Iqtisodiy Bilim Asoslari darslarida buyuk ajdodlarimiz ilmiy me’rosidan foydalanish
Yuklangan vaqt
2024-06-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
33,3 KB
Iqtisodiy Bilim Asoslari darslarida buyuk ajdodlarimiz ilmiy me’rosidan
foydalanish
Reja:
1. Iqtisodiy bilim asoslarini o‘qitishda O‘rta Osiyo mutaffakirlarining
iqtisodiy g‘oyalari.
2. Islom Karimov iqtisodiy islohotlarning asoschisi va rahnomasi.
3. Yoshlarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish jihatlari.
Tayanch iboralar: ―Avesto‖, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos
Xojib, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy, I.Karimov.
1. Iqtisodiy bilim asoslarini o‘qitishda O‘rta Osiyo mutaffakirlarining
iqtisodiy g‘oyalari.
O‘zbek xalqi juda qadimiy ma’naviy va iqtisodiy merosga ega. O‘zbek xalqi
o‘lmas tarixiy merosi bilan har qancha faxrlanishga haqlidir. Bu iqtisodiy meros
xalqimizning iqtisodiy mustaqillikni qo‘lga kiritishi, zamonaviy iqtisodiy
tafakkurga ega bo‘lishi, iqtisodiy jihatdan iqtidorli millatga aylanishida xizmat
qilib kelmokda.
Bugungi
kunda
yoshlarda
iqtisodiy
madaniyatni,
tafakkurini
shakllantirishimizda va iqtisodiy savodxonligini oshirishimizda ―Avesto‖ qadimiy
yodgorliklarida, buyuk allomalarimiz Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos
Xojib,
Amir
Temur,
Ulug‘bek,
Navoiy,
Bobur
va
boshqa
qator
mutafakkirlarimizning iqtisodiy g‘oyalaridan foydalanishimiz ayni muddao bo‘lar
edi.
Bundan qariyb 2700 yil ilgari O‘rta Osiyoda yaratilgan ―Avesto ‖ kitobida
iqtisodiy tarbiyaning yoshlar tarbiyasidagi o‘rniga yuksak baho berilib: ―Iqtisodiy
tarbiya hayotning muhim tirgagi, tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim.
Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo qadrlashni o‘rganish
bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin ‖, - deb yozilgan. Ilk o‘rta asr buyuk
mutafakkirlaridan biri, o‘z davrining yorqin yulduzi Abu Nasr Forobiy edi.
Forobiy o‘rta asr davri tabiiy – ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha
sohalarini o‘z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan. Forobiy jamiyatning
iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotida katta voqealarga boy bo‘lgan ilk o‘rta asr
davrida yashadi. Ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy hayotdagi ziddiyatlar jamiyatning
g‘oyaviy hayotida ham o‘z aksini topdi. Forobiy asarlarida, uning ijtimoiy –
falsafiy g‘oyalarida davrning tub ziddiyatlari, uning yutuqlari va kamchiliklari
cheklanganligi, ijobiy va salbiy tomonlari yoritilgan. Ayniqsa uning ―Fozil
odamlar shahri‖ kitobi muhim ahamiyatga ega asardir. Bu asarga birinchi
Prezidentimiz: ―... bundan ming yillar muqaddam yaratilgan bo‘lsada, bugun
hatto oddiy maktab o‘quvchisi ham undan zamonaviy hayotning eng murakkab
muammolarini yechish borasida qator muhim fikr-mulohazalarni topa olishi
mumkin‖, - deb yuksak baho bergan.
Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti ko‘rsatadiki, butun dunyoda tadbirkorlik
masalasiga katta e’tibor berilgan. Aholining tadbirkorlik borasidagi savodxonligi,
tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy resurslar, mablag‘larni ko‘paytirish va
boshqa tushunchalar bunga misol bo‘la oladi. Ammo ba’zi pedagog olimlarning
e’tirof etishlaricha, keyingi yillarda ayrim guruhdagi yoshlarning tadbirkorlikni
rivojlantirish darajasi bir oz bo‘lsa-da pasaygan. Tadbirkorlik, xususan,
tadbirkorlik
jarayoni
(kasbi)
qadimda
nafaqat
savdogarlarga,
jamiyatni
boshqaruvchilarga, din ahillariga, balki, xo‘jalik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan
barcha shaxslarga o‘ta zarur bo‘lgan. Buni qadimgi yodgorliklar, obidalar,
qo‘lyozmalar va boshqa manbalar tasdiqlab beradi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish
mamlakat aholisi va ayniqsa, yoshlarning iqtisodiy bilimini oshirish hamda
insonparvarlik g‘oyalari asosida yangicha fikrlaydigan shaxs-tadbirkorlarni
rivojlantirish masalasini qo‘ydi. Zero, mamlakatni rivojlantirish uchun iqtisodiy
ta’lim-tarbiyaning tarixiy ildizlarini, zamonaviy iqtisodiyot, biznes, marketing
asoslarini yoshlarga chuqur o‘rgatish zarur.
Tarixiy ma’lumotlardan ayonki, buyuk ajdodlarimiz iqtisodiyot va iqtisodiy
ta’lim-tarbiyaga oid ko‘plab g‘oyalarni ilgari surishgan. Chunki iqtisod
tushunchasi har bir kishi, har bir oila, jamoa va jamiyat hayotida muhim o‘rin
tutadi. U nafaqat insonning bugungi hayotini, balki kelajagini ham belgilab beradi.
Axir, xalqimiz ―etti o‘lchab, bir kes, ―avval iqtisod, keyin siyosat‖ degan
xikmatlarni bejiz aytmagan. Demak, jamiyatda iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish
katta ahamiyatga ega ekanligini ajdodlarimiz juda yaxshi bilishgan. Qadimgi
zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘limish ―Avesto‖da, islom ta’limotida,
―Buyuk ipak yo‘li‖ haqidagi ilmiybadiiy asarlarda iqtisodiy ta’lim-tarbiyaga oid
ko‘plab mulohazalar ilgari surilgan. Ular o‘z asarlarida mehnatning ijtimoiy
taqsimotiga katta o‘rin ajratishgan.
A. N. Forobiy boyliklarni insonning ishlab chiqarishda ishtirokiga qarab
adolatli taqsimlash tarofdori bo‘lgan, urush va qullikni qoralagan, davlatlararo
iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish g‘oyasini ilgari surgan.
Abu Rayhon Beruniy inson ehtiyojini faqat pul, mol-dunyo bilan emas, balki
mehnat, izlanish, yaratish, qurish, bunyod qilish, ilm olish, bilish orqali qondirish
lozimligini e’tirof etadi.
Mutafakkir Yusuf Xos Hojib o‘zining ―Qutadg‘u bilig‖ (Saodatga eltuvchi
bilimlar) asarida bola tarbiyasi haqida to‘xtalib shunday yozadi: ―Farzand
qanchalik bilimli, aqlli-hushli bo‘lsa, iqtisodni yaxshi o‘zlashtirsa, ota-onaning
yuzi shunchalik yorug‘ bo‘ladi‖. Yuqorida aytilgan fikrlar asosida ulug‘
bobokolonlarimiz ota-onalarning o‘z farzandlariga kasbhunar va bilim o‘rgatish
kerakligini ta’kidlaydilar. Toki ular o‘zlari qiziqqan kasb va hunarni o‘rganib,
hayotdan ta’lim olib, bilimdon bo‘lsinlar, chinakam insoniy go‘zallikka erishsinlar,
boqimandalikka, yalqovlikka, o‘g‘irlik va boshqa yomon ishlarga o‘rganmasinlar.
Ali Abu ibn Sino o‘zining buyuk ―Tib qonunlari‖ asarida iqtisodiy tarbiya
haqida so‘z yuritib, bola tarbiyasida mehnatning ahamiyatiga alohida urg‘u beradi.
