IPAK QURTI URUG‘CHILIGI (Tut ipak qurti urug‘chiligi korxonasini tashkil etish, Naslli qurtlar boqiladigan tumanlarni tashkil etish)
Yuklangan vaqt
2024-05-08
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
283,5 KB
Ilmiybaza.uz
IPAK QURTI URUG‘CHILIGI
Reja:
1.
Tut ipak qurti urug‘chiligi korxonasini tashkil etish
2.
Naslli qurtlar boqiladigan tumanlarni tashkil etish
Ilmiybaza.uz
Sog‘lom, hayotchanligi yuqori va kelgusida mo‘l hоsi 1 beradigan urug‘lar
tayyorlash uchun amalga oshiriladigan ilmiy, biologik va ishlab chiqarish
jarayonlari umumiyligiga tut ipak qurti urug‘chiligi deyiladi. Urug‘ tayyor
lashning ishlab chiqarish va biologik jarayonlariga quyidagilar kiradi:
1. Yuqori sifatli naslli pillalar olish uchun optimal sharoitlarda naslli qurtlarni
boqishni tashkil etish;
2. Yuqori sifatli urug‘1 olish uchun dastlab naslli pillalami va undan keyin
kapalaklarni sinchkovlik bilan ketma-ketlik asosida tanlash;
3. Faqat sog'lom urug‘1 qo'ymalarini tanlab olish maqsadida kapalaklarni
kasallikka chalingan yoki chalinmaganligini mikroskopda tekshirish;
4. Urug‘larni bahorda tarqatgunga qadar ularni mexaniq tozalash va har xil
bosqichlari (stadiyalari)da ularni saqlash.
Ishlab chiqarishda uch turdagi, superelita, elita, (naslli) va sanoat urug‘lari
tayyorlanadi. Superelita, elita, (naslli) urug‘lar pillachilik naslchilik stansiyalarida,
sanoat urug‘lari esa urug‘chilik korxonalarida tayyorlanadi.
Bizning Respublikamizda sog4om urug‘lar tayyorlashni maksimal darajada
ta'minlaydigan (albatta, bu usul ishlab chiqarishda to^'ri joriy etilganda) urug‘
tayyorlaslining sellyo‘lar usuli qo’llaniladi. Sellyo‘lar urug‘1 tayyorlash usulining
asosida, har bir kapalak tashlagan urug‘1 qo‘ymalaridan alohida va mikroskopik
tekshiruvdan keyin faqat sog'lom, pebrina kasali bilan kasallanmagan kapalaklar
urug‘larini tanlab olish yotadi. 1868-yilda L. Pasterga ipak qurtining pebrina bilan
kasallanish yo^larini aniqlash nasib etdi va u shu bilan, sog‘lom ona kapalaklar
hech qachon pebrina bilan zararlangan urug‘lar tashlamasligini va bu kasallikning
avloddan-avlodga berilishini isbotladi.
Hozirgi vaqtda, urug‘chilik korxonalarida ona kapalaklarni izolatsiya
qilishda sovun emulsiyasi bilan bo'yalgan teshik pergament qog'ozlardan tikilgan
xaltachalardan foydalaniladi va faqat ona kapalak kasallikka chalinganligini
aniqlash uchun uni mikroskopda tekshiriladi. Izolatsiya xaltachalariga kapalaklar
naslchilik stansiyalarida 1—2 tadan, urug‘chilik korxonalarida 3—5 tadan solinadi,
Ilmiybaza.uz
bu usul haqida keyingi mavzularimizda yanada batafsilroq to‘xta!inadi.
Tut ipak qurti urug‘chiligi korxonasini tashkil etish
Tut ipak qurti urug‘chiligi korxonasini tashkil etishga ma’lum bir talablar
qo'yiladi. Urug‘chilik korxonasi joylashadigan joy topografik jihatdan shunday
boTishi kerakki, u korxonaning rejali ishlashini ta’minlasin, ya'ni urug‘chilik
korxonasining naslchilik xo‘jaj|klari togTi, tog' oldi va pastgi 3 xil zonada bo'lishi
hamda ob-havosidagi farq tut bargining rivojlanish muddatlaiining har xil boTishi,
naslli pillalarning ketma-ketlikda me’yorida kelishini ta’minlaydi, bu esa ko'p
jihatdan urug‘chilik korxonasida tayyorlanadigan mahsulotning raiqdor va,
ayniqsa, sifat ko‘rsatgichlarini yaxshilashda asosiy shartlardan hisoblanadi.
Urug‘chilik korxonasi tashkil etishda va uning imkon qadar har xil iqlim
zonalarida joylashgan naslchilik xo‘jalklarini tanlashda asosiy shartlaridan biri,
xo'jaliklarning korxonaga nisbatan oraliq masofasidir, chunki masofa qanchalik
yaqin boTsa, naslli pillalar shunchalik zarar yetmasdan, urinmasdan, yaxshi
ahvolda korxonaga yetib keladi, bunda pillalar ot aravada tashilganda oraliq
masofaning 10-15 km va avtotransportda tashilganda 25-30 km dan ko‘p
boTmasligi maqsadga muvofiqdir.
