Iqtisodiy Bilim Asoslari fani o‘quv xonasini vazirlikning mahsus buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan normativ talablarga ko‘ra jihozlanishi
Yuklangan vaqt
2024-06-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
19,9 KB
Iqtisodiy Bilim Asoslari fani o‘quv xonasini vazirlikning mahsus buyrug‘i
asosida ishlab chiqilgan normativ talablarga ko‘ra jihozlanishi
Reja:
3.1. Iqtisodiy bilim asoslari o‘quv xonasiga qo‘yiladigan umumiy talablar.
3.2. Texnika xavfsizligi va gigiena talablari.
3.3. Fan xonalarining o‘quv va moddiy bazasi.
3.4. Fan xonasi bo‘lishi lozim bo‘lgan zaruriy hujjatlar.
3.5. Fan xonasining umumiy ko‘rinishi
Tayanch iboralar: qonuniy me’yoriy hujjatlar to‘plami, davlat ramzlari,
stendlar, texnik didaktik vositalar, devoriy materiallar.
3.1. Iqtisodiy bilim asoslari o‘quv xonasiga qo‘yiladigan umumiy
talablar.
Bugungi kundagi amalga oshirilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy islohatlar
mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan bo‘lib, aholining
turmush darajasini yaxshilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni mustaqil fikrlaydigan,
g‘oyaviy-mafkuraviy
jihatdan
chiniqqan
qilib
tarbiyalashning
poydevori
qurilmoqda. Bu sohada iqtisodiy bilim asoslari fanining ham o‘ziga xos o‘rni bordir.
Barkamol avlodning bilim darajasini jahon andozalari darajasiga yetkazish, ularni
fanga bo‘lgan qiziqishlarini zamon talabi darajasiga ko‘tarish ko‘p jihatdan fan
kabinetlarini o‘ziga xos tarzda jihozlanishiga ham bog‘liq. O‘qitish jarayonida
ko‘rgazmalilik usulidan foydalanishning muhimligi o‘qituvchining o‘rganilayotgan
narsa va hodisalarni hissiy idrok etishga, ularni kuzatib mushohada qilishga
o‘quvchini undash, mantiqiy va nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga
o‘rgata bilishi bilan izohlanadi. Ta’lim jarayonining samaradorligi darsda
qo‘llaniladigan o‘quv vositalari, ko‘rgazmalar tizimining mukammalligi, ularning
yosh avlod ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga bog‘liqdir. Ko‘rgazmali materiallar
o‘rganilayotgan mavzuning mazmunini ochib berishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular
o‘quvchilarning yoshi va o‘ziga xos xarakter xususiyatlariga, umumiy
tayyorgarligiga, saviyasiga mos keladigan bo‘lishi lozim. Ta’lim jarayonida
belgilangan ko‘rsatmali materiallardan unumli foydalanish uchun zarur bo‘lgan
ta’lim usullarini to‘g‘ri tanlash muhimdir.
O‘quv jarayonida qo‘llaniladigan ko‘rgazmali vositalarga quyidagilar kiradi:
1. Aslicha ko‘rsatish mumkin bo‘lgan buyum va narsalar: kolleksiyalar,
ma’danlar, asbob hamda mashinalar.
2. Real ob’ektlarni aks ettiruvchi maxsus tayyorlanadigan illyustrativtasviriy
vositalar: plakat, sxema, rasm, fotosurat, grafik qo‘llanmalar.
3. Shartli-ramziy vositalar: karta, globus, maket.
4. Ko‘rgazmalikning texnik namoyish qilish manbalari: diaproektor,
videoproektor, elektron doska, videoyozuv, ovoz yozilgan magnit tasma, disk.
O‘quv jarayonida texnika vositalaridan 5% ishlatilishini hisobga olgan holda,
hamda texnika vositalari cheklanganligi alohida kabinet bo‘lishini taqozo etadi.
Iqtisodiy bilim asoslari o‘quv xonalari o‘ziga xos xususiyatiga egadir. Ushbu fan
kabinetlari o‘quvchilarni iqtisodiy bilim asoslari fanidan bilim, ko‘nikma va
malakalarini shakllantirishda muhim omil bo‘lishi zarur. Fan kabineti o‘quvchilar
bilan mashg‘ulot o‘tkazadigan xona bo‘libgina qolmay, o‘qituvchining metodik
ishlarni bajarishda, darsga tayyorgarlik ko‘rishda asosiy baza bo‘lib xizmat qiladi.
