Interfaol metodlar
Reja:
1. Interfaol metodlar
Interfaol metodlar. 1. Interfaol metodlar - ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va
mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan
metodlar.
2. Interfaol ta’lim strategiyalari - guruh ishini tashkil qilishga yondashuv
ma’lum ma’noda strategik yondashuvga qiyoslanadi.
3. Interfaol grafik organayzerlar- bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar
turli grafik shakllarda yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslaniladi.
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng
qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida
yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning
didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars
shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-
tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasi o‘sishiga
olib keladi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya
jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar
nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko‘p tarqalgan va
barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo‘llanayotgan metodlardan hisoblanadi.
Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko‘p bo‘lib, ta’lim-tarbiya
jarayonining deyarli hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari
hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib
tegishlicha qo‘llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum
maqsadlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan
ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi
muttasil rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib,
ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-
munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi
metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga
undash talab etiladi. Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari
quyidagilar sanaladi: 1. Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”),
“Blist-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b. 2.
Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”,
“Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va k. Interfaol
ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini
tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategic yondashuvga qiyoslanishiga
asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim
metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q. 3. Interfaol grafik
organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”,
“T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol grafik
organayzerlarni ajratishda bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik
shakllarda yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik
organayzerlar bilan ishlash ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga
tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q. Interfaol ta’lim metodlarini
ko‘pincha turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda
qo‘llanmokda. Bu metodlarni qo‘llash mashg‘ulot ishtirokchilarining faolliklarini
oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi. Ta’lim jarayonida
interfaol metodlardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Interfaol ta’lim jarayonida dars o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlari asosida amalga
oshiriladi. Interfaol metod ta’lim jarayonida o‘qituvchilar va o‘quvchilar orasidagi
faollikni oshirish orqali ularning o‘zaro harakati, ta’siri ostida bilimlarni
o‘zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinflarda ”aqliy hujum”, ”6*6*6”, ”klaster”, “zakovatli zukko”,
“qarama-qarshi munosabat”, ”ven diagrammasi”, ”insert”, ”topqirlik o‘yini” kabi
interfaol metodlar muhim o‘rin tutishi amaliyotda o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Boshlang‘ich ta’limda matematika darslarini tashkil etish va uni o‘tkazishda
interfaol metodlardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Boshlang‘ich
maktabda matematika ta’limi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini
shakllantirish va rivojlantirishga, o‘z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan
bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida qo‘llash hamda ta’limning ikkinchi bosqichida
o‘qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat
qiladi. Matematika darslarida natural sonlar va nol to‘g‘risida tasavvurni
shakllantirish, puxta hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilish, amaliy masalalarni
yechishda natural sonlar va arifmetik amallarni qo‘llay olishga o‘rgatish, eng sodda
geometrik shakllar, ularni tekislikda tasvirlash xususiyatlari haqida tasavvurga ega
bo‘lish hamda og‘zaki va yozma hisoblash va matematik munosabat belgilaridan
foydalana olish malakasini hosil qilishga alohida e’tibor beriladi.
«Aqliy xujum». Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni
hal etishda keng qo’llaniladigan metod sanalib, u mashg`ulot ishtirokchilarini
muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o’z
tasavvurlari va g`oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hamda
malakalarni xosil qilishga rag`batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan
mashg`ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original
yechimlarni topish imkoniyati tug`iladi. «Aqliy xujum» metodi tanlab olingan
mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil
bo’lgan g`oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
Mashg`ulotlar jarayonida «Aqliy xujum» metodidan foydalanishda bir necha
qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qoidalar quyidagilar:
1. Mashg`ulot ishtirokchilarini muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular
tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.
2. Har bir ta’lim oluvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g`oyalar miqdori
rag`batlantirilib boriladi. Bu esa bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab
olishga imkon beradi. Bundan tashqari fikrlarning rag`batlantirilishi navbatdagi
yangi fikr yoki g`oyalarning tug`ilishiga olib keladi.
3. Har bir ta’lim oluvchi o’zining shaxsiy fikri yoki g`oyalariga asoslanishi hamda
ularni o’zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikr (g`oya)larni umumlashtirish,
turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan fikr (g`oya)larning
shakllanishiga zamin hozirlaydi.
4. Mashg`ulotlar jarayonida ta’lim oluvchilarning har qanday faoliyatlarini standart
talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga
yo’l qo’ymaydi. Agarda ularning fikr (g`oya)lari baholanib, boriladigan bo’lsa,
ta’lim oluvchilar o’z diqqatlarini, shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar,
oqibatda ular yangi fikrlarni ilgari surmaydilar. Mazkur metodni qo’llashdan asosiy
maqsad ta’lim oluvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga
rag`batlantirish ekanligini etibordan chetda qoldirmagan holda ularning
faoliyatlarini baholab borishning har qanday usulidan voz kechish maqsadga
muvofiqdir.
Mashg`ulot jarayonida ushbu metoddan samarali foydalanish maqsadida
quyidagilarga amal qilish lozim:
1.Mashg`ulot ishtirokchilarining o’zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratib
berish.
2.G`oyalarni yozib berish uchun yozuv taxtasi yoki varaqalarni tayyorlab qo’yish.
3.Muammo (yoki mavzu)ni aniqlash.
4.Mashg`ulot jarayonida amal qilinishi lozim bo’lgan shartlarni belgilash. Shartlar
quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
a) ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilayotgan xar qanday g`oya baholanmaydi;
b) ta’lim oluvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari surishlari
uchun qulay muxit yaratiladi;
v) g`oyalarning turlicha va ko’p miqdorda bo’lishiga ahamiyat qaratiladi;
g) boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularning fikrlariga
tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida muayyan
xulosalarga kelish kabi harakatlarning ta’lim oluvchilar tomonidan sodir etilishiga
erishiladi.
5. Bildirilayotgan g`oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish
va ularni yozib olish.
6. Muayyan qog`oz varaqlari g`oya (yoki fikr)lar bilan to’lgandan so’ng ularni
yozuv taxtasiga osib qo’yish.
7. Bildirilgan fikrlarni yangi g`oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash.
8. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g`oya) lar ustida kulish, ularga nisbatan
kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo’l qo’ymaslik kerak.