IQTISODIY DAVRLAR VA TEBRANISHLAR
Reja
1. Iqtisodiy davr tushunchasi va uning bosqichlari
2. Iqtisodiy davrlarni yuzaga kelish sabablari
3. Iqtisodiy davrlarning asosiy tiplari
4. Iqtisodiy davrlarning ta’siri
5.Davlatning davriylikka qarshi siyosati
6.Ishsizlik tushunchasi va uning ko’rinishlari
7.Ishsizlik sabablari
8.Ishsizlik oqibatlari
9.Mehnat bozorini tartibga solish
Tayanch so’z va iboralar : iqtisodiy inqiroz, iqtisodiy sikl ,turg’unlik
d
a
v
r
i
y
l
i
k
,
iqtisodiy jarayon, tebranish.
1. Iqtisodiy davr tushunchasi va uning bosqichlari
Chidamlilik va barqaror iqtisodiy rivojlvnishning sharti bo’lib muvozanat,
ijtimoiy ishlab chiqarish va iste’mol, yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi tenglik
hisoblanadi. Biroq bozor iqtisodiyotida muvozanat holati vaqti vaqti bilan buzilib
turadi. Milliy xo’jalik amal qilishida muayyan davriylik, takrorlanish kuzatiladi,
bunda iqtisodiyotning yuksalish davri, pasayish hamda turg’unlik davrlari bilan
almashadi. Davriylikni milliy iqtisodiyotni bir makroiqtisodiy muvozanatdan
boshqasiga harakati sifatida aniqlash mumkin.
Iqtisodiy o’sish–bu o’zgarmagan holda bir xilda yuksalib borish holatidir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish harakatida ishlab chiqarishning umumiy hajmi juda tez
o’sadigan yillar bor, boshqa yillarda esa bu jarayon sekin yuz beradi, ba’zida esa
pasayish yillari ham bo’ladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish harakatida muayyan vaqt
oralig’ida tez-tez takrorlanadigan holat uning rivojlanishini davriylik xususiyatini
bildiradi. Bir davrning oralig’i iqtisodiyotni bir inqirozdan boshqasigacha, yoki
boshqacha aytganda cho’qqining bir nuqtasidan boshqasigacha bo’lgan harakatini
qamrab oladi. Iqtisodiy pasayish iqtisodiyotning yuksalishi, ishlab chiqarish o’sishi
va ishsizlik qisqarishi bilan almashadi.
Zamonaviy sharoitda davlat iqtisodiyotning “qizib ketishini” oldini oluvchi
yoki turg’unlik bosqichida iqtisodiyotni jadallashtiruvchi iqtisodiy vositalarning
butun to’plamiga ega. Shu maqsadlarda soliq tizimidan foydalaniladi: foydaga
(qo’shilgan qiymatga) soliq stavkasini oshirish yoki tushirish orqali davlat muayyan
faoliyat sohalarida ishchan faolllikni rag’batlantiradi (yoki aksincha to’xtatadi),
imtiyozlar tizimidan foydalanib, muayyan korxonalar guruhiga maqsadli
yo’naltirilgan ta’sirni amalga oshiradi.Xuddi shu maqsadlarda kredit siyosatidan
foydalaniladi–foizning hisob stavkasini tushirib yoki oshirib, qo’shimcha kapital
qo’yilmalarga qiziqishni oshirish yoki ularni butunlay yo’q qilish mumkin.Ishlab
chiqarishni rivojlantirish va davriylikni yumshatishga davlatning byudjet siyosati
katta hissa qo’shadi. Rivojlanishning yirik dasturlarini (masalan, ishlab chiqarish
infratuzilmasini) byudjet hisobiga moliyalashtirish jamiyat uchun zarur faoliyat
sohalarida biznesni rivojlantirish uchun umumiy shart-sharoitlarni yaratadi.
Iqtisodiy davr milliy xo’jaliklar notekis rivojlanishi va umuman iqtisodiy
jarayonni ifoda etuvchi iqtisodiy faollikni qator bir biri bilan ketma ket
almashadigan bosqichlarini o’z ichiga oladi. Oxir oqibatda davriylik orqali iqtisodiy
o’sish namoyon bo’ladi, yoki harakat doiraviy emas, vaziyatning uzoq muddatli
kabi, o’rta muddatli tebranishlarini aks ettirib spiral bo’yicha bo’ladi.Davriylik -
tizimning davrlar yordamida o’z harakatini amalga oshirish xususiyati. Davriylik
muvozanatli kabi muvozanat bo’lmagan tizimlarga ham xos, bunda faqat shakl
jihatdan farq qiladi - doiraga yaqin shakldagi, to’lqin shaklidagi, spiral shaklidagi
yoki zina shaklidagi ko’rinishga ega bo’ladi.Iqtisodiy davrning harakatida ketma-
ket bo’ladigan to’rtta bosqich kuzatiladi:
1. Inqiroz – bu ishlab chiqarishni pasayishi va to’xtab qolishini yuzaga
keltiruvchi iqtisodiyotdagi muvozanatni buzilishi. Bozor iqtisodiyoti uchun ortiqcha
ishlab chiqarishning inqirozi xos bo’lib, uning oqibatida narxning qat’iy tushishi yuz
beradi (1929-1933 yillar AQShda narxlar 54 foizga pasaydi. Keyin ishlab chiqarish
hajmi pasayadi, bu ishsizlikni o’sishiga, demak aholi daromadlarini pasayishiga, o’z
navbatida to’lov qobiliyatli talabni qisqarishiga olib keladi.Bunda ishlab chiqarish
va bandlik darajalari kamayadi, ammo narxning o’sish darajasi pasaymaydi. Bu
bosqich faol va uzoq davom etsagina narxning o’sish darajasi sustlashishi mumkin.
Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi
va tanazzul davri boshlanadi.
2. Tanazzul – tovarlar ortiqchaligi muayyan vaqt davomida asta-sekin
sarflanadigan davr (bir qismi past narxlarda, bir qismi buziladi). Tovarlarni sotish
qayta tiklanadi, narxlarni pasayishi to’xtaydi. Ishlab chiqarish hajmi bir muncha
ko’payadi, biroq savdo sust bo’ladi. Shuning uchun kapital, sanoat va savdoda o’z
qo’llanilishini topmaydi, bankda saqlanadi va pul taklifini ko’paytiradi hamda ssuda
foizini me’yorini pasaytiradi.