O‘qituvchi keyingi darsga tayyorgarlik ko‘rar ekan, albatta fan xonasida mavjud
bo‘lgan didaktik vositalar, badiiy va boshqa turli adabiyotlardan foydalanishi zarur.
Shuning uchun fan kabineti o‘qituvchi faoliyatini yuksalishida, darsga tayyorgarlik
darajasini yaxshilanishida katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi fan kabinetlarida
mavjud bo‘lgan texnika, didaktik vositalardan, elektron darsliklardan badiiy
adabiyotlardan qaysi darsda qanday foydalanishni oldindan rejalashtiradi va
tayyorlab qo‘yadi. Shundagina oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishishimiz ya’ni
o‘quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari fanidan chuqurroq bilim berish mumkin.
Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek ―...kelajagimiz poydevori bilim
dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday
bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq...‖.
Shuningdek ―...farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega
bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim – tarbiya
sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim...‖ Iqtisodiy bilim asoslari
o‘quv xonasi, uning estetik jihozlanishi, o‘quvchilarni bilim olishga bo‘lgan
qiziqishini oshiradi, ularning tarbiyasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitishda va o‘quv xonasi jihozlashda quyidagi
talablar qo‘yilgan: Pedagogik talablar: iqtisodiy bilim asoslario‘quv xonasida
pedagogika oliygohlarini (bitirayotgan) bitirgan, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan,
iqtisodchi kadrlar ta’lim berish lozim. Ilmiy talablar: mazkur fan xonalaridagi
ko‘rgazmali vositalar DTS talablari asosida tayyorlangan bo‘lishi lozim.
O‘quvchilarga hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy, ilmiy texnika
taraqqiyoti yangiliklari haqida ma’lumotlar berishga moslashtirilishi lozim. Ruhiy-
fiziologik talablar: 1. o‘qituvchilar dars berish jarayonida o‘quvchilarning ruhiy
holatini, fan texnika yangiliklari haqida ma’lumot berishda ruhiy ong darajalarini
e’tiborga olishlari lozim; 2. sinf xonasining devorlariga ishlatilgan ranglar
sanitariya-gigiena qoidalariga mos kelishi shart.
3.2. Texnika havfsizligi va gigiena talablari.
1. Fan xonasi tabiiy va sun’iy yoritish moslamalariga ega bo‘lishi lozim. 2.
Xona chap tomondan tushadigan yorug‘likka ega bo‘lishi, tabiiy yorug‘likning
asosiy oqimi chapdan tushishi lozim. Kabinet derazalari xonaning shimoliy yoki
shimoliy-sharqiy tomonida bo‘lishi lozim. 3. Yorug‘lik tushadigan oynalarni biror
bir moslamalar yoki boshqa narsalar bilan to‘sish man etiladi. Yorug‘lik tushadigan
oynalar, sinf jihozlari sinfning yorug‘lik darajasiga ta’sir ko‘rsatmasligi zarur. Sinf
derazalariga tutilgan pardalar iloji boricha jalyuzi bo‘lishi kerak. Chunki ular sinfni
yorug‘ligiga ta’sir ko‘rsatmaydi va oftobdan himoyalaydi. 4. Tabiiy yorug‘likning
asosiy oqimi EHMda ishlovchining orqa va old tomonidan yo‘nalgan bo‘lishi
mumkin emas. 5. Yorug‘lik manbalari sifatida samaradorligi va spektral tarkibi
jihatidan mos keladigan 40Vt, 58Vt quvvatli lyuminessent lampalar yoki energiya
kam sarflaydigan 36Vt quvvatli LS002x40, LP028X40, LP002-2x40, LP034-4x36,
SSP-5-2X40 turdagi yoritgichlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu moslamalar
parallel ikki qator qilib o‘rnatilishi va har bir qator uchun alohida o‘chirib yoqish
moslamasi bo‘lishi lozim. 6. Sinf doskasi ikki tomonlama parallel ravishda LPO-30-
40-122(125) («kososvet») yoritilishi zarur.
Sun’iy yoritgichlar doskaning yuqorigi burchaklaridan) 0.3 m va 0.6
metrgacha, sinfga qaratilgan holda yon tomoniga o‘rnatilishi lozim. 7.
