IPAK QURTI SELEKSIYASI (Urug‘ tayyorlash jarayoni, Monovoltin zotlariga umumiy tasnif, Ipak qurti seleksiyasi va naslchilik ishlari)
Yuklangan vaqt
2024-05-08
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
224,5 KB
Ilmiybaza.uz
IPAK QURTI SELEKSIYASI
Reja:
1. Urug‘ tayyorlash jarayoni.
2. Monovoltin zotlariga umumiy tasnif.
3. Ipak qurti seleksiyasi va naslchilik ishlari.
Ilmiybaza.uz
Ipak qurtining kolleksiyasi 1922-yilda tashkil topgan bo‘lib, Toshkent
ipakchilik stansiyasi deb nomlangan va uning ochilishida 36 ta zot bo‘lgan.
Shundan so‘ng 1927-yil tashkil bo‘lgan stansi- yani bazasida 0‘rta Osiyo ipakchilik
ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. Sekin-asta kolleksiya tarkibi yangi zotlar
hisobiga ortib bordi, asosan, zotlarning almashtirish hisobiga bo‘ldi. Ayniqsa,
kolleksiya 1946-yilda bir guruh mutaxassislar Yaponiyaga borganlaridan so‘ng
ko‘paydi. N. S. Stroychuk, A.I. Emmanuilov, A.I. Fedorov, R. A. Guseynov va
boshqalar, masalan, Italiyaga I. A. Sherbakov, F. Lukyanov va boshqalar,
Koreyaga N. G. Bogautdinov (1952- yil), Xitoyga R.A. Guseynov, M.M.
Zaliznyak, Bolgariyaga M.G. Silantyeva 1952-1958-yillarda Xitoydan 14 ta ipak
qurtlarini zotlari keltirildi. Shu vaqtda kolleksiyada 8 ta zot bor edi, eski selek-
siyadan. Shundan so‘ng kolleksiyada Xitoy guruhiga kirgan zotlar ko‘pchilikni
tashkil etgan.
1965-yili Bolgariyadan 22 ta zotning tuxumi keltirilgan, shulardan oltitasi
gibrid bo‘lib, u Polshadan edi. Oxirgi yillarda kolleksiya Xind zotlari bilan 11 taga,
Ruminiya zotlari 5 taga to‘ldirildi.
Mustaqillik tufayli ipakchilikning tez suratlar bilan rivojlanishida
davlatimizda kolleksiyasi kengayib turli mintaqalardan zotlar keldi. Masalan,
Kavkazdan, Ukraina, Rossiyadan. Ipak qurti kolleksiyasi nima uchun kerak?
Yildan yilga ko‘p sonli ipak qurti zotlarini ushlab turish zarurdir. Bu ipak qurtlari
bilan seleksiya genetika ishlarini olib borib yangi tizim, zot jinslari bo‘yicha
nishonlangan zotlarni yaratishda va ularni duragaylarini olish uchun kerakdir.
Bundan tashqari, ko‘pgina biologiyada bo‘ladigan nazariy ishlami o‘rganish uchun
ham zarur.
Qishloq xo‘jaligida biologiya fakultetlarida teihsil olayotgan talabalar bilan
amaliy darslarni olib borishda qo‘l keladi. Ipak qurtlarida uchrab turadigan
kasalliklarni yo‘qotishda ham kolleksiya zotlar tarkibidan foydalanilmoqda.
Kolleksiya ishlab chiqarishda foydalanilgan duragaylarda ishtirok etgan
zotlarni ham ushlab turadi. Awal 0‘rta Osiyo ipakchilik instituti, so‘ng 0‘zbekiston
Ilmiybaza.uz
ipakchilik ilmiy-tekshirish ins- tituti deb nom oldi. Bu institutdagi zotlar tarkibi
turli geografik muhitlardan bo‘lgani uchun ulardan oliy o‘quv yurtlarida,
kollejlarda tahsil olayotgan talaba, magistr izlanuvchi-tadqiqotlarga ko‘rgazmali
material, izlanuvchilarga esa jonli material sifatida o‘rganish uchun zarurdir.