3. Jonlanish – sanoat ishlab chiqarishining inqirozdan oldingi hajminiqayta
tiklash davri bo’lib, bu davr davomida narxlar, foyda, ish haqi ko’tariladi, uning
oqibatida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin to’liq bandlikka va
quvvatlarning to’liq yuklashga qadar, ya’ni cho’qqigacha oshib boradi
4. Cho’qqi – ishlab chiqarish quvvatlari to’liq yuklanganligi, yuqori bandlik,
narxlar, ish haqi va foizning juda yuqori darajasi bilan ifodalanadi.Iqtisodiy
rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo’lib, u «cho’qqi» deb
yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to’liq bandlik, ishlab chiqarish to’la quvvatda
ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning narx darajasining o’sish holati
kuzatiladi.
g bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining
dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi.
Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to’xtab qolmaydi, balki
u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy
o’zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo’lib,
milliy xo’jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo’yicha keskin
farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo’ladi.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o’rganish, ulardan hech biri uzoq
muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha mamlakatlar uchun davriy
rivojlanish xos ekanligini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga
iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o’tish
davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning
barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi (1-chizma).
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega
bo’lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko’ra o’zaro farq qilib turadi. Shuning
uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki
iqtisodiy tebranishlar deb atash to’g’ri bo’ladi deb hisoblashadi.
YaIM
cho’qqi retsessiya cho’qqi
potentsial YaIM trendi
ko’tarilish
iqtisodiy davr pasayishning quyi nuqtasi
vaqt t
1-chizma. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi
2. Iqtisodiy davrlarni yuzaga kelish sabablari
Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodchilar uch omilni
ko’rsatadi:
Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va
texnologiyalarda ro’y beradigan o’zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha
fan-texnika yutuqlarini qo’llash natijasida iqtisodiyotda o’sish ro’y beradi. Masalan
avtomobilning yaratilishi yoqilg’i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo’l qurilishi
materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo’ldi. Yangi texnologiyalar
ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan
resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim
ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo’ladi.
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy
vaziyatlarga bog’lashadi.
Bu jarayonni monetar siyosatga bog’laydigan olimlar ham mavjud. Ya’ni,
davlat qanchalik ko’p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, va
aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo’lsa, ishlab chiqarish ko’lamining pasayishi
va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni
narxlashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab
chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar
miqdoriga bog’liq, degan fikrni qo’llab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o’z tovar
va xizmatlarini ularga talab bo’lsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab
katta bo’lmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish
foydali emas. O’z navbatida, ishlab chiqarishda bandlilik va daromadlar darajasi
ham, aynan shu sababli, past bo’ladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik ko’p bo’lsa,
ishlab chiqarishning o’sishi katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish,
bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini,
ularga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini
qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan
biridir.
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir ko’rsatuvchi
omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko’rinishdagi iqtisodiy sikl
nazariyalarining vujudga kelishiga olib keldi.
Ko’pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning ob’ektiv tavsifini
tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish
orqali o’rganishni tavsiya qiladi. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi
bilan tushuntiruvchi nazariyani external nazariya deb ataladi.
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy
hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu
tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
- urushlar, inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
- oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;
- yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migratsiyasi,
er shari aholisi sonining o’zgarib turishi;
- ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan
texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar.
Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillari ta’sirida
vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi.
Asosiy kapitalning jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirib, xizmat muddati
tugashi va uning yangilanishi ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni
keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi.
Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina-uskunalarga talabning keskin
ortishini keltirib chiqaradigan iqtisodiy o’sish boshlansa, tabiiyki, bu hol mashina va
uskunalar to’liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi. Fan-texnika
taraqqiyoti natijasida bu muddat qisqarib boradi va inqirozlar tez takrorlanadi.
Shuningdek, quyidagi boshqa ichki omillar ham ajratib ko’rsatiladi:
- shaxsiy iste’molning o’zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
- investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi
ish joylarini vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi;
- ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan davlat
iqtisodiy siyosatining o’zgarishi.
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya
orqali tushuntirish to’g’ri bo’lmaydi. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi
miqdoriy va sifat o’zgarishlar tashqi va ichki omillar birgalikdagi ta’siri oqibatida
kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini
izohlashda bir qator nazariyalar ham ilgari suriladi.
3. Iqtisodiy davrlarning asosiy tiplari
2–4 yil
Zaxiralar miqdori YaMM, inflyatsiya,
bandlikning tebranishi, tijorat sikllari
7–12 yil
Investitsion sikl YaMM, inflyatsiya va
bandlikning tebranishi
Daromad immigratsiya uy-joy qurilishi
yalpi talab daromad
Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o’zgarishlar
Kitchin sikli zaxiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Jozef Kitchin (1926 y.)
o’zining e’tiborini tovar zaxiralarining harakat chog’idagi moliyaviy hisoblar va
sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa
to’lqinlarni tadqiq qilishga qaratadi. Ayniqsa, u siklning davomiyligini jahondagi
oltin zaxiralariningtebranishlari bilan bog’lab, uni 3 yilu 4 oyga teng, deb hisoblaydi.
Biroq qisqa muddatli sikllar sabablarining bunday izohi bugungi kunda ko’pchilik
iqtisodchilarni qoniqtirmaydi.
Juglar sikli «biznes-sikl», «sanoat sikli», «o’rtacha sikl» va «katta sikl» kabi
nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni ajratib
ko’rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Frantsiya, Angliya va AQShda foiz stavkalari
va narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini
o’rganishga katta hissa qo’shgan Klement Juglar (1819-1905 yy.) nomi bilan ataladi.
Birinchi sanoat sikli 1825 yili Angliyada metallurgiya va boshqa etakchi
tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron mavqeni egallagan davrda
kuzatiladi. 1836 yildagi inqiroz dastlab Angliyada boshlanib, keyin AQShga ham
tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQSh va qator Evropa davlatlarida boshlangan inqiroz
tub mohiyatiga ko’ra birinchi jahon sanoat inqirozi bo’lgan.
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo’lsa, XX asrda uning
davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan.
AQSh va Evropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta sanoat siklini
boshdan kechirgan bo’lib, ulardan ettitasi ikkinchi jahon urushidan keyin ro’y
bergan.
