IPAK QURTI URUG‘LARINI JONLANTIRISH USULLARI VA TARTIBI

Yuklangan vaqt

2024-05-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

76,5 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
IPAK QURTI URUG‘LARINI JONLANTIRISH USULLARI VA 
TARTIBI 
 
 
Inkubatoriyada olib boriladigan ishlarning eng mas’uliyatlilaridan bittasi 
urug‘ni jonlantirish (inkubatsiya qilish) tartibi va usullarini bilish hamda uni 
amalda to‘g‘ri bajarishdan iborat. Shuning uchun qurt urug‘ini jonlantirishda 
inkubitsiyalardan katta mahorat (tajriba), bilim va sezgirlik talab etadi. Chunki 
keyinchalik xo‘jaliklarda boqiladigan qurtlarning sog‘lom o‘sib rivojlanishi, 
kasalliklarga chidamliligi, hosildorligi va pillaning sifatli bo‘lishi qurt urug‘ining 
tartibli, inkubatsiya qoidasiga rioya qilgan holda jonlantirilishiga uzviy bog‘liq 
bo‘ladi. 
Viloyat va tumanlarning bosh pillaxona rahbarlari va yetuk mutaxassislari 
tomonidan urug‘ni inkubatsiyaga qo‘yish muddati aniqlangandan keyin, 
belgilangan kunda urug‘lar zavoddan olib kelinadi va shu vaqtning o‘zida 
inkubatoriyaga jonlantirish uchun qo‘yiladi. 
Urug‘lar, 
odatda, 
maxsus 
kassetalar 
yoki 
qog‘oz 
xaltachalarda 
inkubatoriyaga olib kelinadi. Keltirilgan urug‘lar darhol maxsus (oldindan 
tayyorlab qo‘yilgan) qutichalarga to‘kiladi. Buning uchun kassetalar bir cheti 4-5 
mm uzunlikda qirqilib, teshikcha hosil qilinadi, agar urug‘ xaltachada bo‘lsa, uning 
og‘zi ochilib, qog‘oz qutichalar yoki yog‘och romlarga yupqa qatlam qilib 
ehtiyotkorlik bilan to‘kiladi. 
Mabodo to‘kilgan urug‘ qutichaning biron joyida qalin bo‘lib qolsa, u darhol 
yoyib qo‘yiladi. Shu tartibda inkubatoriyaga keltirilgan barcha kassetalardagi 
urug‘lar to‘kilgach, har bir qutichaga tartib raqami, ipak qurtining zoti yoki 
duragayining nomi hamda uning qanday zotlardan olinganligi, urug‘ning miqdori 
yoziladi va qutichalar so‘kchaklarga tartib raqami bo‘yicha qo‘yiladi. Shu 
ma’lumotlar inkubatsiya varaqasiga ham yoziladi. Shu bilan birga, qog‘oz 
Ilmiybaza.uz IPAK QURTI URUG‘LARINI JONLANTIRISH USULLARI VA TARTIBI Inkubatoriyada olib boriladigan ishlarning eng mas’uliyatlilaridan bittasi urug‘ni jonlantirish (inkubatsiya qilish) tartibi va usullarini bilish hamda uni amalda to‘g‘ri bajarishdan iborat. Shuning uchun qurt urug‘ini jonlantirishda inkubitsiyalardan katta mahorat (tajriba), bilim va sezgirlik talab etadi. Chunki keyinchalik xo‘jaliklarda boqiladigan qurtlarning sog‘lom o‘sib rivojlanishi, kasalliklarga chidamliligi, hosildorligi va pillaning sifatli bo‘lishi qurt urug‘ining tartibli, inkubatsiya qoidasiga rioya qilgan holda jonlantirilishiga uzviy bog‘liq bo‘ladi. Viloyat va tumanlarning bosh pillaxona rahbarlari va yetuk mutaxassislari tomonidan urug‘ni inkubatsiyaga qo‘yish muddati aniqlangandan keyin, belgilangan kunda urug‘lar zavoddan olib kelinadi va shu vaqtning o‘zida inkubatoriyaga jonlantirish uchun qo‘yiladi. Urug‘lar, odatda, maxsus kassetalar yoki qog‘oz xaltachalarda inkubatoriyaga olib kelinadi. Keltirilgan urug‘lar darhol maxsus (oldindan tayyorlab qo‘yilgan) qutichalarga to‘kiladi. Buning uchun kassetalar bir cheti 4-5 mm uzunlikda qirqilib, teshikcha hosil qilinadi, agar urug‘ xaltachada bo‘lsa, uning og‘zi ochilib, qog‘oz qutichalar yoki yog‘och romlarga yupqa qatlam qilib ehtiyotkorlik bilan to‘kiladi. Mabodo to‘kilgan urug‘ qutichaning biron joyida qalin bo‘lib qolsa, u darhol yoyib qo‘yiladi. Shu tartibda inkubatoriyaga keltirilgan barcha kassetalardagi urug‘lar to‘kilgach, har bir qutichaga tartib raqami, ipak qurtining zoti yoki duragayining nomi hamda uning qanday zotlardan olinganligi, urug‘ning miqdori yoziladi va qutichalar so‘kchaklarga tartib raqami bo‘yicha qo‘yiladi. Shu ma’lumotlar inkubatsiya varaqasiga ham yoziladi. Shu bilan birga, qog‘oz
Ilmiybaza.uz 
 