0‘zbekiston ipak qurtlari genofondida oldin 185 ta tizim zotlar mavjud
bo‘lgan, ulardan ham ilim dargohlari ipakchilikdagi ixtisoslashgan muassasalar
foydalangan va foydalanmoqda. Hozirda bu genofond kolleksiyasida 105 ta zot
bo‘lib, dunyoning turli ekologik iqlim sharoitidagi joylardan keltirilgan.
Zotlar kelib chiqishlariga qarab 15 ta guruhga bo‘lindi: 1. 0‘rta Osiyo
(Bog‘dod). 2. Yevropa. 3. Xitoy. 4. Yaponiya. 5. Koreya. 6. Hindiston. 7.
Ruminiya. 8. Kavkaz. 9. Gruziya Tbil Nil. 10. Ozarbayjon zotlari AzNIISH. 11.
Rossiya ipakchilik stansiyasi. 12. Ukraina ipakchilik stansiyasi. 13. SANIISH
zotlari. 14. Polivoltin. 15. Genetik zotlar.
Kolleksiyada eng ko‘p yaratilgan zotlarga Gruziya, Ozarbayjon, Rossiya va
boshqalar. Chet davlat zotlaridan Xitoy, Yaponiya, Italiya zotlaridir.
Monovoltin zotlari
Ipak qurtining monovoltin, bivoltin va polivoltin zotlari tashq: muhitning
o‘zgarishiga turlicha javob qaytarish bilan bir-biridar farq qilishidan tashqari,
ularning har qaysisi alohida morfologil va fiziologik xususiyatlarga ega.
Chunonchi, monovoltin zot ipak qurtlarining tanasi, rivojlanishining barcha
davrlarida - tuxumdan boshlab kapalak davrigacha o‘zining yirikligi bilan farq
qiladi. Monovoltin ipak qurtlari yirik, og‘ir va juda seripak pilla o‘raydi. Bu zot
eng ko‘p tarqalgan va xo‘jalik jihatdan qimmatli hisoblanadi. Monovoltin zot ipak
qurtining lichinkalik davri uzoq davom etadi, bu esa qo‘shimcha mehnat va oziq
talab qiladi. Monovoltin zotining eng katta kamchiliklaridan biri yuqumli
kasalliklarga chidamsizligi va noqulay
iqlim
sharoitiga
bardosh
bera
olmasligida. Shuning uchun monovoltin
zotlar faqat ko‘klamda ochirilib, yaxshi
sharoitda parvarish qilinsa, 1 quti
Ilmiybaza.uz
urug‘dan 75-80 kg ga yetkazib yuqori hosil olish mumkin, masalan, oziq sifati
yomon, qurt boqiladigan joy tor yoki qurtxonaning harorati juda baland bo‘lsa,
ularda turli kasalliklar paydo bo‘lib, ko‘plab ipak qurtlari qirila boshlaydi.
Monovoltin zotlar yozning issiq havosiga chidamsiz bo‘lib, odatda yoz vaqtlarida
halok bo‘ladi.
20-rasm. SANIISH-8 monovoltin zoti.
Polivoltin zotlar monovoltin zotlarning butunlay teskarisidir. Polivoltin
zotlarning rivojlanish davri juda qisqa. Ularning qurtlik davri 15 kundan 20
kungacha davom etsa, monovoltin zotlarniki 30 kungacha davom etadi. Polivoltin
zot qurtlarning pillasi juda may da (1 g gacha) va ipagi kam bo‘ladi. Polivoltin zot
ipak qurtlari monovoltin zotlarga qaraganda juda issiqqa va yuqumli kasalliklarga
chidamlidir. Bu zotlar issiq mamlakatlarda (Hindiston, janubiy Xitoy va boshqa
davlatlarda) oz miqdorda boqiladi. Yava, Sumatra orollarida bu qurtlarning
yovvoyilarini
uchratish
mumkin.
Polivoltin
zotlar
Yaponiyaning
ba’zi
prefekturalarida juda oz miqdorda boqiladi va kam hosil bo‘lganligidan hech
qanday amaliy ahamiyati yo‘q.