Kuznets sikli ko’p hollarda «qurilish sikli» deb ham nomlanib, 20 yilgacha
bo’lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon Kuznets o’zining «Milliy
daromad» (1946 y.) nomli kitobida milliy daromad, iste’mol sarflari, ishlab chiqarish
maqsadidagi uskunalar hamda bino va inshootlarga yalpi investitsiyalar
ko’rsatkichlarida 20 yillik o’zaro bog’liq tebranishlar mavjud bo’lishini ko’rsatib
bergan. 1955 yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida
sanoat siklini Kuznets sikli deb nomlashga qaror qilinadi.
Kondratev sikli «uzoq to’lqinlar» sikli deb ham ataladi. Sikllilikning bu
nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondratev katta hissa qo’shgan. Uning
tadqiqoti Angliya, Frantsiya va AQShning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini
qamrab olgan. Bunda u iqtisodiy o’sishning ko’p omilli tahlilini o’tkazib, ya’ni tovar
narxlari kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning o’rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir
qator katta sikllarni ajratib ko’rsatadi.
I-sikl: 1787-1814 yillar – ko’taruvchi to’lqin; 1814-1851 yillar – pasaytiruvchi
to’lqin.
II-sikl: 1844-1851 yillar – ko’taruvchi to’lqin; 1870-1896 yillar – pasaytiruvchi
to’lqin.
III-sikl: 1896-1920 yillar – ko’taruvchi to’lqin.
Kondratev siklining davomiyligi o’rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning
asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o’zgarishlarni o’zida aks
ettirishi hisoblanadi. Kondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini
Angliyadagi sanoat revolyutsiyasi, ikkinchisini – temir yo’l transportining
rivojlanishi, uchinchisini – elektr energiyasi, telefon va radioning kashf etilishi,
to’rtinchisini – avtomobil sanoatining rivojlanishi bilan bog’laydi. Hozirgi zamon
tadqiqotchilari beshinchi siklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar
rivojlanishi taqozo qilishini ko’rsatadi.
Iqtisodiy davrlarning sinflanishi quyidagi chizmada aks etgan
Iqtisodiy davrlar
Davomiyligiga
ko’ra
Faoliyat
sohasiga ko’ra
Namoyon
bo’lish
belgisiga ko’ra
Yoyilishiga
ko’ra
Ko’lami
ga ko’ra
4. Iqtisodiy davrlarning ta’siri
Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo’lib, amalda iqtisodiyotning
hamma sohalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o’zaro
bog’liqligi sababli uning hech bir sohasi inflyatsiya to’lqini yoki turg’unlikning
nohush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni e’tiborga olish zarurki,
iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga
turli darajada ta’sir ko’rsatadi. Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab
chiqarish vositalari va uzoq muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab
chiqaradigan tarmoqlari ko’proq zarar ko’radilar.
Uy-joy va sanoat binolari qurilishi, og’ir mashinasozlik hamda investitsion
tovarlar, avtomobillar, maishiy xo’jalik buyumlari va shunga o’xshash tovarlar
ishlab chiqarish bilan bog’liq sanoat tarmoqlari va ularda band bo’lgan ishchilar
siklning inqiroz fazasida og’ir oqibatga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning
yuksalish fazasida o’zining rivojlanishi uchun yuqori darajada rag’bat oladi.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshidan kechira boshlaganda ishlab chiqaruvchilar
ko’pincha, zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni to’xtatadi
yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin. Bunday kon’yunktura sharoitida
investitsion tovarlar zaxiralarini ko’paytirish hech qanday iqtisodiy mazmunga ega
Qisqa muddatli
2.O’rta muddatli
3.Uzoq muddatli
(uzun to’lqinlar)
1.Sanoat
2.Agrar
1.Neft
2.Oziq-ovqat
3.Energetik
4.Xom ashyo
5.Ekologik
6.Valyuta
1.Tuzilmaviy
2.Tarmoq
1.Milliy
2.Millatla
raro
emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ancha to’laroq
foydalanishlari mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy jihatdan qulay davrlarda, ya’ni siklning jonlanish va yuksalish
fazalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to’liq eskirgunga qadar
almashtiriladi. Ammo tanazzul davri kelganida, korxonalar o’zining eskirgan
uskunalarini ta’mirlab, ularni ishga tushiradi. Shu sababli bu davrda ishlab chiqarish
vositalariga investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari
mavjud bo’lgan ayrim korxonalar, hatto iste’mol qilingan asosiy kapitalining o’rnini
qoplashga ham harakat qilmaydi.
Qisqa muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat
tarmoqlari iqtisodiy siklning oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi.
Aholi yoki keng iste’molchilar qatlamiga iqtisodiy sikl turlicha ta’sir
ko’rsatadi. Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad oluvchi iste’molchilar
oila byudjetini qisqartirishlariga to’g’ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi
uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilishni to’xtatadi. Har qanday
sharoitda ham oila a’zolari eb-ichishi va kiyinishi zarurligi tufayli, oziq-ovqat
mahsulotlari va kiyim-kechaklar, ya’ni qisqa muddatda foydalanadigan iste’mol
tovarlarini xarid qilishni to’xtatish mumkin emas. Faqat, bunday tovarlarni xarid
qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin.
Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab
chiqaruvchi ko’pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada monopol mavqega egaligi
bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan yirik firmalar ma’lum
davr davomida narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi sababli
mahsulot chiqarish hajmini cheklash uchun etarlicha monopol hukmronlikka ega
bo’lishi mumkin. Shu sababli talabning kamayishi birinchi navbatda ishlab chiqarish
va bandlik darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Bunga teskari bo’lgan holatni qisqa muddatli
foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish
mumkin. Bu tarmoqlarning ko’pchiligi o’zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab
chiqarish markazlashuv darajasining pastligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli ular
siklning salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi mumkin va mahsulotlariga
talabning pasayishi ishlab chiqarish darajasiga qaraganda narxlarda ko’proq aks
etadi.
Demak, kapitalning to’planishi yuqori darajada bo’lgan tarmoqlarda ishlab
chiqarish hajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan sekin tushishi,
to’planish darajasi past bo’lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va
mahsulot ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.
