Iqtisodiy Bilim Asoslari fani o‘qitishning maqsad va vazifalari, o‘quv dasturi
Yuklangan vaqt
2024-06-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
24,6 KB
Iqtisodiy Bilim Asoslari fani o‘qitishning maqsad va vazifalari, o‘quv dasturi
Reja:
1.1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
1.2. Iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitishning zaruriyati.
1.3. Iqtisodiy bilim asoslari fanining o‘quv dasturi.
Tayanch iboralar: iqtisodiyot, ehtiyoj, ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol,
iqtisodiy resurslar, iqtisodiyot fanining predmeti, o‘quv dastur, bilim, ko‘nikma,
malaka,
kompetensiya,
savodxonlik
kompetensiyasi,
iqtisodiy
madaniyat
kompetensiyasi.
1.1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
Yer yuzida insoniyatning paydo bo‘lishi, o‘zining biologik va ijtimoiy kamol
topishi borasida uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. Inson biologik jihatdan
eng oliy tirik mavjudot bo‘lib, boshqa jonzodlardan o‘zining aql-idroki, ongli va
ijodiy mehnat qila olish qobiliyati bilan ajralib turadi. Inson tabiatning ajralmas
qismi sifatida tabiatdagi ashyolar shaklini o‘zgartiradi, uni iste’molga, yaroqli holga
keltiradi.
Iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch, jamiyatdagi tovar va xizmatlarning
ishlab chiqaruvchisi, yaratuvchisi va iste’molchisi ham inson hisoblanadi. Inson
bozor sharoitida barcha tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi bo‘libgina
qolmasdan, balki ularni iste’molchiga yetkazib beruvchi, ishlab chiqarishni iste’mol
bilan bog‘lovchi, ular o‘rtasidaga aloqani bajaruvchi, tovar va xizmatlarning sotib
oluvchi va ularning iste’molchisi sifatida ham namoyon bo‘ladi.
Nihoyat inson iqtisodiyotning hamma bosqichlarida, uning tashkilotchisi,
boshqaruvchisi, turli omillari, bo‘laklari, sohalar o‘rtasidagi muvozanatni,
aloqalarni birbiriga muvofiqligini ta’minlovchi kuch sifatida ham ish yuritadi. Inson
faqatgina moddiy ne’matlarni yaratuvchisi va iste’molchi bo‘lmasdan, balki shu
jarayonda yangidan-yangi texnika va texnologiyani yaratuvchi, ishga soluvchi,
ulardan foydalanish usullarini belgilovchi oliy intellektual shaxs hisoblanadi. Ishlab
chiqarish vositalari inson mehnatining mahsuli bo‘lib, o‘z navbatida mehnatning
shakl va mohiyatini o‘zgartiradi. Inson nima uchun mehnat qiladi? Mehnat hayotiy
ehtiyojmi yoki zaruriyatmi? Ma’lumki, ibtidoiy jamiyat bosqichida hali ishlab
chiqarish qurollari yaratilmagan, tabiat bergan tayyor, ne’matlardan jamoa
tariqasida, ya’ni ko‘pchilik birlashgan jamoa mulki sifatida foydalanganlar.
Chunki jamoadan ajralgan ibtidoiy odam tabiat injiqliklariga qarshi yakka
holda kurash olib bora olmagan. Faqat jamoa ravishda hayot uchun zarur bo‘lgan
yegulik topish mumkin bo‘lgan, hali ishlab chiqarish qurollari yaratilmagan, tayyor
tabiat bergan ne’matlardan jamoa tariqasida, ya’ni, ko‘pchilik, birlashgan jamoa
sifatida foydalanganlar.