Yuqoridagilardan tashqari, urug‘chilik korxonasi tashkil etiladigan joyda
yetarli darajada mavsumiy ishchilar zahirasi boTishligi inobatga olinishi kerak.
Urug‘chilik korxonalarining umumiy ish faoliyati sanoatda boqish uchun
urug‘ tayyorlashdan, respublikamiz viloyatlaridagi fermer xo‘jaliklarini ipak qurti
urug‘i bilan ta’minlashdan iborat.
Bu umumiy ishlarni bajarish uchun urug‘chilik korxonalari, birinchidan,
faqat rayonlashtirilgan zot va duragaylaming urug‘ini tayyorlashi, ularda yuqori
biologik. texnologik xususiyatlari va belgilarini saqlab qolishlari kerak.
Shuningdek, naslli qurtlarni boqishni o‘tkazish bilan birga pilla partiyalarini
tanlash, alohida pilla, kapalak va urug‘* to'plamlarini hamda urug‘ partiyasini
tanlash, shuningdek, urug‘ tayyorlashning har bir bosqichida eng qulay ekologik
sharoitni yaratishdan iboratdir.
Ikkinchidan, yuqorida aytilgan ishlarning hamma bosqichida korxonada
Ilmiybaza.uz
avvalo ipak qurtining eng xavfli kasalligi pebrinaga qarshi doimiy ko‘rashishdan,
g‘umbak yoki kapalagida pebrina kasalligi boTgan, nuqsonli va kasal
kapalaklarning urug‘ to'plamini yaroqsizga chiqarish, binolarni, foydalanilgan
asbob-uskunalarni dezinfeksiya qilish hamda boshqa oldini olish, ya'ni profilaktik
choralarini bajarishdan iborat.
Shunday sxemaga muvofiq har bir urug‘ tayyorlash korxonasi o‘z tashkiliy
tuzilishida eng avvalo naslli material yetishtiradigan bazasiga ega bo’ladi.
Hozirgi vaqtda naslchilik rayoni shunday baza hisoblanadi va unga naslli
qurtlarni boquvchi bir qator hududlar kiritiladi.
Urug‘chilik korxonalari urug‘ni faqat naslchilik rayonida yetishtirilgan
pilladan tayyorlaydi, ammo naslli qurtlarni boqish bunday naslchilik rayonlarida
fermer xo'jaliklari ishchilarining xonadonlarida o'tkazilmoqda. Demak, har bir
shunday rayonda kamida 1500 tagacha naslli qurt boquvchi xonadon bor, bu esa
qurt boqishni boshqarish ishlarini ancha qiyinlashtiradi.
Naslchilik rayonida ekologik sharoitning har xil bo‘lishi, pillalarning tashqi
tuzilishi va fiziologik xarakteristikasi turlicha bo'lgan, shuningdek, qurt boqish
davrida uning kasallanishi to'g'risida kerakli aniq ma’lumotlarning bo'lmasligi,
naslchilik rayonidan ko‘p miqdorda kichik pilla guruhlarini olishga to'g'ri keladi.
Shu bilan birga qurt boqish daromad keltirishini ta’minlash zarurligi yangi
zot va duragaylarni ishlab chiqarishga kengroq tatbiq qilishni qiyinlashtirmoqda,
ular ayrim vaqtda o‘zining genetik tabiati (yaratilishi) bo‘yicha yuqori pilla hosili
bermaydi, bu esa naslchilik rayonida bunday pilla materialining ko‘payishini va
pilla yetishtiruvchilarning manfaatdorligini kamaytiradi. Bular. oxir oqibatda
urug‘chilik korxonalarining naslchilik bazasini qayta tashkil qilish zarurligiga olib
keladi, shuning uchun ham hukumatimizning pillachilik to‘g-risidagi keyingi
qarorlarida urug‘chilik korxonalari uchun yetarli miqdorda hududlar ajratib berish
va u xo‘jaliklarda urug‘chilik texnologiyasi talablari asosida ishni tashkil qilish
ko'rsatib o'tilgan.
Duragay urug‘lari tavyorlashning ikkinchi asosiy tarkibiy qismi urug‘chilik
korxonasining o'zida. Bu yerda naslli pillalarni qabul qilish, sifatini belgilash,
Ilmiybaza.uz
saralash, jinslarga ajratish, chatishtirish, urg‘ochi kapalaklarni izolatsiya qilish,
mikroskopda tekshirish, urug‘larga ishlov berish va qish davrida saqlash ishlari
o’tkaziladi.
Urug‘chilik korxonalarida urug‘ tayyorlashning sharoitlariga va pebrina
kasalligiga qarshi kurasbish usuliga, tayyorlanadigan duragay urug‘* tarkibiga
hamda shu urug‘dan foydalanishga qarab har xil texnologik usullar qo’llaniladi.
Eng avvalo, urug‘ zotining tarkibiy qismiga qarab birmuncha texnologik
farqi aniqlanadi. Agarda sof zotning urug‘i tayyorlanadigan bo'Isa. tayyorlash
jarayoni ancha qisqaradi, agarda duragay urug‘1 (oddiy va murakkab duragaylar)
tayyorlansa, unda texnologik jarayonlar murakkablashadi. Ikkinchi aniqlovchi
davr, urug‘ni pebrina kasalligidan xoli qilishning tanlangan usuli hisoblanadi.