―Agar oila boshlig‘i, — deydi ibn Sino, — tajribasizlik yoki nohaqlik qilsa, u oila
a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va uning oqibatida bundan-da yomon natijalar
kelib chiqadi‖. Uning fikricha, bola tarbiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, oila baxtli
bo‘ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Professor Aziz
Qayumovning ―Abu Ali ibn Sino asarida Hamadon podshohi Shayh Abu Alini
o‘z davlatining vaziri etib tayinlaganini, u dastavval moliya ishlarini chuqur taftish
qilganini yozadi. Kitobda Abu Ali ibn Sinoni vazirlik davrida davlatdagi moliyaviy
ishlarda 90 suiste’molliklarga chek qo‘ygani, saroy atrofida o‘ralashgan ba’zi
kimsalarning tuban qilmishlarini fosh etib jinoyatlarga yarasha jazo berganligi,
moliya devonining ishlari to‘laligicha vazir qaramog‘iga o‘tkazilganligini va tartib
o‘rnatganini manbaalarga asoslanib bayon etadi. Ibn Sino inson ehtiyojlari va uni
qondirish masalalariga to‘xtalib: ―Hayvon tabiat ne’matlariga‖ qanoat qiladi,
odamlarga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim – kechak va uy-joyga
ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne’matlarini o‘zlashtirib oladi, odam esa o‘z mehnati
bilan o‘ziga ovqat, kiyim, joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va
hunarmandchilik bilan shug‘ullanishi kerak, - deb fikr bildiradi. Olim o‘zining
dono fikrlari bilan barcha boyliklar halol mehnat bilan orttirilishi, ota-onalar o‘z
farzandlarini kasb-hunarga o‘rgatishi va undan olingan daromad orqali halol
yashash kerakligini, iqtisodiy faoliyatsiz, tadbirkorlik jarayoni (kasbi)siz
muvaffaqiyatga erishish mumkin emasligini ta’kidlaydi. Sharq iqtisodiy
tafakkurining rivojlanishida ulug‘ bobokalonimiz, sohibqiron, buyuk sarkarda
Amir Temur iqtisodiy siyosat g‘oyalari, u ishlab chiqqan va amalda yuritgan
iqtisodiy g‘oyalarining o‘ziga xos ulug‘vorligi shundaki, ular xayoliy emas, balki
real (aynan) hayotdan kelib chiqqan va unda o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun
ham bu g‘oyalar ilgari surilganligi, mana, 600 yildan oshganiga qaramay, o‘zining
amaliy hayotiy ahamiyatini yo‘qotmay kelayotir.
Amir Temurning iqtisodiy g‘oyalari ―Temur tuzuklari‖ asarida bayon
etilgan. Unda Sohibqironning mamlakatni boshqarish, uni rivojlantirib borish
qoidalari, tamoyillari, yo‘l-yo‘riqlari o‘z ifodasini topgan. Bu asarda iqtisodiyotni
tashkil etish, barqarorlashtirish, tartibga solib borish, uni barqaror sur’atlar bilan
yuksaltib borishga oid qimmatli iqtisodiy tavsiyalar jamlangan. Amir Temurning
iqtisodiy qarashlari tizimida soliq masalasi markaziy o‘rin tutadi. Chunki, soliq
tizimi orqali iqtisodiyot tashkil etilgan, boshqarilgan, mamlakat iqtisodiy va harbiy
hayoti tartibga solingan. Sohibqiron o‘z soliq siyosatida ham xalqning manfaati
ustuvorligidan kelib chiqadi. U agar aholi soliq tizimi orqali qambag‘allashib
ketsa, davlat ham oqibatda kambag‘allashib boradi, aholining boy-badavlat
yashamog‘i uchun adolatli soliq tizimi zarur deb xisoblagan. Amir Temur
ta’kidlaydiki, aholidan olinadigan soliqlar ularning qaysi birlari el-yurt obodchiligi
yo‘lida o‘z mol-mulki va sarmoyasini ayamay sarflasa, ularga davlat soliq
to‘lashda imtiyoz berishi kerak. Shu bilan birga u soliqlar odamlarni mehnatga
yaratuvchilikka, tadbirkorlikka, sohibkorlikka rag‘batlantirishi zarurligini uqtiradi.
