INVESTITSION DASTURLARNI MOLIYALASHTIRISH

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

14

File size

Fayl hajmi

47,9 KB


INVESTITSION DASTURLARNI MOLIYALASHTIRISH
Reja:
1.
Investitsiyalar: manbalari, baholash va samaradorligi.
2.
Investitsiyalarni moliyalashtirish shakllari.
3.
Inflyatsiya va investitsiyalarni rejalashtirish.
Investitsiyalar bugungi kunda iqtisodiy tizimda eng keng qo‘lllanilayotgan
tushunchalardan  biridir.  Biroq  bu  kategoriyaga  ham  nazariya,  ham  amaliyot
talablariga umulashtirib javob bera oladigan universal ta’rif ishlab chiqilmaganligi
ko‘p ta’kidlanadi. 
Investitsiya  bu  –  foyda  olish  maqsadida  mamlakatning  ichkarisi  va
tashqarisidagi iqtisodiyotning sohalari, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va
boshqalarga uzoq muddatga kapital kiritishdir. Investitsiyalar tushunchasi (lotincha
«investio» so‘zidan olingan bo‘lib, «kiyinaman» degan ma’noni anglatadi) amalda
har  qanday lug‘atda  mamlakat  ichkarisida  va  xorijda iqtisodiyot  tarmoqlariga
kapital  qo‘yish  sifatida  talqin  qilinadi.  Ushbu  tushunchaning  milliy
qonunchiligimizdagi qisqacha sharhini keltiramiz.
O‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida
investitsiyalar —  investor  tomonidan  foyda  olish  maqsadida  ijtimoiy  soha,
tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari ob’ektlariga tavakkalchiliklar asosida
kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu
Logotip
INVESTITSION DASTURLARNI MOLIYALASHTIRISH Reja: 1. Investitsiyalar: manbalari, baholash va samaradorligi. 2. Investitsiyalarni moliyalashtirish shakllari. 3. Inflyatsiya va investitsiyalarni rejalashtirish. Investitsiyalar bugungi kunda iqtisodiy tizimda eng keng qo‘lllanilayotgan tushunchalardan biridir. Biroq bu kategoriyaga ham nazariya, ham amaliyot talablariga umulashtirib javob bera oladigan universal ta’rif ishlab chiqilmaganligi ko‘p ta’kidlanadi. Investitsiya bu – foyda olish maqsadida mamlakatning ichkarisi va tashqarisidagi iqtisodiyotning sohalari, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqalarga uzoq muddatga kapital kiritishdir. Investitsiyalar tushunchasi (lotincha «investio» so‘zidan olingan bo‘lib, «kiyinaman» degan ma’noni anglatadi) amalda har qanday lug‘atda mamlakat ichkarisida va xorijda iqtisodiyot tarmoqlariga kapital qo‘yish sifatida talqin qilinadi. Ushbu tushunchaning milliy qonunchiligimizdagi qisqacha sharhini keltiramiz. O‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida investitsiyalar — investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari ob’ektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu
jumladan  intellektual  mulk  ob’ektlariga  bo‘lgan  huquqlar,  shuningdek
reinvestitsiyalar bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
mablag‘larni,  shu  jumladan  pul  mablag‘larini  (shu  jumladan  chet  el
valyutasini),  maqsadli  bank  omonatlarini,  paylarni,  ulushlarni,  aksiyalarni,
obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni;
ko‘char va ko‘chmas mol-mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar
va boshqa moddiy qimmatliklarni);
intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan u yoki bu ishlab
chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, texnik hujjatlar, ko‘nikmalar va
ishlab  chiqarish  tajribasi  tarzida  rasmiylashtirilgan,  patentlangan  yoki
patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa
qimmatliklarni;
investitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy
va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar sifatida ta’riflangan.
Demak, investitsiya deganda biz pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, boshqa
turdagi mulklar, shuningdek, pul qiymatini beruvchi mulkka egalik qilish huquqi,
tadbirkorlik  va  boshqa  turdagi  faoliyat  ob’ektlariga  qo‘yiladigan  mablag‘lar
tushuniladi.
Investitsiyalarga bo‘lgan zaruratni qo‘yidagi sabablarda deb ko‘rish mumkin:
- Ishlab chiqarish hajmini oshirish zarurati;
- Korxonaning moddiy-texnik bazasini yangilash zarurati;
- Yangi faoliyat yoki yangi mahsulotlarni ishlab chiqish.
Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat:
yuridik  shaxslarni  tashkil  etish  yoki  ularning  ustav  fondlarida  (ustav
kapitallarida) ulushli tarzda, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar (ulushlar) sotib
olish yo‘li bilan ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli
qog‘ozlarni, jumladan qarz majburiyatlarini olish;
Logotip
jumladan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: mablag‘larni, shu jumladan pul mablag‘larini (shu jumladan chet el valyutasini), maqsadli bank omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni, obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni; ko‘char va ko‘chmas mol-mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklarni); intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan u yoki bu ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, texnik hujjatlar, ko‘nikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa qimmatliklarni; investitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar sifatida ta’riflangan. Demak, investitsiya deganda biz pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, boshqa turdagi mulklar, shuningdek, pul qiymatini beruvchi mulkka egalik qilish huquqi, tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo‘yiladigan mablag‘lar tushuniladi. Investitsiyalarga bo‘lgan zaruratni qo‘yidagi sabablarda deb ko‘rish mumkin: - Ishlab chiqarish hajmini oshirish zarurati; - Korxonaning moddiy-texnik bazasini yangilash zarurati; - Yangi faoliyat yoki yangi mahsulotlarni ishlab chiqish. Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat: yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulushli tarzda, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar (ulushlar) sotib olish yo‘li bilan ishtirok etish; O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni, jumladan qarz majburiyatlarini olish;
konsessiyalarni olish, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, o‘zlashtirish,
qazib olish yoki ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni  olish, shuningdek
mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda ishtirok etish;
mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan mulk
huquqini, mualliflik huquqlarini, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat
namunalari, firma nomlari va nou-xau, ishchanlik obro‘sini (gudvillni), shuningdek
savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  sohasi  ob’ektlariga  bo‘lgan  mulk  huquqini  ular
joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda olish;
er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni, boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish
va ulardan foydalanish huquqlarini olish.
Investorlar  qonunchilikka  zid  bo‘lmagan  boshqa  shakllarda  ham
investitsiyalarni amalga oshirishi mumkin.
Investitsiya faoliyati investitsiyalar kiritishning turli shakllarini birlashtirish
vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiyalarning  birlamchi  yoki  takroran  kiritiladigan  shakllari
o‘zgartirilishi ularning investitsiya sifatidagi darajasi o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Investitsiya  samaradorligi  borasidagi  tadqiqotlar  umumiqtisodiy  muammo
sifatida mamlakatimizning qator nazariyotchi va amaliyotchi olimlari tomonidan
tadqiq  etilgan.  Jumladan,  A.Abdug‘aniyev  fikricha,  «Iqtisod  fanlarida
“samaradorlik”  va  “iqtisodiy  samaradorlik”  tushunchalari  -  mavjud.  Ular
mamlakat,  tarmoq,  korxona,  yo‘nalishlar  hamda  ayrim  mahsulotlar  bo‘yicha
aniqlanishi  mumkin.  Iqtisodchi  olim  I.Q.Rajabovning  fikricha,  “Samaradorlik
tushunchasi bu ishlab chiqarish jarayoni pirovard natijalarini o‘zida aks ettiruvchi
iqtisodiy ko‘rsatkich sifatida tushunilishi lozim. Iqtisodiy samaradorlik mohiyati
nafaqat ishlab chiqarish natijalari va harajatlar o‘rtasidagi arifmetik raqamlar bilan,
balki foydali natijalarga erishish yo‘lida harajatlar miqdorini kamaytirish bilan
bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish, taqsimot va ayirboshlash munosabatlari orqali
ifodalanadi.  Ishlab  chiqarish  samaradorligi  harajatlar  va  natijalar  o‘rtasidagi
Logotip
konsessiyalarni olish, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, o‘zlashtirish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni olish, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda ishtirok etish; mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan mulk huquqini, mualliflik huquqlarini, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xau, ishchanlik obro‘sini (gudvillni), shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlariga bo‘lgan mulk huquqini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda olish; er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni, boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini olish. Investorlar qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa shakllarda ham investitsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Investitsiya faoliyati investitsiyalar kiritishning turli shakllarini birlashtirish vositasida amalga oshirilishi mumkin. Investitsiyalarning birlamchi yoki takroran kiritiladigan shakllari o‘zgartirilishi ularning investitsiya sifatidagi darajasi o‘zgarishiga olib kelmaydi. Investitsiya samaradorligi borasidagi tadqiqotlar umumiqtisodiy muammo sifatida mamlakatimizning qator nazariyotchi va amaliyotchi olimlari tomonidan tadqiq etilgan. Jumladan, A.Abdug‘aniyev fikricha, «Iqtisod fanlarida “samaradorlik” va “iqtisodiy samaradorlik” tushunchalari - mavjud. Ular mamlakat, tarmoq, korxona, yo‘nalishlar hamda ayrim mahsulotlar bo‘yicha aniqlanishi mumkin. Iqtisodchi olim I.Q.Rajabovning fikricha, “Samaradorlik tushunchasi bu ishlab chiqarish jarayoni pirovard natijalarini o‘zida aks ettiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich sifatida tushunilishi lozim. Iqtisodiy samaradorlik mohiyati nafaqat ishlab chiqarish natijalari va harajatlar o‘rtasidagi arifmetik raqamlar bilan, balki foydali natijalarga erishish yo‘lida harajatlar miqdorini kamaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish, taqsimot va ayirboshlash munosabatlari orqali ifodalanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi harajatlar va natijalar o‘rtasidagi
arifmetik  nisbatgina  bo‘lmasdan,  balki  ishlab  chiqarish  munosabatlarini  aks
ettiruvchi iqtisodiy atama...” hisoblanadi.