O‘qituvchining ish stoli va o‘quvchilar o‘rinlarining yoritilishi darajasi kamida 300
lk, sinf doskasining yoritilish darajasi 500 lk bo‘lishi kerak. 8. Yoritgichlar
yorug‘likni yoyib tarqatuvchi armaturali bo‘lishi lozim. 9. Eni 6 metrdan oshiqroq
bo‘lgan xonalarda ikkinchi qator yorug‘lik vositalari bo‘lishi va ular poldan 2.2 metr
balandlikdan past bo‘lmasligi lozim. 10. Xonaning so‘nggi yoritish qurilmalarida
EHM stolining ikki tomonidan bir xil uzoqlikda va bir tekisda joylashtirilgan, shiftda
qotirilgan yoki osilgan lyuminnessent yoritgichlar asosidagi umumiy yoritish tizimi
qo‘llanilishi lozim. 11. Sinf xonasi devorlarining bo‘yog‘i och havorang, och yashil,
to‘q qaymoq rang (r=0,5-0,6)larda bo‘yalishi lozim. Qora, to‘q ko‘k, jigarrang, qizil,
lola rang, siyoh rang kabi bo‘yoqlardan foydalanish mumkin emas. Devorlar silliq
va tozalashga qulay bo‘lishi lozim. Sinf eshiklari, derazalarining romlari oq rangga
bo‘yalishi zarur. 12. Fan xonasidagi doska, ish stollari va javonlar sathi nur
qaytarmaydigan bo‘lishi lozim. 13. Xonani tabiiy shamollatish uchun sinf
derazalarida darchalar mavjud bo‘lishi va bu darchalar ochib yopish uchun qulay
bo‘lishi kerak. 14. O‘quv xonalarida har qanday ob-havo sharoitida ham temperatura
va namlikni optimal holatda bo‘lishini ta’minlay oladigan havo haydovchi
ventilyatsiya bo‘lishi kerak. 15. Havo haydovchi ventilyatsiya bo‘lmasa havoni
tozalash uchun maishiy konditsionerlarni qo‘llash mumkin. Konditsionerlar
sonining hisobi uning ish unumdorligiga qarab muxandis tomonidan amalga
oshirilishi lozim. 16. Sinf pollari yoriqsiz bo‘lishi, taxta va parket bilan qoplanishi
lozim. Pol satxi tekis, sirg‘antirmaydigan, tozalashga va ho‘llab artishga qulay,
antistatik xossalarga ega bo‘lishi kerak. 17. Xona ichini ta’mirlashda o‘zidan zararli
kimyoviy moddalarni ajratib chiqaruvchi materiallarni ishlatish mumkin emas.
Ularga yog‘och qipiqli plita (DSP), qog‘oz qatlamli plastik (argolit-faner),
yuviluvchan devor qog‘ozlari, sintetik o‘ramli qoplamalar va shu kabilar kiradi. 18.
Xonadagi zararli kimyoviy moddalarining havodagi miqdori havo atmosferasidan
oshmasligi lozim. 19. Xonadagi barcha ish joylardagi shovqinlik darajasi
50detseball (DB)dan oshmasligi lozim. 20. Fan xonasidan foydalanish haftasiga 34
soatdan oshmasligi lozim. 61 21. Fan xonasida birinchi tibbiy yordam qutisi bo‘lishi
shart. 22. Rozetkalar maxsus qoplama bilan yopib qo‘yilishi shart. 23. Texnika
vositalaridan foydalanishda qo‘lda yasalgan elektr uzaytirgichlardan foydalanish
mumkin emas. 24. Nosoz texnika vositalardan foydalanish mumkin emas. 25.
O‘quvchilarga texnik vositalarini darslarga tayyorlash vazifasini topshirish mumkin
emas. 26. Texnika vositalarini yoqilgan holatda qarovsiz qoldirish man etiladi. 27.
Qo‘lda yasalgan texnika vositalardan foydalanish mumkin emas. Fan xonasini
jihozlashda foydalanilgan barcha narsalar estetik didli bo‘lishi va bir-birini to‘ldirish
lozim. Fan xonasi hujjatlarining moslik sertifikati va gigiena sertifikati bo‘lgan,
Davlat me’yorlariga mos maxsus mebellar komplekti bilan jihozlangan bo‘lishi
shart. Texnikaviy talablar: 1. Sinfdan foydalanish, texnika havfsizligiga rioya qilish
tartib qoidalari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim; 2. Fan xonasida mavjud texnika
vositalarining davlat tomonidan chiqarilgan, foydalanish muddati va foydalanish
tartib qoidalari ko‘rsatilgan hujjatining nusxasi bo‘lishi shart (asli maktab
direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarda saqlanadi); 3. Fan xonasiga
kiruvchi hamma o‘quvchilar va o‘qituvchilar, to‘garak a’zolari ushbu xonada
mavjud bo‘lgan texnik asboblar bilan ishlashdan oldin majburiy ravishda texnika
havfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan tanishgan va bu maxsus jurnalda qayd etilgan
bo‘lishi kerak; 4. Fan kabinetidagi jihozlarni saqlanishiga javobgar shaxs haqida
ma’lumot bo‘lishi lozim.
