IPAK QURTINI BOQISH AGROTEXNIKASI (Binolarni tanlash, ta’mirlash va qurt boqishga tayyorlash, Ipak qurtini boqish agrotexnikasi)
Yuklangan vaqt
2024-05-08
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
64,0 KB
Ilmiybaza.uz
IPAK QURTINI BOQISH AGROTEXNIKASI
Reja :
1. Binolarni tanlash, ta’mirlash va qurt boqishga tayyorlash.
2.Ipak qurtini boqish agrotexnikasi.
Adabiyotlar: 3, 5, 7, 8, 10.
Ilmiybaza.uz
Tut ipak qurtini boqishda agrotexnika normativlari
(1 quti qurt hisobida)
Yoshla
ri
va
uyqusi
Rivojl
anish
davo
miylig
i (kun
hisobi
da)
Oziql
anish
mayd
oni,
m2
Barg berish miqdori
(marta)
Tut bargini
berish turi
G‘anani
almashtiri
sh
(marta)
Boqish
sharoiti
kunduzi
kec
hasi
Harorat
°C
Namlik
,
%
1-yosh 2,5-3 1,5-
2,0
8
2
Mayda ugra
shaklida
-
26-27 65-75
uyqusi 1
1,5-
2,0
-
-
-
26-27 65-75
2-yosh 3-4
5-6
7
2
Butun barg 1
26-27 65-75
uyqusi 1
5-6
-
-
-
-
26-27 65-75
3-yosh 4-5
12-15 6
2
Yashil
bargli
novdachalar
1
26-27 65-75
uyqusi 1,0-
1,5
12-15 -
-
1
25-26 65-75
4-yosh 5-6
25-30 4
2
Mayda
novdachalar
va novdalar
1-2
24-25 60-70
uyqusi 1,5-
2,0
25-30 -
-
-
-
24-25 60-70
5-yosh 7-9
50-60 4
2
Yirik
novdalar
2-3
24-25 60-70
Pilla
o'rash
3-4
60-65
Qo'shimcha
novda va barglar
bilan oziqlantirish
kerak
Pilla
o'rashdan
oldin
1
marta
24-25 60-65
1. Binolarni tanlash va ta’mirlash va qurt boqishga tayyorlash Ipak qurti
tuxumlarini jonlantirishdan ancha avval qurt boquvchilar va zvenolar bilan
shartnomalar
tuzilishi
kerak.
Shartnomada
biqiladigan
qurtlar
miqdori,
yetishtiriladigan pilla xosili, pillaning harid narxi, shuningdek xo‘jalik tomonidan
qurt boquvchiga yaratilgan shart-shoroitlar (tut bargi va kerakli asbob-anjom
hamda materiallar bilan ta’minlash xaqida majburiyatlar) aks ettiriladi.
Mart oyining ikkinchi yarmiga kelib, kichik yoshdagi qurtlar boqiladigan
issiqxonalarni tozalash, eshik-derazalar va polni, sukchak va asbob anjomlarni kir
sodasi yoki kir yuvish kukunlari eritmasi bilan yuvish talab etiladi. Shundan so‘ng
pechlar yoki mavjud isitish manbalari ishga tushiriladi. Qurtxonalardagi haroratni
25 - 26° C darajaga ko‘tarib, 2 - 3 kun davomida xonalarning zaxini qochirish talab
etiladi.
Ilmiybaza.uz
Respublikamizda pilla yetishtirish mavsumi bahor oylariga to‘g‘ri keladi.
Bahorgi qurt boqish mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun tayyorgarlik
ishlarini fevral -mart oylaridan boshlash kerak.
Jamoa
xo‘jaliklarida
qurt
boqish
mavsumiga
tayyorgarlik
ishlari
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- qurt boqish kalendarini tuzish;
- qurtxonalar uchun yaroqli binolarni tanlash va ularni ta’mirlash;
- kerakli asbob-anjomlarini taxt qilib qo‘yish;
- qurt boquvchi zvenolarni tashkil etish;
- qurt boquvchilar bilan shartnomalar tuzish;
- qurt boqiladigan xonalarni va asbob-anjomlarni dezinfeksiya qilish
(zararsizlantirish) tutzorlar va yakka qatorlab ekilgan tutlarni parvarish qilish.
