IQLIM SHAKLLANISHINING ASOSIY OMILLARI
REJA:
1. Iqlim hosil qiluvchi tabiiy omillar.
2. Iqlimni shakllantiruvchi antropogen omillar.
3. Iqlimning shakllanishiga quyosh radiatsiyasi, atmosfYera sirkulyasiyasi,
taglik sirt va joy relefining ta’siri.
4. Iqlim hosil qiluvchi jarayonlar.
Bugungi kunda Yer iqlimi va uning o‘zgarishini belgilovchi omillar tabiiy va
insonning turli ko‘rinishdagi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan antropogen omillarga
ajratiladi.
Iqlim hosil qiluvchi tabiiy omillar. Iqlim hosil qiluvchi va uning
o‘zgarishiga ta’sir etuvchi tabiiy omillarni quyidagi uchta guruhga ajratish
mumkin: astronomik, tashqi geofizik va ichki geofizik.
• quyosh yorituvchanligi va quyosh faolligining o‘zgarishi;
• Yer orbitasi parametrlari;
• Yer orbitasi parametrlarining Yer bilan Quyosh, Yer bilan Oy va boshqa
planetalar bilan o‘zaro
gravitatsion maydon ta’sirlashuvida o‘zgarishi;
• yulduzlararo muhit zichligining kirib kelayotgan Quyosh radiatsiyasiga
ta’siri.
AtmosfYeraning yuqori chegaralariga kirib kelayotgan Quyosh enYergiyasi
mana shu omillarga bog‘liq bo‘lib, ular ta’sirida solyar (quyosh) iqlimi shakllanadi.
Bu miqdor quyosh doimiysi deb ataladi. Yerning Quyoshga nisbatan o‘rtacha
joylashishida quyosh doimiysining qiymati 1 yanvar 1981 yildan 1,367Q0,007
kVtG‘m2 deb qabul qilingan. BYerilgan nuqtaga ayni vaqtda kirib kelayotgan
Quyosh radiatsiyasi oqimi quyosh doimiysi qiymatiga, Quyoshgacha bo‘lgan
masofaga, Quyoshning og‘ishiga, joyning kengligiga va kundagi vaqtga bog‘liq.
Sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar turli kengliklarda atmosfYeraning yuqori chegarasiga
kirib kelayotgan issiqlik oqimining kunlik va yillik o‘zgarishlarini belgilaydi.
Quyosh sistemasidagi sayyoralarning uzoq yillar davomida o‘zaro gravitatsion
ta’sirlashuvi natijasida Yer orbitasining ekssentrisiteti (ellipssimonligi) o‘zgaradi.
Ekliptikaga nisbatan ekvatorning og‘ish burchagi ham o‘zgaradi, chunki u Quyosh
og‘ishi bilan bog‘liqdir. Bu Yerda orbita surilishini ham hisobga olish lozim.
Barcha sanab o‘tilgan omillar iqlimning sezilarli va davomiyli tebranishlarini
keltirib chiqaradi.
Tashqi geofizik omillar. Ularga quyidagilar kiradi:
• Yerning o‘lchamlari va massasi;
• Yerning burchak aylanish tezligi;
• Yerning og‘irlik maydoni va uning anomaliyalari;
• Yerning magnit maydoni;
• Yer qa’rida vulkan hodisalarini keltirib chiqaruvchi jarayonlar;
• geotYermal issiqlik oqimlari va boshqalar.
Sanab o‘tilgan omillar orasida vulkan jarayonlari iqlim o‘zgarishiga sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi. Vulkanlar otilishi natijasida atmosfYeraga bir yilda 15-25 mln.
tonna aYerozol qo‘shiladi. Bunday katta miqdordagi aYerozol zarrachalari bir
tomondan Quyoshdan kelayotgan qisqa to‘lqinli radiatsiyaga ta’sir ko‘rsatsa,
ikkinchi tomondan atmosfYera va Yer sirtidan uzun to‘lqinli nurlanishga ham ta’sir
etadi. Yerning aylanish burchagi tezligining o‘zgarishi atmosfYera
sirkulyasiyasiga, bu esa, o‘z navbatida, atmosfYeraning asosiy ta’sir
markazlarining holatiga va jadalligiga ta’sir etadi. GeotYermal issiqlik oqimlari esa
iqlimning mahalliy o‘zgarishlariga ta’sir etishi mumkin. Yer shaklining
nosimmetrikligi va uning gravitatsion maydonining hamda Yer mantiyasi va
sub’yadrosidagi jarayonlarning iqlimga qanday ta’sir etishi hozirgacha kam
o‘rganilgan masalalardan hisoblanadi.
