IPAK QURTI BIOLOGIYASI (Tut ipak qurtining hayvonot olamida tutgan o‘rni, Ipak qurtining morfologik belgilari, Ipak qurtining anotomiyasi va fiziologiyasi)
Yuklangan vaqt
2024-05-10
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
463,5 KB
Ilmiybaza.uz
IPAK QURTI BIOLOGIYASI
Reja:
1.
Tut ipak qurtining hayvonot olamida tutgan o‘rni.
2.
Ipak qurtining morfologik belgilari.
3.
Ipak qurtining anotomiyasi va fiziologiyasi.
4.
Tut ipak qurtining urug‘ini jonlantirish.
Ilmiybaza.uz
1. Tut ipak qurtining hayvonot olamida tutgan o‘rni va morfologik
belgilari. Biologiya grekcha so‘z bo‘lib, bois –
hayot, logos - ta’limot degan ma’noni bildiradi.
Boshqacha qilib aytganda, biologiya – tirik tabiat
va mavjudodlarning hayot faoliyati to‘grisida
fanlar majmuidir. Tut ipak qurtining hayvonot
olarnida tutgan o‘rni. Tut ipak qurti zoologik
sistematikada
akademik
G.Ya.
Bey-Bienko
ta’rificha, faqat tut bargi bilan oziqlangani uchun tut ipak qurti (Bombyx mori L.)
turi, qurtlik davrining ohirida mudofaa qatlam pilla o‘ragani uchun pillakashlar
(Bombycidial) oilasi, voyaga etgan davrda kapalagining tanasi tangachalar yoki
kapalaklar (Lepidopteral) turkumi, individual rivojlanishida to‘liq shaklini
o‘zgartirib rivojlantirgani uchun to‘liq metomorfozalilar (Holome tabola) bo‘limi,
uch juft oyoqlari, tanasi, bosh, ko‘krak va qorin qismlarga ajratilganligi uchun olti
oyoqlilar yoki hashoratlar (Insekta) sinfi, nafas olish organlari traxeyadan
tuzilganligi uchun traxeya bilan nafas oluvchilar (Tracheata) kenja tipiga va
nihoyat oyoqlari bo‘g‘imlardan iborat ekanligi uchun bo‘g‘im oyoqlilar
(Arthropoda) tipiga kiradi.
Ipak qurtining turlari. Tabiiy ipak faqat tut ipak qurti pillasidan emas,
balki ipak qurtining saturin oilasiga kiruvchi 20 ga yaqin turidan iborat bo‘lgan
yovvoyi ipak qurtlarining pillasidan ham olinadi. Ularning tolasi pishshiq, tabiiy
chiroyli, rangdor, ximiyaviy moddalar va boshqa moddalar va boshqa zararli
ta’sirlarga chidamliligi bilan harakterlanadi. Lekin tolasi tut ipak qurtining
Ilmiybaza.uz
pillasiga nisbatan yo‘gon, yomon sug‘oriladi, turli xil ranglarda bo‘yalmaydi, ipak
miqdori kam bo‘ladi. Ko‘pchilik yovvoyi ipak qurtining pillalaridan ipak paxta
olinib, ular ta’biy sharoitda, ya’ni darxtzorlar yoki butazorlarda boqiladi. Yovvoyi
ipak qurtlariga Aylant, kanakunjut va Assam ipak qurtlari, shuningdek, Xitoy,
Yaponiya va Xinidston tut ipak qurtlari kiradi. Tut ipak qurti to‘liq metomorfozali
hashoratlar guruhiga kirib, to‘rta rivojlanish davrini boshidan o‘tkazadi.
Tuxumlik davri embrionning rivojlanish va ko‘pchiligida qishlash vazifasini
o‘tish davridir.
Lichinkalik qurtlik davri. Bu davrda oziqlanadi, o‘sadi, rivojlanadi va
zapas oziq modda to‘playdi.
G‘umbaklik davri-tanasini qayta tiklash, imago davriga xos belgilarni hosil
qilish, shaklini o‘zgartirish – metomorfoza davri.
Imago – kapalaklik, ya’ni jinsiy balog‘atga etish, tuxum qo‘yish – nasl
berish davri.
Tut ipak qurtining morfologik belgilari beshinchi yoshda to‘liq shakllanadi.
Tanasi cho‘zinchoq, silindrik shaklda, qorin tomoni biroz yassiroq, elka tomoni esa
yarim oy shaklida – yumaloq bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. qurt tanasi uch – bosh,
ko‘krak va qorin qismlaridan iborat. Qurtning bosh qismi mayda tukchalar bilan
qoplangan. Boshining ustki qismida ko‘z mo‘ylov, og‘iz apparati va ipak ajratish
naychasi joylashgan. Boshning ikki yon tomonidan 6 tadan 12 tagacha oddiy
ko‘zlari bo‘ladi. Ko‘krak qismi nisbatan kalta, 3 ta bo‘g‘imdan iborat bo‘lib, har
bo‘g‘imida 3 juft bo‘g‘imli «haqiqiy oyoqlar» joylashgan. Qorin – 9 ta bo‘g‘imdan
iborat., qorin bo‘g‘imlarining yonida nafas olish teshikchalari joylashgan, 3,4,5,6
va 9 - bo‘g‘imlarda qorin oyoqlari joylashgan. Bular bir muncha konussimon
shaklda bo‘lib, tagi yumaloq. Oyoq kaftining ichki chekkasida yarim xalka
shaklidagi xitinli tirnoqlar joylashagan. Yosh kattalashgan sari tirnoqlarining soni
oshib boradi. Agar birinchi yoshda ularning soni hammasi bo‘lib 15 dona bo‘lsa,
beshinchi yoshda ularning soni oltmishtagacha etadi. Qorin oyoqlari yordamida
harakat qiladi. Ular «yolg‘on oyoqlar» deb ataladi, chunki metomorfoz
(g‘umbaklik) davrida yo‘qolib ketadi.
Ilmiybaza.uz
1.
Tut ipak qurtining anatomiyasi va fiziologiyasi. Teri qoplarni.
Ipak qurtining teri qoplarni 3 ta asosiy:
Kutikula
Gipoderma
Bazal membrana qatlarnidan iborat.
Kutikula ham o‘z navbatida uchta qavat:
tashqi – epikutikula
o‘rta – ekzokutikula
ostki – endokutikuladan iborat.
Kutikula ostki qavatining tagida tirik xujayralar qavati – gipoderma yotadi.
Gipoderma ostki 15 juft po‘st tashlash bezlari joylashgan bo‘lib, ular ko‘krak
bo‘g‘imlarining har birida va qorinning sakkizinchi bo‘g‘imida 2 juftdan,
qorinning oldingi ettita bo‘g‘imida bir juftdan joylashgan.
Ipak qurtlari asosan oddiy:
zebrasimon,
gilamsimon,
ko‘p oysimon,
baxmalsimon
oq rangli bo‘ladi.
Muskullar. Ipak qurtlarda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab muskul tolalari paylar
orqali terining ikki qarama-qarshi nuqtasiga birlashgan. Qurtda hammasi bo‘lib,
268 ta ko‘ndalang, 168 ta qiyshiq va 110 ta uzunasiga ketgan muskul bo‘lib,
ularning ish faoliyati o‘zaro bog‘liq.
Ovqat hazm qilish sistemasi. Ipak qurtining ovqat hazm qilish organi og‘iz
va orqa chiqaruv teshigi o‘rtasida joylashgan to‘gri keng kanaldan iborat bo‘lib,
ichak deb ataladi. Ichagi old, o‘rta va orqa ichak bo‘ladi.
Oziq moddalar ipak qurti organizmiga bir necha bosqichda kiradi: tut bargi
bo‘lagini kemirib olish; oziqni tomoq orqali ichakka o‘tkazish; hazm qilish;
o‘zlashtirish; qurt tanasiga tut bargi orqali oqsillar, yog‘lar va uglevodorodlar
Ilmiybaza.uz
kiradi. Ovqat hazm qilish vaqtida maxsus moddalarning ichak tarkibidagi
fermentlar ta’sirida ro‘y beradi.
Qon aylanish sistemasi. Xashoratlarning qon aylanish sistemasi ochiq
holda bo‘ladi. Ularda qon gavda bo‘shlig‘ining organlar oralig‘ini to‘ldirib, yuvib
turadi. Qon suyuqligi suyuq holda to‘qimadan iborat bo‘lib gemolimfa deb ataladi.
Gemolimfa takribida 80-88% suv, organiq va anorganiq birikmalar, bo‘yovchi
moddalar – fermentlar va tirik qon xujayralari – gemositlarning bir necha turi
bo‘ladi. Ipak qurtida gemolimfaning tana bo‘ylab harakati, elka tomonda
joylashgan naysimon organ bel naychasining urushi natijasida sodir bo‘ladi. Bel
naychasi yoki elka qon tomirining old qismi – o‘rta va keyingi qisqarib –
kengayuvchi kameralaridan tuzilgan qismi «yurak»ka bo‘linadi.
Nafas olish sistemasi. Tut ipak qurti ham boshqa hasharotlar singari traxeya
sistemasi singari orqali nafas oladi. Asosiy traxeya qurt tanasiga parallel holda yon
tomonlarda joylashgan, uning tashqariga ochiluvchi teshiklari mavjud. Bu
teshikchlar nafas oluvchi teshikchalar deb ataladi. Teshikchalar ko‘krakning
birinchi va qorin qismining 1-8 bo‘g‘imlarirda joylashgan.
Nerv sistemasi. Xashoratlarning nerv sistemasi barcha bo‘g‘imoyolilarga
xos qorin zanjiri tipida tuzilgan bo‘lib, ular asosan uchta: markaziy, pereferik
(atrof) va simpatik nerv sistemalaridan iborat. Nerv sistemasi narv xujayralari –
neyronlar tashkil etish, bulardan nerv turkumlari xosil bo‘ladi.
Periferik (atrof) nerv sistemasi teri qoplarni ostida jroylashgan.
Simpatik nerv sistemasi ichki organ muskullari (ovqat hazm qilish qon
aylanish, bel naychasi, nafas olish teshiklari, ichki sekressiya organlari) faoliyatini
boshqaradi.
Chiqarish va ichki sekresiya organlari. Xashorat organizmida moddalar
almashinish jarayonida gaz, bug‘, suyuq va qattiq xolatdagi keraksiz moddalar
xosil bo‘ladi. Gazsimon moddalar nafas organlari orqali tashqariga chiqariladi.
Suyuq va qattiq holdagi keraksiz moddalar maxsus chiqaruvchi organlari orqali
hazm bo‘lmagan va singdirilmagan ovqat qismlari – tezaklar esa ichak yo‘llari
orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Ilmiybaza.uz
Tut ipak qurtlarida malpig naychalari oltita uzun ingichka naylardan iborat
bo‘lib, ular ichak yon tomoniga uchtadan joylashgan.
Ipak qurtlari ayrim xashoratlar guruhiga kirib qaysi jinsidan qatiy nazar, ular
jinsiy bezlari beshinchi qorin bo‘g‘imining yelka (orqa) tomonida, yelka qon
tomirining ikki tomonida joylashgan bo‘ladi.
Ipak ajratuvchi bezlar. Ipak qurtlarida ipak ajratuvchi bezlar so‘lak
bezlarining o‘zgargan shaklida ikki jufti, shakli naysimon, deyarli shishasimon
tiniq qahrabo (och sariq), ba’zan yashilroq tusda bo‘ladi. Bu bezlar qurt tanasi
bo‘shlig‘ining ikki yonida yoki ichakning o‘rta yo‘lidan pastroqda joylashgan,
faqat umumiy hajmi jihatidan undan salgina kichikroq. Bezning har bir tomoni
ipak ajratuvchi toq naychaga borib qo‘shiladi.
Pilla, g‘umbak va kapalakning tuzilishi. Pilla ipak qurti g‘umbagining
tashqi muhit ta’sir dan va dushmanlaridan saqlovchi mudofa qatlarnidir. Pilla
qobig‘i g‘umbakni harorat va namlikni keskin o‘zgarishidan ham saqlaydi va suv
o‘tkazmaydi. Pillaning tashqi ko‘rinishi turli hilda bo‘lib, asosan rangi, shakli,
katta-kichikligi va donadorligi bilan farq qiladi.
Ipak qurti pilla o‘rash jarayoni tamom bo‘lish vaqtiga kelib tanasi ikki
barobar qisqaradi, bo‘g‘imlar oralig‘i esa juda qisqarib, og‘irligi ham ikki barobar
kamayadi. Bundan so‘ng metomorfoz jarayoni boshlanadi. Bu jarayonda ipak
qurtining organizmida o‘zgarish – katta tuzilish sodir bo‘ladi va ipak qurtining
tamomila farq qiladigan, unga mutlaqo o‘xshamaydigan kapalak organizmi paydo
bo‘ladi.
G‘umbakning bosh tomoni yumaloqroq, gavda cho‘zinchoqroq tuksimon,
dastlabki davrda rangi och sariq bo‘lib, keyinroq esa asta-sekin qora bo‘lib qo‘ngir
to‘q sariq rangga va nihoyat kapalakka aylanish oldidan to‘q jigar rangga kiradi.
Kapalak – tut ipak qurtining hayot faoliyatida so‘ngi rivojlanish davri
hisoblanib, jinsiy yetiladi va nasl qoldirish uchun xizmat qiladi. Bu davrda u
oziqlanmaydi va erkak-urg‘ochilari o‘zaro chatishib bo‘lgach, 3-4 kun davomida
o‘rtacha 500-600 dona tuxum qo‘yadi.
Ilmiybaza.uz
Kapalak tanasi bosh, ko‘krak va qorin qismlardan iborat. Boshida bir juft
katta , murakkab fasetkali ko‘z, yaxshi rivojlangan bir juft mo‘ylov va bitib ketgan
og‘iz apparatining o‘rni joylshgan.
Ko‘krak qismi uch bo‘g‘imdan tashkil topgan bo‘lib, yelka tomonida 2 juft
bo‘g‘imli chin oyoqlar joylashgan. Qorin qismi 9 bo‘g‘imdan tuzilgan bo‘lib, qorin
oyoqlari yo‘q. Oxirgi qorin bo‘g‘imida tashqi jinsiy organi joylashgan.
3. Tut ipak qurtining urug‘ini jonlantirish. Tut ipak qurtining kapalagi
qo‘ygan tuxum urug‘ deb ataladi. Ipak qurtining urug‘i oddiy tuxum shaklida
bo‘lib, yonlari qisilgan, o‘rtasi botiqroq (biroz puchaygan), ovalsimon ko‘rinishga
ega. Yangi qo‘yilaga tuxumning rangi och sariq bo‘lib, 2-3 kecha-kuduz davomida
och sariq rangdan pushti rangga, so‘ngra, qizg‘ich-qo‘ng‘ir rangga va nihoyat, bo‘z
kul tusga kiradi. Qishlovchi urug‘ning haqiqiy rangi bo‘z kul rangda bo‘ladi.
Bivoltin zotining o‘z-o‘zidan jonlanadigan urug‘larning rangi butun inkubasiya
davrida ham och sariqligicha qolaveradi.
Tuzilishi: tuxum po‘chog‘i, mikropilyar teshigidan iborat.
Inkubasiya so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, inkubo- jonlantirmoq yoki
ochirmoq degan ma’noni bildiradi. Shuning uchun ipak qurti urug‘ni inkubasiya
qilish deganda sun’iy sharoitda ma’lum harorat, namlik, havo, yorug‘lik ta’sirida
urug‘dan (tuxumdan) qurt ochirish tushuniladi.
Tut ipak qurti maxsus jixozlangan binolarda sun’iy sharoitda ochiriladi.
Bunday binolar inkubatoriyalar deyiladi. Tajriba yoki ilmiy ishlar uchun
ishlatiladigan oz miqdordagi urug‘ni termastat yoki shkafda jonlantirish mumkin,
ular inkubatorlar deb ataladi. Urug‘ni inkubasiyaga ko‘yish muddati to‘rt usulda
aniqlanadi:
-
O‘tgan yillari qurt urug‘ ochirishga qo‘yilgan va ular eng yaxshi jonlanishga
ega bo‘lgan yillaridagi ma’lumotlarga qarab .
-
Tut daraxtidan ilgari barg chiqaradigan ba’zi – bir daraxt yoki
o‘simliklarning rivojlanishi yoki gullashiga qarab.
-
Foydali haroratlar yig‘indisiga qarab.
Ilmiybaza.uz
-
Tut daraxti novdasidagi qurtaklarning o‘sishi va rivojlanishini kuzatib borish
yo‘li bilan.
Urug‘lar ikki usulda jonlantiriladi:
- haroratni asta-sekin oshirib borish yo‘li bilan urug‘ni jonlantirish;
- haroratni o‘zgartirmasdan ya’ni doimiy (muayyan) darajada saqlash yo‘li
bilan urug‘ni jonlantirish.
Haroratni asta-sekin oshirib borish usuli-bahor sovuq kelgan yillarda, obi-
havo bir xil bo‘lmagan va bahorgi qattiq sovuqli bo‘lishi yoki ertalablari sovuq
bo‘lishi kutilgan hollarda qo‘llaniladi. Bu usul quyidagicha bajariladi: xonadagi
havo harorati har kuni 1-2 darajaga oshirilib boriladi. Harorat 24 darajaga etganda
boshqa ko‘tarilmaydi va urug‘dan xabarchi qurtlar chiqqunga qadar saqlanadi.
Haroratni o‘zgartirmasdan, ya’ni doimiy darajada saqlash yo‘li bilan jonlantirishda
urug‘ inkubatoriyaga qo‘yilgandan keyin dastlabki 2-3 kun davomida havoning
harorati 13-14 darajada saqlanadi, keyin esa bir kun davomida harorat 24 darajaga
etkaziladi va urug‘dan dastlabki xabarchi qurtlar chiqa boshlaguncha shu harorat
saqlab turiladi. Xabarchi qurtlar paydo bo‘lishi bilanoq havoning harorati 1
darajaga ko‘tariladi, ya’ni 25 darajaga etkaziladi va urug‘lar jonlanib bo‘lguncha
shu darajada saqlab turiladi. Urug‘lar oqargan kuni qutichalarga doimiy syomnik
qo‘yiladi. Odatda bir kundan keyin ertalab soat 6-7 larda xabarchi qurtlar chiqadi.
Xabarchi qurtlar chiqishidan oldin (kechqurin yoki tunda) urug‘ to‘kilgan
qutichalarga vaqtinchalik styomnik qo‘yiladi. Xabarchi qurtlar chiqib bo‘lgach
barcha qutichalardagi vaqtinchalik syomniklar qurti bilan ko‘tarib olinib yoqib
yuboriladi.
Odatda, qurtlarning ko‘pchilik qismi tuxumdan ertalab soat 6 dan 10 gacha
chiqadi, shuning uchun qurtlarni qutichadan ko‘tarib olish va ularni massasini
aniqlash soat 10 dan keyin boshlanadi. Pillakorlarga qurt faqat ertalab yoki
kechqurin tarqatiladi. Ularga bir vaqtda jonlangan qurtlar beriladi.
Savollar:
1.
Tut ipak qurtini morfologik tuzilishini ta’riflang?
2.
Ipak qurtini anotomik tuzilishi qanday bo‘ladi?
Ilmiybaza.uz
3.
Inkubatoriya qachon va qanday tayyorlanadi?
4.
Urug‘ni jonlantirish usullari?
5.
Jonlangan qurtlarni tortish va tarqatish qanday amalga oshiriladi?