IQLIM O‘ZGARISHI VA UNING INSON HAYOTIGA TA’SIRI
REJA:
1. Iqlim o‘zgarishining inson salomatligiga ta’siri.
2. Atrof-muhit va salomatlik.
Iqlim o‘zgarishining inson salomatligiga ta’siri
Iqlim o‘zgarishi inson salomatligiga, ayniqsa alohida guruhlarga o‘ta jiddiy
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Global iqlim isishi salomatlikda muhim bazaviy shart-
sharoitlar sanaladigan: suv, havo va oziq-ovqatda strukturaviy ta’sirga ega bo‘lib,
ularni tabiiy holatini o‘zgartirmoqda. Olimlarning fikriga ko‘ra iqlimning salbiy
o‘zgarishlari kelajakda bundanda yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi
aytilmoqda. Iqlim o‘zgarishi, xususan ob-havo o‘zgarishlari yurak-qontomir,
bronxial (nafas yo‘li) va yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarga jiddiy ta’sir
ko‘rsatishi aniqlangan.
So‘nggi 100 yil davomida havo harorati o‘rtacha 0,50S ga yaqin, atmosfera
yog‘inlari esa 10-15 foizga ko‘paygan. So‘nggi 10-15 yil ichida sayyoramiz iqlimi
o‘ta beqarorlashgan: sunami, zilzila, dovullar, tornado, suv toshqini, shtorm, sel,
ko‘chki, o‘rmon yong‘inlari va tropik tayfunlar kabi xafvli hodisalar ko‘paygan,
ayrim o‘lkalarda sutka davomida haroratning ekstremal o‘zgarishlari bir necha
marta takrorlanib turibdi.
1992 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o‘zgarishi va uning
oqibatlariga qarshi ko‘rashish maqsadida davlatlararo Doiraviy Konvensiya qabul
qilindi.
1997 yil iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan YAponiyaning Kioto shahrida
o‘tkazilgan konferensiyada 160 mamlakat qatnashdi va Konvensiya qabul qilindi
hamda Kioto protokoli imzolandi. Unga ko‘ra industrial rivojlangan mamlakatlarga
parnik gazlari miqdorini qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Butun jahon
sog‘liqni saqlash tashkiloti BMT bilan birgalikda “Iqlim o‘zgarishi sharoitida inson
sog‘lig‘ini himoya qilish” loyihasini ishlab chiqqan. Loyiha 7 mamlakatda,
jumladan O‘zbekistonda ham amalga oshirilmoqda. Iqlim o‘zgarishi oqibatlariga
javob choralari ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 1993 yilda
BMT ning doiraviy Konvensiyasini imzoladi, 1998 yilda esa Kioto protokoliga
qo‘shilganligini Oliy Majlis ratifikatsiya qildi. O‘z navbatida O‘zbekiston
Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish sohasida
o‘z yo‘nalishini belgilab olgan. Iqlim o‘zgarishining inson salomatligiga ta’siri va
uni yumshatish borasida mamlakatimizda bir qancha ishlar amalga oshirilgan.
Bunga misol tariqasida O‘zbekistonning cho‘l zonasida istiqomat qiladigan
aholisining yilni o‘ta jazirama fasllarida sog‘lig‘ini tiklashlari uchun tog‘li
hududlarda sanatoriylar, pasionatlar va dam olish joylari tashkil etilgan.
O‘zbekistonning katta qismini iqlimi – suptropik, keskin kontinental iqlim.
O‘zbekiston hududida cho‘l, chala cho‘l, tog‘ oldi va tog‘ iqlimiy zonalari mavjud.
O‘zbekiston hududida o‘rtacha yillik havo harorati so‘nggi 100 yilda bir yarim
baravar oshdi. 90 yillarning oxirlaridan boshlab nomaqbul gidrometeorlogik
hodisalarining soni va jadalligi oshib ketdi. Bularga jazirama issiq, qurg‘oqchilik,
suv toshqini, surilma, sel, pavodok, baland tog‘ ko‘llarini to‘g‘onlari buzilishi,
kuchli yog‘inlar, keskin isib ketish, qora sovuq, qor ko‘chkilari va boshqalar.
Insonlarning yashashi uchun eng qulay (optimal) sharoit havo harorati 17-31
gradus, nisbiy namlik 40-60%, shamol tezligi 0,6 m/s va atmosfera bosimi 760
mm.sm.ust. bo‘lganda kuzatiladi.
Global ekologik fond (GEF) tomonidan moliyalashtirilgan “Sog‘liqni
saqlash tizimining iqlim o‘zgarishiga moslashtirish” loyihasi ishtirokchilari
tomonidan Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida istiqomat qiluvchi (yoshi 15-86
orasida 4000 nafar) aholidan 2011 yilda ijtimoiy surov o‘tkazildi. Unga ko‘ra 60%
aholi keyingi yillarda iqlim o‘zgarayapti deb hisoblagan. Surovda qatnashgan
aholining yarmi keyingi vaqtlarda havo harorati ko‘tarilganligini his qilganligini
aytgan.
Iqlim o‘zgarishi o‘zida odamlar sog‘lig‘iga sezilarli yangi tahdidni ifoda etadi va
bizning zaif populyasiyalarni qanday qilib himoya qilishimiz lozimligi haqidagi
tasavvurimizni o‘zgartirib yuboradi. Iqlim o‘zgarishlari bilan kelib chiqqan global isish
sog‘liqning ayrim eng muhim negiz sharoitlari: suv, havo muhiti va oziq-ovqat
mahsulotlariga destruktiv oqibatlarga ega.