Ichki geofizik omillar. Bu omillar iqlimiy sistemaning alohida tarkibiy
qismlari va ularning o‘zaro ta’sirlashuv qonuniyatlari uchun xosdir. Ularga
quyidagilar kiradi:
• atmosfYeraning kimyoviy tarkibi;
• matYeriklar va okeanlarning ta’sirlanish xususiyatlari;
• quruqlik yuzasi relefi;
• okean massasi va xususiyatlari;
• atmosfYera va okeandagi sirkulyasion jarayonlar;
• atmosfYera tiniqligi va bulutlilik.
Sanab o‘tilgan omillar orasida iqlim o‘zgarishiga sezilarli ta’sirni suv bug‘lari
va karbonat angidrid ko‘rsatadi, chunki ular tabiiy issiqxona effektining
shakllanishiga imkoniyat yaratadi. Hisoblashlarning ko‘rsatishicha atmosfYerada
suv bug‘lari bo‘lmaganda Yer sirtidagi havo harorati 25 0S qiymatda pasaygan
bo‘lar edi. Xuddi shu kabi atomsfYerada karbonat angidrid bo‘lmaganda harorat 6
0S ga pasayadi. Quruqlik va okeanlarning notekis taqsimlanishi namlik va issiqlik
aylanishi jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. AtmosfYera va okeanning umumiy
sirkulyasiyasi ta’sirida asosiy iqlim mintaqalari shakllanadi. Iqlim hosil qiluvchi
tabiiy omillarni aniqlashda boshqacha yondoshuv ham mavjud bo‘lib, unda
quyidagi uchta guruh ajratiladi: radiatsion, geografik va sirkulyasion.
Radiatsion omillar. Ularga Yer sirti, atmosfYera va umuman Yer sayyorasi
radiatsion rejimini shakllantiruvchi omillar kiradi. Bular, birinchidan, quyidagi
astronomik omillardir:
• quyosh doimiysi qiymati;
• Quyoshning og‘ishi;
• kun soatlari.
Ikkinchidan, unga quyidagi meteorologik omillar kiradi:
• atmosfYera tarkibi, undagi aYerozollar va suv bug‘larining miqdori;
• atmosfYera tiniqligi, aYerozollar va suv bug‘lari konsentratsiyasiga bog‘liq;
• bulutlilik miqdori va turi;
• Yer sirti albedosi, Yer sirtining tipi va holati bilan aniqlanadi;
• Yer sirti namligi va harorati.
Sanab o‘tilgan omillar Yer sirti va atmosfYera radiatsion balansi hamda uni
tashkil etuvchilar (to‘g‘ri, sochilgan va yig‘indi radiatsiya, effektiv nurlanish)ning
kunlik va yillik o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi.
Geografik omillar. Ular quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi:
• joyning geografik kengligi;
• matYeriklar va okeanlarning geografik taqsimlanishi;
• Dune okeanining o‘lchamlari, massasi va tarkibi;
• Yer sirti va okeanlar tubi relefi;
• dengiz sathiga nisbatan balandligi;
• o‘simlik, qor yoki muzlik qoplamining mavjudligi;
• sovuq va iliq okean oqimlari;
• Yerning o‘lchami va massasi.
Geografik kenglik iqlimning muhim omillaridan hisoblanadi. Iqlim
elementlarining mintaqalar bo‘yicha taqsimlanishi, ya’ni zonalligi mana shu omil
bilan bog‘liqdir. Dengiz sathiga nisbatan balandlik ham iqlimning geografik omili
hisoblanadi. CHunki balandlik bo‘yicha atmosfYera bosimi kamaya boradi,
Quyosh radiatsiyasi va effektiv nurlanish ortadi, harorat va uning kunlik
amplitudasi kamayib boradi. Xuddi shu kabi havo namligi ham kamaya boradi,
shamolning tezligi va yo‘nalishi esa ancha murakkab tarzda o‘zgaradi. Tog‘larda
bulutlik va atmosfYera yog‘inlarining o‘zgarishi ham o‘ziga xos tarzda kuzatiladi.