Ishlab chiqarishda eng ko‘p boqiladigan zotlar: monovoltinlardir. Pillasi
katta, ipagi ancha mo‘l, 25 foizgacha ipak beradi. Bivoltin zotlar ham oz bo‘lib,
takroriy qurt boqishda monovoltin bilan chatishtirib duragaylari boqiladi. Ulardan
so‘ng polivoltin zotlar hayotchanligi yuqori 1 -yilda 3-4 martagacha hosil beradi.
Ammo pillasi mayda bo‘ladi. Asosan bu zotlar yangi monovoltin, bivoltin zotlami
yaratishda ko‘p seleksionerlar foydalanishadi. Bundan tashqari, namligi yuqori
bo‘ladigan mintaqalarda ularni boqishadi
1. Ipak qurti seleksiyasi va naslchilik ishlari. Seleksiya - tanlash va
chatishtirish yo‘li bilan o‘simliklar navini, xayvonlar zotini yaxshilash, yangi zot
va duragaylar yaratish demakdir.
Tut ipak qurtining zotlari uch guruxga bo‘linadi; monovoltin, bivoltin va
polivoltin zotlar.
Xozirgi tut ipak qurtlarining zotlari ikki guruxga bo‘linadi:
Ilmiybaza.uz
1.Eski aborigen zotlar. bular xalq seleksiyasi natijasida bunyod bo‘lgan.
2.Yangi zotlar, ilmiy seleksiya yo‘llarini bir necha yillar davomida qo‘llash
natijasila yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasi muxbir
a’zosi, biologiya fanlari doktori, professor U.N.Nasirillaevning ma’lumotiga ko‘ra
yangi oq pillali zotlar guruxi, 1950 yillarda SANIISh-E1 va SANIISh-E2 zotlari
(A,
I.
Emmanuilov
va
K.F.Gorbunovlar),
SANIISh-8
va
SANIISh-9
(N.V.Shurshikova) " keyinroq SANIISh-11, SANIISh-18 (Shurshikova.N.V.),
SANIISh 22 (A.I.Emmanuilov, K.F.Gorbunov, N.T.Cherensova), SANIISh-24
(Silanteva M.T., Cherevsova N.T., Valliulina M.X.). bivoltin ToshQXI-2
(Sheveleva N.) zotlari va SANIISh-11 x SANIISh-18; SANIISh-21 x SANIISh-17;
SANIISh-22 xSANIISh-24 duragaylari O‘rta Osiyo respublikalarida joriy etilgan.
1964-1963 yillarda institut seleksiyachilari birinchilardan bo‘lib ko‘p zotli
murakkab duragaylarni keng ishlab chiqarish sinovlariga topshirdilar. Tetragibrid-
3 (SANIISh-8 x Oq pilla-1) x (SANIISh-9 x Oq pilla-2) va Tetragibrid-4
(SANIISh-9 x Oq pilla-2) x (SANIISh 8 x Oq pilla-1) duragaylar xozirgi
davrgacha respublnkamizda eng asosiy duragay vazifasini o‘tab kelmokda.
70-yillarda
murakkab
duragaylar:
Tetragibrad-15,
Tetragibrid-18,
Tetragibrid-19 va Tetragibrid-20 davlat sinovlaridan o‘tib, ishlab chiqarishga
tavsiya etildi.
Farg‘ona va O‘sh viloyatlarida vodiy sharoitida yanada ko‘proq pilla xosil
beradigan zotlar seleksiyasi amalga oshirildi. Mintaqaviy seleksiya soxasida
Toshkent-5, Toshkent-7, Guliston-1 va Guliston-2, Farg‘ona-1 va Farg‘ona-2,
O‘sh-1 va O‘sh-2 zotlari yaratildi.
Keyinchalik Orzu va Yo‘lduz zotlari yaratildi. Bu zot pillalarining o‘rtacha
vazni 2,4 - 2,5 g ni tashkil etadi.