Ushbu  korxona  samaradorligiga  ta’sir  etuvchi  omillar  tahlili  borasida,
iqtisodchi olim Ye.V.Lapin “Investitsiyaning asosiy maqsadi sifatidi aksiyadorlar
tomonidan quyilgan maqsadga intilish. Samaradorlikning umumiy mezoni sifatida
esa  “kapital  samaradorligi” ko‘rsatkichidan foydalanish  to‘g‘ri  emas. Bozorda
samarali ishlash va korxonaning yuqori raqobatbardoshligi buxgalteriya foydasi
bilan emas, balki tegishli harajatlarni o‘z vaqtida qoplash uchun zarur bo‘lgan pul
mablag‘lari bilan tavsiflanadi”. Yuqoridagi iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida
respublikamizda investitsiya samaradorligi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar va
ularning ta’sirini hisoblash yo‘llarining ilmiy-nazariy va metodologik asoslarini
takomillashtirishning  ba’zi  jihatlari  yoritilgan.  Bularning  barchasi  milliy
iqtisodiyotning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va usullariga
ta’sir etuvchi omillar asosida rivojlanish yo‘llarini tadqiq etish va ularni moliyaviy
ta’minlashning ilmiy-nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha
chuqur tadqiqotlarni amalga oshirishni, bularni mamlakatimiz amaliyotiga tadbiq
qilib  investitsiya  faoliyatining  moliyalashtirish  manbalari  va  usullarini
shakllantirishni rivojlantirish va takomillashtirish lozimligini talab qiladi.
Har bir iqtisodiy-ijtimoiy jarayon haqida aniq xulosa chiqarish va kelgusi
istiqblolini belgilash bo‘yicha ta’sirchan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun
ularning  o‘zgarishiga  ta’sir  qiluvchi  omillarni  o‘rganish  taqozo  qilinadi.
Investitsiya ham ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, ko‘plab omillar ta’sirida o‘zgarib
boradi.  Amaliy  nuqtai  nazardan,  investitsiya  faoliyati  va  investitsiya
samaradorligiga  omillar  ta’sirini  hisoblash  bir  qadar  murakkab  jarayon
hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ilmiy adabiyotlarda investitsiya faoliyati va
investitsiya  samaradorligiga  ta’sir  qiluvchi  omillar  yetarlicha  o‘rganilmagan.
Bundan tashqari, mualliflar orasida ushbu masalani o‘rganishda umumiy nuqtai
nazar mavjud emas. 
Korxona darajasida investitsiyalar samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarga
quyidagilar kiritish mumkin:
Logotip
arifmetik nisbatgina bo‘lmasdan, balki ishlab chiqarish munosabatlarini aks ettiruvchi iqtisodiy atama...” hisoblanadi. Ushbu korxona samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili borasida, iqtisodchi olim Ye.V.Lapin “Investitsiyaning asosiy maqsadi sifatidi aksiyadorlar tomonidan quyilgan maqsadga intilish. Samaradorlikning umumiy mezoni sifatida esa “kapital samaradorligi” ko‘rsatkichidan foydalanish to‘g‘ri emas. Bozorda samarali ishlash va korxonaning yuqori raqobatbardoshligi buxgalteriya foydasi bilan emas, balki tegishli harajatlarni o‘z vaqtida qoplash uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari bilan tavsiflanadi”. Yuqoridagi iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida respublikamizda investitsiya samaradorligi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar va ularning ta’sirini hisoblash yo‘llarining ilmiy-nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirishning ba’zi jihatlari yoritilgan. Bularning barchasi milliy iqtisodiyotning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va usullariga ta’sir etuvchi omillar asosida rivojlanish yo‘llarini tadqiq etish va ularni moliyaviy ta’minlashning ilmiy-nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha chuqur tadqiqotlarni amalga oshirishni, bularni mamlakatimiz amaliyotiga tadbiq qilib investitsiya faoliyatining moliyalashtirish manbalari va usullarini shakllantirishni rivojlantirish va takomillashtirish lozimligini talab qiladi. Har bir iqtisodiy-ijtimoiy jarayon haqida aniq xulosa chiqarish va kelgusi istiqblolini belgilash bo‘yicha ta’sirchan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ularning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish taqozo qilinadi. Investitsiya ham ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, ko‘plab omillar ta’sirida o‘zgarib boradi. Amaliy nuqtai nazardan, investitsiya faoliyati va investitsiya samaradorligiga omillar ta’sirini hisoblash bir qadar murakkab jarayon hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ilmiy adabiyotlarda investitsiya faoliyati va investitsiya samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar yetarlicha o‘rganilmagan. Bundan tashqari, mualliflar orasida ushbu masalani o‘rganishda umumiy nuqtai nazar mavjud emas. Korxona darajasida investitsiyalar samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarga quyidagilar kiritish mumkin:
- korxona yuritayotgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat samaradorligi;
- samarali investitsiya siyosatining mavjudligi;
- mahsulot sifati va raqobatbardoshligi;
- asosiy vositalardan foydalanish darajasi va ishlab chiqarish quvvatlari;
- korxonada mavjud resurslardan foydalanishning oqilona darajasi;
- korxona menejerlarining malakasi va korxona boshqaruvining mukammallik
darajasi;
- amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining sifati va samaradorligi.
