IOGANN SEBASTYAN BAX IJODI

Yuklangan vaqt

2024-09-03

Yuklab olishlar soni

4

Sahifalar soni

13

Faytl hajmi

24,0 KB


 
 
 
 
 
 
IOGANN SEBASTYAN BAX IJODI 
 
 
Reja: 
1. XVIII asr musiqa madaniyati tarixida I.S.Bax musiqasining ahamiyati. 
2. Bax ijodida dinning ahamiyati.  
3. Kompozitorning tarjimai holi. Bolaligi, yoshlik yillari. 
4. Veymar, Kyoten davri. Leyptsig davri. 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: prelyudiya, fuga, inventsiya, 
temperatsiya, klavir, polifoniya, passion, messa, motet, organ, cherkov, tokkata, 
kaprichchio, pasxal, inventsiya, fantaziya, oratoriya, kantata, syuita, passaj, kantor, 
xoral. 
 
1-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: XVIII asr musiqa madaniyati 
tarixida I.S.Bax musiqasining ahamiyatini yoritib berish. 
 
Identiv o’quv maqsadlari: 
1.1. XVIII asr musiqa madaniyati tarixida I.S.Bax musiqasining ahamiyati bilan 
tanishadi. 
1.2. Mendelson, Shuman va Listning Bax ijodiga qilgan targ’ibot faoliyatlari bilan 
tanishadi. 
 
1-asosiy masalaning bayoni: 
  
 XVIII asr musiqa madaniyati tarixida I.S.Bax musiqasining ahamiyati. 
Iogann Sebastyan Bax –XVIII asrning buyuk nemis kompozitoridir. Vafotidan so’ng 
IOGANN SEBASTYAN BAX IJODI Reja: 1. XVIII asr musiqa madaniyati tarixida I.S.Bax musiqasining ahamiyati. 2. Bax ijodida dinning ahamiyati. 3. Kompozitorning tarjimai holi. Bolaligi, yoshlik yillari. 4. Veymar, Kyoten davri. Leyptsig davri. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: prelyudiya, fuga, inventsiya, temperatsiya, klavir, polifoniya, passion, messa, motet, organ, cherkov, tokkata, kaprichchio, pasxal, inventsiya, fantaziya, oratoriya, kantata, syuita, passaj, kantor, xoral. 1-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: XVIII asr musiqa madaniyati tarixida I.S.Bax musiqasining ahamiyatini yoritib berish. Identiv o’quv maqsadlari: 1.1. XVIII asr musiqa madaniyati tarixida I.S.Bax musiqasining ahamiyati bilan tanishadi. 1.2. Mendelson, Shuman va Listning Bax ijodiga qilgan targ’ibot faoliyatlari bilan tanishadi. 1-asosiy masalaning bayoni: XVIII asr musiqa madaniyati tarixida I.S.Bax musiqasining ahamiyati. Iogann Sebastyan Bax –XVIII asrning buyuk nemis kompozitoridir. Vafotidan so’ng  
 
260 yil o’tgan bo’lsada uning musiqasiga bo’lgan qiziqish o’sib bormoqda. I.S. 
Baxning ijodi kompozitor vafotidan so’ng bir necha yil davomida unut bo’lib ketdi. 
Mendelson, Shuman va Listning targ’ibot faoliyatlari tufayli XIX asrdan boshlab, 
buyuk kompozitorning musiqasi hayot yuzini ko’rdi.  
 Kompozitorga bag’ishlangan birinchi tadqiqot 1802-yilda nemis tarixchisi I.N. 
Forkel tomonidan yozilgan. 1829-yilda nemis kompozitori Mendelson rahbarligida 
Baxning buyuk asari “ Matfey bo’yicha ehtiroslar” omma oldida ijro etildi. Bugungi 
kunda butun jahon san’atkorlari Bax musiqasining go’zalligi va ilhomlantiruvchi 
kuchi, mahorat darajasi xamda mukammalligiga tan bergan holda ijro etib 
kelishmoqda. 
  Bax ijodining asl mohiyatini birinchi bo’lib Motsart va Betxoven ochib bera olishdi. 
Bax asarlari bilan tanishgan Motsart shunday xitob qilgan:” Bu erda o’rganish muhim 
bo’ladigan narsalar bor!”. Betxoven esa zavq va hayajon bilan Bax to’g’risida 
shunday degan edi: “ U jilg’a emas, okean”. 
  1850 yilda Bax jamiyati tuzildi. Jamiyatning maqsadi kompozitor qalamiga mansub 
barcha qo’lyozmalarni jamlab, ularni to’la asarlar to’plami sifatida nashr qilish edi. 
Nazorat topshiriqlari: 
1.1.1. XVIII asr musiqa madaniyati tarixida I.S.Bax musiqasining ahamiyatini aytib 
bering. 
1.2.1 I.S.Baxga bag’ishlangan birinchi tadqiqot kim tomonidan yozilgan? 
1.2.2. Bax ijodiga qilingan targ’ibot namoyondalarini sanab o’ting? 
1.2.3. Bax to’g’risida hayajon bilan “ U jilg’a emas, okean” deb qaysi kompozitor 
e’tirof etgan? 
   a) Edvard Grig 
   v) Juzeppe Verdi 
   s) L.van.Betxoven 
1.2.4. Bax jamiyati nechanchi yilda tuzildi? 
   a) 1827 yilda 
   v) 1882 yilda 
   s) 1850 yilda 
260 yil o’tgan bo’lsada uning musiqasiga bo’lgan qiziqish o’sib bormoqda. I.S. Baxning ijodi kompozitor vafotidan so’ng bir necha yil davomida unut bo’lib ketdi. Mendelson, Shuman va Listning targ’ibot faoliyatlari tufayli XIX asrdan boshlab, buyuk kompozitorning musiqasi hayot yuzini ko’rdi. Kompozitorga bag’ishlangan birinchi tadqiqot 1802-yilda nemis tarixchisi I.N. Forkel tomonidan yozilgan. 1829-yilda nemis kompozitori Mendelson rahbarligida Baxning buyuk asari “ Matfey bo’yicha ehtiroslar” omma oldida ijro etildi. Bugungi kunda butun jahon san’atkorlari Bax musiqasining go’zalligi va ilhomlantiruvchi kuchi, mahorat darajasi xamda mukammalligiga tan bergan holda ijro etib kelishmoqda. Bax ijodining asl mohiyatini birinchi bo’lib Motsart va Betxoven ochib bera olishdi. Bax asarlari bilan tanishgan Motsart shunday xitob qilgan:” Bu erda o’rganish muhim bo’ladigan narsalar bor!”. Betxoven esa zavq va hayajon bilan Bax to’g’risida shunday degan edi: “ U jilg’a emas, okean”. 1850 yilda Bax jamiyati tuzildi. Jamiyatning maqsadi kompozitor qalamiga mansub barcha qo’lyozmalarni jamlab, ularni to’la asarlar to’plami sifatida nashr qilish edi. Nazorat topshiriqlari: 1.1.1. XVIII asr musiqa madaniyati tarixida I.S.Bax musiqasining ahamiyatini aytib bering. 1.2.1 I.S.Baxga bag’ishlangan birinchi tadqiqot kim tomonidan yozilgan? 1.2.2. Bax ijodiga qilingan targ’ibot namoyondalarini sanab o’ting? 1.2.3. Bax to’g’risida hayajon bilan “ U jilg’a emas, okean” deb qaysi kompozitor e’tirof etgan? a) Edvard Grig v) Juzeppe Verdi s) L.van.Betxoven 1.2.4. Bax jamiyati nechanchi yilda tuzildi? a) 1827 yilda v) 1882 yilda s) 1850 yilda  
 
1.2.5. Qaysi kompozitor rahbarligida Baxning “ Matfey bo’yicha ehtiroslar” asari 
birinchi bor omma oldida ijro etildi? 
   a) F.Shubert. 
   v) Juzeppe Verdi 
   s) Mendelson 
   d) P.Chaykovskiy 
   g) A.Alyabev. 
2-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Bax ijodida dinning ahamiyati. 
I.S Bax ijodiga uning diniy e’tiqodining ta’sirini tushuntirib berish. 
 