O‘zbekiston-5, O‘zbekiston-6, Ipakchi-1 x Ipakchi-2, S-13 x S-M, Nishon
langan-1 x Nishonlangan-2 va boshqa zotlar davlat sinovlaridan muvaffaqiyatli
o‘tib rivojlantirishga qabul qilindi.
Ilmiybaza.uz
2.Urug‘ tayyorlash jarayoni. Ipak qurti urug‘i-tuxumi urug‘chilik korxona
larida, urug‘ zavodlarida tayyorlanadi. Qurt urug‘ tayyorlaydigan korxonalarning
umumiy ish faoliyati sanoatda boqish uchun urug‘ tayyorlash, respublikamizdagi
davlat va jamoa xo‘jaliklarini sog‘lom, xayotchan va maxsuldor qurt urug‘i bilan
ta’minlashdir. Ipak qurti urug‘ini tayyorlashda urug‘ zavodlari qo‘yidagi ishlarni
bajaradi: naslchilik xo‘jaliklarida elita urug‘lardan ochilgan qurtlarni boqishni
tashkil etish, yuqori sifatli tirik pillalarni qurt urug‘i tayyorlaydigan zavodlarga
jo‘natish, zavodda pillalarni sarxillash, ularning turli kasalliklar bilan zararlangan-
zararlanmaganligini tekshirish, tirik pillalarni jinsga ajratish, pillalardan
kapalaklarni chiqarish, ularga chatishtirish, urug‘ni olish, sog‘lom urug‘larni tanlab
olish
maqsadida
kapalaklarning
kasalliklarga
chalingan-chalinmaganlngini
mikroskopda tekshirish, yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan urug‘larini tanlab
olish, tozalash, yuvish, saralash va xo‘jaliklarga tarqatilgunga qadar saqlash.
Naslchilik xo‘jaliklarida qurt urug‘ini jonlantirish, boqish, pillalarni
topshirish qurt urug‘ning agronom-agrotexniklari tomonidan tutilgan kalendar
rejalar va qurt boqishning texnologik kartasi asosida olib boriladi.
Urug‘chilik korxonalari (qurt urug‘ tayyorlaydigan zavodlar)da ish pilla
qabul qilish va uning sifatini yaxshilash bilan boshlanadi.
Sanoatbop pilla olish uchun ipak qurtining birinchi bo‘g‘in duragaylari
boqiladi. Har xil zotlarga mansub pillalar, kapalaklar va urug‘ guruxi aralashib
ketmasligi uchun zotning erkak va urg‘ochi pillalarga ajratilib alohida xona yoki
bo‘lak joylarga joylashtirish kerak.
Pillalardan kapalak chiqarish, ularni juftlashtirish, ajratish va urug‘ (tuxum)
olish jarayonlari papilonaj deb ataladi.
Zavodda papilonaj davrida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1.Papilonaj inventarlarini jonlantirish va pillalardan kapalaklar chiqishi
uchun qulay sharoit yaratib berish.
2Pilladan chiqqan kapalaklarni kuzatish, terib olish.juftlashtirish.
3.Juftlashgan kapalaklarni ajratish (urg‘ochisini erkagidan ajratish va
erkaklarini qayta juftlashtirishdan saqlash).
Ilmiybaza.uz
4. Urg‘ochi otalangan kapalaklarni alohida-alohida qilib pergament
xaltachalarga solish va saqlash.
5. Mikroskopda tekshirish uchun kapalaklardan o‘rtacha namuna olish.
6. Tuxum (urug‘) tayyorlash va saqlash.
Bag‘dod barxatli qurt(0‘rta Osiyo guruhiga kiradi)lari maskali sigmentlar
orasidagi plyonkasi oq sigmenti qora-barxatli, pillasi shakli silindrsimon beli
bukilgan, uch tomirlari tumtoq, donadorligi o‘rtacha, rangi g‘isht rangli oq,
pillasining o‘rtacha og‘irligi 1,99 gr, ipakchanligi 16,7 foiz.
Bog‘dodgilam rangli qurt (0‘rta Osiyo guruhi). Qurtlari mas- kali, tanasi
gilam gullari shakli bilan qoplangan, pillasining shakli silindr shaklida bo‘lib, beli
bukilgan, uch tomoni to‘mtoq, donadorligi o‘rtacha. Rangi g‘isht rangli oq,
pillasining o‘rtacha og‘irligi 2g, ipakdorligi 16,2 foiz.
