IQLIM O‘ZGARISHI SABABLARI, ISSIQXONA EFFEKTI MEXANIZMI VA EKOLOGIK XAVFLAR

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

13

File size

Fayl hajmi

56,3 KB


IQLIM O‘ZGARISHI SABABLARI, ISSIQXONA EFFEKTI MEXANIZMI
VA EKOLOGIK XAVFLAR
REJA:
1. Iqlim o‘zgarishi sabablari.
2. Issiqxona effekti mexanizmi.
3. Issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar va aerozollar.
Logotip
IQLIM O‘ZGARISHI SABABLARI, ISSIQXONA EFFEKTI MEXANIZMI VA EKOLOGIK XAVFLAR REJA: 1. Iqlim o‘zgarishi sabablari. 2. Issiqxona effekti mexanizmi. 3. Issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar va aerozollar.
Iqlim o‘zgarishi sabablari. Er shari iqlimi asrlar mobaynida o‘zgarib turgan.
Bunday o‘zgarishlar jarayoni natijasida biror geografik rayonning iqlimi sovuqroq
yoki issiqroq, namligi ko‘proq yoki qypyq bo‘lib o‘zgaradi. Masalan, Arktikada
uchlamchi davr boshlarida iqlim ancha iliq bo‘lgan, o‘rmonlar o‘sgan, natijada
keyin toshko‘mir konlari vujudga kelgan. 
Er  yuzida  insonning  paydo  bo‘lishi  va  ibtidoiy  odamlarning  joylashgan
makonlari sayyoramizda 1-2 million yillar ilgari mavjud bo‘lgan iqlimiy sharoitlar
bilan chambarchas bog‘liqdir. Inson o‘z evolyusiyasi jarayonida noqulay iqlimga
uy-joylar qurish, olovdan foydalanish va kiyim-kechaklar kiyish yo‘llari bilan
moslashishga harakat qilganlar. SHunga qaramasdan hozirgi kunda insoniyatning
katta qismi quruqlikning nisbatan chegaralangan joylarida o‘rnashgan bo‘lib, bu
erlarda iqlimiy sharoitlar inson hayoti va faoliyati uchun eng qulaydir. Qizig‘i
shundaki, insoniyatning oxirgi ikki yuz yillik davr davomida ilm va texnikani
rivojlantirish sohasida erishgan ulkan yutuqlariga qaramasdan, u hamon iqlimiy
sharoitlarga bog‘liqlikdan  xalos  bo‘la olmayapti. Ustiga-ustak  iqlimning inson
xo‘jalik faoliyatining barcha qirralariga, jumladan qishloq xo‘jaligi mahsuldorligi,
gidroenergetika, hamma turdagi transport harakati, texnika mahsulotlarini ishlab
chiqarish,  ulardan  foydalanish  va  boshqa  sohalarga  ta’siri  yanada  kuchliroq
bo‘lmoqda. Iqlim sharoitining inson psixo-fiziologik holatiga va uning sog‘ligiga
ta’siri ham kuchayib bormoqda. Iqlim sharoiti tobora ijtimoiy va hatto siyosiy
ahamiyat kasb etmoqda. Iqlim o‘zgarishlari Erning uzoq geologik o‘tmishida ham
yuz bergan, lekin ular tabiiy omillar ta’sirida ro‘y bergan. Hozirgi kunda esa
iqlimga  asosiy  ta’sirni  inson  faoliyati  ko‘rsatayotganligi  aniq  isbotlab  berildi.
Ushbu  ta’sirning  uchta  asosiy  mexanizmi  aniqlangan  bo‘lib,  ular  atmosferada
issiqxona  effekti  hosil  qiluvchi  gazlar  konsentratsiyasining  ortishi,  insoniyat
tomonidan  foydalanilayotgan  energiya  ishlab  chiqarishning  o‘sishi  va
atmosferadagi aerozol miqdori va tarkibining o‘zgarishidan iborat.
Iqlimning hozirgi kundagi o‘zgarishlarining belgilari dunyo miqyosida va shu
bilan birga Evropada ham sezilmoqda. Er sharida o‘tgan 100 yil davomida o‘rtacha
havo  haroratining  ko‘tarilishi  ushbu  o‘zgarishning  belgilaridan  biridir.  Bu
o‘zgarish Er sharida 0,6 0S ni tashkil etgan bo‘lsa, Evropada 1,2 0S ga teng bo‘ldi.
Logotip
Iqlim o‘zgarishi sabablari. Er shari iqlimi asrlar mobaynida o‘zgarib turgan. Bunday o‘zgarishlar jarayoni natijasida biror geografik rayonning iqlimi sovuqroq yoki issiqroq, namligi ko‘proq yoki qypyq bo‘lib o‘zgaradi. Masalan, Arktikada uchlamchi davr boshlarida iqlim ancha iliq bo‘lgan, o‘rmonlar o‘sgan, natijada keyin toshko‘mir konlari vujudga kelgan. Er yuzida insonning paydo bo‘lishi va ibtidoiy odamlarning joylashgan makonlari sayyoramizda 1-2 million yillar ilgari mavjud bo‘lgan iqlimiy sharoitlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Inson o‘z evolyusiyasi jarayonida noqulay iqlimga uy-joylar qurish, olovdan foydalanish va kiyim-kechaklar kiyish yo‘llari bilan moslashishga harakat qilganlar. SHunga qaramasdan hozirgi kunda insoniyatning katta qismi quruqlikning nisbatan chegaralangan joylarida o‘rnashgan bo‘lib, bu erlarda iqlimiy sharoitlar inson hayoti va faoliyati uchun eng qulaydir. Qizig‘i shundaki, insoniyatning oxirgi ikki yuz yillik davr davomida ilm va texnikani rivojlantirish sohasida erishgan ulkan yutuqlariga qaramasdan, u hamon iqlimiy sharoitlarga bog‘liqlikdan xalos bo‘la olmayapti. Ustiga-ustak iqlimning inson xo‘jalik faoliyatining barcha qirralariga, jumladan qishloq xo‘jaligi mahsuldorligi, gidroenergetika, hamma turdagi transport harakati, texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish, ulardan foydalanish va boshqa sohalarga ta’siri yanada kuchliroq bo‘lmoqda. Iqlim sharoitining inson psixo-fiziologik holatiga va uning sog‘ligiga ta’siri ham kuchayib bormoqda. Iqlim sharoiti tobora ijtimoiy va hatto siyosiy ahamiyat kasb etmoqda. Iqlim o‘zgarishlari Erning uzoq geologik o‘tmishida ham yuz bergan, lekin ular tabiiy omillar ta’sirida ro‘y bergan. Hozirgi kunda esa iqlimga asosiy ta’sirni inson faoliyati ko‘rsatayotganligi aniq isbotlab berildi. Ushbu ta’sirning uchta asosiy mexanizmi aniqlangan bo‘lib, ular atmosferada issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar konsentratsiyasining ortishi, insoniyat tomonidan foydalanilayotgan energiya ishlab chiqarishning o‘sishi va atmosferadagi aerozol miqdori va tarkibining o‘zgarishidan iborat. Iqlimning hozirgi kundagi o‘zgarishlarining belgilari dunyo miqyosida va shu bilan birga Evropada ham sezilmoqda. Er sharida o‘tgan 100 yil davomida o‘rtacha havo haroratining ko‘tarilishi ushbu o‘zgarishning belgilaridan biridir. Bu o‘zgarish Er sharida 0,6 0S ni tashkil etgan bo‘lsa, Evropada 1,2 0S ga teng bo‘ldi.