XIX asrning o‘rtalarigacha quit urug‘ini pilla yetishtiruvchilarning o'zlari
(kelasi yili shaxsiy boqishi uchun o‘zlariga kerakli miqdorda) yoki kichik korxona
egalari kelasi yili bahorda mahalliy bozorda sotish uchun tayyorlardilar. Ikkala
holda ham urug‘ tayyorlash uchun ajratib olingan pillalar tekis yuzaga yoyib
qo‘yiladi (stol ustiga, so'rilarga, savatlarga), ulardan chiqqan kapalaklar esa
juftlashganidan so'ng ajratilib qog'oz varag‘iga yoki dokaga o'xshash matoga
qo'yiladi, bu yerda kapalaklar urug‘ qoldiradi. Uni to'plab yoki ko‘chirib olib,
suvda yuvgach quritishar va bahorgacha saqlab, so‘ng sotishar edi.
Har bir kapalakni alohida ajratmasdan xaltachalarga, stakanchalarga va
boshqa idishlarga bunday solish urug‘ tayyorlashning sanoatlashgan deb
nomlangan oddiy usuli, ayrim vaqtda va hozir ham naslli pillalari pebrina bilan
kasallanishi deyarli uchramaydigan urug‘chilik korxonalarida qo‘llaniladi. Ammo
tajriba shuni ko'rsatadiki, bunday usulni bir necha yil muntazam qo‘llash va,
ayniqsa, urug‘ tayyorlashda pebrinaga qarshi tekshirishni bo'shashtirish (pebrinaga
qarshi qurt boqish, pillalarni qabul qilish vaqtida olingan namunadagi g'unibak,
kapalak hamda tayyorlangan urug‘dan olingan namunalar bo‘yicha tekshiriladi)
qurt boqishda, bu, kasallikning birdan avj olishiga sabab bo'ladi, chunki naslchilik
uchastkalaridan keladigan naslli pillalardan korxona o'zi uchun urug‘ tayyorlaydi.
1 rasm. Sellyular usulda duragay urug;
Ilmiybaza.uz
Natijada urug‘ni davlat nazoratidan o'tkazilganda. uni pebrina bilan kuchli
kasallanganligi aniqlanadi va bunday kasallangan hamma urug‘lar yo'qotiladi.
Shuning uchun ham pilla yetishtiruvchi ko‘pgina davlatlarda urug‘ tayyorlashning
bunday usulini qo‘llashdan voz kechilgan.
L. Paster tomonidan taklif qilingan kasallikdan xoli bo‘lgan urug‘
tayyorlashning ikkinchisi - sellyo‘lar usuli hisoblanadi.
XIX asrning o'rtalarida, oldin Yevropa ipakchiligi, keyin Osiyo
mamlakatlarining ipakchiligida qurtning eng xavfli kasalligi bo'lgan pebrina keng
tarqaldi (ma’lumki, bu kasallikni qo‘zg‘atuvchilar avloddan avlodga urug‘ orqali
o‘tadi).
Oqibatda. tabiiy ipakni ishlab chiqarish keskin kamaydi va bu kasallikka
qarshi ko‘rashish usulini topish zarur bo'lib qoldi. Mashhur fransuz olimi, hozirgi
zamon mikrobiologiya fanining asoschilaridan biri Lui Paster tomonidan taklif
qilingan choralardan biri urug‘ tayyorlashning sellyo‘lar usuli hisoblanadi
Sellyo‘lar usuli shundan iboratki, har bir urg'ochi kapalakni erkak
kapalakdan ajratilgandan keyin qandaydir alohida izolatorga: qog‘oz yoki doka
xaltachaga, qog'oz yoki metall stakanchalarga va boshqalarga joylashtiriladi.
Bunda urg‘ochi kapalak urug‘ (tuxum) qoldiradi. Keyin har bir kapalak
mikroskopda tekshiriladi va agarda ularda pebrina kasalligini qo‘zg‘atuvchi spora
topilsa, unda kapalak tomonidan qoldirilgan urug‘lar butunlay yo'qotiladi, ya’ni
kuydirib tashlanadi. Bu usulning bir necha xili mavjud bo-lib, ular kapalaklarni
izolatsiya qilish usuli bilan, izolatsiyaning zichligi va mikroskopda tekshirish
texnikasi bilan bir-biridan farq qiladi. Ammo bu usulning asosiy mohiyati
kapalaklarni mikroskopda tekshirish va kasallangan urug‘larni yo‘qotish
hammavaqt ham saqlanib qoladi. Bu usulning har xilligi to'g'risida darslikning
tegishli qismiarida kerakli ma’lumotlar berilgan. Mikroskopda tekshirishning
zarurligi shu kabi zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan yirik urug‘chilik
korxonalarini tashkil qilishni zarur qilib qo‘ydi. Shunday qilib, L. Pasterning
taklifi, urug‘chilik korxonalarining yaratilishi va rivojlanishi uchun asos bo‘lib
xizmat qildi va u faqat pebrinaga qarshi muvaffaqiyatli ko‘rashishdan tashqari o‘zi
Ilmiybaza.uz
bilan birga naslli material olishning tashkiliy formalari va texnologiyasini, qayta
ishlash hamda fiziologik holatini yaxshilash, ipak qurtining hamma rivojlanish
davrlarida ekologik me’yorlarni amalga oshirish va o‘rnatish yo‘li bilan zotlar
tarkibini yaxshilashdan iboratdir.
