslari).
Ochiqlik (qora bilan oq rangda 200 gacha tus ajratiladi).
Rangning ravshanligi (600 ga yaqin).
Rangning quyuqligi (tonining yaqqolligi).
Ranglarni aralashib ketishi (turli uzunliklardagi yorug'lik nuri).
B)
Ko
'risk
sezgisi
jarayoni
Uch rangli nazariyasi:
1756- yilda M.V.Lomonosov asosiy qoidalarini bayon qilib bergan.
100 yildan keyin nemis fizigi G.Gelmgols uni to'la isbotlab bergan.
Ushbu nazariyaga binoan, to'r pardaning kolbachalarida uchta asosiy element
mavjuddir, ulardan birining qo'zg'alishi qizil rang sezgisini, ikkinchi birining
qo'zg'alishi yashil rang sezgisi va uchinchi birining qo'zg'alishi binafsharang
sezgisini hosil qiladi. Nazariyaga ko'ra, yorug'lik to'lqinlari birdaniga uchta
elementni bir xilda qo'zg'atsa, oq rang sezgisi vujudga keladi. Lekin yorug'lik
to'lqinlari ikki yoki uch elementga ta'sir qilsa-yu, ammo bu ta'sir bir tekis kechmasa,
u holda sezuvchi elementlar bar birining qanchalik qo'zg'alganligiga qarab, rang
sezgilari bar xil namoyon bo'ladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida ranglarni sezish yolg'iz to'r pardasidagi
jarayonlar bilangina emas, balki miya po'stlog'ida yuzaga kcladigan boshqa
jarayonlar bilan ham bog'liq ekanligi aniqlangan. Zamonaviy ma'Iumotlarga binoan,
tayoqchalarda ko'rish purpuri degan maxsus modda borligi isbotlangan. Ko'zga
yorug'lik ta'sir etganda ko'rish purpuri kimyoviy yo'l bilan parchalanib, tarkibiy
qismlarga bo'linadi va mazkur jarayon ko'rish nervini qo'zg'atib, yorug'lik sezgisi
hosil qiladi, qorong'ilikda esa purpur o'z funksional holatini qayta tiklaydi.
D) Ko 'risk sezgilarida yuz beradigan maxsus hodisalar;
Rang kontrast (kuchsizlanish tufayli).
Shapko'rlik.
Rang
ajrata
olmaslik
(traxoma)
—
kunduzi
va
tunda
yuradigan hayvonlar shular jumlasidandir.
Eshitish sezgilari
Eshitish sezgilarining vazifasi tovushlarni eshitishdan iborat. Bular musiqa va
turli-tuman shovqinlar bo'lishi mumkin. Odatda, tovushlar oddiy va murakkab
turlarga ajratiladi, ularning birinchisi tonlar, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil
topganlaridir. Tonlardan biri asosiy ton hisoblanadi va tovush balandligini, kuchini
belgilaydi, boshqalari qo'shiluvchi tovushlar sanalib, ular obertonjar deyiladi.
Musiqa asboblaridan taralayotgan tovushlarning o'ziga xosligi fan tilida tembr deb
ataladi. Hatto nutq tovushlari ham ohangli tovushlar (unli tovushlar) yoki shovqin
tovushlardan (undosh tovushlar) tashkil topgan bo'ladi.
Eshitish sezgilari organi quloq bo'lib, tashqi quloq (quloq suprasi bilan eshituv
yo'lidan iborat), o'rta quloq (nog'ora parda va unga yopishgan uchta suyakcha:
boig'acha, sandon va uzangidan tashkil topgan), ichki quloq (quloq labirinti o'zaro
birlashgan uchta bo'lakdan tuzilgan). Tashqi quloq havo toMqinlarini yig'uvchi
karnay vazifasini bajaradi. Nog'ora parda va unga yopishgan suyakchalar havo
to'lqinlarini ichki quloqqa uzatadi. O'rta quloq maxsus yo'l orqali og'iz va burun
bo'shlig'i bilan tutashgan bo'ladi. Ichki quloqning yuqori qismi uchta yarim doira
kanaldan, o'rta qismi kameradan va pastki qisrni chig'anoqdan tashkil topgandir.
Ichki quloqning uchala bo'limi endolimfa nomli maxsus suyuqlikdan iboratdir.
Ichki quloqning asosiy qismi chig'anoqdan iborat bo'lib, uning ichida kortiy organi
mavjud, u gumbaz shakliga ega, asosida esa membrana joylashgan. Membrana
uzunligi qisqarib boruvchi elastik tolalardan iborat bo'lib, ular tarang tortilgan
turlarga o'xshaydi, uning yuqori qismida maxsus tayoqchasimon hujayralar mavjud
va ular kortiy dugalari deb yuritiladi. Membrananing tolalari endolimfaga ingichka
qillari bor maxsus hujayralar yordamida kortiy dugalari orqali miya katta
yarimsnarlari po'stlog'ining bo'lagiga joylashgandir.