qutichaning tartib raqami inkubatsiya varaqasida yozilgan tartib raqamiga mos 
kelishi shart. Urug‘ to‘kilgan qutichaning chetiga yozilgan ma’lumotlar qanday 
tartibda bo‘lishi quyidagi misolda ko‘rsatilgan: 
№ 1 
Ipakchi-lx 
Ipakchi-2 
Partiya №112 Urug‘ning massasi 58 g 163 
Inkubatsiya qoidasiga binoan, bitta inkubatoriyada turli zot yoki turli 
duragaylarni, birorta zot bilan duragay urug‘larni bir joyda jonlantirmaslik kerak. 
Agar bitta inkubatoriyada turli zot yoki duragay urug‘lari jonlantirishga 
to‘g‘ri kelsa, xonadagi javonlarning bittasiga ma’lum bir zot yoki duragayning 
urug‘i qo‘yiladi, ikkinchisiga esa boshqa zot yoki duragayning urug‘i 
joylashtiriladi. 
Odatda, ikki quti urug‘ (bir quti urug‘ 29 g) bitta qutichaga to‘kiladi. Agar 
inkubatoriyada 50 qutidan kamroq urug‘ jonlantiriladigan bo‘lsa, bitta qutichaga 
bir quti urug‘ to‘kiladi. Urug‘larni qutichaga to‘kishda quticha devorchalari bilan 
urug‘lar orasida 1,0-1,3 sm ochiq joy qoldirilishi lozim. 
Inkubatsiya qoidasiga binoan, 1 g urug‘ga 18 sm2 joy talab etilsa, bitta 
qutichaga to‘kilgan 58 g urug‘ uchun esa 1044 sm2 joy zarur bo‘ladi. U holda 
quticha ichidagi umumiy maydon 1196 sm2 ga teng bo‘ladi. 
So‘rilarning yuqori va pastki qavatlarida havo harorati 1-2°C ga farq qiladi. 
Shuning uchun ham qavatdagi urug‘larga bir xil sharoit yaratish va qurtlarning bir 
muddatda ochib chiqishini ta’minlash maqsadida qutichalarning joyi almashtirib 
turilishi kerak. 
Har kuni bir marta yuqori qavatda joylashgan qutichalarni pastki qavatga, 
pastki qavatdagisini yuqori qavatga olib turish lozim. Qutichadagi urug‘lar bir 
joyga to‘planib qolmasligi uchun bu ishni mahsus taxtachalar yordamida bajarish 
tavsiya etiladi. Pechka yoki boshqa isitkichlarga уaqin joylashgan urug‘ni ham tez-
tez almashtirib turish zarur. 
Inkubatoriyaga jonlantirish uchun qo‘yilgan urug‘ va uning murtagini 
Ilmiybaza.uz qutichaning tartib raqami inkubatsiya varaqasida yozilgan tartib raqamiga mos kelishi shart. Urug‘ to‘kilgan qutichaning chetiga yozilgan ma’lumotlar qanday tartibda bo‘lishi quyidagi misolda ko‘rsatilgan: № 1 Ipakchi-lx Ipakchi-2 Partiya №112 Urug‘ning massasi 58 g 163 Inkubatsiya qoidasiga binoan, bitta inkubatoriyada turli zot yoki turli duragaylarni, birorta zot bilan duragay urug‘larni bir joyda jonlantirmaslik kerak. Agar bitta inkubatoriyada turli zot yoki duragay urug‘lari jonlantirishga to‘g‘ri kelsa, xonadagi javonlarning bittasiga ma’lum bir zot yoki duragayning urug‘i qo‘yiladi, ikkinchisiga esa boshqa zot yoki duragayning urug‘i joylashtiriladi. Odatda, ikki quti urug‘ (bir quti urug‘ 29 g) bitta qutichaga to‘kiladi. Agar inkubatoriyada 50 qutidan kamroq urug‘ jonlantiriladigan bo‘lsa, bitta qutichaga bir quti urug‘ to‘kiladi. Urug‘larni qutichaga to‘kishda quticha devorchalari bilan urug‘lar orasida 1,0-1,3 sm ochiq joy qoldirilishi lozim. Inkubatsiya qoidasiga binoan, 1 g urug‘ga 18 sm2 joy talab etilsa, bitta qutichaga to‘kilgan 58 g urug‘ uchun esa 1044 sm2 joy zarur bo‘ladi. U holda quticha ichidagi umumiy maydon 1196 sm2 ga teng bo‘ladi. So‘rilarning yuqori va pastki qavatlarida havo harorati 1-2°C ga farq qiladi. Shuning uchun ham qavatdagi urug‘larga bir xil sharoit yaratish va qurtlarning bir muddatda ochib chiqishini ta’minlash maqsadida qutichalarning joyi almashtirib turilishi kerak. Har kuni bir marta yuqori qavatda joylashgan qutichalarni pastki qavatga, pastki qavatdagisini yuqori qavatga olib turish lozim. Qutichadagi urug‘lar bir joyga to‘planib qolmasligi uchun bu ishni mahsus taxtachalar yordamida bajarish tavsiya etiladi. Pechka yoki boshqa isitkichlarga уaqin joylashgan urug‘ni ham tez- tez almashtirib turish zarur. Inkubatoriyaga jonlantirish uchun qo‘yilgan urug‘ va uning murtagini
Ilmiybaza.uz 
 