Bog‘dod zebra rangli qurt (0‘rta Osiyo guruhi). Qurtlari mas- kali,
sigmentlar orasidagi bogianishida, dumaloq shaklida qora rang, zebrani rangini
bildiradi. Pillasining shakli silindrsimon, beli bukilgan, uchlari to‘mtoq,
donadorligi o‘rtacha, g‘isht rangli oq.
SZU-DZI (Xitoy guruh). Qurtlari oq maskali va maskasiz yarim oy shakli
bilinar-bilinmas ko‘rinadi. Pillasi oq, shakli silindrsimon,
Ilmiybaza.uz
beli bukilgan, donadorligi o‘rtacha. Pilla og‘irligi 1,57 gr, ipakdor- ligi 16,5
foiz.
Sung-lung (Xitoy guruh). Qurtlari oq sutsimon rangda. Pillasi- ning
uzunchoq beli bukilgan, shakli silindrsimon, pillasining o‘rtacha og‘irligi 1,72 gr,
ipakdorligi 18,2 foiz.
Slonimskaya (0‘rta Osiyo guruhi). Qurtlari maskali va yarim oy shaklida,
bedana dog‘lari yo‘q, maskasi va yarim oy shakli bilinar-bilinmas holida.
Pillasining shakli silindrsimon, beli bukilgan, uchlari to‘mtoq, donadorligi
o‘rtacha, rangi g‘isht rang-oq, pillasining o‘rtacha og‘irligi 2 gr, ipakdorligi 17,3
foiz.
Ulung (Xitoy guruhi). Qurtlari qoramtir gilam rangda. Pillasi dumaloq, oq
rangli, ko‘kimtir ottenkali, pillasining o‘rtacha og‘irligi 1,53 gr, ipakdorligi 18,9
foiz.
Lung-Chao (Xitoy guruhi). Qurti gorbate, rangi och kulrang va qoramtir,
kulrang yarim oy shakli, pillasi silindrsimon forma- da, beli bukilgan, uchi
ingichka o‘tkir uchli. Donadorligi mayda va o‘rta, rangi oq, pillasining o‘rtacha
og‘irligi 1,42 gr, ipakdorligi 17,2 foiz.
Yaltiroq (Xitoy guruh). Qurtlari yaltiroq, maskasi yo‘q, yarim oy shakli
bilinar-bilinmas ko‘rinib turadi, pillasi dumaloq, beli bukilmagan, donadorligi
o‘rtacha, rangi oltin rangda, pillasining o‘rta og‘irligi 1,53 gr, ipakdorligi 16,0 foiz.
Limonli qurt (genetik guruh). Qurtlari limon rangida, pillasi silindr
shaklida, oq, pillasining og‘irligi 1,7 gr, ipakdorligi 18,2 foiz.
Yapon ko‘k rangli qurt (Yapon guruhi). Qurtlari maskasi yo‘q, yarim oy
shakli ozgina bilinadi, rangi oqish ko‘k rangda, pillasi silindrsimon shakli beli
bukilgan, uchi tumtoqlari va uchlilari o‘tkir, donadorligi mayda va o‘rtacha, rangi
oq, pillasining o‘rtacha og‘irligi 1,4 gr, ipakdorligi 12,8 foizlari uchrab turadi.
Oq pilla-1 (Yapon guruhi). qurtlari maskali va yarim oy shaklida, ozgina
bedana rangda, pillasining shakli silindrsimon beli bukilgan, uchlari to‘mtoq,
donadorligi o‘rtacha, pillasi oq rangda, o‘rtacha og‘irligi 1,5 gr, ipakdorligi 20 foiz.
Oq pilla-2 (Yapott guruh). Qurtlari maskali va yarim oy shak- lida, bedana
Ilmiybaza.uz
rangda, pillasi dumaloq cho‘zilgan, beli bukilmagan, donadorligi o‘rtacha, rangi
oq, pillasining o‘rtacha og‘irligi 1,5 gr, ipakdorligi 19,4 foiz.