Bundan tashqari, o‘tgan 100 yil davomida Dunyo va Evropa dengizlarida suv sathi
10-20 sm ko‘tarildi. Atmosfera yog‘inlarining miqdori ham o‘zgardi, ekstremal –
noqulay ob-havo hodisalari (iliq qishlar, yozdagi o‘ta issiq kunlar, kuchli jala
yomg‘irlar,  katta  suv  toshqinlari,  sayyoramizning  turli  qismlarida  tog‘
muzliklarining keng miqyosda qisqarishi va boshq.) tez-tez kuzatiladigan bo‘lib
qoldi.  Iqlimning  biosferaga  va  shu  bilan  birga  kishilik  jamiyatiga  ta’sirining
yuqorida,  to‘liq  bo‘lmasada,  qayd  etilgan  turlaridan  ko‘rinib  turibdiki,  bu
muammoga ushbu kunda katta e’tibor qaratilayotganligi bejiz emas. Ushbu e’tibor,
birinchidan,  sayyoramizda  iqlim  o‘zgarishining  sabablarini  o‘rganishda  va,
ikkinchidan,  ushbu  o‘zgarishning  salbiy  oqibatlarini  iloji  boricha  kamaytirish
tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilganligida aks etadi.
Bu  sohada  keng  miqyosdagi  tadqiqotlar  BMT  rahnomaligida  xalqaro
kelishuvlarga muvofiq ravishda (YUNESKO, VMO, YUNEP, MGEIK va boshq.)
amalga oshirilmoqda. Ana shulardan biri iqlim o‘zgarishi haqida BMT Doiraviy
Konvensiyasi  (RKIKOON)  bo‘lib,  uni  dunyoning  ko‘plab  mamlakatlari  (189
mamlakat),  shu  jumladan  O‘zbekiston  ham  1993  yil  iyunda  imzolagan.
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  gidrometeorologiya
xizmati  Markazi  (O‘zgidromet)  O‘zbekistonda  iqlim  o‘zgarishi  haqida  BMT
Doiraviy  Konvensiyasidan  kelib  chiqadigan  majburiyatlarni  bajarish  bo‘yicha
mas’ul tashkilot hisoblanadi.
Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hukumatlararo ekspertlar guruhi (MGEIK) iqlimni
ilmiy tadqiq etishni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanib, quyidagi uch muammoga
e’tibor qaratgan: 
1. Hozirgi zamondagi iqlim o‘zgarishini baholash, uning tabiiy va antropogen
sabablarini  aniqlash  hamda  kelajakda  Er  kurrasida  uzoq  muddatli  iqlim
o‘zgarishlarining asoslangan ssenariyalarini ishlab chiqish;
2.  Iqlim  o‘zgarishining  tabiat,  atrof-muhit  va  inson  xo‘jalik  faoliyatiga
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy oqibatlarini baholash;
3. Salbiy oqibatlarni kamaytirish va barqaror rivojlanishga erishish maqsadida
davlatlar  va  butun  jahon  ommasining  ushbu  o‘zgarishlarga  munosabati
strategiyasini ishlab chiqish. Klimatologiya darsliklari o‘ziga xos xususiyatlarga
ega  bo‘lib,  ularda  hozirgi  zamon  iqlim  o‘zgarishi  muammolari  va  uning
Logotip
Bundan tashqari, o‘tgan 100 yil davomida Dunyo va Evropa dengizlarida suv sathi 10-20 sm ko‘tarildi. Atmosfera yog‘inlarining miqdori ham o‘zgardi, ekstremal – noqulay ob-havo hodisalari (iliq qishlar, yozdagi o‘ta issiq kunlar, kuchli jala yomg‘irlar, katta suv toshqinlari, sayyoramizning turli qismlarida tog‘ muzliklarining keng miqyosda qisqarishi va boshq.) tez-tez kuzatiladigan bo‘lib qoldi. Iqlimning biosferaga va shu bilan birga kishilik jamiyatiga ta’sirining yuqorida, to‘liq bo‘lmasada, qayd etilgan turlaridan ko‘rinib turibdiki, bu muammoga ushbu kunda katta e’tibor qaratilayotganligi bejiz emas. Ushbu e’tibor, birinchidan, sayyoramizda iqlim o‘zgarishining sabablarini o‘rganishda va, ikkinchidan, ushbu o‘zgarishning salbiy oqibatlarini iloji boricha kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilganligida aks etadi. Bu sohada keng miqyosdagi tadqiqotlar BMT rahnomaligida xalqaro kelishuvlarga muvofiq ravishda (YUNESKO, VMO, YUNEP, MGEIK va boshq.) amalga oshirilmoqda. Ana shulardan biri iqlim o‘zgarishi haqida BMT Doiraviy Konvensiyasi (RKIKOON) bo‘lib, uni dunyoning ko‘plab mamlakatlari (189 mamlakat), shu jumladan O‘zbekiston ham 1993 yil iyunda imzolagan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati Markazi (O‘zgidromet) O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi haqida BMT Doiraviy Konvensiyasidan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish bo‘yicha mas’ul tashkilot hisoblanadi. Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hukumatlararo ekspertlar guruhi (MGEIK) iqlimni ilmiy tadqiq etishni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanib, quyidagi uch muammoga e’tibor qaratgan: 1. Hozirgi zamondagi iqlim o‘zgarishini baholash, uning tabiiy va antropogen sabablarini aniqlash hamda kelajakda Er kurrasida uzoq muddatli iqlim o‘zgarishlarining asoslangan ssenariyalarini ishlab chiqish; 2. Iqlim o‘zgarishining tabiat, atrof-muhit va inson xo‘jalik faoliyatiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy oqibatlarini baholash; 3. Salbiy oqibatlarni kamaytirish va barqaror rivojlanishga erishish maqsadida davlatlar va butun jahon ommasining ushbu o‘zgarishlarga munosabati strategiyasini ishlab chiqish. Klimatologiya darsliklari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularda hozirgi zamon iqlim o‘zgarishi muammolari va uning
oqibatlarini  batafsil  yoritishning  imkoniyati  yo‘q.  SHu  sabab,  bugungi  kunda
mazkur muammolar bilan iqlimiy sharoitlar o‘zgarishini o‘z faoliyatida u yoki bu
darajada hisobga oluvchi keng doiradagi mutaxassislarni tanishtirish zarur bo‘lib
qoldi. Bunday harakatlar aholining turli qatlamlarini shu yo‘nalishdagi ma’lumotlar
bilan tanishtirish nuqtai-nazaridan ham lozimdir. 