Identiv o’quv maqsadlari: 
2.1. I.S Bax ijodiga uning diniy e’tiqodining ta’sirini bayon qiladi. 
2.2. Bax polifoniyasi, garmoniyasi. Passionlar, messalari, kantatalaridagi turli-tuman 
mavzular bilan tanishadi. 
  
2-asosiy masalaning bayoni: 
  Bax ijodida dinning ahamiyati. Bax ijodini sharhlash va unga baho berishga 
ko’plab qarama-qarshi fikrlar mavjud bo’lgan. Aksariyat tarixchilar Baxni betayin 
musiqiy- matematik formulalarni ishlatuvchi kompozitor deyishsa, boshqalar uning 
timsolida tarki dunyo qilgan darveshni ko’rishar, boshqalar e’tiqodli cherkov 
musiqachisi sifatida qabul qilishardi. 
  Bax turli janr va shakllar ustida ishladi. Bular -- yirik kantatalar, “Yaxshi 
temperatsiyalangan klavir”ning kamer prelyudi va fugalari, sodda va kichik hajmli 
erkin prelyudiya va inventsiyalar, Branderburg kontsertlari edi. 
 Bax o’zining musiqasida insonda bo’lgan barcha ezgulik va go’zallikni ko’rsatib bera 
olgan dahodir. Uning ijodi asosida yuksak ahloqiy g’oya yotadi. Baxning diniy va 
dunyoviy musiqasi o’rtasida katta tavofut sezilmaydi. Musiqiy timsollar tavsifi, 
ifodaviy vositalar, rivojlov usullari umumiydir. Kantatalar, oratoriyalar, organ 
fantaziyalar va fugalar, klavir va skripka uchun sonatalarda turli-tuman mavzular 
qamrab olingan: qayg’u va iztirob, quvonch va shodlik, falsafiy fikrlar va hokazo. 
1.2.5. Qaysi kompozitor rahbarligida Baxning “ Matfey bo’yicha ehtiroslar” asari birinchi bor omma oldida ijro etildi? a) F.Shubert. v) Juzeppe Verdi s) Mendelson d) P.Chaykovskiy g) A.Alyabev. 2-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Bax ijodida dinning ahamiyati. I.S Bax ijodiga uning diniy e’tiqodining ta’sirini tushuntirib berish. Identiv o’quv maqsadlari: 2.1. I.S Bax ijodiga uning diniy e’tiqodining ta’sirini bayon qiladi. 2.2. Bax polifoniyasi, garmoniyasi. Passionlar, messalari, kantatalaridagi turli-tuman mavzular bilan tanishadi. 2-asosiy masalaning bayoni: Bax ijodida dinning ahamiyati. Bax ijodini sharhlash va unga baho berishga ko’plab qarama-qarshi fikrlar mavjud bo’lgan. Aksariyat tarixchilar Baxni betayin musiqiy- matematik formulalarni ishlatuvchi kompozitor deyishsa, boshqalar uning timsolida tarki dunyo qilgan darveshni ko’rishar, boshqalar e’tiqodli cherkov musiqachisi sifatida qabul qilishardi. Bax turli janr va shakllar ustida ishladi. Bular -- yirik kantatalar, “Yaxshi temperatsiyalangan klavir”ning kamer prelyudi va fugalari, sodda va kichik hajmli erkin prelyudiya va inventsiyalar, Branderburg kontsertlari edi. Bax o’zining musiqasida insonda bo’lgan barcha ezgulik va go’zallikni ko’rsatib bera olgan dahodir. Uning ijodi asosida yuksak ahloqiy g’oya yotadi. Baxning diniy va dunyoviy musiqasi o’rtasida katta tavofut sezilmaydi. Musiqiy timsollar tavsifi, ifodaviy vositalar, rivojlov usullari umumiydir. Kantatalar, oratoriyalar, organ fantaziyalar va fugalar, klavir va skripka uchun sonatalarda turli-tuman mavzular qamrab olingan: qayg’u va iztirob, quvonch va shodlik, falsafiy fikrlar va hokazo.  
 
  Bax xalq musiqa san’atini o’rganib, ommabop qo’shiqlarning xazinasi bo’lgan 
protestant xorallari to’plamlariga alohida e’tiborni qaratdi.  
 Kompozitor ijodiyotida maishiy musiqa katta ta’sir o’tkazdi. Bax dunyoviy va diniy 
asarlarida xalq musiqasidagi qo’shiq-raqs kuylari ohanglaridan keng foydalandi. 
 Kompozitor merosida turli-tuman janrdagi asarlar bor. Bular organ va klavesin uchun 
cholg’u asarlar (uvertyuralar, kontsertlar), torli, puflama cholg’ular uchun kamer 
asarlar va ansambllar (sonatalar, triolar, syuitalar), dunyoviy vokal-cholg’u janrlar, 
diniy asarlar (messalar, oratoriyalar, motetlar, kantatalar). Baxning ko’pgina asarlari 
yo’qolib ketganligi ma’lum. Chunonchi, uch yuzta kantatadan yuzdan ortig’i 
yo’qolgan. Beshta passionlardan “Matfey bo’yicha ehtiroslar” va “Ioann bo’yicha 
ehtiroslar” saqlanib qoldi. 
  Bax buyuk polifoniyachi sifatida o’zidan keyin polifonik musiqaning ajoyib 
namunalarini qoldirdi. Bax uchun polifoniya musiqiy fikr ifodasining muhim 
vositasiga aylandi. U o’z ijodida polifonik musiqaning eng muhim xususiyati -- kuy 
yo’nalishi jarayonining rivojlanish dinamikasi va mantiqini kashf qildi. Bax 
polifoniyaning asl shoiri edi. 
Nazorat topshiriqlari: 
2.1.1. I.S Bax ijodiga uning diniy e’tiqodining ta’sirini bayon qiling? 
2.1.2. Tarixchilar Bax ijodiga qanday baho berishgan? 
2.2.1. Bax diniy asarlar turkumiga qanday musiqiy janrlarni kiritish mumkin? 
   a) Uvertyuralar, kontsertlar 
   v) Sonatalar, triolar, syuitalar 
   s) Messalar, oratoriyalar, motetlar, kantatalar 
   d) Romanslar, balladala, qo’shiqlar 
   g) Mazurka, polonez, noktyurn, transkriptsiyalar. 
2.2.2. “Matfey bo’yicha ehtiroslar” va “Ioann bo’yicha ehtiroslar”passionlari qaysi 
kompozitorga tegishli? 
   a) A.P. Borodin 
   v) Kamil Sen-Sans 
   s) I.S. Bax 
Bax xalq musiqa san’atini o’rganib, ommabop qo’shiqlarning xazinasi bo’lgan protestant xorallari to’plamlariga alohida e’tiborni qaratdi. Kompozitor ijodiyotida maishiy musiqa katta ta’sir o’tkazdi. Bax dunyoviy va diniy asarlarida xalq musiqasidagi qo’shiq-raqs kuylari ohanglaridan keng foydalandi. Kompozitor merosida turli-tuman janrdagi asarlar bor. Bular organ va klavesin uchun cholg’u asarlar (uvertyuralar, kontsertlar), torli, puflama cholg’ular uchun kamer asarlar va ansambllar (sonatalar, triolar, syuitalar), dunyoviy vokal-cholg’u janrlar, diniy asarlar (messalar, oratoriyalar, motetlar, kantatalar). Baxning ko’pgina asarlari yo’qolib ketganligi ma’lum. Chunonchi, uch yuzta kantatadan yuzdan ortig’i yo’qolgan. Beshta passionlardan “Matfey bo’yicha ehtiroslar” va “Ioann bo’yicha ehtiroslar” saqlanib qoldi. Bax buyuk polifoniyachi sifatida o’zidan keyin polifonik musiqaning ajoyib namunalarini qoldirdi. Bax uchun polifoniya musiqiy fikr ifodasining muhim vositasiga aylandi. U o’z ijodida polifonik musiqaning eng muhim xususiyati -- kuy yo’nalishi jarayonining rivojlanish dinamikasi va mantiqini kashf qildi. Bax polifoniyaning asl shoiri edi. Nazorat topshiriqlari: 2.1.1. I.S Bax ijodiga uning diniy e’tiqodining ta’sirini bayon qiling? 2.1.2. Tarixchilar Bax ijodiga qanday baho berishgan? 2.2.1. Bax diniy asarlar turkumiga qanday musiqiy janrlarni kiritish mumkin? a) Uvertyuralar, kontsertlar v) Sonatalar, triolar, syuitalar s) Messalar, oratoriyalar, motetlar, kantatalar d) Romanslar, balladala, qo’shiqlar g) Mazurka, polonez, noktyurn, transkriptsiyalar. 2.2.2. “Matfey bo’yicha ehtiroslar” va “Ioann bo’yicha ehtiroslar”passionlari qaysi kompozitorga tegishli? a) A.P. Borodin v) Kamil Sen-Sans s) I.S. Bax  
 