Bevosita  ishlab  chiqarishga  qo‘yilgan  investitsiyaning  samaradorligi  (Qc)
ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini (Q) investitsiyaning umumiy qiymatiga (U)
bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi: Qc = Q U ; 
Ushbu ko‘rsatkichning o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
- aylanma mablag‘larga qo‘yilgan investitsiyalar samaradorligi (Z);
- aylanma  mablag‘larga  qo‘yilgan  investitsiyalarning  asosiy  vositalarga
qo‘yilgan investitsiyalardagi hissasi (W);
- asosiy  vositalarga  qo‘yilgan investitsiyalarning  barcha investitsiyalardagi
ulushi (S).
Iqtisod  fanlari  doktori,  prof.  D.G‘ozibekovning  “Investitsiyalarni
moliyalashtirish  muammolari”  nomli  ilmiy  asarida  investitsiyalarning
makrodarajadagi  va  ishlab  chiqarish  nazariyasidagi,  moliya  nazariyasidagi  va
umuman,  iqtisodiyotdagi  mohiyatini  ochib  berishi  alohida  ahamiyatga  ega.
Muallifning fikricha, investitsiyalarning mohiyatini ta’riflayotganda ularning turli
xil risklar va kutilayotgan daromadlar bilan bog‘liqligini hamisha yodda tutmoq
kerak. Pulning daromad keltirish layoqati pul keladigan manbalarga va uning
nimalarga  sarflanishiga,  ya’ni  pulning  qayerdan  kelishi  va  nimalarga
investitsiyalanishiga bog‘liq. Binobarin, kapital manbalarining ishonchliligi bilan
mablag‘larni investitsiyalashning to‘g‘riligi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik kuzatiladi.
Investitsiya ana shu belgilari bilan boshqa mablag‘ solishlardan farqlanib turadi.
Investitsion loyihani moliyaviy-iqtisodiy baholash mablag‘larni real aktivlar
bilan turli operatsiyalarga (ob’ektlarga) joylashning mumkin bo‘lgan variantlarni
Logotip
- korxona yuritayotgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat samaradorligi; - samarali investitsiya siyosatining mavjudligi; - mahsulot sifati va raqobatbardoshligi; - asosiy vositalardan foydalanish darajasi va ishlab chiqarish quvvatlari; - korxonada mavjud resurslardan foydalanishning oqilona darajasi; - korxona menejerlarining malakasi va korxona boshqaruvining mukammallik darajasi; - amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining sifati va samaradorligi. Bevosita ishlab chiqarishga qo‘yilgan investitsiyaning samaradorligi (Qc) ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini (Q) investitsiyaning umumiy qiymatiga (U) bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi: Qc = Q U ; Ushbu ko‘rsatkichning o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: - aylanma mablag‘larga qo‘yilgan investitsiyalar samaradorligi (Z); - aylanma mablag‘larga qo‘yilgan investitsiyalarning asosiy vositalarga qo‘yilgan investitsiyalardagi hissasi (W); - asosiy vositalarga qo‘yilgan investitsiyalarning barcha investitsiyalardagi ulushi (S). Iqtisod fanlari doktori, prof. D.G‘ozibekovning “Investitsiyalarni moliyalashtirish muammolari” nomli ilmiy asarida investitsiyalarning makrodarajadagi va ishlab chiqarish nazariyasidagi, moliya nazariyasidagi va umuman, iqtisodiyotdagi mohiyatini ochib berishi alohida ahamiyatga ega. Muallifning fikricha, investitsiyalarning mohiyatini ta’riflayotganda ularning turli xil risklar va kutilayotgan daromadlar bilan bog‘liqligini hamisha yodda tutmoq kerak. Pulning daromad keltirish layoqati pul keladigan manbalarga va uning nimalarga sarflanishiga, ya’ni pulning qayerdan kelishi va nimalarga investitsiyalanishiga bog‘liq. Binobarin, kapital manbalarining ishonchliligi bilan mablag‘larni investitsiyalashning to‘g‘riligi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik kuzatiladi. Investitsiya ana shu belgilari bilan boshqa mablag‘ solishlardan farqlanib turadi. Investitsion loyihani moliyaviy-iqtisodiy baholash mablag‘larni real aktivlar bilan turli operatsiyalarga (ob’ektlarga) joylashning mumkin bo‘lgan variantlarni
tanlash  va  asoslash  jarayonida  markaziy  o‘rinni  egallaydi.  Moliyaviy  tahlil
loyihadan  keladigan  samaraning  uning  har  bir  ishtirokchilarining  o‘z
maqsadlaridan kelib chiqib, loyihani amalga oshirishdagi erishilishi lozim bo‘lgan
natijalarni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini ochib beradi.