Issiqxona effekti mexanizmi. Issiqxona effekti mexanizmini quyidagicha
tushuntirish mumkin: karbonat angidrid gazi qoplamidan Quyosh radiatsiyasi qisqa
tulqinli spektr qismida bemalol utishi mumkin, lekin unda er sirtidan bo‘ladigan
uzun  to‘lqinli  nurlanish  sezilarli  darajada  yutiladi.  SHuning  uchun  ham
atmosferada karbonat angidrid gazi massasining ortishi natijasida undan quyida
joylashgan havo qatlamida harorat ko‘tariladi. Bu esa global isishning o‘sishiga
olib keladi.
Er  iqlimiga  Quyosh  energiyasining  doimiy  oqimi  ta’sir  kursatadi.  Erga
kelayotgan energiyaning 30 %i yana kosmosga qaytadi. Taxminan 15 % atrofidagi
energiya atmosferada yutiladi. Qolgan katta qismi atomsferadan o‘tib, er sirtini
isitadi.
Er ushbu energiyani kosmosga uzun tulqinli infraqizil nurlanish ko‘rinishida
qaytaradi. Atmosferada mavjud bo‘lgan «Issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar»
erning  infraqizil  nurlanishini  tusib  qoladi  va  uni  kosmosga  utishiga  imkon
bermaydi.
Asosiy  issiqxona  effekti  hosil  qiluvchi  gazlarga  suv  buglari,  karbonat
angidrid,  troposferadagi  azon,  metan,  azot  oksidi,  galoiduglerodlar  va  sanoat
korxonalaridan  chiqadigan  gazlar  kiradi.  Bu  gazlarning  barchasi,  sanoat
korxonalaridan chiqadigan gazlarni hisobga olmaganda, tabiiy kelib chiqishlidir.
Ularning hammasi birgalikda atmosferaning 1 % dan kamrog‘ini tashkil etadi.
Lekin «tabiiy issiqxona effekti»ni yaratish uchun shuning uzi etarli. SHu tufayligina
sayyoramiz harorati u yuq deb hisoblangandagiga nisbatan 30  0S yuqoridir. Bu
narsa biz bilgan Erdagi hayot uchun o‘ta muhim hisoblanadi.
Asosiy  issiqxona  effekti  hosil  qiluvchi  gazlar  miqdori  (suv  bug‘larini
kiritmasa  ham  bo‘ladi)  antropogen  faoliyat  ta’sirida  ortadi.  Karbonat  angdrid
chiqindilari atomsferaga aksariyat hollarda ko‘mir, neft va tabiiy gaz, metan va azot
oksidini  yoqish  natijasida  kelib  qo‘shiladi.  Oxirgilari,  o‘z  navbatida,  qishloq
Logotip
oqibatlarini batafsil yoritishning imkoniyati yo‘q. SHu sabab, bugungi kunda mazkur muammolar bilan iqlimiy sharoitlar o‘zgarishini o‘z faoliyatida u yoki bu darajada hisobga oluvchi keng doiradagi mutaxassislarni tanishtirish zarur bo‘lib qoldi. Bunday harakatlar aholining turli qatlamlarini shu yo‘nalishdagi ma’lumotlar bilan tanishtirish nuqtai-nazaridan ham lozimdir. Issiqxona effekti mexanizmi. Issiqxona effekti mexanizmini quyidagicha tushuntirish mumkin: karbonat angidrid gazi qoplamidan Quyosh radiatsiyasi qisqa tulqinli spektr qismida bemalol utishi mumkin, lekin unda er sirtidan bo‘ladigan uzun to‘lqinli nurlanish sezilarli darajada yutiladi. SHuning uchun ham atmosferada karbonat angidrid gazi massasining ortishi natijasida undan quyida joylashgan havo qatlamida harorat ko‘tariladi. Bu esa global isishning o‘sishiga olib keladi. Er iqlimiga Quyosh energiyasining doimiy oqimi ta’sir kursatadi. Erga kelayotgan energiyaning 30 %i yana kosmosga qaytadi. Taxminan 15 % atrofidagi energiya atmosferada yutiladi. Qolgan katta qismi atomsferadan o‘tib, er sirtini isitadi. Er ushbu energiyani kosmosga uzun tulqinli infraqizil nurlanish ko‘rinishida qaytaradi. Atmosferada mavjud bo‘lgan «Issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar» erning infraqizil nurlanishini tusib qoladi va uni kosmosga utishiga imkon bermaydi. Asosiy issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlarga suv buglari, karbonat angidrid, troposferadagi azon, metan, azot oksidi, galoiduglerodlar va sanoat korxonalaridan chiqadigan gazlar kiradi. Bu gazlarning barchasi, sanoat korxonalaridan chiqadigan gazlarni hisobga olmaganda, tabiiy kelib chiqishlidir. Ularning hammasi birgalikda atmosferaning 1 % dan kamrog‘ini tashkil etadi. Lekin «tabiiy issiqxona effekti»ni yaratish uchun shuning uzi etarli. SHu tufayligina sayyoramiz harorati u yuq deb hisoblangandagiga nisbatan 30 0S yuqoridir. Bu narsa biz bilgan Erdagi hayot uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Asosiy issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar miqdori (suv bug‘larini kiritmasa ham bo‘ladi) antropogen faoliyat ta’sirida ortadi. Karbonat angdrid chiqindilari atomsferaga aksariyat hollarda ko‘mir, neft va tabiiy gaz, metan va azot oksidini yoqish natijasida kelib qo‘shiladi. Oxirgilari, o‘z navbatida, qishloq
xujaligi  va  erdan  foydalanishning  o‘zgarishi  natijasida  hosil  bo‘lsa,  azon,
avtotransport  vositalaridan  foydalanishda  va  boshqa  manbalardan  chiquvchi
gazlardan shakllanadi. YUqoridagilardan tashqari sanoat korxonalaridan chiqadigan
xlorftoruglerodlar (XFU), gidroftoruglerodlar (GFU), perftoruglerodlar (PFU) kabi
uzoq  yashovchi  gazlar  ham  atmosferaning  energiyani  yutish  qobiliyatini
o‘zgartiradi.  Suv  bug‘lari  miqdori  ham  yuqoridagilarning  o‘zgarishiga  bog‘liq
holda ortishi mumkin. Bularning barchasi juda tez ro‘y beradi. Natijada «kuchaygan
issiqxona effekti» vujudga keladi. Iqlimiy sistema global «energetik balans» ni
saqlashi  uchun  atmosferadagi  gazlar  miqdorining  ortishiga  moslashishi  lozim.