   d) F.List 
   g) V.Berlioz 
3-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Kompozitorning tarjimai holi. 
Bolaligi, yoshlik yillari xaqida ma’lumot berish. 
  
Identiv o’quv maqsadlari: 
3.1. Kompozitorning tarjimayi holini bayon qiladi.  
3.2. Kompozitorning o’smirlik davridagi bosib o’tgan yo’lini bayon qiladi. 
 
 3-asosiy masalaning bayoni: 
  
 Kompozitorning tarjimai holi. Bolaligi. Iogann Sebastyan Bax 1685-yil 
Eyzenaxdagi nemis shaharchasi Tyuringiyada tug’ildi. Baxlar avlodi azaldan o’zining 
musiqiy iqtidori bilan shuhrat qozonishgan edi. Ma’lumki, kompozitorning katta 
bobosi Feyt Bax novvoylik hunari bilan bir qatorda, tsitra cholg’usini chalardi. Ikki 
yuz yil mobaynida Tyuring bo’ylab Bax ajdodlari ichidan naychilar, trubachilar, 
organchilar, skripkachilar chiqishgan. Pirovardida, Germaniyadagi har bir 
musiqachini Bax deb, har bir Baxni esa musiqachi deb atay boshlashgandi. Nemis 
musiqasi rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shgan, Baxlar qavmidan chiqqan 
musiqachilarning soni 50 qiyofani gavdalantirsada, hech qaysi biri shon-sharaf va 
mashhurlikka erishmagan. Avloddan avlodga o’tgan mahorat va ijodiy kuch 
mashhurligi va nihoyat Iogann Sebastyan Baxda o’z aksini topdi. 
 Skripkada ilk ijro ko’nikmalarini u skripka va shahar musiqachisi sifatida tanilgan 
otasidan o’rgandi. Bola ajoyib ovoz sohibi bo’lib, shahar maktabi xorida kuylardi. Bu 
xor jamoasi kambag’al bolalardan tashkil topgan bo’lib, ular turli bayramlarda, dafn 
etish marosimlarida, va to’ylarda chiqish qilar edilar.Uning kelajakdagi kasbiga hech 
qanday shubha yo’q edi: kichkina Baxning musiqachi bo’lishi tayin. To’qqiz yoshida 
u etim qoldi. Ordruf shahri cherkovining organchisi bo’lib ishlaydigan katta akasi uni 
o’z tarbiyasiga oldi. Akasi bolani gimnaziyaga joylashtirdi va musiqadan ta’lim 
berishni davom ettirdi. 
d) F.List g) V.Berlioz 3-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Kompozitorning tarjimai holi. Bolaligi, yoshlik yillari xaqida ma’lumot berish. Identiv o’quv maqsadlari: 3.1. Kompozitorning tarjimayi holini bayon qiladi. 3.2. Kompozitorning o’smirlik davridagi bosib o’tgan yo’lini bayon qiladi. 3-asosiy masalaning bayoni: Kompozitorning tarjimai holi. Bolaligi. Iogann Sebastyan Bax 1685-yil Eyzenaxdagi nemis shaharchasi Tyuringiyada tug’ildi. Baxlar avlodi azaldan o’zining musiqiy iqtidori bilan shuhrat qozonishgan edi. Ma’lumki, kompozitorning katta bobosi Feyt Bax novvoylik hunari bilan bir qatorda, tsitra cholg’usini chalardi. Ikki yuz yil mobaynida Tyuring bo’ylab Bax ajdodlari ichidan naychilar, trubachilar, organchilar, skripkachilar chiqishgan. Pirovardida, Germaniyadagi har bir musiqachini Bax deb, har bir Baxni esa musiqachi deb atay boshlashgandi. Nemis musiqasi rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shgan, Baxlar qavmidan chiqqan musiqachilarning soni 50 qiyofani gavdalantirsada, hech qaysi biri shon-sharaf va mashhurlikka erishmagan. Avloddan avlodga o’tgan mahorat va ijodiy kuch mashhurligi va nihoyat Iogann Sebastyan Baxda o’z aksini topdi. Skripkada ilk ijro ko’nikmalarini u skripka va shahar musiqachisi sifatida tanilgan otasidan o’rgandi. Bola ajoyib ovoz sohibi bo’lib, shahar maktabi xorida kuylardi. Bu xor jamoasi kambag’al bolalardan tashkil topgan bo’lib, ular turli bayramlarda, dafn etish marosimlarida, va to’ylarda chiqish qilar edilar.Uning kelajakdagi kasbiga hech qanday shubha yo’q edi: kichkina Baxning musiqachi bo’lishi tayin. To’qqiz yoshida u etim qoldi. Ordruf shahri cherkovining organchisi bo’lib ishlaydigan katta akasi uni o’z tarbiyasiga oldi. Akasi bolani gimnaziyaga joylashtirdi va musiqadan ta’lim berishni davom ettirdi.  
 