(embrion) yaxshi va bir tekis rivojlanishi uchun xonadagi havo harorati va 
namligining, yorug‘lik hamda havo almashinish jarayonining ahamiyati kattadir. 
 
Urug‘ni jonlantirishga qo‘ygan vaqtda inkubatoriya havosining harorati 
urug‘ni inkubatoriyaga qo‘yishdan oldin saqlangan zavod binosining haroratidan 
1-2°C yuqori bo‘lishi kerak. Agar urug‘ jonlantirishdan oldin necha daraja 
haroratda saqlangani ma’lum bo‘lmasa, inkubatoriyaning boshlang‘ich harorati 
tashqaridagi soya joyning o‘rtacha bir kecha-kunduzgi haroratidan 2°C yuqori 
bo‘lishi, ammo 12-13°C dan past bo‘lmasligi kerak. Bunday keyingi kunlarda 
xonaning harorati urug‘ jonlantirish usuliga va zaruriyatga qarab ko‘tariladi. 
Ipakchilik sanoat asosiga ko‘chirilgan joylarda monovoltin (bir yilda bir 
marta nasl beradigan) zotlar va ulardan hosil bo‘lgan duragaylarning urug‘lari ikki 
usulda jonlantiriladi: 
Birinchi usul - haroratni asta-sekin oshirib borish yo‘li bilan urug‘ni 
jonlantirish. 
Ikkinchi usul - haroratni o‘zgartirmasdan, ya’ni doimiy (muayyan) darajada 
saqlash yo‘li bilan urug‘ni jonlantirish. 
Qurt urug‘ni jonlantirishning ikkinchi usuli qo‘llanilganda inkubatsiya 
muddati birinchi usuldagiga nisbatan 3-5 kunga qisqaradi. 
Haroratni asta-sekin oshirib borish usuli bahor sovuq kelgan yillarda, ob-
havo bir xil bo‘lmagan va bahorgi qattiq sovuqlar bo‘lishi yoki ertalablari sovuq 
bo‘lishi kutilgan hollarda qo‘llaniladi. Bu usul quyidagicha bajariladi: xonadagi 
havo harorati har kuni 1-2°C ga oshirib boriladi. Harorat 24°C ga yetgach, boshqa 
ko‘tarilmaydi va urug‘dan xabarchi qurtlar chiqqunga qadar saqlanadi. Urug‘dan 
xabarchi qurtlar chiqa boshlagach, harorat yana 1°C ga ko‘tariladi (25°C ga 
yetkaziladi) va qurtlarning hammasi chiqib bo‘lguncha shunday saqlab turiladi. 
Urug‘ inkubatoriyaga keltirilgunga qadar zavodda qanday haroratda 
saqlanganligiga qarab birinchi usul bo‘yicha xonadagi haroratning har kuni necha 
darajaga ko‘tarib borilishi to‘g‘risidagi ma’lumot 54-jadvalda berilgan. 
Inkubatoriyada havo haroratining asta-sekin oshirib borilishi 