Hususan, mahalliy hokimlarga: ―Kimki biron sahroni obod qilsa yoki koriz qursa,
yo biron bog‘ ko‘kartirsa, yoxud biron xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa,
birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o‘z roziligi bilan
berganini olsinlar, uchinchi yili esa qonun-qoidaga muvofiq hiroj olsinlar‖, -
vazifasini yuklagan. Sohibqiron A. Temur davrida xiroj yig‘ish va soliq olishda
adolatli qonun-qoidalariga to‘liq amal qilingan. O‘sha davrda hosil pishib
yetilmasdan ilgari raiyatdan mol-xiroj olish man etilgan. Agar raiyat soliq
yig‘uvchi bormasdan oldin soliqni o‘zi keltirib bersa, soliqchi yuborilmagan. Agar
soliq yig‘uvchini yuborishga majbur bo‘lishsa, u holda soliqlarni buyruq berish
yoki yaxshi so‘zlab olishlik, odamlarni kaltak, arqon bilan urib, so‘kmaslik
zarurligi uqtirilgan. Soliq to‘lamaganlarni bandi etib, zanjir bilan kishanlashlik
taqiqlangan. A. Temurdan qolgan merosni har tomonlama o‘rganib, uning dono
pandu-nasihatlari ma’nosini tushunar ekanmiz, o‘sha davrda mamlakatda
mehnatga bo‘lgan barcha yaroqli fuqarolarni ish bilan ta’minlash zarurligi aniq
ko‘rsatilganini bilib olamiz. Bu har bir kishi qalbida g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi.
O‘zbek halqining ma’naviy merosida, uning madaniyati halqaro miqyos kasb
etishida ulug‘ shoirimiz, faxr-iftixorimiz, buyuk Alisher Navoiyning o‘rni, uning
hizmatlari beqiyosdir. Xozirga qadar xalqimiz hususan, yoshlarimiz uni she’riyat
mulkining sultoni deb tanib keladilar. Biroq, Navoiyning ilmiy merosi shu qadar
boy va keng qirraliki, unda iqtisodiyot masalalariga doir ko‘pgina qimmatli
g‘oyalar ham o‘z ifodasini topgan. Bugungi kunda davlatimizning ta’lim-tarbiya
muammosiga, ayniqsa, ta’limning yangi turi bo‘lmish o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limiga juda katta e’tibor berayotgani, zamonaviy kollejlar qurilayotgani
yoshlarimizga bo‘lgan g‘amxo‘rlik timsolidir. Ulug‘ allomalarimizning e’tiroficha,
kasb-hunar - daromad manbai. Ammo kasb-hunardan dunyoda faqat boylik va
moldunyo to‘plash uchun emas, ezgulik va vatan taraqqiyoti uchun foydalanish
kerak. Demak, boylik ham dono hunar egalariga va bilimdon tadbirkorlarga
munosibdir. 92 Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiyning iqtisodiy g‘oyalari uning
―Chor devon,―Hamsa‖, ―Mahbub ul-qulub‖, ―Vaqfiya‖, ―Munshaot‖ va
boshqa asarlarida o‘z ifodasini topgan. Uning fikricha, mehnat — jamiyatning
asosiy belgisi, uni ishlab chiqaruvchilar rivojlantiradi. Shuning uchun ularga
ortiqcha soliqlar solinmasligi, savdo-sotiqning rivojlanishi uchun bozorlardagi
mahsulotlar bahosi me’yorida bo‘lishini ta’minlash lozim. Bundan ko‘rinadiki,
shoir jamiyat boyligining manbaini mehnatda deb biladi va soliqlarni oshirishga
qarshi
chiqadi,
moliyaviy
tartib-intizomni
mustahkamlash,
savdo-sotiqni
rivojlantirish tarafdori bo‘lgan A. Navoiyning fikricha, adolatli iqtisodiy siyosat
feodal jamiyatidagi qiyinchiliklar, ziddiyat va muammolarni bartaraf etish
imkonini beradi. A. Navoiy o‘zining ―Mahbub ul-qulub‖ asarida jamiyatning
rivojlanishida savdo-sotiq, tijorat ishlarining ahamiyatini alohida ta’kidlaydi.