Natijada tog‘larda iqlimning balandlik bo‘yicha zonalligi vujudga keladi. Iqlimiy
sharoitning balandlik bo‘yicha o‘zgarishining kenglikka bog‘liq holda gorizontal
yo‘nalishda o‘zgarishiga nisbatan ancha tez sur’atlarda kechishini alohida
ta’kidlamoq zarur. MatYeriklar va okeanlarning geografik taqsimlanishi iqlimning
asosiy omillaridandir. Iqlimning dengiz va quruqlik tiplariga bo‘linishi xuddi mana
shu omillar bilan bog‘liqdir. Yer sirti orografiyasi ham iqlimga o‘ziga xos ta’sir
ko‘rsatadi. Tog‘lardagi iqlimiy sharoit nafaqat joyning dengiz sathiga nisbatan
balandligiga, balki relef shakllariga, xususan tog‘ tizmalarining balandligi va
yo‘nalishiga, yonbag‘rlarning Quyosh nurlariga nisbatan ekspozitsiyasiga, mahalliy
shamollarning yo‘nalishiga, vodiylarning kengligi va yonbag‘rlarning qiyaligi va
boshqalarga ham bog‘liqdir. Okean oqimlari dengizlar yuzalarida harorat
rejimining keskin farqlanishiga sabab bo‘ladi va shu yo‘sinda harorat va havo
namligining taqsimlanishiga hamda atmosfYera sirkulyasiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
O‘simlik, qor va muzlik qoplami. Yetarli darajada zich bo‘lgan o‘simlik qoplami
tuproq harorati kunlik amplitudasini kamaytiradi va uning o‘rtacha haroratini
pasaytiradi. Aniqki, o‘simlik qoplami havo haroratining kunlik amplitudasini ham
kamaytiradi. O‘rmonlar esa iqlim sharoitiga ancha sezilarli, o‘ziga xos va
murakkab ta’sir ko‘rsatadi. Ta’kidlash lozimki, o‘simlik qoplamining ta’siri asosan
mikroiqlimiy ahamiyat kasb etadi. Qor va muzlik qoplami tuproqdan issiqlik
yo‘qotilishini va tuproq haroratining tebranish amplitudasini kamaytiradi. Lekin
qor va muzlik qoplami yuzasi kunduzi Quyosh radiatsiyasini kuchli darajada
qaytaradi, tungi soatlarda esa nurlanish natijasida keskin soviydi. Sirkulyasion
omillar o‘rta va yuqori troposfYerada yirik miqyosdagi oqimlar tizimining
shakllanishiga sabab bo‘ladi va ularni atmosfYeraning umumiy sirkulyasiyasi
(AUTS) deb atash qabul qilingan. Planetar miqyosdagi baland frontal zonalar va
iqlimiy frontlar mazkur sirkulyasiyaning asosiy komponentlaridir. Iqlimiy frontlar
asosiy havo massalarini birbiridan ajratadi. AUTSning asosiy sabablari quyidagi
omillardir:
• qutblarda va ekvatorial kengliklarda Yer sirti va havoning bir xil isimasligi;
• okean oqimlari;
• Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida vujudga keladigan markazdan
qochma kuch (Koriolis kuchi);
• yirik tog‘ massivlari ko‘rinishidagi orografik sharoit.
Sanab o‘tilgan sabablar ta’sirida troposfYerada atmosfYera harakati
markazlari shakllanadi. AtmosfYera harakati markazlari iqlimshunoslik nuqtai-
nazaridan past (siklon) yoki yuqori (antitsiklon) bosimli oblastlarni ifodalaydi. Ular
mavjud bo‘lgan rayonlarda statistik natija sifatida bir xil belgili barik sistema
ustuvor bo‘ladi. Ushbu markazlarning taqsimlanishi, bYerilgan sathda atmosfYera
umumiy sirkulyasiyasi oqimlarining o‘rtacha taqsimlanishini belgilab bYeradi.
