Ilmiybaza.uz
IPAK QURTIGA TASHQI SHAROIT OMILLARINI TA`SIRI
Barcha organizmlar yashab turgan muhitning ajralmas bir qismidir.
Organizm
bilan
atrof-muhit
o‘rtasida
bo‘ladigan
o‘zaro
munosabatlarni
o‘rgatadigan fan ekologiya (grekcha oikos yoki okos yashash joyi yoki muhit va
logos - fan) deb ataladi.
Hasharotlar va ayrim turlarning ekologiyasini o‘rganish muhim ilmiy
kuzatishning asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Chunki ularning ekologik
xususiyatlarini bilmasdan turib, ba’zi bir nazariy va amaliy masalalarni, jumladan,
foydali
hasharotlarni
ko‘paytirish,
rivojlantirish,
mahsuldorligini
oshirish
choralarini ishlab chiqish, zararkunanda hasharotlarga esa qarshi ko‘rash choralari
hamda ularning ommaviy ko‘payishining oldini olishni tasavvur qilish mumkin
emas. Organizmning yashashi uchun muhit omillari muhim rol o‘ynaydi.
Organizm, dastavval, uch muhit - havo, suv va tuproq ta’sirida hayot kechiradi.
Organizm tashqi muhit bilan ajralmas bog‘liqlikda bo‘lib, yashash uchun qulay
sharoit hosil qiladi va ular alohida ekologik omillarni vujudga keltiradi. Bu
ekologik omillarni, asosan, to‘rtta toifaga bo‘lish mumkin.
1. Abiotik yoki anorganiq omillar, organizmga iqlim sharoitlari (issiqlik,
namlik, yorug‘lik, havo va boshqalar) hamda yerning tortish kuchi, atmosfera
tarkibi va xususiyati, radioaktivlik, relyef va boshqa omillarning ta’sir etishi.
2. Gidro-edafik yoki suv tuproq omillari, ya’ni suv va tuproqning organizmga
zarur yashash muhiti sifatida ta’siri. Hasharotlar ekologiyasida tuproq ta’siri
muhim rol o‘ynaydi.
3. Biotik yoki organiq omillar. Organizmga tirik tabiatning ta’siri,
ovqatlanishda organizmlarning o‘zaro munosabati, turlararo munosabati va
Ilmiybaza.uz
boshqalar.
4. Antropogen omillar. Tabiat va organizmga odam faoliyatining ta’siri, quruq
yerlarni o‘zlashtirish, irrigatsiya tizimlarini qurish, zararkunandalarga qarshi
ko‘rash, sun’iy sharoitlar yaratib berish va boshqalar.
Ekologik omillar hasharot organizmiga turlicha ta’sir etadi, ayrim omillar
organizmning yashashi uchun qulay sharoit hisoblansa, boshqalari noqulay
hisoblanadi. Shuning uchun ekologik omillarni tahlil qilishda ularning zaruriyati,
o‘zgaruvchanligi va organizmga ta’siri hamda moslashish reaksiyasini nazarda
tutish lozim. Turlarning muhitga nisbatan talabchanligi har xil: issiqlikka talab
chan - termofil, sovuqlik sezuvchi - kriofil, namlik sezuvchi - gigrofil va quruqlik
sezuvchi - kserofil, o‘simlik qoplarnida yashovchi - fitofil, tuproqda yashovchi -
geofil va boshqalar. Turlarning bu qobiliyati irsiy bo‘lib, evolutsiya natijasida
vujudga kelgan. Bu turlarning ekologik omillarga nisbatan talabchanligi deb
ataladi.
Har bir tur va individ o‘z ekologiyasiga ega. Ipak qurtining or- ganizmi uzoq
muddat tabiiy tanlash jarayonida ma’lum sharoitda yashashga moslashgan. Ipak
qurti hayotida uni o‘rab olgan muhit sharoitiga aniq talabchanligi namoyon bo‘ladi.
Tashqi muhit sharoitlariga asosan abiotik omillar organizmiga iqlim
sharoitlarining ta’sir etishi, abiotik omillarga esa harorat, namlik, yorug‘lik, havo
harakati kiradi. Ular ipak qurtining o‘sib rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
1.1.1. Tashqi muhit va ipak qurti orasidagi bog‘liqlik
Tashqi muhit deganda yer yuziga quyoshdan tushayotgan yorug‘lik nuri va
harorati, tabiatdagi havo namligi, oziqlanish maydoni, havo tarkibi, oziqa
tushuniladi. Tashqi muhit barcha tirik organizmlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatib turadi.
Ipak qurtining rivojlanishi tashqi muhit bilan chambarchas bog‘langan holda
o‘tadi. Ipak qurti tashqi muhitdan: barg, kislorod va nurli energiyani oladi. Ayni
vaqtda, qurt o‘zining tiriklik mahsulotlarini: axlat, suv, uglekislota va issiqlikni
tashqi muhitga chiqarib turadi.
Qurt organizmidagi fiziologik jarayonlar va uning ahvoli tashqi muhit
holatiga bog‘liq. Tashqi muhitni o‘rganmasdan turib, kelgusida qurt boqishning
Ilmiybaza.uz
oqilona usullarini ishlab chiqish mumkin emas.
Keyingi yillarda ilg‘or pillakorlarimiz qurt boqish sur’atini yanada
tezlashtirish borasida g‘oyat katta amaliy natijalarga erishdilar. Ular qurt boqish
davrini 30-32 kun o‘rniga 21-23 kunga qisqartishga muvaffaq bo‘ldilar.
Tashqi muhitning ta’siri bilan har bir organizm o‘zgaradi, ayni vaqtda, bu
organizm o‘z atrofidagi muhitni ham o‘zgartiradi. Biologiya fanidagi izlanishlar
ana shu o‘zaro munosabatlarni aniq tushunib olish natijasida, organizmlarning
tabiatini o‘zgartish yo‘llarini ochib berdi, ongli va rejalashtirilgan ravishda yangi
navlar chiqarish usullarini yaratdi. Organizm bilan tashqi muhit sharoiti o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatni qanchalik yaxshi tushunsak, tashqi muhit sharoitlarini tartibga
solish va yaratish imkoniyatidan foydalanib, organizmni shunchalik yaxshi idora
qilishimiz mumkin. Shuning uchun ham organizm bilan muhit o‘rtasidagi o‘zaro
munosabat qishloq xo‘jaligi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lib, hayvonlarning
yaxshi zotlari faqat yaxshi agrotexnika va yaxshi zootexnikani qo‘llash natijasida
vujudga keladi.
Tirik mavjudotlar o‘z tabiatiga munosib ravishda, atrofidagi tashqi muhitdan
turli sharoitlarni tanlab oladi, ularni assimilatsiya qiladi hamda o‘zining individual
rivojlanish qonuniyatiga, ya’ni irsiyatiga muvofiq o‘z tanasini tuzadi.
Tashqi sharoit deganda, assimilatsiya qilinadigan narsani, ichki sharoit
deganda esa, dissimilatsiya qiladigan narsani tushunamiz.
Organizmning hayoti juda murakkab bo‘lib, son-sanoqsiz qonuniy
jarayonlarni, o‘zgarishlarni kechiradi. Natijada tashqi muhitdan organizmga kirgan
ovqat turli o‘zgarishlardan keyin tirik vujud tomonidan assimilatsiya qilinadi,
tashqi sharoitdan ichki sharoitga aylanadi. Ana shu ichki sharoit tirik modda bo‘lib,
boshqa hujayra va vujud zarralarining ovqatlantiradi, ularga nisbatan tashqi sha-
roitga aylanadi. Atrofdagi muhit sharoitlarining hammasi birlikda, ularning har biri
shu organizm uchun qanday ahamiyatga ega bo‘lishiga qaramasdan, muhit
sharoitlari deb ataladi.