3.3. Fan xonalarining o‘quv va moddiy bazasi.
Fan xonasidagi jihozlar. № Jihozlar nomi Miqdori Tavsiya etilgan to‘plami
1 O‘qituvchining ish stoli (yonida tumbasi bor stol va yumshoq stul) 1 ta
komplekt ―El‖OA jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan yeL-1-1-1-06 rusumli
2 O‘quvchilarning o‘rni (davlat tomonidan tasdiqlangan, o‘quvchilarning
bo‘ylari e’tiborga 18 komplekt ―El‖ OA jamiyati tomonidan tavsiya etilgan yeL-1-
1-1-05 62 olingan holda ikki o‘rinli 36 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quvchilar
partasi) rusumli
3 O‘quv qo‘llanmalar va ko‘rgazma materiallarini saqlash uchun javon; 2
komplekt.
4 Texnika vositalari uchun moslama; texnika vositalari (televizor, video,
dioproektor, kodoskop, kompyuter)lar uchun moslamalar; 1 komplekt.
5 Texnik vositalarini elektr bilan ulash uchun 3 ta rozetka.
6 Ekran (eni 1,2-1,4m) 1 dona
7 Sinf doskasi 1 dona ―El‖ OA jamiyati tomonidan tavsiya etilgan yeL-1-1-
1-08 rusumli doska.
8 Xonaki gullarni joylashtirish uchun moslama talab asosida
9 Magnit doskasi 1 dona
10 Kiyim osadigan shkaf 1 dona
O‘quv xonasida: – texnik vositalarni elektr bilan ulash uchun 3 ta rozetka, biri
doska tomonda, biri sinfning orqa tomonidagi devorda, yana biri oynaga
qaramaqarshi devorga o‘rnatilishi lozim; – ekran (eni 1,2-1,4 m) bilan birinchi
o‘quvchining partasi oralig‘i 2.7, oxirgi parta bilan 8.6 m, ekranning pastki qismidan
polgacha bo‘lgan oraliq 1,2-1,5 m bo‘lishi lozim; –sinf doskasi ―El‖ OA jamiyati
tomonidan tavsiya etilgan Yel-1-1-1-08 rusumli bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Iqtisodiy bilim asoslari o‘quv xonasida bo‘lishi lozim bo‘lgan o‘quv vosita va
ko‘rgazma qurollarining namunaviy ro‘yxati: № Nomlanishi Miqdori Maxsus
tayyorlangan va illyustrativ-tasviriy ko‘rgazmalar
1. Iqtisodiyotga oid prezident asarlari 1 komplekt
2. O‘zbekistonning
bozor
iqtisodiyotiga
o‘tishi,
iqtisodiyijtimoiy
rivojlanishini o‘zida aks ettiruvchi plakatlar 1 komplekt
3. Turli mavzuga oid xaritalar va plakatlar: 1 dona
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillari 1 dona
Jahon siyosiy xaritasi 1 dona
O‘zbekiston siyosiy-ma’muriy xaritasi 1 dona
Ehtiyoj va resurslar 1 dona
Ayrboshlash va pul 1 dona
Mulk shakllari 1 dona
Bozor va uning turlari 1 dona
Talab va taklif qonuni 1 dona
Firma va uning turlari 1 dona
Boshqaruv tuzilmalarning asosiy turlari 1 dona
Marketingning tashkiliy tuzilmalari 1 dona
Reklama va uning turlari 1 dona
Davlat byudjeti 1 dona
Bank turlari 1 dona
Birja va uning turlari 1 dona
Qimmatbaho qog‘ozlar 1 dona
O‘zbekiston jahon bozorida 1 dona
4. Ishbop o‘yinlar ishlanmasi va ularga doir ko‘rgazmali qurollar 1 komplekt
5. O‘quv qo‘llanmalar, metodik adabiyotlar, amaliy mashg‘ulotlar to‘plami,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Soliq Kodeksi, iqtisodiy atamalar izohli