Eshitish sezgilariningfizik sabablari. Havo to'lqinlarining harakati tufayli
tovush chiqaruvchi jismlar tebranganida eshitish sezgilari hosil bo'ladi. Agarda
musiqaviy tovushlar havo to'lqinlarining tekis ritmik harakatlari natijasida vujudga
kelsa, shovqinlar ularning notekis harakatlaridan tug'iladi.
Hid bilish sezgilari
Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi va ularning organi burun
kovagining yuqori tomoni hisoblanib, bu yerda hid bilish hujayralari hamda
sezuvchi nerv tarmoqlari joylashgan, ular shilliq pardalarda botib turadi.
Hidli moddalar sezuvchi nervni qo'zg'aydi, hid bilish markazi bosh miya
yarimsharlari orqa yuzasining pastki qismida mavjud deb taxmin qilinadi. Hidli
moddalar hid bilish hujayralariga gaz holatida ta'sir etib, kimyoviy rcaksiyalar yo'li
bilan ularni qo'zg'atadi (ularning barchasi bug'lanadi va eriydi). Odatda, gaz
holatidagi hidli moddalar havo bilan nafas olish jarayonida burun kovagiga kirib
keladi, natijada aks ettirish holati hosil bo'ladi.
Ta'm bilish (maza) sezgilari
Ta'm bilish sezgilari shirin, achchiq, nordon, sho'r singari mazalarni his qilish
bilan tavsiflanadi. Ular muayyan turkumga kiritilgan va kiritilmagan xilma-xil
turlarga ega bo'lib, narsa va moddalarning nomlari bilan yuritiladi: nonning mazasi,
qovunning mazasi kabilar.
Ta'm bilish sezgilari tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismida tashkil
topgan. Tilning shilliq pardasida maxsus ta'm bilish so'rg'ichlari mavjud bo'lib,
ularning tarkibida tayoqsimon hujayralardan tuzilgan maxsus ta'm bilish
,,kurtaklari" (,,so'g'onlari") bo'Iadi, O'ziga xos xususiyatlari, sifatlari bilan
tafovutlanuvchi ta'm bilish so'g'onlari til yiizasida bir tekis taqsimlanmaganligi
uchun lining orqa qismi achchiq mazani, uchi shirin mazani, chetlari esa nordon
mazani aniq sezadi, lekin uning o'rtasi ta'm mazasini to'liq seza olmaydi. Ta'm bilish
so'g'onlarining hujayrali qismlarida maxsus sezuvchan nervlarning chekka uchlari
joylashgan, ularta'm bilish organidagi qo'zg'alishni bosh miyaga uzatib turadi, uning
markazlari hid bilish markazlariga yaqin joydadir,
Ta'm bilish sezgilari moddalarning kimyoviy xossalari ta'sirida hosil bo'Iadi va
so'g'onlar erigan moddalar ta'siri ostida qo'zg'aladi.
Hid va ta'm bilish sezgilari o'zaro chambarchas bog'-langan bo'lib, kimyoviy
moddalarning ta'sir etishi natijasida yuzaga keladi. Ammo ularning bittasi kontakt,
ikkinchisi distant sezgilar toifasiga kiradi.
Teri sezgilari
Teri sezgilari tarkibi tuyush va harorat turlaridan iborat bo'lib, ularning bunday
nomlanishining sababi — retsep-torlarning teri va organizmning tashqi shilliq
pardalarida joylashganligidir.
Tuyush sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imko-niyatiga ega bo'lib,
ularning birinchisi tegish va tarqalishni tuyush, ikkinchisi esa siliiq yoki g'adir-
budurni tuyush bilan ifodalanadi. Odatda, tana a'zosiga narsalarning tegishini sezish
tashqi qo'zg'alish kuchayganda siqiqni sezishga aylanadi, u yanada kuchayganda
siqiq og'riq sezgisiga aylanadi.
Tuyush sezgilari organi — teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyush
tanachalari deb nomlanuvchi tanachalardan iborat. Tanachalarning ichida, qisman
tashqarisida (epiteliyda) tuyush nervining chekka tarmoqlari mavjud, ular terida va
shilliq pardalarda bir tekis taq-simlangan. Ular barmoqlarning uchlarida, til uchida,
labda zich joylashgan bo'Iadi, shu bois sezgirlik darajasi bosh-qalardan
yuksakroqdir. Qaysi yerda tanachalar siyrak bo'lsa, demak, shu jovlarda sezish
ko'rsatkichi shunchalik pastdir.
Psixologiyada tuyush tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqlari
zichligi esteziometr asbobi yordami bilan o'lchanadi. Asbob keriladigan ikki oyoqli
sirkulga o'xshash bo'lib, uning o'zagidagi darajalar oyoqlarning uchlari o'rtasidagi
masofani o'lchaydi.