Agrobiologiya ta’limotiga muvofiq, har bir organizm, birinchi- dan, o‘zining
irsiyatiga, moddalarni almashtirish tartibiga ko‘ra, muhit sharoitiga o‘zicha
Ilmiybaza.uz
munosabatda bo‘ladi; ikkinchidan, organizm individual rivojlanganida bu
munosabat o‘zgaradi; uchinchi- dan, muhit omillarining hech qaysisi organizmga
ayrim ravishda, boshqa omillar bilan bog‘lanmasdan ta’sir etmaydi.
Biologiya fani o‘zining dialektik prinsiplariga asoslangan bo‘lib, bu fan
organizmning rivojlanish omillari va yashash sharoitlarini bir-biriga bog‘lab
tekshiradi.
Muhit omillari qatoridan biz aerologik xarakterdagi omillarni ajratamiz.
Bularga: havo harorati va namligi, havo almashinishi hamda turli shakldagi nurli
energiya ta’siri kiradi. Eng muhim omillardan biri oziq-ovqat, ya’ni qurtga
beriladigan bargning miqdori va sifati hisoblanadi. Bu omil qurtlarni joylashtirish
qalinligiga ham bog‘liq. Tirik organizmlar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabat ham
muhit omillariga kiradi. Bular ichida eng muhimi mikroorganizmlardir. Ammo
odamning ipak qurtiga ta’sir etishini bu omillar qatoriga kiritish to‘g‘ri bo‘lmaydi,
chunki odam tabiatni ongli ravishda o‘zgartiradi va o‘z ishida oliy ijtimoiy
qonunlarga bo‘ysunadi.
Ipak qurtiga haroratning ta’siri
Har qanday organizm hujayralaridagi fizik-kimyoviy jarayonlarning tezligi
haroratga bog‘liq. Organizmda kimyoviy jarayonlarning me’yorida kechishi,
hujayralarda moddalarning o‘zlashtirilishi uchun muayyan harorat bo‘lishi kerak.
Har xil hayvonlarning hujayralarida harorat turlicha bo‘ladi. Biz shunday
hayvonlarni bilarnizki, ularning tanasidagi harorat doimiy bo‘ladi va tashqi muhit
haroratiga bogiiq emas. Bunday hayvonlar issiq qonli hayvonlar deyiladi. Sovuq
qonli hayvonlar tanasidagi harorat fashqi muhit haroratiga bog‘liq boiganligi
sababli o‘zgarib turadi. Shuning uchun sovuq qonli hayvonlarning rivojlanishi va
hayot kechirishi ancha noqulay sharoitda o‘tadi.
Energiyaning bir shakli bo‘lgan issiqlik boshqa shakllarga - kimyoviy,
kinetik va nurli energiyalarga aylanishi mumkin. U issiqlikni o‘tkazish yoki iliq
havo oqimining ta’siri orqali energiyaning boshqa shakllariga o‘tishi mumkin.
Hayvon tanasidagi harorat kimyoviy (fiziologik), shuningdek, fizik jarayonlar
(bug‘lanish, issiqlik o‘tkazish va nurlanish) orqasida o‘zgarib turadi. Har qanday
Ilmiybaza.uz
tirik organizmning issiqlik balansi shu organizmning o‘zida hosil bo‘lgan issiqlik
va qisman tashqi manbalardan olingan issiqlikdan yig‘iladi. Organizmdagi issiqlik
energiyasining boshqa turlariga, ya’ni harakatlanish (protoplazma harakati,
muskullarning qisqari- shi) va organizmda yuz beradigan kimyoviy o‘zgarishlar
energiyasiga aylanishi, shuningdek, nurlanish (tashqariga tarqalish) nati- jasida
sarflanadi. Organizmdagi issiqlik, asosan, hujayralarda moddalar almashinishi
natijasida hosil bo‘ladi. Organizmda oksidlanish jarayonlari qanchalik zo‘r boisa,
issiqlik shunchalik ko‘p to‘planadi. Issiqlikni hosil qiladigan asosiy manba -
muskullar tizimidir. Issiqlikning tashqi manbayi boigan quyosh nuri esa ikkinchi
o‘rinda turadi. Organizm tomonidan o‘zlashtirilgan nurli energiya issiqlik
energiyasiga aylanib, issiqlik balansining kirim qismini ko‘paytiradi. Quyosh
issig‘idan foydalanish darajasi hayvon terisining tuzilish xususiyatlariga,
hayvonning fiziologik xususiyatlari va rangiga bog‘liq bo‘ladi.
Issiq va sovuq qonli hayvonlar organizmidagi issiqlik balansining bir-
biridan farq qilishiga issiqlik hosil etuvchi jarayonning kechish tezligi sabab
bo‘ladi. Issiq qonli hayvonlarning organizmi issiqlikni ancha ko‘proq ishlab
chiqaradi.
Issiq qonli hayvonlar sovuq qonli hayvonlardan yana shu bilan farq qiladiki,
ularda issiqlik balansi o‘z-o‘zidan tartibga solinib turadi. Issiq qonli hayvonlarda
issiqlik balansini tartibga solish mexanizmi mukammallashtirilganligi va ular
muhit haroratiga bog‘liq boimaganligini ravshanroq ko‘rsatish uchun issiq qonli
hayvonlarning tana harorati bilan atrofdagi havo haroratiga doir quyidagi
ma’lumotlarni sovuq qonli organizmlar bilan solishtirib ko‘rish kifoyadir (2-
jadval).
Issiq qonli hayvonlarda issiqlikni tartibga solish jarayonlarida asab tizimi
2-jadval
Hayvonlar turi
Tana
harorati
Havo
harorati
Haroratlarning
farqi
I. Issiq qonli organizmlar 36-380
-32-350 68-730
2.
Sovuq
qonli
organizmlar
00
+20
200
Ilmiybaza.uz
asosiy rol o‘ynaydi. Asab tizimining harakati kimyoviy yoki mexaniq vositalar
ta’sirida buzilganida, organizmning issiq- likni tartibga solish qobiliyati pasayadi.
Asab tizimining harakati tufayli organizmdagi oksidlanish jarayonlari hamda
atrofdagi tomirchalarning torayishi kengayishi tartiblashtiriladi. Teri bo‘rtadi va
qizaradi yoki qisqarib ko‘karadi. Terining mayda qon tomirlari (kapillarlari) qon
bilan to‘lsa, ularning issiq berishi kuchayadi, chunki qon teri hujayralariga
qaraganda issiqlikni ko‘proq o‘tkazadi.
Hay von terisidagi haroratni fizik jihatdan tartiblashtirish vazifasi (masalan,
Arktikadagi dengiz hayvonlarida) issiqlikni yaxshi o‘tkazmaydigan teri ostidagi
yog‘ qavati vositasi bilan amalga oshiriladi. Par, pat va jun ham shu vositalar
qatoriga kiradi. Bahor va kuzda pat hamda junning almashinishi ham haroratni
tartiblashtirish sohasidagi eng asosiy hodisalardan hisoblanadi.
Issiqlik (harorat)ni tartiblashtirish markazi alohida yadrolar to‘plarni
shaklida bo‘lib, o‘rta miyaning gipotalarnik sohasiga, ko‘z bo‘rtmalari orqasidagi
gipofiza yoniga joylashgan. Kasallik natijasida moddalar almashinuvi va bakteriyal
zaharlar yoki biror- ta fizik hamda kimyoviy hodisa ta’sir etganida harorat
birdaniga ko‘tariladi. Haroratning bunday ko‘tarilishiga muskul, jigar va boshqa
organlarda oksidlanish jarayonlari zo‘rayib*ketishi sabab bo‘ladi. Bu jarayonlarni
tartibga solishda ichki organ sekretsiyalari (masalan, buyrak ustliklari ajratadigan
adrenalin) ham ishtirok etadi. Hayvonlarning yuqori formalarida issiqlik ter
chiqarish yo‘li, quyi (oddiy) formalarida esa suvning teri orqali bug‘lanishi yo‘li
bilan ham tartibga solinadi. Nafas olishning tezlanishini ham shu jarayonlar
qatoriga kiritish kerak, chunki nafas olish tezlashganda, ayniqsa, ter chiqarish
tizimi unchalik taraqqiy etmagan organizmlarda suvning bug‘lanishi zo‘rayadi.