lug‘ati 1 komplekt Didaktik-tarqatma materiallar
6. Iqtisodiyotga doir masalalar to‘plami 1 komplekt
7. Testlar to‘plami 1 komplekt
8. Ishbop o‘yinlari 1 komplekt Ko‘rgazmalilikni texnik namoyish qilish
manbalari
9. Reklama va uning turlari (videolavha) 1 komplekt
10. Birja faoliyati to‘g‘risida videolavha 1 komplekt
11. Jahon va O‘zbekiston banklar faoliyati to‘g‘risida videolavha 1 komplekt
12. Iqtisodiyotni modellashtirish (kompyuter variantlari) 1 komplekt
3.4. Fan xonasida bo‘lishi lozim bo‘lgan zaruriy hujjatlar:
Fan xonasining pasporti
1. Fan xonasida o‘qiydigan sinflarning o‘qish vaqti jadvali.
2. Mavjud bo‘lgan jihozlarning ro‘yxati.
3. Ko‘rgazma qurollarining ro‘yxati
4. O‘quv qo‘llanmalar va adabiyotlar ro‘yxati.
5. Fan xonasidan foydalanish tartib qoidalari.
6. Fan xonasida o‘tiladigan darslar haqida ma’lumot.
7. Fan xonasini foydalanish uchun qabul qilib olinganligi va dastlabki holati
haqidagi dalolatnoma nusxasi.
Fanga oid DTS talablari va dasturi: - o‘qituvchidan talab qilinadigan ish hujjatlari
(dars ishlanmalari, ish rejalari va hokazo); - nazorat turlaridan namunalar
saqlanadigan maxsus papka; - maktab olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida
tavsiyalar.
3.5. Fan xonasining umumiy ko‘rinishi.
1. Fan xonasining maydoni 50.kv.m, eni 6 metrdan kam bo‘lmasligi lozim.
60m2 maydonni egallaydigan sinf xonasi o‘quvchilar uchun ancha qulayliklarga ega
bo‘ladi.
2. Fan xonasi maydoni sanitariya-gigiena talablariga mos ravishda mebellarni
joylashtirish imkonini berish lozim.
3. O‘quvchilar partasi odatdagidek uch qator qilib qo‘yiladi, lekin darsni
tashkil qilishdan kelib chiqqan holda, ikki qator va bir qator qilib qo‘yishga ham
ruxsat beriladi.
4. Qator qilib qo‘yilganda partalar bilan stolning orlig‘i 0,6 m, partalarning
oralig‘idagi masofa 0,6m, yon devorlar bilan partalarning oralig‘i 0,5-0,7 m, birinchi
parta bilan old devor oralig‘i 2.6-2.7 m, eng so‘nggi parta bilan sinf doskasi orasida
masofa 8.6 m. bo‘lishi kerak. Sinfning old tomonidagi devorga sinf doskasi, magnit
doskasi, ekran joylashtiriladi. Ulardan tashqari, sinf burchagi, UO‘TDTS talablari
joylashtirilishi tavsiya etiladi. Sinfning oldi tomoniga video ikkilik uchun moslama,
o‘qituvchining stoli joylashtiriladi. Kodoskop uchun stol o‘qituvchiga qulay,
o‘quvchilarga xalaqit bermaydigan qilib moslanadi. Sinfning orqa tarafidagi
devorda jahon siyosiy xaritasi, O‘zbekistonning siyosiy xaritasi, O‘zbekistoning
iqtisodiy xaritasi va jahonning siyosiy-iqtisodiy xaritasi osiladi. Yoki maxsus
tayyorlangan ko‘rgazmali qurollar ham qo‘yilishi mumkin. O‘quv va metodik
qo‘llanmalar uchun ikkita ―El‖ OA jamiyati tomonidan tavsiya etilgan Yel-1-1-1-
04-2 rusumli shkaf bo‘lishi lozim.
Nazorat savollari
1. Iqtisodiy bilim asoslari o‘quv xonasiga qo‘yiladigan umumiy talablar nimalardan
iborat?
2. Texnika xavfsizligi va gigiena talablarini bilasizmi?
3. Fan xonasi jihozlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
4. Iqtisodiy bilim asoslari o‘quv xonasida qanday o‘quv vosita va ko‘rgazma
qurollari bo‘lishi lozim?
5. Fan xonasida qanday zaruriy hujjatlar bo‘lishi lozim?