 O’n yoshli tirishqoq bola uchun bu bir xildagi zerikarli mashg’ulotlar hisoblanardi. 
Shu sababli ham o’zi ham bilim olishga intilar edi. Akasining javonida mashhur 
kompozitorlarning asarlari yozilgan daftar borligidan xabar topgach, bola ularni 
tunlari xufiya ravishda olib, oyning shu’lasida notalarni ko’chirib yozar edi. Odamni 
toliqtiruvchi bu mashg’ulot olti oy davom etdi, u bo’lajak kompozitorning ko’rish 
qobiliyatiga beqiyos zarar ko’rsatdi. Akasi bir kuni uni bu ish ustida tutib, ko’chirilgan 
hamma notalarni olib qo’yganida, u juda qattiq xafa bo’lgan edi.  
  Yoshlik yillari. Iogann Sebastyan Bax o’n besh yoshidan mustaqil hayot boshlashga 
qaror qiladi va 1700-yilda Lyuneburg shahriga ko’chib o’tadi. 1702-yilda gimnaziyani 
tugatib, universitetga kirish xuquqiga ega bo’ldi, lekin Bax bu xuquqdan foydalana 
olmadi, chunki u tirikchilik uchun mablag’ topishi zarur edi. O’z hayoti davomida, 
Bax ish joyini o’zgartirgan holda bir necha marta shahardan shaharga ko’chib yurdi. 
Buning sababi deyarli har safar bir xil qoniqarsiz mehnat sharoiti, kamsitishlar, uning 
tobelik holati edi. 
  Biroq vaziyat qanchalik yomon bo’lmasin uning yangi bilimlar, kamolot sari intilishi 
so’nmadi. U g’ayrat bilan nafaqat nemis, shuningdek italyan va frantsuz 
kompozitorlarining asarlarini muntazam o’rgandi. Bax atoqli san’atkorlar bilan 
shaxsan tanishib, ularning ijrochilik uslublarini o’rganish imkoniyatidan ham umumli 
foydalanar edi. Bir kuni, yo’l kiraga mablag’i bo’lmagan yosh Bax, mashhur organchi, 
nemis kompozitori Ditrix Bukstexude ijrosini tinglash uchun Lyubeke shahariga 
piyoda boradi.  
  Kompozitor o’zining ijodga bo’lgan munosabatini, musiqa san’atiga nisbatan 
qarashlarini ham shunda qat’iylik bilan himoya qilardi. Saroy a’yonlari xorij 
musiqasiga mukkasidan ketgan bir vaqtda, Bax alohida muxabbat bilan nemis xalq 
qo’shiqlari va kuylarini o’rganib, ulardan o’z asarlarida foydalanar edi. Boshqa 
mamlakatlar kompozitorlari musiqasini to’la egallagan Bax ularga ko’r-ko’rona taqlid 
qilmadi. Egallagan keng va chuqur bilim uning kompozitorlik mahoratini 
takomillashtirish va sayqallantirishga yordam berdi.. 
  Sebatyan Baxning qobiliyati shu soha bilan chegaralanib qolmadi. U zamondoshlari 
ichida eng yaxshi organ va klavesin ijrochisi edi. Bax hayotlik davrida kompozitor 
O’n yoshli tirishqoq bola uchun bu bir xildagi zerikarli mashg’ulotlar hisoblanardi. Shu sababli ham o’zi ham bilim olishga intilar edi. Akasining javonida mashhur kompozitorlarning asarlari yozilgan daftar borligidan xabar topgach, bola ularni tunlari xufiya ravishda olib, oyning shu’lasida notalarni ko’chirib yozar edi. Odamni toliqtiruvchi bu mashg’ulot olti oy davom etdi, u bo’lajak kompozitorning ko’rish qobiliyatiga beqiyos zarar ko’rsatdi. Akasi bir kuni uni bu ish ustida tutib, ko’chirilgan hamma notalarni olib qo’yganida, u juda qattiq xafa bo’lgan edi. Yoshlik yillari. Iogann Sebastyan Bax o’n besh yoshidan mustaqil hayot boshlashga qaror qiladi va 1700-yilda Lyuneburg shahriga ko’chib o’tadi. 1702-yilda gimnaziyani tugatib, universitetga kirish xuquqiga ega bo’ldi, lekin Bax bu xuquqdan foydalana olmadi, chunki u tirikchilik uchun mablag’ topishi zarur edi. O’z hayoti davomida, Bax ish joyini o’zgartirgan holda bir necha marta shahardan shaharga ko’chib yurdi. Buning sababi deyarli har safar bir xil qoniqarsiz mehnat sharoiti, kamsitishlar, uning tobelik holati edi. Biroq vaziyat qanchalik yomon bo’lmasin uning yangi bilimlar, kamolot sari intilishi so’nmadi. U g’ayrat bilan nafaqat nemis, shuningdek italyan va frantsuz kompozitorlarining asarlarini muntazam o’rgandi. Bax atoqli san’atkorlar bilan shaxsan tanishib, ularning ijrochilik uslublarini o’rganish imkoniyatidan ham umumli foydalanar edi. Bir kuni, yo’l kiraga mablag’i bo’lmagan yosh Bax, mashhur organchi, nemis kompozitori Ditrix Bukstexude ijrosini tinglash uchun Lyubeke shahariga piyoda boradi. Kompozitor o’zining ijodga bo’lgan munosabatini, musiqa san’atiga nisbatan qarashlarini ham shunda qat’iylik bilan himoya qilardi. Saroy a’yonlari xorij musiqasiga mukkasidan ketgan bir vaqtda, Bax alohida muxabbat bilan nemis xalq qo’shiqlari va kuylarini o’rganib, ulardan o’z asarlarida foydalanar edi. Boshqa mamlakatlar kompozitorlari musiqasini to’la egallagan Bax ularga ko’r-ko’rona taqlid qilmadi. Egallagan keng va chuqur bilim uning kompozitorlik mahoratini takomillashtirish va sayqallantirishga yordam berdi.. Sebatyan Baxning qobiliyati shu soha bilan chegaralanib qolmadi. U zamondoshlari ichida eng yaxshi organ va klavesin ijrochisi edi. Bax hayotlik davrida kompozitor  
 
sifatida e’tirof etilmagan bo’lsa ham, organ cholg’uchisi sifatida uning oldiga 
tushadigan yo’q edi. Buni xatto uning raqiblari ham tan olishga majbur bo’lishgan . 
 Bax o’sha davrning mashhur frantsuz organchisi va klavesinchisi Lyui Marshan bilan 
musobaqalashish uchun Drezden shahriga taklif qilinadi. Oldinroq musiqachilarning 
o’zaro tanishuvi bo’lib, ularning har ikkisi ham klavesinda ijro mahoratlarini 
namoyish etishdi. Marshan o’sha kechaning o’zida Baxning so’zsiz ustunligini tan 
olgan holda, shoshilinch ravishda shahardan jo’nab ketadi. Boshqa safar, Kassel 
shahrida Bax organ pedaliga solo chalib, o’zining tinglovchilarini lol qoldirdi. Bunday 
muvaffaqiyatlardan uning boshi aylanib qolmadi, u doimo juda kamtarin va 
mehnatsevar inson bo’lib qoldi.  
 
Nazorat topshiriqlari: 
3.1.1. I.S Baxning tarjimayi holini so’zlab bering 
3.2.1. I.S. Baxning o’smirlik davridagi mustaqil hayoti xaqida bayon qiling 
3.2.2. I.S.Bax tug’ilgan yilni aniqlang?? 
   a) 1622 yil 
   v) 1798 yil 
   s) 1685 yil 
   d) 1810 yil 
   g) 1643 yil 
3.2.3. I.S. Bax tug’ilgan erni ko’rsating? 
   a) Avstriya Vena 
   v) Polsha 
   s) Germaniya Eyzenax 
   d) Norvegiya 
   g) Frantsiya 
3.2.4. I.S. Bax Drezden shahriga qaysi musiqachi bilan musobaqalashish uchun taklif 
qilinadi? 
   a) F.List. 
   v) Paganini 
sifatida e’tirof etilmagan bo’lsa ham, organ cholg’uchisi sifatida uning oldiga tushadigan yo’q edi. Buni xatto uning raqiblari ham tan olishga majbur bo’lishgan . Bax o’sha davrning mashhur frantsuz organchisi va klavesinchisi Lyui Marshan bilan musobaqalashish uchun Drezden shahriga taklif qilinadi. Oldinroq musiqachilarning o’zaro tanishuvi bo’lib, ularning har ikkisi ham klavesinda ijro mahoratlarini namoyish etishdi. Marshan o’sha kechaning o’zida Baxning so’zsiz ustunligini tan olgan holda, shoshilinch ravishda shahardan jo’nab ketadi. Boshqa safar, Kassel shahrida Bax organ pedaliga solo chalib, o’zining tinglovchilarini lol qoldirdi. Bunday muvaffaqiyatlardan uning boshi aylanib qolmadi, u doimo juda kamtarin va mehnatsevar inson bo’lib qoldi. Nazorat topshiriqlari: 3.1.1. I.S Baxning tarjimayi holini so’zlab bering 3.2.1. I.S. Baxning o’smirlik davridagi mustaqil hayoti xaqida bayon qiling 3.2.2. I.S.Bax tug’ilgan yilni aniqlang?? a) 1622 yil v) 1798 yil s) 1685 yil d) 1810 yil g) 1643 yil 3.2.3. I.S. Bax tug’ilgan erni ko’rsating? a) Avstriya Vena v) Polsha s) Germaniya Eyzenax d) Norvegiya g) Frantsiya 3.2.4. I.S. Bax Drezden shahriga qaysi musiqachi bilan musobaqalashish uchun taklif qilinadi? a) F.List. v) Paganini  
 