Ipak qurtining taraqqiyoti uchun anchagina energiyani sarflash, ya’ni yurak,
ichak va boshqa a’zorlarning muayyan ishlarni bajarishi talab etiladi. Shu bois,
agar jarayonning tezligi har xil haroratda o‘tsa, uning harakat tezligi ham shunga
aarab o‘zgaradi, ya’ni bir jarayormi bajarish uchun sarflanadigan umumiy energiya
miqdori deyarli o‘zgarishsiz qoladi. Organizmning energiyani eng kam miqdorda
sarflab ishlashi uchun zarur bo‘lgan haroratlarni mo‘tadil harorat deb hisoblasak
Ilmiybaza.uz
bo‘ladi. Bu haroratlarda organizmdagi issiqlik balansi o‘rtacha issiqlik paydo qilish
jarayonlariga asoslanib tuziladi va organizmni haddan tashqari isitib yubormaydi:
hasharotlarning tanasidagi harorat ularni o‘rab olgan tashqi haroratga yaqin
bo‘ladi.
Tajriba natijalariga ko‘ra, ipak qurti sovuq qonli bo‘lgani uchun havo
harorati o‘zgarishi bilan ipak qurtining fiziologik jarayonlari ham o‘zgaradi.
Beshinchi yoshdagi qurtlarning yurak urishi tezligi, modda almashinish jarayoni va
boshqa xossalarda ham shun- day qonuniyat borligini aytish mumkin. Butun bir
yosh davomida umumiy yurak urish soni 3 892 320 dan 4 412 520 gacha bo‘ladi.
Qurtning beshinchi yoshida harorat 25-27,5°C bo‘lganida, umumiy yurak urish
soni kam bo‘ladi. Bunday haroratda qurtning rivojla- nishi uchun yurakning kam
ishlashi va energiyaning kam sarflanishi talab qilinadi.
Ipak qurti tanasidagi haroratning tashqi muhit haroratiga bog‘liqligi
Haroratni tartiblash mexanizmi - evolutsion rivojlanish mahsulotidir. Bu
mexanizm issiq qonli hayvonlarning individual rivojlanish jarayonidagi embrion
davrida paydo bo‘ladi. Masalan, tovuq murtagi ochilib chiqishining (inkubatsi
yaning) 13-kunigacha sovuq qonli organizm hisoblanadi. So‘ngra haroratni
tartiblash unsurlari paydo bo‘la boshlaydi va inkubatsiyaning 14-kunidan boshlab
murtakning rivojlanishi haroratga uncha bog‘liq bo’lmaydi. Masalan, ipak qurti
urug‘iga harorat qanchalik ta’sir etganligini tekshirganimizda, murtakning
rivojlanishi inkubatsiya davridagi sharoitga bog‘liq bo‘lganligini ko‘rishimiz
mumkin.
Hasharotlarning issiqlik balansida ham issiq qonlilardagi kabi issiqlik hosil
etuvchi manbalar ishtirok etadi. Hasharotlar organizmida ishlab chiqariladigan
issiqlik issiq qonli hayvonlardagiga qaraganda ozroq bo‘ladi. Bundan tashqari,
hasharotlar issiqlikning sarflanishini issiq qonli hayvonlar darajasida tartibga solib
tura olmaydi. Shuning uchun ular tanasidagi harorat ozmi-ko‘pmi atrofdagi havo
haroratiga bog‘liq bo‘ladi.
Hasharotlar tanasidagi harorat muskullarning zo‘r berib qisqarishi (qanot
harakati) va ular quyosh nurini yaxshi to‘plash qobiliyatiga ega bo‘lishi tufayli
Ilmiybaza.uz
tartibga solib turiladi.
Bu ishda hasharotlarga, ko‘pincha, po‘stining rangi ham yordam beradi.
Organizmdagi suvning bug‘lanib turishi ham hasharotlarning tanasini ortiqcha
qizib ketishidan birmuncha himoya qiladi.
Hasharotlar
tanasidagi
haroratni
tartibga
solishda
muskullarning
umumlashib ishlashi yordam beradi. Bunga misol qilib asalarilarni qishlatish
vaqtida arixonalarni shamollatib yoki asalari to‘dalarini isitib turishni ko‘rsatish
mumkin.
Hasharotlar tanasidagi harorat ularning tuproq ichida siljishi tufayli ham
tartibga solinadi.
Hasharotlarning harorati to‘g‘risidagi mukammal ma’lumot dastlab rus
olimi Baxmetev tomonidan berilgan. Baxmetev 1890-1909-yillar Sofiya
universitetidagi fizika kafedrasining bosh- lig‘i bo‘lib ishlagan. Baxmetev anabioz
muammosini o‘rganish uchun hasharotlar tanasidagi haroratni tekshirish yuzasidan
bir qancha tajribalar o‘tkazgan. Buning uchun «termopar» ishlatilgan. Agar ikki xil
metall (masalan, temir va miss)dan qilingan simlar- ning uchlari bir-biriga
qalaylansa, ulangan simlarning biri isishi sababli elektr toki paydo bo‘ladi, bu tok
o‘sha isigan joydanmjs sim bo‘ylab simiga o‘ta boshlaydi. Tokning bunday
harakatini gal- vanometr vositasi bilan aniqlash mumkin
№
-
Bu issiqlikdan vujudga kelgan elektr toki juda kam kuchlanish bo‘ladi,
chunki uni harakatga keltiruvchi kuch qalaylangan sovuq va isituvchi simlarning
harorati o‘rtasidagi farqning har bir darajasiga nisbatan atigi bir necha mikrovoltni
(106) tashkil etadi. Haroratning o‘zgarishini aniqlash uchun juda sezgir yoki
issiqlik energiyasi kichkina (issiqlik sig‘imi kichkina bo‘lib, issiqlikni tez
o‘tkazadigan) termometrlar talab qilingan joylarda termoelement- lar harorati
darajaning mingdan bir hissasigacha bo‘lgan aniqlikda o‘lchashga imkon beradi.
Bunday termometr juda kichkina bo‘lishi va unda mo‘rt materiallar bo‘lmaganligi
tufayli, uni tananing har xil a’zo va bo‘shliqlariga kiritish mumkin, bu narsa
hujayralarni zaharlab organizmning me’yoriy haroratiga birmuncha ta’sir qil- sa
Ilmiybaza.uz
ham, termopara hasharotlar tanasidagi haroratning qanchalik o‘zgarganligini
yetarlik darajada aniqlab olishga imkon beradi. Havo ta’siri bilan hasharot
tanasidagi harorat va hasharotning ah- voli qanchalik o‘zgarganligi quyidagi
ma’lumotda ko‘rsatilgan.
Havo sekin-asta sovitilganida:
Kapalak tanasidagi harorat +17,6°C bo‘lganida kapalak qanotlarini tez-tez
qoqadi.
+4,0°C bo‘lganida qanotlarni qoqish soni bir daqiqada 90 tagacha kamayadi.
-0,5°C bo‘lganida kapalak qanotlarini qoqmaydi.
-1,0°C bo‘lganida kapalak harakatsiz qoladi.
Kapalak harorati +30,0°C bo‘lgan joyga ko‘chirgandan so‘ng:
Kapalak tanasidagi harorat +1,4°C bo‘lganida kapalak qanotlarini salgina
qimirlatadi.
+7,9°C bo‘lganida qanotlarini qoqa boshlaydi.
+8,5°C bo‘lganida mo‘ylovlarini qimirlatadi.
+12,0°C bo‘lganida qanotlarini ma’lum tezlik bilan qoqa boshlaydi.