Ilmiybaza.uz (embrion) yaxshi va bir tekis rivojlanishi uchun xonadagi havo harorati va namligining, yorug‘lik hamda havo almashinish jarayonining ahamiyati kattadir. Urug‘ni jonlantirishga qo‘ygan vaqtda inkubatoriya havosining harorati urug‘ni inkubatoriyaga qo‘yishdan oldin saqlangan zavod binosining haroratidan 1-2°C yuqori bo‘lishi kerak. Agar urug‘ jonlantirishdan oldin necha daraja haroratda saqlangani ma’lum bo‘lmasa, inkubatoriyaning boshlang‘ich harorati tashqaridagi soya joyning o‘rtacha bir kecha-kunduzgi haroratidan 2°C yuqori bo‘lishi, ammo 12-13°C dan past bo‘lmasligi kerak. Bunday keyingi kunlarda xonaning harorati urug‘ jonlantirish usuliga va zaruriyatga qarab ko‘tariladi. Ipakchilik sanoat asosiga ko‘chirilgan joylarda monovoltin (bir yilda bir marta nasl beradigan) zotlar va ulardan hosil bo‘lgan duragaylarning urug‘lari ikki usulda jonlantiriladi: Birinchi usul - haroratni asta-sekin oshirib borish yo‘li bilan urug‘ni jonlantirish. Ikkinchi usul - haroratni o‘zgartirmasdan, ya’ni doimiy (muayyan) darajada saqlash yo‘li bilan urug‘ni jonlantirish. Qurt urug‘ni jonlantirishning ikkinchi usuli qo‘llanilganda inkubatsiya muddati birinchi usuldagiga nisbatan 3-5 kunga qisqaradi. Haroratni asta-sekin oshirib borish usuli bahor sovuq kelgan yillarda, ob- havo bir xil bo‘lmagan va bahorgi qattiq sovuqlar bo‘lishi yoki ertalablari sovuq bo‘lishi kutilgan hollarda qo‘llaniladi. Bu usul quyidagicha bajariladi: xonadagi havo harorati har kuni 1-2°C ga oshirib boriladi. Harorat 24°C ga yetgach, boshqa ko‘tarilmaydi va urug‘dan xabarchi qurtlar chiqqunga qadar saqlanadi. Urug‘dan xabarchi qurtlar chiqa boshlagach, harorat yana 1°C ga ko‘tariladi (25°C ga yetkaziladi) va qurtlarning hammasi chiqib bo‘lguncha shunday saqlab turiladi. Urug‘ inkubatoriyaga keltirilgunga qadar zavodda qanday haroratda saqlanganligiga qarab birinchi usul bo‘yicha xonadagi haroratning har kuni necha darajaga ko‘tarib borilishi to‘g‘risidagi ma’lumot 54-jadvalda berilgan. Inkubatoriyada havo haroratining asta-sekin oshirib borilishi
Ilmiybaza.uz 
 
 
 
Inkubatsiya 
kunlari 
Urug‘ 
inkubatoriyaga 
qo‘yilgunga 
qadar saqlangan harorat, °C 
8°C 
10°C 
I2°C 
Urug‘ inkubatsiya qilinayotgan harorat, 
°C 
Birinchi 
10 
11 
13 
Ikkinchi 
12 
12 
14 
Uchinchi 
13 
13 
15 
To‘rtinchi 
14 
14 
16 
Beshinchi 
15 
15 
17 
Oltinchi 
16 
16 
18 
Yettinchi 
17 
17 
19 
Sakkizinchi 
18 
18 
20 
To‘qqizinchi 
19 
19 
21 
0‘ninchi 
21 
21 
23 
0‘n birinchi 
23 
23 
24 
0‘n ikkinchi 
24 
24 
24 
0‘n uchinchi 
24 
24 
25 
0‘n to‘rtinchi 
25 
25 
25 
0‘n beshinchi 
25 
25 
25 
0‘n oltinchi 
25 
25 
25 
 