5.Davlatning davriylikka qarshi siyosati
Davriylikka qarshi siyosat — iqtisodiy siyosat vositalaridan iqtisodiy
kon’yunkturaning tebranishlariga qarshi harakati, iqtisodiy davrning keskin
burilishining yuqori va quyi nuqtalarini yumshatish uchun foydalanish.
Davriy tebranishlarni davlat tomonidan tartibga solish usullari qanday
bo’lmasin, ularning barchasi o’zaro qarama qarshilikka olib keladi. Barcha chora-
tadbirlar har bir holatda tebranish borishiga qarshi yo’naltirilishi lozim. Inqiroz va
tanazzul davrida — bozor kon’yunkturasi past va davlat barcha vositalar yordamida
xo’jalik faoliyatini faollashtirishga, jonlanish, ayniqsa ko’tarilish davrida u ishchan
faollikni ushlab turishga intiladi. Shunday qilib, masalan, ishsizlik, ishchan faollik
pasayish davrida davlat xarajatlarini oshirish va soliqlarni pasaytirish hamda
cho’qqiga erishgan davrda bu xarajatlarni qisqartirish bilan soliqlarni oshirish orqali
tartibga solinadi. Bundan tashqari davlat ortiqcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarni
xaridini amalga oshirib o’z byudjetini keng qo’llaydi va boshqalar. Davriylikka
qarshi tartibga solish shunchalik muvaffaqiyatli amalga oshiriladiki, u davrni hamda
uning yuzaga kelishini zamonaviy sharoitlarga moslaydi.
Davlatlarning iqtisodiy siyosati asosan inqirozga qarshi, davriylikka qarshi
sifatida rivojlandi. Davrni tartibga solish bo’yicha keng qamrovli yo’nalish va chora-
tadbirlari ishlandi. Bunda bugungi kunda fiskal siyosat instrumentlari, monetar
siyosat vositalari va nihoyat takror ishlab chiqarish nisbatlariga bevosita ta’sir chora-
tadbirlari – milliy iqtisodiyotlarni dasturlash va rejalashtirish.
Fiskal siyosat davlat xarajatlari ko’lamlari, tovarlar va xizmatlar xaridi davrga
barqarorlashtiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Tovar va xizmatlarni davlat xaridi —
kon’yunktura tebranishlariga chidamli SIMga yalpi talabning bir qismi. Biroq fiskal
siyosat davrga faqat ko’lamiga emas, balki tarkibiga ham ta’sir ko’rsatadi. Darvga
ta’sir ko’rsatish nuqtai nazaridan u yo rag’batlantiruvchi, ekspansiya, yoki
to’xtatuvchi, restriktiv bo’lishi mumkin.
Monetar siyosat hozirgi ahamiyatiga oltin standartdan oltinga bo’linmaydigan
kredit va qog’oz pullarga o’tishi bilan bog’liq asosda paydo bo’ldi. Oltin standart
sharoitida muomaladagi pul miqdori davrlarga unchalik sezilarli ta’sir
ko’rsatmagan: katta miqdor xazinaga ketgan va u erda pullarga bo’lgan qo’shimcha
ehtiyojlar to’ldirilgan. Boshqa ish bu oltinga bo’linmagan pullar bo’lib,ular
inflyatsiyaga uchraydi, bu ularni xazinaga o’tishiga to’sqinlik qiladi. Shu sababdan
pul miqdori davrga ta’sir ko’rsatuvchi omilga aylanadi.
Bozor iqtisodiyotida markaziy o’rinni pul va kredit egallaydi. Iqtisodiyotning
siklli o’zgarishi eng avvalo pul massasi oqimini o’zgartirishga bog’liq.
Iqtisodiy faollikning o’sishi, iqtisodiyotning ravnaq topishi, uning turg’unlik
bilan almashinib turishiga yagona sabab pul oqimining o’zgarishidir. Tovarlarga
talabning ortishi natijasida savdo, chakana narx o’sib, ishlab chiqarishning
kengayishiga olib keladi.
Pul oqimi (iste’mol xarajatlari summasi) pul miqdorining o’zgarishi natijasida
o’zgaradi. Pul miqdorining kamayishi iqtisodiy faoliyat faolligini pasaytiradi.
Pul va kredit tizimi beqaror tavsifga ega ekanligi sababli pul oqimini
barqarorlashtirish murakkab hisoblanadi. Hozirgi paytda kredit pullari to’lov va
muomala vositasi sifatida asosiy rolni o’ynaydi. Aynan bank tizimi kredit pullarni
yaratadi, shunga ko’ra, pul oqimining o’zgarishida banklarning hisob stavkalari
katta ahamiyat kasb etadi. Bu nazariyaning ayrim namoyandalari pulni harakatga
keltiruvchi kuch sifatida qarab, muvozanatning buzilishiga asosiy sabab deb
ko’rsatadilar.
Ikkinchi guruhi esa pul tizimi mutanosiblikni buzmaydi, faqat mutanosiblikni
buzilishiga olib keluvchi boshqa omillar uchun sharoit yaratadi, degan fikrni ilgari
suradilar. Muvofiq ravishda monetar va nomonetar yo’nalish vujudga keldi. Monetar
nazariyaning e’tiborli tomonlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1) yuksalish fazasi davrida kreditni kengaytirish tufayli kelib chiqqan ishlab
chiqarish tuzilmasi nomutanosibliklari tahlil qilinadi;
2) mazkur nomutanosibliklarning salbiy oqibati sifatida kelib chiquvchi
inqirozlar tahlil qilinadi.
Shunday qilib, bu nazariya tarafdorlari jamg’arishning davriy ravishda oshib
ketishi va mutanosiblik buzilishining asosiy sababi sifatida pulni ko’rsatadilar.
Nomonetar nazariya tarafdorlari esa texnologik o’zgarishlar, yangiliklar,
ixtirolarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, pul jamg’arishning ko’payib ketishidagi
rolini ko’rsatishadi. Monetar va nomonetar yo’nalish o’rtasidagi farq uncha katta
emas, biri ikkinchisini to’ldiradi. Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat iqtisodiy
faollikning kuchayishiga iste’mol emas, balki investitsiya sabab bo’ladi, degan
fikrni ilgari suradi.
Iqtisodiy sikllarni iste’mol tovarlariga talabning o’zgarishiga bog’lab,
akseleratsiya printsipiga e’tibor qaratiladi. Bu printsip mohiyatiga ko’ra texnik
sabablar tufayli iste’mol tovarlariga bo’lgan talabning ozgina o’zgarishi ishlab
chiqarish uchun zarur tovarlarga talabning keskin o’zgarishiga olib keladi.
Ko’proq jamg’arib, samarali darajada iste’mol qilmaslik jamiyatni siklli
rivojlanishining sababi qilib ko’rsatiladi:
1) mablag’ni jamg’arish, boshqacha aytganda xazinaga aylantirish turg’unlikka
olib kelishi mumkin, chunki bu mablag’ investitsiyalash uchun foydalanilmaydi;
2) pulni jamg’arish iste’mol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi,
chunki u iste’molga sarflanmaydi.
3) natijada investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg’arish hajmi o’sib borib,
iste’mol tovarlariga talab kamayib boradi, taklif esa ortadi, narx pasayadi, iste’mol
tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi.
Iqtisodiy sikl ishlab chiqarish vositalari yoki kapitallashgan investitsion
tovarlar ishlab chiqarish bilan bog’liq. Kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqarish
bilan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar va ishlab chiqarish vositalari ishlab
chiqarish sikllari o’rtasida katta farq bor.
Kundalik iste’mol mollari doimiy ravishda iste’mol qilinadi. Ularning iste’mol
miqdori o’zgargan taqdirda ham uncha katta o’zgarishlar sodir bo’lmaydi.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni domiy ravishda xarid qilinmaydi.
Balki ular iste’molchi daromadi ko’paygan paytdagina sotib olinadi. Uzoq muddat
foydalaniladigan tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqarishni davom ettirish
uchun kapital tovarlar ishlab chiqarish zarur.
Iste’mol o’sgan sari kapital tovarlarga talab ham ortadi. Bunda ishlab chiqarish
tarkibida nomutanosibliklar yuz beradi, ya’ni iste’mol tovarlari, uzoq muddat
foydalaniladigan va kapital tovarlar o’rtasida nisbatlar buziladi.
Inqirozning sababi pul etishmasligi, bank rezervlarining kamligi emas, balki
ana shu nisbatlarning buzilishidir. Lekin ko’pchilik iqtisodchilar etarli darajada
iste’mol qilmaslik inqirozning sababi emas, balki uning oqibatidir, deb
ta’kidlaydilar. Ya’ni iste’molchilar daromadlarini ko’proq jamg’arishga ajratganlari
uchun emas, balki to’lov qobiliyatining etarli emasligi, ya’ni xarid qilish uchun
pulning yo’qligidan kelib chiqadi.
Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tushuntirishda iqtisodiy nazariyalar bilan bir
qatorda psixologik nazariyalar ham keng o’rin olib bormoqda. Psixologik nazariya
tarafdorlariga J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xayek va boshqalarni kirtish mumkin.
Ularning fikricha, insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga ob’ektiv
iqtisodiy omillar: foiz me’yori, pul oqimi, foyda va boshqalar ta’sir ko’rsatib, buning
natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro’y beradi.
Kreditning kengayishi, talab va ishlab chiqarishning o’sishi odamlarning
kayfiyatini ko’taradi va aksincha. Bundan tashqari kishilar borgan sari likvidligi
yuqori bo’lgan pul jamg’arishga moyilligi ortib borishi va o’z navbatida iqtisodiy
rivojlanishga ta’sir etishini ko’rsatishadi.
1. Ishsizlik tushunchasi va uning ko’rinishlari
2. Ishsizlik sabablari
3. Ishsizlik oqibatlari
4. Mehnatbozorinitartibgasolish
Tayanch so’z va iboralar: Ishsizlik,friktsion ishsizlik, strukturaviy ishsizlik,
davriy ishsizlik, ishsizlikning tabiiy darajasi, ishsizlikning xaqiqiy darajasi, to’la
ish bilan bandlik, potentsial YaIM hajmi.
1. Ishsizlik tushunchasi va uning ko’rinishlari
Ishsizlik – bu mehnatga yaroqli aholini ish bilan band bo’lmaslik holatini aks
ettiruvchi jarayon bo’lib, uning friktsion, strukturaviy, davriy ko’rinishlari mavjud.
Friktsion ishsizlik – bu ihtiyoriy ishsizlik bo’lib, bir ishdan boshqaishga o’tish,
yashash joyini o’zgartirish va boshqa shu kabi holatlar bilan bog’liq. Ishsizlikning
bu turi doimiydir.
Strukturaviy ishsizlik majburiy ishsizlik turi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida
kasbiy mahoratning mos kelmasligiga va boshqa shu kabi sabablarga ko’ra
ishchilarni qisqartirish hisobiga yuzaga keladi. Bu ishsizlik turi ham doimiydir.
Friktsion va strukturaviy ishsizlik darajalari birgalikda ishsizlikning
tabiiydarajasini ifodalaydi. Ishsizlikning tabiiy darajasi – bu shunday holatki, unda
ishsizlar soni bilan bo’sh ishchi o’rinlari bir-biriga mos keladi. Ishsizlikning to’liq
yoki tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori muvozanatiga erishganda, ya’ni ish
izlovchilar soni bo’sh ish o’rinlari soniga teng bo’lganda vujudga keladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi kandaydir darajada iqtisodiy jihatdan maqbul
hisoblanadi. Chunki «friktsion» ishsizlarga mos keluvchi ish o’rinlarini topish,
«tarkibiy» ishsizlarga ham yangi kasbni o’zlashtirish yoki yangi yashash joyida ish
topish uchun ma’lum vaqt kerak bo’ladi.
«Ishsizlikning tabiiy darajasi» tushunchasi ma’lum bir aniqliklar kiritishni talab
qiladi.
Birinchidan, bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajasida
amal qilishi va shu orqali o’zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro’yobga
chiqarishini bildirmaydi. Chunki, ko’pincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq,
ayrim hollarda undan past ham bo’lishi mumkin. (Ish vaqtidan ortiqcha ishlash va
o’rindoshlik ishlarida band bo’lish natijasida).
Ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi o’z - o’zicha doimiy miqdor
hisoblanishi shart emas, u tartibdagi o’zgarishlar (qonunlar va jamiyat urf –
odatlaridagi o’zgarishlar) oqibatida o’zgarib turishi mumkin. Masalan, 60 – yillarda
friktsion va tarkibiy ishsizlarning muqarrar darajasi ishchi kuchining 4% ni tashkil
qildi deb hisoblangan. Boshqacha aytganda, ishchi kuchining 96% band bo’lganda
to’liq bandlilikga erishilishi tan olingan. Hozirgi davrda iqtisodchilar ishsizlikning
tabiiy darajasi taxminan 5 - 6% ga teng deb hisoblaydilar.
Davriy ishsizlik bu iqtisodiyotda pasayish bo’layotgan davrda mavjud bo’lib,
bunda ishchi kuchiga talab bo’lsada, ishlab chiqaruvchilar ularni ishga qabul qila
olmaydilar va buning natijasida yaratilishi mumkin bo’lgan ma’lum bir mahsulotdan
voz kechiladi.
2.Ishsizlik sabablari
Hozirgi sharoitdagi ishsizlik– bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida
rivojlanish bosqichlari oqibatida yuzaga kelgan voqelikdir. Jamiyat holatining
ijtimoiy-iqtisodiy mezoni sifatida ishsizlikka munosabat vaqt o’tishi bilan o’zgardi,
biroq ishsizlik keltirgan zarar mamlakatni iqtisodiy rivojlanishidagi sezilarli ortda
qolishiga olib keladi.
Iqtisodiy faollikni oshishi yoki pasayishi mamlakatdagi bandlik va ishsizlik
darajasini o’sish hamda pasayishining asosiy sabablari hisoblanadi. Iqtisodiyotning
davriy rivojlanishi va iqtisodiy faollikning bir necha yillar yoki o’n yilliklar
moaynida bir biridan keyin ko’tarilishi va tushishi bandalr va ishsizlar sonining
ma’lum tebranishlariga olib keladi.
Iqtisodchilar ichida ishsizlik sabablariga bir xil nuqtai nazardan qarashlar yo’q.
Ishsizlikning quyidagi asosiy sabablarini ajratish mumkin:
Aholi ortiqchaligi (umuman jahon iqtisodiyoti mehnat ortiqchaligiga ega va
aholi sonining keskin o’sishi bunga yordam beradi);
Kasaba uyushmalari harakatlari va aholi ijtimoiy-iqtisodiy faolligi bosimi
ostida ish haqi stavkalarini muvozanatli darajadan yuqori o’rnatilishi;
Fan-texnika inqilobi davrida mehnatni kapital tomonidan siqib chiqarilishi;
Mehnat bozorida monopsoniyaning mavjudligi (monopsonist korxonalar
mehnatga haq to’lash shartlarini qo’yadilar va bandlik hajmini pasaytiradilar);
Past darajadagi to’lov qobiliyatli talab (tovarlar va xizmatlarga talabning
yo’qligi mehnatga bo’lgan talabni pasaytiradi, chunki mehnatga talab hosilaviy
xususiyatga ega, buning oqibatida esa ishsizlik yuzaga keladi).
Shuningdek friktsion ishsizlikning yuzaga kelishini qator sabablarini ajratish
mumkin:
Aholini geografik ko’chishi: inson bir erdan boshqa yangi joyga ko’chadi va
ko’chish vaqtida va ko’chishdan oldin hamda ko’chgandan keyinishsiz bo’lishi
mumkin;
Kasbiy manfaatlarni o’zgartirish, qayta o’qish, qayta malakaga ega bo’lish;
Inson shaxsiy hayotida yangi bosqichlarni kelishi: o’qish, farzand tug’ilishi
va shu kabilar.
Tuzilmaviy ishsizlikning yuzaga kelish sabablari bir kasbdagi xodimlarga
talabni qisqartiruvchi va boshqa kasbdagi xodimlarga talabni orttiruvchi texnik
taraqqiyot natijasida yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, tuzilmaviy ishsizlik turli
kasbdagi mehnat bozorlarida ishchi kuchiga talab hamda taklif tarkibining farq
qilishi tufayli ishga joylashish imkoniyati yo’qolishi tufayli tug’iladi.
Korxonalardagi yashirin ishsizlik sabablarini ikki guruhga ajratish mumkin:
firma rahbarlari xodimlarni ommaviy ishdan bo’shata olmaslik sabablari va
xodimlarniish haqi yashash minimumiga uchma-uch etganda hamda oylab
kechikkan vaziyatlarda ham o’zicha ishdan bo’shamaslik sabablari.
Yashirin ishsizlikni saqlashning birinchi guruh sabablari quyidagilarni qamrab
oladi. Birinchidan, hatto ishlab chiqarishda pasayish bo’lgan sharoitda ham firma
rahbarlari kelajak uchun xodimlarni qisman bandlikni, haq to’lanadigan( va
to’lanmaydigan)
ta’tillarni
kiritib
saqlashga
harakatqiladilar.
Ikkinchidan
xodimlarni saqlab qolishdavlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlashga umid
bog’lashga imkoniyat yaratadi. Uchinchidan ko’pincha firmalarda mehnat
qonunchiligiga muvofiq ishga joylashish davrida ozod bo’lgan xodimlarga nafaqa
va ish haqi to’lash uchun mablag’lar bo’lmaydi. Shuning uchun ishdan bo’shatish
odatda mehnat sharoitlarining yomonlashuvi va past ish haqi tufayli «o’z hohishiga
ko’ra» grifi bilan amalga oshiriladi.
Yashirin ishsizlikni saqlashning ikkinchi guruh sabablari hatto ish haqining
juda past darajasida ham xodimlarni o’zlarining eski ish joylarini tark etmasliklari
bilan tushuntiriladi. Birinchidan aholisi ko’p bo’lmagan aholi yashash joylarida
ishni boshqa topish imkoniyati bo’lmaydi. Ikkinchidan mehnatga layoqatli katta
yoshdagi aholiga nafaqa olishi uchun uzluksiz ish staji juda muhim. Uchinchidan
ishsizlik bo’yicha nafaqa, hatto uni olishga erishilsa ham ish haqidan yo’qotishlarni
qoplamaydi. To’rtinchidan, xodilarning hayolida ko’pincha bandlikning barqarorligi
kabi omil o’rnashib oladi. Ko’plab insonlar hufyona iqtisodiyot sohasida,
shuningdek shaxsiy tomorqa xo’jaligida ishlab pul topsalar ham to’liqsiz bandlikni
afzal ko’rgan holda asosiy ish joyi bilan aloqani uzmaydilar.