Inson shu urinishlarini osonlashtirish va kamaytirishga intilib, mehnat
qurollarini, zarur hayotiy ne’matlarni yaratish uchun yangi texnologiyalarini o‘ylab
topishga majbur bo‘lgan. U piyoda yurmaslik uchun g‘ildirak (velosiped) ixtiro
qilgan, yerni qo‘l bilan qazimaslik uchun belkurak, keyinchalik esa zamonaviy
ekskovator-larni ham ixtiro etgan. Inson o‘z faoliyatida u yoki bu ish bilan
shug‘ullanish uchun eng avvalo istemol qilishi, ovqatlanishi, kiyim-kechak kiyishi,
uy-joyga ega bo‘lishi, turli xizmatlardan bahramand bo‘lishi kerak, buning uchun
esa ularni ishlab chiqarish zarur. Mehnat tufayli inson turli sohalarda faoliyat
ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi va shu orqaligina zarur moddiy va ma’naviy
ne’matlarni ishlab chiqaradi, o‘zining yashashi hamda kamol topishini
ta’minlaydigan faoliyat bilan shug‘ullanadi. Bu iqtisodiy faoliyatda o‘z aksini
topadi. Odamlarning iqtisodiy faoliyati inson shaxsiyatida namoyon bo‘lib, uning
muhim tomoni jamiyatning barcha jihatlariga xos bo‘lgan rivojlanishning asosiy
omiliga aylanadi. Shuning uchun ham iqtisodiyotning yagona maqsadi –
insonlarning yashashi, ko‘payishi va kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratish, turli xil hayotiy vositalarni ishlab chiqarish tufayli o‘sib borayotgan cheksiz
ehtiyojlarni qondirishdan iboratdir. Iqtisodiyotning asosiy va bosh muammosi
ehtiyojlarning yuksalishi va cheksizligi bilan ularni qondirish uchun zarur bo‘lgan
resurslarning cheklanganligi o‘rtasidagi ziddiyatdan iborat bo‘lib, iqtisodiyot bu
vazifani hal qilishning muqobil yo‘llarini izlab topishdan iborat. Har bir jamiyat va
inson hayotiy, zarur bo‘lgan ehtiyojlarsiz, iste’molsiz, o‘z ehtiyojini qondira
olmasdan yashay olmaydi. Ehtiyoj nima? Insonni yashashi, mehnat qilishi va
ma’lum iqtisodiy mavqega ega bo‘lishi, kamol topishi, umuman insonning
rivojlanishi uchun zarur hayotiy vositalarga bo‘lgan zaruriyatga ehtiyoj deyiladi.
Zarur hayotiyehtiyojlar, deganda mehnatga bo‘lgan ehtiyoj, ijtimoiy-iqtisodiy
ehtiyojlar birinchi darajali ahamiyatga egadir. Chunki, bu ehtiyojlar odamlarning
yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy
ne’matlardan, xizmatlardan iborat bo‘ladi. 32 Insoniyat taraqqiyotining dastlabki
bosqichlaridagi zarur ehtiyoj bilan, bugungi XXI asr boshidagi ehtiyojlar tubdan farq
qiladi, dastlab ehtiyoj, asosan tirikchilik yuritish, qorin to‘yg‘azishdan iborat
bo‘lgan bo‘lsa, bugun insonni har tomonlama kamol topishi va to‘kin farovon hayot
kechirishi hayotiy zaruratga aylangan. Ehtiyoj abadiy va cheksiz, ularni to‘la
qondirib bo‘lmaydi, xar qanday jamiyatda ham ma’lum bir davrda, tabiiy ravishda
ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar mavjud bo‘ladi. Ehtiyojlar zamon o‘tishi bilan
o‘zgaradi, o‘sib, ko‘payadi hamda doimo yangilanib boradi. Natijada ehtiyojlarning
doimo yangilanib, o‘sib borishi tabiiy tus oladiki u ehtiyojlarning to‘xtovsiz,
uzluksiz yuksalish qonunida o‘z aksini topadi. Ehtiyojlarni yuksalish qonuni ishlab
chiqarish bilan extiyojlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish
ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi va uni yuksalishi yangi ehtiyojlarni keltirib
chiqaradi, ishlab chiqarishning baynalminallashuvi natijasida ishlab chiqarish bilan
ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqiyoda yuz beradi. Bu bir mamlakatda
paydo bo‘lgan ehtiyojlar boshqalarga tezda tarqaladi va xalqaro tus oladi. Masalan,
kompyuter, uyali aloqa telefoni, internet bir mamlakatta paydo bo‘lib, tezda ularga
bo‘lgan talab dunyoning boshqa mamlakatlariga ham keng tarqaldi va ehtiyojga
aylandi. Extiyojlar kengayib, miqdoran o‘zgarib boradi, yangi paydo bo‘lgan
ehtiyojlar, eskilarini surib qo‘yadi, ehtiyojlarning ichki tarkibi, nisbati ham
o‘zgaradi, turdosh, o‘rinbosar ehtiyojlar kelib chiqadi; Ehtiyojlarning o‘sib borishi
bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi, uning holatiga qarshi ta’sir etuvchi omillar ham
mavjud bo‘ladi. Bu ishlab chiqarish holatiga, ba’zan favqulotda yuz beradigan
holatlar, tabiiy ofatlar ehtiyojlarni o‘sishiga qarshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ehtiyojlarning yuksalib borishi uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi.