Iqlim hosil qiluvchi alohida omillarning o‘zaro ta’sirlashuvi Yer sharida va
uning alohida qismlarida iqlimiy sharoitni yaratadi. Ana shunday holatlarni iqlim
hosil qiluvchi jarayonlar deb atash qabul qilingan. Ularga quyidagilar kiradi:
issiqlik almashinuvi, namlik almashinuvi, umumiy va mahalliy atmosfYera
sirkulyasiyalari. Issiqlik almashinuvi–bu Yer sirti va atmosfYera tizimida issiqlikni
qabul qilib olish, uzatish, ko‘chirish va yo‘qotish jarayonidir. Issiqlikning kirib
kelishi va sarflanishi radiatsiyaning yo‘qotilishi va atmosfYera hamda Yer sirtining
nurlanishi ko‘rinishlarida yoki boshqa radiatsion bo‘lmagan yo‘llar bilan ham
kuzatilishi mumkin. Ularga molekulyar va turbulent issiqlik o‘tkazuvchanlik
hamda atmosfYerada suvning boshqa holatlarga o‘tishidagi issiqlik uzatish
jarayonlari kiradi. Ancha katta miqdordagi issiqlik adveksiya (issiqlik va
sovuqlikning havo oqimlari bilan gorizontal ko‘chishi) yo‘li bilan uzatiladi. Namlik
almashinuvi – bu bug‘lanish, atmosfYerada suv bug‘larining ko‘chishi, ularning
bulutlik va tumanlarning hosil bo‘lishi bilan birgalikda kechadigan
kondensiyalanishi, yog‘inlarning yog‘ishi va, nihoyat, oqim hosil bo‘lish
hodisalaridan tarkib topgan iqlim hosil qiluvchi jarayondir. SHunday qilib, Yer
sirtidan suvning atmosfYeraga ko‘tarilishi va yana qaytib Yer sirtiga tushishi
uzluksiz davom etadi.
Mahalliy sirkulyasiya nisbatan uncha katta bo‘lmagan yuzada kechadigan
atmosfYera sirkulyasiyasidir. U ba’zan quruqlik - suv chegaralaridagi harorat
farqlari tufayli (briz shamollari) yuzaga kelsa, ba’zan Yer sirtining bir xil emasligi
natijasida (tog‘ - vodiy shamollari, fyonlar va boshqalar) paydo bo‘ladi. Barcha
iqlim hosil qiluvchi omillar o‘zaro bog‘liqdir, masalan, Yer sirti atmosfYerasining
issiqlik rejimiga bulutlik ta’sir etadi, chunki u Quyoshdan kelayotgan to‘g‘ri
radiatsiya oqimini to‘sib qoladi. O‘z navbatida bulutlar namlik almashinuvi
elementlaridan biri hisoblanadi. Iqlimning har bir elementi rejimi iqlim hosil
qiluvchi har uchchala jarayonlarining o‘zaro ta’sirlashuvi natijasidir. Yer sharida
atmosfYera yog‘inlarining taqsimlanishi buning yorqin misolidir, chunki
atmosfYera yog‘inlarining hosil bo‘lishida namlik almashinuvi ham, issiqlik
almashinuvi ham, atmosfYera umumiy sirkulyasiyasi ham ishtirok etadi.
Iqlimni shakllantiruvchi antropogen omillar. Minglab yillar davomida
insonning xo‘jalik faoliyati uni o‘rab turgan iqlimiy sharoitga moslashgan, lekin,
ushbu faoliyatning iqlimga ijobiy yoki salbiy ta’siri e’tiborga olinmas edi. Yer
aholisi uncha ko‘p bo‘lmagan va insonning enYergetik nuqtai-nazardan qurollanish
darajasi nisbatan kichik bo‘lgan davrlarda antropogen omilning tabiatga ko‘rsatgan
ta’siri iqlim barqarorligini o‘zgartirmagan. Lekin, XX asrning o‘rtalaridan boshlab,
inson faoliyati shu miqyosda kuchayib bordiki, endi inson xo‘jalik faoliyatining
iqlimga ko‘rsatayotgan ta’sirini hisobga olmaslikning iloji yo‘q edi. Iqlimning
antropogen omillariga quyidagilar kiradi:
1. Inson xo‘jalik faoliyatining atmosfYeraning kimyoviy tarkibiga ta’siri: turli
organik yoqilg‘ilarni yoqish natijasida atmosfYeraga karbonad angidrid va boshqa
issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlarning hamda turli tuman sanoat
aYerozollarining chiqarib tashlanishi ushbu ta’sir bilan bog‘liqdir;
2. Inson xo‘jalik faoliyatining juda katta Yer massivlarini haydash,
o‘rmonlarni yo‘q qilish, yaylovlarda chorva mollari sonini ko‘paytirish va boshqa
yo‘llar bilan Yer sirti holatiga ko‘rsatadigan ta’siri. Bularning hammasi Yer sirti
albedosining o‘zgarishiga hamda issiqlik va namlik almashinuvi jarayonlarining
o‘zgarishiga olib keladi;