―Savdogar, — deb yozadi buyuk allomamiz,— yolg‘iz foydani niyat qilmasligi‖,
―savdo qilib foyda topaman‖, ―mol va pul ko‘paytiraman deb ortiqcha kema
surmasligi‖, ―mol va pul ko‘paytiraman deb jonsarak bo‘lmasligi kerak‖,
―savdogar boj-xiroj berish o‘rniga o‘z molini yashirib, o‘z obro‘sini to‘kmasa
yoki topgan-tutganini merosxo‘rlari sotib sovurishi uchun to‘plab qo‘ymasa yoki
biror yomon hodisa qo‘zg‘ash uchun sarflamasa, jamg‘arma yaxshi bo‘ladi‖. A.
Navoiyning savdogarlar to‘g‘risidagi ushbu so‘zlari xuddi bugungi kundagi
tijoratchilar uchun aytilgandek tuyuladi. Yuqorida bayon etilgan fikrlarga
asoslanib, iqtisodiy ta’lim jarayonida talabalarga quyidagi xulosalarni bayon etish
mumkin: Birinchidan, savdo, bozor, tijorat, mahsulot ishlab chiqarish, muomala
(oldi-sotdi) jarayoni iqtisodiyotni rivojlantirishda yetakchi ahamiyat kasb etadi,
tovarlar taqchilligini tugatishga xizmat qiladi. Ikkinchidan, savdo-sotiq davlat
byudjeti daromadining manbai, mamlakat iqtisodiy qudratining tayanchlaridan
biridir. Zero, savdogarlar davlat xazinasiga boj-xiroj to‘lab turishlari bilan
moliyaviy munosabatlarda muhim o‘rin tutadilar. Uchinchidan, ulug‘ shoir
savdogarlarni insofga, diyonatga chaqiradi, ulardan faqat o‘z foydasini ko‘zlab ish
tutmasligini talab qiladi. Albatta, bunday mulohazalar ma’nosini OTMlarni bitirib,
iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadigan yosh mutaxassis-
tadbirkorlarga tushuntirish foydadan xoli bo‘lmaydi. Tijoratning muhim nazariy
asoslardan biri qiymat qonuni bo‘lib, qiymatning o‘lchovi puldir. A. Navoiy baho
mahsulot yetishtirishga sarflangan 93 mehnatga emas, balki talab-taklifga ham
bog‘liq ekani haqida fikr yuritadi. Shu bilan birga, ayrim savdogarlar o‘z
tashabbusi bilan narx-navoni haddan tashqari oshirib yuborganini qayd qiladi.
Tovar-mahsulot narxini bunday oshirib sotuvchilarga nisbatan jazo choralarini
ko‘rishni ko‘zda tutib, insof va adolat tarozisi bilan narxni tartibga solishni tavsiya
qiladi. A. Navoiy mamlakat ichki bozorining rivojlanishi tashqi bozorga
bog‘liqligini ko‘rsatib o‘tadi. Shu munosabat bilan shoirning Astroboddan Husayn
Boyqaroga yo‘llagan xati diqqatga sazovordir. U xatda shunday yozilgan: ―Yana
ulkim, devoniylarga hukm bo‘lsakim, atrofdin kelgan bozurgon (savdogar)larning
jonidan rioyat qilsalar (ularning manfaatiga zarar yetkazilmasin)‖. Mirzo Ulug‘bek
(1394-1449) tarixda ko‘proq davlat arbobi sifatida emas, bunyodkor inson, yuksak
zehnli olim sifatida mashhurdir. Uning dong‘i dunyoga ketgan, astronomiya, tarix
ilmlariga oid asarlari mavjud. Bu yerda biz Ulug‘bekning ijtimoiy-iqtisodiy
faoliyatiga alohida e’tibor bermoqchimiz. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining
asoslariga alohida qunt qilinadi, busiz rivojlanish bo‘lmasligini hokimlar yaxshi
tushunishgan. Sug‘orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg‘ot, navo, chig‘ir,
charxpalak, qaynama,sharshara, osma ko‘prik, handoq, tazar va sardobalar kabi
turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi. O‘sha davrda ham iqtisodiy
rivojlanishning soliq tizimi bilan chambarchas bog‘liqligi yaxshi ma’lum edi. Soliq
yig‘imi qancha yuqori bo‘lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo
soliqning pastligi aholi uchun qulay bo‘lgani bilan, davlatning boshqaruv, mudofaa
va boshqa maqsadlariga doimo to‘g‘ri kelavermaydi. Shularni yaxshi tushungan
hukmdorlar soliqni iloji boricha me’yorida saqlash va uni yig‘ishning ma’lum
adolatli usullarini qo‘llanganlar. Masalan,Ulug‘bek hukmronligi davrida g‘alla
g‘aram qilinmasdan avval soliq to‘plash qat’iyan man etilgan, chunki dehqon hosil
yig‘ib olgachgina real soliq to‘lash imkoniga ega bo‘ladi. Soliq aniq uch muddatda,
dehqon hosili pishishiga qarab bo‘lingan: 1) saraton (iyun-iyul); 2)sumbula
mezon(avgust va sentyabr); 3) qavs(noyabr). Yana bir muhim masala shuki,
soliqlarni yig‘ish paytida soliqchilar dehqon, chorvador yoki bog‘bonga nisbatan
zug‘um o‘tkazmasligi, jismoniy kuch 94 ishlatmasligi va ishni urush-janjalgacha
olib bormasligi zarur qilib qo‘yilgan. Bu bilan insonning haq-huquqi, yashashga
bo‘lgan daxlsizligi ta’minlangan. Umuman, soliq bo‘yicha qarzdorlarni bandi
qilish va zanjir bilan kishanlab, ularga nisbatan qattiq choralar ko‘rishga
soliqchilarning haqqi yo‘q edi. Soliq miqdori va to‘lov tartibini buzmaslikka,
suiiste’mollikning oldini olishga harakat qilingan. Tartibga amal qilmagan ayrim
ma’murlar jazoga tortilgani ma’lum. Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta
ahamiyat berilgan. Xitoy, Hindiston, Tibet va boshqa ko‘pgina davlatlar bilan
savdo aloqalari olib borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar
yaratilganligini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Elchilar ―Buyuk ipak yo‘li‖
xafvsizligini ta’minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganlar. Mamlakat
iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, tovar-
pul munosabatlari, milliy valyuta mustahkamligiga bevosita bog‘liq. Ma’lumki,
pulning uchta asosiy vazifasi mavjud:1) qiymat o‘lchovi; 2) almashuv vositasi; 3)
jamg‘arma vositasi. Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam bo‘lmasa,
iqtisodiyot posongisi, muvozanati buziladi. Shularni hisobga olib, vaqti-vaqti bilan
pul islohotlari o‘tkazib turiladi. 1428 yili Ulug‘bek tomonidan o‘tkazilgan islohot
katta ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Muomaladagi fulusiy pullar almashtirildi.