Chunki cheksiz o‘zgargan ehtiyojlarni ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan iqtisodiy
resurslar cheklangan bo‘ladi. Bu o‘z navbatida cheksiz ehtiyojlarni qondirish bilan
cheklangan iqtisodiy resurslar o‘rtasidagi ziddiyatda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy
resurslar - mamlakat, korxona, firma, oila ixtiyorida jamlangan va ayni vaqtda zarur
bo‘lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, ularni iste’molchiga yetkazib berish
va iste’molda foydalanish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar, vositalar, manbalardan
tashkil topadi. Tabiiy resurslar – yer, suv, o‘rmon, yer osti boyliklari; moddiy
resurslar - bino-inshoatlar, mashina, asbob-uskunalar, qurilmalar, sotishga tayyorlab
qo‘yilgan mahsulotlar, pul mablag‘lari, ishchi kuchi resurslaridan tashkil topadi.
Iqtisodiy resurslarni ishlab chiqarish omillaridan farqlamoq kerak. Chunki ularga
ishlab chiqarishda ishtirok etadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish
vositalaridan boshqa barcha moddiy resurslar, tovar va pul resurslari ham kiradi.
Cheklangan resurslar davrida barcha ehtiyojlarni bir yo‘la qondirib bo‘lmaydi,
shuning uchun ishlab chiqarish imkoniyatiga qarab u yoki bu ehtiyojlarni
qondirishning mumkin bo‘lgan eng qulay (optimal) darajasini tanlab olish kerak
bo‘ladi. Agar shunday qilinmasa, bir ehtiyojni qondirish uchun resurslar safarbar
etilaversa, boshqa ehtiyojlar qondirilmaydi yoki chala qondiriladi, natijada
mamlakat, korxona o‘z imkoniyatiga qarab, tovar va xizmatlarni hamma turini
birdaniga ishlab chiqarmasdan, shu davr uchun eng zarur bo‘lgan sohalarni tanlab
oladi va rivojlantiradi, zarur resurslarni birinchi navbatda shu sohaga sarflaydi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun davlat bor pul va valyuta zaxiralarini
iste’mol buyumlarini sotib olishga emas, balki ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan
yangi texnika va texnologiyani sotib olishga jalb etdi. Bu o‘z navbatida ayrim
sohalarni rivojlantirishga mablag‘larni sarflashni orttirish, bu esa albatta boshqa
sohalarga ajratiladigan mablag‘larni ob’ektiv ravishda nisbatan qisqartirishga olib
keladi. Masalan: Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki vaqtdan
boshlaboq, respublikani energiya va don mustaqilligini ta’minlash uchun neft qazib
olish, gaz kondestati ishlab chiqarish uchun ko‘proq mablag‘ ajratildi. Paxta
yetishtirish uchun sarflanadigan bir qism resurslar g‘alla yetishtirish uchun jalb
etildi. Natijada mamlakat aholisini g‘allaga bo‘lgan ehtiyoji qondirildi va g‘alla
mustaqilligiga erishildi. Yuqoridagilardan xulosa shuki, cheklangan resurslar
davrida ehtiyojni qondirishning asosiy manbai bo‘lgan ishlab chiqarish
imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Ammo bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil
turmaydi, yangi texnika va texnologiyani yaratish va ishga solinishi ishlab chiqarish
imkoniyatini kengaytiradi va u bir tomondan mehnat unumdorligini oshiradi,
energiya, yoqilg‘i, moddiy mehnat resurslarini tejaydi va shuningdek yangi
materiallar, xom-ashyo, energiya va boshqa resurslar manbalarini topib, ishlab
chiqarishga jalb etishga yo‘l ochadi. (Masalan: yer osti boyliklarini topish, quyosh
energiyasidan foydalanish, jahon okeanining eng uzoq, chuqur joylaridagi
resurslarni qidirib topish va ishga solish). Shunday kelib chiqqan xolda, iqtisodiyot
nazariyasi fanining predmetini cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali va
oqilona foydalanish natijasida yuksalib borayotgan inson ehtiyojlarini maksimal
darajada qondirish maqsadida moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish,