Shunday qilib iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan farqli ravishda
mamlakatda yashirin ishsizlikning saqlanishi davlat hamda kasaba uyushmalarining
faol tartibga solish holatidan emas, balki ishlab chiqarishning inqiroz oqibatida
pasayishida bunday tartibga solishning yo’qligi bilan bog’liq.
Bu barcha sabablar u yoki bu darajada ishsizlikni paydo qiladi yoki uni yanada
rivojlanishiga ko’maklashadi. Bu voqelikni nazorat qilinmaydigan rivojlanishi
keskin makroiqtisodiy oqibatlarga ega bo’lishi mumkin.
2. Ishsizlik oqibatlari
Barcha ishsizlik ko’rinishlarining darajalari birgalikda ishsizlikning haqiqiy
darajasini ifodalaydi.
Ishsizlik darajasi ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida
hisoblanadi.
Ishsizlar soni
Ishsizlik darajasi =
*100%
Ishchi kuchi
Ishchi kuchiga ishlay oladigan va ishlashni hohlagan barcha kishilar kiradi.
Ishchi kuchi – ishlovchilar va faol ish izlovchilardan iborat bo’ladi. Boshqacha
aytganda, band bo’lganlar va ishsizlar ishchi kuchini tashkil qiladi. Ishsizlarga ish
bilan band bo’lmagan va faol ish izlayotgan hamda bu haqida tegishli xizmat
muassasalariga (mehnat birjalariga) murojaat qilgan kishilar kiradi. Mehnat qilishga
layoqatli bo’lib, ishlashni hohlamagan va ish izlashga harakat qilmaganlar ishsizlar
tarkibiga kirmaydi.
Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potentsial YaIM hajmini
ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida
saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning
haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo’lsa, YaIM uzilishi
shuncha ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham potentsial hajmdagi YaIM haqiqiy
YaIMdan katta bo’ladi.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o’rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz
iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun,
Ouken qonuni deyiladi. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar haqiqiy
ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, milliy
iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kamytiradi. Ushbu nisbat ishsizlikning turli
darajalaridagi mahsulot yo’qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi
kunda β koeffitsisnti deb atalgan bu koeffitsient miqdori 2,5 foizdan 3,5 foiz
oralig’ida deb hisoblanadi. Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash
mumkin:
Y – Y* =- 2,5 – 3 (И – И*)
Y*
Bu erda Y – real YaIM , Y * - potentsial YaIM, И – ishsizlikning haqiqiy
darajasi, И * - ishsizlikning potentsial darajasi, -2,5 -3
Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat
odamlarning manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat
bo’lmasdan, balki mehnatga yaroqli aholining ish bilan bandligini ta’minlashni ham
o’z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o’sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va
o’ziga xos aholi tarkibiga ega bo’lgan bizning Respublikada ish bilan bandlik
masalasi
eng
muhim
muammolardan
biri
hisoblanadi.
Bandlikdarajasiquyidagichaaniqlanadi :
16 va undan katta yoshdagi band aholi soni
Bandlik darajasi =
16 va undan katta yoshdagi aholi soni
Aholining ish bilan bandligi muammosi ko’p qirrali bo’lib, u barcha odamlarga
o’z qobiliyatlarini ishga solish, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng
imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish; ishchi
kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o’rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham
o’z ichiga oladi.
2. Mehnat bozorini tartibga solish
Mehnat bozorini davlat tomnidan tartibga solishning asosiy yo’nalishlari
sifatida ishchi kuchi taklifini qilishda har bir ishchi oldidagi asosiy muammo bu ish
vaqtini taqsimlash muammosidir. Agar ishchi sutkadagi 24 soat davomida
ishlaydigan bo’lsa, uning daromadi maksimal bo’lishi mumkin. Agar uumuman
ishlamay, faqat dam olsa va uning daromadi nolga teng. Ishchining
"daromadi”va“dam olish vaqti" ni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin.
Ma’lumki, ishchi har doim sutkasiga 24 soat ishlayvermaydi. Tabiiyki, ishchining
ish vaqti cheklangan bo’ladi, u ma’lum vaqt dam olib, o’zining ishlash qobiliyatini
tiklashi kerak bo’ladi. Bundan tashqari, dam olish uni manaviy o’sishini ta’minlaydi.
Demak, ishchi ma’lum vaqt ishlab, ma’lum miqdorda daromad olsa, u ma’lum vaqt
dam olganda ham qandaydir naf oladi.
Daromad va dam olish o’rtasidagi bog’liqlik
Daromadning yanada oshib borishi barcha shaxslarni ham dam olish vaqtini
qisqartirib, ish vaqtini oshirishga undayvermaydi. Dam olish vaqtining qisqarib
borishi, uni shaxs uchun bo’lgan qimmatini oshiradi.
Ish haqining o’sishi natijasida ishvaqtining o’sishi.
Odatda ish haqi oshganda, ko’pchilik ko’proq ishlab, ko’proq daromad
olishga harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan sari bo’sh vaqt ning ham qimmati
oshib boradi. Inson ma’naviy o’sishga ham intiladi. Demak, ish vaqtining o’sishi o’z
chegarasiga ega. Nima uchun deganda, insonlar, ishlab topgan daromadini ko’proq
zavq olish uchun, dam olishga sarflaydilar.
Ish vaqti ma’lum vaqtgacha o’sgandan keyingi ish haqining o’sishi, ish vaqtini
qisqarishiga olib keladi. Ish haqi oshganda o’rnini bosish samarasi hamda daromad
samarasi mavjud bo’ladi. O’rnini bosish samarasida yuqoriroq ish haqi, ishchining
real daromadini oshiradi. Ishchi ko’p daromad olganda, u ko’proq ne’matlarni sotib
oladi, ushbu ne’matlardan biri, yaxshi dam olishdir.
Ish haqi,
soatiga so’m
Bir kundagi ish soatlari
Mehnatga bo’lgan taklif egri chizig’i.
Ko’rinib turibdiki, daromadning o’sishi dam olishga bo’lgan talabni oshiradi.
Ushbu hol ish vaqtini qisqarishi va dam olish vaqtini oshishida o’z ifodasini topgan.
Ish haqining oshishi bilan birga dam olishning narxi ham oshadi.
Minimal ish haqi davlat tomonidan qonun orqali o’rnatiladi. Ko’p hollarda minimal
ish haqi muvozanat ish haqi darajasidan yuqori qilib o’rnatiladi.