Uzoqni ko‘zlab qaraganda, Er o‘zidagi mavjud energiyadan shunday tezlikda xalos
bo‘lishi  kerakki,  bu  jarayon  Quyoshdan  kelayotgan  energiya  jadalligiga  teng
bo‘lishi lozim. Issiqxona effektini hosil qiluvchi gazlarning ancha zich qoplami
kosmosga ketayotgan energiya oqimini kamaytirar ekan, kirib kelayotgan va chiqib
ketayotgan energiya balansini tiklash uchun ham iqlim ma’lum darajada uzgarishi
lozim.
Moslashish  jarayoni  Er  sirti  va  atmosfera  quyi  qatlamlarining  «global
isishi»dan iboratdir. Biroq bu umumiy jarayonning bir qismidir. Isish iqlim uchun
ortiqcha energiyadan qutilishning eng oddiy usulidir. Lekin haroratning juda kichik
kutarilishlari ham kuplab o‘zgarishlar bilan birgalikda kechadi. Masalan, bulutlik
qoplami  va  shamollar  o‘zgaradi.  Ushbu  o‘zgarishlarning  ayrimlari  isishga
kuchaytiruvchi omil sifatida (ijobiy teskari bog‘lanish) ta’sir etsa, boshqalari unga
teskari ta’sir (salbiy teskari bog‘lanish) ko‘rsatadi.
Bir vaqtning o‘zida sun’iy kelib chiqishli aerozollar umumiy sovutuvchi
effektga  ega  bo‘ladi.  Ko‘mir  va  neft  hisobiga  ishlaydigan  issiqlik
elektrostansiyalaridan  chiqadigan  oltingugurt  hamda  organik  materiallarning
yonishi mikroskopik zarrachalarning hosil bulishiga olib keladi. Ular o‘z navbatida
Quyosh  radiatsiyasini  kosmosga  qaytaradi  hamda  bulutlarga  ta’sir  ko‘rsatadi.
Buning natijasida kelib chiqadigan sovish jarayoni issiqxona effekti tufayli vujudga
kelgan  isishga  teskari  ta’sir  kursatadi.  Lekin  bunday  aerozollar  atmosferada
issiqxona effekti hosil qiluvchi ancha barqaror hisoblangan gazlarga nisbatan uzoq
vaqt mavjud bo‘la olmaydi. SHuning uchun ularning sovituvchi ta’siri mahalliy
xarakterga ega. Ular kislotali yomg‘irlarning va ifloslangan havoning sababchilari
Logotip
xujaligi va erdan foydalanishning o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lsa, azon, avtotransport vositalaridan foydalanishda va boshqa manbalardan chiquvchi gazlardan shakllanadi. YUqoridagilardan tashqari sanoat korxonalaridan chiqadigan xlorftoruglerodlar (XFU), gidroftoruglerodlar (GFU), perftoruglerodlar (PFU) kabi uzoq yashovchi gazlar ham atmosferaning energiyani yutish qobiliyatini o‘zgartiradi. Suv bug‘lari miqdori ham yuqoridagilarning o‘zgarishiga bog‘liq holda ortishi mumkin. Bularning barchasi juda tez ro‘y beradi. Natijada «kuchaygan issiqxona effekti» vujudga keladi. Iqlimiy sistema global «energetik balans» ni saqlashi uchun atmosferadagi gazlar miqdorining ortishiga moslashishi lozim. Uzoqni ko‘zlab qaraganda, Er o‘zidagi mavjud energiyadan shunday tezlikda xalos bo‘lishi kerakki, bu jarayon Quyoshdan kelayotgan energiya jadalligiga teng bo‘lishi lozim. Issiqxona effektini hosil qiluvchi gazlarning ancha zich qoplami kosmosga ketayotgan energiya oqimini kamaytirar ekan, kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan energiya balansini tiklash uchun ham iqlim ma’lum darajada uzgarishi lozim. Moslashish jarayoni Er sirti va atmosfera quyi qatlamlarining «global isishi»dan iboratdir. Biroq bu umumiy jarayonning bir qismidir. Isish iqlim uchun ortiqcha energiyadan qutilishning eng oddiy usulidir. Lekin haroratning juda kichik kutarilishlari ham kuplab o‘zgarishlar bilan birgalikda kechadi. Masalan, bulutlik qoplami va shamollar o‘zgaradi. Ushbu o‘zgarishlarning ayrimlari isishga kuchaytiruvchi omil sifatida (ijobiy teskari bog‘lanish) ta’sir etsa, boshqalari unga teskari ta’sir (salbiy teskari bog‘lanish) ko‘rsatadi. Bir vaqtning o‘zida sun’iy kelib chiqishli aerozollar umumiy sovutuvchi effektga ega bo‘ladi. Ko‘mir va neft hisobiga ishlaydigan issiqlik elektrostansiyalaridan chiqadigan oltingugurt hamda organik materiallarning yonishi mikroskopik zarrachalarning hosil bulishiga olib keladi. Ular o‘z navbatida Quyosh radiatsiyasini kosmosga qaytaradi hamda bulutlarga ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida kelib chiqadigan sovish jarayoni issiqxona effekti tufayli vujudga kelgan isishga teskari ta’sir kursatadi. Lekin bunday aerozollar atmosferada issiqxona effekti hosil qiluvchi ancha barqaror hisoblangan gazlarga nisbatan uzoq vaqt mavjud bo‘la olmaydi. SHuning uchun ularning sovituvchi ta’siri mahalliy xarakterga ega. Ular kislotali yomg‘irlarning va ifloslangan havoning sababchilari
bo‘lib, hal etilishi lozim bo‘lgan ma’lum muammolarni keltirib chiqaradi. Ko‘rinib
turibdiki, biz aerozollarning sovituvchi effektini o‘rganish bilangina chegaralanib
qolmasligimiz lozim.