Ammo L. Paster tomonidan tavsiya etilgan usul pebrinaga qarshi
ko‘rashishning mexaniq usuli hisoblanadi, bunda kasallangan urug‘lar — tuxumlar
mexaniq ravishda yo'qotiladi.
Professor E. Poyarkov tomonidan pillalarni qizdirish yo‘li bilan urug‘
ichidagi kasallik qo'zg‘atuvchi sporani yo'qotish uchun biologik usul taklif qilindi.
Akademik Astaurov shu maqsadda yangi qoldirilgan urug‘ni issiq suvda
qizdirishni taklif etdi. Bu ikkala usul ham kapalaklarni mikroskopda tekshirishdek
eng ko‘p mehnat talab qiladigan ishni amalda chetlab o‘tadi. Ammo ikkala
usulning ham muhim kamchiligi shundan iboratki, pilla va urug‘ issiqlik bilan
ishlov berilganda kasallik qo‘zg‘atuvchini yuz foiz o‘lishiga erishib bo‘lmaydi va
ishlov berilgandan keyin ham kasallik qoldigM namoyon bo'ladi. Shuning uchun
ham bu usullarni ehtiyotlik bilan amalga oshirish zarur.
Shunday qilib, urug‘ni tayyorlash texnologivasi eng avvalo pebrinaga qarshi
ko‘rashish usuliga bog‘liqdir, keyin undan qanday sof zot yoki duragay urug‘
tayyorlanishiga bog‘liq. Agarda birinchisida, bitta zotning kapalaklarini
juftlashtirish zarur bo'lsa, ikkinchisida esa. agarda duragayning birinchi avlodi
tayyorlanayotgan bo'Isa, juftlashtiriladigan urg'ochi va erkak kapalaklar har xil
zotlardan bo‘lishi kerak.
Agarda uch duragay (triduragay) yoki murakkab duragayning (tetraduragay)
urug‘i tayyorlanadigan bo'lsa, urg'ochi va erkak kapalaklar har xil zotlardan yoki
duragaylardan bo'lishi lozim.
Urug‘ tayyorlashning qator texnologik xususiyatlari uni tayyorlash
mavsumiga va foydalanish davriga bog'liqdir. Agarda shu yili takroriy qurt boqish
uchun urug‘ tayyorlanadigan bo'lsa, urug‘lar qisqartirilgan qishlovga qo'yiladi va
ular sun'iy jonlantiriladi; bahorgi pillalardan tayyorlangan urug‘larni kelgusi yili
takroriy qurt boqishda foydalanilsa, ularni uzaytirilgan qishlovga qo'yish talab
Ilmiybaza.uz
qilinadi.
Mazkur darslikning keyingi bob va boiimlarida urug‘ tayyorlashda har bir
texnologik jarayonlarning asosiy qoidalari batafsil bayon etiladi.
Naslli qurtlar boqiladigan tumanlarni tashkil etish
Urug‘chilik korxonalarining naslchilik rayonlarini tashldl etishda ikkita
asosiy mezonga amal qilinadi:
1) naslli qurtlarni boqish uchun tabiiy iqlim sharoiti yaxshi bo'lgan va ipak
qurtini o'sib rivojlanishi uchun mo'tadil ob-havoga ega bo'lgan rayonni tanlash;
2) naslchilik hududlari urug‘chilik korxonalari toraonidan puxta o'rganilgan va
kelgusida naslli ipak qurtlari boqishni yaxshi tashkil etish imkoniyatini beradigan
bo'lishi kerak.
Naslchilik rayonini tanlashga juda jiddiy e’tibor qaratish lozim, chunki u bir
yilga tanlanmaydi, balki uzoq yillar, hattoki urug‘chilik korxonasining mavjud
bo'lgan butun davriga xizmat qilishi nuqtayi nazaridan tanlanadi. Shuning uchun,
ehtimoli bo'lgan tashkiliy xatoliklarga yo'l qo'ymaslik maqsadida naslli qurtlarni
joylashtirishning ikki yoki uchta variantini sinab ko'rish talab etiladi. Mo'ljaldagi
tumanlarda sinov ishlarini urug‘chilik korxonasi mutaxassislari nazorati ostida, u
yerda boqilayotgan sanoat ipak qurtlarida yoki naslli urug‘lardan jonlantirilgan
qurtlarda o'tkazish mumkin. Har bir rayon bo'yicha, oldindan pillachilikning ahvoli
to'g'risidagi, jumladan pilla hosildorligi, ipak qurtlarini har xil kasalliklari, ayniqsa.
pebrina kasali bilan kasallanish darajasi, yetishtirilayotgan pillalarning sifati va
oziqa bazasining ahvoli to'g'risidagi ma’lumotlarni to'plash kerak, shundan
keyingina tanlash imkoniyati yuqoridagi ko'rsatgichlar bo‘yicha yaxshi natija
ko‘rsatgan rayon va xo‘jalikka beriladi.
Naslli ipak qurti boqish mumkin deb tanlangan rayon yoki xo'jalikda
quyidagi masalalar yanada chuqurroq o‘rganiladi:
1) xo‘jalik va uning iqtisodiyoti to'g'risida umumiy ma’lumotlar;
2) pillachilikda zarur bo'ladigan ishchi kuchining yetarliligi;
3) ipak qurti oziqa bazasining miqdori va hosildorligi;
4) naslli ipak qurtlari boqish uchun mo‘ljallangan binolarning holati va
Ilmiybaza.uz
maydoni;
5) mazkur xo'jalikda oldingi yillarda pilla hosildorligi bo'yicha erishilgan
natijalar va uni kelgusida yanada oshirish imkoniyatlari;
6) oldingi yillarda, tut ipak qurti kasalliklarining bo'lgan yoki bo‘l-
maganligining ahvoli;
7) ipak qurtlari boqish texnikasi va usullarini aniqlash hamda uni
takomillashtirish imkoniyatlari;
8) boqiladigan ipak qurti zotlariga qarab oldingi yillarda boqilgan ipak qurtlari
miqdori.
Olingan ma’lumotlarga asosan agronom mutaxassislarga qo‘llanma bo‘lib
xizmat qiladigan naslchilik rayoni yoki xo‘jaligining pillachilik bo‘yicha kartasi
tuziladi. Bundan tashqari, har bir naslchilik xo‘jaligi, fermer va qurt boquvchi
xonadonlar bo‘yicha kerakli ma'lumotlarni qayd yetib boruvchi maxsus jurnallar
yuritiladi. Urug‘chilik korxonalarining naslchilik xo'jaliklarini tashkil etish
bo‘yicha keyingi barcha ishlari, naslli qurtlarni boqishda mo‘tadil (normal)
sharoitlar yaratilishiga qaratilishi kerak.
Bahorgi ipak qurti boqish mavsumiga tayyorgarlikda dastlab har bir fermer
xo'jaligi va umuman hudud (xo‘jalik) bo‘yicha naslli ipak qurtlari boqish hajmlari
belgilanadi, shunga qarab urug‘ taqsimoti va inkubatoriyalar tashkil etiladi,
qurtxonalar tayyorlanadi (dezinfeksiya va jihozlash) va jonlangan qurtlar
tarqatiladi.
Ipak qurti boqish va yuqori sifatli naslli pillalar olishga qaratilgan barcha
tadbirlarga urug‘chilik korxonasi mutaxassislari rahbarlik qiladi. Shuningdek,
urug‘chilik korxonasi rahbarligi ostida, yil davomida mazkur xo'jalikda pillachilik
va tutchilik bo'yicha yirik ishlar amalga oshirilib boriladi (inkubatoriyalar,
qurtxonalar qurish, tutzorlar tashkil etish va boshq.).
Urug‘larni naslchilik xo'jaliklariga tarqatishni tashkil etish naslli qurtlarni
boqish hamda naslli pillalarni urug‘chilik korxonasiga rejaga asosan ketma-
ketlikda kelishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega, chunki sifatli va
yo'qotishlarsiz urug‘ tayyorlash uchun tuzilgan texnologik kartadagi ish
Ilmiybaza.uz
jarayonlarining to‘g‘ri bajarilishini ta'minlash aynan shunga bogiiq. Shuning uchun
ham urug‘chiiik korxonalari naslli urug‘larni naslchilik xo‘jaliklariga kamida ikki
yoki uch bosqichda tarqatadilar va shunda naslli pillalarni urug‘chilik korxonasiga
kelishi 2- rasmda ko'rsatilgan sxemadagi ko'rinishga ega bo'ladi.
Naslchilik uchastkalarida faqat naslchilik stansiyalari yoki ilmiy tashkilotlar
tayyorlagan elita urug‘lari boqilishi mumkin.
Urug‘chilik korxonalarining agronom xodimlari naslchilik uchastkalarida
inkubatoriyani tashkil etadi va unga xizmat qiladi. Bitta inkubatoriyada 100
qutidan ortiq bo'lmagan va faqat bitta zot yoki bir tomonlama chatishtiriladigan
duragayning urug‘i rejalashtirilishi kerak.
Agarda juda zarur bo'lib qolsa, qoidadan tashqari bitta inkubatoriyada ikki
zot (yoki ikki duragay) urug‘ini rejalashtirish mumkin, ammo bu vaqtda har bir zot
(yoki duragay) alohida jonlantirilishi kerak.
Duragay urug‘ tayyorlashdagi chatishtiriladigan zot va duragay kapalak
larining bir vaqtda chiqishi hamda urug‘chilik korxonasiga pillalarning rejali
kelishi uchun quyidagilarga amal qilinishi shart: chatishtiriladigan zot va duragay
lar rivojlanish davrlarining cho'zilishini hisobga olib urug‘larni inkubatoriyaga
qo‘yish, shu bilan bitta zona ichida qurtlarni taxminan bir xil bo'laklarda 1-2 kun
oraligida tarqatish yoki shu zonada qurtlarni tarqatishning umumiy cho'zilishi 6-9
kundan oshmasligi kerak. Agarda hamma naslchilik rayoni (xo'jaligi) bitta iqlim
sharoitiga joylashgan bo‘lsa, urug‘larni jonlantirish uchun inkubatoriyaga
qo'yishning cho‘zilishi 8-10 kundan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Pilla yetishtirish ishlarining birinchi bosqichi urug‘larni jonlantirish –
urug‘larni hisoblanadi. Inkubatoriyaning vazifasi - urug‘larni urug‘ ichidagi
embrionning rivojlanishi uchun maqbul ekologik sharoitni yaratishdan iboratdir.
Shu bilan bu bir xil urug‘lik material olish uchun birinchi qadam hisoblanadi,
naslli qnrtni boqishga faqat birinchi kuni yalpi jonlangan qurtlar olinishi kerak.
Shuningdck. birinchi kungi jonlanish miqdori (%) elita urug‘larining sifatini
bildiruvchi ko'rsatgich hisoblanadi, naslchilik rayoni inkubatoriyaiarida faqat
naslchilik-ipakchilik stansiyalarida tayyorlangan elita urug‘lari jonlantirilishi
Ilmiybaza.uz
kerak.
Jonlantirishni o‘tkazish tartibi jonlangan qurtlarni ko'tarib olish, ularning
partiyasini tashkil qilish taxminan xuddi sanoat pillalari yetishtirish uchun
jonlantiriladigan inkubatoriyalarda bajariladigan ishlardek amalga oshiriladi,
ammo ba’zi bir xususiyatlari bilan farqlanadi.
Agarda urug‘ni sovitgichdan chiqariladigan kuni inkubatoriyaga keltirilsa.
1—2 kun +15-+18 daraja haroratda ushlab turiladi. Keyingi kunlari xabarchi
qurtlar chiqqunga qadar harorat 24 darajada qoldiriladi, havoning nisbiy namligi
esa 70-75 foiz atrofida boiadi. Birinchi qurtlar paydo bo‘lishi bilan
inkubatoriyadagi havoning harorati +25 - +26 darajaga, nisbiy namligi esa 80
foizgacha ko'tariladi.
Agarda urug‘ sovitgichdan olinganidan 2-3 kun o4gach inkubatoriyaga
keltirilsa, inkubatoriyadagi haroratni 24 darajada ushlab turiladi.
Inkubatoriyadagi harorat va nisbiy namlik psixrometr yordamida kuzatilib
yozib boriladi. Boshqa xuddi shunday psixrometr yordamida inkubatoriyadan
tashqaridagi havoning harorati va nisbiy namligi kuzatilib maxsus jurnalga qayd
yetib boriladi.
Kunning yorug‘ vaqti yetarli bo‘lmagan paytlarda (6-8 soatga cho'zilganda)
jonlantirilayotgan urug‘larni yetarli yorug‘lik bilan ta’minlash maqsadida soat 18°°
dan to 2400 gacha quvvati 100 voltdan ortiq bo'lmagan chiroq yoqiladi.
Urug‘lar oqargach, jonlantirish to‘la qorong'u sharoitda olib boriladi, qaysi
kuni jonlanadigan bo‘lsa, ertalab soat 9 dan boshlab to‘la kunduzgi yoki elektr
yorug‘da qoldiriladi va shu bilan qurtlarni urug‘dan to‘la chiqariladi.
Tarqatiladigan qurtlarning guruhi shunday tuzilishi kerakki, qurt boquv
chiga beriladigan bitta guruhga urug‘dan chiqish farqi 2—2,5 soatdan oshmagan
qurtlardan tashkil topgan boisin. Urug‘ dan chiqqan qurtlarning katta farq qilishi
qurtlarni bir tekis o'sishiga, po‘st tashlashining bir tekis o'tishiga xalal beradi va
natijada bir xildagi yuqori pilla hosili olish qiyinlashadi.
Qurtning jonlanishini tut daraxti bargining o'sishi bilan bir-biriga to'g'ri
kelishi uchun urug‘larni 3 bosqichda jonlantirish tavsiya etiladi.
Ilmiybaza.uz
Urug‘larni jonlantiriladigan muddatidan taxminan 30 kun ilgari sovitgichdan
olinadi va hamma urug‘lar markazlashgan holda (imkoniyati bor va tashkil qila
oladigan korxonalarda) urug‘chilik korxonasining bitta xonasida urug‘lar
oqargunga qadar jonlantiriladi. Shu davrda (holatida) urug‘lar yana sovit gichga
joylashtiriladi va +2+4 daraja haroratda ushlab turiladi, qachon har bir zonada tut
daraxtining bargi yetarli darajada rivojlansa, shu uchastkaga tegishli miqdordagi
urug‘lar sovitgichdan olinib, o’sha uchastkada tayyorlangan (harorati 24 darajada
bo'lgan) inkubatoriyaga joylashtiriladi. Ikki kundan keyin urug‘ jonlanadi va
qurtlar odatdagi tartibda tarqatiladi.
Nasl uchun boqishga faqat birinchi kuni yalpi jonlangan qurtlar har bir quti
uchun 19 gramm hisobida olinadi.
Shunga muvofiq inkubatoriyaga shunday miqdorda urug‘ qo'yish kerakki, u
tarqatilishi kerak bo'lgan rejadagi qutini ta'minlasin, ya’ni qutilarni tarqatish rejasi
faqat birinchi kuni jonlangan qurtlar hisobiga bajarilsin.
Bitta naslchilik xo‘jaligida bitta duragay tarkibiga kiruvchi 2-3 zot yoki
duragayning qurtini boqish mumkin, ammo xo’jalikning bitta umumiy binosida
yoki bir kishining uyida faqat bitta zot yoki duragay tarkibiga kiruvchi zotlarning
qurti boqiladi.
Bir kunda jonlangan qurtlar partiyasi bo‘yicha birlashtiriladi va tortib
og'irligi aniqlangandan keyin tarqatiladi. Bitta zvenoga yoki bitta qurt boquvchiga
faqat bir kunda jonlangan qurtlar beriladi.
Jonlanishning ikkinchi kuni jonlangan va jonlanmay qolgan urug‘lar
urug‘chilik korxonasi rahbari yoki bosh muhandisi ishtirokida kuydirilib bu haqda
dalolatnoma tuziladi. Agarda havo keskin sovisa va tut daraxtining rivojlanishini
kechiktiradigan boshqa tabiiy hodisalar ro‘y bersa, inkubatoriyadagi urug‘larning
jonlanishini orqaga surish tavsiya etiladi, buning uchun jonlantirilayotgan urug‘
oqarganidan keyin uni sovitgichda +2 — +4 daraja haroratda va havoning nisbiy
namligi 60-70 foizda kо‘pi bilan 10—15 kun saqlanadi.
Inkubatoriyalar uchun qog'oz syomniklar — to'shama qog‘ozlavdan tayyor
lanadi, bu qog‘ozlardagi teshikchalar maxsus perforatsion mashinada bajariladi (3-
Ilmiybaza.uz
rasm).
Yapon
olimlari
urug‘larni
inkubatoriyaga
qo'yish
oldidan
ularni
formalinning 2-3 foizli eritmasiga cho'ktirish yo‘li bilan 30 minut davomida ishlov
berishni tavsiya etadilar (formalinning urug‘lardagi qoldig'ini yo'qotish uchun toza
suv bilan yuviladi). Jonlantirishni amalga oshirish uchun yorug'lik tushmaydigan,
ammo luminessent yoritgichlar bilan ta'minlangan va to'la qorong‘ida bo‘lganda
uning holatini nazorat qilish uchun quvvati 20 vattli bitta qizil chiroq bilan
jihozlangan maxsus xonalar zarur. Ular urug‘larni ertalab soat 4 dan kechasi 22
gacha sun’iy yoritishni tavsiya etadilar. Urug‘larning jonlanishidan bir kun oldin
butunlay qorong'ida saqlanadi, jonlanish kuni erta bilan ularni tekis, jadal
jonlanishi uchun to‘la yorug'lik beriladi.
Urug‘larni bunday jonlantirilishi bevosita urug‘chilik korxonalarida 10000
quti yapon urug‘ini bir vaqtda jonlantirish imkonini berishligini avtishadi (ularning
har bir qutisida 20000 dona urug‘ bo‘ladi).
Shu bilan birga inkubatoriyaga qo‘yilgan urug‘larning jonlanishi ma’lum bir
qonuniyatga asoslanganligini hisobga olish kerak. Ko‘p yillik kuzatishlar
natijasida, inkubatoriyadagi urug‘laming 5%i birinchi kun, 30%i ikkinchi, 40%i
uchinchi, 20%i to‘rtinchi va qolgan 5%i beshinchi kuni jonlanib chiqishi
aniqlangan va teng partiyalarda urug‘larni qo‘yilishi hamda qurtlaming jonlanishi
quyidagi jadval ko‘rinishini olishi mumkin (1-jadval).
Urug‘larni teng partiyalarda inkubatoriyaga qo‘ygandan qurtlarning
jonlanishi (har bir partiyadagi umumiy urug‘ miqdoriga foiz hisobida)
Ilmiybaza.uz
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, bunday ketma-ketlikda jonlantirilganda,
inkubatsiya boshlangandan dastlabki to'rt kun qurtning chiqishi oshib boradi va
undan keyin oxiridan to‘rt kun qolgunga qadar bir xil davom etadi va yana oxirgi
to'rt kunda kamayib boradi.
Urug‘larni
bu
tartibda
jonlantirish
urug‘chilik
korxonasidagi
ish
jarayonlarining bir maromda ketishini ta’minlaydi.
Ko'p yillik kuzatishlar asosida quyidagi prinsiplarga asoslangan, naslli
urug‘larni rejali tarqatishda qoilaniladigan tartib ishlab chiqilgan:
1) har bir naslchilik rayoni (xo'jaligi) uchun urug‘larni tarqatishning mo'tadil
davrlarni belgilash;
2) har bir rayonda (xo'jalikda) iqlim sharoitidagi farqlardan foydalanish;
3) urug‘larni bir xil mo'tadil jonlantirish:
a) ma’lum bir muddatlarga rioya qilgan holda,
b) ma’lum bir oraliqlardan keyin (3-5 kun),
d) har bir urug‘ qo'yishda urug‘lar miqdorining bir xil bo'lishiga,
e) inkubasiya muddatlarini qisqartirish bilan:
Urug‘larni doimiy haroratda inkubatsiya qilish.