3. Iqlimiy sistemaning alohida komponentlariga mahalliy ta’sir ko‘rsatish.
Bularga issiqlik hosil qiluvchi qurilmalarning atrofni ifloslantirishi, yangi suv
omborlarini yaratish va ko‘llar degradatsiyasi (Orol dengizi kabi), arid
mintaqalarda o‘simlik qoplamini yaksonlash kabilar kiradi;
4. AtmosfYera–okean-quruqlik tizimida kechadigan namlik almashinuviga
ta’sir. Bularga bulutlikka ko‘rsatiladigan ta’sir, sug‘oriladigan Yerlarda bug‘lanish
miqdorining ortishi, okean suvlarining ifloslanishi va boshqalar kiradi;
5. Xo‘jalik faoliyatining turli ko‘rinishlarida inson tomonidan iste’mol
qilinadigan enYergiya atmosfYeraning qo‘shimcha isishiga olib keladi. Inson
tomonidan iste’mol qilinadigan barcha enYergiya issiqlikka aylanadi, ta’kidlash
lozimki, ana shu issiqlik atmosfYera uchun qo‘shimcha enYergiya manbai bo‘lib
xizmat qiladi va haroratning ko‘tarilishiga olib keladi. Ko‘mir, neft, tabiiy gaz,
atom enYergiyasi (hozirgi davr uchun yutilgan Quyosh enYergiyasiga nisbatan)
qo‘shimcha issiqlik manbalari hisoblanadi. Suv enYergiyasi va yog‘och hamda
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida mavjud bo‘lgan enYergiya Yerning yil davomida
yutadigan Quyosh radiatsiyasining o‘zgargan enYergiya shaklidir. Ushbu
ko‘rinishlardagi enYergiya sarflanishi Yerning issiqlik balansini o‘zgartirmaydi va
uning qo‘shimcha isishiga olib kelmaydi. Ikkinchi tomondan ular inson iste’mol
qiladigan enYergiyaning kichik qismini tashkil etadi. EnYergiya iste’molining
kelajakdagi o‘sishi natijasida inson xo‘jalik faoliyati tufayli ajralib chiqadigan
issiqlik miqdori Quyosh radiatsiyasi enYergiyasining sezilarli qismini tashkil etishi
mumkin. Bu esa global iqlimni isish tomon o‘zgarishiga olib keladi.
AtmosfYeradagi aYerozol iqlimiy sharoitga ancha murakkab ta’sir ko‘rsatadi,
chunki aYerozol zarrachalari ikki xil ko‘rinishda ta’sir etadi: ular ham qisqa
to‘lqinli, ham uzun to‘lqinli radiatsiyani sochib yuborishi yoki yo‘qotishi mumkin.
Inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida atmosfYerada aYerozollar miqdorining ortishi
atmosfYera radiatsion rejimining o‘zgarishiga olib keladi, oqibatda havo ham
sovushi, ham isishi mumkin.
Iqlimning shakllanishiga quyosh radiatsiyasi, atmosfYera sirkulyasiyasi,
taglik sirt va joy relefining ta’siri. Iqlimni hosil qiluvchi asosiy omillarga quyosh
radiatsiyasi, atmosfYera sirkulyasiyasi, joyning geografik kengligi, Yer yuzasining
turi va uning tabiiy xossalari, joyning relefi va boshqalar kiradi. Quyosh
enYergiyasi atmosfYerada paydo bo‘ladigan jarayonlar, fizik hodisalarning
rivojlanishida va Yerdagi o‘simliklar olami, insoniyatning faoliyati va boshqalar,
tirik jonivorlar uchun enYergiyaning asosiy manbai hisoblanadi.