Iqlimiy modellarga ko‘ra 2001 yilga kelib, global urtacha harorat qariyb 1,4-
5,8 0S ga ko‘tariladi. Ushbu prognozda 1990 yil asos sifatida foydalanilgan va unda
iqlim uzgarishini kamaytiradigan hech qanday chora tadbirlar ko‘rilmaydi, deb
qabul qilingan. Unda iqlimning javob reaksiyasi va aerozollar effekti ham hozirgi
tushunchalar darajasida hisobga olingan.
O‘tgan  davrlardagi  chiqindilarning  o‘ziyoq  ma’lum  iqlim  o‘zagrishlarini
belgilab  berdi.  Iqlim  chiqindilar  ta’sirini  tez  fursatda  namoyon  qila  olmaydi.
SHuning uchun u yuzlab yillar davomida uzarishni davom ettiradi, hatto issiqxona
effektini hosil qiluvchi gazlar kamaytirilgan va ularning atmosferadagi miqdori
barqarorlashgan bo‘lsa ham. Iqlim o‘zgarishi tufayli kelib chiqqan ayrim muhim
ta’sirlar, jumladan, dengiz sathining prognoz qilinayotgan kutarilishi yana uzoq
yillar davom etishi to‘la tan olinadi. Bugungi kunda yangi va yanada ishonchli
dalillar mavjud bulib, ular iqlim o‘zgarishining boshlanganligidan dalolat beradi.
Iqlim tabiiy holatda o‘zgaradi va bu bilan issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar
konsentratsiyasining  ortishi  tufayli  yuzaga  kelgan  ta’sirni  baholashni
murakkablashtiradi. SHunga qaramasdan keng miqyosdagi kuzatish ma’lumotlari
sayyoramizda  harorat  ko‘tarilishining  umumiy  manzarasini  aks  ettirmoqda.
Masalan, oxirgi bir necha un yilliklardagi harorat uzgarishlari model hisoblashlari
asosida oldindan aytilgan issiqxona effekti tufayli isishga mos kelmokda. Ushbu
o‘zgarishlar - tendensiyalarning tabiiy kelib chihishli ekanligi ehtimoldan ancha
yiroqdir.  Umuman  olganda,  ko‘p  narsalar,  jumladan,  bulutlik  qoplamining
o‘zgarishi kelajakda iqlimning o‘zgarishiga qay yo‘sinda ta’sir ko‘rsatishi hali ham
noaniqdir.
Antropogen faoliyat ta’sirida hosil bulgan issiqxona effekti hosil qiluvchi
gazlar chiqindilari hozirning o‘zidayoq global issiqlik balansini taxminan 2,5 Vt/m2
ga o‘zgartirdi. Bu qiymat iqlimiy sistema holatini aniqlovchi Quyosh energiyasi
tushishining natijaviy miqdoriga nisbatan qariyb bir foizni tashkil etadi. Balki,
ushbu raqamlar unchalik jiddiylik kasb etmasligi mumkin, lekin butun Er yuzasi
o‘lchamini hisobga olsak, bir minutda 1,8 million tonna neft yonishi natijasida
Logotip
bo‘lib, hal etilishi lozim bo‘lgan ma’lum muammolarni keltirib chiqaradi. Ko‘rinib turibdiki, biz aerozollarning sovituvchi effektini o‘rganish bilangina chegaralanib qolmasligimiz lozim. Iqlimiy modellarga ko‘ra 2001 yilga kelib, global urtacha harorat qariyb 1,4- 5,8 0S ga ko‘tariladi. Ushbu prognozda 1990 yil asos sifatida foydalanilgan va unda iqlim uzgarishini kamaytiradigan hech qanday chora tadbirlar ko‘rilmaydi, deb qabul qilingan. Unda iqlimning javob reaksiyasi va aerozollar effekti ham hozirgi tushunchalar darajasida hisobga olingan. O‘tgan davrlardagi chiqindilarning o‘ziyoq ma’lum iqlim o‘zagrishlarini belgilab berdi. Iqlim chiqindilar ta’sirini tez fursatda namoyon qila olmaydi. SHuning uchun u yuzlab yillar davomida uzarishni davom ettiradi, hatto issiqxona effektini hosil qiluvchi gazlar kamaytirilgan va ularning atmosferadagi miqdori barqarorlashgan bo‘lsa ham. Iqlim o‘zgarishi tufayli kelib chiqqan ayrim muhim ta’sirlar, jumladan, dengiz sathining prognoz qilinayotgan kutarilishi yana uzoq yillar davom etishi to‘la tan olinadi. Bugungi kunda yangi va yanada ishonchli dalillar mavjud bulib, ular iqlim o‘zgarishining boshlanganligidan dalolat beradi. Iqlim tabiiy holatda o‘zgaradi va bu bilan issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar konsentratsiyasining ortishi tufayli yuzaga kelgan ta’sirni baholashni murakkablashtiradi. SHunga qaramasdan keng miqyosdagi kuzatish ma’lumotlari sayyoramizda harorat ko‘tarilishining umumiy manzarasini aks ettirmoqda. Masalan, oxirgi bir necha un yilliklardagi harorat uzgarishlari model hisoblashlari asosida oldindan aytilgan issiqxona effekti tufayli isishga mos kelmokda. Ushbu o‘zgarishlar - tendensiyalarning tabiiy kelib chihishli ekanligi ehtimoldan ancha yiroqdir. Umuman olganda, ko‘p narsalar, jumladan, bulutlik qoplamining o‘zgarishi kelajakda iqlimning o‘zgarishiga qay yo‘sinda ta’sir ko‘rsatishi hali ham noaniqdir. Antropogen faoliyat ta’sirida hosil bulgan issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar chiqindilari hozirning o‘zidayoq global issiqlik balansini taxminan 2,5 Vt/m2 ga o‘zgartirdi. Bu qiymat iqlimiy sistema holatini aniqlovchi Quyosh energiyasi tushishining natijaviy miqdoriga nisbatan qariyb bir foizni tashkil etadi. Balki, ushbu raqamlar unchalik jiddiylik kasb etmasligi mumkin, lekin butun Er yuzasi o‘lchamini hisobga olsak, bir minutda 1,8 million tonna neft yonishi natijasida
ajralib chiqadigan energiya miqdoriga ega bo‘lamiz. Bu esa hozirgi kunda butun
dunyodagi energiya iste’molini 100 ga ko‘paytirilganiga tengdir. Bugungi kunda
inson tomonidan foydalanilayotgan energiyaning umumiy miqdori issiqxona effekti
hosil  qiluvchi  gazlarning  iqlimiy  sistemaning  tabiiy  energetik  oqimlariga
ko‘rsatayotgan ta’sirlari bilan solishtirganda shu qadar kichikki, bu fakt ancha
qiyinchilik bilan qabul qilinadi. CHunki, issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlarning
o‘zi ana shu iste’mol qilinadigan energiyaning mahsulidir.