   s) Lyui Marshan 
   d) S.Raxmaninov 
   g) G.F.Gendel 
4-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: I.S. Baxning Veymar, Kyoten , 
Leyptsig shaharlarida yashab ijod qilgan davr bosqichlari bilan tanishtirish 
  
Identiv o’quv maqsadlari: 
4.1. Kompozitorning Veymar shahridagi ijod davrini bayon qiladi. 
4.2. Kompozitorning Kyoten shahridagi ijod davrini bayon qiladi. 
4.3. Kompozitorning Leyptsig shahridagi ijod davrini bayon qiladi. 
  
 4-asosiy masalaning bayoni: 
 Veymar davri. 1703-yildan boshlab, Bax Veymar shahrida yashay boshladi. 
U knyaz kapellasiga skripkachi sifatida ishga kirdi. O’zining qaram holatidan 
qoniqmasdan Bax, Arnshtadt shahridagi yangi cherkov organchisi lavozimiga ishga 
qabul qilinib, 1704-yildan o’sha erga ko’chib o’tdi. Arnshtadtda, Bax o’zining 
kompozitorlik faoliyatini xor, yakkaxon va cholg’u uchun “ Sen mening qalbimni 
do’zaxda qoldirmassan” pasxal kantatasidan boshladi. Shu erning o’zida 
birinchilardan bo’lib bizgacha etib kelgan “ Sevimli og’aning jo’nab ketishiga 
kaprichchio” klavir asari yaratildi. Bu asar klavir syuitasining bir turi bo’lib, 
tugallangan miniatyuralardan tuzilgan. Butun asarni umumiy nomlanish birlashtirib, 
uning ma’nosini har bir p’esaning alohida mazmunini batafsil tushuntirib beruvchi 
dasturli kichik sarlavhalar aniqlab beradi. 
  Myulgauzen shahrida Bax “Tanlangan kantatani” yozdi. Ushbu kantata, Bax 
hayotligi davrida nashr etilgan yagona asardir. 
  1708-yilda Bax, Veymar gertsogi huzurida organchi va saroy musiqachisi xizmatini 
o’tay boshladi. Bax organ uchun juda ko’p asarlar yozar, klavesin va skripka uchun 
p’esalar bastalar edi. 
  Veymar davrida, kompozitor o’zining organ cholg’usi uchun eng yaxshi asarlarni 
yaratadi: re minor tokkata va fugasi, lya minor prelyudiya va fugasi, do minor 
s) Lyui Marshan d) S.Raxmaninov g) G.F.Gendel 4-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: I.S. Baxning Veymar, Kyoten , Leyptsig shaharlarida yashab ijod qilgan davr bosqichlari bilan tanishtirish Identiv o’quv maqsadlari: 4.1. Kompozitorning Veymar shahridagi ijod davrini bayon qiladi. 4.2. Kompozitorning Kyoten shahridagi ijod davrini bayon qiladi. 4.3. Kompozitorning Leyptsig shahridagi ijod davrini bayon qiladi. 4-asosiy masalaning bayoni: Veymar davri. 1703-yildan boshlab, Bax Veymar shahrida yashay boshladi. U knyaz kapellasiga skripkachi sifatida ishga kirdi. O’zining qaram holatidan qoniqmasdan Bax, Arnshtadt shahridagi yangi cherkov organchisi lavozimiga ishga qabul qilinib, 1704-yildan o’sha erga ko’chib o’tdi. Arnshtadtda, Bax o’zining kompozitorlik faoliyatini xor, yakkaxon va cholg’u uchun “ Sen mening qalbimni do’zaxda qoldirmassan” pasxal kantatasidan boshladi. Shu erning o’zida birinchilardan bo’lib bizgacha etib kelgan “ Sevimli og’aning jo’nab ketishiga kaprichchio” klavir asari yaratildi. Bu asar klavir syuitasining bir turi bo’lib, tugallangan miniatyuralardan tuzilgan. Butun asarni umumiy nomlanish birlashtirib, uning ma’nosini har bir p’esaning alohida mazmunini batafsil tushuntirib beruvchi dasturli kichik sarlavhalar aniqlab beradi. Myulgauzen shahrida Bax “Tanlangan kantatani” yozdi. Ushbu kantata, Bax hayotligi davrida nashr etilgan yagona asardir. 1708-yilda Bax, Veymar gertsogi huzurida organchi va saroy musiqachisi xizmatini o’tay boshladi. Bax organ uchun juda ko’p asarlar yozar, klavesin va skripka uchun p’esalar bastalar edi. Veymar davrida, kompozitor o’zining organ cholg’usi uchun eng yaxshi asarlarni yaratadi: re minor tokkata va fugasi, lya minor prelyudiya va fugasi, do minor  
 
prelyudiya va fugasi, ommalashib ketgan do minor passakalyasi va boshqalar. Bu 
asarlar mazmuni jihatidan ahamiyatli va chuqur ko’lami jihatidan beqiyosdir. 
 Veymarda frantsuz klavesinchilari, xususan Fransua Kuperen musiqasini o’rganish 
jarayoni kechadi. Uning ijodi timsolida Bax klavir yozuvining uslublarini o’rganadi. 
Shu davrda Bax “ Meni faqat quvnoq ov ovutar” deb nomlangan dunyoviy kantatasini 
yozadi, bu asar 1716 yilda ijro etilgan. 
  