Bunday holda umumiy o’rtacha ish haqi oshadi, lekin ishchilarni ishga yollash soni
qisqaradi. Minimal ish haqini o’rnatilishini va uni oshirilishini kasaba uyushmalari
ham ko’pincha talab qilib chiqadilar. Minimal ish haqi qanday oqibatlar bilan
bog’liqligini ko’rib chiqaylik.
Minimal ish haqi ko’proq malakasiz ishchilar va ish topa olmagan ishchilarga salbiy
ta’sir ko’rsatadi. Nima uchun deganda, malakali ishchilarga talab har doim mavjud
bo’ladi, shu sababli ular minimal ish haqining oshishidan yutadilar. Umuman,
minimal ish haqining ortishi, ish bilan band bo’lgan aholining yuqoriroq daromad
olishini ta’minlaydi. Minimal ish haqi oshganda, mehnatga haq to’lashning barcha
stavkalari qaytadan ko’rib chiqiladi va oshiriladi.
Quyidagi chizmada minimal ish haqining aholi bandligiga ta’siri ko’rsatilgan.
Minimal ish haqi va bandlik.
Ushbu siyosat natijasida ish joyi topgan ishchilar yuqori ish haqi oladi. Lekin,
M
N
L
L
L
miqdoridagi ishchilar ish topa olmaydilar va ishsiz qoladilar. Demak,
bunday siyosat ishsizlikka olib kelishi mumkin.
Mehnatning chekli mahsuloti. Firma ishlab chiqarish jarayonida qanchalik
ko’p mehnatdan foydalansa, u shunchalik ko’p mahsulot ishlab chiqaradi.
Mehnatning chekli mahsuloti(MPL) – bu qo’shimcha mehnat birligidan
foydalanish natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotning qo’shimcha miqdori.
Boshqacha aytganda, agar firma qo’shimcha mehnat soatini sotib olsa, uning
chiqarayotgan mahsuloti hajmi MPL birlikka ko’payadi. Buni ishlab chiqarish
funktsiyasini qo’llab, algebraik ifoda etish mumkin:
MPL = F (K,L + 1) = F (K,L)
Tenglamaning o’ng tomonidagi birinchi qism kapitalning K birligida va
mehnatning L + 1birligidagi; ikkinchi qism kapitalning K birligida va mehnatning L
birligidagi ishlab chiqarish hajmini tavsiflaydi. Bu tenglama mehnatning chekli
mahsuloti L + 1 birlikdagi mehnatdan va Lbirlikdagi mehnatdan foydalanilgandagi
ishlab chiqarish hajmlari o’rtasidagi farq ekanligini ko’rsatadi.
Ko’pchilik ishlab chiqarish funktsiyalari chekli mahsulotning pasayib borish
xususiyatiga egalar: foydalaniladigan kapitalning doimiy miqdorida quyidagi yuz
beradi – foydalaniladigan mehnatning miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, xar bir
qo’shimcha mehnat birligining chekli mahsuloti shunchalik kam bo’ladi.
Nonvoyxona misoliga qaytamiz. MPL – bu qo’shimcha mehnat birligidan
foydalanish oqibatida qo’shimcha pishirilgan nonnning miqdoridir. Ammo xar bir
keyingi qo’shimcha mehnat birligidan MPL kamayib boradi. Qo’shimcha non
miqdori borgan sari kamroq ishlab chiqariladi, chunki agar oshxona torroq bo’lsa,
ishchilar kam unumdorlikka ega bo’ladilar. Boshqacha aytganda, oshxona hajmi
o’zgarmaganda mehnatning xar bir qo’shimcha birligi nonvoyxonaning ishlab
chiqarish hajmiga borgan sari kamroq non miqdorini qo’shadi.
Biz kapital miqdorini qayd etib, mehnat miqdorini o’zgartirsak, chiqariladigan
mahsulot hajmi bilan nima yuz berishini ko’rsatadi. Bu rasmdan ko’rinib turibdiki,
mehnatning chekli mahsuloti ishlab chiqaroish funktsiyasi grafigining egilishi bilan
ifoda etilgan. Mehnat miqdori ortib borgani sari ishlab chiqarish funktsiyasi kamayib
boruvchi chekli mahsulotni aks ettirib, yotiqroq bo’lib qoladi.
U
F (K,L)
Ishlab chiqarish
MPL
Mehnat L
Foydasini maksimallashtirayotgan raqobatlashuvchi firma qo’shimcha
mehnat birligini yollash yoki yollamaslik haqidagi masalani hal etayotganda, u
avvalo bu holat uning foydasiga qanday ta’sir ko’rsatishi haqida o’ylaydi. Firma
qo’shimcha mehnat birligidan foydalanishdan olingan qo’shimcha mahsulotni
chiqarishdan qo’shimcha tushumni ish haqiga sarflarni oshirish miqdori bilan
solishtiradi. Qo’shimcha tushumlar hajmi tovar narxiga bo’lgani kabi, mehnatning
chekli mahsulotiga ham bog’liq. Mehnatning qo’shimcha birligi MPL birlik
mahsulotni ishlab chiqarganligi va xar bir mahsulot birligi P ga sotilganligi tufayli,
qo’shimcha tushumlar P x MPL ni tashkil etadi.
Mehnatning qo’shimcha birligini sotib olishga qo’shimcha sarflar ish haqi W
miqdoriga teng. Demak, qo’shimcha mehnat birligini jalb etishdan foydaning
o’zgarishi tashkil etadi:
∆ фойда = ∆ тушум − ∆ харажат = 𝐏 х 𝐌𝐏𝐋 −W
belgisi (delta deb o’qiladi) o’zgaruvchilar o’zgarishini anglatadi.
Nazarot va muhokama uchun savollar
1. Ishsizlikning qanday turlari mavjud? Ishsizlik darajasi qanday aniqlanadi?
2. Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan to’liq bandlilik tushunchalariga tavsif
bering.
3. Potentsial YaIM ko’rsatkichini izohlab bering.
4. Makrodarajada ishsizlikning iqtisodiy oqibatlarini qanday o’lchash mumkin ?
5. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqishiga qaysi holatlar sabab
bo’ldi?
6. Moliyaviy inqirozning ishsizlik darajasiga ta’siri qay tariqa ro’y beradi?