Ipakchilikda dezinfeksiya ipak qurti kasalliklariga qarshi ko‘rashda asosiy
vosita hisoblanadi. Ipak qurti kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi patogen mikroblar
dezinfeksiya yordamida zararsizlantiriladi.
Dezinfeksiyani issiq xavo, issiq suv, issiq bug‘. kimyoviy usul bilan
dezinfeksiya qilinadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar orasida xloramin va kalsiy
gipoxlorid nisbatan keng qo‘llaniladi. Pillachilik ob’ektlari esa asosan formalin
bilan dezinfeksiya qilinadi.
Inkubatoriya va qurtxonalar, odatda 4% formalin eritmasi bilan dezinfeksiya
qilinadi, 4% li dezinfeksiyalovchi eritmani tayyorlash uchun qo‘shiladigan suv
miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
X-4%
C-------------------
4%
bunda:
C-4% li formalin eritmasini tayyorlash uchun qo‘shiladigan suv miqdori;
X-zavoddan keltirilgan formalinning pasportidagi konsentrasiyasi.
Ilmiybaza.uz
Eritma dezinfeksiya ishlarni boshlashdan taxminan 1 soat avval
tayyorlanadi. Aks xolda eritmadagi xlor xavoga ko‘tarilib ketadi. Tayyor eritmadan
7 - 8 soat davomida foydalanish lozim. 3 m2 satxga 1 litr eritma purkaladi.
Qurtxonalarda dezinfeksiyani boshlashdan avval xavo harorati 24 - 25° C ga
ko‘tariladi.
2. Ipak qurtni boqish agrotexnikasi. Ipak qurtlarini parvarish qilishda har bir
yoshi uchun talab etiladigan agrotexnika qoidalariga to‘liq rioya qilish talab etiladi
Ipak qurtlari o‘zining 23 - 25 kundan iborat qurtlik davrida pilla o‘ragunga
qadar 4 marotaba po‘st tashlab 5 yoshdan iborat davrni o‘tadi. Shundan 1 - 2 - 3
yoshini ipak qurtining kichik yoshlari, 4 - 5 yoshini esa katta yoshi deb ataladi.
Tuxumdan jonlanib chiqqan qurtlar birinchi 1 yosh xisoblanib, shuni
e’tiborga olgan xolda xonadagi haroratni 27° C da, xavo namligini esa 65 - 75%
qilib ushlab turiladi.
Qurtlarni agrotexnika qoidalari bo‘yicha yaxshi parvarish qilinsa, birinchi
yoshi 3 kun davom etib jami 6 - 7 kilogramm barg sarflanadi. Ularga bir kunda 9-
10 marotaba (shundan ikki marotabagi kechasi) barg beriladi. Birinchi yoshdagi
qurtlarga juda extiyotkorlik bilan bir tekis barg solinadi.
Birinchi yoshining birinchi kunida bir quti qurt 0,5 m2 joyda turgan bo‘lsa,
yosh oxiriga kelib u 2 m2 joyni egallashi kerak.
Ikkinchi yoshga o‘tgan qurtlar birinchi yoshdagiga o‘xshash issiqlik va
yorug‘likka talabchan bo‘ladi. Qurtxonadagi harorat 26 -270 C, xavoning nisbiy
namlik 65 - 75 % ni tashkil etish lozim.
Ikkinchi yoshda qurtlarga butun barg yaproqchasi bilan solinadi. Qurtlarning
bu yoshi ham 3 kun davom etadi va jami 17-20 kg barg sarflanadi. Ularga bir
kunda 8 - 9 marotaba (shundan 2 marotabasi kechqurun) barg beriladi, Ikkinchi
yoshning birinchi kunida qurtlar 3 m2 joyda turgan bo‘lsa, yosh oxiriga kelib 6
m2 joyni egallashi lozim. 3-yosh oxirida ega 12 • 15 m2 joyga qo‘yiladi. Bu yoshda
qurtlar bir marotaba g‘analanadi.
Ipak qurtining uchinchi yoshi 3-4 kun davom etib, 60-70 kg barg sarflanadi.
Ularga bir kunda 7-8 marotaba ( shundan kechasi 2 marotaba) barg beriladi.