Agar biror sababga ko‘ra inkubatoriyadagi xona harorati pasayib ketgan 
bo‘lsa, oldingi inkubatsiya qilinayotgan haroratgacha ko‘tariladi. Mabodo xona 
harorati me’yoridan 1-2°C ga ko‘tarilgan bo‘lsa (masalan, 17°Cdan 19°C ga), u 
holda harorat pasaytirilmasdan, shu ko‘tarilgan darajada saqlab turiladi, so‘ngra 
tartib bilan 10-jadvaldagi singari, asta-sekin oshirib borilaveradi. Favqulodda 
harorat 25 °C dan oshib ketsa, tezda 24-25°C ga tushirilishi kerak. Chunki 
haroratning me’yoridan ortib ketishi urug‘dan ortiqcha namlikning bug‘lanib 
ketishiga, embrion rivojlanishi izdan chiqishiga olib keladi, oqibatda urug‘dan 
qutlar chiqishi kamayib ketadi, jonlangan qurtlarning tanasi esa quruqlashib, 
kasallikka tez chalinuvchan bo‘lib qoladi. 
Inkubatsiya davri mobaynida tut daraxtlarining qurtagi rivojlanishi ustida 
har kuni fenologik kuzatishlar olib borish zarur. Agar tut daraxtlarining qurtagi 
urug‘ embrioniga qaraganda tezroq rivojlanayotgan bo‘lsa, haroratni kuniga bir 
darajaga emas, balki ikki- uch darajaga oshirish hisobiga inkubatsiya muddatini 
qisqartirsa bo‘ladi. Zarur bo‘lib qolgan taqdirda, haroratni asta-sekin oshirib borish 
Ilmiybaza.uz Inkubatsiya kunlari Urug‘ inkubatoriyaga qo‘yilgunga qadar saqlangan harorat, °C 8°C 10°C I2°C Urug‘ inkubatsiya qilinayotgan harorat, °C Birinchi 10 11 13 Ikkinchi 12 12 14 Uchinchi 13 13 15 To‘rtinchi 14 14 16 Beshinchi 15 15 17 Oltinchi 16 16 18 Yettinchi 17 17 19 Sakkizinchi 18 18 20 To‘qqizinchi 19 19 21 0‘ninchi 21 21 23 0‘n birinchi 23 23 24 0‘n ikkinchi 24 24 24 0‘n uchinchi 24 24 25 0‘n to‘rtinchi 25 25 25 0‘n beshinchi 25 25 25 0‘n oltinchi 25 25 25 Agar biror sababga ko‘ra inkubatoriyadagi xona harorati pasayib ketgan bo‘lsa, oldingi inkubatsiya qilinayotgan haroratgacha ko‘tariladi. Mabodo xona harorati me’yoridan 1-2°C ga ko‘tarilgan bo‘lsa (masalan, 17°Cdan 19°C ga), u holda harorat pasaytirilmasdan, shu ko‘tarilgan darajada saqlab turiladi, so‘ngra tartib bilan 10-jadvaldagi singari, asta-sekin oshirib borilaveradi. Favqulodda harorat 25 °C dan oshib ketsa, tezda 24-25°C ga tushirilishi kerak. Chunki haroratning me’yoridan ortib ketishi urug‘dan ortiqcha namlikning bug‘lanib ketishiga, embrion rivojlanishi izdan chiqishiga olib keladi, oqibatda urug‘dan qutlar chiqishi kamayib ketadi, jonlangan qurtlarning tanasi esa quruqlashib, kasallikka tez chalinuvchan bo‘lib qoladi. Inkubatsiya davri mobaynida tut daraxtlarining qurtagi rivojlanishi ustida har kuni fenologik kuzatishlar olib borish zarur. Agar tut daraxtlarining qurtagi urug‘ embrioniga qaraganda tezroq rivojlanayotgan bo‘lsa, haroratni kuniga bir darajaga emas, balki ikki- uch darajaga oshirish hisobiga inkubatsiya muddatini qisqartirsa bo‘ladi. Zarur bo‘lib qolgan taqdirda, haroratni asta-sekin oshirib borish