2.1-rasm. Killing egri chizigi — atmosferadan karbonat angidrid 
konsentratsiyasining uzgarishi (Mauna Loa, Gavay orollari)
Uglekislыy gaz [chast, na mln]
Manba: Kaliforniya universitetining Skripkovskiy okeanografiya instituti
Issiqxona effekti hosil qiluvchi  gazlar miqdorining o‘zgarishi  va kelajak
iqlimi.  Tegishli  qarorlarni  qabul  qiluvchi  shaxslar  uchun  qo‘llanma  sifatida
mutaxassislar  kelajak uchun chiqindilar «ssenariyalari»ni ishlab chiqmoqdalar.
Ssenariy - bu oldindan aytish emas. Bu oqibatni tahlil qilishning o‘ziga xos usulidir.
Bunda kelajakdagi tendensiyalarga oid oldindan u yoki bu ko‘rinishdagi farazlarga,
shu jumladan issiqxona effektini hosil qiluvchi gazlarni kamaytirish strategiyasiga
ham yul qo‘yiladi. Qabul qilingan farazlarga bog‘liq holda (ba’zan u umuman
noto‘g‘ri  ham  bo‘lishi  mumkin),  ssenariylar  asosida  chiqindilar  miqdorining
ortishini, barqarorlashishini yoki kamayishini prognoz qilish mumkin.
Ssenariylarni yaratish uchun asos sifatida yaqinda 4 ta  «yo‘nalishlar mazmuni»
ishlab chiqildi. Ushbu 4 guruh ssenariylar 40 ta alohida ssenriylardan tarkib topgan.
Birinchi «yo‘nalish mazmuni» dunyoni quyidagicha tasvirlaydi: iqtisodiyot
jadal sur’atlarda rivojlanadi, aholi soni esa asr o‘rtasida eng katta qiymatga etib,
Logotip
ajralib chiqadigan energiya miqdoriga ega bo‘lamiz. Bu esa hozirgi kunda butun dunyodagi energiya iste’molini 100 ga ko‘paytirilganiga tengdir. Bugungi kunda inson tomonidan foydalanilayotgan energiyaning umumiy miqdori issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlarning iqlimiy sistemaning tabiiy energetik oqimlariga ko‘rsatayotgan ta’sirlari bilan solishtirganda shu qadar kichikki, bu fakt ancha qiyinchilik bilan qabul qilinadi. CHunki, issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlarning o‘zi ana shu iste’mol qilinadigan energiyaning mahsulidir. 2.1-rasm. Killing egri chizigi — atmosferadan karbonat angidrid konsentratsiyasining uzgarishi (Mauna Loa, Gavay orollari) Uglekislыy gaz [chast, na mln] Manba: Kaliforniya universitetining Skripkovskiy okeanografiya instituti Issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar miqdorining o‘zgarishi va kelajak iqlimi. Tegishli qarorlarni qabul qiluvchi shaxslar uchun qo‘llanma sifatida mutaxassislar kelajak uchun chiqindilar «ssenariyalari»ni ishlab chiqmoqdalar. Ssenariy - bu oldindan aytish emas. Bu oqibatni tahlil qilishning o‘ziga xos usulidir. Bunda kelajakdagi tendensiyalarga oid oldindan u yoki bu ko‘rinishdagi farazlarga, shu jumladan issiqxona effektini hosil qiluvchi gazlarni kamaytirish strategiyasiga ham yul qo‘yiladi. Qabul qilingan farazlarga bog‘liq holda (ba’zan u umuman noto‘g‘ri ham bo‘lishi mumkin), ssenariylar asosida chiqindilar miqdorining ortishini, barqarorlashishini yoki kamayishini prognoz qilish mumkin. Ssenariylarni yaratish uchun asos sifatida yaqinda 4 ta «yo‘nalishlar mazmuni» ishlab chiqildi. Ushbu 4 guruh ssenariylar 40 ta alohida ssenriylardan tarkib topgan. Birinchi «yo‘nalish mazmuni» dunyoni quyidagicha tasvirlaydi: iqtisodiyot jadal sur’atlarda rivojlanadi, aholi soni esa asr o‘rtasida eng katta qiymatga etib,
keyinchalik  kamaya  boradi,  bularning  barchasi  yangi  va  eng  samarali
texnologiyalarni tezda amalda qo‘llash sharoitida kechadi.
Ikkinchi «yo‘nalish mazmuni» birinchisiga o‘xshash, lekin unda xizmat va
axborot negizida ancha toza iqtisodiyotga tezda o‘tish mo‘ljallanadi.
Uchinchisi dunyoni  quyidagicha  tasvirlaydi:  atrof-muhit  ifloslanishining
o‘sishi davom etadi, iqtisodiyotning o‘sish tendensiyasi global xarakterga nisbatan
regional tus oladi, aholi jon boshiga iqtisodiy o‘sish va ilmiy texnika taraqqiyoti
ancha sekin sur’atlarda kechadi va katta xilma-xillik bilan ajralib turadi.
To‘rtinchi «yo‘nalish mazmuni» shundan iboratki, unda barqaror rivojlanish
muammosi asosan mahalliy va regional darajada hal etiladi va bu yo‘nalish aholi
sonining sekin, biroq o‘zgarmas sur’atda o‘sishi va o‘rtacha sur’atdagi iqtisodiy
rivojlanish bilan tavsiflanadi. Ushbu yo‘nalish mazmunlarining birontasi ham iqlim
o‘zgarishi haqidagi Konvensiyani yoki Kioto protokoli maqsadiga erishish yo‘lida
chiqindilarni cheklash borasida qabul qilingan strategiyalarni amalga oshirishni
nazarda tutmaydi. SHu bilan birga ular yoqilg‘ining qazib olinadigan turlariga
hozirgi kundagiga nisbatan kam ahamiyat beradigan ssenariyalardan iboratdir.
Ushbu yo‘nalish mazmunlariga mos keladigan kelajakdagi konsentratsiyalar
keng oraliqda o‘zgaradi. Masalan, uglerod sikliga asoslangan model bo‘yicha 2100
yilda karbonat angidrid konsentratsiyasi millionga 540-970 zarrachani tashkil etadi.
X,ar qanday holatda ham bu sanoatlashish davrigacha bo‘lgan qiymatga nisbatan
75-350%  ni  tashkil  etadi.  Metan  konsentratsiyasining  prognoz  qilinayotgan
o‘zgarishlari - 10%dan Q120% gacha, azot oksidi miqdorining ortishi esa 13 — 47
% atrofida bo‘ladi.
«Aralashish chegarasi»ni hisobga oluvchi ssenariyalar issiqxona effektini
hosil qiluvchi gazlar chiqindilarini kamaytirishga yo‘naltirilgan sharoitlar ta’sirini
o‘rganish maqsadida ishlab chiqilgan. Ular nafaqat iqtisodiy rivojlanish va aholi
sonining o‘sishiga bog‘liq holda qabul qilingan farazlar, balki jamiyatning iqlim
o‘zgarishi strategiyasi sohasidagi reaksiyasiga oid farazlar bilan ham bog‘liqdir.
Masalan,  yoqilg‘ining  qazib  olinadigan  uglerodga  boy  turlarini  soliqqa  tortish
masalasi ham ana shunday ssenriyalar bilan bog‘liqdir.
Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan Xalqaro majburiyatlar chiqindilar miqdorini ortish
sur’atlarini  juda  kichik  qiymatlarda  kamaytirishga  olib  kelishi  mumkin.  Kioto
Logotip
keyinchalik kamaya boradi, bularning barchasi yangi va eng samarali texnologiyalarni tezda amalda qo‘llash sharoitida kechadi. Ikkinchi «yo‘nalish mazmuni» birinchisiga o‘xshash, lekin unda xizmat va axborot negizida ancha toza iqtisodiyotga tezda o‘tish mo‘ljallanadi. Uchinchisi dunyoni quyidagicha tasvirlaydi: atrof-muhit ifloslanishining o‘sishi davom etadi, iqtisodiyotning o‘sish tendensiyasi global xarakterga nisbatan regional tus oladi, aholi jon boshiga iqtisodiy o‘sish va ilmiy texnika taraqqiyoti ancha sekin sur’atlarda kechadi va katta xilma-xillik bilan ajralib turadi. To‘rtinchi «yo‘nalish mazmuni» shundan iboratki, unda barqaror rivojlanish muammosi asosan mahalliy va regional darajada hal etiladi va bu yo‘nalish aholi sonining sekin, biroq o‘zgarmas sur’atda o‘sishi va o‘rtacha sur’atdagi iqtisodiy rivojlanish bilan tavsiflanadi. Ushbu yo‘nalish mazmunlarining birontasi ham iqlim o‘zgarishi haqidagi Konvensiyani yoki Kioto protokoli maqsadiga erishish yo‘lida chiqindilarni cheklash borasida qabul qilingan strategiyalarni amalga oshirishni nazarda tutmaydi. SHu bilan birga ular yoqilg‘ining qazib olinadigan turlariga hozirgi kundagiga nisbatan kam ahamiyat beradigan ssenariyalardan iboratdir. Ushbu yo‘nalish mazmunlariga mos keladigan kelajakdagi konsentratsiyalar keng oraliqda o‘zgaradi. Masalan, uglerod sikliga asoslangan model bo‘yicha 2100 yilda karbonat angidrid konsentratsiyasi millionga 540-970 zarrachani tashkil etadi. X,ar qanday holatda ham bu sanoatlashish davrigacha bo‘lgan qiymatga nisbatan 75-350% ni tashkil etadi. Metan konsentratsiyasining prognoz qilinayotgan o‘zgarishlari - 10%dan Q120% gacha, azot oksidi miqdorining ortishi esa 13 — 47 % atrofida bo‘ladi. «Aralashish chegarasi»ni hisobga oluvchi ssenariyalar issiqxona effektini hosil qiluvchi gazlar chiqindilarini kamaytirishga yo‘naltirilgan sharoitlar ta’sirini o‘rganish maqsadida ishlab chiqilgan. Ular nafaqat iqtisodiy rivojlanish va aholi sonining o‘sishiga bog‘liq holda qabul qilingan farazlar, balki jamiyatning iqlim o‘zgarishi strategiyasi sohasidagi reaksiyasiga oid farazlar bilan ham bog‘liqdir. Masalan, yoqilg‘ining qazib olinadigan uglerodga boy turlarini soliqqa tortish masalasi ham ana shunday ssenriyalar bilan bog‘liqdir. Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan Xalqaro majburiyatlar chiqindilar miqdorini ortish sur’atlarini juda kichik qiymatlarda kamaytirishga olib kelishi mumkin. Kioto
protokoliga  asosan  2000  yilda  rivojlangan  mamlakatlar  o‘zlarining  issiqxona
effektini hosil qiluvchi gazlar chiqindilarini 1990 yil darajasiga kamaytirishi, 2008-
2012 yillarda esa shunga nisbatan 5% ga kamaytirishi lozim. Bunday majburiyatlar
muhim  ishlarning  boshlanishidir,  lekin  ular  pirovard  maqsad  -  atmosferadagi
issiqxona effektini hosil qiluvchi gazlar konsentratsiyasini barqarorlashtirishga juda
kichik hissa qo‘shishga imkon beradi.
