IQLIM VA OB-HAVO TUSHUNCHALARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

4

File size

Fayl hajmi

24,7 KB


IQLIM VA OB-HAVO TUSHUNCHALARI
REJA:
1. Ob-havo va iqlim.
2. Atmosferaning shakllanishi.
3. Iqlimshunoslik fanining shakllanishi.
4. Iqlimni ifodalash tushunchalari.
Logotip
IQLIM VA OB-HAVO TUSHUNCHALARI REJA: 1. Ob-havo va iqlim. 2. Atmosferaning shakllanishi. 3. Iqlimshunoslik fanining shakllanishi. 4. Iqlimni ifodalash tushunchalari.
Biror hududning iqlimi o‘sha hududdagi ob-havo bilan uzviy bog‘langanligini
ko‘pchilik biladi.  SHu sababli, eng  avval  ob-havo va iqlim tushunchalarining
farqini tushunib olish kerak. Ob-havo deganda, biror joy yoki hudud atmosferasidagi
meteorologik kattaliklar uzluksiz o‘zgarishlarining majmui tushuniladi. Ob-havo
yildan-yilga ma’lum chegaralarda o‘zgarib turadi.
Iqlim deganda  Er  sharidagi  har  bir  joyning  geografik  holatiga  qarab
aniqlanadigan atmosfera rejimi (ob-havo sharoitlari) ning statistik tartibi (o‘rtacha
ko‘p yillik ma’lumoti) tushuniladi. YOki biror joyga xos bo‘lgan ko‘p yillik ob-
havo rejimiga iqlim deyiladi. 
Geografik holat deganda faqat joyning geografik kengligi, geografik uzunligi
va  dengiz  sathidan  balandliginigina  tushunilmay,  Er  sirtining  xususiyatlari,
orografiyasi,  tuproq  qatlami  kabilar  ham  tushuniladi.  Atmosfera  rejimi  yil
davomida, ya’ni qishdan bahorga va yozga, yozdan kuz va qishga o‘tish vaqtida
mavsumiy iqlim sharoitida ma’lum darajada o‘zgaradi. Iqlimning o‘zgarishlari
tebranish xususiyatiga ega bo‘lib, u yoki bu tomonga iqlimiy me’yordan chetlashib
turadi.
Erning  uzoq  davom  etgan  evolyayusiyasi  jarayonida  unda  quyidagi  uchta
asosiy  qobiq  shakllangan:  qattiq  (litosfera),  suyuq  (gidrosfera)  va  gazsimon
(atmosfera).  Ushbu  qobiq-sferalardagi  turli  tuman  va  murakkab  fizik  hamda
kimyoviy jarayonlarni Er haqidagi fanlar o‘rganadi. Ularni geofizika fanlari deb
atash qabul qilingan. 
Atmosfera–gazsimon muhit  bo‘lib, u gazlar, suv bug‘lari  va aerozollardan
tashkil  topgan.  Atmosferaning  asosiy  xususiyatlari  uning  tarkibining  makon
bo‘yicha  turlichaligida  va  zamon  bo‘yicha  o‘zgaruvchanligida  aks  etadi.
Atmosferada kechadigan fizik jarayonlarni atmosfera fizikasi fani o‘rganadi.
Atmosfera fizikasi  (umumiy  meteorologiya)  -  atmosferaning  tarkibi  va
tuzilishi, undagi issiqliq yutilishi va nurlanish, havoning isishi, sovushi va uning
harakati qonuniyatlari, bug‘lanish va suv bug‘larining kondensatsiyalanishi hamda
turli-tuman optik, elektrik, akustik va boshqa hodisalar bilan bilan bog‘liq bo‘lgan
fizik jarayonlarni o‘rganadigan fandir. «Meteorologiya» atamasi fanga Aristotel
Logotip
Biror hududning iqlimi o‘sha hududdagi ob-havo bilan uzviy bog‘langanligini ko‘pchilik biladi. SHu sababli, eng avval ob-havo va iqlim tushunchalarining farqini tushunib olish kerak. Ob-havo deganda, biror joy yoki hudud atmosferasidagi meteorologik kattaliklar uzluksiz o‘zgarishlarining majmui tushuniladi. Ob-havo yildan-yilga ma’lum chegaralarda o‘zgarib turadi. Iqlim deganda Er sharidagi har bir joyning geografik holatiga qarab aniqlanadigan atmosfera rejimi (ob-havo sharoitlari) ning statistik tartibi (o‘rtacha ko‘p yillik ma’lumoti) tushuniladi. YOki biror joyga xos bo‘lgan ko‘p yillik ob- havo rejimiga iqlim deyiladi. Geografik holat deganda faqat joyning geografik kengligi, geografik uzunligi va dengiz sathidan balandliginigina tushunilmay, Er sirtining xususiyatlari, orografiyasi, tuproq qatlami kabilar ham tushuniladi. Atmosfera rejimi yil davomida, ya’ni qishdan bahorga va yozga, yozdan kuz va qishga o‘tish vaqtida mavsumiy iqlim sharoitida ma’lum darajada o‘zgaradi. Iqlimning o‘zgarishlari tebranish xususiyatiga ega bo‘lib, u yoki bu tomonga iqlimiy me’yordan chetlashib turadi. Erning uzoq davom etgan evolyayusiyasi jarayonida unda quyidagi uchta asosiy qobiq shakllangan: qattiq (litosfera), suyuq (gidrosfera) va gazsimon (atmosfera). Ushbu qobiq-sferalardagi turli tuman va murakkab fizik hamda kimyoviy jarayonlarni Er haqidagi fanlar o‘rganadi. Ularni geofizika fanlari deb atash qabul qilingan. Atmosfera–gazsimon muhit bo‘lib, u gazlar, suv bug‘lari va aerozollardan tashkil topgan. Atmosferaning asosiy xususiyatlari uning tarkibining makon bo‘yicha turlichaligida va zamon bo‘yicha o‘zgaruvchanligida aks etadi. Atmosferada kechadigan fizik jarayonlarni atmosfera fizikasi fani o‘rganadi. Atmosfera fizikasi (umumiy meteorologiya) - atmosferaning tarkibi va tuzilishi, undagi issiqliq yutilishi va nurlanish, havoning isishi, sovushi va uning harakati qonuniyatlari, bug‘lanish va suv bug‘larining kondensatsiyalanishi hamda turli-tuman optik, elektrik, akustik va boshqa hodisalar bilan bilan bog‘liq bo‘lgan fizik jarayonlarni o‘rganadigan fandir. «Meteorologiya» atamasi fanga Aristotel