SANIISH-8 (SANIISH guruhi). Qurtlari maskali va yarim oy shaklida,
bilinar-bilinmas ko‘rinadi, pillasining o‘rtacha og‘irligi 1,77 gr, ipakdorligi 22,2
foiz.
SANIISH-9 (SANIISH guruhi). Qurtlari oq, maskali va yarim oysimon
bilinar-bilinmas bedana rangida. Pillasi dumaloq, oq ran- gli, donadorligi o‘rtacha,
pillasining o‘rtacha og‘irligi 1,68 gr, ipakdorligi 22,3 foiz.
Alpiys (Yevropa guruhi). Qurtlari maskali va yarim oysimon oq rangli,
ko‘kimtir ottenkali, pillasi silindrsimon shaklda beli bukil- gan, uchlari to‘mtoq,
donadorligi o‘rtacha oq pushti rang, pillaning o‘rtacha og‘irligi 1,6 gr, ipakdorligi
19 foiz.
Askoli (Yevropa guruhga kiradi). Askoli zoti Italiyadan olingan. Jahon
ipakchiligida mashhur bo‘lgan zot, u toza va duragay holida boqiladi. Qurtlari
maskasiz yarim oy shaklida, tanasining rangi kremali, yuqori hayotchanlikka
egaligi bilan ajralib turadi. Pillasi silindrsimon ozgina beli bukilgan, uchlari
tumtoq, donadorligi o‘rtacha, rangi (blanjivali) och qizgish, pillasining o‘rtacha
og‘irligi 1,87 gr, ipakdorligi 16 foiz.
Sevans (Yevropa guruhi). Qurti maskasiz, yarim oysimon, oq rangda
kulrang ottenkali, pillasi silindrsimon shaklda, beli ozgina bukilgan oq rangda,
donadorligi mayda va o‘rtacha, pillasining o‘rtacha og‘irligi 1,62 gr, ipakdorligi 17
foiz.
Yangi oq (Yevropa guruhi). Qurtlari maskali va yarim oysimon, oq rangda,
pillasi mayda, dumaloq shaklda, ozgina beli bukilgan, rangi oq pillaning o‘rtacha
og‘irligi 1,8 gr, ipakdorligi 16 foiz.
Evropa-17 (Yevropa guruhi). Qurtlari maskali, yarim oysimon va bedana
rangida, tanasi ko‘kimtir, pillasi silindrsimon shaklida beli bukilgan, uchlari
to‘mtoq, donadorligi o‘rtacha va mayda, rangi oq. Pillaning o‘rtacha og‘irligi 1,84
gr, ipakdorligi 15,9 foiz.
Bione (Yevropa guruhi). Qurtlari maskali va maskasiz, yarim oysimon,
Ilmiybaza.uz
hamda oysimonlari yo‘q. Pillasi dumaloq shaklda, beli qisilmagan, uchlari
to‘mtoq, donadorligi o‘rtacha, rangi ola-bula aralash. 0‘rtacha pillasining og‘irligi
1,68 gr, ipakdorligi 16 foiz.
Pastelin (Yevropa guruhi). Qurtlari maskasiz, yarim oysimon, oq rangda,
pillasi silindr shaklida beli bukilgan, uchlari to‘mtoq, donadorligi 0‘rtacha, rangi
ola-bula aralash. Pillasining 0‘rtacha og‘irligi 1,8 gr, ipakdorligi 15,8 foiz.
Oro (Xitoy guruhi). Qurtlari oq, maskasiz va yarim oy shaklida, pillasi
dumaloq, beli bukilmagan, uchlari to‘mtoq, donadorligi 0‘rtacha va mayda, rangi
oltin rangda tovlanadi, pillasinig 0‘rtacha og‘irligi 1,41 gr, ipakdorligi 18,2 foiz.
Xankou (Xitoy guruhi). Qurtlari oq, maskasi yo‘q va yarim oy shaklida,
pillasi dumaloq, beli bukilmagan, uchlari to‘mtoq, donadorligi o‘rtacha, rangi och
rangda. Pillasinig o‘rtacha og‘irligi 1,61 gr, ipakdorligi 15,6 foiz.