JSST asosiga Umumjahon sog‘liqni saqlash assambleyasining qarori solingan
sog‘liqni o‘zgarayotgan iqlimdan himoya qilishning uzoq muddatli faol dasturni amalga
oshirmoqda. JSST o‘zining mamlakatlar va mintaqaviy byurolari va shtab-kvartirasi orqali
amaldagi ma’lumotlarni taqdim etadi, shuningdek sog‘liqni saqlash tizimlarini iqlim
o‘zgarishiga qarshi javob choralarini kuchaytirish hamda energetika va transport kabi
boshqa sohalarda qarorlar qabul qilinishida sog‘liq jihatlarini keraklicha hisobga olinishini
ta’minlash maqsadida salohiyat yarati-lishi va loyihalarni amalga oshirilishini qo‘llab-
quvvatlaydi. Tashkilot shuningdek BMTning ushbu global muammoga umumiy javob
choralari doirasida sog‘liqni saqlash sektorini ifoda etadi.
2008 yilda Umumjahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 61-sessiyasi delegatlari
JSSTga a’zo davlatlarni odamlar sog‘lig‘ini o‘zgarayotgan iqlim ta’siridan himoya qilish
sohasida qo‘llab-quvvatlash uchun ish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish
topshirig‘ini berdilar.
Iqlim o‘zgarishlari – xususan ob-havoning o‘zgaruvchanligi ayniqsa yurak-tomir,
nafas olish yo‘li va yuqumli kasalliklar bilan kasallanganlarga noqulay ta’sir ko‘rsatadi.
YOg‘ingarchiliklar yog‘ishining borgan sayin o‘zgarib borayotgan modeli chuchuk suv
zaxiralarini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Butun dunyoda suv etishmayotganini
hozirni o‘zida har o‘n kishidan to‘rttasi sezmoqda. Suvni etishmasligi va uning yomon
sifati gigiena va sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Bu har yili 2,2 mln.ga yaqin
odamning yostig‘ini qurituvchi ich ketish(diareya), shuningdek traxoma (ko‘rlikka olib
kelishi mumkin bo‘lgan ko‘z infeksiyasi) va boshqa kasalliklarni rivojlanish xavfini
oshiradi.
JSST suv, kasalliklarning og‘ir jabr-jafosi va etarlicha bilim bo‘lmagan erdarda
sanitariya va gigiena bilan bog‘liq muammolarni hal qilish hamda quyidagi sohalarda
chora-tadbirlarni amalga oshirish evaziga vaziyatni sezilarli darajada o‘zgartirish
mumkinligi ustida ishlamoqda:
• ichimlik suvi sifati;
• cho‘milish va suzishga yaroqli bo‘lgan suv;
• suv resurslari;
• suv ta’minoti va sanitariya monitoringi;
• suv ta’minoti, sanitariya va gigienani rivojlantirish;
• oqova suvlardan foydalanish;
• suv bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar;
• tibbiyot chiqindilari;
• suv ta’minoti va yuqumli kasalliklar sohasida paydo bo‘ladigan muammolar.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar jabrining
85%dan ko‘prog‘i rivojlanayotgan mamlakatlar bolalariga to‘g‘ri keladi. Suv toshqinlari va
ekstremal haroratlar natijasida jarohatlar va o‘lim, havoning ifloslanishi natijasida borgan
sayin kengroq tarqalayotgan ko‘ksov (astma) va nafas yo‘llari kasalliklari, shuningdek
iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan ich ketish, bezgak va oziq-ovqatni etishmasligi
bolalarga tahdid solmoqda.
Iqlim sharoitlari suv orqali va chivin kabi tashuvchilar orqali o‘tadigan kasalliklarga
ta’sir ko‘rsatadi. Kasalliklar iqlimga sezgir bo‘lib, dunyodagi eng qirg‘inbarot kasalliklar
qatoriga kiradi. 2004 yilda faqatgina ich ketar, bezgak va oqsil-kaloriylik etishmovchiligi
butun jahonda 3 milliondan ortiq o‘limlarga sababchi bo‘ldi.
SHu bilan birga, mavsumiy haroratlarni dolzarb oshishi yana bir muammoni
tarqalishini kuchaytirmoqda. O‘simliklardagi gulchanglar va boshqa alergenlarning
mavjudlik darajasi havoning yuqori haroratlarida oshib boradi. Bu dunyoda 300
millionga yaqin odam aziyat chekayotgan ko‘ksov(astma)ni keltirib chiqarishi mumkin.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, har yili millionlab odamlar oziq-ovqat etishmasligi
sababli – tiriklikni saqlashga zarur bo‘lgan ozuqa moddalari tanqisligi bo‘lgani kabi,
bezgak, ich ketish va nafas yo‘llari kasalliklari kabi yuqumli kasalliklar oldida zaiflilik
natijasida o‘lmoqda. Sayyoramizda haroratlarni oshishi va ko‘pgina tropik rivojlanayotgan,
oziq-ovqat
bilan ta’minlanganlik shundoq ham qiyin bo‘lgan
mintaqalarda
yog‘ingarchiliklar yog‘ishi rejimining tobora o‘zgarishi natijasida olinadigan hosillarning
yanada kamayishi kutilmoqda.
Ifloslantiruvchi moddalarning
atmosfera havosida yuqori darajada bo‘lganida inson
sog‘lig‘iga ta’sirining xususiyatlari