Tuyushning aniqlik darajalari: a) barmoq uchlarida 1 mm dan — 2 mm gacha,
b) qo'l kaftida 10 mm, d) orqada 60 -70 mm masofada bir yo'la ikki oyoqcha
tegayotganligini sezish mumkin (masofa kamaysa, sezgirlik pasayadi).
Tuyush sezgilarining markazi bosh miya po'stlog'ining orqadagi markaziy
pushtasida joylashgan deb taxmin qilinadi.
Tuyush sezgilarining tashqi, ya'ni fizik sababi — bu biron-bir narsalarning
tcriga bevosita tegishidir.
Harorat sezgilari issiq yoki sovuqni sezish bilan ifodalanadi. Maxsus
tanachalarning ichida issiqni yoki sovuqni sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari
joylashgan bo'Iadi.
Ularning tashqi sababi — biron-bir haroratga ega bo'lgan qattiq, suyuq va
gazsimon jismlarning tanaga tegib turishidir. Issiqni yoki sovuqni farqlash
qo'zg'atuvchi harorati bilan badan harorati o'rtasidagi nisbatga ko'ra belgilanadi.
Masalan, qo'zg'atuvchining harorati badan haroratidan past bo'lsa -sovuqni, agarda
yuqori bo'lsa — issiqni sezamiz, his qilamiz.
Farqlash: jismlarning issiqlik o'tkazuvchanligi — temir va yung.
Harorat sezgilari: a) tashqi qo'zg'atuvchilar; b) organizm ichida qo'rqishdan —
qon tomiri torayadi, uyalishdan— qon tomiri kengayadi.
Muskul-harakat sezgilari va statik sezgilar
Muskul-harakat sezgilari motor sezgilari, goho kines-tetik sezgilar deb
nomlanib, ularga og'irlikni, qarshihkni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi.
Ularning organlari — gavda muskullari, paylar, bo'g'imlardan iboratdir.
Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo'lib,
ularning ta'sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi.
Muskul-harakat sezgilarining fizik sababi muskulfarga ta'sir etuvchi
narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir.
Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash
sezgilaridir.
Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki
quloqdagi vestibular apparat retseptor vazifasini bajaradi. Vestibular apparat quloq
dahlizi va yarimdoira kanallardan tashkil topgan bo'ladi. Sezuvchi nerv tarmoqlari
esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda muvozanatini
saqlashda otolitlar alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada suzib yuradigan
mayda ohaktosh kristallaridan tashkil topgandir.
Odatda, organizm avtomatik ravishda refleks yo'li bilan muvozanat saqlaydi.
Organik sezgilar
Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda: qizilo'ngach, me'da, ichak,
qon tomirlari, o'pka va shu kabilarda joylashgan bo'ladi.
Ichki
organlardagi
jarayonlar
organik
sezgi
retseptorlarining
qo'zg'atuvchilaridirlar. Ular quyidagilardan iboratdir:
og'riq sezgilari;
xush tuyg'ular;
noxush tuyg'ular.
Tekshirish uchun savollar
1. Sezgi deganda Siz nimani tushunasiz?
Sezgi xususiyatlariga ta'rif bera olasizmi?
Sezgi turlarini sanab bering.
Ranglar to'g'risida tasavvuringiz qanday?
Adaptatsiya va sezgirlikning mohiyati haqida so'zlab bering.
Sezgilarning rivojlanishi to'g'risida tasavvuringiz bormi?
Asosiy adabiyotlar
1. Po‘latxo‘jayeva M.R. Defektologiyaning klinik asoslari. O‘quv qo‘llanma.
T., TDPU – 2013.
2. Sodiqova Q, Aripova S.X, Shaxmurova G.A . Yosh fiziologiyasi va
gigiyenasi. T., “Yangi asr avlodi” - 2009.\\\
Qo’shimcha adabiyotlar
Encyclopedia of Human Body Systems VOLUME 1 Julie McDowell, Editor.
Copyright 2010 by ABC-CLIO, LLC
Бернштейн Н.А. Очерки по физиологии движений и по физиологии
активности. М.: Медицина, 1966.
Беленков Н.Ю. Принцип целостности в деятельности мозга. М.:
Медицина, 1980.
Н.Г.
Андреева.
Эволюционная
морфология
нервной
системы
позвоночных. М.: Наука, 1991.
Основы психофизиологии. Под ред. Ю.И. Александрова. М., 1998.
Алматов К.Т., Алламуратов Ш.И. Одам ва хайвонлар физиологияси.
Тошкент: Университет, 2004.
Rajamurodov Z.T., Rajabov A.I. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” Toshkent:
‘Tib kitob’ nashriyoti, 2010.