Inkubatoriya
ga urug‘larni
qo'yish
kunlari
Kunlar bo‘yicha qurtlarning chiqishi
1
2
3 4
5
6
7 8
9
10 11 12 13 14 15 16 17 18
1
S 30 40 20 5
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
2
-
5
30 40 20 5
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
3
-
-
5 30 40 20 5 -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
4
-
-
-
5
30 40 20 5
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
5
-
-
-
-
5
::o 40 20 5
-
-
-
-
-- -
-
-
-
6
-
-
-
-
-
5
30 40 20 5 -
-
-
-
-- -
-
-
7
-
-
-
-
-
-
5 30 40 20 5
-
-
-
-
-
-
-
8
-
■ - _ -■ -
-
-
5
30 40 20 5
-
-
-
-
-
-
9
-
-
-
-
-
-
-
5
30 40 20 5
-
-
-
-
10
-
. - -
-
-
-
-
-
-
5 30 40 20 5
-
-
-
-
11
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
5
30 40 20 5
-
-
-
12
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
5
30 40 20 5
-
-
13
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
5 30 40 20 5 -
14
-
-
-
-
- - -
-
-
-
-
5
30 40 20 5
5
35 75 95 100 10
0
10
0
100 10
0
10
0
100 100 10
0
100 95 65 25 5
Ilmiybaza.uz
Urug‘larni tarqatish muddatlarini belgilash uchun har bir rayon (xo'jalik)
bo'yicha ko'p yillik meteorologik va fenologik kuzatuvlar ma’lumotlari bo'lishi
kerak, shuningdek, naslli qurtlarni boqish muddatlarini to'g'ri belgilash pilladan
yuqori va sifatli hosil olishda juda muhimdir, chunki ipak qurtlari har bir yoshida
o'zining yoshiga to'g'ri keladigan barg bilan oziqlanishi kerak.
Shu bilan birga urug‘larni inkubatoriyalarda jonlantirish texnikasi quyidagi
usullarni o'z ichiga olgan :
1) inkubatoriya uchun bino tanlash va uni tayyorlash;
2) urug‘larni jonlantirish uchun inkubatoriyaga joylashtirish;
3) urug‘larni jonlantirish uchun kerakli mo'tadil ob-havo sharoitini yaratish;
4) chiqqan qurtlarni o'z vaqtida tortish va tarqatish.
Urug‘larni jonlantirishda inkubatoriyada yaratiladigan ob-havo sharoiti
asosiy o'rin tutadi, ishlab chiqarishda urug‘larni jonlantirishning ikki xil usuli
qo'llaniladi, bular doimiy haroratda va haroratni asta-sekin ko'tarib borish yo'li
bilan; respublikamizda asosan birinchi usuldan foydalaniladi.
Naslli ipak qurtlarini boqishdagi asosiy qoidalar
Yuqori sifatli urug‘ olish, ko'p jihatdan, naslli qurtlarni boqish sharoitiga
bog'liq, ularni yaxshi parvarishlash uchun shart-sharoitlarning yaratilishi esa
quyidagi qator kompleks tadbirlarni amalga oshirishni taqazo etadi:
1) ipak qurti boqish uchun binolarni tamirlash va tayyorlash;
2) ipak qurtining barcha yoshlariga kerak bo‘ladigan boqish maydoni bilan
ta’minlash;
3) ipak qurtlarining normal rivojlanishi uchun qurtxonada optimal havo
harorati, nisbiy namligi va shamollatish sharoitlarini yaratish;
4) ipak qurtining barcha yoshlariga talab etiladigan yetarli miqdorda to‘yimli
oziqa bilan ta’minlash;
5) ipak
qurtining
yaxshi
o‘sib
rivojlanishini
ta’minlaydigan
boqish
agrotexnikasini qo'llash;
6) pilla o‘rash davrida maksimal darajada mo‘tadil sharoitlarni yaratish.
Naslli ipak qurtlari boqish uchun qurtxonalar to‘g‘ri tanlanishi kerak, bir
Ilmiybaza.uz
quti ipak qurti boqiladigan qurtxonaning hajmi 100-120 m3 ni tashkil etishi va
unda harorat me’yori yaxshi saqlanadigan hamda shamollatiladigan bo'lishi kerak.
Qurt boqishga kirishish oldidan qurt boqiladigan asbob-uskunalar va
qurtxona yaxshilab tozalanadi, yuviladi hamda dezinfeksiya qilinadi. Asbob-
uskunalarga qurt boqiladigan so‘kchaklar, terilgan barglar solinadigan savatlar,
psixrometrlar, qaychilar, pichoqlar, barg kesishda foydalanadigan taxtacha, bargni
chimdib oladigan hamda uni kesadigan moslamalar va boshqa mexanizmlar kiradi.
Yuvilgan asbob-uskuna quyoshda quritilishi kerak va dastlab yuvilgan,
oqlangan qurtxonaga kiritiladi, formalin yoki monoxlorarnin bilan dezinfeksiya
qilinadi.
Qurt boqadigan binolar 3 qavatli so'kchak yoki so’rilar bilan jihozlanishi
tavsiya etiladi, qurt boqish sathi bir quti urug‘ga (19 g qurt) beshinchi yoshida
kamida 70 m2 bo‘lishi kerak.