Quyosh radiatsiyasini qisqacha izohlaymiz. Bu elektromagnit to‘lqinlar
ko‘rinishida Yer atmosfYerasiga kirib keladigan quyosh nuri. Quyosh radiatsiyasi
fazoda elektromagnit to‘lqinlar singari 3·105 kmG‘s tezlikda tarqalib Yer
atmosfYerasiga kirib keladi. Yer sirtiga quyosh radiatsiyasi to‘g‘ri va sochilgan
holda tushadi. Quyosh radiatsiyasini odatda issiqlik ta’siri bo‘yicha o‘lchanadi va u
birlik yuzaga vaqt birligida keladigan issiqlik miqdori bilan ifodalanadi. Quyosh
radiatsiyasi Yer atmosfYerasidan o‘tayotganda gaz molekulalari, muallaq qattiq va
suyuq zarrachalar tomonidan yutilishi sababli, uning enYergetik yoritilganligi va
spektral tarkibi o‘zgaradi. Natijada, Quyoshdan Yer yuzasiga kelayotgan to‘g‘ri
quyosh radiatsiyasi oqimi atmosfYeraning fizik xususiyatiga, atmosfYerada o‘tgan
yo‘liga bog‘liq holda keng oraliqda o‘zgarib turadi. Quyosh radiatsiyasining Yer
yuzasida butun osmon gumbazidan sochilib keladigan qismi sochilgan radiatsiya
deb yuritiladi. Bu oqim Quyoshning balandligiga, atmosfYeraning xiraligiga,
bulutlilik sharoitiga bog‘liq bo‘lib, uning qiymati ba’zi vaqtlarda 490-700 VtG‘m2
orasida tebranadi. Gorizontal yuzaga ayni bir vaqtda tushayotgan to‘g‘ri va
sochilgan radiatsiyalar birgalikda yig‘indi (yalpi) radiatsiya deb yuritiladi. To‘g‘ri
radiatsiyaning bir qismi Yer yuzasidan va bulutlardan qaytib koinotga ketadi.
SHuningdek, sochilgan radiatsiyaning bir qismi ham kosmik fazoga ketadi.
Radiatsiyaning qolgan qismi Yer sirtini va havoni isitadi. Oz qismi esa kimyoviy
enYergiyaga, ya’ni atmosfYeraning yuqori qatlamlaridagi gaz molekulalarini
parchalashga, fotosintezga va shunga o‘xshash hodisalarga sarf bo‘ladi.
Quyosh doimiysi. Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan o‘rtacha masofada Yer
atmosfYerasidan yuqorida quyosh nurlariga tik birlik yuzaga vaqt birligida
keladigan quyosh radiatsiyasi oqimi. Quyosh doimiysi avval 1367 Vt/m2 ga teng
deb hisoblangan. Hozirgi vaqtda, 3-bobda aytilganidek, uning miqdori 1377 Vt/m2
ga tengligi sun’iy yo‘ldoshlarga o‘rnatilgan aktinometrik kuzatishlar orqali aniqlik
kiritilgan. «Doimiy» so‘zining ma’nosi shundan iboratki, bu miqdor atmosfYerada
yutilgan va sochilgan radiatsiyaga bog‘liq bo‘lmay, faqat Quyoshning nur chiqarish
qobiliyatiga bog‘liq. Quyosh radiatsiyasi Yer yuzasiga etib kelguncha havo
molekulalari, atmosfYeradagi qattiq va suyuq aralashmalar tomonidan sochilishi va
yutilishi natijasida sezilarli o‘zgaradi. Natijada, Quyosh gardishidan keladigan
to‘g‘ri radiatsiya, unga tik birlik sirtda dengiz sathida 1050 VtG‘m2 dan, tog‘larda
4-5 km balandlikda 1200 VtG‘m2 dan oshmaydi.
SHuni ta’kidlash lozimki, quyosh nuri uchun atmosfYera etarli darajada
tiniqdir. AtmosfYera havosining, ayniqsa pastki qatlamida quyosh nurining
yutilishi va qisman qaytarilishi bilan umuman havoning harorati etarli darajada
isimaydi. Quyosh radiatsiyasi tiniq bo‘lmagan Yerning yoki jismlarning yuzasiga
tushib yutiladi va issiqlikka aylanadi, ammo u Yerdan va jismlardan qisman
qaytadi va Yer-jism bag‘rida turli ko‘rinishga o‘tib ketadi. Quyosh nuri ta’sirida
isigan Yerning sirti va boshqa isigan jismlar o‘zining issiqligini chiqara boshlaydi -
uni sochadi yoki tarqatadi. Lekin quyosh radiatsiyasining Yer yuziga tushishi va
radiatsion balansning fasllar bo‘yicha o‘zgarishi Yer sharsimonligiga, orbitasining
shakliga va Yer aylanish o‘qining og‘maligiga bog‘liq.