 Kyoten davri. 1717-yilda Bax oilasi bilan Kyotenga ko’chib o’tdi. Kyoten 
shahzodasi saroyida Bax “ kamer musiqasi direktori” lavozimiga tayinlandi. Bax 
asosan klavir va orkestr musiqasini yozardi. Kompozitorning zimmasiga uncha katta 
bo’lmagan orkestrga rahbarlik qilish, shahzoda kuylaganda unga jo’r bo’lish va 
klavesinda chalish orqali ko’nglini olish vazifalari yuklatilgandi. O’z vazifalarini 
osonlikcha bajarib, Bax o’zining bo’sh vaqtini butunlay ijod qilish uchun sarflardi. Bu 
vaqtda klavir uchun yaratilgan asarlar uning ijodida organ asarlaridan so’ng ikkinchi 
cho’qqini tashkil qiladi. 
  Kyotenda ikki ovozli va uch ovozli inventsiyalar yaratildi ( uch ovozli 
inventsiyalarni Bax “simfoniyalar” deb atardi”). Bu p’esalarni kompozitor o’zining 
katta o’g’li Vilgelm Frideman bilan mashg’ulot o’tkazishga mo’ljallagan edi. Bax 
frantsuzcha va inglizcha syuitalarni yaratishda ham o’z oldiga pedagogik maqsadlarni 
qo’ygan. Kyotenda 1722-yilda Bax “ Yaxshi temperatsiyalangan klavir” deb 
nomlangan katta ishning birinchi jildini tashkil qiluvchi 24 prelyudiya va fugalarni 
yozib tugatdi. Shu davrda mashhur re minor “ Xromatik fantaziya va fuga” ham 
yozildi. 
 Bizning davrga kelib, Baxning inventsiya va syuitalari musiqa maktablarining, “ 
Yaxshi temperatsiyalangan klavir”ning prelyudiya va fugalari esa, kollej xamda 
konservatoriyada 
majburiy 
dasturga 
aylandi. 
Baxning 
nisbatan 
oddiy 
inventsiyalaridan, to o’ta murakkab “ Xromatik fantaziya va fuga”gacha bo’lgan 
klavir p’salarini jahonning mohir pianinochilari kontsertlarida tinglash mumkin. 
 1720-yilda Baxning rafiqasi Mariya Barbara vafot etdi. Universiteti bo’lgan katta 
shaharda, farzandlariga yaxshi ma’lumot berishni istagan Bax, Gamburg shahridagi 
prelyudiya va fugasi, ommalashib ketgan do minor passakalyasi va boshqalar. Bu asarlar mazmuni jihatidan ahamiyatli va chuqur ko’lami jihatidan beqiyosdir. Veymarda frantsuz klavesinchilari, xususan Fransua Kuperen musiqasini o’rganish jarayoni kechadi. Uning ijodi timsolida Bax klavir yozuvining uslublarini o’rganadi. Shu davrda Bax “ Meni faqat quvnoq ov ovutar” deb nomlangan dunyoviy kantatasini yozadi, bu asar 1716 yilda ijro etilgan. Kyoten davri. 1717-yilda Bax oilasi bilan Kyotenga ko’chib o’tdi. Kyoten shahzodasi saroyida Bax “ kamer musiqasi direktori” lavozimiga tayinlandi. Bax asosan klavir va orkestr musiqasini yozardi. Kompozitorning zimmasiga uncha katta bo’lmagan orkestrga rahbarlik qilish, shahzoda kuylaganda unga jo’r bo’lish va klavesinda chalish orqali ko’nglini olish vazifalari yuklatilgandi. O’z vazifalarini osonlikcha bajarib, Bax o’zining bo’sh vaqtini butunlay ijod qilish uchun sarflardi. Bu vaqtda klavir uchun yaratilgan asarlar uning ijodida organ asarlaridan so’ng ikkinchi cho’qqini tashkil qiladi. Kyotenda ikki ovozli va uch ovozli inventsiyalar yaratildi ( uch ovozli inventsiyalarni Bax “simfoniyalar” deb atardi”). Bu p’esalarni kompozitor o’zining katta o’g’li Vilgelm Frideman bilan mashg’ulot o’tkazishga mo’ljallagan edi. Bax frantsuzcha va inglizcha syuitalarni yaratishda ham o’z oldiga pedagogik maqsadlarni qo’ygan. Kyotenda 1722-yilda Bax “ Yaxshi temperatsiyalangan klavir” deb nomlangan katta ishning birinchi jildini tashkil qiluvchi 24 prelyudiya va fugalarni yozib tugatdi. Shu davrda mashhur re minor “ Xromatik fantaziya va fuga” ham yozildi. Bizning davrga kelib, Baxning inventsiya va syuitalari musiqa maktablarining, “ Yaxshi temperatsiyalangan klavir”ning prelyudiya va fugalari esa, kollej xamda konservatoriyada majburiy dasturga aylandi. Baxning nisbatan oddiy inventsiyalaridan, to o’ta murakkab “ Xromatik fantaziya va fuga”gacha bo’lgan klavir p’salarini jahonning mohir pianinochilari kontsertlarida tinglash mumkin. 1720-yilda Baxning rafiqasi Mariya Barbara vafot etdi. Universiteti bo’lgan katta shaharda, farzandlariga yaxshi ma’lumot berishni istagan Bax, Gamburg shahridagi  
 
Avliyo Yakov cherkovi organchisining bo’shab qolgan joyiga ishga kirmoqchi 
bo’ladi. Baxning so’rovnomasi e’tiborsiz qoladi va bu joy boshqa organchiga beriladi. 
 1721-yilda Bax Veysenfels shahrida yashovchi trubachining qizi Anna Magdalena 
Vilkenga uylandi, ayol buyuk ijodkorga vafoli do’st va yordamchi bo’ldi. Kyotendan 
jo’nab ketish hayoli Baxni tinch qo’ymasdi. Ioann Kunau vafotidan so’ng, 
Leyptsigdagi Avliyo Foma kantorining o’rni bo’shaydi. 
  
 Leyptsig davri. 1723-yilda Bax Leyptsigga ko’chib o’tdi, u shu erda umrining 
oxirigacha qoldi. Bu erda, u Avliyo Foma cherkovi qoshidagi qo’shiqchilar maktabi 
kantorligi ( xor rahbari) lavozimini egalladi. Bax maktab kuchi bilan shahardagi 
asosiy cherkovlarga xizmat qilishni, xamda cherkov musiqasi va uning sifatiga javob 
berishi kerak edi. U o’zi uchun noqulay bo’lgan shartlarga ko’nishga majbur bo’ldi. 
O’qituvchi, tarbiyachi va kompozitorlik majburiyatlari bilan bilan bir qatorda, 
shunday ko’rsatma ham bor edi: “ Janob burgomistr( shahar hokimi) ruxsatisiz 
shahardan chiqib ketish mumkin emas”. Ilgarigidek uning ijodiy imkoniyatlari 
chegaralangan edi. Bax cherkov uchun, “uncha davomli bo’lmagan, shuningdek 
operaga o’xshamaydigan, biroq tinglovchilarga itoatgo’ylik hissini uyg’otuvchi “ 
musiqa yozishi kerak edi. Lekin, Bax har doimgidek ko’p narsalarni qurbon qilib, hech 
qachon o’zi uchun muhim bo’lgan badiiy aqidalardan voz kechmasdi. Butun hayoti 
davomida u o’zining chuqur mazmuni va ichki boy tuyg’ulari bilan kishini lol 
qoldiruvchi asarlar yaratdi. Bu safar ham shunday bo’ldi. Leyptsigda Bax o’zining 
eng yaxshi vokal-cholg’u asarlari: ko’pgina kantatalar ( Bax tomonidan jami 250 ga 
yaqin kantatalar yozilgan ), “Ioann bo’yicha iztiroblar”, “Matfey bo’yicha iztiroblar” 
(1729), “ Motam odasi”(1727), minor messasi (1738) ni yaratadi. Ioann va “ Matfey 
bo’yicha iztiroblar” yoki “ Passionlar” --- bu Iso payg’ambarning chekkan azoblari va 
o’limi to’g’risidagi, Injil kitobi bo’yicha Ioann va Matfey yozgan qissadir. Messa 
mazmuni bo’yicha “Iztiroblarga” yaqin turadi. Avvallari messa ham, “Iztiroblar” ham 
katolik cherkovida xor tomonidan ijro etilar edi. Baxning ushbu asarlari cherkov 
mavzulari doirasidan chetga chiqib ketgan edi. Baxning messa va “Iztiroblar” -- 
kontsert xarakterdagi mahobatli asarlar bo’lib, ularni ijro etishda yakkaxonlar, xor, 
Avliyo Yakov cherkovi organchisining bo’shab qolgan joyiga ishga kirmoqchi bo’ladi. Baxning so’rovnomasi e’tiborsiz qoladi va bu joy boshqa organchiga beriladi. 1721-yilda Bax Veysenfels shahrida yashovchi trubachining qizi Anna Magdalena Vilkenga uylandi, ayol buyuk ijodkorga vafoli do’st va yordamchi bo’ldi. Kyotendan jo’nab ketish hayoli Baxni tinch qo’ymasdi. Ioann Kunau vafotidan so’ng, Leyptsigdagi Avliyo Foma kantorining o’rni bo’shaydi. Leyptsig davri. 1723-yilda Bax Leyptsigga ko’chib o’tdi, u shu erda umrining oxirigacha qoldi. Bu erda, u Avliyo Foma cherkovi qoshidagi qo’shiqchilar maktabi kantorligi ( xor rahbari) lavozimini egalladi. Bax maktab kuchi bilan shahardagi asosiy cherkovlarga xizmat qilishni, xamda cherkov musiqasi va uning sifatiga javob berishi kerak edi. U o’zi uchun noqulay bo’lgan shartlarga ko’nishga majbur bo’ldi. O’qituvchi, tarbiyachi va kompozitorlik majburiyatlari bilan bilan bir qatorda, shunday ko’rsatma ham bor edi: “ Janob burgomistr( shahar hokimi) ruxsatisiz shahardan chiqib ketish mumkin emas”. Ilgarigidek uning ijodiy imkoniyatlari chegaralangan edi. Bax cherkov uchun, “uncha davomli bo’lmagan, shuningdek operaga o’xshamaydigan, biroq tinglovchilarga itoatgo’ylik hissini uyg’otuvchi “ musiqa yozishi kerak edi. Lekin, Bax har doimgidek ko’p narsalarni qurbon qilib, hech qachon o’zi uchun muhim bo’lgan badiiy aqidalardan voz kechmasdi. Butun hayoti davomida u o’zining chuqur mazmuni va ichki boy tuyg’ulari bilan kishini lol qoldiruvchi asarlar yaratdi. Bu safar ham shunday bo’ldi. Leyptsigda Bax o’zining eng yaxshi vokal-cholg’u asarlari: ko’pgina kantatalar ( Bax tomonidan jami 250 ga yaqin kantatalar yozilgan ), “Ioann bo’yicha iztiroblar”, “Matfey bo’yicha iztiroblar” (1729), “ Motam odasi”(1727), minor messasi (1738) ni yaratadi. Ioann va “ Matfey bo’yicha iztiroblar” yoki “ Passionlar” --- bu Iso payg’ambarning chekkan azoblari va o’limi to’g’risidagi, Injil kitobi bo’yicha Ioann va Matfey yozgan qissadir. Messa mazmuni bo’yicha “Iztiroblarga” yaqin turadi. Avvallari messa ham, “Iztiroblar” ham katolik cherkovida xor tomonidan ijro etilar edi. Baxning ushbu asarlari cherkov mavzulari doirasidan chetga chiqib ketgan edi. Baxning messa va “Iztiroblar” -- kontsert xarakterdagi mahobatli asarlar bo’lib, ularni ijro etishda yakkaxonlar, xor,  
 
orkestr, organ cholg’usi ishtirok etadi. O’zining badiiy mohiyati bo’yicha “ Iztiroblar 
“ va messa kompozitor ijodining uchinchi, eng yuqori cho’qqisini tashkil etadi.  
  Cherkov rahbariyatining Bax musiqasidan qoniqmayotganligi yaqqol sezilib turardi. 
Avvalgidek, uning musiqasini o’ta yorqin, bezaklarga boy, “dunyoviy” deb 
baholashardi. Darhaqiqat, Baxning musiqasi cherkovning qat’iy qonunlariga javob 
bermasdi, aksincha unga qarama-qarshi edi. 
 Yirik vokal-cholg’u asarlar bilan bir qatorda, Bax klavir uchun musiqa yozishni 
davom ettirdi. Si minor messasi bilan deyarli bir vaqtda mashhur “Italyancha kontsert” 
yozildi. Keyinroq Bax “ Yaxshi temperatsiyalangan klavir”ning ikkinchi jildini 
tugatdi, unga 24 ta yangi prelyudiya va fugalar kritilgan. 
  Ulkan ijodiy ish va cherkov maktabidagi xizmatidan tashqari Bax shaharning “ 
Musiqa kollegiyasi” ishlarida faol ishtirok etdi. Bu shahar aholisi uchun cherkov 
musiqasi emas, balki dunyoviy musiqa kontsertlarini tashkil qiluvchi musiqa 
havaskorlari jamiyati edi. “Musiqa kollegiyasi”ning kontsertlarida Bax yakka ijrochi 
dirijyor sifatida muvaffaqiyatli chiqishlar qilgan. U jamiyatning kontsertlari uchun 
“dunyoviy” xarakterdagi orkestr, klavir va vokal asarlarini ko’plab yozdi. Lekin 
Baxning asosiy ishi --- qo’shiqchilik maktabining rahbarligi bo’lib, unga faqat 
ko’ngilsizliklar keltirar edi. Cherkov tomonidan maktab uchun ajratiladigan mablag’ 
arzimas darajada bo’lardi. Qo’shiq ijro etuvchi bolalar och qolar, kiyimlari ham 
ayanchli holda edi. Ularning musiqiy qobiliyat darajasi ham yuqori emasdi. 
Qo’shiqchi bolalarni Bax bilan maslahat qilmasdan maktabga qabul qilishar, maktab 
orkestrining tarkibi ham kamtarona edi. Unda to’rtta truba va to’rtta skripka ishtirok 
etardi ,xolos.  
  Maktabga yordam ko’rsatish to’g’risida Bax tomonidan shahar ho’jayinlariga 
qilingan barcha murojaatlari e’tiborsiz qolardi. Ma’suliyat esa baribir kantor 
zimmasida bo’lib, u hamma narsa uchun javob berishi lozim edi.  
   Yagona quvonchi ---ijod va oilasi edi. Voyaga etib qolgan o’g’illari ---Vilgelm 
Frideman, Filipp Emanuel, Iogann Xristianlar qobiliyatli musiqachi bo’lib etishishdi. 
Otalari 
hayotlik 
vaqtidayoq 
ular 
kompozitor 
sifatida 
nom 
chiqarishdi. 
Kompozitorning ikkinchi rafiqasi Anna Magdalena Bax zo’r musiqiy qobiliyati bilan 
orkestr, organ cholg’usi ishtirok etadi. O’zining badiiy mohiyati bo’yicha “ Iztiroblar “ va messa kompozitor ijodining uchinchi, eng yuqori cho’qqisini tashkil etadi. Cherkov rahbariyatining Bax musiqasidan qoniqmayotganligi yaqqol sezilib turardi. Avvalgidek, uning musiqasini o’ta yorqin, bezaklarga boy, “dunyoviy” deb baholashardi. Darhaqiqat, Baxning musiqasi cherkovning qat’iy qonunlariga javob bermasdi, aksincha unga qarama-qarshi edi. Yirik vokal-cholg’u asarlar bilan bir qatorda, Bax klavir uchun musiqa yozishni davom ettirdi. Si minor messasi bilan deyarli bir vaqtda mashhur “Italyancha kontsert” yozildi. Keyinroq Bax “ Yaxshi temperatsiyalangan klavir”ning ikkinchi jildini tugatdi, unga 24 ta yangi prelyudiya va fugalar kritilgan. Ulkan ijodiy ish va cherkov maktabidagi xizmatidan tashqari Bax shaharning “ Musiqa kollegiyasi” ishlarida faol ishtirok etdi. Bu shahar aholisi uchun cherkov musiqasi emas, balki dunyoviy musiqa kontsertlarini tashkil qiluvchi musiqa havaskorlari jamiyati edi. “Musiqa kollegiyasi”ning kontsertlarida Bax yakka ijrochi dirijyor sifatida muvaffaqiyatli chiqishlar qilgan. U jamiyatning kontsertlari uchun “dunyoviy” xarakterdagi orkestr, klavir va vokal asarlarini ko’plab yozdi. Lekin Baxning asosiy ishi --- qo’shiqchilik maktabining rahbarligi bo’lib, unga faqat ko’ngilsizliklar keltirar edi. Cherkov tomonidan maktab uchun ajratiladigan mablag’ arzimas darajada bo’lardi. Qo’shiq ijro etuvchi bolalar och qolar, kiyimlari ham ayanchli holda edi. Ularning musiqiy qobiliyat darajasi ham yuqori emasdi. Qo’shiqchi bolalarni Bax bilan maslahat qilmasdan maktabga qabul qilishar, maktab orkestrining tarkibi ham kamtarona edi. Unda to’rtta truba va to’rtta skripka ishtirok etardi ,xolos. Maktabga yordam ko’rsatish to’g’risida Bax tomonidan shahar ho’jayinlariga qilingan barcha murojaatlari e’tiborsiz qolardi. Ma’suliyat esa baribir kantor zimmasida bo’lib, u hamma narsa uchun javob berishi lozim edi. Yagona quvonchi ---ijod va oilasi edi. Voyaga etib qolgan o’g’illari ---Vilgelm Frideman, Filipp Emanuel, Iogann Xristianlar qobiliyatli musiqachi bo’lib etishishdi. Otalari hayotlik vaqtidayoq ular kompozitor sifatida nom chiqarishdi. Kompozitorning ikkinchi rafiqasi Anna Magdalena Bax zo’r musiqiy qobiliyati bilan  
 
ajralib turardi. U ajoyib eshitish qobiliyatiga va chiroyli, kuchli soprano ovozga ega 
edi. Baxning katta qizi ham yaxshigina qo’shiq aytardi. Bax o’z oilasi uchun vokal-
cholg’u ansambllar ijod qilardi. 
  Kompozitor hayotining so’nggi yillarida ko’zlari jiddiy kasallanib qoldi. 
Muvaffaqiyatsiz operatsiyadan keyin Baxning ko’zlari ojizlashdi. Biroq, shu ahvolda 
ham u ijod qilishni davom ettirdi. O’z asarlarini yozib olish uchun aytib turardi. 
 Polifonik p’esalarning ikki turkumi – “Musiqiy hadya” va “ Fuga san’ati” Baxning 
oxirgi, so’nggi asarlari bo’ldi, ularda polifonik mahorat muammosiga yuqori 
darajadagi echimlar topilgan. 
  1750-yil 28 iyulda Bax vafot etdi. Uning o’limi musiqiy jamoatchilik tomonidan 
deyarli e’tiborsiz qoldi. U ko’p o’tmay unutilib ketdi. Baxning rafiqasi va kichik 
qizining hayoti ayanchli kechdi. Anna Magdalena o’n yildan so’ng qashshoqlar uyida 
vafot etdi. Kichik qizi Regina muhtojlikda hayot kechirdi. Uning og’ir hayotining 
oxirgi yillarida Betxoven yordam berib turdi. Avliyo Foma cherkovida qabr toshi 
bo’lib, u erga buyuk kompozitorning hoki dafn etilgan. Hozir bu joy Baxning qudratli 
salohiyati muxlislarining doimiy ziyoratgohiga aylangan. 
   
        Nazorat savollari: 
 4.1.1. I.S.Baxning Veymar shahridagi ijod davrini bayon qiling. 
 4.1.2. Veymar davrida yaratgan musiqiy asarlarini sanab o’ting. 
 4.1.3. Bax hayotligi davrida nashr etilgan yagona asar? 
   a) “Matfey bo’yicha ehtiroslar” passioni 
   v) “ Meni faqat quvnoq ov ovutar” dunyoviy kantatasi 
   s) “Tanlangan kantata” kantatasi. 
   d) “ Musiqiy hadya” polifonik p’esasi. 
 4.2.1. Kompozitorning Kyoten shahridagi ijod davrini bayon qiling. 
 4.2.2. Kyoten davrida yaratgan musiqiy asarlarini sanab o’ting. 
 4.2.3. “Yaxshi temperatsiyalangan klavir” asari qaerda va nechanchi yilda yaratilgan? 
 4.3.1. I.S.Baxning Leyptsig shahridagi ijod davrini bayon qiling. 
 4.3.2. Leyptsig davrida yaratgan musiqiy asarlarini sanab o’ting. 
ajralib turardi. U ajoyib eshitish qobiliyatiga va chiroyli, kuchli soprano ovozga ega edi. Baxning katta qizi ham yaxshigina qo’shiq aytardi. Bax o’z oilasi uchun vokal- cholg’u ansambllar ijod qilardi. Kompozitor hayotining so’nggi yillarida ko’zlari jiddiy kasallanib qoldi. Muvaffaqiyatsiz operatsiyadan keyin Baxning ko’zlari ojizlashdi. Biroq, shu ahvolda ham u ijod qilishni davom ettirdi. O’z asarlarini yozib olish uchun aytib turardi. Polifonik p’esalarning ikki turkumi – “Musiqiy hadya” va “ Fuga san’ati” Baxning oxirgi, so’nggi asarlari bo’ldi, ularda polifonik mahorat muammosiga yuqori darajadagi echimlar topilgan. 1750-yil 28 iyulda Bax vafot etdi. Uning o’limi musiqiy jamoatchilik tomonidan deyarli e’tiborsiz qoldi. U ko’p o’tmay unutilib ketdi. Baxning rafiqasi va kichik qizining hayoti ayanchli kechdi. Anna Magdalena o’n yildan so’ng qashshoqlar uyida vafot etdi. Kichik qizi Regina muhtojlikda hayot kechirdi. Uning og’ir hayotining oxirgi yillarida Betxoven yordam berib turdi. Avliyo Foma cherkovida qabr toshi bo’lib, u erga buyuk kompozitorning hoki dafn etilgan. Hozir bu joy Baxning qudratli salohiyati muxlislarining doimiy ziyoratgohiga aylangan. Nazorat savollari: 4.1.1. I.S.Baxning Veymar shahridagi ijod davrini bayon qiling. 4.1.2. Veymar davrida yaratgan musiqiy asarlarini sanab o’ting. 4.1.3. Bax hayotligi davrida nashr etilgan yagona asar? a) “Matfey bo’yicha ehtiroslar” passioni v) “ Meni faqat quvnoq ov ovutar” dunyoviy kantatasi s) “Tanlangan kantata” kantatasi. d) “ Musiqiy hadya” polifonik p’esasi. 4.2.1. Kompozitorning Kyoten shahridagi ijod davrini bayon qiling. 4.2.2. Kyoten davrida yaratgan musiqiy asarlarini sanab o’ting. 4.2.3. “Yaxshi temperatsiyalangan klavir” asari qaerda va nechanchi yilda yaratilgan? 4.3.1. I.S.Baxning Leyptsig shahridagi ijod davrini bayon qiling. 4.3.2. Leyptsig davrida yaratgan musiqiy asarlarini sanab o’ting.  
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
 1. ” Chet el musiqa tarixi”dan ma’ruzalar matni. G; 2010 yil. 
 2. I.Proxorova “Muzo’kalnaya literatura zarubejno’x stran” M; «Muzo’ka»1977. 
 3. A.X.Trigulova « Xorijiy musiqa adabiyoti» T. “ Ilm Ziyo” 2209 yil. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. ” Chet el musiqa tarixi”dan ma’ruzalar matni. G; 2010 yil. 2. I.Proxorova “Muzo’kalnaya literatura zarubejno’x stran” M; «Muzo’ka»1977. 3. A.X.Trigulova « Xorijiy musiqa adabiyoti» T. “ Ilm Ziyo” 2209 yil.