Iqtisodiy  tahlilda  esa  loyihaning  milliy  iqtisodiyotga  beradigan  samarasi
nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Xususan, Jahon banki xodimlari (mutaxassislari)
har bir loyiha uchun uning iqtisodiyotga boshqa aniq resurslarni joylashtirishdagi
o‘zaro ziddiyatli  variantlarga qaraganda ko‘proq samara  keltirishni  aniqlashda
keng tahlil ishlarini o‘tkazadilar.
G.  Birman,  S.  Shmidtlar  investitsiya  loyihalarini  iqtisodiy  baholashda
quyidagilarga alohida e’tibor qaratgan:
- loyihaning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’siri baholanadi;
- kiritilayotgan resurslar va olinayotgan mahsulotlar ularningmilliy iqtisodiyot
uchun haqiqiy qadr-qimmatini aks ettiradigan noaniq baholarda baholanadi;
- tahlilga iqtisodiyot uchun bevosita ta’sir etuvchi jihatlar kiritiladi (importga,
eksportga,  aholi  bandliligiga,  chet  el  valyutasiga,  talab  va  taklifga,  ekologik
ahvolga va sh.k.), shuningdek bilvosita ta’sirlar (boshqa sohalarga bo‘lgan ta’siri,
sh.k.) ham kiritiladi;
- ijtimoiy shart-sharoitlar hisobga olinadi va hokazolar.
I.I. Mazur, V.D. Shapiro, N.G. Olderoggelar o‘zlarining asarlarida investitsiya
loyihalari samaradorligiga quyidagicha ta’rif berganlar: “Investitsiya loyihalarining
samaradorligi  -  loyihaning  uning  ishtirokchilarini  maqsadi  va  qiziqishlariga
muvofiqligini  ko‘rsatib  beruvchi  kategoriya  hisoblanadi”.  Shunga  ko‘ra,
loyihaning  samaradorligini  butunligicha  baholash,  shuningdek  loyihada
qatnashuvchi har bir ishtirokchining samarasini aniqlash talab etiladi.
V.  Berens,  P.Xavranekslar  fikricha,  bozor  iqtisodiyoti  rivojlangan
mamlakatlarda investitsion loyihalarning samaradorligini baholashga asoslangan,
ularni o‘zaro taqqoslay oladigan usullar keng qo‘llaniladi.
Investitsion  loyiha  samaradorligini  asoslash  mezonlari  bo‘lib,  maksimum
foyda yoki daromadlilik, maqsadga erishish vaqtidagi minimum mehnat sarflari,
Logotip
tanlash va asoslash jarayonida markaziy o‘rinni egallaydi. Moliyaviy tahlil loyihadan keladigan samaraning uning har bir ishtirokchilarining o‘z maqsadlaridan kelib chiqib, loyihani amalga oshirishdagi erishilishi lozim bo‘lgan natijalarni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini ochib beradi. Iqtisodiy tahlilda esa loyihaning milliy iqtisodiyotga beradigan samarasi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Xususan, Jahon banki xodimlari (mutaxassislari) har bir loyiha uchun uning iqtisodiyotga boshqa aniq resurslarni joylashtirishdagi o‘zaro ziddiyatli variantlarga qaraganda ko‘proq samara keltirishni aniqlashda keng tahlil ishlarini o‘tkazadilar. G. Birman, S. Shmidtlar investitsiya loyihalarini iqtisodiy baholashda quyidagilarga alohida e’tibor qaratgan: - loyihaning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’siri baholanadi; - kiritilayotgan resurslar va olinayotgan mahsulotlar ularningmilliy iqtisodiyot uchun haqiqiy qadr-qimmatini aks ettiradigan noaniq baholarda baholanadi; - tahlilga iqtisodiyot uchun bevosita ta’sir etuvchi jihatlar kiritiladi (importga, eksportga, aholi bandliligiga, chet el valyutasiga, talab va taklifga, ekologik ahvolga va sh.k.), shuningdek bilvosita ta’sirlar (boshqa sohalarga bo‘lgan ta’siri, sh.k.) ham kiritiladi; - ijtimoiy shart-sharoitlar hisobga olinadi va hokazolar. I.I. Mazur, V.D. Shapiro, N.G. Olderoggelar o‘zlarining asarlarida investitsiya loyihalari samaradorligiga quyidagicha ta’rif berganlar: “Investitsiya loyihalarining samaradorligi - loyihaning uning ishtirokchilarini maqsadi va qiziqishlariga muvofiqligini ko‘rsatib beruvchi kategoriya hisoblanadi”. Shunga ko‘ra, loyihaning samaradorligini butunligicha baholash, shuningdek loyihada qatnashuvchi har bir ishtirokchining samarasini aniqlash talab etiladi. V. Berens, P.Xavranekslar fikricha, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda investitsion loyihalarning samaradorligini baholashga asoslangan, ularni o‘zaro taqqoslay oladigan usullar keng qo‘llaniladi. Investitsion loyiha samaradorligini asoslash mezonlari bo‘lib, maksimum foyda yoki daromadlilik, maqsadga erishish vaqtidagi minimum mehnat sarflari,
bozor  ulushi,  mahsulot  sifati  va  bahosi,  zararsizlik  nuqtasi  va  boshqalar
hisoblanadi.