Shantung (Xitoy guruh). Qurtlari oq, maskasi yo‘q va yari oy shaklida,
pillasi uzunchoq, beli bukilmagan, pillasinig bir tomoni utkir uchli, donadorligi
mayda, rangi ola-bula (blanjeviy). Pillaning o‘rtacha og‘irligi 1,15 gr, ipakdorligi
13,1 foiz.
Sussk 17 (Xitoy guruhi). Qurtlari oq rangda, maskasiz va yarim oy shaklida.
Pillasi dumaloq, beli bukilmagan, uchlari to‘mtoq, donadorligi o‘rtacha, rangi oq,
pillasinig 0‘rtacha og‘irligi 1,58 gr, ipakdorligi 20,4 foiz.
Xitoy-110 (Xitoy guruhi). Qurtlari aralash, oq va kulrang. Pillasi silindr
shaklida beli bukilmagan, rangi oq, donadorligi mayda. Pillaning 0‘rtacha og‘irligi
1,6 gr, ipakdorligi 18,9 foiz.
Sferiko (Yevropa guruhi). Qurtlari maskali va maskasi yo‘q yarim oy
shaklida bilinar-bilinmas, tanasining rangi (kremovatiy) kremli. Pillasi dumaloq,
beli bukilmagan, donadorligi o‘rtacha, og‘irligi 1,33 gr, ipakdorligi 14,9 foiz.
Xitoy 1-40 (Xitoy guruhi). Qurtlari oq, maskasiz va yarim oy shaklida, beli
bukilmagan, uchlari to‘mtoq, donadorligi 0‘rtacha, rangi ko‘k rangda. Pillasining
o‘rtacha og‘irligi 1,7 gr, ipakdorligi 17 foiz.
Xitoy-28 - (Xitoy guruh). Qurtlari oq rangda, maskali va yarim oy shaklida.
Ilmiybaza.uz
Pillasi silindrsimon shaklida, ozgina beli bukilgan, donadorligi mayda, rangi oq.
Pillasining o‘rtacha og‘irligi 1,6 gr, ipakdorligi 23,9%.
Jen-3 (Xitoy guruhi). Qurtlari oq rangli, maskali va yarim oy shaklida.
Pillasi oq, uzunchoq ozgina beli qisilgan, o‘rtacha og‘irli- gi 1,88 gr, ipakdorligi
20,3 foiz.
Koreya-108. Qurtlari oq maskali va maskasiz, yarim oy shaklida bilinar-
bilinmas ko‘rinadi. Pillasi dumaloq shaklda, uchlari to‘mtoq, beli bukilmagan,
donadorligi o‘rtacha, rangi oq. Pillasining o‘rtacha og‘irligi 1,56 gr, ipakdorligi
19,9 foiz.
Koreya-011. Qurtlari ko‘k oqish rangli maskali va yarim oy shaklida.
Pillasining shakli silindrsimon, beli bukilmagan, donadorligi o‘rtacha, rangi oq.
pillasining o‘rtacha og‘irligi 1,56 gr, ipakdorligi 17,1 foiz.
Alohida retsessiv mutatsiyali tizimlar Yaponiyadan olingan bo‘lib, ulami V.
A. Strunnikov genetik tizimlar guruhiga qo‘shganlar.
Qizil grena (genetik guruh). Qurtlari tanasi ozgina yaltiroq, bu genetik
retsessiv mutant Yaponiyadan olingan.
Oq rangli tuxum (belaya grena), sarg‘ish qurtlar jigarrangli, Qurtlari katta
yoshga o‘tganda oq sutsimon rangda, maskasi yo‘q.
Savollar:
1. Ipak qurti seleksiyasi nima?
2. Naslchilik ishlarining vazifasi?
3. Ipak qurtining qanday zot va duragaylarini bilasiz?
4. Urug‘chilik korxonalarining vazifasi nima?
5. Urug‘ tayyorlash jarayonlari nima?