INSONNING MA’NAVIY KAMOLOTIGA FALSAFIY DUNYOQARASHNING ROLI
Yuklangan vaqt
2024-03-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
46,5 KB
INSONNING MA’NAVIY KAMOLOTIGA FALSAFIY
DUNYOQARASHNING ROLI.
REJA
1.
Komil va barkamol inson tushunchalari.
9.1. Ma’naviy barkamol, komil inson tushunchalarini bilib olishdan avval inson,
shaxs, fuqaro tushunchalarining mazmun-mohiyatini bilib olish lozim bо‘ladi.
Inson nihoyatda murakkab, kо‘p qirrali va kо‘p о‘lchamli mavjudot bо‘lib,
uning mohiyatini anglash yuzasidan turli qarashlar ilgari surib kelinmoqda. Sharq
falsafasi tarixida ham inson bosh mavzulardan biri bо‘lib kelgan.
Masalan, Forobiy falsafasida inson butun borliq taraqqiyotining mahsuli
sifatida izohlanadi. Mutafakkir insoning barcha olijanob fazilatlari ilm tufayli
ekanligini, inson hayotining mazmuni-baxtli bо‘lish va baxtli qilishga intilish,
bunga esa faqat ilm va ma’rifat orqali erishish mumkinligini kо‘rsatdi. Beruniy va
Ibn Sino insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aql va tafakkur tufayli
ekanligini isbotlashga harakat qildilar. Abu Homid G‘azzoliy insonning boshqa
mavjudotlardan
ustunligi
aqlda
emas,
balki
inson
qalbida
ekanligini
kо‘rsatdi.Ulug‘ mutasavvuf Abduholiq G‘ijduvoniy insonni “kichik olam” deb
hisoblagan.
Hayot gо‘zaldir, - deydilar shoir va mutafakkirlar, lekin hayot inson bilan
gо‘zaldir. Inson gо‘zalligini belgilovchi asosiy mezon uning ma’naviyligi, ya’ni
ahloq va odobi hisoblanadi. О‘zbek xalqining “Inson odobi bilan gо‘zal” degan
maqolining mohiyatida chuqur falsafiy ma’no yotadi.
Konfusiy insonni о‘z mohiyatini ma’naviy-ahloqiy fazilatlari va kamoloti
orqali namoyon etadigan jonzot sifatida talqin etadi. U insonning insonligi о‘zidagi
har qanday tabiiy ehtiyoj, his va tuyg‘uni ma’naviylikka bо‘ysundira olishidir.
Faqat insondagi ma’naviy mas’ullik ularga nima qilish keragu, nima qilish
kerakmasligini о‘rgatadi. Shu jihatdan qaraganda insondagi ma’naviylik inson va
insonlar faoliyatiga maqsad, yо‘nalish va mazmun beradigan omildir.
G‘arb ilmida esa insonga, asosan biologik mavjudot, tabiatdagi evolyusion
о‘zgarishlarning mahsuli deb qaraldi.
Inson tushunchasiga aniq ta’rif berish uchun uni boshqa biologik
mavjudotlardan ajratib turuvchi eng muhim xususiyatlarini aniqlash zarur. Bular
qatoriga quyidagilar kiradi. Inson eng avvalo boshqa mavjudotlardan о‘zining
xotirasi, tafakkuri, tili borligi bilan ajralib turadi. Boshqa mavjudotlardan
insonning tub sifatiy farqini ifodalovchi xususiyatlardan yana biri uning о‘z amaliy
faoliyatini tartibga sola bilishidir. Shuningdek, inson о‘z turmushi uchun zarur
bо‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish, yaratish malakasiga ega
ekanligi ham ana shunday xususiyatlardan biri hisoblanadi. Inson hayotida mehnat
asosiy rol о‘ynaydi. Mehnat tufayli inson о‘zi yashayotgan tabiatga ta’sir etadi, uni
о‘zgartiradi, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratadi. Amerikalik olim B.Franklin
“Inson mehnat qurollarini yaratuvchi jonzotdir”, deb ta’riflagan.
Oilaviy munosabatlar va ma’naviy-ahloqiy meyorlar insonni hayvondan farq
qiluvchi eng muhim xususiyati sanaladi.
Inson о‘z aqli tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi
kuch sifatida namoyon bо‘ladi, о‘z tarixini yaratadi, uni avaylab-asraydi. Inson
faoliyati va tajribalari jamiyatning takomillashuvi va kishilarning har tomonlama
kamol topishi uchun manba bо‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda faylasuflar inson uchta buyuk qudrat – tana, ruhiyat va
ma’naviyatning yig‘indisi ekanligini ta’kidlamoqdalar. Insonning biologik
xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish
kabilar kirsa, uning ijtimoiy xususiyatlariga til, muomala, bilim, ong, mahsulot
ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, о‘zini-о‘zi idora etish,
ahloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar bilan ish kо‘rish va boshqalar kiradi. Psixik
xususiyatlarini ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g‘am-tashvish, iztirob chekish,
zavqlanish, kayfiyat kabilar tashkil etadi.
Inson о‘z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi.
Tana ehtiyojlarini qondirish inson yashashining birlamchi, asosiy sharti
hisoblanadi. Biroq hayotning ma’nosi faqat moddiy ne’matlardan bahramand
bо‘lish, qorin tо‘yg‘azish, lazzatlanish, boylikka ruju qо‘yishdangina iborat emas.
Inson ruhi ham о‘ziga xos oziqqa ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj insonda
ma’rifatparvarlik, odamiylik, adolatlilik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, oliy
himmatlilik, vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlarni shakllanishiga olib keladi.
Yuksak
ma’naviyat
insonni
ruhan
poklaydi,
iymon-e’tiqodini
mustahkamlaydi. Yuksak ma’naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga,
ijtimoiy adolatni о‘rnatib, sahiy va oliyhimmat bо‘lishga undaydi. Yuksak
ma’naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir.
Shaxs - alohida kishi, ijtimoiy-ahloqiy, ma’naviy mohiyatni о‘zida
mujassamlashtirgan individ. Kishilar shaxs bо‘lib tug‘ilmaydi, balki jamiyatdagina
shaxs bо‘lib shakllanadi va rivojlanadi.
Inson ta’lim-tarbiya, mehnat, о‘zaro muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba,
bilim, turli munosabatlar, ahloqiy-ma’naviy meyorlar, siyosiy qarashlar ta’siri
ostida faoliyat yuritadi, ularni о‘zlashtiradi va shu jarayonda asta-sekin
ijtimoiylashib boradi, ya’ni shaxs bо‘lib shakllanadi. Natijada insonda irsiy
bо‘lmagan yangicha fazilatlar paydo bо‘ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida
faoliyat kо‘rsata boshlaydi.
Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak kо‘rinishi, oliy maqomidir.
U о‘zida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi.
Insonning olijanob fazilatlari yetuk shaxslar timsolida о‘z aksini topadi.
Insonga xos bо‘lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan
о‘rnida, uning о‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda, muayyan
g‘oyalarni amalga oshirishda yaqqol kо‘rinadi.
О‘zbekistonda bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida fozil va barkamol
inson
shaxsini
shakllantirish
dolzarb
vazifalardan
biri
bо‘lib
qoldi.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida keng kо‘lamda amalga oshirilayotgan
islohotlar о‘z oldiga ana shunday shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish va
shakllantirishni maqsad qilib qо‘ygan.
Demokratik qadriyatlar tizimida shaxs erkinligi alohida о‘rin tutadi. Erkinlik
– insonning intellektual-ma’naviy kamolotga erishuvining zarur sharti. Erkinlik
tufayli inson yaratuvchilik qobiliyatini namoyon etadi, shaxsiy mas’uliyat va
insoniy burchni tо‘la his etadi. Shaxs erkinligi, avvalo ahloqiy, sо‘z, vijdon,
matbuot erkinligida rо‘yobga chiqadi.
Inson, shaxs tushunchalari bilan birga fuqaro, fuqarolik tushunchalari ham
yonma-yon ishlatib kelinadi. “Fuqaro” sо‘zi “faqir” sо‘zidan olingan bо‘lib,
hozirgi davrda uning ma’nosi о‘zgarib ketgan.
Fuqarolik tushunchasi antik Yunoniston va Rimda mavjud bо‘lsa-da, asosan
о‘rta asrlar oxirida feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va
ijtimoiy hayot demokratiya va bozor munosabatlari zaminiga о‘ta boshlaganida,
hozirgi shakl va mazmunda paydo bо‘la boshlagan. Ilk bor fransuzchada
“situayyan”, inglizchada “sitizen” – “shaharli”, ruscha “gorojanin - grajdanin”,
ya’ni qoloq qishloqdan, mustabid feodal munosabatlardan ozod inson, jamiyatning
teng huquqli a’zosi, degan ma’noni bildirgan. Mustaqillik e’lon qilingandan sо‘ng,
о‘zbek tilida о‘tmishdagi “grajdanlik” sо‘zi о‘rniga “fuqarolik” degan atama qabul
qilindi.
Fuqarolik – jamiyatning demokratik rivojlanishida insoniyat qо‘lga kiritgan
ulkan yutuqlardan biri. U – shaxsning muayyan davlat qaramog‘ida bо‘lishi, shu
davlatga, mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham mansub ekanligi, shu
mansublikning huquqiy hujjatlar yordamida tasdiqlanganligini bildiradi. Shaxs
fuqarolikka ega bо‘lgach, davlat uning hamma huquq va erkinliklarini e’tirof etadi,
ularni amalga oshishini ta’minlash choralarini kо‘radi.О‘z navbatida fuqarolar
davlat qonunlari va qoidalariga sо‘zsiz amal qiladilar, о‘zlari uchun belgilangan
majburiyatlarni bajaradilar.
Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tomonidan “Kuchli davlatdan kuchli
fuqarolik jamiyati sari” g‘oyasi ilgari surildi. Demakki, bizning bosh maqsadimiz
demokratik, fuqarolik jamiyatini qurish va barpo etishdir. Fuqarolik jamiyati-
insonga uni iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlashi
kafolatlanadigan, qonun ustivorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror
topadigan, kо‘p partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-
xilligi ta’minlanadigan hamda о‘zini-о‘zi boshqarish organlarining mavqei baland
bо‘lgan ijtimoiy tuzum.
Mamlakatimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson shaxsini
shakllantirishni talab etadi, chunki fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni inson
omilisiz tasavvur etib bо‘lmaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek,
hozirgi sharoitda inson omili va mezoni barcha islohotlarimizning bosh yо‘nalishi
va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradi. “Fuqarolik jamiyati
asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma’naviyat va ma’rifat
sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdan
iborat”.