Umuman olganda, samaradorlikni tahlil etishning asosiy maqsadi: aniqlash,
tahlil  qilib  chiqish  va  maqbul  qarorlar  qabul  qilish  hisoblanadi.  Investitsion
qarorlarni qabul qilish esa, qisman, kredit olish yoki mablag‘larni joylashtirishdagi
foiz stavkasiga bog‘liq bo‘ladi.
2-savol  bayoni. Investitsiyalarni  amalga  oshirish  shakllari  quyidagilardan
iborat:
- yuridik  shaxslarni  tashkil  etish  yoki  ularning  ustav  fondlarida  (ustav
kapitallarida) ulushli tarzda, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar (ulushlar) sotib
olish yo‘li bilan ishtirok etish;
- O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli
qog‘ozlarni, jumladan qarz majburiyatlarini olish;
- konsessiyalarni olish, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, o‘zlashtirish,
qazib olish yoki ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni  olish, shuningdek
mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda ishtirok etish;
- mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan mulk
huquqini, mualliflik huquqlarini, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat
namunalari, firma nomlari va nou-xau, ishchanlik obro‘sini (gudvillni), shuningdek
savdo  va  xizmat  ko‘rsatish  sohasi  ob’ektlariga  bo‘lgan  mulk  huquqini  ular
joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda olish;
- er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni, boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish
va ulardan foydalanish huquqlarini olish.
Investorlar  qonunchilikka  zid  bo‘lmagan  boshqa  shakllarda  ham
investitsiyalarni amalga oshirishi mumkin.
Investitsiya faoliyati investitsiyalar kiritishning turli shakllarini birlashtirish
vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiyalarning  birlamchi  yoki  takroran  kiritiladigan  shakllari
o‘zgartirilishi ularning investitsiya sifatidagi darajasi o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Logotip
bozor ulushi, mahsulot sifati va bahosi, zararsizlik nuqtasi va boshqalar hisoblanadi. Umuman olganda, samaradorlikni tahlil etishning asosiy maqsadi: aniqlash, tahlil qilib chiqish va maqbul qarorlar qabul qilish hisoblanadi. Investitsion qarorlarni qabul qilish esa, qisman, kredit olish yoki mablag‘larni joylashtirishdagi foiz stavkasiga bog‘liq bo‘ladi. 2-savol bayoni. Investitsiyalarni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat: - yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulushli tarzda, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar (ulushlar) sotib olish yo‘li bilan ishtirok etish; - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni, jumladan qarz majburiyatlarini olish; - konsessiyalarni olish, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, o‘zlashtirish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni olish, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitimlarda ishtirok etish; - mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan mulk huquqini, mualliflik huquqlarini, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xau, ishchanlik obro‘sini (gudvillni), shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlariga bo‘lgan mulk huquqini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda olish; - er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni, boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini olish. Investorlar qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa shakllarda ham investitsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Investitsiya faoliyati investitsiyalar kiritishning turli shakllarini birlashtirish vositasida amalga oshirilishi mumkin. Investitsiyalarning birlamchi yoki takroran kiritiladigan shakllari o‘zgartirilishi ularning investitsiya sifatidagi darajasi o‘zgarishiga olib kelmaydi.
Investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirish  manbalarini  tanlash  nafaqat
investitsiya  faoliyatining  hayotiyligini,  balki  undan  keladigan  yakuniy
daromadning  taqsimlashni,  ilg‘or  kapitaldan  foydalanish  samaradorligini  va
investitsiyalarni amalga oshiradigan tashkilotning moliyaviy barqarorligini ham
belgilaydi.
Investitsiyalarni  moliyalashtirish  manbalarining  tarkibi  va  tuzilishi
jamiyatning  faoliyat  mexanizmiga  bog‘liq.  Har  qanday  tashkilot  tomonidan
qilingan investitsiyalar bir qator mezonlarga ko‘ra tasniflanishi mumkin
1. Investitsiya faoliyati sub’ektiga nisbatan jalb qilish usuliga muvofiq ichki
va tashqi manbalardan jalb qilingan investitsiya manbalariga ajratiladi.
2. Shakllantirilishiga ko‘ra, kapital egalari ichki va xorijiy kapital hisobiga
shakllantirilgan  investitsiya  resurslarini  taqsimlaydilar.  Ichki  kapital  hisobidan
shakllantirilgan investitsiya  resurslari  xilma-xil  shakllarda  farqlanadi  va  qoida
tariqasida kichik biznes uchun qulayroqdir.
3. Mulk huquqiga ko‘ra investitsiya mablag‘lari ikkita asosiy turga bo‘linadi,
ya’ni shaxsiy va qarzga olingan: 
-  Investitsiyalarning  o‘z  manbalari  tashkilotning  investitsiya  faoliyatini
qo‘llab-quvvatlaydigan  va  unga  tegishli  bo‘lgan  mablag‘larining  umumiy
qiymatini tavsiflaydi; 
-  Investitsiyalarning  qarz  manbalari  tashkilot  tomonidan  jalb  qilingan
kapitalni barcha shakllarda qaytariladigan asosda tavsiflaydi. 
4. Jalb qilishning tabiiy-moddiy shakllariga ko‘ra, zamonaviy investitsiya
nazariyasi investitsiya manbalarining quyidagi turlarini ajratib turadi: 
investitsiya resurslari pul shaklida; moliyaviy shaklda investitsiya manbalari;
moddiy investitsiya resurslari;
nomoddiy shaklda investitsiya resurslari. Ushbu shakllarda sarmoyalarni jalb
qilishga  qonun  tomonidan  yangi  tashkilotlar  tuzishda,  ularning  ustav  fondlari
hajmini ko‘paytirishda ruxsat beriladi. 
5.  Jalb  qilish  vaqtiga  ko‘ra  investitsiya  manbalarining  quyidagi  turlari
ajratiladi: 
Logotip
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini tanlash nafaqat investitsiya faoliyatining hayotiyligini, balki undan keladigan yakuniy daromadning taqsimlashni, ilg‘or kapitaldan foydalanish samaradorligini va investitsiyalarni amalga oshiradigan tashkilotning moliyaviy barqarorligini ham belgilaydi. Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarining tarkibi va tuzilishi jamiyatning faoliyat mexanizmiga bog‘liq. Har qanday tashkilot tomonidan qilingan investitsiyalar bir qator mezonlarga ko‘ra tasniflanishi mumkin 1. Investitsiya faoliyati sub’ektiga nisbatan jalb qilish usuliga muvofiq ichki va tashqi manbalardan jalb qilingan investitsiya manbalariga ajratiladi. 2. Shakllantirilishiga ko‘ra, kapital egalari ichki va xorijiy kapital hisobiga shakllantirilgan investitsiya resurslarini taqsimlaydilar. Ichki kapital hisobidan shakllantirilgan investitsiya resurslari xilma-xil shakllarda farqlanadi va qoida tariqasida kichik biznes uchun qulayroqdir. 3. Mulk huquqiga ko‘ra investitsiya mablag‘lari ikkita asosiy turga bo‘linadi, ya’ni shaxsiy va qarzga olingan: - Investitsiyalarning o‘z manbalari tashkilotning investitsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydigan va unga tegishli bo‘lgan mablag‘larining umumiy qiymatini tavsiflaydi; - Investitsiyalarning qarz manbalari tashkilot tomonidan jalb qilingan kapitalni barcha shakllarda qaytariladigan asosda tavsiflaydi. 4. Jalb qilishning tabiiy-moddiy shakllariga ko‘ra, zamonaviy investitsiya nazariyasi investitsiya manbalarining quyidagi turlarini ajratib turadi: investitsiya resurslari pul shaklida; moliyaviy shaklda investitsiya manbalari; moddiy investitsiya resurslari; nomoddiy shaklda investitsiya resurslari. Ushbu shakllarda sarmoyalarni jalb qilishga qonun tomonidan yangi tashkilotlar tuzishda, ularning ustav fondlari hajmini ko‘paytirishda ruxsat beriladi. 5. Jalb qilish vaqtiga ko‘ra investitsiya manbalarining quyidagi turlari ajratiladi:
- uzoq muddatli asosda jalb qilingan investitsiya manbalari. Ular o‘z kapitali
va bir yildan ortiq muddatli qarz kapitalidan iborat. 