taqsimlash va ayirboshlashni optimallashtirish jarayonida yuzaga keladigan aloqa
bog‘lanishlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish, boshqarish sohasidagi qonun-
qoidalarni o‘rganuvchi fan deb tariflash mumkin. Aholi extiyojlari qondirilib borishi
inson turmush darajasining yuksakligini bildiradi. Turmush darajasi - aholi
ehtiyojlarining qondirilish me’yori bo‘lib, u ehtiyojlarning yuksalishini, ishlab
chiqarish inson talabini qondirishga qanchalik qodir ekanligini bildiradi. Inson
ehtiyojlarining qondirilishi faqat ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmay, balki
taqsimlash va ayriboshlash ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi zarur. Jamiyatda yaratilgan
mahsulotlar va xizmatlar taqsimlanganda ular aholining bir qismiga ko‘p, boshqa
qismiga kam tegsa, ko‘p olgan toifalarning ehtiyoji qondirilib, ko‘pchilik aholining
ehtiyoji qondirilmay, faqatgina eng zarur bo‘lgan birinchi darajali tirikchilik
vositalari bilan cheklanib qolaveradi. Bu esa jamiyatda nomutanosiblikning kelib
chiqishiga sabab bo‘ladi. Iqtisodiyot o‘sib, rivojlanishi bilan iste’mol tovarlari
ko‘payadi, kengayadi, ularning taqsimoti ham yanada ko‘proq ko‘pchilik manfaatini
hisobga olib taqsimlanadi. Hozirgi rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida
mamlakatlar iqtisodiyotiga xos xususiyat ayrim toifa, guruhning emas, balki keng
xalq ommasi ehtiyojlarining tobora to‘laroq qondirilishidan iborat.
1.2. “Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘qitishning zaruriyati.
“Avval iqtisod, so‘ngra siyosat” yoki ―”Avval taom so‘ngra kalom”
deydilar. Ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatimizni va hayotning poydevorlarini targ‘ibot
qiluvchi ulamolarimiz. Insonning iqtisodiy sa’y-harakatlari negizida hamisha
muayyan qonun-qoidalar yotadi. Shu bois ularni bilishga va o‘rganishga intilish
qadimdan mavjud. Insoniyat asrlar davomida iqtisodiy xodisalarni o‘rganish va fan
sifatida avlodlarimizga o‘qitish, bilim berish, ularni kuzatish, umumlashtirgan holda
turli fikr-mulohazalar, ilmiy qarashlarni olg‘a surganlar. XX asrga kelib iqtisodiyot
ilmiga e’tibor g‘oyatda kuchaydi. Jahondagi eng buyuk tabiatshunos omillar,
madaniyat arboblari qatorida 1969-1991 yillarda 23 nafar taniqli iqtisodchi
olimlarga xalqaro Nobel mukofoti berildi. Hozirgi kunda iqtisodiyot ilmi bir olam
va ko‘p qirrali, uning tarkibiga 20ga yaqin ―Iqtisodiyot‖ fanlari kiradi. Bu fanlar
iqtisodiyotning turli sohalariga oid eng asosiy mavzular, tushunchalar va tamoyillar
qamrab olingan. Ularning oldida asosan ikki vazifa turadi: birinchisi, kishilarga
iqtisodiyotning sir-asrorlarini o‘rganib, ularning iqtisodiy savodini chiqarish,
kishilarni bilim saviyasini oshirish; ikkinchisi, iqtisodiyotga oid amaliy qoidalarni
ayrim kishilar, oilalar, firmalar va davlat xizmatchilari e’tiboriga yetkazish. Har bir
kishi kasbidan qat’iy nazar iqtisod dunyosi bilan u yoki bu darajada aloqada bo‘ladi,
uning qonun-qoidalariga amal qilgan sharoitda kechiradi. Lekin kishilarning iqtisod
dunyosidagi ishtiroki va faoliyati bir xil bo‘lmaydi. Ulardan ayrimlari tadbirkor
bo‘lib, iqtisodga boshi bilan sho‘ng‘ib ketsa, boshqa biri yollanib ishlaydi va uning
iqtisodiy faoliyati ma’lum darajada cheklangan bo‘ladi. Yakka bir kishi iqtisodiyot
ilmini o‘rganishni o‘ziga kasb qilib, uning sir asrorlarini qunt bilan o‘rganishga
intiladi. Iqtisodiyotni bilish bir gurux kishilar uchun ularning kasbi bilan bog‘liq
bo‘lsa, boshqa bir gurux kishilar uchun ularni hayot kechirishi, ya’ni pul topishi, uni
sarflashi, jamg‘arishi tovar va xizmatlarni iste’mol etish uchun zarur. Har bir kishi
xech bo‘lmaganda iqtisodiyot maydoniga iste’molchi sifatida kirib keladi.