Issiqxona  effektini  hosil  qiluvchi  gazlar  konsentratsiyasini
barqarorlashtirish  uchun ko‘p  kuch  sarflash  talab  etiladi.  Karbonat  angidrid
konsentratsiyasini  450  mln.-1 (hozirgiga  nisbtan  qariyb  23%  kup)  darajada
barqarorlashtirish  uchun  keyingi  o‘n  yilliklar  davomida  chiqindilarning  global
miqyosini 1990 yilda hisobga olingan qiymatga nisbatan ham kamaytirish lozim.
Karbonat  angidrid  konsentratsiyasini  650  mln.-1 yoki  1000  mln.-1 darajada
barqarorlashtirish  uchun  1  yoki  2  yuz  yillik  davomida  yuqoridagiga  o‘xshash
kamayishni ta’minlash hamda ushbu barqaror kamayishni undan keyingi yillarda
ham ta’minlashga erishish lozim. Oxir oqibatda SO2 chiqindilari miqdorini shunday
darajagacha kamaytirish lozimki, aholi sonining o‘sishi va jahon iqtisodiyotining
rivojlanishiga  qaramay,  uning  qiymati  hozirgi  kundagiga  nisbatan  uncha  katta
bo‘lmagan foizni tashkil etsin. Dunyo bo‘yicha chiqindilarni barqarorlashtirish yoki
kamaytirish  inson  faoliyatining  barcha  sohalariga  ta’sir  kursatadi.  U  yoki  bu
variantning afzalligini baholash uchun biz quyidagilarni bilishimiz lozim: u bizga
qanchaga tushadi, agar biz chiqindilar miqdorining ortishiga yul quysak, uning
salbiy  oqibatlari  qanday  bo‘ladi  va  hokazo.  SHu  bilan  bog‘liq  holda  axloqiy
plandagi  quyidagi  muhim  savollar  ham  paydo  bo‘ladi:  bizning  nabiralarimiz
yashaydigan XXII asr iqlimi mas’uliyati uchun qay darajada tayyormiz?
Zamonaviy iqlim modellariga asosan 1990 yildan 2100 yilgacha bulgan davr
oraligida global isish qariyb 1,4 - 5,8  0S ni tashkil etishi kutilmoqda. Bunday
prognozlar kelajakda chiqindilar miqdorini belgilaydigan asosiy omillar (masalan,
aholi  sonining  usishi  yoki  texnologik  taraqqiyot  kabi)  uchun  qabul  qilingan
farazlarga  asoslanadi.  Lekin  ularni  yaratishda,  iqlim  o‘zgarishi  sohasidagi
strategiyaning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, chiqindilarni cheklashga qaratilgan
tadbirlar hisobga olinmagan. Xdtto haroratning 1,40S ga ko‘tarilishining o‘zi ham
keyingi o‘n ming yil davomidagi har qanday 100 yillik uchun harorat o‘zgarishi
Logotip
protokoliga asosan 2000 yilda rivojlangan mamlakatlar o‘zlarining issiqxona effektini hosil qiluvchi gazlar chiqindilarini 1990 yil darajasiga kamaytirishi, 2008- 2012 yillarda esa shunga nisbatan 5% ga kamaytirishi lozim. Bunday majburiyatlar muhim ishlarning boshlanishidir, lekin ular pirovard maqsad - atmosferadagi issiqxona effektini hosil qiluvchi gazlar konsentratsiyasini barqarorlashtirishga juda kichik hissa qo‘shishga imkon beradi. Issiqxona effektini hosil qiluvchi gazlar konsentratsiyasini barqarorlashtirish uchun ko‘p kuch sarflash talab etiladi. Karbonat angidrid konsentratsiyasini 450 mln.-1 (hozirgiga nisbtan qariyb 23% kup) darajada barqarorlashtirish uchun keyingi o‘n yilliklar davomida chiqindilarning global miqyosini 1990 yilda hisobga olingan qiymatga nisbatan ham kamaytirish lozim. Karbonat angidrid konsentratsiyasini 650 mln.-1 yoki 1000 mln.-1 darajada barqarorlashtirish uchun 1 yoki 2 yuz yillik davomida yuqoridagiga o‘xshash kamayishni ta’minlash hamda ushbu barqaror kamayishni undan keyingi yillarda ham ta’minlashga erishish lozim. Oxir oqibatda SO2 chiqindilari miqdorini shunday darajagacha kamaytirish lozimki, aholi sonining o‘sishi va jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga qaramay, uning qiymati hozirgi kundagiga nisbatan uncha katta bo‘lmagan foizni tashkil etsin. Dunyo bo‘yicha chiqindilarni barqarorlashtirish yoki kamaytirish inson faoliyatining barcha sohalariga ta’sir kursatadi. U yoki bu variantning afzalligini baholash uchun biz quyidagilarni bilishimiz lozim: u bizga qanchaga tushadi, agar biz chiqindilar miqdorining ortishiga yul quysak, uning salbiy oqibatlari qanday bo‘ladi va hokazo. SHu bilan bog‘liq holda axloqiy plandagi quyidagi muhim savollar ham paydo bo‘ladi: bizning nabiralarimiz yashaydigan XXII asr iqlimi mas’uliyati uchun qay darajada tayyormiz? Zamonaviy iqlim modellariga asosan 1990 yildan 2100 yilgacha bulgan davr oraligida global isish qariyb 1,4 - 5,8 0S ni tashkil etishi kutilmoqda. Bunday prognozlar kelajakda chiqindilar miqdorini belgilaydigan asosiy omillar (masalan, aholi sonining usishi yoki texnologik taraqqiyot kabi) uchun qabul qilingan farazlarga asoslanadi. Lekin ularni yaratishda, iqlim o‘zgarishi sohasidagi strategiyaning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, chiqindilarni cheklashga qaratilgan tadbirlar hisobga olinmagan. Xdtto haroratning 1,40S ga ko‘tarilishining o‘zi ham keyingi o‘n ming yil davomidagi har qanday 100 yillik uchun harorat o‘zgarishi