Tashkilot tomonidan investitsiya maqsadlari uchun shakllantirilgan o‘z va
uzoq muddatli  qarz mablag‘larining yig‘indisi  “doimiy kapital” atamasi  bilan
tavsiflanadi;
- qisqa muddatli asosda jalb qilingan investitsiya manbalari. Ular vaqtincha
investitsiya ehtiyojlarini qondirish uchun tashkilot tomonidan bir yilgacha tuziladi.
6. Foydalanishning maqsadli yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagilar mavjud:
-  real  investitsiyalar  jarayonida  foydalanishga  mo‘ljallangan  investitsiya
manbalari. Ularning hajmi va tuzilishi tashkilotning investitsiya dasturi doirasida
har bir real loyiha uchun alohida rejalashtirilgan;
-  moliyaviy  investitsiyalar  jarayonida  foydalanishga  mo‘ljallangan
investitsiya  manbalari.  Ularni  jalb  qilish  tashkilotning  moliyaviy  investitsiya
vositalari portfelini shakllantirish yoki qayta qurish maqsadlariga bo‘ysunadi.
7. Investitsiya jarayonining individual bosqichlarini ta’minlash. Shu asosda
investitsion manbalarning quyidagi turlari ajratiladi: 
- investitsiyalashdan oldingi bosqichni ta’minlaydigan investitsiya manbalari;
-  investitsiya  bosqichini  ta’minlaydigan  investitsiya  manbalari  -
investitsiyadan keyingi bosqichni ta’minlaydigan investitsiya manbalari.
Investitsion resurslarning ushbu taqsimoti faqat real investitsiya loyihalarini
amalga  oshirishni  ta’minlash  jarayonida  qo‘llaniladi.  Investitsiya  faoliyatining
samaradorligi ko‘p jihatdan uning investitsiya resurslarini maqsadli shakllantirish
bilan belgilanadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va usullarini
shakllantirishning asosiy maqsadi investitsiya faoliyatining samarali natijalarini
ta’minlash nuqtai nazaridan zarur investitsiya aktivlarini sotib olish ehtiyojlarini
qondirish va ularning tuzilishini optimallashtirishdir.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish usuli deganda loyihaning moliyaviy
maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida investitsiya resurslarini jalb qilish
tushuniladi.  Investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirish  yo‘li  bevosita  moliyaviy
dastaklarni ishga solish bilan bog‘liq bo‘lib, bu, o‘z navbatida, investorlarning
Logotip
- uzoq muddatli asosda jalb qilingan investitsiya manbalari. Ular o‘z kapitali va bir yildan ortiq muddatli qarz kapitalidan iborat. Tashkilot tomonidan investitsiya maqsadlari uchun shakllantirilgan o‘z va uzoq muddatli qarz mablag‘larining yig‘indisi “doimiy kapital” atamasi bilan tavsiflanadi; - qisqa muddatli asosda jalb qilingan investitsiya manbalari. Ular vaqtincha investitsiya ehtiyojlarini qondirish uchun tashkilot tomonidan bir yilgacha tuziladi. 6. Foydalanishning maqsadli yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagilar mavjud: - real investitsiyalar jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan investitsiya manbalari. Ularning hajmi va tuzilishi tashkilotning investitsiya dasturi doirasida har bir real loyiha uchun alohida rejalashtirilgan; - moliyaviy investitsiyalar jarayonida foydalanishga mo‘ljallangan investitsiya manbalari. Ularni jalb qilish tashkilotning moliyaviy investitsiya vositalari portfelini shakllantirish yoki qayta qurish maqsadlariga bo‘ysunadi. 7. Investitsiya jarayonining individual bosqichlarini ta’minlash. Shu asosda investitsion manbalarning quyidagi turlari ajratiladi: - investitsiyalashdan oldingi bosqichni ta’minlaydigan investitsiya manbalari; - investitsiya bosqichini ta’minlaydigan investitsiya manbalari - investitsiyadan keyingi bosqichni ta’minlaydigan investitsiya manbalari. Investitsion resurslarning ushbu taqsimoti faqat real investitsiya loyihalarini amalga oshirishni ta’minlash jarayonida qo‘llaniladi. Investitsiya faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan uning investitsiya resurslarini maqsadli shakllantirish bilan belgilanadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va usullarini shakllantirishning asosiy maqsadi investitsiya faoliyatining samarali natijalarini ta’minlash nuqtai nazaridan zarur investitsiya aktivlarini sotib olish ehtiyojlarini qondirish va ularning tuzilishini optimallashtirishdir. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish usuli deganda loyihaning moliyaviy maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida investitsiya resurslarini jalb qilish tushuniladi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish yo‘li bevosita moliyaviy dastaklarni ishga solish bilan bog‘liq bo‘lib, bu, o‘z navbatida, investorlarning