Ulug‘bek davridagi islohotlar tovar pul munosabatlari rivojiga muhim hissa
qo‘shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi. Mirzo Ulug‘bekning iqtisodiy
dunyoqarashida pul islohoti alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun u pul zarb qiluvchi
korxona qurdiradi. Qizig‘i shundaki, pul birliklarining nomini ana shu korxona
joylashgan shahar — Buxoro xalq atamasi bilan atashni lozim topadi (masalan,
donaki, adliya, nildonaki adliya, dudonaki adliya kabi). Pul birligining vazni pul
qiymatiga qarab, 2,3 – 8,6 gramm og‘irlikda berilgan. Bunday iqtisodiy tadbir
mamlakatda tovar-pul munosabatlarining rivojlanishiga, xalqaro savdo ravnaqiga,
milliy mulkning barqaror bo‘lishiga xizmat qilgan. Ulug‘ bobakalonimiz Mirzo
Ulug‘bekning pul islohoti borasidagi birinchi tajribasi izsiz qolmadi. Mustaqil
O‘zbekistonimiz ham o‘z milliy valyutasini chiqarishda ana shu tarixiy merosga
asoslandi. 95 Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-
1530) va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarda
katta ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan ma’lum. Xususan,
Boburning ―Boburnoma‖ asarida, ―Mubayyin‖ kabi to‘plamlarida iqtisodiyotga
oid ma’lumotlarga, shu jumladan soliq siyosatiga katta o‘rin berilgan. ―Zakot
to‘g‘risidagi katta kitob‖ da esa o‘sha davrdagi soliq, uning turlari to‘g‘risida
qimmatli fikrlar bildiriladi. Bu asarlarni mutaola qilar ekanmiz, ulardan
mamlakatimizning bugungi hayotida ro‘y berayotgan iqtisodiy islohotlarni,
o‘zgarishlarni tahlil qilish, xulosalar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun
yangi fikrlar, maslahatlar topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, uning umumiy
asoslari bo‘lmish ishlab chiqarish, shuningdek savdo va tijoratga oid, soliq va boj
to‘lovlari bilan bog‘liq bo‘lgan qarashlari bizni to‘lqinlantiradi. E’tirof etish
kerakki, garchi bizning hayotimizda Boburning davlatni boshqarish, ishlab
chiqarish va savdoni tashkil etish masalalariga doir alohida asari yoki uning o‘z
hukmronligi davrida yurgizgan iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar
bo‘lmasa ham, ilmiy bilish va idrok etish kuchiga suyangan holda shunday
xulosaga kelamizki, u buyuk mutafakkir, qomusiy olim sifatida iqtisodiy
qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va davlat hayotidagi belgilovchi
ahamiyatini chuqur tushungan. Shuning uchun ham u dolzarb va adolatli farmonlar
va hukmlar chiqarib, ilmiy jihatdan asoslangan iqtisodiy siyosat yurgizgan, buning
oqibati o‘laroq u hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik,
siyosiy -ijtimoiy taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos solgan saltanat
bir necha asr davomida yashadi va tarixda o‘chmas iz qoldirdi. Bobur va uning
vorislari davrida soliq masalalari muhim o‘rinni egallagan . Boburning
―Mubayyin‖ asari to‘la ravishda qonunlar va iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan.
Asarning
nomi
ham
«qonunlar
izohi»
ma’nosiga
ega.
Butun
islom
mamlakatlaridek, Movarounnahr va Xurosonda ham ―zakot‖ ma’lum miqdorda va
muayan shart-sharoitlarda olinadigan soliq ma’nosida qo‘llaniladi hamda naqd pul
va savdo yig‘imi shaklida to‘planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish
ob’ektining ―nisobi‖, ya’ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli bo‘lish uchun
belgilangan miqdori aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan soliq olinmaydi. ―Agar
yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta to‘la‖, deb yozadi Bobur. 96 Xiroj,
ya’ni yer solig‘i ikki toifaga bo‘lingan: muqassam va muvazzar. Birinchisi, olingan
hosilning miqdoriga bog‘liq bo‘lib, uchdan birdanyarimgacha teng bo‘lgan,
ikkinchi esa, soliq solinadigan yerning maydoniga bog‘liq ravishda olingan. Yerni
sug‘orish masalalari Sharqda o‘ta muhim edi, chunki ob-havo nihoyatda quruq va
issiq, yer-tuproq sharoiti sun’iy sug‘orishni talab etganligidan sug‘oriladigan
yerlar, tabiiyki, lalmikol yerlardan ko‘p hosil bergan. Shu sababli suv solig‘i ham
bo‘lgan . Suv solig‘i quyidagicha olingan: ―agar sug‘orish davrida chig‘ir
qursang, olgan hosilning o‘ndan birining yarmini (5%) soliq uchun to‘lashing
kerak‖, ya’ni sug‘oriladigan yerlarga sarf-xarajat hisobga olingan va bu mantiqan
to‘g‘ridir. Umuman olganda, bu davrda soliq va boshqa yig‘imlar tamomila
islomiy shariatga to‘la rioya qilingan holda olingan. Nisobga yetgan miqdordagi
molmulkdan Qur’oni karim, Muxtasar, Hidoya va boshqa manbalarda qat’iy
belgilab qo‘yilgan qismi ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, masalan,
boqiladigan mollar, ya’ni echki, tuya, sigir, otlardan, xususan, qo‘ylardan soliq
(zakot) quyidagicha olingan: 40 qo‘ydan bitta (2,5%), 120 tasidan ikkita, 201 dan
boshlab uchta, 400 dan ortiq bo‘lsa har 100 qo‘ydan bittasi zakot qilib berilgan.
Shuningdek, ―Boburnoma‖da bir yurt tovarining boshqa yurtlarga olib borilishi,
almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondirlishi va ularning iqtisodiyot ravnaqidagi
ahamiyati to‘la bayon qilinadi. Bobur savdo-sotiqning xalqlar o‘rtasidagi bebaho
ahamiyatini juda chuqur tushunar edi. Shuning uchun ham u savdo karvonlarini
yo‘llarda talash, bosqinchilik qilish, mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi salbiy
illatlarga ayovsiz munosabatda bo‘lgan. Bu siyosat Amir Temur, Ulug‘bek va
boshqa temuriylar siyosati bilan ma’lum. O‘sha davrda Bobur savdogarlardan
olinadigan savdo yig‘imi-ning ham adolatli va xolisona tashkil qilinishiga katta
ahamiyat bergan. Musulmon savdogarlarining savdo aylanmasidan savdo yig‘imi
20 misqol (4,5 gramm) oltindan 1 misqoli shaklida olingan, eng muhimi soliq
hissasi daromad hissasiga nisbatan kamayib borgan, ya’ni daromad ko‘payishi
bilan soliq kamaygan va boylik jamg‘aruvchilar uchun o‘ta manfaatli bo‘lgan.
Hozirgi davrda ham mana shu siyosatni qo‘llash foydadan holi emas. Chet ellik
savdogarlardan olinadigan yig‘im esa ularning qaysi yurtlardan kelganligiga
bog‘liq bo‘lgan. Agar ular islom mamlakatlaridan kelgan bo‘lsalar, barcha
daromadlarining yigirmadan bir qismi (5%) miqdorida soliq olingan. Musulmon
bo‘lmagan mamlakatlardan kelgan savdogarlardan olinadigan soliq miqdori shu 97
mamlakatlarda
musulmon
savdogarlaridan
olinadigan
soliq
miqdoriga
tenglashtirilgan. Naqadar adolatli va foydali soliq tizimi. Bobur ishlab chiqqan
soliq siyosati uzoq yillar davomida qo‘llanib kelindi va mamlakatning iqtisodiy
taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etdi. Bu esa Bobur iqtisodiy g‘oyalarining juda chuqur
ilmiy asosga suyanganligi, uzoqni ko‘zlovchi salohiyatga ega ekanligidan dalolat
beradi. Bunday ilmiy salohiyat uning vorislari, ham yurtlari bo‘lgan-bizlarda unga
nisbatan yanada chuqur hurmat va faxrlanish hissini uyg‘otadi. Ulug‘
bobokalonimiz Vatandoshimiz qoldirgan iqtisodiy g‘oyalar va iqtisodiy tafakkur
merosi, u yurgizgan iqtisodiy siyosat tizimi mustaqilligimizni mustahkamlashda,
bugungi kurashimizda qudratli ma’naviy tayanch bo‘lishga xizmat qiladi. Mirzo
Bobur iqtisodiy dunyoqarashini o‘rganish, uning iqtisodiyotga oid qarashlarini
tadqiq etish hamda imkon darajasida bugungi hayotimizga tadbiq qilish foydadan
holi emas. Shunisi diqqatga sazovorki, Bobur podshohligi davrida mamlakatga
vino keltirish ta’qiqlangan, ya’ni iqtisodiyotda proteksionizm siyosati qo‘llanilgan.
2. Islom Karimov iqtisodiy islohotlarning asoschisi va rahnomasi.
Mustaqillikning
birinchi
yillaridayoq
mamlakatimiz
tub
iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirishning o‘ziga xos yo‘lini tanladi. Bu yo‘l Islom Karimov