Iqtisodiyot qonun-qoidalarini bilmaganlarning ham kuni bir amallab o‘tadi, lekin
ularning qiyinchiliklarga duch keladilar, farovon hayot kechira olmaydilar.
Aksincha, iqtisodiy qonun-qoidalarga tayanib ish ko‘rish ularga binoan harakat
qilish ijobiy natija beradi. Demak, iqtisodiyotning umumiy bilimlariga ega bo‘lish
va shunga asoslangan holda hayot kechirish talab etiladi. Tabiatda tayyor holda non,
kiyim-kechak, uy-joy yo‘q. Inson tabiatda tayyor holda uchramaydigan barcha
narsalarni o‘zi yaratishga majbur. U shu maqsadda tabiat qo‘ynida ―Iqtisodiyot‖
deb atalmish ulkan xo‘jalikni barpo etadi. Iqtisodiyot-bu insonning yer yuzida
yashashi va kamol topishi bilan bog‘liq xo‘jalik yuritish tizimidir. Iqtisodiyotning
eng asosiy tarkibiy qismi bu odamlardir. Odam o‘z mehnati aql-idroki evaziga
iqtisodiyotni harakatga keltiradi, boshqaradi. Iqtisodiyotning ikkinchi tarkibiy qismi
bu tabiatdir. Tabiat iqtisodiyotning xom ashyo manbaidir.
Iqtisodiyotning uchinchi bo‘lagi bino va inshootlar, zavod va fabrikalar, yo‘l
va ko‘priklar, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar va boshqa bir qator inson
qo‘li bilan yaratilgan narsalardan tarkib topgan sun’iy muhitdir. Iqtisodiyot fani
jamiyat va uning a’zolariga mavjud resurslar: tabiiy, kapital, insonlarning mehnati
hamda qobiliyatlari, malaka bilimlaridan o‘z maqsadlariga erishish uchun qanday
foydalanishni o‘rgatadi. Bu bilan jamiyat va tabiatni ulug‘lash, ardoqlash hamda
istiqbolli porloq davlat qurishda yetuk malakali kadrlarni tayyorlashda xizmat qiladi.
Mustaqillikka erishgan dastlabki kunlarimizdan boshlab Birinchi Prezidentimiz
I.Karimov mamlakatimiz fuqarolari oldiga ―Pirovard maqsadimiz ijtimoiy
yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan
kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatni barpo etishdan iborat‖ –
degan maqsadni qo‘ydilar. Mazkur maqsad asosida birinchi navbatda iqtsodiyotni
ustun turmog‘i, uning ichki mazmunini tashkil qilmog‘i, aynan iqtisodiyot, uni
yanada
rivojlantirish
muammolari
mamlakatimiz
siyosatning
asosiy
yo‘nalishlaridan biri qilib belgilab berildi. Aynan ana shu vazifalarni amalga
oshirish uchun bugungi kun o‘quvchilariga javob beradigan, raqobatdosh kadrlar
tayyorlash ta’lim jarayonining asosiy maqsadlaridan biridir. Mazkur masala uzluksiz
majburiy ta’limning barcha bosqichlarida o‘qitiladigan iqtisodiy ta’limning
maqsadini ham tashkil etadi.
Iqtisodiy ta’limning oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishda quyidagi
vazifalar belgilanadi.