Muskullarning qisqarishi zo‘rayganida issiqlik hosil qiluvchi jarayonlar
birdaniga kuchayadi. Hasharotlarda muskullarning qo‘zg‘alishi juda kuchli va bu
hodisa markaziy asab tizimiga bog‘liq bo‘ladi. 0‘rtacha hisoblarga ko‘ra, ipak qurti
tanasida bunday qo‘zg‘alish (harakatlanish) to‘lqini bir soniyada 0,54 millimetr
tezlik bilan muskul to‘qimalariga yoyiladi. Hasharotlarda muskullarning nisbiy
kuchi juda zo‘r bo‘ladi. Masalan, qovoqarining nisbiy kuchi (ya’ni o‘z og‘irligiga
nisbatan ko‘taradigan yuki) 14,3 ga baravar bo‘lgani holda, odamda esa 0,86 dan
oshmaydi. Hasharotlar qanotlarini juda tez harakatlantiradi. Kapalakning ta-
nasidagi harorat 30°C ga yetganida, u ucha oladigan holatga keladi.
Hasharot uchgan vaqtida qilgan harakati tufayli kislorodning sarflanishi juda
oshib ketadi. Shu bilan hosil qilinayotgan issiqlik miqdori ham oshaboradi: bu
miqdor kapalaklarda 37 hissa va asalarilarda bir necha yuz hissa oshadi. Harorat
ko‘tarilgan sari asosiy moddalar olishinuvi ham kuchaya boradi, natijada qanot
harakati tezlashadi. Hasharotlar uchganida ularning tanasidagi harorat rejimi issiq
Ilmiybaza.uz
qonli hayvonlarning harorat rejimiga o‘xshaydi. Hasharot tanasidagi issiqlikning
tarqalish va qon oqimi bilan o‘tish tezligiga qaraganda harorat tezroq ko‘tariladi.
Shuning uchun ko‘krak halqalaridagi harorat tanadagiga qaraganda yuqoriroq
bo‘ladi. Shu sababli hasharotlarning harorati ko‘krak qismida, ya’ni tananing
muskullar zo‘r berib ishlaydigan joyida o‘lchanadi. Hasharotlar uchganida
muskullar harakatlanishi tufayli atrofdagi harorat ta’siri bilan ularning tana harorati
keskin ko‘tarilgani holda, ipak qurtining tana haroratida bunday keskin o‘zgarish
yuz bermaydi. Shunday bo‘lsa ham, ipak qurti barg yeb, uni hazm qilish uchun
ichaklaridan o‘tkazgan vaqtida harakatlanish hamda muskullarini (ichaklarini)
qisqartirish yo‘li bilan o‘z tanasidagi haroratni sezilarlik darajada ko‘tara oladi.
Baxmetev ma’lumotlariga ko‘ra, kapalak qanotlarini harakatlantirganida
uning tana harorati 16,4°C oshadi va atrofdagi haroratdan ancha yuqori bo‘ladi.
Strelnikovning aytishicha, pechakgul kapalagi uchgan vaqtida uning tana harorati
11,2°C oshib, atrofdagi havo haroratidan 13,3°C farq qiladi. Umuman, ipak qurti
o‘z tanasidagi haroratni juda oz miqdorda tartibga sola oladi, uning harorati tashqi
haroratga qaraganda salgina o‘zgaradi. Shu havo harorati ipak qurtining fiziologik
jarayonlariga va pirovardida uning ahvoliga bevosita ta’sir qiladi. Hasharotlar-
ning eng past va eng yuqori haroratga bardosh bera olishi ularning turigagina
bog‘liq bo‘lmasdan, boshqa bir qancha jarayonlarga, jumladan, hasharot
organizmida moddalarning almashinish holatiga, hasharot to‘qimalaridagi kolloidli
suvning miqdoriga, havoning namligi va hokazolarga ham bog‘liq bo‘ladi.
Ipak qurtiga tashqi muhit omillarining ta’siri to‘g‘risida muallif tomonidan
ko‘p yillar davomida tadqiqotlar olib borilib, qurt tanasidagi harorat to‘g‘ridan
to‘g‘ri qurtxona haroratiga bog‘liqligini aniqlagan. Olimning ta’kidlashicha, kichik
yoshdagi qurt tanasining harorati qurtxona haroratidan 1,2-1,4°C (birinchi va
ikkinchi yoshida 1,4°C, uchinchi yoshida 1,2°C) pastbo‘ladi. To‘rtinchi yoshida bu
tafovut birozkamayib 0,8-l,0°C ni tashkil etadi. Beshinchi yoshiga o‘tishi bilan
oradagi farq keskin kamayadi va birinchi kuni 0,4°C, ikkinchi kuni 0,2°C ga kam
bo‘lib, uchinchi kuni qurt tanasidagi harorat qurtxona harorati bilan tenglashadi
Ilmiybaza.uz
3-jadvalning davomi
Jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, beshinchi yosh- ning 4-kuniga
kelib qurt tanasidagi harorat qurtxona haroratidan 0,3°C, 5-kuni 0,6°C, 6-kuni
0,8°C va 7-kuni 0,6°C ga yuqori bo‘la- di. Ipak qurtlari pilla o‘rashga kirishgach,
bu ko‘rsatkich, ya’ni farq yana kamayib boradi va pilla o‘rashning 3-kunida qurt
tanasidagi harorat yana qurtxona harorati bilan tenglashadi.
Beshinchi yoshida qurt tanasidagi haroratning ko‘tarilishiga sabab uning bu
yoshi eng ko‘p barg yeydigan kunlariga to‘g‘ri keladi va bu vaqtda qurtlar tez
harakatlanib, ovqatni tez yeyishi va tanada modda almashinishning tezlashishi,
kuchli fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning kechishidir. Pilla o‘rash davriga
kelib qurtlar oziqlanmasdan, harakatlarning keskin kamayishi hi- sobiga tana
harorati yana qurtxona harorati bilan tenglashishiga olib keladi.
Muallif tadqiqotlarini davom ettirib, ipak qurti tanasidagi haroratning
o‘zgarishi modda almashinish, ovqatning yeyilish tezligi, hazm bo‘lishi va tanaga
singishi kabi jarayonlarga ta’sir ko‘rsati- shi, shular asosida qurtlarning o‘sib
rivojlanishi hamda mahsuldorligiga ham ta’sir ko‘rsatishini aniqlagan. Shundan
Ipak qurti tanasidagi haroratning yoshlari
bo‘yicha o‘zgarib borishi
Qurt
yoshlari
Qurtxonadag
i harorat °C
Qurt
tanasidagi
harorat °C
Oradagi farq
°C
1-yoshida
26
24,6
-1,40
2-yoshida
26
24,6
-1,40
3-yoshida
26
24,8
-1,20
4-yoshida
26
25,0
-1,00
5-yoshida
1-kuni
25
24,6
-0,40
2-kuni
25
24,8
0,20
3-kuni
25
25,0
00
4-
kuni
25
25,3
+0,30
5-
kuni
25
25,6
+0,60
6-
kuni
25
25,6
+0,80
7-
kuni
25
25,6
+0,60
Pilla
o‘rashda 1-
kuni
25
25,4
+0,40
2-
kuni
25
25,2
+0,20
3-uni
25
25,0
00
Ilmiybaza.uz
kelib chiqib, yuqorida qayd etilgan jarayonlar me’yorida kechishi uchun qurt
tanasidagi harorat doimo 25°C ga teng bo‘lishi o‘rganildi. Shuning uchun kichik
yoshdagi qurt tanasidagi harorat qurtxonadagi haroratdan 1,2-1,5°C past bo‘lishini
inobatga olib, qurtxona haroratini (l,5-2°C)ga yuqori qilib, ya’ni 26-27°C ko‘tarish
tavsiya etila- di. Beshinchi yoshda qurt tanasidagi harorat qurtxona haroratidan
0,8-1,0°C ga yuqori bo‘lganligi (qurt tanasidagi haroratni 25°C ga tenglash) uchun
qurtxona haroratini 24°C ga to‘g‘rilash kerakligi ta’kidlanadi.
Ipak qurti rivojlanishiga haroratning ta’siri
Ipak qurtining rivojlanishi uchun harorat 7,5°C dan va g‘umbakka aylanishi
uchun 10°C dan past bo‘lmasligi kerak. Agar harorat 37°C dan oshsa, ipak qurti
nobud bo‘ladi. Hasharotlarning hayo- ti uchun qulay hisoblangan o‘rtacha harorat
bilan yashash jarayonlarining tezligi o‘rtasida teskari mutanosiblik yuz berib
turadi. Yurak urishi va tana harakatlari ancha tezlashadi, ishtaha oshadi va
ichaklarning ishlashi kuchayadi. Masalan, ikkinchi yoshining oxiriga kelgan qurt
16°C issiqlikda 5 soat ichida o‘z axlatlarining o‘rta hisob bilan 3 qismini va 26°C
issiqlikda 9 qismini chiqaradi. Qurtning hayot jarayonlari tezlashuvi bilan birga
rivojlanish tezligi ham o‘zgaradi.
Harorat optimumdan pastga tushganida hayot jarayonlari sekinlashadi,
harorat pasaygan sari hayot sustlashaberadi. Bunda har xil hayot jarayonlari
deyarlik baravar darajada sekinlashadi, ularning tartibga solinishi to‘xtamaydi va
o‘zaro bog‘lanishlari sezilarlik darajada buzilmaydi. Shu sababli haroratning
vaqtincha pasayib ketishi (0°C cha va ba’zan undan ham pasayishi) organizmning
yashash qobiliyatini susaytirmaydi. Ipakchilikda bu hodisadan qurtning o‘sishini
to‘xtatish (chumolilarni sovitish) maqsadida foydalanadilar.
Past harorat muayyan darajagacha ko‘tarilganida qurtlarning rivojlanishi
ancha tezlashadi. Harorat yuqorilashgan sari qurtlarning rivojlanish tezligi
sekinlasha boradi. Harorat ma’lum chegaradan yuqoriga ko‘tarilganida rivojlanish
tezligi arzimagan darajada bo‘ladi yoki bu jatayon birmuncha sekinlashadi.
Tana harorati mo‘tadil darajadan oshib ketganida, biologik jarayonlar
Ilmiybaza.uz
buzilishi sababli, bu jarayonlar sekinlasha boshlaydi. Ba’zi hollarda bunday
buzilishlar fermentlarning parchalanishidan iborat bo‘lishi mumkin. Harorat
ko‘tarilishi bilan fermentlarning ta’sir qilish kuchi ortadi. Harorat pasayganida
fermentlarning faolligi kamaya boshlaydi, chunki bunday harorat fermentlarni
parchalaydi, bu hodisa, o‘z navbatida, jarayonlarning sekinlanishiga sabab bo‘ladi.
Sovuq qonlilarning fermentlari tana harorati ancha past (15- 30°C), issiq
qonlilarniki esa tana harorati ancha yuqori (37—40°C) bo‘lganida ta’sir etadi.
Bundan tashqari, issiq qonlilarning issiqlikka chidamliligi har xil darajada bo‘ladi.
Sovuq
qonlilarning
fermentlari,
issiq
qonlilarnikiga
qaraganda,
tezroq
kuchsizlanadi. Harorat 40°C bo‘lganida ipak qurti tanasidagi ba’zi bir fermentlar
parchalana boshlaydi. Masalan, ichak shirasidagi yog‘ni eritadigan lipaza (ferment)
haroratining ta’siri bilan bir soat ichida parchalanadi. Harorat 40°C bo‘lganida bu
fermentning to‘rtdan bir qismi, 45°C bo‘lganda - yarmisi, 70°C bo‘lganda - deyarli
hammasi parchalanib ketadi. Shuning uchun ipak qurti 40°C issiqlikka qisqa vaqt
ichidagina chidab tura oladi.
Har bir hayot kechirish fimksiyasi - hasharotlarning rivojlanish tezligi,
yashash qobiliyati, serpushtligi (ko‘p nasi bera olishi), sermahsulligi va hokazolari
o‘zining mo‘tadil haroratiga ega bo‘ladi. Shu sabali tirik organizmning mo‘tadil
haroratini belgilash asoslari har xil boiishi mumkin.
Havoning nisbiy namligi 90 foiz bo‘lib, harorat 22°C ga yetganida birinchi
yoshdagi qurtlarda yashash qobiliyati yaxshi bo‘ladi, harorat 26°C ga
ko‘tarilganida esa bu qurtlar hammadan ko‘ra tezroq rivojlanadi. Bundagi farq 4°C
ni tashkil qiladi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, harorat 20-22°C bo‘lganida ipak
qurtlarining 66 foizi, 28°C bo‘lganida esa 36 foizi o‘sib rivojlanadi. Bu ahvol 4-
jadvalda, ayniqsa, yaqqol ko‘rsatilgan.
4-jadval
Ilmiybaza.uz
Qurtlarning mahsuldorlik darajasiga kelganimizda shuni ko‘rsatish kerakki,
pilla hosilining miqdori, asosan, o‘ralgan pillalar soniga qarab aniqlanadi. Shu
sababli ipak qurtining yashash qobiliyati (o‘sib ketishi) uchun kerak bo‘ladigan
mo‘tadil harorat mahsuldorligiga ham mos keladi. Endi pillaning og‘irligiga
kelsak, bunda hamma organizmlar uchun umumiy bo‘lgan ahvol yuz berganligi
ko‘rinadi, past harorat qurtlarning ancha yirik bo‘lib o‘sishiga yordam qiladi.
Pillaning katta-kichikligida ham shu ahvol saqlanadi.
Haroratning qurt boqish davriga ta’siri
Hasharotlar tana haroratini jadal harakatlantirish hisobiga keskin ko‘tarish
qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, ular quyosh nurlarining yorug‘lik energiyasini
teri orqali yaxshi qabul qila oladi, suvni parlatish hisobiga hasharot organizmi
soviydi, natijada tanasini qizib ketishdan saqlaydi.
Tut ipak qurti tashqi haroratning o‘zgarishiga chidamliligi ularning zoti
hamda qaysi rivojlanish davrida ekanligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ipak qurti tuxumining yozgi estivatsiya (tinchlik) davrida eng qulay harorat
25-26°C issiqlik, qishda esa +2 +4°C haroratda saqlanadi.
Qishlovchi tuxum qisqa muddat ichida 40°C sovuqqa chiday oladi. Tuxumni
saqlashga qo‘yilgandan keyin 40°C issiqlikka
6-12 soat, 35°C issiqqa esa 1-2 kun chidaydi.
G‘umbaklik davri uchun eng qulay harorat 25-26°C bo‘lib 10°C sovuqda 2
kun, 40°C issiqda bir kun, 35°C issiqda 2 kun yashaydi. Kapalak ham haroratning
keskin o‘zgarishiga chidash bera olmay- di. U 10°C sovuqda qisqa muddat va
40°C issiqda bir necha soat, 35°C issiqda bir necha kun yashaydi.
Ipak
qurtining
yashash
qobiliyatiga
haroratning ta’siri
Ipak
qurtiig zotlari
Qurtxonadagi
o‘rtacha
harorat
quyidagicha
bo‘lganida
qurtlarning yashash qobiliyati, %
22
-230
25
-260
3
0-310
3
4-350
Monovolt
in zotlari
77
88
.
35
1
2
Bivoltin
zotlari
72
82
4
1
2
Duragayl
ar
75
91
5
4
2
7
Ilmiybaza.uz
Qurtlik davrida esa umuman boshqacha holatda bo‘lib, kichik yoshida
me’yoridan past haroratga biroz chidamli, yoshi kattalash- gan sari chidamsiz
bo‘ladi.
Tut ipak qurtlarining rivojlanishi uchun past haroratning chegarasi 7,5°C ga
teng bo‘lib, unda barg yemay qo‘yadi. 10°C atrofida bargni sust yeydi. Ipak qurti
uchun mo‘tadil harorat 24-27°C ga teng.
Hasharotlarning hayoti mo‘tadil haroratga moslashgan bo‘lib, harorat va
hayotiy jarayonlarning tezligi bir-biriga bog‘langan holda o‘zgaradi.
Masalan, havo harorati ortgan sari, yurak urishi va harakati tezlashadi;
ishtahasi ochiladi, ichak faoliyati yaxshilanib, nafas olishi kuchayadi.
Agarda harorat me’yoridan past bo‘lsa, hasharot organizmidagi turli
jarayonlarning tezligi deyarli bir xilda susayadi, lekin ularning boshqarishi
to‘xtamaydi. Shuning uchun biroz muddatga haroratning pasayishi organizm
hayotchanligini susaytirmaydi.
Haroratni me’yoridan juda yuqori bo‘lishi fiziologik jara- yonlarning
tezligini oshiradi va fermentlar ta’sirining buzilishiga olib keladi.
Sovuq qonli hayvonlarning fermentlari issiq qonli hayvonlarning
fermentlariga nisbatan issiqlikka chidamli emas, +3 +5°C issiq haroratga 1-3
yoshdagi qurtlar 3 kunga, 4 yoshlari - 2 kun- ga, 5 yoshlari 1 kunga chidaydi. 40°C
issiqlikni 1-3 yoshli qurtlar 1 kun, 4 yoshlisi 15-28 soat; 5 yoshlisi 12 soat chidashi
mumkin. Tuxumdan jonlanib chiqqan va barg yemagan qurtlarni +3 +5°C da 15-20
kungacha saqlab turish mumkin. Lekin ularning ya- shovchanligi barg bergach,
keskin kamayib ketadi.
Harorat ta’sirida fiziologik jarayonlarni tezlashtirish natijasida ipak
qurtining rivojlanishi o‘zgaradi. 17-19°C haroratda ipak qurtining birinchi yoshi
(po‘st tashlashi bilan) 10-11 kun davom etadi. Qurt boqish davri esa 2 oy atrofida
cho‘ziladi.
Ipak qurtining hamma yoshlari va po‘st tashlash davrining davomati juda
ko‘p omillarga bog‘liq. Jumladan, ipak qurtlarining yoshi va uyqusining haroratga
qarab necha kun davom etishi 5-jadvalda berilgan.
Ilmiybaza.uz
5-jadval
Qurt boqish davrining davomati 15°C da - 60 kun; 17°C da - 52 kun; 20°C
da -37 kun; 22°C da -27 kun; 25-26°C da -23 kun; 26-27°C da 21 kun, 29-30°C da
- 18-19 kun davom etadi.
Harorat va nisbiy namlik qurt boqish davrining davomati vayash-
ovchanligiga ta’sir etadi. Bu to‘g‘rida muallifning (1990—2010-yil- lar davomida)
kuzatish natijalari 6-jadvalda keltirilgan.
6-jadval
Ipak qurtlari boqilgan haroratga qarab yoshining
necha kun davom etishi
Qurtlarning
yoshi va uyqusi
Haroratga qarab qurt yoshini davom
etishi, kun
20-210 22-230 25-260 26-270 28-290
Birinchi yoshi 3,5
3
2,5
2,5
2,5
Birinchi uyqu
1
1
1
1
1
Ikkinchi yoshi 3
л
Э
2,0
2
2
Ikkinchi uyqu
1
1
1
' 1
1
Uchinchi yoshi 4
4
3
2,0
2
Uchinchi uyqu 1,5
1
1
1
1
5-jadvalning davomi
To‘rtinchi yoshi 5
4
3,5
3,0
3
To‘rtinchi uyqu 2
2
1,5
1,5
1,5
Beshinchi yoshi
‘
9
8
7,5
7
6
Jami
30
27
23
21
20
Harorat
va
havo
namligining
ipak
qurtining
yashovchanligiga ta’siri
Variantlar Qurtxonadagi Qurtlarning
pilla
o‘rash
oldidan
yashovchanlig
i
Qurtlik
davrining
davom
etishi, kun
Harorat
°C
Namli
k
%
I
20-21 65-70 84,0
28-29
II
20-21 80-85 85,3
28-29
III
24-25 65-70 88,6
24-25
IV
24-25 80-85 84,8
24-25
V
28-29 65-70 78,0
20-21
VI
28-29 80-85 74,2
20-21
VII
25-26 65-75 91,1
22-23
Ilmiybaza.uz
Hasharotlarning har bir hayotiy vazifalari: rivojlanish tezligi, chidamliligi,
serpushtligi, mahsuldorligi va boshqa me’yoriy haroratda namoyon bo‘ladi.
Haroratnio‘lchash. Tut ipak qurti uchun me’yoriy harorat 24-27°C
issiqlikdir. Shuning boisme’yoriy haroratni ta’minlash uchun qurt boqish davrida
hamma yoshida, ayniqsa, birinchi to‘rt yoshida isitiladigan binolarda o‘tkazish
kerak.
«Avgust» psixrometri. Binolarning harorati uy termometrlari, «Avgust»
psixrometrining quruq termometr ko‘rsatkichi va o‘zi yozuvchi avtomatik
termograf va boshqa asboblar yordamida o‘lchanadi (1-rasm).
Qurtxonaning haroratini aniqlash uchun termometr xona o‘rtasiga,
javonning o‘rta qavati darajasida osib qo‘yiladi. Katta qurtxonalarga 3 ta (xonaning
o‘rtasiga va oxiri- ga) termometr osib qo‘yiladi. Haroratni o‘lchash va yozib olish
ertalab soat 700, 1300, 1900 va kechasi soat birda olib boriladi. Ba’zan turli
termometrlarning ko‘rsatkichlari 1-2°C ga farq qiladi. Bu esa qurt
boqishda ahamiyatga ega. Shuning uchun termometrlarni ishlatishdan oldin
ularni meteorologik stansiyalarda to‘g‘ri ko‘rsatadigan termometrlar bilan
taqqoslab, farqini aniqlab olish kerak.
Ba’zi bir termometrlarning shkalalari bir yoki 0,2°C ga
bo‘lingan. Ko‘z bilan ikkiga bo‘lib, haroratni 0,1 °C gacha
aniqlash mumkin. Binoning haroratini to‘g‘ri aniqlash uchun
o‘zi
yozuvchi avtomatik termografdan foydalanish mumkin (2-
rasm).
Termografda havoning harorati ta’sir etadigan 40 sm uzunlik-
dagi bimetal plastinka, bir tomoni mahkamlangan, ikkinchi
tomoni erkin yozuvchi richakka ulangan bo‘lib, yozib oluvchi
soat me- xanizm, buraladigan silindrdan tuzilgan.
Silindrga haroratni yozib oluvchi qog‘oz tasmalar kiydirib, oynali quticha
ichida saqlanadi. Harorat ko‘tarilgan* sari plastinka cho‘zilib, uning perosi
yuqoriga ko‘tariladi. Harorat pasaygan sari plastinka qisqarib, perosi pastga
Ilmiybaza.uz
tushadi. Yozib oluvchi qism mexanizmi buraladigan silindrdan tuzilgan. Qog‘oz
tasmalar chiziq katakchalarga boiingan boiib, haroratni belgilovchi bo‘limchalari
bor. Yozuv perosi shu bo‘limchalar (katakchalar)ga chiziqchalar bilan belgilab
beradi.
Termograf bir sutkali yoki bir haftali bo‘lishi mumkin. Muddat yetganida,
silindr muruvati buraladi va yangi qog‘oz tasma qo‘yila- di. Yozib olingan
tasmadagi chiziqlar orqali xonadagi bir kunlik yoki bir haftalik haroratni aniqlash
mumkin. Termograflarni ham ishlatishdan oldin, metereologik stansiyalarda
tekshirib, to‘g‘ri ish- lashi aniqlangach, undan foydalanish mumkin.
Past haroratning tuxumdan jonlangan qurtlarning yashovchanligiga ta’siri
Tirik organizmlarning hayot faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri
tashqi muhit haroratidir. Chunki hayvonlar tanasida kechadigan fiziologik va
biokimyoviy jarayonlar havo harorati bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Tut ipak qurtining o‘z tana harorati bo‘lmaganligi sababli atrofdagi havo
harorati uning o‘sishi va rivojlanishi uchun katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, havo
harorati ko‘tarilganda qurt tanasidagi hayotiy jarayonlar kuchayadi, ya’ni nafas
olishi va yurak urishi tez- lashib, o‘rtacha ichakda ovqatni parchalanishi
kuchayadi. Harorat pasayganda esa, aksincha, hayotiy jarayonlar baravariga
susayadi.
E.N. Mixaylov (1950) ipak qurti bilan tashqi sharoit orasidagi bog‘liqlikni
o‘rganib, qurt tanasidagi barcha jarayonlar, shuningdek, asab tizimining faoliyati
havo harorati bilan
bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
A.G. Ginzburg (1964)ning aniqlashicha, past harorat tirik organizm
tanasidagi modda almashinish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatibgina qolmasdan,
uning kasallikka chalinishiga sababchi bo‘ladi.
L.F. Rojdestvenskaya (1951) va V.V. Zvorikina (1965) ipak qurtlarining
past haroratga chidashini o‘rganib, kichik yoshdagi qurtlar katta yoshdagilarga
qaraganda birmuncha chidamliroq bo‘lishini aniqlagan.
N. Axmedov (1986) o‘z tajribalarida tuxumdan jonlangan qurtlar past
Ilmiybaza.uz
haroratda (+3+4°C) saqlansa, ularda sariq kasalligini yuqtiruvchi viruslar tez
rivojlanishi va oqibatda qurtlar, asosan, sariq kasalligiga duchor bo‘lishini
aniqlagan.
Ipak qurtiga past harorat salbiy ta’sir etishi to‘g‘risida bir qator ilmiy
tajribalar o‘tkazilgan bo‘lsada, tuxumdan jonlangan va hali oziqlanmagan
qurtlarning yashovchanligiga uzoq muddatli past haroratning (+3+4°C) qanday
ta’sir ko‘rsatishi o‘rganilmagan. ’
Tutlarni bahorgi sovuqdan zararlanishi turli muddatlarda ro‘y beradi. Ayrim
yillarda qurtlarni boqish ishlari boshlangan vaqtlarda to‘satdan tushgan sovuq
ta’sirida tut novdalaridagi barglar zararlanib qolishi mumkin. Bunday murakkab
hollarda ikki masala ko‘ndalang qo‘yiladi:
1)
xo‘jaliklarga yangidan tuxumlar keltirib, inkubatorga qo‘yish;
2)
boqilayotgan qurtlarni past harorati arda saqlab qolish.
Yangidan tuxumlar keltirib, qaytadan inkubatsiya qilish hamma
vaqt ham amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan choradir. Masala shundaki,
birinchidan, urug‘chilikkorxonalaridagi barcha tuxumlar tarqatilib bo‘linganligi
tufayli sifatli tuxumlarni topish muammo bo‘lishi, ikkinchidan, urug‘chilik
korxonalaridan tuxumlarni keltirish va ulardan sog‘lom qurtlarni jonlantirib olish
ancha muddat va qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi.
Past haroratning tuxumdan jonlangan qurtlarning mahsuldorligiga ta’siri
Yuqorida bay on etilgan mulohazalardan kelib chiqib, muallif tuxumdan
chiqqan qurtlarni past harorat (+3+4°C)da 3, 5, 7, 10, 15 va 20 kun saqlashning
ularning hayotchanligi va mahsuldor- lik xususiyatlariga ta’sirini o‘rganishga va
mo‘tadil muddatlarni aniqlashga qaratilgan tajribalar olib bordi.
Tuxumdan chiqqan qurtlarni past haroratda turli muddatlarda saqlashning
yashovchanlik belgilariga ta’siri 7-jadvalda ko‘rsatilgan.
7-jadval
Ilmiybaza.uz
7- jadvaldan o‘rin olgan raqamlardan yaqqol ko‘rinib turadiki, tuxumdan
chiqqan qurtlarni +3+4°C haroratda saqlash kunlari ularning yashovchanligiga
katta ta’sir ko‘rsatadi. Qurtlarni past haroratda saqlash muddatlari uzaygan sari
ularning yashovchanligi pasayib borishi kuzatiladi. Yana shuni qayd etish lozimki,
qurtlar- ning yashovchanligi yoshdan yoshga o‘tishi bilan tobora kamayib bordi.
Tuxumdan chiqqan qurtlarni past haroratda 3 kun muddatda saqlanganda
pilla o‘rashga kirishgan qurtlar 81,0 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 7 kun saqlanganda
71,0, 15 kun
saqlanganda 51,5, 20 kun saqlanganda 12,5 foizgacha kamaygan. Bu holat
qurtlarning yashovchanligini, ayniqsa, 15-20 kun davomida past haroratda
saqlanganda kamayishiga asosiy sabab sariq kasalligiga chalinishidir. Masala
shundaki, ipak qurti tuxumlari, lichinkalari, g‘umbaklarida poliedroz (sariq)
kasalining latent holdagi viruslari boiadi. Bu viruslar qulay sharoit yaratilganda tez
ko‘payib, qurt tanasida kasallikni qo‘zg‘atadi. Tuxumdan chiqqan qurtlarni
+3+4°C da uzoq muddatlarda saqlash latent viruslarning rivojlanishiga im- koniyat
yaratadi. Shuning uchun ham 15 va 20 kun past haroratda saqlangan qurtlarning
12,5-51,5 foizi kasallikdan nobud bo‘lgan.
Albatta, rivojlanishi turli muddatlarga to‘xtatib turilgan qurtlar hayotchanligi
past harorat ta’sir ettirilmagan qurtlarga nisbatan birmuncha pasayiShi kuzatiladi.
Tuxumdan chiqqan qurtlarni turli muddatlarda past
haroratda saqlashning yashovchanlik belgilariga
ta’siri
Var
i
ant
lar
Qurtlar-
ni
past
haroratd
a
saqlash
muddati
Qurtlarning
yoshlari
bo‘yicha
yashovchanligi,%
Pilla
o‘rag
an
qurtla
r,
%
Qurtli
k
davri,
kun
1-
yos
h-
da
2-
yos
h-
da
3-
yos
h-
da
4-
yos
h-
da
5-
yos
h-
da
I
3 kun
100 94,0 89,5 6,5 83,
5
81,5 25-26
2
5 kun
100 91,0 86,0 84,5 81,
5
79,0 26-27
3
7 kun
100 86,0 80,5 77,0 73,
5
71,0 27-28
4
10 kun 100 80,0 74,0 71,0 68,
0
65,5 28-29
5
15 kun 100 64,0 59,5 56,0 54,
0
51,5 29-30
6
20 kun 100 23,5 19,5 16,5 14,
5
12,5 30-31
7-Q 0
100 98,0 95,5 93,5 91,
5
89,0 22-23
Ilmiybaza.uz
Ammo ushbu usul yordamida qurtlarning asosiy qismini saqlab qolish mumkin
bo‘ladi. Shu ji- hatdan ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlar muhim va dolzarbdir.
Endi 7-jadvalning oxirgi ustunidan joy olgan lichinkalik davrini qay
darajada o‘zgarishini ko‘rib chiqamiz. Tuxumdan chiqqan qurtlarni past haroratda
saqlash muddatlari uzaygan sari lichinkalik davri ham mutanosib ravishda uzayib
borishi aniqlandi. Agar tuxumdan chiqqan qurtlar (qiyoslovchi) ni darhol boqishga
kirishilganda ular 22-23 kunda pilla o‘rashga kirishgan bo‘lsa, qurtlarni
3
kun past haroratda saqlash bu muddatni 25-26 kun, 10 kun saqlash 28-
29 kun va 20 kun saqlash 30-31 kunga cho‘zilishiga olib keldi.
Tuxumdan endi chiqqan qurtlar rivojlanishini turli muddatlarga past
haroratda to‘xtalib turilishi faqat ularning hayotchanlik xususiyatlariga emas, balki
mahsuldorlik belgilarining namoyon bo‘lishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 8-
jadvalda keltirilgan raqamlar ushbu fikrni tasdiqlaydi.
8-jadval
Tuxumdan chiqqan qurtlarni sovitkichlarda saqlash, avvalo, pilla va ipak
qobig‘i vazniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi. Qiyoslovchi variantda
pillaning o‘rtacha vazni 2,05 g ga teng bo‘lgan holda tuxumlarni 3 kun past
haroratda saqlash bu ko‘rsat- kichni 2,95 g, 5 kun saqlash - 1,82 g, 7 kun saqlash -
1,74 g, 10 kun saqlash - 1,63 g, 15 kun saqlash - 1,55 g, 20 kun saqlash esa 1,47 g
gacha kamayishiga sabab bo‘ldi.
Tuxumdan chiqqan qurtlarni past haroratda saqlash
muddatlarining qurtlar o‘ragan pillalar ko‘rsatkichlariga
ta’siri
Variantla
r
va
tuxumlar
ni
saqlash
muddati
Pillaning
o‘rtacha
Ipak
Qobig‘i
ning
Ipakchanlik
Vazn
i,
g
VI
var.
nisbatan,
%
O’rtach
a
vazni,
mg
VI var.
nisbatan
, %
% VIvar.
Nisbatan
%
1-3 kun 1,95 132,2
445
128,1
23
,3
96,7
II—5
kun
1,82 123,8
435
122,5
23
,9
99,2
III—7
kun
1,74 118,3
420
118,3
24
,1
100,0
IV-10
kun
1,63 110,9
400
112,6
24
,5
101,6
Ilmiybaza.uz
Agar variantlardagi pilla vazni VI variant ko‘rsatkichlari bilan taqqoslansa
qurtlarni 3,5 va 7 kun past haroratda saqlanganda pilla vazni 18,3-32,2 foiz kam
bo‘lgan. Pilladagi ipak miqdori ham xuddi shu zaylda kamayib borishi kuzatiladi.
Qurtlar hayotchanligi va pilla mahsuldorligini kamayib borishini uzoq
muddat (15-20 kun) qurtlarni sovitkichlarda turib qolishi natijasida ularni
zaiflashib qolishi, kasalliklarga beriluvchan bo‘lishi bilan izohlash mumkin.
9-jadval
9-jadvaldagi ma’lumot bo‘yicha tajriba variantlarida virusli poliedroz
kasalligi bakterial kasalliklarga nisbatan 3 barobar ko‘proq uchraydi. Ayniqsa,
sariq kasalligiga chalingan qurtlar IV-VI variantlarda, ya’ni qurtlar past haroratda
10-20 kun ushlab turilganda kuzatiladi. Yuqorida bayon etilganidek, past (+3+4°C)
harorat latent oldidagi poliedroz viruslarini faollashuviga turtki bo‘lgan.
Sovitkichlarda 7, 10 va 15 kun saqlangan qurtlar o‘ragan pillalar chuvatilib
asosiy texnologik ko‘rsatkichlari topildi. 20 kun davomida sovitkichlarda
saqlangan qurtlarning asosiy qismi nobud boigani tufayli bu variant bo‘yicha
pillalarni chuvatilish imkoni bo‘lmadi.
Pilla namunalarini chuvatish natijalari shuni ko‘rsatadiki, pillalarning eng
muhim texnologik ko‘rsatkichlari tuxumdan endigina jonlanib chiqqan qurtlarni
past haroratda saqlash muddatlariga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Awalo qurtlar rivojini to‘xtatib turish muddati qancha ko‘p boisa, quruq
pillalarning o‘rtacha vazni shunchalik kamayib boradi. Qurtlar sovitkichlarda uzoq
saqlansa, tirik pilla vazni shuncha pasyadi. 8-jadvalda ko‘rsatilganidek qurtlar past
Qurt
boqish
davrida
kasallangan
qurtlarni
mikroskopda tekshirish natijalari
Variantlar
Tekshirilgan
qurtlar
soni,
dona
Kasallik turi va miqdori,
dona
Bakteriya
Virus
I
10
4
6
11
10
3
7
III
10
3
7
IV
10
2
8
V
10
2
8
VI
10
1
9
0‘rta VII (qiy -
2,5
7,5
oslovchi)
10
8
2
Ilmiybaza.uz
haroratda 3 kun saqlanganda tirik pillaning vazni 1,95 g, 5 kun saqlanganda 1,82 g,
7 kun saqlanganda 1,74 g boigan edi. Pillalar quritilgandan so‘ng mutanosib
ravishda vazni 0,844 g va 0,802 g ni tashkil etdi.
Quruq pillalarning chuvatilishi ham 71,4 foizdan 51,2foizga kamaygan, shu
tufayli pillalardan xom ipak chiqishi 34,6 foizdan 27,0 foizgacha pasaygan.
Odatda, pilladan xom ipak chiqish foizi yuqori bo‘lsa, tolaning uzunligi ham
yuqori boiadi.
Xususan, qurtlar past haroratda 3 kun saqlangan holatlarda xom ipak
chiqishi 34,6 foiz bo‘lib, bitta pilladan chuvatib olingan tola uzunligi 778 metmi
tashkil etgan bir vaqtda, qurtlarning sovitkichlarda 15 kun saqlanishi pilladan xom
ipak chiqishi va tola uzunligining mutanosib ravishda 24,8 foiz va 402 metrga
tushib qolishiga sabab bo‘ladi.
Yana shu narsa ma’lum bo‘ladiki, qurtlik davrida past harorat ta’sirida
saqlash ular o‘ragan pillalar chuvatilishi sezilarli darajada pasayishi oqibatida
uzilmasdan chuvatiladigan tola uzunligi atigi 376-535 metrga yetgan, xolos. Bu
ko‘rsatkichga ipak sanoati korxonalarida alohida e’tibor beriladi. Chunki uzluksiz
chuvatiladigan tola qanchalik uzun bo‘lsa, dastgohlarning ish unumdorligi va xom
ipakning sifati shunchalik yuqori bo‘ladi.
Tajriba natijalariga asoslanib shuni ta’kidlash joizki, tuxumdan chiqqan
qurtlarning rivojlanishini to‘xtatib turish maqsadida so- vitkichlarda saqlash qurtlar
organizmida chuqur o‘zgarishlar hosil etadi. Bu o‘zgarishlar, awalo, latent holdagi
sariq kasali viruslarini faollashtiradi va qurtlarning kasallanishiga olib keladi.
Odatda, kasallik tarqalganda pilla o‘rashga yetib borgan qurtlar soni
kamayadi va olingan pillalarning aksariyati nuqsonli bo‘ladi. Navdor pillalar ulushi
kam bo‘lgan pilla partiyalarida ipak qobig‘ining chuvatilish foizi kamayadi, bu, o‘z
navbatida, pilladan xom ipak chiqishi, tola uzunligi kabi texnologik belgilarni
pasay- tirib yuboradi. Sifati past bo‘lgan ipakni jahon bozoriga chiqarish mumkin
bo‘lmay qoladi.
Ilmiybaza.uz
Tut barglari zararlanib, oziqa muammosi vujudga kelgan hollarda tuxumdan
chiqqan qurtlarni tut daraxtida yangi barg hosil bo‘lganiga qadar sovitkichlarga
joylashtirib, +2 +4°C haroratda 3-10 kun saqlash maqsadga muvofiqdir.