Iqlimni shakllantiruvchi muhim omillar: quyosh radiatsiyasi, atmosfYera
sirkulyasiyasi, taglik sirtning turi va joy relefining birgalikdagi ta’siri natijasida
Yer sharidagi turlicha iqlimlar yaratiladi.
Quyosh radiatsiyasining Yer sirtida bir tekisda taqsimlan-maganligi tufayli
Yerning yuzasi ham, Yer sharining turli kengliklaridagi havo ham bir xil isimaydi.
Natijada turlicha havo bosimlarining ayirmasi shakllanadi. Demak, quyosh
radiatsiyasi iqlimni shakllanishidagi bosh omil - atmosfYera sirkulyasiyasi ta’siri
xususiyatini belgilaydi.
Iqlimni shakllantiruvchi muhim omillardan yana biri taglik sirtdir. Taglik
sirtlarning fizikaviy xususiyatlariga bog‘liq holda ularning ustida turlicha havo
massalari shakllanadi.
Yer shari o‘zining tabiiy xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiluvchi
ikki qismdan: Dunyo okeani va qirg‘oqlari ustida nam dengiz iqlimi, cho‘llar va
quruqlik ichkarisida esa quruq kontinental iqlim vujudga keladi.
Suv va quruqlik iqlimga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. SHuning-dek tuproq sathi
bilan, o‘simlik qoplagan tuproq ham iqlimga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin,
o‘rmonzor va tuproqni qop-lagan o‘simlik iqlimga boshqacha ta’sir etadi. Iqlimga
ayniqsa okean va matYeriklarning ta’siri katta. YOz vaqtida okeanga nisbatan
matYeriklar kuchli isiydi, qishda esa aksincha kuchli soviydi. Yil davomida okean
Yer uchun namlikning bosh manbai hisob-lanadi va yilning sovuq davrida - iliqlik
manbaini o‘taydi.
MatYerik va okean oralig‘ida haroratning turlicha bo‘lishi havo bosimining
taqsimlanishdagi ayirmalarni keltirib chiqaradi. MatYerik ustida, yozda mo‘‘tadil
kengliklarda past bosimli havo o‘rnashadi, qishda aksincha - yuqori bo‘ladi.
Okeanlarning ustida aksincha yozda asosan havo bosimi yuqori, qishda-past
bo‘ladi. Natijada yozda quruqlikda havo oqimi okean mussoni ko‘rinishda, qishda
quruqlikdan okeanga esadigan matYerikaviy musson shaklida bo‘ladi. MatYerik va
okeanlardan tashqari atmosfYera sirkulyasiyasiga rel’ef ta’siri katta, ayniqsa tik
qoyali baland, yassi shakldagi tog‘lar havo massasining harakat-lanish sharoitini
o‘zgartiradi. Joylarning dengiz sathidan balandligi va relef shaklining turlicha
bo‘lishi Yer sirtiga tushadigan quyosh radiatsiyasining qiymatini o‘zgartiradi.
SHuning bilan birgalikda bu qiymatlar atmosfYera sirkulyasiyasi xususiyati bilan
chambarchas bog‘langan.
Quyoshning ufqdan hisoblangan burchak masofasi quyosh balandligi deb
ataladi va quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
Sinh=sin ϕ⋅sinδ+cos ϕ⋅cos δ⋅cos τ ,
bu Yerda: - joy kengligi, - Quyosh og‘ishi, - Quyoshning soatli burchagi.
Yer sirtidagi turli hududlarda tush paytida Quyosh balandligi turlicha qiymatga
ega (1-jadval).
Quyoshning ufqdan balandligi geografik kenglikka, vaqtning yil davomida
o‘zgarishiga, kecha-kunduzning davomiyligiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Muayyan joyning relefi, ayniqsa tog‘lar shu joyning iqlimiga katta ta’sir
ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish chegaralari va mahsul-dorligining
shakllanishida iqlimning balandlik bo‘yicha meteo-rologik kattaliklarning
taqsimlanish qonun-qoidalarini bilish dehqonchilikda yaxshi samara bYeradi.
Balandlik ortishi bilan ekinlar uchun samarali haroratning kamayishi, bahorda,
yozda, kuzda tog‘larda esa qor qoplamining Yerimasdan turish davomiy-ligi
muddatlari ortadi.
1-jadval