- iqtisodiy faoliyat sub’ekti ekanligini inobatga olgan holda ularning
kelajakdagi hayotiy malakalarini oshirish;
- majburiy ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida moddiy va tabiiy mehnat
resurslaridan samarali foydala oladigan kadrlarni tayyorlash;
- o‘z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash malakalarini
shakllantirish;
- mamlakatimizda xususiy tadbirkorlik va xususiy mulkchilikka berilayotgan
imkoniyatlarni tushuntirish va ulardan oqilon foydalana olish ko‘nikmalarini
shakllantirish;
- iqtisodiy madaniyatni yuksaltirish bilan bir qatorda soliq madaniyatni
shakllantirish;
- iste’mol madaniyatini yuksaltirish;
- ongiga iqtisodiy islohatlarning huquqiy negizining barpo etilishining asosiy
va eng asosiy sababi mustaqillik bergan ne’mat ekanligini singdirib borish;
- yangi vujudga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlar asosida yashash va faoliyat
ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan amaliy iqtisodiy bilim va malakalarni shakllantirish;
- jamiyat taraqqiyotida bo‘layotgan o‘zgarishlarning iqtisodiy mohiyatini
anglashi, tahlil qilishi, ular haqida fikr yuritishi va o‘z munosabatini bildirish
ko‘nikmasini tarkib toptirish;
- iqtisodiyot bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan hayotiy vaziyatlarda eng maqbul
yechim topa bilishi, to‘g‘ri qaror qabul qila olish kabi kompetensiya lari
shakllantiriladi.
Iqtisodiy bilim asoslari ta’limining oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalari
hamda uzluksiz majburiy ta’limning davlat ta’lim standatlarida belgilangan
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish orqali ularda
iqtisodiy kompetentlikni shakllantirish yuzasidan talablarni o‘z ichiga olgan
―Iqtisodiy bilim asoslari‖ fanining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki,
tushunchalar oddiydan - murakkablikka qarab uzviylik va uzluksizlik tamoyili
asosida takrorlanib, mavzular rivojlantirib boradi. Umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: -
o‘quvchilarda iqtisodiy savodxonlikni va iqtisodiy madaniyatni shakllantirish; -
ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan hayotiy vaziyatlarda eng
maqbul yechim topa olish va to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitishning
asosiy vazifasi: - o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va
ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy bilimlarni shakllantirish;
- tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, ongli ravishda
kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
1.3. “Iqtisodiy bilim asoslari” fanining o‘quv dasturi.
8- sinf “Iqtisodiy bilim asoslari” (Jami:34 soat, haftasiga 1 soatdan)
1. Iqtisodiyotga kirish (6 soat).
Iqtisodiyot bilan tanishuv. Iqtisodiyot fanining tarixi. Iqtisodiyot. Iqtisodiyot
fani. Iqtisodiyotning asosiy qismlari. Iqtisodiyot – xo‘jalik tizimi sifatida.
Iqtisodiyotga oid sharqona tarixiy qarashlar. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot.
Cheklanganlik muammosi. Ehtiyoj. Moddiy ehtiyojlar. Ma’naviy ehtiyojlar.
Shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlar. Mehnat qilishga bo‘lgan ehtiyoj. Ehtiyojlarning
yuksalib borishi. Ehtiyojlarning cheksizligi. Resurslarning cheklanganligi.
Iqtisodiyotning asosiy muammosi. Tanlov va uning muqobil qiymati. Tanlov
zaruriyati. Muqobil qiymat. Murosali tanlov.
Ishlab chiqarish va uning omillari. Resurslar. Tabiiy resurslar. Kapital
resurslar. Mehnat resurslari. Ishlab chiqarish. Mahsulot. Iqtisodiy ne’mat va uning
tovar va xizmat ko‘rinishlari. Ishlab chiqarishning moddiy va nomoddiy sohalari.
Ishlab chiqarish omillari. Tabiiy omil. Kapital omili. Mehnat omili. Tadbirkorlik
omili. Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv. Mehnat unumdorligi. Fan va texnika
taraqqiyoti. Mehnat taqsimoti. Ixtisoslashuv. Soha va tarmoqlar. Xududiy
ixtisoslashuv.
Iqtisodiy tizimlar. Har qanday iqtisodiy xo‘jalik tizimi oldida turgan uchta
savol:
―Nima ishlab chiqarish kerak, qanday ishlab chiqarish kerak?, ―Kim uchun
ishlab chiqarish kerak?.
Iqtisodiy tizim. Iqtisodiy tizim turlari. An’anaviy iqtisodiyot. Markazlashgan
rejali iqtisodiyot va uning muammolari. Bozor iqtisodiyoti va uning asosiy
xususiyatlari. Aralash iqtisodiyot.
2. Bozor (4 soat).
Ayirboshlash va pul. Natural xo‘jalik. Ayirboshlash. Tovar tushunchasi.
Tovar xo‘jaligi. Pul. Qadimda pul. Tanga va qog‘oz pullar. Tovar-pul almashuvi.
Pulning vazifalari. Turli mamlakat pullari. Zamonaviy pullar. Bozor va uning turlari.
Bozor. Sotuvchi va xaridor. Ular orasidagi oldi - sotdi munosabatlari. Bozorning
vazifalari. Bozorning turlari. Xalq iste’moli tovarlari bozori, ishlab chiqarish
vositalari bozori, mehnat bozori, moliya bozori, intellektual tovarlar bozori.
Sharqona bozor xususiyatlari. Bozorlar va narxlar. Narx. Bozorda narxning
shakllanish mexanizmi. Narxlarning vazifalari. Bozor qatnashchilari. Bozor
ishtirokchilari: ishlab chiqaruvchi, iste’molchi va davlat. Ular orasida bozor
sharoitidagi tovar-pul munosabatlari. Bozor infratuzilmalari.
3. Oila va uy xo‘jaliklari iqtisodiyoti (6 soat).
Iste’molchilarning daromadlari va xarajat turlari. Iste’molchi. Iste’molchi
daromadlari. Ish haqi. Oylik maosh. Ishbay ish haqi. Vaqtbay ish haqi. Iste’molchi
xarajatlari. Oila byudjeti. Majburiy xarajatlar. Erkin xarajatlar. Engel qonuni. Mulk
va xususiylashtirish. Mulk tushunchasi. Mulkning paydo bo‘lish tarixi. Mulk va
undan foydalanish bo‘yicha sharq allomalarining qarashlari. Mulk ob’ekti: yer va
ekin maydonlari, tabiiy boyliklar, inson qo‘li bilan yaratilgan iqtisodiy ne’matlar,
pul mablag‘lari, ma’naviy ozuqalar, intellektual va ma’lumot manbalari, ishchi
kuchi. Mulk sub’ekti: alohida olingan shaxs, oila, odamlar jamoasi, davlat
tashkilotlari. Mulk shakllari. Xususiy mulk. Jamoa mulki. Davlat mulki. Mulkning
iqtisodiy hayotdagi o‘rni. Hozirgi zamondagi mulk munosabatlaridagi o‘zgarishlar.
Xususiylashtirish. O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayoni. Daromad va boylik.
Inson kapitali. Moddiy kapital. Boylik. Omonat. Tadbirkorlik foydasi. Real va
nominal daromad. Jamg‘arish va sug‘urta.Jamg‘arma. Jamg‘arish usullari. Sug‘urta.
Iqtisodiy qaror qabul qilish. Iqtisodiy qaror. Iqtisodiy qaror qabul qilish bosqichlari.
Qarorning qadr qimmati va nafi. Iste’molchilarning huquqlari. Iste’molchi
huquqlari. Reklama. Tovarning shtrix kodi.
4. Talab va taklif (7 soat).
Talab va talab qonuni. Talab. Talab miqdori. Talab chizig‘i. Talab qonuni.
Talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar.Normal tovarlar. Past tabaqali tovarlar bir-
birining o‘rnini bosuvchi tovarlar. O‘zaro bog‘liq tovarlar. Birbirining o‘rnini
to‘ldiruvchi tovarlar. Taklif va taklif qonuni. Taklif. Taklif miqdori. Taklif chizig‘i.
Taklif qonuni. Taklifga ta’sir etuvchi boshqa omillar. Taklifga ta’sir etuvchi boshqa
omillar. Tovarning bozor narxi. Muvozanat narx va muvozanat miqdor. To‘yingan
va taqchil bozor. Muvozanatlashgan bozor. Qat’iy narxlar. Talab va taklif
o‘zgarishining bozor narxiga ta’siri.Talab va taklif o‘zgarishining muvozanat narxga
ta’siri. Narxlarning muvozanat narx atrofida tebranishi.
5. Raqobat va bozor iqtisodiyoti (4 soat).
Raqobat. Raqobat. Raqobatning bozordagi o‘rni. Raqobatning turlari.
Monopoliya va monopollashgan bozorlar. Bozorning monopollashganlik darajasiga
qarab turlanishi. Sof raqobat bozori, monopolistik raqobat bozori, oligopoliya, sof
monopolistik bozorlar. Tabiiy monopoliya. Davlat — bozor munosabatlari
himoyachisi. O‘zbekistonda antimonopol qonunchilik. Bozor iqtisodiyoti. Bozor
iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari. Bozor iqtisodiyotining nochorligi. O‘zbekiston
bozor iqtisodiyoti sari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining mohiyati.
O‘zbekistonda o‘tish davrining o‘zgachaligi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning–